Авторы

  • Olimov Firdavs Zoxidjon o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125367

Ключевые слова:

O’zbekiston Respublikasi Turkiya Indoneziya amnistiya afv qonunchilik jinoyat asos insonparvarlik adolat

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida amnistiya va afv institutlarining huquqiy asoslari, ahamiyati, ularning o‘zaro farqlari, yuridik oqibatlari hamda bir nechta chet davlatlar qonunchiligida mazkur institutlarning qo’llanilishi, tartibga solinishi batafsil tahlil etiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

122

2181-3187

“AMNISTIYA VA AFV INSTITUTLARINING NAZARIY-HUQUQIY

ASOSLARI VA AHAMIYATI”

Qoraqalpoq davlat universiteti

Yuridika fakulteti talabasi

Olimov Firdavs Zoxidjon o’g’li

Tel:+998915410506

E-mail:olimovfirdavs@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida amnistiya va afv

institutlarining huquqiy asoslari, ahamiyati, ularning o‘zaro farqlari, yuridik oqibatlari

hamda bir nechta chet davlatlar qonunchiligida mazkur institutlarning qo’llanilishi,

tartibga solinishi batafsil tahlil etiladi.

Аннотация:

В данной статье подробно анализируются правовые основы,

значение институтов амнистии и помилования в Республике Узбекистан, их

различия, юридические последствия, а также применение, регулирование этих

институтов в законодательстве нескольких иностранных государств.

Аннотация:

В данной статье подробно анализируются правовые основы,

значение институтов амнистии и помилования в Республике Узбекистан, их

различия, юридические последствия, а также применение, регулирование этих

институтов в законодательстве нескольких иностранных государств.

Kalit so’zlar: O’zbekiston Respublikasi,Turkiya, Indoneziya, amnistiya, afv,

qonunchilik, jinoyat, asos, insonparvarlik, adolat,

Ключевые слова: Республика Узбекистан,Турция, Индонезия, амнистия,

помилование, законодательство, преступление, основание, гуманность,

справедливость.

Keywords: Republic of Uzbekistan, Turkey, Indonesia, amnesty, pardon,

legislation, crime, basis, humanity, justice.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

123

2181-3187

Insoniyat jamiyati tarixida jinoyat va jazo institutlari qatori, jinoyatchilarga

nisbatan kechirimlilik ko‘rsatish, ularni jazodan ozod etish yoki jazoni yengillashtirish

amaliyoti ham doimo mavjud bo‘lib kelgan. Shu nuqtayi nazardan, amnistiya va afv

institutlari jinoyat huquqining muhim institutlaridan biri sifatida shakllangan va

rivojlangan. Ular adolat tamoyilini saqlagan holda, odamiylik, insonparvarlik, ijtimoiy

manfaatlar va davlat siyosatining ma'lum strategik maqsadlariga erishishni ta'minlaydi.

Bizning ana shunday odamiylik, insonparvarlik qadriyatlarimizga asoslangan

siyosatimiz eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini

topgan. Unda kechirishning ikki turi nazarda tutilgan. Oliy hujjatning 109-moddasi 23-

bandiga muvofiq Prezident:

birinchisi

amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish

haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma

kiritadi;

ikkinchisi

O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan

shaxslarni afv etadi.

Xo‘sh, amnistiya nima-yu, afv nima?

Amnistiya akti kechirishning bir ko‘rinishi bo‘lib, Prezidentning taqdimnomasi

asosida Oliy Majlis Senati tomonidan ma’lum bir sanalar munosabati bilan, o‘z

ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra muayyan toifadagi jinoyatlarni sodir etgan muayyan

toifadagi shaxslarni kechirish bo‘lib, davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-

quvvatlanadigan hujjatidir va u sud tartibida qo‘llaniladi

1

.

Afv esa Prezident tomonidan istalgan vaqtda jazo muddatini o‘tayotgan,

qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan

mahkumlarni jazodan ozod etish yoki boshqacha yengillik berish orqali kechirish.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 68-moddasiga binoan, «jinoyat

sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod etilishi mumkin».

Amnistiya akti ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etgan muayyan toifa

shaxslarga nisbatan davlat tominidan ko’rsatiladigan insonparvarlik ifodasi bo’lib,

bundan ko’zlangan maqsad ma’muriy yoki jinoyat-huquqiy ta’sir choralari

1

Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2. Jazo haqida ta’limot. Darslik. 2

-nashr,

to‘ldirilgan va qayta ishlangan. –

T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy

-texnik instituti, 2018.

