Авторы

  • Qahhorov Elbek Karimovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124929

Ключевые слова:

Hayvonot dunyosining davlat kadastr qizil kitob Davyergeodezkadastr DKYAT yovvoyi hayvonlar

Аннотация

Surxondaryo viloyati hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi,  
miqdoriy  va  sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash  to’g’risidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

304

2181-3187

“HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN

FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA”GI QARORINING MAZMUN VA

MOHIYATI

Qahhorov Elbek Karimovich

Qarshi Davlat texnika universiteti,

Irrigatsiya muhandisligi fakulteti,

yerdan foydalanish geodeziya

va geoinformatika kafedrasi,

“Kadastr” yo’nalishi magistranti

Annotatsiya:

Surxondaryo viloyati hayvonot dunyosining davlat kadastri

yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va

sifat

tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi

uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi.

Kalit so’zlar:

Hayvonot

dunyosining

davlat

kadastr,

qizil

kitob,

Davyergeodezkadastr, DKYAT, yovvoyi hayvonlar

“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-408-son

Qonuni

hamda

“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston

Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 21-

sentabrdagi O‘RQ-409-son Qonuni ishlab chiqilgan

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari

hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom

1-ilovaga

muvofiq;

O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari

hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom

2-ilovaga

muvofiq

tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining

3-ilovaga

muvofiq ayrim qarorlari o‘z

kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

305

2181-3187

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat

qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy

hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilgan.

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish

hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi

Nizom

hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari

hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.

Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

biologik xilma-xillik

— jami hayvonot dunyosi (hayvonlar, o‘simliklar,

mikroorganizmlar) turlarining xilma-xilligi bo‘lib, tur doirasidagi, ekotizimlar turlari

va rang-barangligi o‘rtasidagi xilma-xillikni o‘z ichiga oladi;

geoma’lumotlar bazalari

— joydagi obyektlarning joylashuvi to‘g‘risida

elektron grafik va/yoki matnli shaklda taqdim etilgan va koordinatalar tizimlari

haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot;

hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi

— tabiiy erkin sharoitda

yashaydigan va foydalanish mumkin bo‘lgan yoki hududning ekologik muhitiga ta’sir

ko‘rsatadigan yoxud muayyan hudud doirasida joriy son hamda sifat xususiyatlari

bo‘yicha kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar sirasiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar

to‘g‘risida axborot to‘plash va ushbu ma’lumotlarni hisobga olish hamda kadastr

hujjatlarida aks ettirish;

hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri

— hayvonot dunyosi

obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish

ma’lumotlariga asoslangan, ularning geografik tarqalishi, turlari tarkibi, soni, boshqa

son va sifat tavsiflari, yashash muhiti, ulardan xo‘jalikda foydalanish va iqtisodiy

baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muntazam yangilanadigan

axborot tizimi;

yovvoyi hayvonlar

— quruqlik, suv, atmosfera va yerda yashaydigan

xonakilashtirib bo‘lmaydigan umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda ham, quruqlikda

ham yashovchi, sudralib yuruvchi hayvonlar, qushlar;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

306

2181-3187

hududlarni kadastr bo‘yicha tekshirish

— hayvonot dunyosi obyektlarining

ularning son va sifat tavsiflari, geografik tarqalishi, ulardan foydalanish, yashash

muhitining holati, ularni iqtisodiy baholash to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarni

to‘plash maqsadida ilmiy asosda hisobga olish;

hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa ma’lumotlarni

ro‘yxatdan o‘tkazish kitobi

— hayvonot dunyosi obyektlari, ularning turlari tarkibi

va soni, yashash muhitining holati, geografik tarqalishi, son va sifat tavsifi, ularni

iqtisodiy baholash haqida hamda boshqa yig‘ma ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kitob;

hayvonot dunyosining davlat kadastri obyekti

— O‘zbekiston Respublikasi

hududida tabiiy erkin sharoitda yashaydigan va davlat tomonidan hisobga olinadigan

yovvoyi hayvon;

