Авторы

  • Madamionov Farruxbek Farhodjon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124816

Ключевые слова:

Huquqbuzarlik huquqbuzarliklar profilaktikasi g’ayriijtimoiy xulq atvor huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxs huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi ijtimoiy profilaktika viktimologiya

Аннотация

Ushbu maqola orqali siz, Huquqbuzarliklarni oldini olishning yangi turi hisoblangan ijtimoiy profilaktika tushunchasi, uning jamiyatda huquqbuzarliklarni kamaytirishda tutgan muxim ro’li, ushbu profilaktikaning obektlari va amalga oshiruvchi subektlarning tasnifi, shuningdek ijtimoiy profilaktikaning boshqa profilaktika turlaridan nechog’lik farq qilishini ilmiy jihatdan asoslanganligini 
ko’rishimiz mumkin. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

115

2181-3187

VIKTIMLIKNING SOTSIAL YECHIMI SIFATIDA- IJTIMOIY

PROFILAKTIKA

Madamionov Farruxbek Farhodjon o‘g‘li

O’zbekiston Respublikasi IIV

Akademiyasi 3-bosqich kursanti

Annatatsiya:

Ushbu maqola orqali siz, Huquqbuzarliklarni oldini olishning yangi

turi hisoblangan ijtimoiy profilaktika tushunchasi, uning jamiyatda huquqbuzarliklarni

kamaytirishda tutgan muxim ro’li, ushbu profilaktikaning obektlari va amalga

oshiruvchi subektlarning tasnifi, shuningdek ijtimoiy profilaktikaning boshqa

profilaktika turlaridan nechog’lik farq qilishini ilmiy jihatdan asoslanganligini

ko’rishimiz mumkin.

Kalit so’zlar:

Huquqbuzarlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi, g’ayriijtimoiy

xulq atvor, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxs, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchi,

ijtimoiy profilaktika, viktimologiya,

Annotation:

Through this article, we can see the concept of social prevention,

which is a new type of crime prevention, its important role in reducing crime in society,

the classification of the objects of this prevention and the implementing entities, as well

as how it differs from other types of prevention and it is scientifically based.

Key words:

Crime, crime prevention, antisocial behavior, person prone to crime,

victim of crime, social prevention, victimology,

Kirish va Yangiliklar.

Hozirgi taraqqiy etib borayotgan zamon davlatning barcha sohalarida

rivojlanishni talab etmoqda. Shuni e'tirof etish lozimki, huquqiy-demokratik, ijtimoiy

taraqqiy etgan davlatni barpo etishda davlat hokimyatining yuqori turuvchi organlari


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

116

2181-3187

qarshisida jamoat xavfsizligini ta‘minlashni yanada yaxshilash eng asosiy

o‘ylantiruvchi masala sifatida gavdalanadi. Chunki, qachonki jamiyat xavfsizligiva

xalq faravonligi taminlansagina, davlatning har tamonlama ya‘ni iqtisodiy, ijtimoiy,

huquqiy jihatdan o‘sa boshlaganlini, biz, tarixdan ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagi

masala yuzasidan asosiy masuliyatni Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tarkibidan

Ichki Ishlar Organlarining Huquqbuzarliklar Profilaktikasi faoliyati o‘z zimmasiga

oladi. Shu tufayli ham aynan davlat hokimyatining yuqori elitasi tomonidan ushbu

sohani isloh qilish va faoliyatini takomillashtirish borasida bir qator islohotlar amalga

oshirilyapti. Bularning yaqqol isboti sifatida Prezidentimiz farmoni bilan tasdiqlangan

―Jamoat Xavfsizligi konsepsiyasi‖ da belgilangan vazifalarni bajarish va PF 59-38 son

bilan joriy etilgan ―Obod va Xavfsiz mahalla‖ tamoyili asosida respublikada xavfsiz

muhitni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta‘minlash vazirligi

hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan qabul

qilingan ―Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz

muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi‖ 10/3/05 sonli qo'shma qaror

misol bo‘la oladi. Bizga malumki, Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari

quyidagilardan

iborat:

Huquqbuzarliklarning

umumiy

profilaktikasi,

huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi, huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi

profilaktikasi, huquqbuzarliklar viktimilogik profilaktikasi. Aynan yuqorida ta‘kidlab

o‘tilgan qaror sharofati bilan, hozirda biz tatqiq etayotgan, profilaktikaning yangi turi

– ijtimoiy profilaktika joriy etildi va bu haqida quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Kuzatishalar va Natijalar.

