ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
357
2181-3187
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYA SIYOSATI
VOSITALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Maxsudaliyev Òtkirbek Mansurjon o’g’li
O`zbekiston Respublikasi
Bank-moliya akademiyasi 2-kurs tinglovchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat moliya siyosati
vositalarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Moliya siyosatining asosiy
yo‘nalishlari, uning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri hamda samarali budjet siyosatini
amalga oshirishdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida davlat xarajatlarini
optimallashtirish, byudjet intizomini kuchaytirish va soliqqa oid islohotlarni
chuqurlashtirish zarurati asoslab berilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida
O‘zbekistonda moliyaviy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: davlat moliya siyosati, byudjet siyosati, fiskal vositalar,
iqtisodiybarqarorlik, soliqqa oid islohotlar, moliyaviy boshqaruv, davlat xarajatlari.
Abstract. This article explores the issues of improving the instruments of fiscal
policy in the Republic of Uzbekistan. It analyzes the main directions of fiscal policy,
its impact on economic stability, and its role in implementing effective budgetary
measures. The study substantiates the need to optimize public expenditures, strengthen
budgetary discipline, and deepen tax reforms. Based on international experience, the
article also offers proposals and recommendations for modernizing the financial
management system in Uzbekistan.
Keywords: fiscal policy, budgetary policy, fiscal instruments, economic stability,
tax reforms, financial management, public expenditures.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
358
2181-3187
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida
davlat moliya siyosatini takomillashtirish masalasi turibdi. Bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o‘tish, fiskal barqarorlikka erishish va davlat moliya
boshqaruvining
samaradorligini
oshirish
mamlakat
taraqqiyotining
asosiy
yo‘nalishlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan, mazkur tadqiqotning bosh maqsadi –
O‘zbekistonda amaldagi moliyaviy siyosat vositalarini har tomonlama tahlil qilib,
ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyaviy siyosati
tizimi, predmeti sifatida esa ushbu siyosatning funksional vositalari va ularning
iqtisodiyotni boshqarishdagi roli tanlab olingan. Ish davomida statistik tahlil, qiyosiy
yondashuv, sistemali tahlil hamda empirik kuzatish metodlaridan foydalanilgan.
So‘nggi yillarda ushbu mavzuga oid ilmiy maqolalar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari,
O‘zbekiston Respublikasi byudjet qonunchiligidagi yangiliklar chuqur o‘rganilib,
ularning ilmiy jihatdan asosli bahosi berildi. Ushbu maqola kirish, nazariy asoslar,
tarixiy tahlil, zamonaviy holat tahlili va takliflar kabi bo‘limlardan iborat bo‘lib, har
bir bo‘lim moliyaviy siyosatning muhim jihatlarini yoritishga qaratilgan.
Moliya siyosati deganda davlat tomonidan jamiyatdagi iqtisodiy barqarorlikni
saqlash, resurslarni qayta taqsimlash va strategik sohalarni rivojlantirish maqsadida
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Uning asosiy maqsadi –
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, inflyatsiyani nazorat qilish, byudjet muvozanatini
ta’minlash va ijtimoiy adolatga erishishdir. Davlat moliya siyosatining asosiy
tamoyillariga barqarorlik, shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlik kiradi. Ushbu siyosat
iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning muhim vositasi bo‘lib, fiskal va
monetar siyosatlar bilan uzviy bog‘liqdir. Fiskal vositalar esa soliq siyosati, davlat
xarajatlari, transfer to‘lovlari va davlat qarzlari kabi elementlardan iborat bo‘lib,
ularning samarali qo‘llanilishi umumiy makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashda
muhim ahamiyatga ega. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy strategiyani
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
359
2181-3187
shakllantirishda nazariy yondashuvlar (masalan, Keynesian yoki monetaristik
konsepsiyalar) asosida kompleks yondashuv zarur bo‘ladi.
