Авторы

  • Mirkomilova Bahor Mahmudova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124865

Ключевые слова:

kiyim loyiha korxona ehtiyoj loyihalash o‘lchov detal tikuvchilik gavda razmer lenta model chizma.

Аннотация

Loyihalash – bu murakkab ijodiy jarayon bo‘lib, unda har qanday buyumning, jumladan, kiyimning ham loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqolada kiyimlarni tikishdan oldingi jarayonlar, ularni loyihalash haqida mulohaza yuritilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

280

2181-3187

KIYIMLARNI LOYIHALASH SISTEMASI

Mirkomilova Bahor Mahmudova

Forish tuman politexnikumi

Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi

Annotatsiya:

Loyihalash – bu murakkab ijodiy jarayon bo‘lib, unda har qanday

buyumning, jumladan, kiyimning ham loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Ushbu

maqolada kiyimlarni tikishdan oldingi jarayonlar, ularni loyihalash haqida mulohaza

yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

kiyim, loyiha, korxona, ehtiyoj, loyihalash, o‘lchov, detal,

tikuvchilik, gavda, razmer, lenta, model, chizma.

Kirish

O‘zbekiston tikuvchilik sanoatida keng iste’molchilar ommasining ehtiyoji va

didini qondiradigan xilma-xil kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. Ommaviy ishlab

chiqarish bilan bir qatorda yakka buyurtma tikish korxonalari, kichik va o‘rta xususiy

korxonalar aholining kiyimga bo‘lgan ehtiyojini qondirmoqda. Bu sohani

rivojlantirishda xizmat qiluvchi mutaxassislar oliy o‘quv yurtlarida, professional ta’lim

muassasalarida tayyorlanadi.

Har qanday kiyim estetik-gigiyenik, texnik talablarga javob berishi, odamning

dam olishida, mehnat qilishida, sport bilan shug‘ullanishida qulay bo‘lishi kerak.

Kiyim nimaga mo‘ljallanganidan qat’iy nazar odamga yarashadigan bo‘lishi kerak.

Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalash deganda, kiyimni

tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o‘zaro ulab-tikib,

muayyan o‘lchovdagi va shakldagi yaxlit buyum holiga keltirish usullari, vositalari


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

281

2181-3187

tushuniladi. Loyihalash jarayonida buyumning hajmli detallarini, tekislikdagi tasvirini

hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Detallarning o‘lchov soni va shakli ular yig‘ilganda

xuddi shu o‘lchov va ko‘rinishini beradi. Kiyimlarni loyihalashda gavdadan o‘lchov

olish qoidalari va o‘lchovlar asosida buyum asos chizmasini chizish, so‘ng chizmadan

andaza chiqarib tayyorlash qoidalarini o‘rgatiladi.

Kiyimni loyihalash bilan turli muassasalar shug‘ullanadi. Bular – modalar uyi,

tikuvchilik korxonalarining tajriba sexlari, maxsus loyihalash idoralari, ilmiy-

tekshirish institutlari va laboratoriyalardir.

Kiyimni loyihalashda gavdadan aniq olingan o‘lchovlar ishlatiladi. Buning uchun

santimetrli lenta olib, kiyim tikmoqchi bo‘lgan kishi gavdasini o‘lchash kerak. Bu ishni

bajarayotganda odam tovonlarini juftlab, ikkala oyog‘ida, gavdani tabiiy holatda bo‘sh

qo‘yib, qo‘llarini tushirib tinch turishi kerak. O‘lchovlar aniq o‘lchansagina gavdaga

moslab kiyim tikilishi mumkin, aks holda kiyim gavdaga yopishib turmaydi va ko‘plab

nuqsonlar kelib chiqishi mumkin.

Eng asosiy bosqich bu loyihalash jarayonida gavdadan o‘lchov olish jarayonidir.

