ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
341
2181-3187
KASALLIKLAR VA ULARNING RIVOJLANISH SABABLARI
Ergasheva Iroda Akbarali qiz
Axmedova Yulduz Mamiraliyevna
Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Anotatsiya:
bu maqolada kasallik, uning mohiyati, hamda organizimga ta’siri va
kelib chiqish sabablari xususidagi fikrlar berilgan.
Kalit so’zlar:
kasallik,
mikroorganizmlar, latent, oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir,
surunkali tur, patogenez.
Аннотация:
В этой статье дается представление о заболевании, его
природе, а также о влиянии на организм и причинах возникновения.
Ключевые слова:
болезнь, микроорганизмы, скрытый, острый, умеренно
острый, хронический тип, патогенез.
Aannotation:
this article gives ideas about the disease, its essence, as well as its
effect on my organism and the reasons for its origin.
Keywords:
disease, microorganisms, latent, acute, moderate acute, chronic type,
pathogenesis.
KIRISH
Kasallik, betoblik, xastalik — organizmga tashqi yoki ichki muhitning zararli
omillari taʼsir etganda roʻy beradigan patologik jarayon. Kasallik haqidagi tushuncha
tibbiyot tarixida oʻzgarib bordi. Kasallikning paydo boʻlishida tashqi muhit omillari
yetakchi rol oʻynaydi, chunki ular organizmga bevosita taʼsir etish bilan birga uning
ichki xususiyatlarini ham oʻzgartira oladi, bu oʻzgarishlar nasldan-naslga oʻtib, unda
Kasallikni yuzaga keltirishi mumkin. Kasallik, koʻpincha, haddan tashqari kuchli
taʼsirotlar, turli mikroorganizmlar, zaharlar taʼsirida vujudga keladi. Bunda
organizmning tashqi muhitga moslashuvi susayib, uning muhit bilan oʻzaro
muvozanati buziladi. Organizmning rivojlanish nuqsonlari yoki irsiy kamchiliklar ham
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
342
2181-3187
kasallikka sabab boʻlish mumkin. Masalan, muayyan kasalliklar, xususan, allergik
kasalliklarga baʼzan tugʻilishdan moyillik boʻladi (qarang Allergiya). Kasallik paydo
qiladigan agent organizmga taʼsir etib, uni zararlantiradi, ayni chogʻda bu agent
organizmning himoya choralari va moslanish reaksiyalari safarbar boʻlishiga olib
keladi. Demak, kasallik, odatda, bir-biriga aloqador ikki jarayonning — zararlanish va
unga qarshi himoyalanish jarayonining birga kelishi bilan ifodalanadi. Har bir kasallik
umuman butun organizm hayot faoliyatining buzilishiga olib keladi, lekin koʻpgina
kasalliklarda dardning badandagi oʻrni, shuningdek, maʼlum bir aʼzo yoki sistemaning
koʻproq zararlanganini koʻrsatadigan belgilar aniq koʻrinib turadi. Masalan, meʼdada
yara borligi butun organizmning umumiy kasalligi — yara kasalliginit mahalliy belgisi
boʻlishi mumkin, yara kasalligi koʻpincha nerv sistemasi funksiyasining jismoniy yoki
aqliy ishda haddan tashqari zoʻriqishi, noxush xrdisalarni boshdan kechirish tufayli
buzilishidan kelib chiqadi. Aksincha, faqat maʼlum bir joyni shikastlaydigan har
qanday taʼsirot, albatta, qanday boʻlmasin umumiy hodisalarga sabab boʻladi. Masalan,
badanning biror joyiga chipqon chiqsa, odam isitmalab, lanj boʻlib yurishi, ishtahasi
yoʻqolishi maʼlum va boshqa holatlar.
ASOSIY QISM
Kasallikning paydo boʻlish sabablari juda xilma-xil. U bitta omilning taʼsiridan
yoki bir qancha sharoitlarning birga qoʻshilishidan kelib chiqishi mumkin. Masalan,
infeksion va parazitar kasalliklar organizmga maʼlum bir turdagi mikroorganizmlar va
parazitlar taʼsiridan, boshqalari esa bir qancha sabablarning birgalashib taʼsir etishidan
kelib chiqadi (meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi — gastrit, odatda, tartibsiz
ovqatlanish, kundalik rejimga rioya qilmaslik, chekish, ichkilik ichish, shuningdek,
boshqa aʼzolarning kasalliklari oqibatida paydo boʻladi). Kasallikni aniqlashda uning
vujudga kelish sabablari (etiologiyasi), kasallik jarayonining rivojlanish mexanizmi
(patogenezi), klinik koʻrinishi (belgilari yoki simptomlari) va h. k.larga alohida
ahamiyat berish talab etiladi. Kasallikning sodir boʻlishi va oʻtishida organizmning
himoya kuchlari va moslanish imkoniyatlari hal qiluvchi rol oʻynaydi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
343
2181-3187
Kasallikning oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari boʻladi. Kasallikning
oʻtishida 4 bosqich yoki davr: yashirin (latent), prodromal (dastlabki), avj olish va
tuzalish davri tafovut qilinadi. Birok, koʻpgina Kasalliklarning avj olishi va oʻtishida
bunday davrlarni roʻyirost ajratib boʻlmaydi.
