Авторы

  • Ergasheva Iroda Akbarali qizi
  • Axmedova Yulduz Mamiraliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124944

Ключевые слова:

omfalit flegmonoz omfalit kindik kasalliklari kindik churralari.

Аннотация

ushbu maqolada pediatriyaning paydo bo’lish nazariyasi, chaqaloqlarda yuzaga keladigan kindik kasalliklari va ushbu jarayonda amalga 
oshiriladigan tibbiy usullar xususidagi fikrlar berilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

229

2181-3187

CHAQALOQLARDA KINDIK KASALLIKLARI

Ergasheva Iroda Akbarali qizi

Axmedova Yulduz Mamiraliyevna

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi

Jamoat salomatligi texnikumi

Aannotatsiya:

ushbu maqolada pediatriyaning paydo bo’lish nazariyasi,

chaqaloqlarda yuzaga keladigan kindik kasalliklari va ushbu jarayonda amalga

oshiriladigan tibbiy usullar xususidagi fikrlar berilgan.

Kalit so’zlar: pediatriya,

omfalit, flegmonoz omfalit, kindik kasalliklari, kindik

churralari.

Аннотация:

В этой статье рассматриваются вопросы, касающиеся теории

возникновения педиатрии, заболеваний пуповины, возникающих у младенцев, и

медицинских методов, применяемых в этом процессе.

Ключевые слова:

Педиатрия, омфалит, флегмонозный омфалит,

заболевания пупка, пупочные грыжи.

Aannotation:

this article gives ideas on the theory of the emergence of

Pediatrics, umbilical disorders that occur in babies and the medical methods carried

out in this process.

Keywords:

Pediatrics, omphalitis, phlegmonosis omphalitis, umbilical

disorders, umbilical hernias.

KIRISH

Pеdiаtriya tеrаpiyadаn аjrаtilgаn hоldа XIX аsrdаn bоshlаb, аlоhidа bo‘lib

chiqdi. U bоlаlаrdаgi spеsifik kаsаlliklаrni o‘rgаnadi. Yеvrоpаdа 1802-yili Pаrij

shаhridа birinchi bo‘lib, bоlаlаr kаsаlxоnаsi tаshkil qilindi vа uzоq yillаr mоbаynidа

bolalar shifokarlarini tаyyorlаsh mаrkаzi bo‘lib, fаоliyat ko‘rsаtib kеldi. XX аsrdаn

bоshlаb tibbiyot mustаqil rаvishdа rivоjlаnа bоshlаdi. Dunyo bo‘ylаb tibbiyot

kаfеdrаlаri оchilа bоshlаdi. Grеtsiyadа tаvvаlud tоpgаn Gippоkrаt (460-375 yil. )

tibbiyot fаnigа аsоs sоldi. U bоlаlаr оrgаnizmining xususiyatlаrigа kаttа аhаmiyat


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

230

2181-3187

bеrib, qo‘lyozmаlаr yozdi. O‘limidаn so‘ng bir qаnchа аllоmаlаr u bоshlаgаn ishni

dаvоm ettirishdi. Ulаrdаn biri Gаlеn (130-201 yillаr) edi. Gаlеn tibbiyot sоhаsi

bоrаsidа bir qаnchа qo‘lyozmаlаr yarаtdi. Ulаrdаn: оdаm аnаtоmiyasi, biоlоgiya,

pаtolоgiya, fаrmаkоlоgiya vа ichki kаsаlliklаrdir. Kitоblаrdа u kаsаllik bеlgilаri,

bеmоrlаrni pаrvаrish qilish vа bоlаlаrni to‘g‘ri оvqаtlаntirish qоidаlаrini yozib

qoldirdi.

ASOSIY QISM

Chaqaloqlar kindigi va terisining yiringli-septik kasalliklari ko‘p uchrashi va

amaliy ahamiyati jihatidan hayotining 1-oyini yashab kelayotgan bolalarda asosiy

o‘rinlardan birini egallaydi. Kindik va terining yiringli infeksiyasi har xil klinik

ko‘rinishlarga ega bo‘lishi va ko‘pincha yosh bolalarda uchraydigan sepsis bilan

kattaroq bolalarda bo‘ladigan og‘ir kasalliklarning manbaiga aylanib qolishi mumkin.

