Авторы

  • Maloxat Raximova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124847

Ключевые слова:

linguopoetics literary text language levels aesthetic integrity phonopoetics syntactic poetics expressiveness poeticity

Аннотация

This article explores the development, subject matter, and methodological foundations of the field of linguopoetics. It analyzes the 
interrelation and poetic functions of linguistic levels—phonetic, lexical, morphological, syntactic, and compositional—in constructing a literary text as an aesthetic whole. The study also highlights the historical development of the linguopoetic approach in Uzbek linguistics, examining the legacy of thinkers such as Alisher Navoi and Izzat Sultan as subjects of linguopoetic analysis.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

368

2181-3187

BADIIY MATN ESTETIK BUTUNLIK SIFATIDA

Maloxat Raximova

Qarshi xalqaro universiteti o‘qituvchisi

rahimovamalohat585@gmail.com

Abstract:

This article explores the development, subject matter, and

methodological foundations of the field of linguopoetics. It analyzes the

interrelation and poetic functions of linguistic levels

phonetic, lexical,

morphological, syntactic, and compositional

in constructing a literary text as an

aesthetic whole. The study also highlights the historical development of the

linguopoetic approach in Uzbek linguistics, examining the legacy of thinkers such

as Alisher Navoi and Izzat Sultan as subjects of linguopoetic analysis.

Keywords:

linguopoetics, literary text, language levels, aesthetic integrity,

phonopoetics, syntactic poetics, expressiveness, poeticity

Annotatsiya:

Mazkur maqolada lingvopoetika fanining shakllanishi,

predmeti va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Badiiy matnning estetik butunlik

sifatida yaratilishida til sathlarining (fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va

kompozitsion) o‘zaro uyg‘unligi hamda ularning poetik vazifalari ochib beriladi.

Tadqiqotda o‘zbek tilshunosligida lingvopoetik yo

ndashuv tarixiy taraqqiyot

doirasida yoritilib, Alisher Navoiy, Izzat Sulton kabi mutafakkirlar merosi

lingvopoetik tahlil obyekti sifatida ko‘rib chiqiladi

.

Kalit so‘zlar:

lingvopoetika, badiiy matn, til sathlari, estetik butunlik,

fonopoetika, sintaktik poetika, ekspressivlik, poetiklik

Kirish.

Til – inson uchun eng muhim omil hisoblanadi. Chunki insonlar til orqali

bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar. Bundan tashqari, til – insonlarning o‘y – fikrlari va his –

tuyg’ularini ifodalashning yagona va muhim vositasi. Til jamiyat a’zolari uchun umumiy

bo’lib, barchaga baravar xizmat qiladi.Tilning tabiati, mohiyati, kishilik jamiyatida

bajaradigan vazifasi va bu strukturani tashkil etgan struktura elementlarining o’zaro

munosabati uning ichki munosabati, ishlash tamoyillarini, tilning o’rganilganlik darajasini

ko’rsatadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

369

2181-3187

Hozirgi kunda tilshunoslik fanining doirasi tobora kengayib bormoqda va fanning

yangidan-yangi psixolingvistika, sotsiolingvistika, antropolingvistika, generativ lingvistika,

kompyuter lingvistikasi kabi qator tarmoqlarining paydo bo’lishi, bir tomondan, fanning

obyekti, tilning ko’p aspektli hodisa ekanligini ko’rsatib tursa, ikkinchi tomondan, fan

taraqqiyotining ko’rsatkichi hamdir. Tilshunoslik fanining predmeti tushunchasi ilmiy

abstraksiya natijasi bo’lib fanning taraqqiyoti, uning amaliy ahamiyati insoniyat ehtiyojini

qay darajada qondirishga xizmat qilishi bilan belgilanadi.

Lingvopoetika – tilshunoslik va adabiyotshunoslikni bog’lovchi oltin halqa.Tilning

ekspressiv vazifasi tilshunoslik va adabiyotshunoslikni baravar qiziqtiruvchi obyekt sanaladi.

Badiiy nutqning asosiy belgilaridan biri ekspressivlikdir. Ekspressivlik xususiyatlari

lingvistik qonuniyatlariga tayangandagina ilmiy asosga ega bo’ladi. Shuning uchun hozirgi

kunda tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik oralig’ida alohida fan yo’nalishi maydonga

keldiki, bu yo’nalish lingvopoetika nomi bilan yuritila boshlandi. Lingvopoetika qisqargan

shakl bo’lib, poetik lingvistika yoki badiiy nutqning lingvistikasidir.

