ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
288
2181-3187
UZATMALAR QUTISI VA TAQSIMLASH QUTISINING VAZIFALARI
VA TUZILISHI
Andijon davlat texnika
instituti Yoshlar masalalari va
ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori
Sherboyev Murodjon Foziljon o'gli
Andijon davlat texnika instituti talabasi
Amirov Ziyadulla To‘rayevich
Annotatsiya
Maqolada uzatmalar qutisining vazifasi, turlari (pog’onali, ikki va
uch
valli),
uzatmalar
qutisining
konstruktsiyasi
va
ishlash
jarayoni.
gidrotransformatorning tuzilishi va ishlashi, sinxronizatorlarning vazifasi, tuzilishi va
ishlashi, taqsimlash qutisining vazifasi, tuzilishi, turlari, taqsimlash qutisining
konstruktsiyasi va ishlash jarayoni, fiksator, qulflarning vazifalari va ishlashi haqida
ma’luotlar ketirilgan.
Kalit so‘zlar:
Avtomobil, uzatmalar qutisi, taqsimlash qutisi, tishli juftliklar
sinxronizato, val va shaftlar, aylanma moment, uzatish nisbat, mexanik uzatmalar
qutisi
Uzatmalar qutisi
. Uzatmalar qutisi avtomobilning yetakchi g’ildiraklaridagi
burovchi momentni va tezligini o’zgartirib turish uchun, kerakli paytda ularning
yo’nalishini ham o’zgartirib berish va avtomobil to’xtab turganda yoki inertsiya bilan
yurib ketayotganda salt ishlab turgan dvigatelning tirsakli valini kuch uzatmadan uzoq
muddatga ajratib qo’yish vazifasini bajaradi.
Avtomobillarda asosan tishli mexanizmga ega bo’lgan pog’onali uzatmalar qutisi
ishlatiladi. Bunday uzatmalar qutisida avtomobilning har xil yo’l sharoitida turlicha
tezlik va tezlanishini ta’minlash uchun uzatish soni har xil qiymatga ega bo’lgan bir
nechta juft tishli shesternyalardan foydalaniladi. Yengil avtomobillarda qo’llanilgan
uzatmalar qutisi uch, to’rt, yoki beshta pog’onali, yuk avtomobillarida esa to’rt, besh,
ba’zan sakkiz va undan ham ko’prok bo’lishi mumkin. Uzatmalar qutisi qancha ko’p
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
289
2181-3187
pog’onali bo’lsa, avtomobil turli yo’l sharoitiga bemalol moslashib ishlaydi, bu esa
dvigatelning quvvatidan unumli foydalanishni yaxshilaydi hamda yonilg’i sarfini
kamaytiradi. Bunday uzatmalar qutisining qo’llanilishi chegaralangan oraliqda yo’l
sharoitiga qarab ixtiyoriy uzatmalar sonini o’z-o’zidan ta’minlab avtomobilning
yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni o’zgartirib beradi. Pog’onasiz uzatmalar
qutisi ishlash uslubiga qarab mexanik (impulsli, ilashtiruvchi ishqalagichli – friktsion
va boshqa), gidravlik (gidrodinamikali, gidrohajmli), elektrik va aralashgan turlariga
bo’linadi. SHu vaqtgacha aralashgan, ya’ni gidromexanik uzatmalar qutisi keng
tarqalgan bo’lib, u ikki qismdan, ya’ni pog’onasiz gidrodinamik uzatma
(gidrotransformator) va unga ketma-ket ulangan pog’ona mexanik uzatmalar qutisidan
iborat. Gidrotransformator suyuqlik ta’sirida harakatni o’zgartirib beradigan gidravlik
mexanizm bo’lib, u dvigatel bilan pog’onali mexanik uzatmalar qutisi oralig’ida
joylashgan. Gidrotransformator o’zining tuzilishi va ishlash uslubi bo’yicha
gidromuftaga o’xshash va charxpalakli g’ildirakchalardan tashkil topgan.