O‘lchayotganda tor futbolka ustidan emas, balki gavdaga yopishib turmaydigan ichki

kiyim, masalan, kombinatsiya ustidan o‘lchanadi. O‘lchashni boshlashdan oldin

gavdada asosiy hisoblash nuqtalari – bel chizig‘i va boshqalar belgilab olinadi. Buning

uchun belga 70-90 sm uzunlikdagi rezinka gorizontal qilib ilgak yordamida

biriktiriladi. O‘lchayotganda santimetrli lentani tortmay va bo‘shashtirmay, old

tomondan tutashtiriladi. Yelka, qo‘l, yubka uzunligi va boshqa o‘lchamlarni gavdaning

o‘ng tomonidan o‘lchash kerak. Agar yelka, bo‘ksa va hokazolar simmetrik bo‘lmasa,

ikkala tomon ham o‘lchanib, natijalar alohida yoziladi.

Aylana o‘lchamlari to‘liq o‘lchanadi, lekin bu o‘lchamning yarmi (yelka, bilak,

yelka qiymasining kengligidan tashqari) yoziladi. Uzunlik o‘lchamlari to‘liq yoziladi.

Razmer belgilari qisqartirilib: aylana – A, yarim aylana – YaA, uzunlik – U, kenglik –

K, balandlik – B deb yoziladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

282

2181-3187

Gavdani o‘lchashdan oldin hech narsani esdan chiqarmay to‘g‘ri o‘lchash uchun

o‘lchash belgilari ro‘yxati yozilgan qog‘oz tayyorlab olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Gavdani to‘g‘ri o‘lchashda razmer belgilarining shartli belgilanishi quyidagicha

bo‘ladi:

1.

Bo‘yin aylanasi (BnA). Santimetrli lenta bo‘yin nuqtasi va bo‘yin

asosidagi nuqta orqali o‘mrov nuqtasigacha aylanib o‘tadi.

2.

Ko‘krakning birinchi aylanasi (KA1). Santimetrli lenta gavda ort

qismi bo‘ylab, gorizontal qo‘ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga

tegib, oldinda ko‘krak bezlari asosining ustidan o‘tadi.

3.

Ko‘krakning ikkinchi aylanasi (KA2). Santimetrli lenta kurakning

turtib chiqqan nuqtalari bo‘ylab, qo‘ltiq chuqurligining oldingi va ortki

burchaklariga tegib, oldinda ko‘krakning turtib chiqqan nuqtalari bo‘ylab o‘tadi.

3a. Ko‘krakning uchinchi aylanasi (KA3). Santimetrli lenta kurakning turtib

chiqqan nuqtalari orqali tana atrofidan qat’iyan gorizontal o‘tadi.

4.

Bel aylanasi (BlA). Santimetrli lenta bel chizig‘i darajasida eng

ingichka joydan tanani aylanib o‘tadi.

5.

Bo‘ksa aylanasi (BkA). Santimetrli lenta tana atrofidan gorizontal

aylanib, lekin qorinning turtib chiqqanini hisobga olib, dumbaning turtib

chiqqan nuqtalari orqali o‘tadi.

6.

Bilak aylanasi (BA). Panja bilakka ulanadigan joyidan aylantirib

o‘lchanadi.

7.

Son aylanasi (SA). Sonning eng yuqori qismidan dumba

chiziqlaridan gorizontal ravishda aylantirib o‘lchanadi.

8.

Tizza aylanasi (TA). Oyoqni 90° bukilgan holatda tizza atrofidan

aylantirib o‘lchanadi.

9.

Gavdaning ort qismining kengligi (OrK). Gavda ort qismi bo‘ylab

qo‘ltiq chuqurligining ortki burchaklari orasi gorizontal o‘lchanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

283

2181-3187

10.

Ko‘krak kengligi 1 (KK1). Ko‘krak bezlarining asosida ustidan

qo‘ltiq chuqurligining oldingi burchaklari orasi gorizontal o‘lchanadi. Bu

nazorat qilish o‘lchovidir.

11.