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekiston o‘zining milliy moliyaviy tizimini yaratishga
kirishdi. Ilk bosqichda markazlashgan sovet byudjeti o‘rniga mustaqil davlat byudjeti
tuzildi va soliq tizimi shakllantirildi. 1990-yillar oxirlarida boshlangan fiskal islohotlar
asosan soliqqa tortish bazasini kengaytirish, budjet intizomini kuchaytirish va davlat
xarajatlarini optimallashtirishga qaratildi. 2000-yillarda iqtisodiy o‘sish bilan birga,
budjet barqarorligini ta’minlash masalasi dolzarb bo‘lib qoldi. Jahon banki, Xalqaro
valyuta jamg‘armasi kabi xalqaro moliyaviy institutlar O‘zbekistonda moliyaviy
boshqaruv tizimini mustahkamlashda muhim rol o‘ynadi. Shu bilan birga, davlat
moliyasi sohasidagi qonunlar – Soliq kodeksi, Byudjet kodeksi va tegishli me’yoriy
hujjatlar – islohotlarning huquqiy bazasini yaratdi. Biroq, bu davrda muayyan
muammolar – byudjet intizomining buzilishi, soliq bazasining torligi va davlat
xarajatlarining samarasizligi – ham yuzaga chiqdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini
umumiy davlat soliqlari, xususan QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) va foyda solig‘i
tashkil etadi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, davlat budjeti daromadlari 254,9 trillion
so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, xarajatlar hajmi 270,6 trillion so‘mni tashkil etdi, ya’ni
byudjet defitsiti taxminan 15,7 trillion so‘m atrofida bo‘ldi. Moliya siyosatining
hozirgi ustuvor yo‘nalishlari – byudjet intizomini kuchaytirish, soliqqa tortishda
shaffoflikni oshirish va hududlar moliyaviy mustaqilligini kengaytirishdir. Soliq
tushumlarining barqarorligi va soliq yukining adolatli taqsimoti hamon dolzarb
muammo bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, davlat qarzining o‘sib borishi va unga
xizmat ko‘rsatish xarajatlari byudjetga qo‘shimcha bosim yaratmoqda. Shu sababli,
moliya siyosatining ochiqligi, raqamlashtirilgan boshqaruv tizimlari va jamoatchilik
nazorati vositalari bugungi kunda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
360
2181-3187
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Moliyasi Ko‘rsatkichlari (2020–2024)
Yil
Davlat byudjeti daromadlari (trln so‘m)
Davlat byudjeti xarajatlari
(trln so‘m) Byudjet defitsiti (trln so‘m)
Davlat qarzi (mlrd $)
YIMga nisbatan
(%)
2020 131,1 157,2 26,1 23,4 35,2
2021 178,2 219,0 40,8 26,3 34,0
2022 200,0 235,2 35,2 29,2 32,25
2023 231,7 290,7 59,0 34,9 29,2
2024 270,7 310,9 40,2 40,2 31,7
Manba: www.imv.uz maʼlumotlari asosida mualif tomonidan tuzilgan
Jadvalda O‘zbekiston Respublikasining 2020–2024 yillarda davlat moliyasi
bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan. Bu davrda byudjet daromadlari 131,1 trln
so‘mdan 270,7 trln so‘mgacha, xarajatlar esa 157,2 trln so‘mdan 310,9 trln so‘mgacha
oshgan. Har yili defitsit saqlanib qolgan, 2023-yilda u eng yuqori darajaga – 59,0 trln
so‘mga yetgan. Davlat qarzi hajmi 2020-yildagi 23,4 mlrd dollardan 2024-yilda 40,2
mlrd dollarga ko‘tarilgan. Qarzning YaIMga nisbati esa pasayish tendensiyasini
ko‘rsatib, 2020-yildagi 35,2% dan 2024-yilda 31,7% gacha tushgan.
Davlat moliya siyosatining asosiy vositalari ichida soliqqa tortish yetakchi o‘rinni
egallaydi. Soliq siyosati orqali hukumat iqtisodiy faollikni tartibga soladi,
daromadlarni qayta taqsimlaydi va byudjet mablag‘lari shakllanishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston soliq tizimi oxirgi yillarda soddalashtirilib, QQS stavkasi pasaytirilgan,
foyda solig‘i optimallashtirilgan va ayrim kichik biznes turlariga yengilliklar berilgan.
Boshqa muhim vosita sifatida byudjet rejalashtirish tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda:
dasturga asoslangan budjetlash (PBB) mexanizmi joriy etilib, har bir xarajat aniq
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
361
2181-3187
natijalarga bog‘lanmoqda. Bundan tashqari, davlat tomonidan ajratiladigan
subsidiyalar, transfertlar va byudjetlararo moliyaviy oqimlar orqali hududlar moliyaviy
jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Davlat xaridlari, jumladan, tenderlar orqali amalga
oshiriladigan infratuzilma investitsiyalari, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga xizmat
qilmoqda. Qarz siyosati esa davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarish va xalqaro moliyaviy
institutlardan mablag‘ jalb qilish orqali amalga oshirilmoqda. Bularning barchasini
moliyaviy nazorat va audit mexanizmlari, xususan, Hisob palatasi va Davlat moliyaviy
nazorati xizmati monitoring qilib boradi.
