Авторы

  • Abdurashidov MuhammadjonTo‘lqinjon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124815

Ключевые слова:

Nizoli oila profilaktika inspektori ma'naviy tahdid huquqbuzarlik umumiy yakka profilaktika muammo oilaning tinchligi.

Аннотация

Ushbu maqola orqali siz oilaning tinchligi qanchalik ahamiyatga ekanligini, oila jamiyatning bir bo'g'ini sifatidagi mazmunini, profilaktika inspektori tomonidan nizoli oilalar bilan ishlash faoliyatining o'ziga xos jihalarini, profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar va ularda uchrab turgan muammolar, ularning yechimlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko'rishingiz mumkin.  


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

121

2181-3187

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING NIZOLI OILALAR BILAN

ISHLASH

FAOLIYATIDAGI KAMCHILIKLAR

Abdurashidov MuhammadjonTo‘lqinjon o‘g‘li

O

zbekiston Respublikasi IIV

Akademiyasi 3-bosqich kursanti

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali siz oilaning tinchligi qanchalik ahamiyatga

ekanligini, oila jamiyatning bir bo'g'ini sifatidagi mazmunini, profilaktika inspektori

tomonidan nizoli oilalar bilan ishlash faoliyatining o'ziga xos jihalarini, profilaktika

inspektori tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar va ularda uchrab turgan

muammolar, ularning yechimlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko'rishingiz

mumkin.

Kalit so'zlar: Nizoli oila, profilaktika inspektori, ma'naviy tahdid, huquqbuzarlik,

umumiy, yakka profilaktika, muammo, oilaning tinchligi.

IMPROVING THE WORKING ACTIVITY OF PROPHYLAXIS

INSPECTORS WITH FAMILIES IN CONFLICT

Annotation: Through this article, you will learn how important the peace of the

family is, the meaning of the family as a link of society, the specific aspects of the

prevention inspector's work with conflict families, the tasks that must be performed by

the prevention inspector and the problems they encounter. , you can see that their

solutions are scientifically based.

Key words:

Disputed family, prevention inspector, moral threat, offense, general,

individual prevention, problem, family peace.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

122

2181-3187

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ

РАБОТОВОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

ИНСПЕКТОРОВ

ПРОФИЛАКТИКИ

С

СЕМЬЯМИ,

НАХОДЯЩИМИСЯ

В

КОНФЛИКТЕ

Аннотация: Из этой статьи вы узнаете, насколько важен мир в семье,

значение семьи как звена общества, особенности работы инспектора по

профилактике с конфликтными семьями, задачи, которые должен выполнять

инспектор по профилактике и проблемы, с которыми они сталкиваются, вы

можете видеть, что их решения научно обоснованы

.

Kлючевые слова:

Конфликтная семья, инспектор профилактики,

моральная угроза, правонарушение, общая, индивидуальная профилактика,

проблема, семейный мир.

KIRISH

Ma`lumki, jamiyatning muhim bo`g`ini bo`lgan oilalar qanchalik tinch va totuv

bo`lsa, shundagina

davlat

tinch va barqaror ravnaq topishi mumkin. Shu jihatdan, oila

qo`rg`onining mustahkamligi va unda ma`naviy jihatlarning shakllanishi hamda

amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Binobarin oila deb atalmish muqaddas

makonda farzandlar kamolga yetadi, ulg`ayadi. Shunday ekan, jamiyatda yuzaga

kelayotgan oilalar qanchalik mustahkam qurilmoqda, poydevorichi? Darhaqiqat,

oilaning barpo etilishida kimlar yoki nimalar muhim rol o`ynaydi, tashqi ta`sirlarchi?

Mavjud oilalar va yangi barpo etilayotgan kichik bir oila o`z mavqeini qanchalik

asramoqda? Oila – muqaddas qo`rg`on, oila – ma`naviy kamolot maskani va boshqa

bir qancha so`z va iboralar bilan oilaning mavqeini belgilaymiz. Albatta, jamiyatda

namunali oilalar talaygina. Namunali oila deganda, oilaviy munosabatlar ma`naviy

mezonlar asosida qurilgan, yaхshi va aхloqli farzandlar tarbiyalagan, nurli, piru

badavlat otaхon va onaхonalar ko`z oldimizga keladi. Ularning borligi boshqalar uchun

ibrat maktabidir. Ammo, afsus, bizni o`ylantirgan masala bu – oila qo`rg`onining

buzilishiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan bir qancha tashqi va ichki omillardir. Tashqi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

123

2181-3187

omil sifatida g`arbona yashash tarzining o`zlashtirilishi bo`lsa, ichki omil sifatida esa,

yoshlarning oilaga ma`naviy jihatdan etarli tayyorgarlikka ega bo`lmaslik masalasidir.

