ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
440
2181-3187
ILMIY
MATNDA
TASDIQ
VA
INKOR
GAPLARNING
XUSUSIYATLARI
10.00.00- Filologiya fanlari
Umarova Dildora Mirzamurod qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tasdiq va inkor tushunchasi barcha tillar uchun
umumiy mantiqiy-lisoniy hodisa bo‘lib, uning ifodalanishida o‘ziga xos holatlar
mavjudligi xususida so‘z borgan hamda o‘zbek tilshunosligida tasdiq va inkor ma’noli
gaplar, ularning ifodalovchi shakily-grammatik vositalar tizimi, tasdiq va inkor
gaplarning semantic qamrovi bilan bog‘liq tomonlari umumnazariy planda monografik
tarzda keng ko‘lamda ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
tasdiq gaplar, inkor gaplar, tushuncha, lison, tasdiq ma’no, inkor
ma’no, grammatik vosita, sistem tilshunoslik, kategoriya.
CHARACTERISTICS OF AFFIRMATIVE AND NEGATIVE
SENTENCES IN SCIENTIFIC TEXTS
UDC: 10.00.00 – Philological Sciences
Umarova Dildora Mirzamurod qizi
Master’s student of Shahrisabz State Pedagogical Institute
Annotation:
This article discusses the concept of affirmation and negation as a
universal logical-linguistic phenomenon across all languages, emphasizing the unique
features of their expression. In Uzbek linguistics, affirmative and negative sentences,
their formal-grammatical means of expression, and aspects related to the semantic
scope of these sentence types are examined comprehensively in a general theoretical
and monographic framework.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
441
2181-3187
Keywords:
affirmative sentences, negative sentences, concept, language,
affirmative meaning, negative meaning, grammatical means, systemic linguistics,
category.
O‘zbek tilshunosligida tasdiq va inkor ma’noli gaplar, ularning ifodalovchi
shakliy-grammatik vositalar (markerlar) tizimi; tasdiq va inkor gaplarning semantik
qamrovi bilan bog‘liq tomonlari umumnazariy planda monografik yo‘sinda atroflicha
o‘rganilgan. Ayniqsa, A.Nurmonovni inkor gaplarni ilmiy asosda o‘rganib, o‘zbek
sistem tilshunosligiga munosib poydevor qo‘ydi, deyish mumkin.
Tasdiq va inkor barcha tillar uchun umumiy mantiqiy-lisoniy kategoriya bo‘lib,
uning ifodalanishida o‘ziga xos holatlar mavjud bo‘ladi.
Tasdiq va inkor mantiqiy kategoriyalari gap orqali axborot uzatishning asosiy
vositalaridandir. Gapdagi fikr, hukm tasdiq yoki inkor yo‘li bilan hosil qilinadi. Inkor
kategoriyasi odatda kesim orqali shakllanadi. Bunday inkor to‘liq inkor tavsifida
bo‘ladi. Gapda inkorning qisman, to‘liq bo‘lmagan turi ham ifodalanadi. Bunday inkor
kesimdan boshqa gap bo‘laklari zimmasida bo‘ladi.
Inkor tasdiq gaplar zaminida ham lingvistik yoki nolingvistik vositalar yordamida
hosil qilinaveradi. Inkor ifodalovchi lingvistik vositalarga maxsus shakliy-grammatik,
leksik-grammatik elementlar kiradi. O‘zbek tilida inkor ifodalovchi shakliy-grammatik
vositaga faqat bitta (-ma) mansub bo‘lsa-da, lekin uning ko‘lami juda keng.
-ma qo‘shimchasi orqali hosil bo‘lgan inkor gaplarda tasdiq ma’nosi ham
ifodalana oladi. Bunday hollarda inkor so‘roq ma’nosi va uning grammatik markazi
bilan qorishib ketadi, bu asosan so‘zlashuv uslubi uchun xos.
-ma
yakka holda
qo‘llanganda, gapning oddiy (neytral) inkor turi hosil bo‘ladi.