Lingvopoetika til strukturasining barcha sathlarini qamrab oladi, chunki tilni barcha

sath birliklari tinglovchiga ta’sir qilish quvvatiga ega, hatto o’zi alohida ma’no

ifodalamaydigan birliklar ma’noli birliklar tarkibida kelib ularning ma’nosini farqlash uchun

xizmat qiladigan fonemalar ana shunday vazifadan holi emas. Shuning uchun ham tilning

qaysi sath birliklari ekspressiv vazifa bajarayotganiga ko’ra lingvopoetika ham bir necha ichki

qismlarga bo’linadi. Ular fonopoetika, morfopoetika va sintaktikpoetika va boshq. Badiiy

nutqni o’rganuvchi lingvopoetika til sistemasining barcha sath birliklarining badiiy estetik

vazifasini tekshiradi. Deylik, fonologik sathda fonetik birliklarning badiiy estetik

vazifasi,xususan, bir xil tovushlarning, bir xil bo’g’inlarning takrorlanishi she’riyatda

ta’sirchanlikni ta’minlovchi vosita sifatida qo’llanishi bilan bog’liq jihatlariga e’tibor

qaratiladi. Leksik sathda leksemalarning ko’chma ma’nolarda qo’llanishi (metafora,

metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, mubolag’ali tagma’nolilik jihatlari), omonimik,

sinonimik munosabatlar va boshqa shu kabi leksik-semantik hodisalar ham

lingvopoetikaning tekshirish obyekti hisoblanadi. Shuningdek, gap bo’laklarining o’rin

almashishi, gap tarkibida bir xil bo’lakning takrorlanishi kabi hodisalar badiiy nutqning

shakllantirishda xizmat qiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

370

2181-3187

Ma’lumki, o’zbek tilining bir necha asrlik behad boy tarixida badiiy til masalasiga

bo’lgan e’tibor hech qachon susaygan emas. Birgina A. Navoiyning “Muhokamatul

lug’atayn’’ asarini olib ko‘raylik. M. Qodirov juda o’rinli ta’kidlaganidek, “Muhokamatul

lug’atayn’’ning biz tilshunos va adabiyotshunoslarga o’rnak bo’ladigan yana bir xislati bor.

Navoiy asarda til masalalarini adabiyotdan – badiiyatdan ajratib , alohida holda

tekshirmaydi, tildagi xususiyatlarni badiiy nutq talabiga muvofiq holda ko’radi. Agar bu

asarni chuqurroq o’rganib chiqsak, hozirgi til va adabiyot ilmidagi kemtiklikning sabablarini

seza boshlaymiz’’

1

. Bundan boshqa ko’plab asarlarda ham A. Navoiy so’z, ma’no va

badiiyat masalalariga katta mas’uliyat bilan qaragan.

Zamonaviy o‘zbek tilshnosligida XX asrning birinchi yarmida badiiy asar

tilini ilmiy asosda o’rganishning boshlanishi ikki ulkan alloma – adabiyotshunos va adib

Izzat Sulton hamda benazir tilshunos Ayub G’ulomov nomlari bilan bog’liq ekanligini

alohida ta’kidlash lozim. Ular badiiy tilni o’rganishning adabiyotshunoslik va tilshunoslik

nuqtai nazaridan ilmiy- nazariy asoslari, tamoyillrini ko’rsatib berishga harakat qilganlar.

2

Badiiy asar tili, badiiy nutq stilistikasi haqida gap ketganda, R. Qo’ng’urov,

I. Qo’chqortoyev, B. Yo’ldoshev, X. Doniyorov, B. Umurqulov, S. Mirzayev, E. Qilichev, S.

Karimov, N. Mahmudov kabi ko’plab olimlarnig nomarini tilga olish mumkin.

3

Tilning estetik vazifasining asosiy namoyon bo’lish o’rni badiiy asar matni ekan,

bu vazifaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi,

poetika kabi adabiyotshunoslik yo’nalishlari va lingvistik stilistika, til tarixi, leksikologiya,

semasiologiya, etimologiya, grammatika kabi tilshunoslik yo’nalishlari bir-biri bilan

hamkorlikda ish ko’rishi lozim.Tilning estetik vazifasi masalasi bu ikki yirik fan

oralig’idagi murakkab muammodir. Badiiy matnning lingvopoetik jihatdan tadqiq

etishdagi muhim va o’zak nuqtalar sifatida matn tarifi, tipologiyasi va matn birliklari,

1

.Qodirov M. Navoiyning tilshunoslikdagi mahorati //Tilshunoslikning dolzarb masalalari(O’zMU ilmiy maqolqlar

to’plami).