Kindik kasalliklari. Chaqaloqlardagi kindik kasalliklari hozirgi vaqtda olib

borilayotgan qat’iy chora-tadbirlar natijasida oldingi davrlardagiga qaraganda ancha

kam uchramoqda. Homilador ayollarni vaqtida patronaj qilish, gigiyenik

ko‘nikmalarni shakllantirish natijasida ularda yiringli-septik kasalliklarning oldini

olish, chaqaloqni parvarish qilishni amalga oshirishda aseptika va antiseptika

malakalarini oldindan o‘rgatish, poliklinikalarda yosh onalar maktablari faoliyatining

yaxshi tashkil etilganligi og‘ir formadagi kindik kasalliklarining kamayishida asosiy

omil bo‘ldi.

Etiologiyasi. Kindik kasalliklarining kelib chiqishida hozirgi vaqtda

stafilokokklar, streptokokklar, ba’zi hollarda boshqa mikroblar (ichak tayoqchasi,

pnevmokokk, ko‘k yiring tayoqcha va boshqalar) sabab bo‘lmoqda. Bu xildagi

qo‘zg‘atuvchilar kindikka quyidagi hollarda tushishi aniqlangan:

1. Kamdan-kam hollarda ona qornida, yuqorida ko‘rsаtilgаn infeksiyalar

natijasida. 2. Kindik tizimchasi bog‘lanayotgan mahalda, aseptika va antiseptika

qоidalariga amal qilinmaganda (aksariyat uydagi va yo‘ldagi tug‘uruqlarda,

xodimlarning mas’uliyatsizligi natijasida).


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

231

2181-3187

3. 2-12 kunlar oralig‘ida parvarishdagi nuqsonlar natijasida (kindik cho‘ltog‘i

siydik va axlat bilan ifloslanganda, parvarish asboblari yoki xodimlarning qo‘llaridan

infeksiya tushib qolishi va bolaga qarovchilardan havo-tomchi infeksiyalari o‘tishi

natijasida). Kindik cho‘ltog‘i tushishi va kindik yarasining bitishi uzoqqa cho‘zilib

ketgan hollar bolaning qandaydir infeksiya bilan zararlanganligidan dalolat beradi.

Omfalit – aksari yallig‘lanish jarayonining kindik chuqurchasi sohasida yoki

kindik atrofidagi teri va boshqa to‘qimalarga tarqalishi bilan xarakterlanadi. Mikroblar

ko‘pincha kindik yarasidan kindik tomirlariga o‘tib oladi va kindik arteriyalari hamda

venasida o‘rnashgan bo‘ladi. Klinikasi. Omfalitning quyidagi asosiy formalari: oddiy,

fibrinoz (yiringli), flegmonoz va nekrotik farq qilinadi. Omfalitning «pilchirab yoki

namlanib turadigan kindik» degan nom bilan ataladigan oddiy formasi, kindik qoldig‘i

tushib ketganidan keyin ham kindik jarohatining hadeganda bitavermasligi, seroz yoki

yiringli seroz suyuqlik tomchilari yuziga chiqib turadigan granulatsiyalar bilan

qoplanib turishi bilan xarakterlanadi. Bu suyuqlik qotib, qora qo‘tir po‘stlar hosil qiladi

va u asta-sekin tushib ketadi. Bunday kindik jarohati bir necha hafta davomida bitadi,

bolaning umumiy ahvoli esa deyarli qoniqarli bo‘lib, barcha fiziologik hojatlari (ich

qilishi, siyishi, uyqusi, ishtahasi va boshqalar) normada bo‘ladi, tana vazni odatdagiday

ortib boradi. Omfalitning yiringli yoki fibrinoz formasi yallig‘lanish jarayonining

kindik atrofi va unga yaqin turgan to‘qimalarga tarqalib ketishi bilan xarakterlanadi.