Gidrotransformatorning gidromuftadan farqi shundaki, u yetakchi nasos va
yetaklanuvchi (turbina) g’ildiraklardan tashqari yana uchinchi qo’zg’almas
charxpalakli g’ildirak (reaktiv momentni qabul qiluvchi) – reaktorga ega. Reaktor o’z
navbatida erkin yurish muftasi orqali qo’zg’almas vtulkaga o’rnatilgan. Erkin yurish
muftasi reaktorni faqat bir tomonga (nasos g’ildiragining aylanish tomoniga)
aylantiradi. Teskari aylanishiga esa muftaning ponalanib tiralib qolishi yo’l qo’ymaydi.
Shunday qilib, yetakchi val va dvigatel bilan bog’langan g’ildirak-nasos,
yetaklanuvchi val bilan tutashgan g’ildirak-turbina, suv oqimini tarqatuvchi
kurakchalari bor qo’zg’almas g’ildirak reaktor deb ataladi.
To’rt pog’onali uzatmalar qutisi. Zamonaviy yengil avtomobillarning
ko’pchiligida to’rt va besh pog’onali, uch valli uzatmalar qutisi o’rnatilgan. Masalan,
GAZ-24 “Volga” avtomobilida oldinga yurish uchun to’rtta va orqaga harakatlanishga
bitta uzatma mo’ljallangan. Bunday uzatmalar qutisining uch yo’lli deb ataladi, chunki
ikkita sinxronizator va bitta qo’zg’aluvchi orqaga yurgizish shesternya orqali
uzatmalarga tushiriladi. Uzatmalar qutisining karterida uchta val yetaklovchi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
290
2181-3187
(birlamchi), yetaklanuvchi (ikkilamchi) va oraliq vallari hamda orqaga yurgazish
shesternyasining o’qi joylashgan.
Yetaklovchi valning ikki uchi ikkita sharikli podshipniklarga tayangan bo’lib,
oldingi uchi tirsakli valning flanetsidagi o’yiqchada joylashgan podshipnikda, ketingi
uchi esa uzatmalar qutisi karterining oldingi devorchasida joylashgan podshipnikda
yotadi. Birlamchi val qiya tishli shesternya bilan yaxlit ishlangan bo’lib, oraliq valdagi
shesternyalar blokining yetakchi shesternyasi bilan doimo tishlashib turadi. To’g’ri
uzatmani ulash uchun birlamchi val shesternyasining orqa qismida tishli gardish
ishlangan. Birlamchi valning sharikli podshipnigi yon qopqoq bilan boltlar yordamida
berkitilgan. Oraliq val to’rtta qiya tishli shesternyalar va bitta to’g’ri tishli
shesternyadan iborat shesternyalar blokini tashkil etadi va o’z o’qida uchta ninasimon
(birinchisi o’qning old qismida, ikkinchi va uchinchilari esa uning ketingi qismida
ketma-ket joylashgan) podshipniklarda o’rnatilgan.
O’qning orqa uchidagi diskli qaydlagichi uning o’z o’qida buralib ketishidan
saqlaydi. Yetaklanuvchi val ham uzunasiga ikkita tayanchga tayangan bo’lib, oldingi
uchi birlamchi valning orqa tomonidan chuqurchasiga kiritilgan rolikli podshipnik
ketingi uchi esa uzatmalar qutisi karterining devorchasiga joylashtirilgan sharikli
podshipnikda o’rnatilgan. Yetaklanuvchi valning shlitsli qismlariga birinchi, ikkinchi,
uchinchi va to’rtinchi uzatmalarni ulash uchun qo’llaniladigan sinxronizatorli muftalar
o’rnatilgan. Valning jilvirlangan bo’yinchalariga esa oraliq val shesternyalari bilan
doimo tishlashgan, qiya tishli shesternyalar vtulkada erkin o’z o’qi atrofida aylana
oladigan qilib joylashtirilgan. Avtomobilni oldinga harakatlantirish uchun
mo’ljallangan hamma uzatmalar, ya’ni I, II, III va IV uzatmalar sinxronizatorlar
yordamida, orqaga yurish uzatmasi esa shesternyani surish yuli bilan bajariladi. VAZ-
2108, Neksiya, Tiko avtomobillarida uzatmalar qutisining asosiy farqi vallarining soni
uchta emas, balki ikkitaligida – yetakchi va yetaklanuvchi. Yetaklanuvchi valning o’ng
uchida u bilan yaxlit ishlangan tsilindrsimon shesternya bor. U differentsial qutisining
yarim kosachasiga o’rnatilgan tishli g’ildirak bilan doimo tishlashib turadi va bu
mexanizm old yurituvchi ko’prikda asosiy uzatma vazifasini o’taydi. 1 birlamchi val,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
291
2181-3187
2-14-birlamchi va oraliq vallarning doimo ilashib turuvchi shesternyalari, 3- tishli
mufta, 4-va 7-vilkalar, 5-13-doim ilashib turgan 2 uzatma shesternyalari, 6-12-birinchi
uzatma shesternyalari, 9-11-orqaga yurgazish shesternyalari, 8- ikkilamchi val, 10-
orqaga yurgazish shesternyasi o’qi, 15-oraliq val, 16-karter.