-ma
elementining oddiy
inkor ma’nosini ifodalashi nutqning barcha turlari uchun xosdir:
Ba’zan esa bunday
sifatlovchilar alohida ta’kidlanmaydi, logik urg‘u olmaydi. (O‘zbek tili grammatikasi,
II tom. 234-b.)
yoki
Senga shunday kunni ravo ko‘rguncha, ochiq mozorga kirsam
bo‘lmaydimi
( so‘zlashuv nutqi).
-ma
qo‘shimchasi bir gap tarkibida qo‘shaloq qo‘llanilishi ham mumkin. Unda
kesimdan anglashilgan tasdiq ma’nosi kuchaytiriladi: gapning kesimi
topilmoq,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
442
2181-3187
qolmoq
kabi bo‘lishsiz fe’llardan bo‘lganda,
hamma, har
kabi so‘zlarning pragmatik
ma’nolari bo‘rtib chiqadi. Ba’zi hollarda tasdiq gapga aylanmaydigan mutlaq inkor
gaplar hosil bo‘ladi. Bu xol ilmiy matn uchun xos emas.
Masalan:
Bu ishni oxiriga yetkazmay qo‘ymaymiz
- tasdiq.
Yomg‘ir yog‘magan kun bo‘lmaydi
- har kuni.
Bu kitobni o‘qimagan o‘quvchi qolmadi
- hamma.
-guncha
shakli ishtirokida tuzilgan gaplarda
-ma
qo‘shimchasining qo‘shaloq
qo‘llanishi o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunda shart-istak kabi ma’no jilvalari
ta’kid ostiga olinadi: haqiqat qaror topmaguncha, tinchimaysiz. Tasdiq va inkor
tavsifidagi semantik o‘zgarishlar ravishdoshning boshqa turlarida ham ko‘zga
tashlanadi;
-gach
elementli qurilmalar payt;
-magach
elementli qurilmalar shart-sabab,
-ib
elementli qurilmalar ish-harakat, holat tarzi ma'nolarini ta’kidlash vazifalarini bajaradi.
Maqsad ravishdoshlarida inkor shakl qo‘llanmaydi:
o‘qigani - o‘qimagani.
Ular kelgach, biz ketdik
(payt).
Ular kelmagach, biz ketdik
(sabab).
Tong otib, hamma ishga jo‘nadi
(tarz) - tong otmay.
Hamma ishga jo‘nadi
(payt-ta'kid).
Ot (keng ma’noda) + u yoqda
tursin andazasida tuzilgan qurilmalar keskin inkor
ma’nosini ifodalaydi va shu bilan birga, o‘zidan keyin keladigan gapning ham inkor
shaklida va inkor ma’nosida bo‘lishiga ishora qiladi.
Mirza-chi! U bu ishlarga
aralashish u yoqda tursin, birortasini tushunmaydi ham.
Bunday qurilmalar “yo‘q”lik (mavjud emaslik) ma’nosini ta’kid ostiga olish
uchun ham xizmat qiladi:
Ovqat u yoqda tursin, choy ham topilmaydi, bu paytda.
Tasdiq va inkor shaklli shart fe’li yordamida ketma-ket tuzilgan qurilmalar
qat’iy tasdiq ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladi. B
ugun borsam ham, boraman,
bormasam ham, boraman.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
443
2181-3187
Buyruq gaplarning inkor shakli faqat
-ma
shakli yordamida hosil qilinadi.
Inkorning boshqa vositalari buyruq gap tarkibida ishtirok etmaydi.
Yo‘q
so‘zi bor so‘zining zid ma’noli muqobili sifatida narsa-predmetning
mavjud emasligini,
ha
so‘zining antonimi sifatida rad-inkor ma’nosini sifatdosh (gap)
+ egalik qo‘shimchasi shaklidagi konstruksiya bilan ishlatilganda esa ish-harakatning
yuzaga chiqmaganligini ifodalaydi.
Yo‘q
so‘zi
bor
so‘zining antonimi sifatida -
dan boshqa
,
-dan ortiq,
-dan yaxshi
,
-
dan kuchli
kabi chog‘ishtiruvchi vositalar ishtirok etgan gapning kesimi vazifasida
qo‘llanilganda, biror voqea-hodisa, narsa, belgi zichligining yuqori darajasi alohida
ta’kidlanadi.