Kindik atrofidagi teri qizarib, shishadi va infiltratsiyalanadi, kindik sohasi esa qorin

yuzasi ustidan do‘mpayib chiqib turadi. Kindik chuqurchasining tubida esa ko‘pchilik

hollarda kichkinagina yara paydo bo‘ladi. Yallig‘lanish jarayoni qorinning oldingi

devoriga tarqalib ketishi yoki chegaralangan holda mahalliy bo‘lib qolaverishi ham

mumkin. Aksariyat hollarda kindik atrofi bosib ko‘rilganda kindik yarasidan yiring

chiqishi kuzatiladi. Flegmonoz omfalit yiringli formalariga unchalik e’tibor

berilmagan hollarda rivojlanadi va infeksiyaning qorin devorining chuqur qatlamlariga

kirib borganligidan dalolat beradi. Bunday holat esa bolada peritonit(qorin pardasining

yallig‘- lanishi) kelib chiqishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin. Kasallikning bu

formasida bolaning umumiy ahvoli o‘zgarib, tana harorati ko‘tariladi, ishtahasi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

232

2181-3187

pasayadi, tana vazni kamayadi, organizmning umumiy zaharlanish belgilari va

dispeptik (qayt qilish, ich ketishi va boshqalar) o‘zgarishlar kuzatiladi. Omfalitning

nekrotik formasi hozirgi vaqtlarda olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida kamdan-

kam hollarda, odatda ozg‘in, qandaydir sabablarga ko‘ra organizmining reaktivligi

pasaygan bolalarda uchraydi. Omfalitning har qanday formasida infeksiyaning kindik

tomirlariga o‘tib ketish xavfi kuzatiladi, chunki kindik sepsisi aksariyat hollarda mana

shu yerdan boshlanib ketadi.

XULOSA

«Pilchirab turuvchi kindik» yoki omfalitning oddiy formasida faqat mahalliy

davolash o‘tkaziladi va uni hamshira ambulatoriya sharotida, bolalar shifokorining

nazorati ostida olib borishi ham mumkin. Omfalitning flegmonoz formasi kuchli

davolash o‘tkazilishini taqozo etadi. Bolaga 10-14 kun davomida ta’sir dоirasi keng

antibiotiklar, mikroblarning sezuvchanligini hisobga olgan holda sulfanilamid

vositalaridan foydalanib davolash olib boriladi. Davolash muolajalari bolaning

ahvoliga qarab statsionar yoki ambulator sharotda o‘tkazilishi mumkin. Profilaktikasi.

Kindikning turli kasalliklarining oldini olishda asosiy e’tibor chaqaloqning tug‘ilish

jarayonidagi, kindik parvarishi vaqtidagi, ona bilan birga olib boriladigan keyingi

parvarish mahalidagi aseptika va antiseptika hamda sanitariyagigiyenik qoidalarning

ahamiyati nihoyatda katta. Shularni hisobga olgan holda, tug‘uruq zali va bolalar

blokida ishlovchi tibbiy xodimlar zimmalaridagi mas’uliyatni to‘la his etishlari talab

etiladi. Chaqaloq aksariyat vaqtini onasi bilan o‘tkazadi. Demak, kasalliklarning oldini

olish onalarning qanchalik bola parvarishi haqida mukammal bilim va malakaga ega

bo‘lishiga bog‘liq. Chaqaloqlarda yuqoridagi kindikning yiringli kasalliklaridan

tashqari tug‘ma kasalliklari ham uchraydi. Bularga terili kindik, amniotik kindik va

ko‘proq uchraydigan kindik churralari kiradi. Kindik churralari — bunda qorin

bo‘shlig‘idagi a’zolar kindik halqasi yaxshi rivojlanmaganligi natijasida bo‘rtib chiqib

qoladi. Churra ichida aksariyat hollarda ichak charvisi, ichaklar, kamdan-kam hollarda

boshqa a’zolar bo‘lishi mumkin. Kichik hajmdagi churralar qorin bo‘shlig‘iga qaytib

kirib ketadi va ko‘pchilik hollarda ko‘rilgаn konservativ choralar (bolani churrasi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