Etakchi val shesternyalari valga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan bo’lib,
yetaklanuvchi val shesternyalari bilan muqim tishlashib turadi. CHunki bu
shesternyalar valning o’q qilib ishlangan qismlariga erkin aylanadigan qilib
o’rnatilgan. Bu shesternyalar orqali burovchi moment o’zatish jarayoni ikkilamchi
valga shlitsali qilib o’rnatilgan sinxronizatorlar yordamida bajariladi. Orqaga
yurgazish pog’onasini ulash uchun esa shesternya va sinxronizator muftasining tishli
gardishi oraliq tishli g’ildirak bilan tishlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumki, avtomobil harakatlanganda uzatmalar qutisidagi qo’shiladigan tishli
shesternyalar har xil burchak tezligida aylanadi. Demak, ular qo’shilganda tishli
shesternyalarning tishlari bir-biriga zarb bilan urilib, yoyilishi tezlashadi. Undan
tashqari, shesternyalar tishlarining zarbli urilishi shovqin chiqaradi. Bu kamchiliklarni
bartaraf qilish uchun ularning burchak tezliklarini tenglashtirish lozim. Bu vazifani
sinxronizator bajaradi. Avtomobillarda inertsion sinxronizatorlar ishlatiladi. Bunday
sinxronizatorlar qo’shilayotgan shesternyalarning burchak tezliklari barobarlashganda
to’liq ilashishga yo’l qo’yadi. Sinxronizator gupchagining ikki tomoniga o’rnatilgan
konussimon halqalar bo’lib, ularning ichki yuzalari konus shaklida yasalgan.
Bu halqalar bir-biri bilan sinxronizator muftasining teshigi orqali o’tkazilgan
uchta barmoqchalar orqali birlashtirilgan, ularning o’rta qismida konussimon
bikrlovchi yo’nilgan yuza qilingan. Bikrlovchi yuzalar sinxronizator muftasining
gupchagidagi disk teshikchasida ham qilingan, u gupchag orqali yetaklanuvchi
vallardagi shlitsalarda o’rnatiladi va bu disk o’q bo’ylab siljish qobiliyatiga ega.
Sinxronizator muftasi gupchagining diski va halqalar bir-birlari bilan uchta ichi kovak
qaydlanuvchi barmoqlar yordamida birlashgan. Har bir barmoqning kovagida
qaydlanuvchi sharchalar va prujinalar o’rnatilgan. Halqaga tayanch kirgizilgan bo’lib,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
292
2181-3187
u sharchalarning qadalib turishini ta’minlaydi. Sinxronizator bilan uzatmalar olishda
qo’shiluvchi shesternyalar xuddi shesternya singari konussimon yuzali chiziqlarga ega.
Masalan, sinxronizatorlar muftasini chapga surilganda konussimon halqa mufta
bilan siljib shesternyaning konussimon yuzali chiqiqlariga tirmashadi. Lekin shu
zumda mufta va shesternyaning burchak tezliklari bir-biridan farqlanishlari sababli
bikrlovchi barmoqlar halqa bilan birgalikda muftaga nisbatan burilib, uning
teshiklariga siqiladi. Natijada mufta barmoqlarning bikrlovchi yo’niqchalariga ilashib,
ya’ni bikrlanib, shu yo’sinda uning siljishiga oshiqcha kuch sarflansa ham qo’shuvchi
shesternya tomon batafsil sura olmaydi. Ammo shu tarzda xosil qilingan kuch bilan
birga xaydovchi tomonidan muftani surishga sarflangan kuch halqani yana ham
shesternyaning konus yuzali chiqiqlariga siqa boshlaydi. Natijada ular orasida ilashish
kuchayib, qo’shuvchi shesternya bilan muftaning burchak tezliklari barobarlashadi.