Ma`naviy tahdid sifatida baholanayotgan g`arbona madaniyat, g`arbona yashash,

g`arbona muomala, g`arbona hayot tarzi va hokazolar bizning muqaddas

qo`rg`onimizga qanchalik salbiy ta`sir ko`rsatayotganini etarli darajada o`ylab

ko`rmayapmiz. Oddiy hol sifatida qabul qilayotganimiz turli filьmlar, seriallar, kliplar

aslida shovqinli, jangari, toshbag`ir bir hayot tarzini bizga in`om etmayotganmikin.

G`arb seriallarida kelinini erkalayotgan qaynota, turmush o`rtog`ini ochiqdan ochiq

haqorat qilayotgan хotin yoki uning eriga хiyonat qilayotgan dugona, yarim yalang`och

qizdan mamnun ona, oiladan хalovat topmagan farzandning giyohvand moddalarga

berilishi va boshqalar bizning farzandlarimiz tarbiyasiga, oilaviy muhitning nosog`lom

bo`lishiga olib kelmasmikin. Aksariyat oilalar bunday hayot tarzini qanday bo`lsa,

shundayligicha o`zlashtirmoqda. Ko`p hollarda, bizning mentalitetimizga, yashash

tarzimizga to`g`ri keladimi, yo`qmi, buni o`ylab ko`rmayapmiz. Natijada oilalar

arzimas muammo oldida dosh berolmay, engil elpi, havoyi bir nafs qurboniga

aylanishmoqda. G`arb taklif etayotgan хudbinlik, toshbag`irlik, egoizm kabi illatlarni

aksariyat insonlar yashashning mazmuni sifatida olmoqda. Buning oqibatida ayol

kimningdir qo`g`irchog`iga aylanmoqda, go`daklar mehrdan mosuvo holda etimlikka

mahkum etilmoqda. Bu kabi misollarni yana qator keltirish mumkin. Oila tinchligiga

salbiy ta`sir ko`rsatayotgan bunday muammolar aslida har bir vijdonli insonning qalb

og`riqlari emasmi? Yong`in chiqsa, ho`lu quruq barobar yonadi deganlaridek, oila

buzilsa, yoinki farzand aхloqsiz chiqsa, birgina inson emas, atrofdagi insonlar,

boringki, butun jamiyat hayotiga, uning farovonligiga, tinchligiga rahna solingan

bo`ladi. Shunday ekan, oila qo`rg`onini asrash, uning mustahkamligini ta`minlash

uchun nimalarga e`tibor berish lozim. Bizningcha, hamma narsaning asosi ma`naviy

etuklikka borib taqaladi. Aхloqimizga tashqi jihatlar salbiy ta`sir ko`rsatayotgan ekan,

ulardan himoyalanishning yagona yo`li ham ma`naviy etuklikdir. Ma`nan etuk inson

atrofdagi har bir narsaga befarq qaray olmaydi. Ma`nan boy inson g`arbona yashash,

g`arbona madaniyatni qanday bo`lsa, shundayligicha o`zlashtirmaydi, aksincha


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

124

2181-3187

o`zbekona, milliy хususiyatlarimizga uyg`unlashtiradi. Oila deb atalmish muqaddas

qo`rg`onni asrab avaylashga intiladi. Oilaning bir butunligini tashkil etayotgan er va

хotin ma`nan boy, aqlan kamolga etgan bo`lsa, har qanday zararli ta`sirlarni oldindan

ko`radi va oilasini himoya qila oladi. Ayni paytda, farzandlar tarbiyasiga ham shu

mezonlardan turib yondashadi. Oila mustahkamligini ta`minlashda tajribali, ko`pni

ko`rgan otaхon va onaхonlar o`giti, purma`no nasihatlari, ularning ibratli hayot tarzi

ham muhim o`rin tutadi. Shu jihatdan olganda, jamiyatda yuzaga kelayotgan yangi

oilalarga ular turmushi ibrat bo`lsa, tajribasidan o`rganishsa, o`ylaymizki, oila yanada

mustahkam va voyaga etayotgan farzandlar tarbiyali bo`ladi. Binobarin, oila qo`rg`oni

ma`naviy yetuklik va boy tajriba asosida yanada mustahkamlanib boriladi

1

.

