ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
130
2181-3187
XALQARO SUDLAR AMALIYOTIDA SERVITUT INSTITUTINING
QO‘LLANISHI VA AHAMIYATI
Qoraqalpoq davlat universiteti
Yuridika fakulteti talabasi
Olimov Firdavs Zoxidjon o’g’li
Tel: 998915410506
E-mail: olimovfirdavs@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada xalqaro huquq tizimida servitut institutining
huquqiy mohiyati, xalqaro sudlar va arbitraj organlarining amaliyoti, shuningdek, bu
institutning zamonaviy global muammolar kontekstida qo‘llanilishi tahlil qilinadi.
Servitut institutining suverenitet, hududiy yaxlitlik va transchegaraviy hamkorlik
nuqtai nazaridan ahamiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar: servitut, xalqaro huquq, suverenitet, xalqaro arbitraj, odat huquqi,
xalqaro sud amaliyoti.
Аннотация: В данной статье анализируется правовая природа института
сервитута в системе международного права, практика международных судов и
арбитражных органов, а также применение данного института в контексте
современных глобальных проблем. Особое внимание уделено значению
института сервитута с точки зрения суверенитета, территориальной целостности
и трансграничного сотрудничества.
Ключевые слова: сервитут, международное право, суверенитет,
международный арбитраж, обычное право, практика международных судов.
Abstract: This article analyzes the legal essence of the servitude institution within
the system of international law, the practice of international courts and arbitration
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
131
2181-3187
bodies, and the application of this institution in the context of contemporary global
challenges. The significance of servitude in relation to sovereignty, territorial integrity,
and cross-border cooperation is particularly highlighted.
Keywords: servitude, international law, sovereignty, international arbitration,
customary law, international court practice
Kirish
Servitut tushunchasi xalqaro munosabatlarda tobora ko‘proq ahamiyat kasb
etmoqda. Xususan, transport, energetika, ekologik xavfsizlik va mintaqaviy
xavfsizlikka oid loyihalarda davlatlar bir-birining hududlaridan foydalanish ehtiyoji
bilan yuzma-yuz keladilar. Shunday vaziyatlarda, davlatlar o‘zaro manfaatlarni
hisobga
olgan
holda,
xalqaro
shartnomalar
orqali
servis
huquqlarini
mustahkamlashadi. Bu huquqiy mexanizm xalqaro servitut deb nomlanadi. Mazkur
maqola ushbu institutning xalqaro sudlar amaliyotida qanday qo‘llanayotganini
huquqiy-nazariy va amaliy jihatdan o‘rganishga qaratilgan.
Servitut instituti asosan fuqarolik huquqiga oid tushuncha bo‘lib, ko‘proq
ko‘chmas mulk ob'ektlariga nisbatan qo‘llaniladi. Biroq xalqaro huquqda ham ushbu
institut o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lib, u davlatlar o‘rtasidagi huquqiy
munosabatlarda, xususan, resurslardan foydalanish, harbiy, transport va ekologik
imkoniyatlarni cheklash yoki ta'minlash shaklida namoyon bo‘ladi. Xalqaro sudlar,
xususan Xalqaro sud, arbitraj tribunalari va maxsus organlar bu instituttan nizolarni hal
qilishda foydalangan. Ushbu maqolada xalqaro sudlar amaliyotida servitut institutining
qanday qo‘llanilishi, unga oid huquqiy asoslar va real misollar tahlil qilinadi.
Asosiy qism
Servitutning xalqaro huquqda shakllanishi milliy huquq tizimlaridagi servitutning
mohiyati va vazifalariga o‘xshash bo‘lsa-da, xalqaro miqyosda bu institut ko‘proq
siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlikka oid omillar bilan chambarchas bog‘liq. Xalqaro
servitutning eng muhim xususiyatlaridan biri bu – u odatda shartnomaviy asosda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
132
2181-3187
belgilanadi va suverenitetdan voz kechish emas, balki muayyan imkoniyatlarni
vaqtincha cheklash shaklida namoyon bo‘ladi. Bu holat Xelsinki yakuniy aktida ham
o‘z aksini topgan, unda davlatlar suverenitetga hurmat asosida o‘zaro majburiyatlar
olishi mumkinligi qayd etilgan.
Servitut masalalari xalqaro sudlar qarorlarida nozik siyosiy masalalar bilan
bog‘liq bo‘lgan holatlarda ham muhim o‘rin tutadi. Masalan, Island of Palmas ishida
arbitraj hakami Maks Huber hududiy suverenitetni amalga oshirishda xalqaro odat va
amaliyotga asoslangan huquqlarni ham inobatga oldi. Bu holat xalqaro servitut
institutining amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuningdek, Xalqaro Sudning Nicaragua
vs. United States (1986) ishida ham AQSH tomonidan Nikaragua hududiga nisbatan
amalga oshirilgan harakatlar kontekstida xalqaro huquqiy majburiyatlarning buzilishi
ko‘rib chiqilgan.
