Авторы

  • Tursunova Dilso‘z O‘ralovna
  • Yunusova Feruza

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124846

Ключевые слова:

Metod interfaol interaktiv dars o’yinlar piramida faollik jamoa savodxonlik zamonaviylik.

Аннотация

Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o’qituvchilarining ona tili darslarini samarali o’tkazishdagi ijodkorligi, o'quvchilar faoliyati, dars o’tishni va uning tushunarliligini oshirish metodlari va usullari yoritilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

377

2181-3187

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN

METODLAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

Tursunova Dilso‘z O‘ralovna

Qarshi xalqaro universiteti

“Filologiya va tillarni o‘qitish”

kafedrasi o‘qituvchisi

Yunusova Feruza

Qarshi xalqaro universiteti 3-kurs talabasi

Annotatsiya:

Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o’qituvchilarining ona tili

darslarini samarali o’tkazishdagi ijodkorligi, o'quvchilar faoliyati, dars o’tishni

va uning tushunarliligini oshirish metodlari va usullari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Metod, interfaol, interaktiv, dars, o’yinlar, piramida,

faollik, jamoa, savodxonlik, zamonaviylik.

Boshlang‘ich ta’lim – bu o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va

malakalarini shakllantirishda poydevor bo‘lib xizmat qiladigan muhim bosqichdir.

Ayniqsa, ona tili darslarida bu jarayon ikki barobar ahamiyat kasb etadi. Chunki bu fan

orqali o‘quvchilarda savodxonlik, nutq madaniyati, mantiqiy fikrlash, o‘qish va yozish

malakalari rivojlanadi. Shu boisdan boshlang‘ich sinf ona tili darslarida zamonaviy

pedagogik yondashuvlar, metodlar va texnologiyalarni samarali qo‘llash dolzarb

masalalardan biri hisoblanadi. Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchi bilan o‘quvchining

birgalikdagi faoliytini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining

takomillashuvi bilan bog‘liq holda rivolanib, yangilanib bormoqda.

XX asrning oxirgi yillariga qadar o‘qitish metodlari sifatida tushuntirish –

bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va

deduktiv metodlar ona tili ta’limiy darslarini tashkil etishda ko‘proq qo‘llanilib kelindi.

Hozirgi davrda ta’lim jarayonida o‘qitishning yangi, zamonaviy metodlari barcha


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

378

2181-3187

maktablarda keng qo‘llanilmoqda. Ta’limda bu kabi metodlarni qo‘llash o‘qitish

jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keldi.Ta’lim jarayonida har bir

darsning didaktik vazifasiga mos ravishda metodlardan foydalanish maqsad muvofiq

sanaladi.

An’anaviy dars shaklini o‘zgartirmagan holda, ta’limning samaradorligini

oshirishda o‘qituvchidan dars jarayonini mavzuni o’quvchilar to‘liq o‘zlashtirish

uchun qaratilgan e’tibor sababli yangidan yangi rivojlantiruvchi metodlar ishlab

chiqilmoqda va shu sababli ta’limda interaktik, interfaol va enerjayzer tushunchalari

keng miqyosda qo’llanilmoqda. Darsning mazmunini ochib berishga qaratilgan ta’lim

jarayonida asosan, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning

mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahsmunozara,

muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash

va o’quvchilarning amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bundan

tashqari dars jarayonida har xil metodlardan foydalanish o‘qituvchini izlanishga va

o‘quvchini o‘z ustida ishlashga, erkin fikrlashga undaydi.

Metod shunday tanlanishi kerakki, unda o‘quvchi o‘zini erkin tuta olishi,

fikrlarini ravon aytishi, mavzuni juda yaxshi o‘zlashtirilishi lozimligi muhim

ahamiyatga ega. Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi

mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. “Aqliy

hujum”, “Savol-javob”, “Klaster usuli” va shunga o’xshash ba’zi metodlarimiz doimiy

ravishda foydalanilganligi sababli ular an’anaviylashib bormoqda.

Keng qo’llaniladigan metodlar – “Bayon qilish”, “Aqliy hujum”, “Klaster”,

“Taqdimot”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga

erishish mumkin. Dars jarayonida mavzuni o’quvchilar tomonidan tushunganlilik

darajasini aniqlash va o’tilgan mavzuni so’rash qismida “A3 formati”, “Zinama-zina”,

, “Kungaboqar” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida “Bayon qilish”,

“Insert” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash uchun “Rangli kartochkalar”,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

379

2181-3187

“Topshiriqni davom ettir”, Xotira testi”, “Zinapoya savollar” kabi grafik tasshkil

etuvchilar, uyga vazifa berish oldi “BBB” va “Emojilar” orqali ularga darsni tashkil

etilishi haqidagi fiklari bilan qiziqish, eng so’ngida esa uyga vazifa berish uchun

