ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
141
2181-3187
OROL BO'YI MINTAQASIDA EKOLOGIK VAZIYATNI
BARQARORLASHTIRISH .
URUNBOYEV ISLOMBEK
Termiz Davlat Universiteti
Yuridik fakulteti 2-kurs
823-guruh talabasi
KIRISH
Orol - million yillar avval paydo bo'lgan mo'jiza, biroq 50 yilda yo'q bo'lishga
ulgurgan fojea. Qanchadan qancha davlatchiliklar, Imperiyalar uchun xizmat qilgan,
ammo birgina Sobiq Ittifoq zulmiga dosh berolmagan "Qora Tarix". Yaqin
o'tmishgacha millionlab odamlarning tirikchiligi, Jahon urushlarida oziq-ovqat
ta'minotining katta ulushdorlaridan biri, O'zbekistonni "dengizi bor davlat" maqomida
tutgan faxr. Lekin bugun salomatlik va ekologiyaga tahdid solayotgan qasos,
asrimizning umidlarini so'ndirgan falokat, hali odamzod uzoq muddat azoblar bilan
to'laydigan badal bu - Orol. Uning qurib qolishiga hech kim ishonmagan, xuddi biz
hozir suv tugamaydi deb o'ylayotganday. Chig'anoqlarga to'la sahro, qumlikdan iborat
dengiz, ilmsizlikdan qolgan asoratdir u.
ASOSIY QISM
Orol dengizi inqirozining sog‘liq va ekologiyaga ta’siri
Markaziy Osiyodagi Orol dengizining qisqarishi inson faoliyati tufayli tabiiy
hududning yo‘q qilinishining eng dramatik misollaridan biri hisoblanadi. Deyarli 30
yil davomida paxta monomadani uchun sug‘orish maqsadida suvdan foydalanish
hamda pestitsidlar, gerbitsidlar, insektitsidlar va defoliantlarning ko‘p miqdorda
qo‘llanilishi nafaqat ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirdi, balki
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
142
2181-3187
inson salomatligi uchun ham juda xavfli vaziyatni yaratdi.Ammo bu inqirozning eng
katta fojiasi mintaqa aholisi salomatligi va farovonligiga hamda ekologik muvozanatga
yetkazilgan jiddiy zarar hisoblanadi.Orol dengizi ilgari dunyodagi eng katta ichki
dengizlardan biri bo‘lgan. Hozirda u transchegaraviy suv resurslarini noto‘g‘ri
boshqarish oqibatlarining timsoliga aylangan. Bu inqiroz 3,5 million kishiga, jumladan
1,5 million bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Dengiz Markaziy Osiyoda joylashgan
bo‘lib, O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qozog‘istonning Qizilo‘rda
viloyati hududlariga to‘g‘ri keladi.O‘zbekiston tarkibidagi muxtor respublika –
Qoraqalpog‘iston bu inqirozdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud deb hisoblanadi. Bu
respublika Amudaryo deltasida joylashgan bo‘lib, 165 300 kvadrat kilometr maydonga
ega (bu Italiya maydonining yarmi yoki Niderlandiyaning to‘rt barobariga teng). 1,5
million aholining yarmidan ko‘pi qadimiy til va madaniyatga ega bo‘lgan qoraqalpoq
millatiga mansub. Aholining taxminan 96 foizi Orol dengizi atrofidagi ifloslangan
hududlarda yashaydi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
143
2181-3187
---
Ekologik muammolar
Amudaryo va Sirdaryo daryolaridan paxta dalalarini sug‘orish maqsadida suv
olish natijasida Orol dengizi o‘z hajmining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi. Natijada, 40
ming kvadrat kilometrdan ortiq sho‘r dengiz tubi ochilib qoldi va bu maydonlardan
shamollar orqali tuz ko‘chmoqda.Sobiq dengiz tubining ayrim qismlarida yovvoyi
o‘simliklar tez sur’atda o‘sib, tuproqni o‘rab olyapti. Shu bilan birga, Amudaryo va
Sirdaryo deltalaridagi ekotizimlar degradatsiyasi va cho‘llanish jarayoni
tezlashmoqda.Keng ko‘lamli irrigatsiya loyihalari Orol dengiziga yetib boradigan suv
miqdorini kamaytirib, mahalliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Taxminlarga