Ijtimoiy profilaktika deganda, huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoxud

huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy,

psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek

ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga

qaratilgan chora – tadbirlar majmui tushuniladi. Aynan profilaktikaning bu turi keng


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

117

2181-3187

qavrovliligi va amalga oshirish jihatdan ko‘p kuch talab qilmasligi tufayli ham ancha

samara berishi kutilyapti. Shu tufayli ham, hozirgi kunda ijtimoiy profilaktikadan

respublikaning barcha mahallalarida foydalanishni, keng qamrovli ravishda, davlat

hokimyatining joylarda huquqni qo‘llash va huquqiy targ‘ibotni amalga oshiruvchi

organlari tomonidan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va mahalla

profilaktika inspektorlariga tushuntirilib borilmoqda. Turli ilmiy adabiyotlarda

ijtimoiy profilaktika atamasiga har xil ta‘rif berilganini ko‘rishimiz mumkin. Masalan:

Ijtimoiy profilaktika - ijtimoiy muammoning oldini olish, ijtimoiy og'ish yoki ularni

keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf etish yoki zararsizlantirish orqali ularni

ijtimoiy barqaror darajada ushlab turish, individual shaxslar va "xavf guruhlari" da

yuzaga kelishi mumkin bo'lgan jismoniy, psixologik yoki ijtimoiy-madaniy

to'qnashuvlarning oldini olishga qaratilgan, odamlarning normal turmush darajasi va

sog'lig'ini saqlash va himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat. Yoki bo‘lmasa

boshqa adabiyotda unga quyidagicha tarif erilgan: Ijtimoiy profilaktika, "xavf

guruhida"

bo‘lgan

o'spirinlarda

jismoniy,

psixologik,

ijtimoiy-madaniy

buzg‘unchiliklarni oldini olishga qaratilgan faoliyatdir. Har bir faoliyatni amalga

oshiruvchi mas‘ul, mansabdor shaxs – subekt bo‘lganidek ijtimoiy profilaktikani ham

bevosita amalga oshiruvchilari mavjud. ―Obod va xavfsiz mahalla‖ tamoyili asosidagi

ishlar mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli,

yoshlar yetakchisi tomonidan uzviy hamkorlikda bajariladi. Quyida biz ulardan eng

ahamiyatlisi bilan tanishib chiqamiz. Dastlabki eng asosiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu

profilaktikani amalga oshirishga mas‘ul bo‘gani va ushbu faoliyatni

muvofiqlashtiruvchi, ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘iniga kiruvchi subekt—

profilaktika inspektoridir. Ushbu subektning ijtimoiy prafilaktikadai asosiy

vazifalariga quyidagilar kiradi: -ijtimoiy profilaktika obektlari bo‘lgan shaxslarni

aniqlash, ularning xulq – atvori va turmush tarzinio‘rganish, birlamchi profilaktik ta‘sir

va moslashtirish chora-tadbirlarini qo‘llash; -tegishliligi jihatdan ijtimoiy prafilaktika

obekti biriktirilgan subektlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish; -zarur hollarda

ushbu prafilaktika obektlari bilan ishlash bo‘yicha kerakli amaliy va nazariy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

118

2181-3187

yordamlarni berish; -ijtimoiy profilaktika obekti bo‘lgan shaxslar bilan ushbu

profilaktika subektlarining olib borgan profilaktik chora tadbirlari yakunlangandan

so‘ng, bir yil davomida ularning xulq–atvorini kuzatish va manitoringini tashkil etish.