Oddiy taqsimlash qutisi (4-rasm) yetakchi 1, oraliq 4 va yetaklanuvchi 5 vallar,
old ko’prik yuritmasi vali 8, tishli g’ildiraklar 2, 3, 6 va old ko’prikni qo’shish tishli
muftasi 7 dan iborat. Burovchi moment uzatmalar qutisidan yetakchi val 1 ga uzatiladi.
Val 5 avtomobil yetakchi orqa ko’prigi asosiy uzatmasi bilan doim bog’langan. Old
ko’prik yuritmasini qo’shish 8 va 5 vallar o’zaro tishli mufta 7 yordamida ulanadi va
bir xil burchak tezliklari bilan aylanadi. Burilishda harakatlanganda old boshqariluvchi
g’ildiraklar ko’proq yo’l bosadi va orqa boshqarilmaydigan g’ildiraklarga nisbatan
tezroq aylanishi kerak. Taqsimlash qutilarining konstruktsiyasi. Old va orqa ko’prik
yuritmalari blokirovkalangan taqsimlash qutisi 10.5-rasmda keltirilgan. Taqsimlash
qutisi karteri 3 avtomobil ramasi ko’ndalang to’siniga mahkamlangan. Karter uyalarida
sharchali podshipniklarda yetakchi val 2, orqa ko’prik yuritmasi vali 7, oraliq val 8,
old ko’prik yuritmasi vali 10 o’rnatilgan. Undan tashqari orqa ko’prik yuritmasi vali 7
uyasida joylashgan radial rolikli podshipnik yetakchi valga tayanch vazifasini o’taydi,
val 7 ning tayanchi bo’lib esa qopqoq 6 da joylashgan sharchali podshipnik xizmat
qiladi. Taqsimlash qutisi tishli g’ildiraklari to’g’ri tishli, Shesternya 4 eng chetki o’ng
holatga surilib uning tishlari shesternya 5 ning ichki gardishi bilan tishlashganda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
293
2181-3187
taqsimlash qutisining ikkinchi-to’g’ri uzatmasi qo’shiladi. Burovchi moment val 2 dan
bevosita val 7 ga beriladi, undan esa avtomobilning orqa yetakchi ko’prigiga uzatiladi.
Old ko’prikni qo’shish uchun shesternya 9 o’ng tomonga surilib g’ildirak 11
bilan tishlashtiriladi. Bunda burovchi moment old ko’prik yuritmasi vali 10 ga yetakchi
val 2 dan tishli g’ildiraklar 4,5,9 va 11 orqali o’tadi.
Birinchi-pasaytiruvchi uzatmani qo’shish uchun shesternya 4 chetki o’ng
holatga suriladi va g’ildirak 1 bilan tishlashadi. Burovchi moment yetakchi valdan
shesternya 4 orqali g’ildirak 1 ga, val 8 ga va shesternya 9 orqali mos ravishda
g’ildiraklar 5 va 4 hamda 7 va 10 vallarga uzatiladi. Taqsimlash qutisining uzatmalar
almashtirish mexanizmi blokirovka qurilmasi-qulfga ega. Qulf old ko’prik yuritmasi
ajralgan vaqtda birinchi uzatmaning qo’shilishiga, hamda birinchi uzatma qo’shilgan
vaqtda shu yuritma ajralishiga to’sqinlik qiladi. Bunday qulf, avtomobil orqa yetakchi
ko’prigi yuritmasi tishli g’ildiraklarini katta yuklanishlardan saqlaydi. Qulf karter
kanaliga polzunlar 14 va17 orasiga joylashgan ikki suxar 15 va 16 larga ega. Keruvchi
prujina ta’sirida suxarlar polzunlarning chuqurlariga kiradi. Polzun 14 da uchta chuqur
mavjud. SHesternya 4 ning neytral holatida suxar 15 o’rta chuqur 12 ga kiradi, to’g’ri
va pasaytiruvchi uzatmalar qo’shilganda esa, mos ravishda chuqur 13 va 20 ga kiradi.
