ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
130
2181-3187
YOSH RAHBARLARDA STRESSGA BARDOSHLILIKNI
OPTIMALLASHTIRISH USULLARI VA TEXNIKALARI
Аniq vа ijtimоiy fаnlаr universiteti
talabasi
Axrorova Fayoza
ANNOTATSIYA
Maqolada boshqaruvda stress va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan
usullar mohiyati ochib berilgan. Autogen mashqlarni olib borish va stressga
bardoshlilik kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar asoslab
berilgan.
Tayanch sо‘zlar:
stress darajasini optimallashtirish, psixo-emotsional stress
korreksiyasi, stressni oldini olish, stressga qarshi usullar, stressni boshqarish, jismoniy
stressni kamaytirish usullari, stressni biokimyoviy kamaytirish usullari, stressni
kamaytirishning fiziologik usullari, psixologik stressni kamaytirish usullari.
XX asr boshlarida, amerikalik fiziolog U. B. Kennon tashqi ta’sirlarga javoban
tananing fiziologik doimiyligini saqlab qolish qobiliyati sifatida ta’riflanadigan
―gomeostazis‖ tushunchasini terminologiyaga kiritdi. Shu bilan birga sovet fiziologi
I. P. Pavlov organizmning muhitga moslashuvining yaxlitligi va uzluksizligi haqida
fikr bildirdi, tez orada uning gipotezasi eksperimental yо‘l bilan tasdiqlandi[9].
1936 yilda fiziologlarning oldingi tadqiqotlari asosida umumiy moslashuv
sindromi konsepsiyasini birinchi bо‘lib kanadalik fiziolog G. Selye ishlab chiqib,
mashhurlikka erishadi, tez orada ―umumiy moslashuv sindromi‖ atamasi ―stress‖
bilan almashtiriladi [16].Ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni kо‘rsatdiki, rahbarlarning
kasbiy faoliyatida stressga bardoshlilikni о‘rganish bо‘yicha kо‘p tadqiqotlar
tо‘plangan [5]. Lekin shu bilan birga kо‘p mualliflar ushbu psixologik hodisani
о‘rganishda konseptual va metodologik asoslarning murakkabligi, nomuvofiqligi va
kamligini qayd etadilar.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
131
2181-3187
R.Lazarus nazariyasiga kо‘ra, stress fiziologik va psixologik bо‘lishi mumkin,
bunda fiziologik stress tananing gomeostatik jarayonlarida, psixologik stress esa
shaxsning atrofmuhit bilan о‘zaro munosabatlarida ifodalanadi. Keyinchalik
R.Lazarusning g‘oyalari asosida stress turlarini tushunishga zamonaviy yondashuvlar
ishlab chiqildi, bu yondashuvlarda psixologik stress quyidagilarga bо‘linadi [14]:
hissiy (emotsional) stress, axborot stressi, tashkiliy stress.
Diqqatimiz stressning sо‘ngi turi – tashkiliy stressga kо‘proq qaratilgan. Shunday
qilib, Milliy shimoli-g‘arbiy sug‘urta kompaniyasi tomonidan xodimlar о‘rtasida
о‘tkazilgan sо‘rov natijalariga kо‘ra, ularning tо‘rtdan bir qismi hayotlarida stressning
asosiy manbai deb ishni hisoblashlari kо‘rsatilgan, tо‘rtdan uch qismi esa ishdagi stress
ta’sirining intensivligi yil sayin ortib borishini ta’kidlagan [15].
Holat nazoratining eng samarali vositasi – bu ruhiy holatni optimallashtirishning
turli usullari va texnikalaridir.
Hozirgi vaqtda psixoemotsional stressni korreksiyalashning kо‘plab usullari va
texnikalari mavjud bо‘lib, asosiy masala bir tomondan, yosh rahbarlarning individual
xususiyatlariga, boshqa tomondan, ma’lum bir sharoitda mavjud bо‘lgan shu yerda va
shu damdagi real sharoitlarga mos keladiganlarni usul va texnikalarini tanlashdadir.
Kо‘pgina yosh rahbarlar stressni kamaytirish texnikasi haqida bilimlarga ega
bо‘lishlariga qaramasdan, о‘z hayotlarida stressni boshdan kechirishadi. Bilimlar past
samaradorlik bilan tartibsiz qо‘llaniladi, harakatning mexanizmlari va tamoyillari
tizimli va chuqur tarzda anglanilmaydi.