233

2181-3187

kiritib qo‘yilgan holatda kuniga 2-3 marta, 2- 5 daqiqagacha yotqizib qo‘yish, yuqoriga

qarab yotgan mahalida churraning chiqib qolishining oldini olish choralarini ko‘rish va

boshqalar) natijasida churra teshigi berkilib ketadi. Bordiyu churra hajmi kattaligidan

o‘zicha bitib ketishining ehtimoli bo‘lmasa, uni jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. Aks

holda, ichaklar faoliyati buzilishi, ayrim hollarda esa churraning qisilib qolishidan

ichaklar nekrozga uchrab qolishi mumkin. Bolaning tinmasdan yig‘lashi, tana

haroratining ko‘tarilishi, churraning tarang tortilganligi va qorin bo‘shlig‘iga

qaytarishning iloji yo‘qligi, qayt qilish va ich kelmay qolishi churraning qisilib

qolganligidan dalolat beradi. Bolani darrov jarrohlik bo‘limiga yetkazish choralarini

ko‘ring.

Adabiyotlar

1.Q.Inomov, M.G‘aniyeva. Pediatriyada hamshiralik ishi. –T.: G‘.G‘ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.

2.Проект усовершенствования медсестринского образования в Узбекистане.

Учебная программа и руководства по преподаванию. Представительство JICA в

Узбекистане. Т., 2008.

3.A.J.Hamrayev,

M.A.Xamedova.

Xirurgiya.

–T.:

«O‘qituvchi»,

2002.

4.Ya.Allayorov, Ya.Tojiboyev. Favqulotda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari. –

T.: «Zar qalam», 2005.

5.А.М.Запруднов, К.И.Григоръев. Наука о детских болезней. Москва. 1997.

6. J.Eshqobulov; AMahmudov. Bolalar kasalliklari fani. –T.: Abu Ali ibn Sino

nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1993.

7.K.Svyatkina, E.V.Belogorskaya, N.P.Kudryavsev. Bolalar kasalliklari fani. –T.: Abu

Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1990.

8.Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni ovqatlantirish xususiyatlari. –T.: Abu Ali ibn Sino

nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002.

9.Bolalar kasalliklari propedevtikasi. –T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot

nashriyoti, 1997.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

234

2181-3187

10. Y.K.Subulkina. Bolalarga tez tibbiy yordam. –T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi

tibbiyot nashriyoti, 1991.

11. А.Ф.Краснов. «Сестринское дело». 2-том. Москва, 2000.

12. «Семейная медицинская сестра». Копенгаген. ВOЗ, 2002.

13. А.Р.Майерс. «Терапия». М.: ГЭOТАР, 1996.

Библиографические ссылки

Q.Inomov, M.G‘aniyeva. Pediatriyada hamshiralik ishi. –T.: G‘.G‘ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.

Проект усовершенствования медсестринского образования в Узбекистане.

Учебная программа и руководства по преподаванию. Представительство JICA в

Узбекистане. Т., 2008.

A.J.Hamrayev,

M.A.Xamedova.

Xirurgiya. –T.:

«O‘qituvchi»,

Ya.Allayorov, Ya.Tojiboyev. Favqulotda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari.

T.: «Zar qalam», 2005.

А.М.Запруднов, К.И.Григоръев. Наука о детских болезней. Москва. 1997.

J.Eshqobulov; AMahmudov. Bolalar kasalliklari fani. –T.: Abu Ali ibn Sino

nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1993.

K.Svyatkina, E.V.Belogorskaya, N.P.Kudryavsev. Bolalar kasalliklari fani. –T.: Abu

Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1990.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni ovqatlantirish xususiyatlari. –T.: Abu Ali ibn Sino

nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002.

Bolalar kasalliklari propedevtikasi. –T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot

nashriyoti, 1997. 10. Y.K.Subulkina. Bolalarga tez tibbiy yordam. –T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi

tibbiyot nashriyoti, 1991.

А.Ф.Краснов. «Сестринское дело». 2-том. Москва, 2000.

«Семейная медицинская сестра». Копенгаген. ВOЗ, 2002.

А.Р.Майерс. «Терапия». М.: ГЭOТАР, 1996.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)