Авторы

  • Umarova Dildora Mirzamurod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125026

Ключевые слова:

Ilmiy matn ekspressivlik bo‘yoqdorlik masalasi bo‘yoqdor vositalar o‘xshatishlar metaforalar epitetlar kommunikatsiya elementlari subyektiv baho.

Аннотация

Ushbu maqolda o’zbek ilmiy matninig xususiyatlari haqida so’z yuritilgan, ekspressivlikning ilmiy matnga tegishliligi yoki tegishli emasligi masalasi nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etishi haqida hamda tilshunoslarning bu boradagi qarashlari to’g’risida fikr yuritilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

431

2181-3187

ILMIY MATNDA BO‘YOQDORLIK MASALASI

10.00.00- Filologiya fanlari

Umarova Dildora Mirzamurod qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti

Umarovadildora466@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolda o’zbek ilmiy matninig xususiyatlari haqida so’z

yuritilgan, ekspressivlikning ilmiy matnga tegishliligi yoki tegishli emasligi masalasi

nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etishi haqida hamda tilshunoslarning bu

boradagi qarashlari to’g’risida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Ilmiy matn, ekspressivlik, bo‘yoqdorlik masalasi, bo‘yoqdor

vositalar, o‘xshatishlar, metaforalar, epitetlar, kommunikatsiya elementlari, subyektiv

baho.

ВОПРОС О КРАСИТЕЛЯХ В НАУЧНОМ ТЕКСТЕ

УДК: 10.00.00-Филологические науки

Умарова Дилдора Мирзамуродовна

Магистрант Шахрисабзского

государственного педагогического института

Umarovadildora466@gmail.com

Аннотация

. В этой статье говорилось об особенностях узбекского

научного

текста,

обсуждалось

теоретическое

значение

вопроса

о

принадлежности экспрессивности научному тексту, а также взгляды лингвистов

на этот вопрос.

Ключевые

слова

: научный текст, выразительность, проблема

красочности, окрашивающие средства, сравнения, метафоры, эпитеты, элементы

коммуникации, субъективная оценка.

The issue of expressiveness in scientific writing


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

432

2181-3187

UDC: 10.00.00-Philological sciences

Umarova Dildora Mirzamurodovna

Master's student of Shakhrisabz State Pedagogical Institute

Umarovadildora466@gmail.com

Annotation.

This article talked about the peculiarities of the Uzbek scientific

text, discussed the theoretical significance of the question of whether expressivity

belongs to a scientific text, as well as the views of linguists on this issue.

Keywords:

scientific text, expressiveness, the problem of colorfulness, coloring

tools, comparisons, metaphors, epithets, elements of communication, subjective

assessment.

O‘zbek ilmiy matnining o‘ziga xos tomonlari haqida fikr yuritilganda,

ekspressivlik va uning ilmiy matnga mansub yoki mansub emasligi masalasi nazariy

ahamiyat kasb etadi. Bu masalada tilshunoslar mushtarak fikrda emas.

Ma'lumki, tilning asosiy va yetakchi vazifasi kommunikativlikdir. Til faqat

kommunikatsiya vositasi, fikr almashish quroligina bo‘lib qolmasdan, turli his-hayajon

yoki ekspressiv ifoda qilish vositasi ham sanaladi.

Tilning ekspressiv ifoda qiluvchilik vazifasi badiiy nutqqa xos asosiy va

yetakchi hodisa sifatida e’tirof etiladi. Fanda, jumladan, turkiy tilshunoslikda, xususan,

o‘zbek tilshunosligida ilmiy matn va u bilan bog‘liq bo‘yoqdorlik masalasi monografik

yo‘sinda maxsus o‘rganilmagan.

Bo‘yoqdorlik atamasi fanda ikki ma’noda qo‘llanib kelyapti:

a) ifodaviylik; b) his-hayajonning namoyon bo‘lish kuchi.