Kasbiy stressga alohida e’tibor (ingl. – ―occupational stress‖) bir qator
sabablarga ega, bu birinchi navbatda, aholining faol qismi orasida nogironlikka olib
keladigan kasalliklar va stress etiologiyasi buzilishi sonining ortishidir [4], bundan
tashqari, ―inson-inson‖ tizimi kasblari [15], xususan rahbarlar uchun xos bо‘lgan
kasbiy zо‘riqish paydo bо‘ladi.
Psixologiyada kasbiy stressning ta’riflaridan biriga kо‘ra, bu – insonning mehnat
faoliyatidagi turli xil stressli vaziyatlarga ruhiy va jismoniy reaksiya shaklida
ifodalangan turli xil fenomendir [30].
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
132
2181-3187
Zamonaviy psixologiyada kо‘plab konsepsiyalar va kasbiy stressning mos
modellari mavjud. Kasbiy stressning kо‘pgina konsepsiyalarining ishlanganlik darajasi
stress reaksiyalarining rivojlanishida ishtirok etadigan vositachilik omillarini yoki
shaxsiy fazilatlarni о‘rganish zaruriyati bilan bog‘liq. Asosiy modellar orasida J.R.
Oldxem va J. Xakmanning mehnatning subyektiv tarkibiy qismlarining addiktiv
modeli, K. Parkesning shaxsiy moderatorlar modeli, R. A. Karasekning mas’uliyat va
nazoratning ikki omilli modeli, Y. Zigristning harakatlar va kuchlarning
nomutanosiblik modeli va boshqalarni ajratib kо‘rsatish mumkin [1].
Shubhasiz, bu fenomenning kо‘plab konsepsiyalari va ta’riflari noaniqlik
taassurotini va hatto ―stress‖ tushunchasining mazmunan xiralashishini keltirib
chiqaradi. Shunday qilib, kasbiy stress mehnat faoliyatidagi qiyin vaziyatlarda inson
hayotidagi о‘zgarishlar bilan bog‘liq faktlar va kuzatishlarni ifodalash uchun ―yorliq‖
vazifasini о‘tovchi psixologiyada keng qо‘llaniladigan atama sifatida paydo bо‘ladi
[9].
Ammo ―stress‖ tushunchasini va kо‘plab psixologik konsepsiyalarni
aniqlashning murakkabligiga qaramasdan, bizning fikrimizcha, yetarlicha konseptual
va empirik jihatdan asoslangan kasbiy stressning ma’lum modellarini tahlil qilish
muhim о‘rin tutadi.
Kasbiy stressni yuzaga keltiruvchi turli omillarni о‘rganishga murojaat qiladigan
bо‘lsak, bizning fikrimizcha, tarkibiy va konseptual tomondan eng mukammal omillar
tasnifini Y.V. Sherbatix taklif etgan. U barcha omillarni obyektiv (xodimning shaxsiy
fazilatlariga kam bog‘liq) va subyektivga (ularning rivojlanishi xodimning shaxsiga
bog‘liq) ajratishni taklif qiladi. Obyektiv omillarga ishlab chiqarish muhitining zararli
xususiyatlari, og‘ir mehnat sharoitlari va xavfli holatlar (favqulodda vaziyatlar) kiradi.
О‘z navbatida, subyektiv omillar ikki guruhga bо‘linadi:
shaxslararo va
shaxsning ichki stresslari.
Birinchi guruh hamkasblar, qо‘lostidagilar va rahbariyat
о‘rtasidagi muloqot bilan ifodalanadi, shuning uchun, masalan, rahbar uchun
qо‘lostidagilarning passivligi, layoqatsizligi, mas’uliyatsizligi va hokazolar stressning
manbaiga aylanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
133
2181-3187
Shaxsning ichki stresslari
kasbiy, shaxsiy xarakterdagi va xodimlarning somatik
kasalliklari bilan bog‘liq bо‘lgan stresslarga
bо‘linadi. Stressning kasbiy sabablari
bilim, kо‘nikma va qobiliyatlar yetishmaganda (kо‘pincha yangi ishchining stressi deb
ataladi), shuningdek, xodim tomonidan amalga oshirilgan say-harakatlar uchun
mukofotlashda adolatsizlik hissi paydo bо‘ladi. Shaxsiy xarakter sabablari о‘ziga past
baho berish, ishonchsizlik, noaniqlikka chidab tura olmaslik va boshqalar, ya’ni
individual va shaxsiy sifatlari bilan bog‘liq. Somatik sog‘liqning yomonlashuvi bilan
bog‘liq sabablarga kelsak, bunga mehnat faoliyati samaradorligini pasaytiruvchi
surunkali va о‘tkir kasalliklarni kiritish mumkin, bu esa ishni yо‘qotish va ish haqining
pasayishi xavfini tug‘diradi [18].