Go‘yo dunyoda undan boyroq, undan baxtliroq qiz yo‘q edi.
Munisxonning nazarida bundan ortiq qiynoq yo‘q. Yo‘q
so‘zi
-ma
shakli bilan
qo‘shaloq qo‘llanib, “hamma”, “barcha” degan tushunchaning kuchayishi uchun
xizmat qiladi.
Yo‘q
so‘zi emas bilan birgaliqda qo‘llanib,
bor
so‘zi ma'nosini bo‘yoqdorlik bilan
(kamtarlik yoki kesatish) ifodalaydi:
Menda ham aql yo‘q emas.
Yo‘q
so‘zi tarkibida determinant ishtirok etgan bir bosh bo‘lakli shaxssiz
gapning grammatik asos tavsifidagi asosiy bo‘lagi (kesim) tarkibida kelib, inkorning
qat’iyligini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Dushmanni yengmaguncha, uyga
qaytish yo‘q.
Yo‘q so‘zi inkor vazifasida kelganda, ikki holat yuz beradi; gapning kesimi
vazifasida keladi:
Bunday xususiyat uyushiq bo‘lakda yo‘q.
(O‘zbek tili grammatikasi,
II tom. 210-b.)
Ma'lumki, bunday ikki tomonlama logik-grammatik munosabat oddiy gap
bo‘laklarida yo‘q.
(Ko‘rsatilgan asar, 223-b.)
Bunda inkor hozirgi zamon tushunchasi bilan bog‘liq, lekin ilmiy matnda
umumzamonni ifodalaydi. Inkor o‘tgan zamon tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lsa, kesim
edi, ekan, emish
kabi predikativ bog‘lamalar bilan shakllanib, gap turli xil pragmatik
qiymatlarga ega bo‘ladi: hikoya, eshitganlik, gumon va boshqalar. Bu ilmiy bo‘lmagan
boshqa nutq 1-turlari uchun xos.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
444
2181-3187
Emas
so‘zi odatda ot, sifat sifatdosh, ravishdosh va ravishlarga qo‘shilib,
o‘shalardan anglashilgan ma’noni inkor etadi:
Ko‘p emas, o‘qigan emas, katta emas,
qishloq emas.
Shuningdek, tasdiq va inkor ma’noli gap bo‘laklarini o‘zaro bog‘lab fikrning
ixchamligi uchun xizmat qiladi:
Sen emas, men boraman
. Bunda gaplardan biri alohida
ta’kid ostiga olinadi. Qaysi birining ta'kidlanganligi ohang va situatsiya bilan
bog‘lanadi. Lekin kesimi inkor shaklli ana shunday tip gaplarda gapdan anglangan
umumiy mazmunda kuchlilik jilvasi mavjud bo‘ladi. Masalan,
Quruq tuhmatdan
boshqa narsa emas.
Emas so‘zi nimani (qanday ma'noni) inkor etayotgani uning qanday so‘zlar
qurshovida qo‘llanishiga, u qatnashgan sintaktik konstruksiyaga bog‘liq.
Masalan quyidagi gapda emas so‘zi “men” olmoshi orqali ifodalangan
so‘zlovchini inkor etayotganday tuyuladi. Lekin mazmuniga jiddiyroq e'tibor berilsa,
unda subyektning yakka emasligi ta'kid ostiga olinganligi seziladi.
Bir men emas, ko‘pchilik bosh qotirdi-yu, jarayon qiyin ketayapti.
Na
yordamchisi inkor ifodalovchi boshqa vositalardan keskin farq qiladi. Uning asosiy
farqi shundaki, inkorning boshqa shakllari qo‘shaloq qo‘llanganda, tasdiq ma'nosi
kelib chiqadi (
bormay qolmayman, vaqtim yo‘q emas
kabi). Lekin
na
so‘zi bir gap
tarkibida necha marta qo‘llanilishidan qat'iy nazar, inkor ma'nosi saqlanadi. Hatto
na
so‘zi ishtirok etgan gapning kesimi inkor shaklda ham, tasdiq shaklda ham
qo‘llanaveradi.