kadastr ma’lumotlarini birlamchi to‘plash

— hayvonlar yashash muhitini

birlamchi tekshirish, hayvonlarni va ularning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi

omillarni hisobga olish orqali amalga oshiriladi hamda bu borada to‘plangan

ma’lumotlardan hayvonot dunyosi va ular yashaydigan muhitda ro‘y beradigan

o‘zgarishlarni taqqoslash uchun foydalaniladi;

hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyekti

muayyan hudud doirasida yovvoyi hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan

tartibda to‘playdigan, shakllantiradigan va taqdim etadigan vakolatli davlat organi

hamda yuridik shaxs;

kadastr ma’lumotlarini joriy to‘plash

— dastlabki tekshirish o‘tkaziladigan

hududdagi hayvonlarni ro‘y bergan son va sifat o‘zgarishlarini aniqlash, ma’lumotlarni

hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritish uchun har yili hisobga olish;

asosiy kadastr ma’lumotlarini shakllantirish

— hududni kadastr bo‘yicha

tekshirish asosida to‘plangan hayvonot dunyosi obyektlari haqidagi hisobga olish va

boshqa ma’lumotlarni dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni;

joriy kadastr ma’lumotlarini shakllantirish

— hayvonot dunyosi obyektlari va

ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish natijasida to‘plangan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

307

2181-3187

hayvonot dunyosi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va boshqa ma’lumotlar asosida

kadastr ma’lumotlariga o‘zgartirishlar kiritish jarayoni;

hayvonot dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash

— yovvoyi hayvonning

ushbu turidan foydalanish bo‘yicha maksimal iqtisodiy samarani pul birliklarida

aniqlash.

Hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish, ulardan

foydalanish hajmlarini hisobga olish va davlat kadastri ma’lumotlari hayvonot dunyosi

obyektlarini hamda ular yashaydigan muhitni saqlash, ulardan foydalanish, qayta

ko‘paytirish va tiklash tadbirlarini rejalashtirish uchun asos hisoblanadi.

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri quyidagi maqsadlarda

yuritiladi:

hayvonot dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;

hayvonot dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;

hayvonot dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;

davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga hayvonot dunyosi

obyektlarining holati to‘g‘risida ishonchli axborot taqdim etish;

hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish,

himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini

saqlashni tashkil etish;

hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish,

himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash talablariga rioya etilishini ta’minlash.

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri:

hayvonot dunyosi obyektlarining tarqalishi, populyatsiya holati, son va sifat

tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

hayvonot dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish xususiyati va hajmlari

haqidagi ma’lumotlarni;

hayvonot dunyosi obyektlarining tarqalish xaritasini;

hayvonot dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholashni;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

308

2181-3187

hayvonot dunyosi obyektlarining yashash muhiti holati to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni;

kadastr ma’lumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor

foydalanuvchilarga tegishli shakl hamda hajmlarda belgilangan tartibda tezkor berish

bo‘yicha tartibga soluvchi talablarni;

hayvonot dunyosi obyektlari haqidagi boshqa ma’lumotni o‘z ichiga oladi.

Quyidagilar hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishning

asosiy prinsiplari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va yovvoyi hayvonlar

turlarining ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarning barcha turlarini (kichik

turlarini) qamrab olish;

makon koordinatalarining yagona tizimini qo‘llash;

ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish usulining

yagonaligi;

davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish;

Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini ta’minlash;

kadastr ma’lumotlarining ishonchliligi va ochiqligi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim

o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) hayvonot dunyosi

obyektlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

(keyingi o‘rinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) bilan birgalikda yuritadi.

Fanlar akademiyasi hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini

ilmiy jihatdan ta’minlaydi.

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishda hududni kadastr

bo‘yicha tekshirish, hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish,

ulardan foydalanish hajmlarini, ularning yashash muhiti holatini hisobga olish,

shuningdek, hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish uchun zarur

ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish natijasida to‘plangan

ma’lumotlardan foydalaniladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

309

2181-3187

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrida foydalanish predmeti bo‘lgan

yoki hududning ekologik muhitiga ta’sir ko‘rsatadigan yoxud kamyob va yo‘qolib

ketish xavfi bo‘lgan tur maqomiga ega bo‘lgan barcha turdagi yovvoyi hayvonlar

hisobga olinadi.