Yirik uslubshunos olim A.I.Yefimovning qayd qilishicha, bo‘yoqdorlik o‘ziga

xos ma’no jilvasiga ega bo‘lib,unda nutq (so‘zlovchi)ning nutq obyektiga bo‘lgan

subyektiv munosabati ifodalanadi. Umuman, bo‘yoqdorlik badiiy-tasviriy

ifodalilikdan tashqari, anglashilayotgan tushunchaga so‘zlovchining nutq

situatsiyasi bilan bog‘liq munosabatini kuchli ta’sir ila ifodali yetkazish imkoniyatini

beradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

433

2181-3187

Bo‘yoqdorlik kommunikatsiya jarayonining tarkibiy qismi sanaluvchi his-

hayajon tarkibiga kirmaydi. Ye.F.Galkina-Fedorukning qayd qilishicha, garchand his-

hayajon va ekspressiya zamon va makonga ko‘ra yondosh hodisalar sanalsa ham, his-

hayajondan xoli bo‘lgan ekspressiya ham mavjud: “ekspressiya hamma vaqt his-

hayajonlilik kasb etavermaydi”. Ilmiy matnga xos bo‘yoqdorlik ham ana shunday his-

hayajondan xoli bo‘ladi.

M.N.Kojina tadqiqotlarida bo‘yoqdorlik his-hayajonga nisbatan kengroq

ma’noda talqin etiladi. Uningcha, bo‘yoqdorlik his-hayajon va obrazlilikni o‘zida

birlashtiradi.

Biz ham ekspressivlikni shu ma’noda qo‘llaymiz.

Rus, ingliz va boshqa tillardan shu mavzuga oid adabiyotlarda bo‘yoqdorlikning

ilmiy matn uchun xos yoki xos emasligi haqida qarama-qarshi fikrlar bayon qilingan.

Bir guruh tilshunoslar his-hayajon, ekspressivlik ilmiy matn uchun xos emas,

degan fikrdadir. Bu fikr tarafdorlari bilimlarning matematiklashib borayotganligi,

deduktiv metodning keng qo‘llanayotganligini ilmiy matn uchun mutlaq

umumlashtirishning, ifodaning obyektivligi, ilmiy matnda ijodiy tafakkur va

kommunikatsiyaning boshqa elementlari: his-hayajon, obrazlilik, ekspressiya

individuallikka yo‘l qo‘ymaydi deb hisoblaydi. Bu fikr tarafdorlari ifodada, sal bo‘lsa

ham, his-hayajon va mubolag‘aga o‘rin berilishi, hatto minimum obrazlilik ham ifoda

aniqligiga putur yetkazishi mumkin, deb hisoblaydilar. Lekin keyingi yillarda yuzaga

kelgan adabiyotlarda ilmiy matn uchun ham his-hayajon, subyektiv bo‘yoqdorlik

xosligi qayd qilinmoqdaki, bunga asos bor, albatta.

N.M.Rozinkina ilmiy uslubga oid adabiyotlar ham his-hayajonli-subyektiv baho

elementlariga ega ekanligini ingliz tili ilmiy uslubiga oid ashyoviy materiallar asosida

isbotlab beradi. Uning qayd qilishicha, mantiqiy nutq his-hayajonli bo‘yoqqa, his-

hayajonli nutq qat’iy mantiqiy qurilishga ega bo‘lishi kerak.

O.A.Krilova bu masalada ikkilanadi. Bir o‘rinda ilmiy uslub uchun his-hayajonli-

bo‘yoqdorlik xos emasligini aytgan holda, keyingi o‘rinda ilmiy uslubning ba’zi

janrlarida (masalan, ilmiy-ommabop maqola va ma’ruza matnlarida) bunga zid fikr


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

434

2181-3187

bildiradi. Trop, metafora, epitet va shu kabi bo‘yoqdor vositalardan foydalanish

mumkinligi haqida gapiradi.

Ma’lumki, inson tafakkuri borliqni sezgi a’zolari orqali mantiqiy bilish

qobiliyatiga ega. Ma’lum maqsad uchun yo‘naltirilgan subyektiv munosabat-subyektiv

baho ma’lum bir fikrning isboti uchun qaratilgan bo‘ladi.

Akademik I.P.Pavlov rassom va mutafakkir haqida fikr yuritib, ular o‘rtasidagi

farq hamda ichki aloqaning borligini qayd qiladi. Farq voqelikni bilish usulida, aloqa

tasavvurdagi haqiqatni jonlantirishga harakat qilishda deb hisoblaydi. Mutafakkir

o‘rganilayotgan obyektning bir butunligini nazarda tutadi. Bu maqsadga matn uchun

ifoda his-hayajonliligini berish orqali erishadi. Rassomga “borliqni bilish” uchun

ifodaning logikligi qo‘l keladi. Shunga o‘xshash fikr mashhur olim A.Eynshteynda

ham mavjud, “O‘ylash (voobrajenie), - deb yozadi u, - bilimga qaraganda muhimdir,

chunki bilim chegaralangan, o‘ylash esa olamda mavjud barcha narsalarni qamrab

oladi, progressni rag‘batlantiradi... Qat’iy aytganda, o‘ylash ilmiy tadqiqotda real

dalildir”. I.Pavlov va A.Eynshteynlarning bu mushohadalari ilmiy matnda

mantiqiylik va his-hayajonning o‘zaro munosabatini to‘g‘ri anglashda muhim

ahamiyat kasb etadi.

