ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
319
2181-3187
SURXONDARYO VILOYATI HAYVONOT DUNYOSINING DAVLAT
KADASTRI
Qahhorov Elbek Karimovich
Qarshi Davlat texnika universiteti,
Irrigatsiya muhandisligi fakulteti,
yerdan foydalanish geodeziya va
geoinformatika kafedrasi, “Kadastr”
yo’nalishi magistranti
Annotatsiya: Surxondaryo viloyati hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi
hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi,
miqdoriy va
sifat tavsiflari,
ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash
to’g’risidagi
uzluksiz
yangilanadigan axborot tizimi.
Kalit so’zlar: Hayvonot dunyosining davlat kadastr, qizil kitob,
Davyergeodezkadastr, DKYAT, yovvoyi hayvonlar
Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut emizuvchilar, parrandalar,
sudralib yurivchi hayvonlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar,
baliqlar, umrtqasizlar hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
Davlat kadastrini yurituvchi organlar, ov qilish va baliq ovlash xo’jaligini yurituvchi,
xayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olib hamda ajratib olmasdan ilmiy, madaniy-
ma‘rifiy, o’quv va tayyorlash maqsadlarida hayvonot dunyosidan foydalanuvchi
yuridik shaxslar hayvonot dunyosi davlat kadastrining sub‘ektlari hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati go‘zal tabiat manzaralari, noyob hayvonot dunyosi,
shifobaxsh zilol suv va yer osti boyliklari, tog‘u-dashtlardagi musaffo havosi bilan ham
mashhur bo‘lib kelgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
320
2181-3187
Ko‘hitang
tog‘ tizmasining
sharqiy
yonbag‘ridagi «Surxon»
davlat
qo‘riqxonasida tog‘-o‘rmon ekotizimi, o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosi
turlarini, archazor o‘rmonlar muhofaza qilinadi.
O‘simlik va hayvonot dunyosiga juda serob tabiiy hududning umumiy yer
maydoni 23 ming 802 gektar bo‘lib, shundan 12 ming 239 gektardan ziyodi yashil
boylik bilan burkangan. Dengiz sathidan 850 metrdan 3 ming 137 metrgacha
balandlikdagi hududda 900 dan ortiq turdagi o‘simlik uchraydi. Bu yerda «Qizil
kitob»ga kiritilgan Qo‘qon zag‘ozasi, Litvinov lolaqizg‘aldog‘i, Maksimovich
ravochi, Grek yong‘og‘i, achchiq hamda tikanakli bodom, soxta yantoq, dug‘bay
singari ko‘plab o‘simlik va dov-daraxtlar o‘stirilmoqda. Turkiston laqqachasi balig‘i,
Hind boygasi, cho‘lmiqqiysi qushi, mallabosh lochin, sud emizuvchilardan burama
shoxli echki, Buxoro tog‘ qo‘yi, Turkiston silovsini singari kamayib borayotgan turli
jonivorlar yashaydi.
Qo‘riqxonada O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan 26 turdagi sudralib
yuruvchilar, 18 turdagi noyob hayvonlar va 136 turdagi qushlar uchraydi. Jarqo‘rg‘on
tumanidagi «Oqtepa» bog‘i ham o‘zining noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan
kishini lol etadi.
«TSangardak» sharsharasi, Omonxona, Xo‘jaipok, Xo‘jamayxona singari
shifobaxsh buloq suvlari, Boysun, Sariosiyo, Uzun kabi tumanlardagi o‘rmon
xo‘jaliklari ham maftunkorligi bilan ko‘zlarga quvonch ulashadi.