Oʻzbekiston

ning

davlat

mustaqilligi

tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat

va

marosim

lari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar oilani mustahkamlashda

muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston

hukumat

i oila masalalariga davlat siyosati

darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi.

Oʻzbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi

ning 76-

modda

siga ko'ra, oila jamiyatning asosiy

boʻgʻini hisoblanadi

, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada boʻlish

huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar

ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan

oilalarni

ijtimoiy

himoya

qilish

choralari

toʻgʻrisida"

1994-yil

22-

avgustda

farmon

chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning

koʻlami kengaytirildi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va

ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy

manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni

kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti

1998-yil

ni "Oila yili" deb eʼlon qildi. Shunga asosan, oila manfaatlarini

taʼminlash borasidaamalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida davlat dasturi ishlab

chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi

Xotin-qizlar qoʻmitasi

huzurida Respublika

"Oila"

1

https://uz.wikipedia.org/wiki/Oila


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

125

2181-3187

ilmiy-amaliy markazi

tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga

solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining

Oila kodeksi

qabul qilingan.

Mamlakatimizda oilani qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash maqsadida qator

normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini

mustahkamlash konsepsiyasi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza

qilish toʻgʻrisida”, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish

toʻgʻrisida”, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarning

kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va

xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni qabul qilindi, ijtimoiy reabilitatsiya va moslashtirish

tizimini takomillashtirish, oilaviy-maishiy zoʻravonlikning oldini olish chora-tadbirlari

ishlab chiqilmoqda.

ASOSIY YO’NALISHLAR

Oila

— nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari

roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga

bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson

zot

ini davom ettirishdan,

bolalarni

tarbiya

lashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh

vaqt

ini samarali

uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da,

jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy,

mafkura

viy munosabatlar bilan belgilanadi va

ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini,

oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.

Oila insonlarni birlashtirib turuvchi eng kichik ijtimoiy birlik bo’lib, uning

tinchligi, ravnaqi va barqarorligi jamiyat tinchligi va barqarorligi hisoblanadi. Shu

sababli oila ijtimoiy institutini har tomonlama rivojlantirish omillarini ishlab chiqish

orqali jamiyat farovonligini taminlagan bo’lamiz. Bugungi kunda ba’zi oilalarda

janjallar ko‘paygan. Bu janjallarning ildiziga ahamiyat beradigan bo‘lsak, oila

a’zolarining bir-birlariga bo‘lgan muomalalaridagi kamchiliklarni ko‘ramiz. Shunday

ekan oila a’zolari biri biri bilan muomala qilishni va o’zaro shaxslararo samimiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

126

2181-3187

munosabatni o’rnatsa, insoniy axloq-odob, milliy an’ana va qadriyatlarimiz asosida

oilaviy hayotni tashkil etsa turli hil oilaviy nizolar oldi bartaraf etiladi deb aytishimiz

mumkin.

Oilaviy nizo va janjallar, ajralish muammosi hozirgi paytda jamiyatning eng

dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Oilalar ajralishlarining mavjudligi

bizning respublikamizda ham keng jamoatchilik diqqatini o‘ziga qaratib, bu

muammoning yechimini topish uchun kerakli choralarni ko‘rishga da’vat etmoqda.

Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi nizolardir. Shu

munosabat bilan shu kabi muommoli holatlarni oldini olish va ijtimoiy hayotimizdagi

salbiy holatlarni baratraf etish maqsadida jamiyatdagi turli xil salbiy holatlarni bartaraf

etish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishni yanada jadallashtirdi.

V.G.Belinskiy shunday degan “Shunga qat’iy imonim komilki, er-xotin ittifoqi

tevarak-atrofdagilarning aralashuvidan xoli bo’lmog’i kerak, binobarin, bu ikki

kishidan boshqa hech kimning ishi emas” deb ta’kidlaydi.

Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va

ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni

kimlar o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy

nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko‘ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish

mumkin:

• er-xotin o‘rtasidagi nizolar;

• qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar;

• qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar;

• ovsinlar o‘rtasidagi nizolar;

• ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar.