335 bet


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

124

2181-3187

qo’llamagan holda ularning ahloqan tuzalishi uchun imkoniyat berish yoxud bunday

choralar qo’llanilgan shaxslar holatini yengillashtirishdir.

2

Shunday qilib, «JK 68-, 76-

va 79- moddalariga asosan amnistiya aktini qo‘llashning huquqiy oqibatlari

quyidagilar bo‘lishi mumkin:

– shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi;

– sudlanuvchining asosiy va o‘talmagan qo‘shimcha jazodan ozod qilinishi;

– sudlanuvchining asosiy va o‘talmagan qo‘shimcha jazolari muddatining

qisqartirilishi;

– sudlanuvchini jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish;

– sudlanuvchiga jazoning o‘talmay qolgan qismi yengilroq jazo bilan

almashtirilishi;

– jinoyat sodir etgan shaxsdan muddatidan ilgari sudlanganlikning olib

tashlanishi»

3

Amnistiya akti normativ hujjat bo‘lib, yuridik kuchi muayyan demografik,

ijtimoiy, jinsiy, huquqiy va boshqa xususiyatli shaxslarga nisbatan (masalan, Ikkinchi

jahon urushi ishtirokchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, ayollar, voyaga

yetmagan yoki 60 yoshdan oshganlar va hokazo) yoki muayyan bir turdagi jinoyat

sodir etgan shaxslarga (masalan, ehtiyotsizlik tufayli, iqtisodiy va h.k.) nisbatan

qo‘llaniladi. Ya’ni, amnistiya qo‘llash uchun shartlar aktning o‘zida bo‘ladi va faqat

ularning mavjudligi yoki aksincha yo‘l qo‘ymaydigan vaziyatlarning yo‘qligida

amnistiya u yoki bu shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonuniga muvofiq amnistiya aktini

qo‘llash masalasi, jinoyat protsessi bosqichidan qat’iy nazar, faqat sud tomonidan hal

etiladi.

Sudga, jumladan, quyidagilarni ko‘rib chiqish tegishlidir:

2

O’zbekiston Respubl

ikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-

deksbrdagi “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini

qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi 16

-sonli qarori, 1-bandi

3

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006

-yil 22-

deksbrdagi “Sudlar tomonidan amnisti

ya aktlarini

qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi 16

-sonli qarori, 3-band


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

125

2181-3187

ishni sudga qadar yuritish bosqichida — amnistiya aktiga asosan muayyan

shaxsga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish yoki gumon qilinuvchi,

ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi prokuror iltimosnomasini;

dastlabki eshituv bosqichida — taraflarning jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni

tugatish to‘g‘risidagi iltimosnomasini;

sud muhokamasi bosqichida — amnistiya aktiga asosan sudlanuvchiga nisbatan

jinoyat ishini tugatish yoki jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqarish yoxud

mahkumni jazodan ozod qilish yoinki muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish,

jazoni qisqartirish (kamaytirish) to‘g‘risidagi masalani.

hukmni ijro etish bosqichida — amnistiya aktiga asosan mahkumni jazodan ozod

qilish yoki muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoxud jazoni qisqartirish

(kamaytirish) to‘g‘risidagi prokuror iltimosnomasini.

Jinoyat kodeksi 77-moddasiga muvofiq, agar ayblov hukmi chiqarilgan va unda

shaxsga nisbatan jazo tayinlangan bo‘lsa, shaxs sudlangan hisoblanadi. Biroq qonunga

ko‘ra, shaxsga nisbatan jazo tayinlangan hollarda ham, agar sud JK 69-71-

moddalariga asosan, shuningdek amnistiya aktini qo‘llagan holda hukmda uni ushbu

jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qilgan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan

hisoblanadi.

Shaxsga nisbatan amnistiya aktiga asosan jazo tayinlanmasdan ayblov hukmi

chiqarilgan holda ham u

sudlanmagan

hisoblanadi.