O‘rni kelganda shuni aytish lozimki, bizning asrimizga kelib, jahondagi ko‘plab
ekotizimlar zaxiralari deyarli butunlay tugab, ortga qaytarib bo‘lmaydigan salbiy
jarayonlarga yuz tutmoqda. Bu jarayonga dunyoda aholining o‘sib borishi, iqtisodiy
rivojlanish va boshqa omillar ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani sir emas. Vaholanki,
atrof-muhit sog‘lomligi, iqtisodiyot samaradorligi va obod hayotimiz mavjud tabiiy
resurslarni oqilona boshqarish hamda ulardan tejab foydalana olishimizga bevosita
bog‘liq.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
321
2181-3187
Keyingi yillarda mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasiga qaratilayotgan
yuksak e’tibor tabiat in’om etgan noyob tuhfalarni qadrlash, mavjud boy biologik
xilma-xillikni asrab-avaylashni yangi bosqichda davom ettirishga qulay muhit, keng
imkoniyat yaratdi. Yuzaga kelgan ekologik barqarorlikni ta’minlashning eng samarali
yo‘llarini belgilab berdi. Shunga muvofiq mamlakatimizning janubdagi vohasida ham
joriy yildan mevali va manzarali daraxtlarni hisobga olish tizimi joriy etilgani bunga
yaqqol dalildir. Bunda ro‘yxatga olingan dov-daraxtlarga maxsus kodli raqam ilinib,
elektron bazaga kiritilayotgani ahamiyatli bo‘lmoqda.
To‘g‘ri, viloyatda ko‘chat ekib, yangi bog‘lar yaratish azaldan ajoyib an’ana
bo‘lib kelgan. Jumladan, birgina shu yilning o‘zida 10 millionga yaqin manzarali va
mevali daraxt ko‘chati o‘tqazilib, sakkiz milliondan ortiq qalamcha qadaldi. Lekin,
hozirgacha ularning hisob-kitobi yuritilib, hech kim nazorat qilmagan. Vohada qancha
mevali, qancha manzarali daraxt borligini yoki yangi ekilgan ko‘chatlardan qanchasi
unmay qurib qolganini ham hech kim bilmas edi. Yashil boyliklarga yangicha
yondashuv har bir daraxtning hisobini yuritish imkoniyatini yaratdi. Shu asosda
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman, shahar
inspektsiyalari xodimlari joylardagi mavjud daraxtlarni xatlovga olib, ularning aniq
reestrini tuzmoqda. Daraxtlarning nomi, soni va ularga biriktirilgan mas’ul shaxslar
haqidagi ma’lumotlarni o‘rnatayotir. Endilikda elektron bazaga kiritilgan har bir
daraxtning o‘suvchan va o‘nuvchanligi monitoring qilib boriladi. Bu tartib odamlarda
mavjud daraxtlar davlat nazoratida ekanini his etib, beruxsat kesilishi, qurib qolishi va
boshqa holatlarning oldini oladi. Yashil dunyo parvarishi va aholi o‘rtasida ekologik
madaniyatni yuksaltirishga mas’uliyatni yanada oshiradi.
Sodda qilib aytganda, har bir novdaning, daraxtning so‘rovi bo‘ladi. Biroq,
ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan keng
qamrovli ishlar amalga oshirilayotgan, bu sohada targ‘ibot va qat’iy nazorat tadbirlari
olib borilayotgan bo‘lsada, joylarda hamon tabiatga beparvolik bilan munosabatda
bo‘lish hollari to‘liq barham topgani yo‘q. Masalan, yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
322
2181-3187
reyd tadbirlarida 144 shaxsning o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish
sohasidagi qonun talablarini buzgani aniqlanib, 158 million 664 ming 500 so‘m
ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasi bo‘yicha davlat inspektorlari
tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 344 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib,
qonunbuzarlarga nisbatan 38 million 467 ming 632 so‘m ma’muriy jarima belgilandi.