Endi ushbu profilaktikaning obektiga to‘xtaladigan bo‘lsak uni shartli ravishda 2

bo‘lishimiz mumkin, ya‘ni huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoxud huquqbuzarlikdan

jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar toifasiga. Yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar

toifasiga quyidagicha xususiyatga ega bo‘lganlar kirishi mumkin: a) huquqbuzarlik

sodir etishga moyil shaxslar: - bandligi ta‘minlanmagan mehnatga layoqatli bo‗lgan,

shu jumladan doimiy daromad manbaiga ega bo‗lmagan shaxslar; - farzand tarbiyasiga

befarq munosabatda bo‗layotgan ota-onalar yoki ularning o‗rnini bosuvchi shaxslar; -

alkogolni, shuningdek, psixotrop moddalarni va kishining aql-irodasiga - kuchli ta‘sir

etuvchi boshqa moddalarni suiiste‘mol qiluvchi (me‘yoridan ortiq ichuvchi) xotin-

qizlar va yoshlar; - qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‗yinlarga ruju qo‗ygan

yoshlar; - nizoli oilalar a‘zolari (umumiy ro‗zg‗or asosida yashovchilar); - jazoni ijro

etish muassasasidan ozod etilib, ijtimoiy moslashtirishga muhtoj bo‗lgan shaxslar; -

uzoq vaqt davomida o‗zaro nizo va adovatda bo‗lib kelayotgan shaxslar (qo‗shnilar,

qarindoshlar va boshqa shaxslar); - nazoratsiz va qarovsiz qolgan 14 dan 18 yoshgacha

bo‗lgan voyaga yetmaganlar; - turmushidan ajrashib, ijtimoiy-iqtisodiy og‗ir ahvolga

tushib qolgan ayollar; - g‗ayriijtimoiy xulq-atvorli yoshlar. b) huquqbuzarlikdan

jabrlanish ehtimoli yuqori bo’lgan shaxslar: - yolg‗iz yashovchi ayollar va qariyalar; -

qonuniy nikohsiz yashovchi shaxslar; - sudxo‗rlik bilan shug‗ullanuvchi shaxslar; -

g‗ayriijtimoiy xulq-atvorli xotin-qizlar Bu toifaga kiruvchi shaxslar profilaktika

inspektori tomonidan ―mahallabay‖ hamda ―honadonbay‖ usullar bilan aniqlanadi va

tegishli tartibda ularninh hisobi yuritilib boriladi. Endi ijtimoiy profilaktikani boshqa

profilaktika turlaridan qanday farqli jihatlari borligiga to‘xtalib o‘tamiz. Dastlab

huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi haqida gaplashadigan bo‘lsak, ushbu

profilaktika turi o‘zining o‘ta keng qamrovliligi va subektlar zimmasiga ijtimoiy

profilaktikadagidek masuliyat yuklamasligi bilan farq qiladi. Huquqbuzarliklarning

maxus profilaktikasini amalga oshirish uchun bizda ayrim toifadagi shaxslar yoki


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

119

2181-3187

jinoyatlar sonining ortishi yoki bo‘lmasa, muhim bayram tadbirlari va tashriflari asos

bo‘lishi, uni, ijtimoiy profilaktikaning sanab o‘tilgan asoslari va chora-tadbirlariga

qaraganda nechog‘lik farq qilishini ko‘satadi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi

profilaktikasi ba‘zi xususiyatlariga ko‘ra (har ikkala profilaktika turlarida ham har bir

shaxs bilan alohida holda ish olib boriladi) o‘xshash bo‘lishi mumkin, biroq ijtimoiy

profilaktika nafaqat profilaktika inspektori balki mahalla raisi, hokim yordamchisi,

xotin-qizlar

faoli,

yoshlar

yetakchisi

tomonidan

amalga

oshiriladi.