Na
yordamchili bo‘lishli hamda bo‘lishsiz kesimlar ishtirok etgan
qurilmalar tilning sintaktik me'yoriga ko‘ra farq qiladi. Bunda bo‘lishli kesimning
na
yordamchili ko‘rinishlarini me'yorga muvofiq deyish mumkin.
Na o‘qimaydi, na
ishlamaydi. Na o‘qiydi, na ishlaydi
. Keyingi holatda inkor ma'nosi alohida ta'kidlanadi.
Na
bog‘lovchisi ancha keng ko‘lamda qo‘llanadi: gapning egasi ham, kesimi ham,
2-darajali bo‘laklaridan biri ham shu bog‘lovchi yordamida o‘zaro aloqaga kirishadi
va uyushiq bo‘laklar kompleksini yoki bog‘langan qo‘shma gaplarni hosil qiladi.
Na
so‘zi yana shu xususiyati bilan xarakterlanadiki, boshqa inkor vositalari o‘rni bilan
so‘zlovchining betarafligini ko‘rsata olgan holda, bu so‘z doimo gap semantik
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
445
2181-3187
qurilmasidagi qaysidir elementni ta'kidlaydi. Ba'zan
ham
yuklamasining vazifasini
bajaradi. Masalan:
Na xotin, na farzand ko‘rmagan. Hayotning zavqini surmagan.
Na
bog‘lovchisi inkorga ishora bo‘luvchi, uni kuchaytiruvchi boshqa vositalar
(hech, mutlaqo kabi) bilan birga qo‘shilmaydi.
Na
bog‘lovchisi yordamida birikkan uyushiq bo‘lakli gaplarda
hech kim, hech
narsa
kabi umumlashtiruvchi so‘z ishtirok etgan bo‘lsa, gapning kesimi, albatta, inkor
shaklda bo‘ladi. Chunki umumlashtiruvchi yuqoridagi so‘zlar kesimning tasdiq
shaklda kelishiga monelik qiladi:
Ezgu umr yo‘lidagi izlarni na qor, na bo‘ron, na
shamol, xullas, hech narsa ko‘molmaydi.
Shu gapdan agar
hech narsa
so‘zi chiqarilsa,
unda
xullas
ga ham o‘rin qolmaydi.
O‘xshatish ma'nosini ifodalovchi
go‘yo - dek, - day
ham ba'zan inkor ma'nosida
qo‘llanishi, bu ko‘proq so‘zlashuv nutqida uchrashi mumkin:
Xuddi men biladiganday
mendan so‘raydi
(so‘zlashuv).
Inkor ifodalovchi maxsus vositalardan tashqari, inkorga eshdosh boshqa vositalar
ham bor. Ular qatnashgan gaplar
na
yordamchisi bilan qo‘llanib, inkor mazmunida
bo‘ladi.
Hech
so‘zi inkor ma'nosini bevosita ifodalamasa ham, boshqa ifodalovchi
vositalar bilan sintagmatik jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Hech
so‘zi bo‘lishsiz kesimlar
bilan qo‘llanadi. Bunda gap tarkibida inkor shakli qo‘shaloq qo‘llangan bo‘ladi.
Inkorning qo‘shaloq qo‘llanishi qat’iy mutlaq tasdiqni keltirib chiqarishi aniq.
Hargiz, aslo, sira, mutlaqo
so‘zlari gapda harakat yoki holat ma'nosidagi so‘zlar
bilan bog‘lanib, miqdor-daraja holi vazifasida qo‘llanadi va o‘zi bog‘langan so‘z
anglatgan inkorning qat’iyligini ta’kid ostiga oladi. Ko‘rsatilgan so‘zlar har vaqt inkor
gap tarkibida qo‘llanadi va
hech
so‘zi kabi inkorning ishoraviy eshdoshi bo‘lib xizmat
qiladi. Bu asosan badiiy she’riy nutq uchun xosdir.
Notanish yo‘ldoshga bo‘lma hech muhtoj,
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
446
2181-3187
Tasdiq
gap
tarkibida
qatnashuvchi
mutlaqo
so‘zi
ham
qisman
inkor ma'nosida keladi. Lekin u tasdiq ma’nosini ta’kidlash uchun ham xizmat qiladi.