Shunday qilib, dolzarblik nafaqat stressni о‘rganishda ifoda etilgan, balki u bilan
kurashish mexanizmlariga ham e’tibor qaratish lozim, bu insonning fiziologik va
psixologik holatiga stressning salbiy ta’sirini bartaraf etishga imkon beradi.
Bundan tashqari, rahbarlarda eng kо‘p uchraydigan kasalliklar – nevrotik
buzilishlar, nevroz va nevrasteniya bо‘lib, ularda stressni yengishning chekish va
spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kabi noadekvat formalari kuzatilgan [1].
Ilmiy adabiyotlarda rahbarlarda stressni keltirib chiqaruvchi 40 ga yaqin omillar
mavjud bо‘lib, ularning ayrimlari nafaqat kasbiy faoliyat (oiladagi muammolar, yoshga
bog‘liq inqirozlar, ichki nizolar va boshqalar) bilan bog‘liq [19].
Shu munosabat bilan, rahbarlarda stressni oldini olish va uni yengishning
muhimligi dolzarb masaladir, uni hal qilish nafaqat stressli vaziyatlarda emotsional
hayajonni pasaytirishga, balki ular orasida psixonevrologik va fiziologik
kasalliklarning paydo bо‘lish xavfini kamaytirishga imkon beradi.
Psixologik adabiyotlarda stressga qarshi ta’sirning quyidagi keng tarqalgan
tasnifini uchratishingiz mumkin (1-rasm).
Stressni kamaytirishning
jismoniy usullarini
kо‘rib chiqadigan bо‘lsak,
hammom va suv muolajalari – bu stressga qarshi kurashishning ajoyib usullaridandir.
Zaruriy dozalarda quyosh vannasi ham asab tizimiga, ruhiy va jismoniy sog‘liqqa
foydali ta’sir kо‘rsatadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
134
2181-3187
Stressni yengillashtiradigan
biokimyoviy usullarga
farmakologik preparatlarni,
dorivor о‘simliklarni, aromaterapiyani qо‘llanilishini kiritish mumkin. Valeriana,
lavanda, limon balzami, tinchlantiruvchi xususiyatga ega hidlar eng mashhur
tekshirilgan vositalardandir. Aromaterapiyadan foydalanganda, hidlarga nisbatan
individual toqatsizlikni hisobga olish kerak.
1-rasm. Stressni neytrallashtirish uslublari tasnifi
Stressni boshqarishning
fiziologik usullari
yurak-qon tomir tizimiga, nafas olish
va mushak tizimlariga ta’sir qiladi. Bularga massaj, akupunktura, jismoniy mashqlar,
mushaklarni bо‘shashtirish, nafas olish texnikalari kiradi. Muntazam jismoniy tarbiya
bilan shug‘ullanish yoshga, jinsiy xususiyatlarga, temperamentga, mavsumga mos
kelishi kerak. Yozda bu kayfiyatni yaxshilaydigan ochiq suvda suzish, quyosh vannasi,
velosipedda uchish, plyajda voleybol о‘ynash, tabiatda sayr qilish, ya’ni gipodinamiya
(organizmning mushaklar faoliyatidagi zaiflashuvi) ni pasaytirish. Jismoniy tarbiya va
sport psixologik stressni oldini olish va korreksiyalashda muhim omil hisoblanadi.
Stressli jarayonlardagi jismoniy faollik stressga javob (qochish yoki kurashish
strategiyasi) reaksiyasi bо‘lib, u genetik jihatdan shartlangandir. Jismoniy tarbiya
mashqlari yangi stimullarga e’tiborni qaratadi va muammoning dolzarbligini
pasaytiradi. Sport yurak-qon tomir tizimi, asab tizimini faollashtiradi hamda immun
Stressni zararsizlantirish
uslublari tasnifi
psixologik
autotrening ,
meditatsiya,
ratsional terapiya
va h.k
fiziologik
massaj,
akupunktura ,
fiziologik
mashqlar va h.k.
bioximik
farmokoterapiya ,
fitoterapiya va h.k.
jismoniy
chiniqish, suv
bilan
bog‘liq
usullar va h.k.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
135
2181-3187
tizimining faolligini oshiradi. Tananing faolligi ijobiy his-tuyg‘ularni, yaxshi
kayfiyatni keltirib chiqaradi. Noqulay sharoitlarning paydo bо‘lishiga qarshilik
kо‘rsatishga umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasining ta’siri haqiqati maxsus
dalillarni talab qilmaydi. Sport bilan shug‘ullanish, turli chiniqtiruvchi texnikalar
stressga qarshi yaxshi samara beradi.