-Toshkent: Yniversitet,2002, 85-bet

2

Sultonov I. Badiiy as

ar tili // O’zbekiston adabiyoti va san’ati,1939, 5

-

son; G’ulomov A. Badiiy adabiyotning tili haqida

// Adabyot va san’at,1941, 5

-son.

3

Qarang

:

Qo’ng’urov R. O’zbek tili stilistikasidan ocherklar.

-Samarqand, 1975;

Qo’chqortoyev

I. Badiiy nutq stilistikasi.-

Toshkent,1975; Y

o’ldoshev

B. Badiiy nutq stilistikasi.-Samarqand,1982.; Qilichev E. Badiiy tasvirning leksik vositalari.-

Toshkent: Fan,1982.; Umurqulov B. Poetik nutq leksikasi.-

Toshkent:Fan,1990; Mahmudov N. O’zimiz va so’zimiz.

-

Toshkent,1987.

Doniyorov X. , Mirzayev S. So’z san’ati.

-

Toshkent: O’zadavnashr,1962.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

371

2181-3187

badiiy matn va unga lingvopoetik yondashuv tamoyillari, badiiy matnda til vositalarining

poetik aktuallashuvi e’tirof etiladi.

M.Yo‘ldoshev matnlarni hajm belgisiga ko’ra hamda ifoda maqsadi va mazmun

belgisiga ko’ra matn tiplariga ajratadi.” Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi

yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi.“

4

Badiiy matnda muallifning o‘quvchi yoki

kitobxonga estetik ta’sir qilish maqsadi birinchi planda turadi. Nobadiiy matnda esa asosiy

maqsad o‘quvchi yoki kitobxonga kommunikativ ta’sir qilishdan iborat bo’ladi. Boshqacha

qilib aytganda, nobadiiy matnda muayyan axborotning mazmuni va uning ifodasi

birlamchi bo‘lsa, badiiy matnda bunday axborot birlamchi emas, balki shu axborot

vositasida aytilmoqchi bo‘lgan fikr –g‘oyaning estetik ta’sirli ifodasi mutlaqo hal

qiluvchidir. Badiiy va nobadiiy matn tiplari bir - biridan, eng avvalo, ularda tilning estetik

vazifasining salmog‘iga ko‘ra farqlanadi.

4

Yo’ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi.

-

Toshkent: “Fan”, 2008,12

-15-betlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

372

2181-3187

Metodologiya.

Tadqiqotda tavsifiy-analitik, lingvopoetik tahlil, sathiy tahlil

(fonetik, leksik, morfologik, sintaktik), tarixiy-tipologik yondashuvlar asosida

ishlov berildi. Asosiy metod sifatida badiiy matnni sintagmatik va paradigmatik

munosabatlar asosida tahlil qilish yo‘li tanlandi. Shuningdek, klassik va

zamonaviy tilshunoslikdagi ilmiy qarashlar tahlil qilinib, o‘zbek adabiyoti

namunalari

lingvopoetik

mezonlarda

ko‘rib

chiqildi.

Ammo shuni ay

tish kerakki, “ tilning estetik vazifasi’’ atamasi filologik

adabiyotlarda nisbatan ko’p ishlatiladi. Bunday bo’lishi ham tabiiy, chunki

estetik vazifa tushunchasi ekspressivlik, badiiylik, poetiklik kabi bir qator

tushunchalarni o’z ichiga olgan h

olda ularni umumlashtira oladi. Badiiy

matndagi estetik qimmatni undagi birliklarning sintagmatik munosabati yoki

yana ham kengroq qaraladigan bo’lsa, birliklarning gorizontal ketma

-ketligi

(tilshunoslikda“linear’’

-chiziqli munosabat ham deyiladi) asosida baholash qiyin.

Nobadiiy matnni esa undagi birliklarning ayni sintagmatik munosabati yoki

gorizontal ketma -

ketligining o’zidan kelib chiqib, bemalol idrok etish,

tushunish mumkin.