12 va 13 chuqurlar orasida polzunda ariqchalar qilingan. Old ko’prikni qo’shish
polzuni 17 da ikki chuqur qilingan: old ko’prikni qo’shish uchun chuqurroq bo’lgan 18
va 19 old ko’prikni ajratish uchun. Polzunlarning 10.5, b -rasmda ko’rsatilgan holatida
ikkinchi – to’g’ri uzatma va old ko’prik qo’shilgan, 10.5-rasm,v dagi holatda esa
pasaytiruvchi uzatma va old ko’prik qo’shilgan. Ikinchi holatda old ko’prikni qo’shish
imkoni yo’q chunki qulf suxarlari orasidagi tirqish chuqur 18 dan kichik.
Old ko’prik yuritmasi ajratilganda chuqur 12 dan suxar 15 ni polzun 14 dagi
ariqchalar bo’ylab faqat chuqur 13 ga siljitish mumkin.
Taqsimlash qutisini boshqarish yuritmasi ikki richaka ega: polzun 14 bilan
bog’langan uzatmalar almashtirish richagi, polzun 17 bilan bog’langan old ko’prikni
qo’shish richagi. Tishli g’ildirak 9 va 11 larning burchak tezliklari bir xil bo’lgani
uchun old ko’prikni ilashish muftasini ajratmasdan turib qo’shish mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
294
2181-3187
Xulosa:
Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisi avtomobil harakatining samarali va
xavfsiz bo‘lishida muhim ahamiyatga ega mexanik qurilmalardir. Uzatmalar qutisi
dvigatel tomonidan hosil qilingan aylanish momentini va tezlikni avtomobilning
harakat sharoitlariga moslab o‘zgartiradi, bu esa avtomobilning har qanday tezlikda
barqaror va samarali harakatlanishini ta’minlaydi. Tuzilishi sinxronizatorlar, tishli
juftliklar, val va shaftlar kabi asosiy elementlardan tashkil topgan bo‘lib, ular
birgalikda aylanish kuchini optimal tarzda uzatishni amalga oshiradi.
Taqsimlash qutisi esa, ayniqsa to‘rt g‘ildirakli transport vositalarida, aylanish
momentini old va orqa g‘ildiraklarga teng yoki shartli taqsimlash vazifasini bajaradi.
Bu qurilma avtomobilning yo‘lga yopishishini yaxshilaydi, barqarorligini oshiradi va
murakkab yo‘l sharoitlarida samarali harakatni ta’minlaydi. Tuzilishi ham tishli
juftliklar va valdan tashkil topgan bo‘lib, u aylanish momentining kerakli nisbatda
taqsimlanishini kafolatlaydi.
Shunday qilib, uzatmalar va taqsimlash qutilari transport vositalarining harakat
tizimining asosiy komponentlari sifatida, yuqori samaradorlik, ishonchlilik va
xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ularning doimiy texnik nazorati va
sifatli xizmat ko‘rsatishi avtomobilning uzoq muddat muammosiz ishlashini
kafolatlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Зверев, В.А. Автомобильные трансмиссии: устройство и эксплуатация.
— Москва: Машиностроение, 2018. — 352 с.
2.
Петров, И.И. Теория и конструкция автомобильных трансмиссий. —
Санкт-Петербург: Питер, 2019. — 420 с.
3.
Иванов, С.В. Основы автомобильной техники. — Москва: Транспорт,
2020. — 280 с.
4.
Кузнецов, Н.Н. Автомобильные коробки передач: устройство и ремонт.
— Москва: Академия, 2017. — 240 с.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
295
2181-3187
5.
Жуков, А.П. Трансмиссия автомобилей: учебное пособие. —
Екатеринбург: УрФУ, 2021. — 310 с.
6.
Смирнов, В.Г. Автомобильные механизмы и системы. — Москва:
Высшая школа, 2016. — 365 с.
7.
ГОСТ Р 52369-2005. Технические требования и методы испытаний
коробок передач для автомобилей.