Stress, aysbergning uchi singari, faqat odamning chuqur psixologik muammolari
mavjudligini kо‘rsatadi va stress terapiyasini faqat muammoning alomatlarini yо‘q
qilishdan iborat deb tushunish, yana suzib chiqadigan muz blokining tepasini kesishga
urinishga о‘xshaydi. Shu bilan birga, stress alomatlarini puxta tahlil qilish va
sinchkovlik bilan о‘rganish psixologga inson, uning tamoyillari va ustanovkalari,
boshqalar bilan munosabatlari, о‘tmishi va hatto kelajagi haqida juda kо‘p muhim
ma’lumotlarni berishi mumkin.
Stressga bardoshlilik yosh rahbarga mavjud holatlarning salbiy ta’siridan kelib
chiqqan ichki stressni yengish imkonini beradi.Bu esa oxirgi paytlardagi stressga
bardoshli xulq-atvorni shakllantirish va koping strategiyalari yordamida unga qarshi
kurashish orqali stressni oldini olishning nazariy va amaliy jihatlari dolzarbligini
keltirib chiqardi.
Stressning boshqaruv faoliyatiga kuchli va odatda, salbiy ta’siri bilan kurashish
va uning oldini olish uchun barcha choralar kо‘rishni talab qilmoqda. Amerika, G‘arbiy
Yevropa va Yaponiya kompaniyalari stress bilan kurashish uchun byudjetlaridan
mablag‘ ajratmoqda, ular о‘z maxsus kurslar tashkil etib, xodimlariga jamoaviy
konsultatsiyadan tortib gipnozgacha, meditatsiya, yoga, sport, о‘z-о‘zini ishontirish
kabi usullar yordamida stresga qarshi kurashishni о‘rgatmoqda.
Isroillik olim Muli Laad insonlar stress holati bilan kurashishi mumkin bо‘lgan
oltita kanalni ajratib kо‘rsatgan: Hissiyot (emotsional kanal) – inson о‘z hissiyotlarini
muhokama qilib, yig‘i, hissiyotlarni tavsiflash orqali asabiylashishdan chiqib ketishi
mumikn; 2. Aql (kognitiv kanal) – inson axborot olishga harakat qiladi, reja tuzadi,
vaziyatni tahlil qilib, tushunishga harakat qiladi va о‘z ehtiyojlarining tartibini
о‘rnatadi; 3. E’tiqod – inson dinga murojaat qiladi; 4. Ijtimoiy muhit – inson о‘z
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
136
2181-3187
yaqinlari va dо‘stlarining madadiga tayanadi, ijtimoiy vazifalarni zimmasiga oladi; 5.
Tana – inson jismoniy faollikk, birgalikda harakatga intiladi; 6. Tasavvur – tasavvur,
kulgu, ijod orqali stressga qarshi kurashish. Stressga qarshi kurashishda insonda ushbu
kanallardan qaysi biri ustunlik qilishini aniqlash lozim.
Tashkilotlarda stressni boshqarish uchun quyidagi choralarni kо‘rish tavsiya
etiladi:
✓
monitoring va qulay ijtimoiy – psixologik muhit shakllantirish;
✓
muayyan xodimlarning qobiliyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan
holda tashkiliy tuzilmani optimallashtirish;
✓
karyera (martaba) ni rejalashtirish va xodimlarga ularning istiqbolini
izohlash; xodimlarni tashkilotni boshqarish jarayoniga jalb qilish, jamoaning
tashkilotdagi barcha о‘zgarishlar haqida iloji boricha maksimal va shaffof axborot
olishini ta’minlash va teskari aloqa tizimini yо‘lga qо‘yish;
✓
mehnaatni boyitish;
✓
sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etish;
✓
oliy va о‘rta bо‘g‘indagi boshqaruvchilargi nizolarni boshqarish bо‘yicha
о‘qitish.