Mavjud fiskal vositalar samaradorligi yuzasidan bir qator muammolar mavjud.
Jumladan, amaldagi soliq imtiyozlari ko‘pincha iqtisodiyotda ijobiy samarani
bermayapti va ba'zida soliq bazasining torayishiga olib kelmoqda. Davlat xarajatlari
tarkibida shaffoflikning yetarli emasligi, xarajatlarning samaradorligini baholash
mexanizmlarining zaifligi moliyaviy intizomga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Ko‘plab
hollarda byudjet mablag‘lari ehtiyojlardan kelib chiqmagan holda taqsimlanmoqda, bu
esa noadolatli moliyalashtirishni yuzaga keltiradi. Budjet ijrosi davomida ayrim
xarajatlarning maqsadsiz yoki noqonuniy ishlatilishi ustidan nazorat yetarli darajada
tashkil etilmagan. Bundan tashqari, korrupsiya xavfi ham moliyaviy resurslar samarali
boshqarilmasligiga sabab bo‘lmoqda. Oxirgi yillarda tashqi qarzlarning ortib borishi
va ularning YaIMga nisbati 30% dan oshgani, davlatni moliyaviy jihatdan tashqi
ta'sirlarga bog‘liq holatga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, fiskal boshqaruv
samaradorligi
aniq
strategiya,
kuchli
institutsional
asoslar
va
raqamli
texnologiyalarning integratsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, Germaniya va
Kanada kabi davlatlarda fiskal intizomni saqlash uchun o‘rta muddatli byudjet siyosati,
soliq-barqarorlik qoidasiga asoslangan qarorlar tizimi ishlab chiqilgan. Xalqaro
tajribada byudjetni konsolidatsiya qilish – ya’ni davlat xarajatlarini kamaytirish va
daromadlar bazasini kengaytirish orqali defitsitni qisqartirish usuli keng qo‘llaniladi.
Raqamli texnologiyalar, xususan, elektron soliq ma’lumotnomalari, sun’iy intellekt
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
362
2181-3187
asosida xatarlarni baholash tizimlari, soliq intizomini mustahkamlashda muhim rol
o‘ynamoqda. “Davlat – investor” tamoyiliga asoslangan yondashuvda esa davlat
moliyasi iqtisodiy rivojlanishga faol hissa qo‘shadigan investitsion loyihalarni
moliyalashtirish vositasiga aylanadi. Xususan, pandemiya davrida Yaponiya va AQSh
kabi davlatlar tomonidan qo‘llanilgan fiskal rag‘batlantirish choralari inqirozdan tez
chiqishga yordam bergan. Bu kabi tajribalarni O‘zbekiston sharoitida ehtiyotkorlik
bilan moslashtirish orqali davlat moliya siyosatining barqarorligini oshirish mumkin.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda moliya sohasida tub islohotlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, soliq tizimi to‘liq raqamlashtirilmoqda — elektron hisob-
fakturalar, onlayn kassa apparatlari, “SolIQ”, “My.Soliq” platformalari orqali soliq
hisoboti va nazorati avtomatlashtirildi. Bu esa soliq tushumlarining oshishi va yashirin
iqtisodiyotni qisqartirishga xizmat qilmoqda. Fiskal shaffoflikni ta’minlash maqsadida
byudjet daromad va xarajatlari ochiq manbalarda e’lon qilinmoqda, “Ochiq budjet”
portali orqali jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yildi. Byudjetlararo munosabatlarni
qayta ko‘rib chiqish orqali hududlar moliyaviy mustaqillikka erishmoqda. Davlat
xaridlari sohasida ham islohotlar bo‘lib, elektron tender platformalari orqali tanlovlar
ochiq o‘tkazilmoqda. Investitsiyalarni jalb qilishda davlat-xususiy sheriklik (DXSH)
mexanizmlari faollashtirilib, ijtimoiy sohalarda ko‘plab loyihalar ishga tushirilmoqda.