Davlat tomonidan hisobga olinadigan, foydalanish hajmlari hisobga olinadigan va

hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan yovvoyi hayvonlar

turlarining ro‘yxatini Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda

tasdiqlaydi.

Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiiy

bog‘lari, davlat biosfera rezervatlari, davlat buyurtma qo‘riqxonalar va tabiat

pitomniklarida Ekologiya vazirligi tomonidan Fanlar akademiyasi bilan kelishgan

holda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha yovvoyi hayvonlar turlari asosida hayvonot

dunyosi obyektlarining davlat hisobi va davlat kadastrining barcha turlari bo‘yicha

yuritiladi.

Hisobga va ro‘yxatga olish hamda baholash axboroti hayvonot dunyosi

to‘g‘risidagi jami kadastr ma’lumotlarini tashkil qiladi va bu axborot qog‘oz hamda

elektron (geoma’lumotlar bazasi) variantlarda alifbo-raqamli (matnlar, jadvallar) va

grafik (xaritalar, sxemalar) shaklida taqdim etiladi.

Davlat organlari kadastr ma’lumotlarini bepul asosda, manfaatdor yuridik va

jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan

belgilangan miqdorlarda to‘lov asosida oladi.

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi, ulardan foydalanish hajmlari

hisobi va davlat kadastri har yilgi maqsadli moliyalashtirish asosida O‘zbekiston

Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan

boshqa manbalar hisobidan yuritiladi.

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi, ulardan foydalanish hajmlari

hisobi va davlat kadastrini yuritishni moliyalashtirish hajmlari hamda muddatlari

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.

Ekologiya vazirligi

:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

310

2181-3187

hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;

normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

yuridik va jismoniy shaxslarning hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastrining

ma’lumotlaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO’YXATI

1.

Yu. Kaufman, D. Studler. Kadastr 2014 Видение будущей кадастровой

системы. Toshkent 1999.

2.

Краткая историческая справка «О кадастре».

3.

Выдержки из книги «Уложение Темура» Перевод с персидского

Хамидуллы Караматова.

4.

Raxmonov Qosimdjon Raxmonovich, Uspankulov Bekjan Musabekovich

Davlat kadastrlari asoslari o’quv qo’llanma Toshkent 2018

O’zbekiston Respublikasi Kodekslari:

1.

O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O’zR 30.04.1998 y. 598-I-son

qonuni bilan tasdiqlangan, O’zR 30.04.1998 y. 599-I-son qarori bilan amalga

kiritilgan).

O’zbekiston Respublikasi Qonunlari:

1.

O’zbekiston Respublikasining ―Davlat kadastrlari to’g’risida‖gi qonuni

(15.12.2000 yil № 171-II).

2.

O’zbekiston Respublikasining ―Davlat yer kadastri to’g’risida‖gi qonuni

(28.08.1998 y. № 666-I).

3.

O’zbekiston Respublikasining "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan

foydalanish to’g’risida"gi qonuni.

4.

O’zbekiston Respublikasining ―Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

to’g’risida”gi qonuni (03.12.2004 yil № 710-II).

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

311

2181-3187

1.

O’zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

10.03.1998

y.

―O’zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat

kadastrini yuritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi № 104-sonli qarori.

2.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2000 y.

―O’zbekiston Respublikasi o’simlik dunyosi ob‘ektlarning davlat kadastrini yuritish

tartibi to’g’risidagi nizomni va O’zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat

kadastrini yuritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi № 343-sonli qarori.

Библиографические ссылки

O’zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining 10.03.1998 y. ―O’zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat

kadastrini yuritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi № 104-sonli qarori.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2000 y. ―O’zbekiston Respublikasi o’simlik dunyosi ob‘ektlarning davlat kadastrini yuritish

tartibi to’g’risidagi nizomni va O’zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat

kadastrini yuritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi № 343-sonli qarori.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)