Ilmiy ijod psixologiyasi sohasida olib borilgan tadqiqotlarda ham tafakkur va

uning tashqi ifodasi bo‘lmish subyektiv baho, his-hayajon va ekspressiyadan holi bo‘la

olmasligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Ilmiy matnda fikrni aniq va lo‘nda ifodalash va “hayajonsiz” mantiqiy hukm

hamrohlikda his-hayajonli subyektiv baho bilan qo‘shilib, ilmiy dalillarning asosligini

anglash imkonini yaratadi.

R.A.Budagovning qayd qilishicha, “uslub aniqligini - uning obrazliligiga (keng

ma’noda his-hayajonliligiga) zid qo‘yib bo‘lmaydi”. A.S.Orlova tadqiqotlari atoqli

olim A.N.Krilov asarlaridagi bo‘yoqdorlik va his-hayajon haqida ishonchli

ma’lumotlar beradi. O‘zbek tili ilmiy matniga oid adabiyotlarda ham tilning leksik,

frazeologik, morfologik, sintaktik vositalarining aniq bo‘yoqdor-uslubiy ashyo sifatida

ishlatilganligi e’tirof etiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

435

2181-3187

Darhaqiqat, ilmiy matnda qo‘llanilayotgan turli o‘xshatishlar, metaforalar,

epitetlar, frazeologizmlar bo‘yoqdorlik uchun xizmat qilyapti. Tilning grammatik-

mantiqiy butunligi hisoblanuvchi murakkab ilmiy matnlarga metafora, o‘xshatish,

frazeologizm kabi lisoniy vositalar munosib libos bo‘lib, o‘quvchi diqqat-e’tiborini

o‘ziga tortadi, uning ijodiy tasavvurini faollashtiradi.

Ba’zi misollar keltiramiz:

O‘zbek xalqi orasidagi gavhardek sochilib yotgan bebaho boyliklardan biri

bo‘lmish “kasb-hunar leksikasi” deb atalib kelinayotgan katta bir terminologik

qatlamni to‘plab shu asosda kitob holida nashr etib, doktorlik dissertatsiyasini himoya

qilgan Ibrohimov S.ning tadqiqotlari alohida ahamiyatga egadir. (R.Doniyorov.

O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. -T.: Fan, 1997.- 16- b.)

Nuklenin kislotar molekulalaridagi monomrelar murakkab efir bog‘i bilan

birikkan.

(Nikolayev A.Ya, Biologik ximiya. –T.: Ibn Sino, 1991, 404-b.)

Geografiya faniga oid ilmiy matnda uchraydigan

qora tuproq, qizil tuproq,

serostona daryo,

astronomiyaga oid

uchar yulduz, somon yo‘li

kabilar ham obrazli

nomlardir.

Tilning morfologik birliklaridan salbiy yoki ijobiy munosabat bildiruvchi otlar,

subyektiv baho ifoda qiluvchi so‘zlar, ayrim olmoshlar, yuklamalar ham ilmiy matnda

mana shu vazifani bajaradi.

Shu ravishda ona ta’sirida Fozilxo‘ja dramatizmi tragizmga o‘sib o‘tish xavfidan

xoli bo‘ladi. Qahramon o‘zida yana kurashchanlik ruhini tiklaydi-yu, ammo qanday

kurashadi, hali kurashning to‘g‘ri yo‘lini bilmaydi-ku! (“O‘zbek tili va adabiyoti”

jurnali, 1990, №1. 29-b.)

Lug‘atlardagi kamchiliklardan yana biri shundaki, ularda negadir ayrim texnik

terminlarga ekvivalent tanlanmaydi, balki o‘sha terminning izohi berib qo‘yiladi.

(Doniyorov R., O‘sha asar, 35- b.)

Ilmiy matnda bo‘yoqdorlik uchun sintaktik imkoniyatlardan keng foydalaniladi.