ko‘ra, 40 000–60 000 nafargacha bo‘lgan baliqchilar o‘z ish o‘rinlaridan ayrilgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
144
2181-3187
Daryo bo‘yida joylashgan yirik baliq konservalash zavodlari hozirda deyarli baliq
tutmaydi. Baliqchilik va unga bog‘liq faoliyatlar ilgari Qoraqalpog‘istonda aholi
daromadining 50 foizini tashkil etgan. Mintaqadagi yirik paxta monomadani (faqat
paxta ekish) Orol dengizining qurishiga va qishloq xo‘jalik yerlarining sho‘rlanishiga
asosiy sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, bu monomadani ekologik jihatdan xavfli bo‘lgan
zaharli kimyoviy moddalarning ko‘p miqdorda qo‘llanilishiga olib keldi. Uzoq vaqt
davomida hudud muntazam ravishda zaharli moddalar bilan purkalgan.Shuningdek,
Orol dengizining qurishi natijasida bioxilma-xillik keskin kamaydi. Quyida Orolbo‘yi
ekotizimidagi yo‘qolib ketgan yoki kamayib ketgan turlar misollarini keltiramiz. Orol
dengizida ilgari 24 tur baliq yashagan, hozirda esa faqat tuzga chidamli bir nechta tur
qolgan.Orol sturi (Acipenser nudiventris), sudak (Sander lucioperca), osetr baliqlari
yo‘qolib ketgan.Dengiz qurishi tufayli baliqchilik sanoati butunlay inqirozga
uchradi.Orolbo‘yi hududi muhim migratsiya yo‘li bo‘lib, bu yerda minglab qushlar
yashardi.Qizil oyok pelikan (Pelecanus crispus), cho‘l laylaki (Ciconia ciconia) kabi
qushlar soni keskin kamaygan.Orol qurishi natijasida suv-botqoq hududlari kamayib,
qushlarning yashash muhiti deyarli yo‘q bo‘lib ketgan .Orol atrofida ilgari serhosil
o‘tloqlar, qamishzorlar mavjud edi.Qamishzorlarning 90% dan ortig‘i qurib ketdi, bu
esa hayvonlar uchun yashash joyining yo‘qolishiga olib keldi. Suv havzalari
yo‘qolgani sababli, suvga bog‘liq hayvonlar – muskrat (Ondatra zibethicus) kabi turlar
yo‘q bo‘ldi. Ko'rib turganingizdek birgina Orol dengizining qurishi nafaqat insoniyat,
balki butun tabiat, hayvonot olamiga juda katta zarar keltirmoqda.
Zaruriy choralar
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach ushbu masalaga jiddiy e'tibor qaratishni
boshladi. Xususan davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh
Assambleyasining 75-sessiyasida :"Mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolbo'yi
mintaqasida BMTning inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik trast fondi
tuziladi. Umid qilamizki, ushbu fond og'ir ekologik hududda yashayotgan aholiga
amaliy yordam ko'rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi bo'lib
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
145
2181-3187
xizmat qiladi "-deya dunyo e'tiborini Orol muammosiga qaratishga va unga yechim
topishga da'vat etadi. Shuningdek mamlakatimiz nafaqat bir qancha Xalqaro
Tashkilotlar bilan, balki o'z sa'y harakatlari orqali ham muammoga yechim topishga
harakat qilib kelmoqda. Xususan :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 132-
son qarori. Ushbu qaror orqali Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda "yashil
qoplamalar" va himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari
orqali vaziyatni barqarorlashtirish ko'zlangan .O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon
xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Ushbu qaror Orol dengizi akvatoriyasi
va unga tutash hududlarning neft va gaz salohiyatini geologik jihatdan o‘rganish chora-
tadbirlarini o'z ichiga oladi (lex.uz). Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar bunga yaqqol
misol bo'lishi mumkin.