Ko‘krak kengligi 2 (KK2). Santimetrli lenta ko‘krak bezlarining

uchlaridan qo‘ltiq chuqurligining oldingi burchaklaridan hayolan pastga tomon

o‘tkazilgan vertikal chiziqlar orasidan o‘tadi.

12.

Ko‘krak markazi (KM). Ko‘krakning turtib chiqqan nuqtalarining

orasi o‘lchanadi.

13.

Yelka kengligi (YelK). Bo‘yin asosining nuqtasidan yelka

nuqtasigacha o‘lchanadi.

14.

Yelka aylanasi (YelA). Qo‘lning yuqori qismidan aylantirib, qo‘ltiq

chuqurliklarining burchaklariga taqab gorizontal o‘lchanadi.

15.

Yeng uzunligi (YeU). Santimetrli lenta yordamida yelka nuqtasidan

qo‘lini bir oz bukilgan tirsak nuqtasi orqali bilakgacha o‘lchanadi. Bir vaqtda

yengning tirsakkacha uzunligini ham belgilab olish kerak.

16.

Gavda ort qismining belgacha uzunligi (OrbU). Santimetrli lenta

bo‘yin asosidan kurak nuqtasi orqali belgacha umurtqa pog‘onasigacha parallel

ravishda o‘tadi.

17.

Yelka qiyamasi uzunligi (YeQU). Bel chizig‘i umurtqa chizig‘i

bilan kesishgan nuqtasidan yelka nuqtasigacha o‘lchanadi.

18.

Gavdaning old qismi belgacha uzunligi (OlbU). Santimetrli lenta

bo‘yin asosi nuqtasidan ko‘krak bezlarining uchlari orqali belgacha vertikal

ravishda o‘tadi.

19.

Ko‘krak balandligi (KB). Santimetrli lenta bo‘yin asosi nuqtasidan

ko‘krak bezlarining uchlarigacha o‘tadi.

20.

Yeng o‘mizi uzunligi (YeO‘U). Bo‘yin asosi yonida

loyihalanadigan yelka chokining eng yuqori nuqtasidan, qo‘ltiq chuqurligining

ort tomon burchaklari darajasida o‘tadigan gorizontalgacha vertikal o‘lchanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

284

2181-3187

21.

Kiyim uzunligi (KU). Yettinchi bo‘yin umurtqasidan istalgan

uzunlik darajasigacha umurtqa bo‘ylab, belga yopishib turadigan kiyimlarda bel

bukilishini hisobga olib o‘lchanadi (kiyim uzunligi ikkita o‘lchamdan ham iborat

bo‘lishi mumkin).

22.

Yubka uzunligi (YuU). Beldan yon tomondan istalgan uzunlik

darajasigacha vertikal ravishda o‘lchanadi.

23.

Shim uzunligi (ShU). Beldan yon tomondan istalgan uzunlik

darajasigacha vertikal ravishda o‘lchanadi.

24.

Bo‘ksa balandligi (BkB). O‘tirgan holatda bel darajasidan stulgacha

yon tomon bo‘ylab vertikal o‘lchanadi.

Loyihachi faoliyatining eng qiyin va mas’uliyatli bosqichlari kiyim detallarining

chizmasi yoyilmasini chizishdan iborat. Bu ishning murakkabligi shundaki, faqat

ta’rifi, eskizi yoki namunasigina berilgan, lekin o‘zi yo‘q kiyimning chizmasini –

detallari yoyilmasini chizishga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga, kiyimning sirti murakkab,

yoyib bo‘lmaydigan sirt hisoblanadi. Shunga ko‘ra uning yoyilmasi va hisobi, ya’ni

uni chizish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni hisoblab chiqarish va chizmani

chizish ancha qiyin. Kiyim gavda yuzasining shaklini to‘liq takrorlamaydi va

gavdaning u yoki bu joylariga turlicha yopishib turadi.