Afv etish esa mahkumni jazodan to‘liq yoki qisman ozod etadigan yoki sud

tomonidan tayinlangan jazoni boshqa yengilroq jazo bilan almashtiradigan yoxud

sudlanganlikni olib tashlaydigan insonparvarlik akti hisoblanadi. Bundan ko’rishimiz

mumkinki, afv amnistiyadan farqli o’laroq faqat jinoiy javobgarlikka tortilganlar va

jazosini o’tayotgan mahkumlarga nisbat qo’llaniladi va bu tartib “O‘zbekiston

Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga

solinadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

126

2181-3187

Afv etish muayyan mahkumga nisbatan individual tartibda amalga oshiriladi

hamda uni oqlaydigan va u tomonidan jinoyat sodir etganlik faktini bartaraf qiladigan

holat hisoblanmaydi

4

.

Afv etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Farmonini qabul qilish orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z ixtiyoriga ko‘ra istalgan mahkumni yoki

jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin. Afv etish O‘zbekiston Respublikasi

sudlari tomonidan hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el

fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

5

Afv etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

-

asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman

ozod qilish;

-

jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish;

-

umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki jazoning

o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish;

-

sudlanganlikni olib tashlash.

Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma mahkum yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs,

shuningdek, qonun hujjatlari bilan afv etish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish huquqi

berilgan shaxs (organ)lar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga

yozma shaklda beriladi. Agar iltimosnoma qonun hujjatlari bilan afv etish to‘g‘risida

iltimosnoma qo‘zg‘atish huquqi berilgan shaxs (organ) tomonidan berilgan bo‘lsa,

mahkumning yozma roziligi olinishi shart.

Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin

quyidagi muddatlarda berilishi mumkin:

a) umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u

tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni

o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik

4

“O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

. 2-band 2-xatboshi

5

“O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom

. 3-band


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

127

2181-3187

uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda

bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa,

tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin;

b) uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u

tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar

jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni

buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan

munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan

taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin;

v) boshqa jazoga hukm etilgan shaxs tomonidan o‘talgan (ijro etilgan) jazo

muddati (hajmi)dan qat’i nazar, g) ilgari amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan

ozod etilgan, shartli hukm qilingan, muddatidan ilgari shartli ravishda, amnistiya akti

va afv etish asosida jazodan ozod qilingan, shuningdek, o‘ziga nisbatan yengilroq jazo

bilan almashtirish qo‘llanilgan hamda yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxs, xuddi

shuningdek, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan u tayinlangan jazo muddatining kamida

uchdan bir qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin.

Amnistiya va afv institutlari turli davlatlarda turlicha qo’llaniladigan

institutlardandir.

Xususan,

Turkiya

Konstitutsiyasining 87-moddasiga ko‘ra, umumiy amnistiya

va maxsus amnistiya e'lon qilish vakolati faqat Turkiya Buyuk Millat Majlisiga

(TBMM) berilgan. Shaxsga nisbatan afv qilish esa Prezident vakolatiga kiradi.

6

Umumiy amnistiyada

shaxs jinoyiy javobgarlikdan ozod qilinadi va sudlanmagan

hisoblanadi. Jinoyat faktining o‘zi tugatiladi va shaxs jinoyat sodir etmagan

hisoblanadi. Jinoyatga oid barcha huquqiy oqibatlar bekor qilinishini nazarda

tutadigan ushbu amnistiya aktini qabul qilish uchun TBMM a'zolarining 3/5 qismi

ovoz berib tasdiqlashi talab qilinadi

7

6

Türkiye Cumhuriyeti Anayasasi. 9.11.1982.

https://www.anayasa.gov.tr

Madde 104

7

Türkiye Cumhuriyeti Anayasasi. 9.11.1982.

https://www.anayasa.gov.tr

Madde 87


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

128

2181-3187

Maxsus amnistiyada

faqat jazoning o‘ziga ta’sir qilinadi; jinoyiy javobgarlikdan

ozod qilinmaydi, faqat jazo boshqasiga o’zgartiriladi yoki yengillashtiriladi

8

.

Turkiya Respublikasi Prezidenti, sog‘lig‘i jiddiy ravishda yomonlashgan

mahkumlarning jazolarini, sog‘liq holatini inobatga olgan holda, afv etishi mumkin.

Afv xususiyatlari:

-

sog‘liq holati bilan bog‘liq asosga tayanadi;

-

individual xususiyatga ega (har bir shaxsga alohida qo‘llaniladi);

-

Adli

Tibbiyot

Instituti

tomonidan

tayyorlangan

tibbiy

ma'lumotnomalarga asoslanadi.