Stressning profilaktikasi uchun tavsiya etiladigan vositalardan quyidagilarni
sanab о‘tish mumkin:
1)
О‘z ish kunini ratsionallashtirish;
2)
Ishni imkon boricha rejalashtirish;
3)
Ishni bajarish taktikasini almashtirib turish;
4)
Vakolatlarni uzatish orqali ishni yengillatish;
5)
Ishni uyga olib bormaslik;
6)
Ish vaqtini о‘zi uchun ham, boshqalar uchun ham uzaytirmaslik;
7)
Sport va jismoniy tarbiyaga yetarlicha ahmiyat qaratish;
8)
Yangi qiziqishlarni topish;
9)
О‘z kabinetini tez-tez tark etib turish;
10)
Ishda taffuslar qilish;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
137
2181-3187
11)
Dam olish kunlari faol hordiq chiqarish.
Bu profilaktik tadbirlar insonlarning stressga bardoshliligini oshiradi, ammo
muayyan vaziyatlarda stressdan muvaffaqiyatli chiqishni kafolatlamaydi.
Stressni boshqarishning uch xil yо‘li mavjud: tana orqali, psixika orqali va hayot
orqali.
Tana orqali stressni boshqarish jismoniy faollikni nazarda tutadi. Stressni
boshqarishda eng yaxshi jismoniy amaliyot yoganing turli yо‘nalishlari sanaladi.
Chunki u tana va psixikaga ―yumshoq‖ ta’sir kо‘rsatadi. Gap shundaki, stress –
organizmning turli tizimlaridagi zо‘riqish. Stressda gormonlar – adrenalin, kortizol va
boshqalar darajasi kо‘tariladi, qon bosimi oshadi va katta jismoniy nagruzka aksincha
zarar yetkazib qо‘yishi mumkin. Bundan tashqari yoga bilan shug‘ullanish turli
organlar va tizimlar faoliyatini yaxshilaydi, tana va ruhiy holatning uyg‘unligini
ta’minlaydi, shu sababdan u his-tuyg‘ularni boshqarishda juda kuchli vosita sanaladi.
Shuni alohida ta’kidlab о‘tish kerakki, stress bilan tana orqali kurashishda hamma
uchun universal vosita mavjud emas. Har bir shaxs va uning organizmi о‘ziga xos
bо‘lib, bunda individual yondashuv talab qilinadi.
Stressni kamaytirish strategiyalari:
Kuchli emotsional reaksiyalar (masalan, g‘azablanish) stress tufayli kelib
chiqadigan bezovtalikni yumshatish qobiliyatiga ega. Ammo bulardan tashqari,
stressni yengillashtiradigan zararli va bezarar kо‘plab usullar mavjud. Stressni
yenguvchi sog‘lom usullar qatoriga quyidagilar kiradi:
1)
Yig‘lash og‘riqni yengishga qaratilgan urinishning birinchi bosqichidir.
Yig‘lash taranglikni yо‘qotishga va psixologik noqulaylikdan xalos bо‘lishga yordam
beradi, taranglashgan mushaklarni bо‘shashtiradi, odamning ehtiyojlarini his qilishga
imkon beradi. Shu munosabat bilan, stressni yengillashtirishning ushbu usuliga oid
ba’zi bir gaplarni muhokama qilish о‘rinli: aksar hollarda "Kо‘zyoshlar qayg‘uga
yordam bermaydi!", "Yig‘lama, erkaklar yig‘lamaydilar!" tariqasidagi e’tiqodlar
stressni yengishga xalaqit beradi va sog‘liq bilan bog‘liq muammolarini keltirib
chiqaradi;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
138
2181-3187
2)
jismoniy faoliyat. Yurish, raqsga tushish, tennis, suzish – har qanday
jismoniy mashqlar ham stressni yengillashtiradi;
3)
intensiv mehnat faoliyati. Muntazam uy ishlari – idishlarni yuvish,
kiyimlarni yuvish, devor va eshiklarni bо‘yash, turli xil hunarmandchilik ishlari –
muayyan vazifani bajarishga energiya sarflash orqali stressni yengillashtiradi;
4)
kechinmalarni og‘zaki bayon qilish. Biror kishi о‘zini bezovta qilayotgan
narsani baland ovoz bilan aytganda, og‘zaki sо‘zlarning о‘zi keskinlikning
yо‘qolishiga olib keladi. Mashinada yoki kvartirada, kimsasiz plyajda, о‘rmonda
yolg‘iz о‘tirib, о‘z azob-uqubatlarni baland ovozda aytish tinchlantirishi va hatto
shifobaxsh ta’sirga ham ega bо‘lishi mumkin;
5)
muammoni hal qilish uchun boshqalar bilan hamkorlik qilish. Biror kishi
boshqalarga о‘z muammolari, hissiyotlari va qiyinchiliklari tо‘g‘risida xabar berganda,
ularning ishtirokining о‘zi stressni yengillashtiradi;
6)
hazil-mutoyiba. Vaziyatga boshqa tomondan qarab, uning о‘zi uchun
bema’niligini ta’kidlash kerak. Bunday paytda vaziyat ustidan kuling. Qiyin vaziyatni
unchalik jiddiy bо‘lmagan, hatto ahmoqona sharoitda tasavvur qiling;
7)
xobbi. Yengil adabiyotlarni о‘qish, televizor kо‘rish, о‘yin о‘ynash va
sevimli mashg‘ulotlar psixologik hordiq chiqarish vazifasini bajaradi;
8)
adabiyot. She’riyat, nasr va jurnallarni о‘qish – stressni samarali ravishda
yengillashtiradi;
9)
musiqa.