Yer resurslari bo‘yicha 213 nafar shaxs, yer osti boyliklari bo‘yicha 36 kishi ma’muriy
javobgarlikka tortildi. Chiqindilarning belgilanmagan joylarga tashlanishining oldini
olish, suv va suvlarni ifloslantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham tezkor tadbirlar
tashkil etilib, qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Surxondaryo Viloyati Hayvonot Dunyosi: 3 Yillik Statistik Maʼlumot (2022–
2024)
Ushbu hujjatda Surxondaryo viloyatining hayvonot dunyosiga oid 2022-2024
yillar oraligʻidagi asosiy statistik maʼlumotlar jamlangan. Maʼlumotlar ochiq
manbalar, xususan Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda Termiz
hayvonot bogʻi axborotlariga asoslangan.
Koʻrsatkich
2022-
yil
2023-
yil
2024-
yil
Termiz
hayvonot
bogʻidagi hayvonlar soni
(bosh)
465
478
487
Hayvonlar turlari soni
95
98
101
Qizil kitobga kiritilgan
hayvonlar soni (tur)
37
40
42
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
323
2181-3187
Qishloq, oʻrmon va
baliqchilik xoʻjaligi oʻsishi
(%)
101.2%
102.5%
103.7%
Hayvonot
bogʻiga
tashrif buyurganlar soni
(ming kishi)
35
41
47
Qo‘shimcha Maʼlumotlar
- Termiz hayvonot bog‘i 1938-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 487 bosh
hayvon
va
qush
saqlanmoqda.
- O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan 42 turdagi hayvonlar mavjud.
- Viloyatda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq hayvon yetishtirish sohasi barqaror
o‘smoqda.
Xullas, joriy yilning o‘tgan besh oyida viloyatda 1 ming 518 huquqbuzarga
nisbatan ish qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
Kodeksiga asosan 490 million 525 ming 808 so‘m jarima chorasi qo‘llanildi.
Ma’muriy javobgarlikka tortilganlarning 20 nafari mansabdor shaxslar. Tabiatga
yetkazilgan zarar 437 million 661 ming 220 so‘mni tashkil etdi.
Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzayotgan bunday shaxslar aniqlanib,
ulardan yetkazilayotgan zarar undirib olinayotir. Afsuski, bu holatlar hali oramizda
tabiat boyliklariga to‘g‘ri birlashtirib munosabatda bo‘lmayotganlar borligini
ko‘rsatayotir. Bu vohada keng jamoatchilikni, ona tabiatni avaylab-asrashni, atrof-
muhit muhofazasiga e’tiborni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO’YXATI
Yu. Kaufman, D. Studler. Kadastr 2014 Видение будущей кадастровой системы.
Toshkent 1999.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
324
2181-3187
Краткая историческая справка «О кадастре».
Выдержки из книги «Уложение Темура» Перевод с персидского Хамидуллы
Караматова.
Surxondaryo
viloyat
ekologiya
va
atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil yakuniy hisoboti
Raxmonov Qosimdjon Raxmonovich, Uspankulov Bekjan Musabekovich Davlat
kadastrlari asoslari o’quv qo’llanma Toshkent 2018
O’zbekiston Respublikasi Kodekslari:
O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O’zR 30.04.1998 y. 598-I-son qonuni
bilan tasdiqlangan, O’zR 30.04.1998 y. 599-I-son qarori bilan amalga kiritilgan).
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari:
O’zbekiston Respublikasining ―Davlat kadastrlari to’g’risida‖gi qonuni (15.12.2000
yil № 171-II).
O’zbekiston Respublikasining ―Davlat yer kadastri to’g’risida‖gi qonuni
(28.08.1998 y. № 666-I).
O’zbekiston Respublikasining "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish to’g’risida"gi qonuni.
O’zbekiston Respublikasining ―Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi
qonuni (03.12.2004 yil № 710-II).
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.03.1998 y. ―O’zbekiston
Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi
to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi № 104-sonli qarori.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2000 y.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
325
2181-3187
―O’zbekiston Respublikasi o’simlik dunyosi ob‘ektlarning davlat kadastrini yuritish
tartibi to’g’risidagi nizomni va O’zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat
kadastrini yuritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi № 343-sonli qarori.