Indoneziya

Konstitutsiyasining 14-moddasiga ko’ra Prezident quyidagi

vakolatlarga ega:

-

mahkumlarni afv (grasi) etadi

-

amnistiya va reabilitatsiya to’g’risida qaror chiqaradi va uni Davlat

parlamenti (Dewan Pervakilan Rakyat) ga taqdim qiladi.

9

Indoneziyada amnistiya parlament tomonidan umumiy va individual ko’rinishda

chiqariladi va u ma’lum bir jinoyatlar uchun jazo va uning huquqiy oqibatlarini bekor

qiladi.

Afv Indoneziya Prezidentining qarori asosida amalga oshiriladi. Afv Shxsni jinoiy

javobgarlikdan to’liq ozod etmaydi. U faqat jazonining muddatini kamaytiradi, jazoni

yengilrog’i bilan almashtiriladi, yoki jazodan ozod qiladi ammo sudlanganlik holati

saqlanib qolinadi.

10

Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki

, amnistiya yoki afv etilganlar o'z uylariga

kirib borar ekan, ularning yaqinlari, ayniqsa, farzandlari ko'zlaridagi cheksiz

quvonchni hech narsaga qiyoslab bo'lmaydi. Aslida, amnistiya va afv etishdan

ko'zlangan maqsad xato qilganni faqat kechirish emas, balki ularning oilalariga ham

ro'shnolik olib kirishdir. Bu chinakam insonparvarlik namunasi, yuksak bag'rikenglik

8

“Ceza ve Güvenlik Tedbirlerinin İnfazı Hakkında” Kanun. Sayi 5275.

https://www.mevzuat.gov.tr

9

Undang-Undang Dasar Negara Repablik Indonesia. 1945.

https://www.mkri.id

Pasal 14

10

Cammack, Mark E. The Indonesian Legal system: Prospects end Problems, Asian-Pacific Law. Policy Journal, 2002


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–4_ Мая –2025

129

2181-3187

ifodasidir. Zero, Amnistiya va afv institutining mohiyatida ham ana shu ulug'vor g'oya

mujassam

Ushbu insonlarning jamiyatda o'z o'rnini topishi uchun qilinayotgan bunday xayrli

ishlar ezgulikning oliy namunasi ekanini ta'kidlash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik milliy

bazasi/

https://lex.uz/docs/-6445145

2.“O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi

Nizom.

2018-yil

8-maydagi

PF-5439-son.

Qonunchilik

milliy

bazasi/

https://lex.uz/mact/-3725214

3. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-deksbrdagi

“Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi 16-

sonli qarori. Qonunchilik milliy bazasi/

https://lex.uz/docs/-1591984

4. Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2.

Jazo haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan. – T.:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 335 bet

5. Türkiye Cumhuriyeti Anayasasi. 9.11.1982.

https://www.anayasa.gov.tr

6.“Ceza ve Güvenlik Tedbirlerinin İnfazı Hakkında” Kanun. Sayi 5275.

https://www.mevzuat.gov.tr

7.

Undang-Undang

Dasar

Negara

Repablik

Indonesia.

1945.

https://www.mkri.id

8. Cammack, Mark E. The Indonesian Legal system: Prospects end Problems,

Asian-Pacific Law. Policy Journal, 2002

9.

www.lex.uz

10.

www.gov.tr

11.

www.mkri.id

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023. Qonunchilik milliy

“O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi

Nizom. 2018-yil 8-maydagi PF-5439-son. Qonunchilik milliy bazasi/

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-deksbrdagi

“Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi 16

sonli qarori. Qonunchilik milliy bazasi/ https://lex.uz/docs/-1591984

Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2.

Jazo haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan. – T.:

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 335 bet

Türkiye Cumhuriyeti Anayasasi. 9.11.1982. https://www.anayasa.gov.tr

“Ceza ve Güvenlik Tedbirlerinin İnfazı Hakkında” Kanun. Sayi 5275.

Undang-Undang

Dasar

Negara

Repablik

Indonesia.

Cammack, Mark E. The Indonesian Legal system: Prospects end Problems,

Asian-Pacific Law. Policy Journal, 2002

www.lex.uz

www.gov.tr

www.mkri.id