“Muammo asosida topshiriq”, “Savol yoz javob ol”, “Tadqiqot topshirig’i”, “Ijodiy

topshiriq”

kabi metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab,

o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ona tili darslarida yuqorida

sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari zamonaviy texnalogiyalardan

samarali foydalanib dars tashkil etish ham mumkin. Axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari (AKT), Multimedia vositalari, interaktiv doska, elektron

darsliklar va taqdimotlar darslarni yanada qiziqarli va jonli qiladi. Masalan,

matnni eshitish, videoroliklar asosida tahlil qilish o‘quvchilarning eshitish va

ko‘rish orqali idrok qilish qobiliyatini kuchaytiradi. QR-kodlar va mobil ilovalar,

savodxonlikka oid topshiriqlar, testlar, lug‘at o‘yinlari uchun mobil ilovalardan

foydalanish o‘quvchilarni rag‘batlantiradi.

Virtual darslar va onlayn platformalar: ZiyoNet, EduMarket, UzEdu va

boshqa platformalar orqali o‘quvchilar qo‘shimcha mashqlarni bajara oladi, bu

esa individual yondashuvni ta’minlaydi. Gamifikatsiya (o‘yinlashtirish)

elementlari: ona tili darslarini kichik o‘yinlar, musobaqalar, viktorinalar orqali

tashkil etish bolalarning darsga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi va bugungi kunda

dolzarb muammolardan biri bo’lgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi uchun

bir yo’nalish berish, ularni qiziqishini cheklamasdan faqat to’g’ri va maqsadli

yo’naltirishga ham erishsa bo’ladi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat,

qiziqish paydo bo’ladi. Munozaraga kirishishni ,fikrini asoslashga odatlanadi.

Bunda o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi zarur.

O‘quvchilarga har darsda bir xil dars o‘tish ularning zerikishiga olib keladi va

mavzuga bo‘lgan e’tiborini pasaytiradi. Bunday holatlarning oldini olish uchun

dars mashg‘ulotlari jarayonida dam olish daqiqalarini o’tkazishda turli xil

qiziqarli metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

380

2181-3187

Masalan, “So’z ma’nosi” mavzusini o’rganish uchun xattaxtaga turli

ma’nodagi so’zlarni yozish yokida bir so’zga qo’shimcha qo’shilganda asosga

qanday ma’no yuklashini tushuntirish uchun “So’zlar piramidasi” metodidan

foydalanish

mumkin.

Namuna

sinf+xona=sinfxona,

sinf+imiz=sinfimiz,

sinf+xona+ga=sinfxonaga shunday davom etadi. Bu metoddan o‘quvchilarda

o‘tilayotgan yangi mavzuni mustahkamlash bilan birga ularning tezkor

fikrlaslari va so‘z boyligini aniqlash maqsadida ham foydalansa bo‘ladi.

“So’zlar piramidasi” metodi.

O‘quvchilarning asosiy tushuncha yoki mavzu

atrofida fikrlarini bosqichma-bosqich aniqlashtirish va kengaytirishga asoslangan

metod. Bu usulda o‘quvchi kichik fikrdan katta, umumlashtirilgan fikrga o‘tadi.

Yozma nutqni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash va asosiy so‘zlarni tanlash

ko‘nikmalarini shakllantiradi. Yosh:

1–4-sinf o‘quvchilari (taxminan 7–10 yosh). Har

bir yosh bosqichida metodning murakkabligi oshirib borilishi mumkin (masalan, 1-

sinfda 3-4 pog‘ona, 4-sinfda 6-7 pog‘onali piramida). Metodning afzallik tomonlari:

So‘z yasalishini tushunishga yordam beradi – so‘zlarga

qo‘shimcha qo‘shish orqali yangi so‘zlar yasalishini amaliy ko‘rsatadi.

Imloviy ko‘nikmalarni mustahkamlaydi – o‘quvchilar har bir

yangi so‘zni yozishda tovushlar tarkibini sinchiklab o‘rganadilar.

Leksik zaxirani boyitadi – har bir yangi pog‘onada yangi so‘zlar

o‘rganiladi.

Ijodkorlikni rivojlantiradi – so‘z tanlash, izchil yozish, piramida

qurish o‘quvchini faol fikrlashga undaydi.

Vizual yod olishga qulay – rasmiy ko‘rinishda taqdim etilishi

bolalarning eslab qolishini yengillashtiradi.

Jamoaviy va yakka tartibda qo‘llanilishi mumkin – guruh bilan

ishlashda ham, individual topshiriq sifatida ham qo‘llaniladi.