Shu bilan birga, moliyaviy boshqaruv tizimi institutsional jihatdan mustahkamlanib,
Davlat qarzini boshqarish agentligi kabi muhim tuzilmalar tashkil etildi.
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Byudjeti Ko‘rsatkichlari
Dinamikasi (2020–2024)
Manba: www.imv.uz maʼlumotlari asosida mualif tomonidan tuzilgan
Ushbu chiziqli diagrammada O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining
asosiy ko‘rsatkichlari — daromadlar, xarajatlar va byudjet defitsiti — 2020-yildan
2024-yilgacha bo‘lgan davrda yillik kesimda aks ettirilgan. Grafikda:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
363
2181-3187
Ko‘k chiziq – davlat byudjeti daromadlarining o‘sishini ko‘rsatadi. Bu
soliq tushumlari va boshqa rasmiy manbalarni o‘z ichiga oladi.
Yashil chiziq – davlat xarajatlarining hajmini ifodalaydi, ya’ni ta’lim,
sog‘liqni saqlash, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlardagi sarflar.
Qizil chiziq – daromad va xarajatlar o‘rtasidagi tafovut, ya’ni byudjet
defitsitini ko‘rsatadi.
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, 2020–2023 yillar oralig‘ida xarajatlar
daromadlardan yuqori bo‘lib kelgan, bu esa yildan-yilga byudjet defitsitining o‘sishiga
olib kelgan. 2024-yilda esa daromadlarning sezilarli o‘sishi fonida defitsit nisbatan
kamaygan. Grafik davlat moliyasi barqarorligini ta’minlash zaruratini hamda fiskal
siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlarni aks ettiradi.
Mamlakatda soliq siyosatini yanada samarali qilish uchun birinchi navbatda
biznes subyektlari, ayniqsa kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun soliq yukini kamaytirish
maqsadga muvofiqdir. Bu tadbir iqtisodiy faollikni oshirish va tadbirkorlik muhitini
yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, soliq tizimiga progressivlik tamoyilini
bosqichma-bosqich joriy etish orqali aholining yuqori daromadli qatlamlaridan
ko‘proq hissa olish imkoniyati yuzaga keladi. Innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish
maqsadida ilmiy-tadqiqot va yangi texnologiyalar bilan shug‘ullanayotgan korxonalar
uchun maxsus soliq imtiyozlari va kredit mexanizmlari ishlab chiqilishi lozim. Soliq
sohasidagi yana bir muhim yo‘nalish — noformal iqtisodiyotni legallashtirishdir.
Buning uchun yengil ro‘yxatdan o‘tish tartibi, imtiyozli soliqlar va ma’muriy
jarimalarni kamaytirish taklif etiladi. Soliq ma’murchiligi sohasida esa raqamlashtirish
darajasini yanada oshirish, avtomatik soliq hisoblash va xatarlarni real vaqt rejimida
aniqlovchi tizimlarni joriy qilish zarur. Bu esa nafaqat soliq intizomini
mustahkamlaydi, balki soliq to‘lovchilarning ishonchini oshirib, ularni ixtiyoriy
ravishda tizimga jalb etish imkonini beradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
364
2181-3187
Davlat byudjeti siyosatini takomillashtirish borasidagi eng muhim bosqichlardan
biri — o‘rta muddatli byudjet rejalashtirish tizimini to‘laqonli shakllantirishdir. Bu
uslub davlat xarajatlarining izchilligini ta’minlab, uzoq muddatli moliyaviy
barqarorlikni
mustahkamlaydi.
Xarajatlar
natijadorlikka
asoslangan
tarzda
taqsimlanishi, ya’ni "pul ortidan emas, natija ortidan yuriladigan" tamoyil joriy
qilinishi lozim. Shu bilan birga, hududiy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini
kuchaytirish, mahalliy darajadagi moliyaviy resurslar ustidan vakolatni kengaytirish
orqali iqtisodiy tenglikka erishish mumkin. Byudjetlashtirishda dasturiy va indikatorli
yondashuvni qo‘llash har bir mablag‘ qayerga, nima uchun va qanday natija bilan
yo‘naltirilganini tahlil qilish imkonini beradi. Davlat dasturlarining samaradorligini
baholash uchun esa maxsus monitoring tizimlari, indikatorlar asosida ishlaydigan
metrikalar joriy etilishi zarur. Shu bilan birga, jamoatchilik va parlament nazorati
vositalarining kuchaytirilishi byudjet jarayonining ochiqligi va ishonchliligini oshiradi.