Xalqaro servitut — bu bir davlatning boshqa bir davlat hududi yoki resurslaridan
ma’lum huquqiy imkoniyatlar bilan foydalanishiga ruxsat beruvchi huquqiy mexanizm
sifatida tushuniladi. Rim huquqidan olingan ushbu tushuncha zamonaviy xalqaro
huquqda o‘ziga xos tarzda qo‘llaniladi. Bunda suverenitet prinsipiga zid bo‘lmagan
tarzda, ikki yoki undan ortiq davlatlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlar orqali bir davlat
boshqa davlatdan doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish huquqini oladi.
Bugungi kunda xalqaro arbitrajlar energiya va transport sohalarida servitutga oid
nizolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Trans-Adriatik gaz quvuri
loyihasida Italiya, Albaniya va Gretsiya o‘rtasidagi bitimlar ushbu davlatlarga o‘zaro
hududiy foydalanish huquqlarini kafolatlaydi. Bu holatlar xalqaro servitutning yangi
shakllari – infratuzilmaviy servitutlar shakllanishiga zamin yaratmoqda. Shuningdek,
Xalqaro investitsiya nizolarini hal qilish markazi (ICSID) arbitrajlarida davlat
infratuzilmasidan foydalanishga doir cheklovlar yoki imtiyozlar ko‘pincha bahs-
munozaralarning asosiy jihatini tashkil qiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
133
2181-3187
Xalqaro sudlar tomonidan xalqaro odat huquqiga asoslangan servitut holatlari
ayniqsa suverenitetga daxldor holatlarda murakkab talqin qilinadi. Bunda uzoq yillik
amaliyot, tomonlarning ruxsati yoki e'tirozi yo‘qligi, tinchlik shartnomalari va xalqaro
tashkilotlar qarorlaridagi yondashuvlar asosiy dalil sifatida e’tirof etiladi. Bunday
yondashuv AQSH va Meksika o‘rtasidagi Rio Grande daryosi bo‘yicha tuzilgan
bitimlarda ham o‘z aksini topgan.
Xalqaro sudlar va arbitrajlar bunday huquqiy munosabatlarni ko‘p hollarda
davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlar yoki urf-odat huquqiga asoslangan tarzda ko‘rib
chiqadi. Eng muhim masalalardan biri bu – davlat suvereniteti va xalqaro majburiyatlar
o‘rtasidagi
nozik
muvozanatni
ta'minlashdir.
Masalan, Janubiy-G‘arbiy Afrika bo‘yicha Xalqaro Sud qarorida (Namibiya masalasi)
BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan belgilangan xalqaro majburiyatlarga zid
ravishda hududni boshqarishda davom etgan davlatning harakatlari ko‘rib chiqildi1.
Corfu Channel (Buyuk Britaniya vs Albaniya) ishida Xalqaro sud Buyuk Britaniyaning
Albaniya suv hududlaridan harbiy kemalar orqali o‘tishini xalqaro odat huquqi
doirasida tahlil qildi2.
Yaqin kelajakda xalqaro servitut instituti transchegaraviy ekologik xavfsizlik,
iqlim inqiroziga qarshi kurash, suv resurslaridan foydalanish va kibermakonda harakat
erkinligini ta’minlashda ham qo‘llanilishi kutilmoqda. Xususan, Arktika va Antarktida
hududlaridagi yangi loyihalar, Yaqin Sharqdagi suv va elektr infratuzilmasi bo‘yicha
ko‘p tomonlama kelishuvlar servitut asosida huquqiy shakllantirilmoqda. Bu
jarayonlarda xalqaro huquqning umumiy tamoyillari, barqaror rivojlanish va ekologik
adolat tushunchalari muhim omilga aylanmoqda.
Servitut institutining xalqaro arbitraj ishlarida tatbiqi
1
International Court of Justice, Legal Consequences for States of the Continued Presence of South Africa in Namibia
(South West Africa), Advisory Opinion, ICJ Reports 1971.