Ma’lumki, ko‘krak qismida, belda, bo‘ksada kiyimning gavdaga qay darajada

yopishib turishi, kiyim bichimini (siluetni) belgilaydi. Kiyim bichimi yelka kengligi va

balandligi, modelning etak kengligi bilan ham xarakterlanadi. Kiyim qay darajada

gavdaga yopishib turishiga qaramay, uning ichki o‘lchamlari odam gavdasining

o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Shuning uchun kiyim loyihasi asosining chizmasini

tuzish uchun gavda o‘lchamlarining o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bunda kiyim ichki

o‘lchamlarining gavda o‘lchamlaridan farqini ham hisobga olish zarur.

Kiyimlarni keng ishlab chiqarishning kiyim loyihalashga talabi quyidagilarga

javob berishi kerak:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

285

2181-3187

bir asos bo‘yicha bir necha modellarni tayyorlash mumkin bo‘lsin;

kiyimga ketadigan matodan yuqori tejamkorlikda foydalaniladigan

bo‘lsin;

kiyimni loyihalashda ishlab chiqarish korxonasi o‘zida bor

mexanizatsiyadan va shart-sharoitlardan to‘liq foydalana olsin.

Ishlab chiqarish korxonasi kiyim loyihalashda shuni talab qiladiki,

loyihalashtirilgan kiyim yuqori unumli mahsulot chiqarsin. Buning natijasida mahsulot

narxi arzon, samaradorligi yuqori bo‘ladi.

Aholi uchun ko‘plab kiyim ishlab chiqarishda hammaning gavdasini o‘lchash va

har bir kishining razmerini aniqlashning iloji yo‘q, albatta. Shunga ko‘ra aholi o‘rtasida

qanday jussali odamlar ko‘proq uchrasa, kiyimlar ana shunday kishilarga mo‘ljallab

tikiladi. Standart jussalarning oqilona tuzilgan sistemasi razmerlar tasnifi (razmernaya

tipologiya) deb ataladi. Razmerlar tasnifini oqilona tuzish vazifasi mumkin qadar

kamroq jussalar tipini tanlab, kiyim razmerlarining aholini ko‘proq qanoatlantirishiga

erishishdan iborat.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

G.K.Hasanbayeva. “Kiyim modelini ishlash va loyihalashga tayyorlash”.

Toshkent. O‘qituvchi. 1990-yil.

2.

A.P.Rogova. “Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari”.

Toshkent. O‘qituvchi. 1988 yil.

3.

M. Jabborova. “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O‘qituvchi” 1989.

4.

M. S. Goipova va boshqalar. “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” 2006.

5.

Ramazanova M.K., Tashpulatov S.Sh. “Kiyimni modellashtirish va badiiy

bezash”. Toshkent, 2010.

6.

X.X.Kamilova, N. K. Hamrayeva. “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash”.

Toshkent “Cho‘lpon” 2011.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–3_ Мая –2025

286

2181-3187

7.

Pulatova S.U. “Trikotaj kiyimlarini konstruksiyalash va modellashtirish”.

Toshkent, Turon-Iqbol, 2006 yil.

Umid qilaman, tahrirlangan matn sizga ma'qul keldi.

Библиографические ссылки

G.K.Hasanbayeva. “Kiyim modelini ishlash va loyihalashga tayyorlash”.

Toshkent. O‘qituvchi. 1990-yil.

A.P.Rogova. “Erkaklar va bolalar ustki kiyimini loyihalash asoslari”.

Toshkent. O‘qituvchi. 1988 yil.

M. Jabborova. “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O‘qituvchi” 1989.

M. S. Goipova va boshqalar. “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” 2006.

Ramazanova M.K., Tashpulatov S.Sh. “Kiyimni modellashtirish va badiiy

bezash”. Toshkent, 2010.

X.X.Kamilova, N. K. Hamrayeva. “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash”.

Toshkent “Cho‘lpon” 2011.7.

Pulatova S.U. “Trikotaj kiyimlarini konstruksiyalash va modellashtirish”.

Toshkent, Turon-Iqbol, 2006 yil.

Umid qilaman, tahrirlangan matn sizga ma'qul keldi.