Huquqbuzarliklarning viktimologik profilkatikasi qolgan profilaktika turlariga

nisbatan ijtimoiy profilktikaga juda yaqin ya‘ni maqsad jihatdan, amalga oshiriladigan

choratadbirlari va aholini huquqbuzarlik jabrlanuvchisi bo‘lish ehtimolini

kamaytirishga qaratilganligi bilan o‘xshash. Biroq u qo‘shimcha obektga(ijtimiy

profilaktikaning obektiga huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar ham kiradi)

egaligi va subektlarga qo‘shimcha rag‘bat yoki majburiyat (ushbu profilaktikaning

amalga oshirishdagai kamchikilar intizomiy jazolanishga yoki erishilgan yaxshi natija

mukofotlanishga sabab bo‘ladi) yuklashi bilan farq qiladi.

XULOSA

Jamiyatga nazar solsak, jinoyatchi yoki huquqbuzar shaxsi o‗z-o‗zidan

shakllanib qolmasligini, uni shakllantiruvchi omillar, motivlar va turtkilar siatida

ijtimoiy jarayonlar muhim ahamiyat kasb etishini ko'ramiz. Kriminologik jihatdan

qaraydigan bo'lsak sodir bo'ladigan barcha huquqbuzarlik aslida bu alohida turdagi

ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Shu tufayli ham ana shu huquqbuzarliklarning sabablari

va shart-sharoitlarini aniqlashni, bu orqali huquqbuzarliklarni oldini olish usullarini

ijtimoiy hayotdan qidirish kerak bo'ladi. Aynan biz aytib o'tgan bu sabablar ushbu biz

tahlil qilayotgan yangi profilaktika turi - ijtimoiy prafilkatikani yurtimizda qo'llash

zaruratini tug'diradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1."Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi‖ qonun, 2014-yil 14-mart;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

120

2181-3187

2."Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni

yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi‖ 10/3/05 sonli qo'shma qaror, 2023-yil

30-mart;

3. Psixologiya: darslik / B.M. Umarov; 2012-yil – 272 b.

4. Туганбекова К.М., Тебенова К.С., Кударинова А.С., Садвакасова Н.А.,

Ашимханова Г.С. СОЦИАЛЬНАЯ ПРОФИЛАКТИКА – ВАЖНЕЙШЕЕ

НАПРАВЛЕНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ РАБОТЫ ДЕТЕЙ С ОГРАНИЧЕННЫМИ

ВОЗМОЖНОСТЯМИ // Научное обозрение. Педагогические науки. – 2016. – №

1. – С. 66-68; INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 152

5. Рында И.В. СОЦИАЛЬНАЯ ПРОФИЛАКТИКА ОТКЛОНЯЮЩЕГОСЯ

ПОВЕДЕНИЯ В УСЛОВИЯХ СРЕДНЕЙ ШКОЛЫ // Международный

студенческий научный вестник. – 2020. – № 3. 6."Huquqbuzarliklar profilaktikasi

va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari

to'g'rsida"gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-

sonli qarori.

Библиографические ссылки

"Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi‖ qonun, 2014-yil 14-mart;2."Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni

yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi‖ 10/3/05 sonli qo'shma qaror, 2023-yil

-mart;

Psixologiya: darslik / B.M. Umarov; 2012-yil – 272 b.

Туганбекова К.М., Тебенова К.С., Кударинова А.С., Садвакасова Н.А.,

Ашимханова Г.С. СОЦИАЛЬНАЯ ПРОФИЛАКТИКА – ВАЖНЕЙШЕЕ

НАПРАВЛЕНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ РАБОТЫ ДЕТЕЙ С ОГРАНИЧЕННЫМИ

ВОЗМОЖНОСТЯМИ // Научное обозрение. Педагогические науки. – 2016. – №

– С. 66-68; INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 152

Рында И.В. СОЦИАЛЬНАЯ ПРОФИЛАКТИКА ОТКЛОНЯЮЩЕГОСЯ

ПОВЕДЕНИЯ В УСЛОВИЯХ СРЕДНЕЙ ШКОЛЫ // Международный

студенческий научный вестник. – 2020. – № 3. 6."Huquqbuzarliklar profilaktikasi

va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari

to'g'rsida"gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833

sonli qarori.