Badiiy matndagi estetik qimmatni undgi birliklarning

sintagmatik munosabati yoki yana ham kengroq qaraladigan bo’lsa, birliklarning

gorizontal ketma - ketligi asosida baholash qiyin. Nobadiiy matnni esa undagi

birliklarning ayni sintagmatik munosabati yoki gorizontal ketma - ketligining

o’zidan kelib chiq

ib, bemalol idrok etish,tushunish mumkin.

Tildagi estetik vazifani ishga solish uchun ijodkor o’z badiiy niyatiga muvofiq

ravishda tildagi bitmas - tuganmas ifoda imkoniyatlaridan istaganini tanlaydi. Bunday

imkoniyat esa tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va yana yuqori sathlarining

barchasida mavjud. Har bir sath birliklarining va sathlararo birliklarning turli

kombinatsiyalari asosida badiiy-estetik butunlik sari boradi. Ijodkor hech qachon muayyan

bir sathga oid estetik imkoniyat bilan chegaralanib qolmaydi. Badiiy matnda ifoda

imkoniyatlari va usullarining rang - barangligi, o’ziga xosligi va betakrorligi ham bunday

matnning ijobiy sifatlari tarzida baholanadi. Badiiy matnda tilning nafaqat zamonaviy, balki

zaruriyatga ko’ra tarixiy unsurlar ham estetik vazifa bajarishi mumkin.

Demak, tilning estetik vazifasi butun o‘ziga xosligi va murakkabligi bilan, albatta,

kommunikativ vazifaga ham asoslangan, uni transformatsiya qilgan, badiiyat manfaatlariga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

373

2181-3187

to’lasicha xizmat qildirgan holda bevosita badiy matnda namoyon bo’ladi. Umumxalq

tilidagi barcha sath birliklari badiiy matnda u yoki bu darajada estetik qimmat kasb etadi.

Natijalar.

Tadqiqot davomida quyidagi asosiy natijalarga erishildi:

1.

Lingvopoetika

badiiy matn tilining estetik ifoda vositalarini

o‘rganadigan fan sifatida o‘z predmeti va kategoriyalariga ega ekani aniqlandi.

2.

Badiiy asar tilida

fonetik

birliklar (ohang, takror, aliteratsiya) hamda

leksik

vositalar (metafora, antonimiya, sinonimiya) orqali estetik ta’sir kuchi

oshiriladi.

3.

Sintaktik sath

dagi vositalar (inversiya, ellips, takror) matn

kompozitsiyasiga dinamiklik bag‘ishlaydi.

4.

O‘zbek lingvopoetikasi taraqqiyotida Alisher Navoiy, Izzat Sulton, R.

Qo‘ng‘irov, E. Qilichev, S. Karimov kabi olimlar va mutafakkirlarning ilmiy

yondashuvlari muhim o‘rin tutadi.

5.

Lingvopoetik tahlil — matnni nafaqat mazmunan, balki shaklan ham

tushunish imkonini beradi.

Ma’lumki, yozuvchi yoki so‘zlovchining badiiy matn tuzishdan asosiy maqsadi

kitobxonga estetik ta’sir qilishdan iborat bo’ladi. Ammo ayni paytlarda yozuvchi yoki

so’zlovchi mazkur maqsadi doirasida ifodaning mazmunini shakllantirishda quyidagi

niyatlarni ham ko’zda tutishi mumkin: 1) o’zining yoki qahramonning boshidan o’tgan

biror voqea - hodisa haqida hikoya qilish, xotiralari haqida so’zlash; 2) qahramon qiyofasi

va ichki dunyosi yoki voqealar bo’lib o’tgan joy, muhitni batafsil tasvirlash; 3) biror voqea

–hodisaning ishonarliligini ta’minlash uchun turli dalil va izohlar keltirish, ayrim hodisalar

mohiyatini izohlash; 4) kimgadir pand - nasihat qilish, hayotiy voqealar orqali tarbiyalash,

yo’l ko’rsatish, turli tavsiyalar berish; 5) biror bir voqea-hodisa haqida xabar berish,

ogohlantirish, eslatish; 6) buyruq va turli ko’rsatmalar berish, niyat - istak bildirish; 7)

qahramonning ichki kechinmalarini, emotsional holatini, voqelikka hissiy munosabatini aks

ettirish.