Bunda qo‘llanilgan turli sintaktik figuralar (antiteza, takror, parallelizm, ellipsis, ritorik

so‘roq kabilar) bo‘yoqdorlik uchun xizmat qiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

436

2181-3187

Ma’lumki, ilmiy ifoda uchun mantiqiy sintaksis izchillikni ta’minlovchi so‘zning

ma’lum bir tartibiga amal qilish me’yoridir. Lekin ilmiy matnda ham, ayrim uslubiy

(ayniqsa, bo‘yoqdorlik) talablarga ko‘ra, gap bo‘laklarining odatdagi tartibi

o‘zgartiriladi. Bu esa inversiyadir. Tilda hech qanday sabab va maqsadsiz umumiy

qoidadan chekinish hodisasi bo‘lmaganiday, gapda odatdagi tartibning o‘zgarish

(inversiya) ham tasodifiy hodisa emas. U nutqning ta’sirchanligi, bo‘yoqdorligi kabi

maqsadlar uchun xizmat qiladi:

Aniqrog‘i,uning she'rlaridan rus o‘rmonlarining nafasi qayin va archazorlarning

oq qayin sharbatidek shirin ta'mlari va bo‘ylari ufurib turadi. Shoir milliy zamindan

uzilmagan holda boy rus va ilg‘or G‘arb poetik bisotini chuqur o‘zlashtirgani mevasi

bu. (“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali, 1990, №1. 39-b.)

Ilmiy matnda ritorik so‘roq gaplarga ham uslubiy vosita sifatida murojaat qilinadi.

Bu ham nutqning ekspressivligi uchun xizmat qiladi:

Zotan

“O‘tkan kunlar”da muhim g‘oyaviy estetik konsepsiya negizida chin

insoniylik muhabbatini ifodalagan Otabek va Kumushbibilarning ezgu hayotini

zaharlagan chirkin odamlarni tashuvchi O‘zbek oyim yozuvchining satirik tig‘iga

uchramaganmi?! O‘zbek oyim chala dumbul tabiatli bir xotin bo‘lsa ham, ammo eriga

o‘tkirligi bilan mashhur edi

qabilida ta'riflanishi, uning ichki dunyosidagi zaifliklar

bilan tashqi xatti-harakatlari da'vosi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar mavjudligi

satirik obrazlarga xos ichki kulgili konflikt emasmi?! Nazarimda, O‘zbek oyim tom

ma’nosida adib satirik obrazi sifatida gavdalanadi. (“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali,

1996, № 5. 13-b.)

Ilmiy matnda qo‘llaniladigan ayrim so‘roq va undov gaplar ham bo‘yoqdorlik

uchun xizmat qiladi:

Xo‘sh, qisqa vaqt ichida mavjud bo‘lgan rezonans o‘zining individual

xususiyatlarini yo‘qotmagan -ksi minus giperon va Pi-mezonning oddiy birikmasimi

yoki bu vaqt ichida u O deb ataluvchi zarrami? Yoki bunday qisqa vaqtlarda zarra va

birikma tushunchasi uchun bu nazarda tutgan farqning ma'nosi yo‘qmi? Bu savollarga


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

437

2181-3187

fan hali javob bera olmaydi. (Bekjonov R. Yadro fizikasi. -T.: O‘qituvchi, 1995. –

241- b.)

Ilmiy matnda qo‘llaniladigan ayrim kirish va kiritma konstruksiyalar ham

so‘zlovchining aytilayotgan fikriga bo‘lgan munosabatini ifoda qiladi:

Albatta, nishon-yadroning boshlang‘ich holatini o‘zgarishi reaksiya natijasida

bir yoki bir necha yadrolarning hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

(Bekjonov R.,

Yadro fizikasi. -T.:O‘qituvchi, 1995, 138-b.)

Ota-bobolarimizning og‘irini yengil qilib kelayotgan muhim bir ishlab chiqarish

qurollarining nomi bo‘lmish omoch so‘zining termin hisoblanmasligini sababi faqat

mana shunda ham ekan (uni tamomila rasmiylashtirish, qabul qilish va

qonunlashtirish kimning ham xayoliga kelyapti deysiz o‘sha vaqtda. (Doniyorov R.

O‘sha asar,25- b.)

Ilmiy matnlarda ekspressiyaning ayrim gap bo‘laklari, ergash gaplar, butun-butun

gaplarni ma'lum maqsad uchun ajratish usulidan ham keng foydalaniladi.