Kelgusida O‘zbekiston moliya siyosati xalqaro standartlarga mos tarzda isloh
qilinishi kutilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki
va boshqa moliyaviy institutlar tomonidan e’tirof etilgan fiskal boshqaruv prinsiplari
asosida ish yuritishni kengaytiradi. Bu esa davlat xarajatlarining maqbulligini va
daromadlarning barqarorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, soliqqa tortish bazasini
kengaytirish va sog‘lom daromad manbalarini shakllantirish orqali byudjetning ichki
resurslarga tayanuvchi modeliga o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiya
muhitini yaxshilash uchun fiskal rag‘batlar, soliq yengilliklari va moliyaviy kafolatlar
orqali investorlarni jalb qilish strategiyasi ishlab chiqilishi lozim. Zamonaviy raqamli
texnologiyalar asosida ishlovchi moliyaviy boshqaruv tizimi — masalan, sun’iy
intellekt va blokcheyn asosidagi audit tizimlari — samaradorlikni sezilarli darajada
oshiradi. Moliya siyosatining tashqi omillarga haddan tashqari qaramligi esa iqtisodiy
barqarorlikka xavf tug‘diradi. Shu sababli uzoq muddatli fiskal strategiyada ichki
barqarorlikni asosiy mezon sifatida belgilash zarur.
Xulosa
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
365
2181-3187
Yuqorida olib borilgan tahlillar asosida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda
moliya siyosati sohasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, tizimli muammolar
hanuzgacha mavjud. Soliq yukining noteng taqsimlanishi, budjet mablag‘larining
noefektiv sarflanishi, moliyaviy intizomning yetarlicha mustahkam emasligi — bu
holatlar iqtisodiy siyosat samaradorligini pasaytiradi. Shu bilan birga, raqamli
texnologiyalar joriy etilishi, fiskal shaffoflikning ortishi va xalqaro tajriba asosida olib
borilayotgan islohotlar ijobiy natijalar berayotganini ko‘rsatadi. Davlat organlari uchun
amaliy tavsiyalar sifatida — soliqqa oid islohotlarni chuqurlashtirish, xarajatlarni
natijadorlik asosida yo‘naltirish va byudjet jarayonini ochiq qilish tavsiya etiladi.
Ushbu tadqiqot nazariy jihatdan moliyaviy boshqaruvning konseptual asoslarini
boyitadi, amaliy nuqtai nazardan esa davlat moliyasini optimallashtirish bo‘yicha
takliflar beradi. Ilmiy izlanishlar uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida raqamli fiskal
tahlil, hududiy moliyaviy avtonomiya va innovatsion byudjet modellari alohida
ahamiyat kasb etadi. Natijada, ushbu mavzu iqtisodiy fanlar rivojiga amaliy va nazariy
hissa qo‘shadi.
Manbalar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sayti
https://www.imv.uz
2.
“Ochiq byudjet” portali https://openbudget.uz – Byudjetlararo taqsimot,
loyihaviy xarajatlar, jamoatchilik ishtirokidagi moliyalashtirish haqida.
3.
Davlat statistika qo‘mitasi (Statistika agentligi)
https://stat.uz – YaIM hajmi, iqtisodiy ko‘rsatkichlar va moliyaviy tahlillar uchun
statistik asos.
4.
“Gazeta.uz” axborot portal. https://www.gazeta.uz
5.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
366
2181-3187
https://cbu.uz – Valyuta kurslari, qarz statistikasi, moliyaviy barqarorlik hisobotlari.
6.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – qonun hujjatlari va byudjet tasdiqlari
https://parliament.gov.uz – Byudjet kodeksi, qonunchilik bazasi, davlat moliyasi
bo‘yicha qonunlar.
7.
Karimov, A.A. (2022). Davlat moliyasi: nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: “Fan
va taraqqiyot” nashriyoti.
8.
Norqulov, B. & Usmonov, I. (2021). Byudjet siyosatining iqtisodiy o‘sishga
ta’siri. Toshkent moliya instituti ilmiy jurnali.
9.
Turaev, R.X. (2020). Moliya siyosati va uning fiskal boshqaruvdagi o‘rni.
Toshkent: “IQTISOD” nashriyoti.