Ana shulardan kelib chiqqan holda, badiiy matnnig quyidagi mazmuniy turlarini

farqlash mumkin: 1. Hikoya mazmunli matn 2.Tasviriy matn 3. Izoh mazmunli matn 4.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

374

2181-3187

Didaktik matn 5. Xabar mazmunli matn 6. Buyruq –istak mazmunli matn 7. Hissiy ifoda

mazmunli matn. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu turlarning faqat bittasi

asosida shakllantirilgan badiiy matnni kamdan – kam hollarda uchratish mumkin. Badiiy

asar tarkiblanish jihatidan ham, mazmun jihatidan ham o‘ta murakkab tuzilishga ega

bo’lganligi bois , unda matnning barcha mazmuniy turlarini yoki ma’lum bir turning

ayrim xuxusiyatlrinigina uchratish mumkin. Shuning uchun biror asarning matn turini

aniqlashda asarning umumiy ruhiga va yozuvchining asl maqsadiga e’tibor qaratish lozim.

Avvalo shuni qayd etish lozimki, matnning maqsad - mohyatida tilning ikki muhim

vazifasi: kommunikativlik yoki estetik-emotsionallik kabi jihatlar namoyon bo’ladi. Shunga

ko’ra matnning ikki oppozitiv jihatdan farqlash zarur, ya’ni 1) badiiy matn va 2) nobadiiy

matn. Asosiy maqsad - mohiyatida kommunikativ vazifa yetakchilik qilgan matnni nobadiiy

matn deb, asosiy maqsad - mohiyatida estetik vazifa yetakchilik qilgan matnni esa badiiy

matn deyish mumkin. Badiiy matnda muallifning o’quvchi yoki kitobxonga estetik ta’sir

qilish maqsadi birinchi planda tursa, nobadiiy matnda muallifning asosiy maqsadi o’quvchi

yoki kitobxonga kommunikativ ta’sir qilishdan iborat bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda,

nobadiiy matnda muayyan axborotning mazmuni va uning ifodasi birlamchi bo’lsa, badiiy

matnda bunday axborot birlamchi emas, balki shu axborot vositasida aytilmoqchi bo’lgan

fikr-g‘oyaning estetik ta’sirli ifodasi mutlaqo hal qiluvchidir. Shuningdek, badiiy va

nobadiiy matn tiplari bir- biridan, eng avvalo, ularda tilning estetik vazifasining salmog’iga

ko‘ra farqlanadi. Shu o’rinda yana bir masalaga to’xtalib o‘tish lozim. Tildagi estetik vazifani

ishga solish uchun ijodkor o’z badiiyniyatiga muvofiq ravishda tildagi bitmas-tuganmas ifoda

imkoniyatlardan istaganini tanlaydi. Bunday imkoniyat esa tilning fonetik, leksik,

morfologik, sintaktik va yana yuqori sathlarning barchasida mavjud. Har bir sath

birliklarining va sathlararo birliklsrning turli kombinatsiyalari asosida badiiy – estetik

butunlik sari boradi. Ijodkor hech qachon muayyan bir sathga oid estetik imkoniyat bilan

chegaralanib qolmaydi. Badiiy matnda tilning nafaqat zamonaviy, balki zaruriyatga ko’ra

tarixiy unsurlari ham estetik vazifaning xizmatida bo’ladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

375

2181-3187

Muhokama.

Badiiy matn tilining lingvopoetik tahlili uni estetik butunlik

sifatida anglashda kalit vazifasini bajaradi. Har bir sath birlik (tovushdan tortib

kompozitsiyagacha) o‘z estetik yuklamasiga ega. Bu jihat lingvopoetika fanining

qamrovini kengaytiradi va uni mustaqil tadqiqot yo‘nalishi sifatida

shakllantiradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, adib badiiy obraz yaratishda ti

l

birliklarini shunchaki vosita sifatida emas, balki estetik konstrukt sifatida

ishlatadi. Bunday yondashuv matnning ichki estetik tuzilishini tahlil qilish

imkonini beradi.

Demak, tilning estetik vazifasi butun o’ziga xosligi va

murakkabligi bilan, albatta, kommunikativ vazifaga ham asoslangan, uni

transformatsiya qilgan, badiiyat manfaatlariga to’lasicha xizmat qildirgan

holda bevosita badiiy matnda u yoki bu darajada estetik qimmat kasb etadi.