Biz yuqorida ilmiy matnda bo‘yoqdorlikni ifoda qiluvchi vositalarning ayrimlari

haqida fikr yuritdik. Isbot uchun keltirilgan dalillarning aksariyati ilmiy-ijtimoiy

matnlardan olindi. Obyekti jamiyat kishilarning ma'naviy faoliyati bo‘lgan ilmiy-

ijtimoiy matnlarda tilning bo‘yoqdor vositalariga nisbatan ko‘p murojaat qilinadi. Bu

degan gap matematika, mexanika, fizika kabi aniq fanlarda ekspressiya vositalariga

murojaat qilinmaydi, degan gap emas. Bunday matnlarda ham ekspressiya vositalariga

murojaat qilinadi. “Fan, - deb yozadi Eynshteyn, - qancha o‘tkirlashib va ixtisoslashib

borsa, uning muhim belgilari texnik apparatlarsiz ham shunchalik ravshan va oson

sezila boshlaydi”.

His-hayajon kategoriyasi biron ilmiy muammoni rang-barangligi bilan qisqa,

jonli qilib ifodalashda, ayniqsa fan yutuqlarini ommalashtirishda ham ahamiyat kasb

etishi mumkinligini ko‘rsatadi. Faqat “mashina tafakkuri”, “mashina tili” sof mantiqiy,

mutlaq umumlashgan - abstraksiyalashgan bo‘lishi mumkin.

Ilmiy matnda, uning qaysi uslubiy shoxobchasi bo‘lishidan qat'iy nazar, o‘ziga

xos bo‘yoqdorlik bo‘ladi. Bunday bo‘yoqdorlik, garchand maxsus va tegishli lisoniy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

438

2181-3187

vositalar ̶ ifodaviy markerlar bilan shakliy qiyofasini topmagan bo‘lsa-da,

tinglovchining ana shu ilmiy asar mansub bo‘lgan fanga ehtiromi, qiziqishi kabi

intellektual hissiy qobiliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu xususiyatni badiiy matnga

qiyoslasa ham bo‘ladi. Badiiy matnga xos matnlarda bo‘yoqdorlik qanchalik kuchli

bo‘lmasin, u qanchalik boy lisoniy vositalar orqali berilmasin, shu badiiy matnni badiiy

adabiyotga muxlis sifatida ehtirom qo‘ymagan shaxs ehtirossiz o‘qiydi, undagi badiiy

ma’naviy ta’sirni sezmaydi. Bundan shu narsa aniq seziladiki, bo‘yoqdorlikni tasavvur

etish ikki tomonlama bo‘ladi: ham so‘zlovchi – subyekt, ham tinglovchi obyektning

bir xil ma’naviy va badiiy, ijtimoiy va ta’limiy tayyorligiga bog‘liq. Ayniqsa,

bo‘yoqdorlik va uning ta’sir kuchi, me’yorida tinglovchi - adresantning matnni, uning

mazmunini kasbiy va nokasbiy tarzda qabul qilishiga, unga kasbiy va kommunikativ

munosabatda yondashuviga bog‘liq.

Kishilik tafakkuri uchun, uning tabiiy ishi uchun, matnning ilmiy uslubi uchun

boshqa belgilar, masalan, subyektli bo‘yoqdorlik ham xosdir. Bu ko‘proq ilmiy

bahslashuvda namoyon bo‘ladi.

Xullas, bo‘yoqdorlik ilmiy matnda mavjud tabiiy va zaruriy xususiyatlardan

biridir. Bo‘yoqdorlik - ilmiy matnning, yetakchi bo‘lmasa-da, ammo yetarlicha

ahamiyatga molik bo‘lgan uslubiy qirrallaridan biri hisoblanadi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.R.Doniyorov. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. -T.: Fan,

1997.- 16 b

2.Nikolayev A.Ya, Biologik ximiya. –T.: Ibn Sino, 1991, 404-b.

3. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali.1991-2018 yillar.

4. Bekjonov R. Yadro fizikasi. -T.: O‘qituvchi, 1995. –241- b.

5. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari.

Toshkent, O‘qituvchi, 1995.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–1_ Мая –2025

439

2181-3187

6. Mengliyev B. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2009.

Библиографические ссылки

R.Doniyorov. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. -T.: Fan,

- 16 b

Nikolayev A.Ya, Biologik ximiya. –T.: Ibn Sino, 1991, 404-b.

O‘zbek tili va adabiyoti jurnali.1991-2018 yillar.

Bekjonov R. Yadro fizikasi. -T.: O‘qituvchi, 1995. –241- b.

Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari.

Toshkent, O‘qituvchi, 1995.6. Mengliyev B. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2009.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)