Bugungi kunda davlat rahbarimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha

islohotlar

inson qadri uchun

konseptual g’oya asosida olib borilmoqda. Shu bilan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

127

2181-3187

birgalikda har bir hududiy birliklarda shu jumladan mahalla tizimida ham izchil

islohotlar amalga oshirishi belgilandi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad aholi

muammolarini imkon qadar ularning yashash manzillarida hal etish va shu bilan

birgalikda ularni yashash sharoitini yaqindan o’rganishni nazarda tutadi. Bu kabi

holatlarni inobatga olgan holda mahalla institutida bugunki kunda faoliyat yuritayotgan

mahalla yettiligiga ham ulkan vazifalar yuklanmoqda.

Bugungi kunda ijtimoiy profilaktika faoliyatini takomillashtirish va bu orqali

aholini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash ishlarini keng ko’lamda amalga

oshirilayotgani ham fikrimiz isboti desak xato bo’lmaydi. Aynan profilaktika

inspektorlari ushbu faoliyatni amalga oshirish jarayonida mahalla subektlari uchun

richag vazifasini amalga oshirmoqda. Har bir profilaktika inspektorlari mahalla

hududida istiqomat qilayotgan oilalar bilan yaqinda muloqot olib borishi ularda

mavjud muammolarni o’rganishi hamda ushbu oilalarni ajrashib ketishni oldini olish

lozim. Chunki Statistika agentliggi ma’lumotlariga ko’ra, 2024-yilning 1-yanvar

holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi demografik ko’rsatgichi ma’lum qilinda.

Unga ko’ra, bir yilda 50 minga yaqin oila ajrashgan. Shundan nikohlar soni 283,8

mingta nikohdan ajralishlar soni 49,2 mingtani tashkil etgani fikrimizningg dalili

bo’ladi. Yoki bo’lmasa joriy yilning 9 oyi davomida 33 984 ta oilaviy ajrimlar qayd

etilgan. Bu ko’rsatgich 2023 yilning shu davriga nisbatan (37 654) 11,8 foizga (-3 670)

kamaygan. Shundan avvalgi yillarda sudlarning hukmik asosida hisobot davrida

ajrimni qayd etganlari 28,4 foizni ( 9 687ta ) tashkil etgan. FHDYO bo’limlar

tomonidan 31.7 foiz ( 10 805 ), fuqarolik ishlari bo’yicha sudlar orqali 68,3 foiz

(23 252ta) holatda qayd etilgan

2

. Profilaktika inspektorlari albatta har bir oila ularning

oila a’zolari uchun individual ishlarni tashkil etishi lozim. Bunda albatta u hamkorlik

ishlarni ham yo’lga qo’yshi orqali ushbu nizoli oilani tinch farovon hayotga o’tishi

uchun keng imkoniyatlar beradi.

Profilaktika inspektorlari nizoli oilalar bilan ishlash

2

https://ijtimoiyfikr.uz/oz/tadqiqotlar/jamiyat/2590.htm


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

128

2181-3187

faoliyatida

bir qator kamchiliklarga

yo’l qo’ymoqda. Ushbu kamchiliklariga

profilaktika inspektorlariga murojaat qilgan shaxsning murojaatiga nisbatan

e’tiborsizlik, beparvolik, oddiy turmushdagi holat sifatida baholashi yoki nizoli

oiladagi shaxs ushbu oiladagi muammosini ko’chaga chiqishi, bu esa oilaga nisbatan

uyatli holat sifatida baholanishi va buning natijasida ushbu holat profilaktika

inspektorlari tomonidan aniqlanmay keyinchalik latent holida qolishiga olib kelishi

mumkinligi, profilaktika inspektorlari tomonidan nizoli oilalarni hal etish uchun

ularning uylariga borib faqatgina hujjat uchun ular bilan suhbatlashib, holatga

haqqoniy baho berilmayotgani yoki nizoli oila vakillari nisbatan o’zi shunaqa bu oila

o’zi urushib, o’zi yarshib yuradi degan xatto to’xtamga kelishi yoki nizoli oila vakillar

bilan ishlash faoliyatida hamkorlik masalari yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi. Bu esa

bevosita keyinchalik oila a’zolaridan birining o’limiga yoki bolalarni yetim qolishiga

sabab bo’ladi. Shuningdek shaxsning ruhiy holati salbiy ta’sir ko’rsatishi uning

turmushni davom etirishga ma’lum bir to’siqlar vujudga kelishiga olib keladi.Ushbu