Badiiy matnni lingvopoetik tahlil etishning asosiy tamoyillari sifatida

quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:

Xulosa

. 1.Badiiy asar, demakki, badiiy matn ham shaklan, ham mazmunan

mutlaqo o’ziga xos bo’lgan murakkab va serqatlam estetik butunlikdir. Unda mazmun

qanchalik muhim bo’lsa, shakl ham shunchalik favqulodda ahamiyatlidir. Ba’zan shakl hatto

mazmun darajasiga ko’tarilishi, mazmun maqomini olib, haqiqiy mazmunning qimmatiga

(badiiyat maqsadi bilan) daxldor bo‘lishi ham mumkin. Badiiy matnda muallifning mazmunni

shaklga solish mahorati, bundagi individual xususiyatlar alohida qimmatga ega. Ammo badiiy

matnda shakl birlamchi, mazmun esa ikkilamchi deb bo’lmaydi, ularning har ikkisi ham

muhim, faqat ular orasidagi dialektik munosabatning namoyon bo’lish tarzi butunlay o’ziga

xosdir. Badiiy matnning lingvopoetik tahlilida, eng avvalo, ana shu jihat, ya’ni shakl va

mazmun birligi birlamchi tamoyil sifatida to’liq nazarda tutilishi lozim

5

. Shakl va

mazmunning ochiq yoki yashirin muvofiqligi muallif badiiy niyatining aniq va to’la

namoyon bo’lishi uchun jiddiy zamindir.

2.

Badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari tekshirilayotganda undagi har bir

til hodisasiga makon va zamon birligi tushunchasini hisobga olib yondashish kerak. Chunki

har qanday asar makon va zamon bilan bog’liq holda yuzaga keladi. O’rganilayotgan matn

5

.

O’rinboyev B. va boshq. Badiiy tekstning lingvistik tahlili .-Toshkent: O’qituvchi,1990, 13-21-betlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

376

2181-3187

tilini umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini nazarda tutish ham yana bir

tamoyildir.V.V.Vinogradov “Badiiy adabiyot tili haqida” (1959) nomli asarida

ta’kidlaganigdek, badiiy adabiyot tilinining tarixiy harakatini umumxalq tili hamda uning

turli tarmoqlanishi tarixidan va adabiy til tarixidan tamoman ajratilgan holda o’rganish

mumkin emas.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Navoiy, A.

Muhokamat ul-lug‘atayn

. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi

nashriyot, 1980.

2.

Sulton, I.

Adabiyot va hayot

. – Toshkent: O‘qituvchi, 1964.

3.

Qo‘ng‘irov, R.

Til va uslub masalalari

. – Toshkent: Fan, 1985.

4.

Qilichev, E.

Badiiy asar tili

. – Toshkent: Fan, 1992.

5.

Karimov, S.

Matn lingvistikasi asoslari

. – Toshkent: Fan, 2010.

6.

Doniyorov, X.

Badiiy matnning lingvistik strukturalari

. – Toshkent: Fan, 2018.

7.

Mahmudov, N.

Tilshunoslikka kirish

. – Toshkent: Universitet, 2004.

8.

Rahimqulova, L. (2024). Jahon tilshunosligida ijtimoiy tarmoq yozishmalarining

tadqiqi: Jahon tilshunosligida ijtimoiy tarmoq yozishmalarining tadqiqi.

MODERN

PROBLEMS AND PROSPECTS OF APPLIED MATHEMATICS

,

1

(01). Retrieved from

https://ojs.qarshidu.uz/index.php/mp/article/view/666

Библиографические ссылки

Navoiy, A. Muhokamat ul-lug‘atayn. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi

nashriyot, 1980.

Sulton, I. Adabiyot va hayot. – Toshkent: O‘qituvchi, 1964.

Qo‘ng‘irov, R. Til va uslub masalalari. – Toshkent: Fan, 1985.

Qilichev, E. Badiiy asar tili. – Toshkent: Fan, 1992.

Karimov, S. Matn lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2010.

Doniyorov, X. Badiiy matnning lingvistik strukturalari. – Toshkent: Fan, 2018.

Mahmudov, N. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Universitet, 2004.

Rahimqulova, L. (2024). Jahon tilshunosligida ijtimoiy tarmoq yozishmalarining

tadqiqi: Jahon tilshunosligida ijtimoiy tarmoq yozishmalarining tadqiqi. MODERN

PROBLEMS AND PROSPECTS OF APPLIED MATHEMATICS, 1(01). Retrieved from