2
International Court of Justice, Corfu Channel Case (United Kingdom v. Albania), ICJ Reports 1949.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
134
2181-3187
Servitut
instituti
bugungi
globallashuv
sharoitida
xalqaro
huquqiy
munosabatlarning ajralmas bo‘g‘iniga aylanmoqda. Xalqaro sudlar amaliyoti bu
institutning shartnomaviy va odat huquqiy asoslari, suverenitet va majburiyatlar
o‘rtasidagi muvozanat, va barqaror hamkorlikni ta'minlovchi vosita sifatida
dolzarbligini tasdiqlaydi. Shu bois xalqaro huquqshunoslar va siyosatchilar ushbu
institutni chuqur o‘rganib, zamonaviy ehtiyojlarga moslashtirilgan yondashuvlar ishlab
chiqishlari zarur.
Xalqaro arbitrajlar ko‘p hollarda investitsiya nizolarini hal qilishda yoki
infratuzilma loyihalari doirasida vujudga keladigan bahslarni ko‘rib chiqadi.
Transchegaraviy gaz quvurlari, elektr tarmoqlari, temiryo‘l infratuzilmasi, suv
resurslari kabi sohalarda davlatlar o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida bir davlat boshqa
davlat hududidan foydalanish huquqini oladi.
Gabčíkovo–Nagymaros loyihasida (Vengriya vs Slovakiya) Xalqaro Sud suv
resurslari ustidan foydalanish, gidrotexnik inshootlar qurilishi va boshqa davlat
hududiga ta’sir ko‘rsatadigan faoliyatlar ustidan nizolarni ko‘rib chiqdi3. Trail Smelter
arbitrajida (AQSH–Kanada) bir davlat hududidagi faoliyat boshqa davlatga zarar
yetkazgan holatda xalqaro huquqiy javobgarlik tartibi belgilanadi⁴.
Xalqaro sudlar ko‘p hollarda servitutni odat huquqi asosida baholaydi. Ya'ni, agar
bir davlat uzoq yillar davomida boshqa davlat hududidan ma’lum maqsadda
foydalangan bo‘lsa va bu holat qarshi taraf tomonidan rad etilmagan bo‘lsa, sud bu
huquqni e’tirof etadi. Bunday yondashuvlar ayniqsa transchegaraviy daryolar, portlar,
quvurlar va aloqa tizimlari borasidagi nizolarda ko‘p uchraydi.
Zamonaviy xalqaro huquqda servitut instituti suverenitet, ekologik xavfsizlik,
mintaqaviy integratsiya va resurslardan adolatli foydalanish tamoyillari bilan
chambarchas bog‘liq. Global muammolar – iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi,
3
International Court
of Justice, Gabčíkovo–
Nagymaros Project (Hungary v. Slovakia), ICJ Reports 1997.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
135
2181-3187
transchegaraviy infratuzilmalar kabi holatlar xalqaro servitut munosabatlarini
kengaytirishni talab qilmoqda.
Xulosa
Xalqaro huquqda servitut instituti davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va huquqiy
muvozanatni ta’minlovchi muhim vosita sifatida qaralmoqda. Xalqaro sudlar va
arbitraj organlari amaliyoti ushbu institutning turli shakllarda qo‘llanilishini
tasdiqlaydi. Shu bilan birga, servitutning suverenitet bilan muvozanatda mavjud
bo‘lishi, unga doir aniq huquqiy asoslar ishlab chiqilishi xalqaro huquqning
barqarorligi va adolatli nizolarni hal qilish jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
“Servitudes.” In: Max Planck Encyclopedia of Public International Law. Oxford Public
International Law, 2011.
American Society of International Law. “The Doctrine of Servitudes in International
Law.” The American Journal of International Law, Vol. 17, No. 4, 1923, pp. 685–700.
Cambridge University Press.
International Court of Justice, Legal Consequences for States of the Continued
Presence of South Africa in Namibia (South West Africa), Advisory Opinion, ICJ
Reports 1971.
International Court of Justice, Corfu Channel Case (United Kingdom v. Albania), ICJ
Reports 1949.
International Court of Justice, Gabčíkovo–Nagymaros Project (Hungary v. Slovakia),
ICJ Reports 1997.
Trail Smelter Arbitration (United States v. Canada), Reports of International Arbitral
Awards, 1941.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
136
2181-3187
Váli, F. A. Servitudes of International Law: A Study of Rights in Foreign Territory.
The Johns Hopkins Press, 1958.
Dixon, M. Textbook on International Law. 7th Edition. Oxford University Press, 2013.
United Nations. International Law Handbook. New York: United Nations, 2017.
https://legal.un.org/avl/studymaterials/handbook/english/book_1.pdf
Jennings, R., & Watts, A. (Eds.). Oppenheim's International Law, Vol. 1: Peace. 9th
Edition. Oxford University Press, 2008.
Brownlie, I. Principles of Public International Law. 8th Edition. Oxford University
Press, 2012.