Shunga ko'ra orolni shunchaki ko'kalamzorlashtirishga harakat qilish bu kerakli
natijani bermaydi. Faqatgina Orolni yana o'z holiga qaytarish ya'ni uni suv bilan qayta
to'ldirish masalalariga asosiy e'tiborni qaratish, muammolarga asosiy eng va eng to'g'ri
yechim hisoblanadi. Barchaga ma'lumki, buning uchun esa birinchi bo'lib yurtimizning
eng katta suv manbalaridan bo'lgan Amudaryo va Sirdaryoni Orolga quyilishini
ta'minlash darkor. Chunki 1960-yillardan boshlab Amudaryo va Sirdaryoning suvining
Orolga quyilish miqdori asta sekin kamayib, hozirgi kunda deyarli ushbu daryolar
dengizga yetib bormaydi. Bu ikki ko'hna daryoning salkam teng yarmidan o'zbek xalqi
foydalansa, qolgan qismidan qo'shni qardosh mamlakatlar Turkmaniston, Qozog'iston,
Tojikiston, Qirg'ziston hamda Afg'oniston turli xil kannallar orqali foydalanadi.
Afsuski, barcha Markaziy Osiyo davlatlari deyarli hali hamon eski, an'anaviy sug'orish
usullaridan foydalaniladi. Xususan,Subyektiv. Uz jamoasining Orol bo'yicha to'plagan
statistik ma'lumotlarga qaraydigan bo'lsak, daryolar suvining eng katta sarflovchisi
bo'lgan O'zbekiston sug'orish ishlarining deyarli 70foizi hali hamon eski usulda
qo'llaniladi, bundan tashqari kanallarning 60 foizi qumli o'zanlarda oqadi, bu Kanal
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
146
2181-3187
suvlarining katta qism behudani yerga singib ketishini anglatadi va eng yomoni
shundaki, mamlakatimiz suv unumdorligi va to'g'ri foydalanishda dunyo mamlakatlari
orasida eng quyi 20 talikni zabt etgan. Va shuningdek dunyo mamlakatlari 1 kub metr
suvdan 15 dollardan boshlab foyda olayotganda bu ko'rsatkich O'zbekistonda atigi 60
sentni tashkil etadi.
XULOSA
Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyat bugungi kunda nafaqat mintaqaviy,
balki global miqyosda ham katta e’tiborni talab qiladigan muammolar qatoriga kiradi.
Orol dengizining qurib borishi natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz o‘zining
salbiy ta’sirini nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi, iqtisodiyot, ijtimoiy
hayot va mintaqaning demografik rivojlanishiga ham ko‘rsatmoqda. Atmosfera
ifloslanishi, cho‘llanish, suv resurslarining kamayishi va biologik xilma-xillikning
yo‘qolishi kabi muammolar bugungi kunning dolzarb masalalaridir. Mamlakatlar
orasida aholi soniga qarab daryo suvini to'g'ri taqsimlash, suvdan foydalanish
madaniyatini aholi ongiga singdirish hamda davlatlar birlashishi va bitta consesnusga
kelishi kerak. Daryolar suvidan foydalanayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va
Afg'oniston o'rtasida daryo suvidan foydalanish to'g'risidagi qonun loyihasi ishlab
chiqilishi kerak va bu qonunga davlatlar amal qilishini nazorat qiladigan mustaqil
xalqaro tashkilot tuzishi kerak. Bundan tashqari irrigatsiya tizimini tubdan isloh qilib,
yuqori sifatli va zamonaviy gidrotexnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanishni
yo'lga qo'yish orqali ikki daryo suvini Orol ga yana qayta quyilishini ta'minlash
mumkin. Shuningdek, ushbu masalani hal etishda qo'shni mamlakatlar bilan manfaatli
bo'lgan hamkorlikda ish olib borish va butun dunyo mamlakatlari va xalqaro
tashkilotlar e'tiborini jalb qilish darkor.
Shu boisdan, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish
borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tizimli va kompleks yondashuvni talab
etadi. Jumladan, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, mahalliy aholi bilan hamkorlikda
ekologik loyihalarni amalga oshirish, yashil hududlar yaratish, suv resurslarini tejash
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–3_ Мая –2025
147
2181-3187
texnologiyalarini joriy etish va ilmiy izlanishlarga asoslangan strategiyalarni ishlab
chiqish muhim hisoblanadi. O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan
“Yashil makon”, “Orolbo‘yi – ekologik innovatsiyalar hududi” kabi tashabbuslar
mazkur yo‘nalishda ijobiy natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiysi geografik jihatdan bir butun bòlgan Markaziy Osiyo davlatlari va
Afg'oniston o'zaro hamkorlik qilishi kerak .