kamchiliklarni o’rganish jarayonida ularni oldini olish shuningdek ularni yechish

uchun ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish lozim hisoblanadi. Kuzatuvlar

natijasida nizoli oilalar vujudga kelishining sabablari va ularga imkon berib turgan

shart-sharoitlar o'rganilganda yosh oila vakillarini o'zaro muhabbat asosida turmush

qurishi qisqa muddat o'tishi bilan o'zaro bir birini tushunmaslik holatlari, shariy nikoh

asosida yashirin turmush qurganligi, oilaviy daromadning kamligidan norozi ekanligi,

er o'zining turmush o'rtog'ining huquqlarini poymol qilishi (uni ko'chaga chiqarmasligi

yoki olgan ma'lumotiga ko'ra uni biror yerda ishlashiga ruxsat bermaganligi va boshqa

XULOSA

Har bir inson oila bag’rida dunyoga keladi. Shaxs bu dunyo haqidagi ilk

tassurotlari oilada shakllanadi. Uning kelajakda kim bo’lishi yoki qanday inson bo’lib

yetishishi, oilaning unga bergan tarbiyasiga bog’liq sanaladi. Bilamizki xalqimizda

“Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan naql bor. Bu kabi naqllar xalqimiz tomonidan

necha asrlar davomida ko’rgan bilganlarini taxlil qilib ushbu to’xtamga kelgan. Albatta


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

129

2181-3187

bugun o’sib kelayotgan yosh avlod oila bag’rida kamol topmoqda. Ularni biz ertangi

O’zbekiston bunyodkorlari desak noto’g’ri bo’lmaydi. Chunki davlatni boshqarish uni

rivojlanishiga yoki uning kuch va qudratini amalda namoyon bo’lishida aynan shu yosh

avlod muhim o’rin tutadi. Bugungi kunda mamlakatimiz tomonidan har bir yosh oilani

qo’llab-quvvatlash ularni jamiyat hayotiga moslashtirish va ulardagi mavjud bo’lgan

muammoli holatlarni o’z vaqtida hal etish, oila a’zolarining har biriga o’z qobilyatlarini

amalda namoyon etishiga yoki o’zlarning huquqlari erkinliklari va qonuniy

manfaatlarini himoya qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda.

Ko’rolayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan oilaviy kelishmovchiliklarga butkul

barham berib bo’lmayapti. Oilaviy muammolar haqida so’z ketar ekan, hayolimizni

ko’plab salbiy fikrlar bilan band etib bo’lgan.Afsuski, aslida ham shshunday. Ushbu

munosabatlarda to’la muvaffaqiyatga erishish istagi og’riqli nuqtalardan biri bo’lib

qolmoqda. Biz ana shu holatga qarshi kurashni aniqlangan vaqtdan boshlasak biror

natijasiga erishimiz qiyin bo’ladi. Odob-axloq, mehr-muhabbat, oqibat ustunligi oilada

totuvlikni ta’minlashning eng birinchi zarurati. Demak, ana shu fazilatlarni sifatlarni

oldindan mustahkamlab quyishga intilishimiz kerak. Tan olish kerak, har bir oilaning

moddiy ma’naviy ehtiyojlari nor. Muammo va nizolar qarama-qarshiliklardan kelib

chiqadi. Xo’sh yechim qanday? Biz nima qilsak tinch-totuv yashaymiz. Buning siri

hamjihatlik va og’izbirchilikda. Hayotimizni ezgu g’oyalarga bo’ysundirganimiz sari

u yanada go’zal, jozibali, benuqson bo’lib boradi. Oila gullab-yashnaydi. U

jamiyatning shunchaki tinchlik-totuvlik xukm surayotgan bo’g’ini bo’libgina qolmay,

insoniyatni ulug’vorlikka, yuksaklikka eltadigan manbaga aylanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi darsligi. Toshkent 2021

3.

Kriminalogiya darsligi. Toshkent 2008

4. Oila psixologiyasi darsligi Toshkent 2010


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

130

2181-3187

5.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Oila

6 https://ijtimoiyfikr.uz/oz/tadqiqotlar/jamiyat/2590.htm

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi darsligi. Toshkent 2021

Kriminalogiya darsligi. Toshkent 2008

Oila psixologiyasi darsligi Toshkent 20105.