“So‘zlar piramidasi”ning tuzilishi quyidagicha:

Tepada: 1 asosiy kalit so‘z


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

381

2181-3187

Ikkinchi qatorda: 2 ta asosiy xususiyat

Uchinchi qatorda: 3 ta misol yoki tushuntiruvchi fikr

To‘rtinchi qatorda: 4 ta so‘zdan iborat xulosa

Qo‘llanilishi:

Tayyorlov bosqichi:

O‘qituvchi asosiy so‘zni tanlaydi (masalan:

oy

).

So‘z doskada yoki kartochkada yoziladi.

Amalga oshirish:

O‘quvchilar ushbu so‘zga har safar bir harf yoki qo‘shimcha

qo‘shib yangi so‘z hosil qiladi:

Gul

Gulla

Gulchi

Guldon

Gulzor

Gulli

So‘zlar har bir satrda yozilib,

piramida shaklida

joylashtiriladi.

Mustahkamlash:

O‘quvchilar har bir so‘zga gap tuzadi.

Guruhda kim eng uzun piramida yasasa, sovrin beriladi.

Yozma topshiriqqa aylantiriladi: piramidani chizib, so‘zlarni

yozish.

So‘zlar piramidasi quyidagicha ko‘rinadi:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

382

2181-3187

“Aylanma stansiyalar” metodi.

Ushbu metodda o’quvchilardan guruhlar

shakllantiriladi. Har bir guruhga kichik topshiriq (test, so’z tahlili, gap tuzish beriladi.

Bu metodni 2-sinfdn boshlash qo’llash mumkin. Ushbu metodning afvzallik tomoni

shundaki o’quvchilar jamoa bo’lib ishlashni o’rganadilar, topqirlik va chaqonlik

darajalari ham oshadi. Kamchilik tomoni esa agar o’qituvchi tomonidan o’quvchilar

bilim darajasi bo’yicha to’g’ri guruhlanmasa o’quvchilarda so’nishni ham keltirib

chiqarishi ham mumkin.

Xulosa qilib aytganda, innovatsion metodlar o‘quvchilarning savodxon

bo‘lishiga, o’qituvchining o’zi ustida ishlashi, dars samaradorligini

oshirishga,o’quvchilarning yangi qobiliyatlarini namoyon qilish uchun

ko’maklashuvchi yordamchilardir. Dars davomida shu va shu kabi metodlardan

foydalanish o‘tilgan mavzuni takrorlash va yangi mavzuni o‘zlashtirishga katta

yordam beradi. Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqatini mavzuga qaratishda

shubhasiz o‘zining samarasini ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan interfaol metodlar

va zamonaviy texnalogiyalarni to’g’ri qo’llash orqali ona tili va boshqa darslarda

ham o’z natijasini berishi, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini

oshirishga, o‘zlarining fikrini erkin bayon eta olishga, atrofidagilarning fikrlarini

hurmat qilishga, o‘zining nuqtayi nazarini himoya qila olish qobiliyatlarini

rivojlantirishga, jamoaviy ishlashga, axborot texnalogiyalaridan samarali va

zarur vaqtda qanday foydalanishi mumkunligi haqidagi ma’lumotlarga erishish,

notanish vaziyatlarda qo’llay olish imkonini beradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

383

2181-3187

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.

A.G’ulomov. Ona tili o’qitish prinsiplari va metodlari. – T.: “O’qituvchi” 1992

2.

S.Matchonov va boshq. Boshlang’ich sinf o’qish darslarini pedagogic

texnalogiyalar asosida tashkil etish – T.: “Yangiyul polygraph service” 2008

3.

Yu.Babanskiy. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o’qitish metodlari –

T.: “O’qituvchi” 1990

4.

K.Qosimova, S.Matchonov, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva, Sh.Sariyev “Ona

tili o’qitish metodikasi” – T.: “Bayoz” 2024

5.

N.Abduraxmonova, Z.Otajonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili

darslarida qo’llaniladigan zamonaviy metodlar” –Qo’qon universiteti “Xalqaro ilmiy-

amaliy konferensiya” 68-71-sahifalar

Библиографические ссылки

A.G’ulomov. Ona tili o’qitish prinsiplari va metodlari. – T.: “O’qituvchi” 1992

S.Matchonov va boshq. Boshlang’ich sinf o’qish darslarini pedagogic

texnalogiyalar asosida tashkil etish – T.: “Yangiyul polygraph service” 2008

Yu.Babanskiy. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o’qitish metodlari –

T.: “O’qituvchi” 1990

K.Qosimova, S.Matchonov, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva, Sh.Sariyev “Ona

tili o’qitish metodikasi” – T.: “Bayoz” 2024

N.Abduraxmonova, Z.Otajonova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili

darslarida qo’llaniladigan zamonaviy metodlar” –Qo’qon universiteti “Xalqaro ilmiy

amaliy konferensiya” 68-71-sahifalar