Kasallikning yashirin davri (infeksion kasalliklarda bu davr inkubatsion davr
deb ataladi) zararlovchi agent taʼsir etgandan boshlab to dardning dastlabki belgilari
paydo boʻlguncha davom etadi; bu davr bir necha lahzadan (shikastlanishda) bir necha
yilgacha boʻlishi mumkin.
Prodromal davr Kasallikning ilk belgilari paydo boʻlgandan boshlab to u
roʻyirost avj olguncha oʻtadigan vaqtni oʻz ichiga oladi. Bu davrda, odatda, talaygina
Kasalliklarga xos boʻlgan bosh ogʻrigʻi, qaltirash, isitmalash, lanj boʻlish va boshqa
boshlanadi. Xullas, bu davrda odamning dardga chalingani aniq boʻladi-yu, lekin
qanday Kasallik bilan ogʻriganligini bilib boʻlmaydi. Kasallikka aniq tashhis qoʻyish
uchun harakterli boʻlgan belgilar koʻpincha bu davrning oxirida, Kasallik rasmana avj
olgan paytda koʻzga tashlanadi, lekin ayrim hollarda bular notayin boʻladi
(Kasallikning bilinmaydigan shakli) yoki uncha avjiga chiqmasdan yoʻqolib ketadi
(Kasallikning abortiv shakli). Biroq, Kasallik juda tipik boʻlib oʻtayotgan hollarda ham
biror asorat yoki boshqa bir dard qoʻshilib qolishidan u boshqacha tus oladi.
Kasallikning tugashi, yaʼni oxirgi tuzalish davri birdan boshlanishi yoki asta-sekin
oʻtishi mumkin. Ayni vaqtda odam butunlay sogʻayib ketadi yoki biror aʼzosida
Kasallikdan anchagacha yoʻqolmaydigan asorat qoladi; baʼzan Kasallik butunlay
yoʻqolmasdan, vaqt-vaqti bilan qoʻzib turadigan surunkali xilga aylanadi. Kasallikning
asorat qoldirmay, esonomon oʻtib ketishi koʻpincha unga qarshi oʻz vaqtida davo qilish
hamda vrachning hamma buyurganlarini bekamu koʻst bajarishga bogʻliq.
Shuning uchun odam oʻzini andek nosogʻ sezganida darhol vrachga borishi
kerak. Zamonaviy tibbiyot bemor ahvoliga juda jiddiy qarab, uni kompleks tarzda
tekshiradi; Kasallikning kelib chiqish sabablari va sharoitlari, avj olib borish
mexanizmlari, qanday belgilar bilan oʻtishi, organizmning Kasallikka qarshi qanday
kurashishi, himoya va moslashuv reaksiyalarining qonuniyatlarini oʻrganadi; olingan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
344
2181-3187
natijalarga qarab, Kasallikni aniklash, davolash va uning oldini olish usullarini ishlab
chiqadi. Har bir bemorga individual, yaʼni kasalligining xili, organizmning holati va
boshqa koʻpgina xususiyatlarga qarab davo qilinadi.
XULOSA
Kasalliklar vaqtida hayot faoliyati rivqjlanishi va tashkil etilishi buzilishlarining
xilma-xil neyrogen, gumoral, sistemali, organ, hujayra, hujayragacha bo’lgan va
metabolitik mexanizmlari mayjud. Kasalliklardagi bunday xilma-xil patogenetik
reaksiyalar ichida boshlovchi, ishga tushiruvchi shikastlanish mexanizmi —
patogenezning boshlovchi zvenosi farqlanadi. Patogenez bir butun holda voqealar
darajasining vaqt o’tishi bilan o’zgarib turuvchi zanjiri sifatida namoyon bo’ladi.
Bunday holatlar sabab va oqibat bog’lanishlari bilan birlashgandir. Patogenezning
boshlang’ich zvenosi (sabab) turli xildagi patogenetik zvenolar guruhini o’z ichiga
oladi (oqibat) va ular o’z navbatida sababchi bo’lib, yangidan yangi kasallik
zvenolarini (oqibatlarini) keltirib chiqaradi. Hayot faoliyatlari buzilishlarining
og’irlashishi bilan kechuvchi kasalliklar rivojlanishi asosida sabab — oqibat
bog’lanishlarining muhim shakllaridan biri, patogenezning yaramas doira deb
ataladigan xili yotadi. Ushbu mexanizm mohiyati shundan iboratki, birlamchi yuzaga
kelgan moddalar almashinuvi va tuzilish shikastlanishlari bir qator boshqa buzilishlarni
o’z ichiga olib birlamchi buzilishlarning kuchayishlari bilan birgalikda ketadi.