Fikringiz mutlaqo to‘g‘ri (so‘zlashuv). Ritorik so‘roq gaplarda gapning inkor shakli
orqali kuchli tasdiq ma’nosi, tasdiq shakllari orqali esa, aksincha, kuchli inkor
ma’nolari ifodalanadi. Bunday gaplarda so‘zlovchining yoki o‘zga shaxsning ruhiy
holati o‘ta ta’sirchanlik jilvasi bilan tasvir etiladi.
Koshki, qani (endi), hazilakam, ozmuncha, chakana
kabi so‘zlar asosan inkor gap
tarkibida qatnashadi, lekin bular ilmiy matn uchun xos emas. Bular ko‘proq badiiy va
so‘zlashuv nutqida uchraydi. Shuningdek,
bo‘pti
(
bo‘psan
) kabi modal birliklar,
ko‘rmoq
fe’lining buyruq shaklidan tuzilgan qurilmalar ham, o‘rni bilan, inkorning
kuchliligi ma’nosini ifodalaydi. Shunisi borki, bu holat ham ilmiy uslubga xos emas.
Yuqoridagilar asosida quyidagicha xulosalarga kelish mumkin:
-ma
inkor ifodalovchi eng faol, keng ko‘lamli vosita bo‘lib, nutqda o‘zi ham,
boshqa inkor vositalari bilan ham qo‘llana oladi. Bu vosita so‘roq gaplarning ritorik va
buyruq kabi turlarida yakka holda qo‘llanib, tasdiq gaplarda inkor ma’nosini, inkor
gaplarda tasdiq ma’nosidan kuchaytirilgan holda ifodalash uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, gapning kesimi tarkibida qo‘shaloq qo‘llanib, fikrning
ta’sirchanligini oshiradi. Boshqa hollarda inkor ma’nosi neytrallashgan gaplarni hosil
qiladi.
Yo‘q
so‘zi
ha
so‘zining antonim jufti sifatida inkor ifodalovchi boshqa vositalar
bilan sintagmatik qamrovda bo‘lmaydi.
Yo‘q
so‘zi bor so‘zining antonim jufti sifatida emas so‘zi bilan bir gap tarkbida
qo‘shaloq qo‘llanishi va tasdiq ma'nosini ta'kidlashi mumkin.
Men ham vijdoni yo‘q
emas
kabi.
Emas
inkor ma'nosini ifodalovchi vosita sifatida
-ma
qo‘shimchasiga ko‘p
jihatdan yaqin turadi. Bu vosita asosan ma'nosi neytral bo‘lgan gaplarda qo‘llanadi.
Shuning uchun ham ilmiy matnga xos inkor gaplar tahlil qilinganda, shakliy-
grammatik vosita (
-ma
) va leksik-grammatik vosita (-
emas
)ning qo‘llanish chastotasi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–1_ Мая –2025
447
2181-3187
inkor ma’nosini ifodalovchi boshqa markerli qurilmalardagi vositalardan faol ekanligi
bilan ajralib turadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
.Mengliyev B. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2009.
2.
Hojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. Toshkent, O‘qituvchi,
1995.
3.
Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari.
Toshkent, O‘qituvchi, 1995.
4.
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari.
-T.; O‘qituvchi, 1992, 160 bet.
5.
Qabulov V.Q. Funksional analiz va hisoblash matematikasi. - T.: O‘qituvchi,
1996. 206-b.
6.
Shoabdurahmonov Sh. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 1996, 3-son. 13-b.
7.
O‘rinboyeva D.B.O‘zbek so‘zlashuv nutqida o‘zgarmaydigan so‘zlar
(yordamchi so‘zlar). NDA. Samarqand. 1994. 17 b.
8.
Ko‘chimov Sh.N. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili. Filo.nomz.diss.
avtorefer.- Toshkent, 1995, 24 b. 30.
9.
Sodiqova M. Qisqacha o‘zbekcha-ruscha maqolalar-matallar. T., “O‘qituvchi”,
1993