MORFOGENEZ. Kasallik jarayonida organizmda bir vaqtning o’zida ham
funksiya, ham tuzilish o’zgarishlari vujudga keladi, chunki ular funksional — tuzilish
birligiga ega. Funksiya faqat ma'lum material substarti asosida, ma'lum tuzilish yoki
tuzilishlar asosida amalga oshiriladi. Ayni vaqtda material substrat sarilanadi, tuzilish
parcha-Imadi va funksiya amalga oshirilmay qoladi. Organizmda iuzilish va
funksiyaning o’zaro bog’liqligini hayot faoliya-tining molekulyar, hujayragacha
bo’lgan va hujayra darajasida ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi. Hujayralardagi eng
nozik jarayonlarning tekshirish qobiliyatiga ega bo’lgan zamonaviy morfologik usullar
kasalliklarning klinik belgilari paydo bo’lmasdan oldingi, shuningdek sof funksional
o’zgarishlar bilan kechuvchi kasalliklar (masalan ruhiy kasalliklar) deb atalmish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
345
2181-3187
kasalliklarda, kasalliklarning eng erta bosqichida yuzaga keluvchi hujayra ichi
o’zgarishlarini aniqlash imkoniyatini yaratadilar. Shuning uchun ham ta'kidlash
mumkinki, faqat «funksional» o’zgarishlar bilan kechuvchi kasalliklar yo’q. Shunday
kasalliklar borki, ularda kechuvchi nozik morfologik o’zgarishlarni hozirgi zamon
tekshirish usullari bilan aniqlab bo’lmaydi. Kasalliklar morfogenezini tekshirish uning
mohiyatini, bosqichlarini, hayot faoliyati buzilishlarining qaytar yoki qaytmas
ekanligini, kasallikdagi moslashuv — kompensator o’zgarishlarning morfologik
asosini ochib beradi. Shuningdek davolashning foydasiga (effektiga) baho berishni
aniqlash imkoniyatlarini beradilar. Kasalliklarda faqat shikastlanish mexanizmlari
(patoge-netik mexanizmlar) mavjud bo’libgina qolmay, kasallik chaqiruvchi omil
ta'siri vaqtidan boshlab uning tugallanish davrigacha himoya, tiklanish va moslashuv
mexanizmlari mavjud bo’ladi. Himoya mexanizmlari kasallik chaqiruvchi agent tafsir
qilishi zahoti boshlanadi va ko’pincha bu kasallik kelib chiqishining oldini olib qoladi.
Agar shikastlanish paydo bo’lib, kasallik boshlangan bo’lsa, moddalar almashinuvi,
tuzilish va funksiya buzilishlari tiklanish mexanizmlari: qon yo’qotishda qonning qayta
taqsimlanishi va eritropoeznning rag’batlantirilishi, jigar shikastlanishida jigar
hujayralarining kuchli regenerasiyasi va funksiyasining tiklanishi, miya asab
hujayralarida hujayra ichi regenerasiya hisobiga harakatning qayta tiklanishi va
hokazolar kabi tiklanish mexanizmlari bo’lishi mumkin. Agar qandaydir funksiya
yo’qotilgan bo’lsa, bemor organizmida yo’qotilgan funksiyani ozmi, ko’pmi miqdorda
biri o’rnini bosuvchi moslashuv mexanizmlari ishga tushiriladi. Juft organlardan biri
ishdan chiqsa, qolganining giperfunksiyasi hisobiga (funksiyasining ortishi)
moslashuv amalga oshiriladi. Juft bo’lmagan organda, masalan yurakda, infarkt
vaqtida ishdan chiqqan mushak qismining ishi miokardning saqlanib qolgan bo’lagi
hisobiga moslashuvi mumkin. Shuningdek kompensaspiya turli fiziologik sistemalar
hisobiga ham bo’ladi. o’pkaning funksional yetishmovchiliklari to’qima-larning
kislorod bilan ta'minlanishi qon aylanishi, eritropoez va moddalar almashinuvi
faollashishi hisobiga saqlab turiladi. Organizmni ko’rib o’tilgan shikastlanishlarga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
346
2181-3187
bo’lgan kurashish mexanizmlari kasalliklarning ajralmas komponentlari (tarkibiy
qismlari) hisoblanadi.
ADABIYOTLAR
1.
Абдуллаев H. Каримов Ё. Патофизиология. - Т.: Абу Али ибн Сино
номидаги тиббиёт нашриёти, 1998.
2.
Патологическая физиология: Под ред. А. Д. Адо, JI. М. Ишимовой. 2-е
изд., перераб. и доп. - М.: «Медицина», 1980.
3.
Патологическая физиология. Под ред. чл.-корр. АМН СССР Н. Н. Зайко. 2
-е изд., перераб. и доп. -Киев: «Вища школа», 1985.
4.
Патологик физиология. Под редакцией Н.Н. Зайко и Ю.В.Быця. - 4-е изд.
Москва. «Мед-пресс» - ияформ».- 2007 г.
5.
Патологик физиология. Под редакцией А.Д. Адо, М.А. Адо, В. И. Пыцкого
и др. - Москва: «Триада - X» 2002 г.
6.
Русинов О.А. Патологик физиологиядан амалиёт дарслари учуй кулланма.
-Т.: Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 2004.
7.
О.А.Патологик физиологиядан амалиёт дарслари учун фллланма. -Т.: Абу
Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 2004.