Qiziqishlaringiz
qanday
bо‘lishiga
qaramay, sevimli
musiqangizni tinglash salbiy his-tuyg‘ularni bartaraf etishga yordam beradi;
10)
dam olish. Ba’zan bir muddat umuman hech narsa qilmaslik foydali
bо‘ladi. Hatto ichingizda hisoblash kabi qisqa tanaffuslar, biron bir harakat qilishdan
oldin chuqur nafas olish о‘z hissiyotlaringizni yengishga yordam beradi;
11)
relaksatsiY. Olimlarning ta’kidlashicha, eng samarali bо‘shashish usullari
meditatsiya, mushaklar bо‘shashishi, autogen mashg‘ulotlar va о‘z-о‘zini gipnoz
qilishdir;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
139
2181-3187
12)
muammolarni hal qilish. Inson tomonidan energiya muammoni tahlil
qilishga yо‘naltirilsa, stress kamayadi, chunki qiyin hayotiy vaziyatning sabablari
haqida tafakkur qilinadi. Inson о‘zi uchun muammoni hal qilishning turli usullarini
kо‘radi, natijada u о‘zini ojiz his qilmaydi.
Odamlar tomonidan ishlatiladigan stressni yengillashtiradigan о‘zо‘ziga zarar
yetkazishga xizmat qiluvchi usullar ham mavjud (chekish, spirtli ichimliklar ichish,
giyohvand moddalarni va kuchli dorilarni qabul qilish, xavfli sarguzashtlarni qidirish,
beparvolik) [20,21].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Bolshakov V.Y. Psixotrening: sotsiodinamika, igri, uprajneniY. – SPb.:
Sotsialno-psixologicheskiy sentr, 1996.
2.
Vasserman L.I., Yerishev O.F., Klubova YE.B. Psixologicheskaya diagnostika
indeksa jiznennogo stilY. – SPb.: SPbNIPNI im. V.M.Bextereva, 2005. S. 50.
3.
Vodopyanova N. YE., Starchenkova YE. S. Sindrom vigoraniY. Diagnostika i
profilaktika: prakticheskoye posobiye. – M.: Yurayt izd. 3-ye, isprav. i dop., 2017. 343
s.
4.
Zayseva T. Teoriya psixologicheskogo treninga. – M.: Rech, 2002.
5.
Zilberman P.B. Emotsionalnaya ustoychivost operatora // Ocherki psixologii
truda operatora. — M., 1974.
6.
Karelin A. Bolshaya ensiklopediya psixologicheskix testov. – M.: Eksmo, 2007.
416 s.
7.
Kirichuk N.A. Trenerskiy sunduchok. – Novosibirsk: In-kvarto, 2001.
8.
Kryukova T.L., Kuftyak YE.V. Oprosnik sposobov sovladaniya (adaptatsiya
metodiki WCQ)// Jurnal prakticheskogo psixologa. – M., 2007.№3. S. 93-112.
9.
Kuznetsova YE.V., Petrovskaya V.G., Ryazanseva S.A. Psixologiya stressa i
emotsionalnogo vigoraniya : ucheb. posob. dlya stud. fakulteta psixologii. / YE,V.
Kuznetsova, V.G. Petrovskaya, S.A. Ryazanseva. - Kuybishev, 2012. - 96 s.
10.
Makshanov S.I., Xryasheva N.Y. Psixogimnastika v treninge. – SPb., 1993.
11.
Marasanov G.I. Sotsialno-psixologicheskiy trening. – M.: Sovershenstvo, 1998.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–2_ Мая –2025
140
2181-3187
12.
Mixeyeva A. V. Stressoustoychivost: k probleme predeleniya// Polilingvialnost
i transkulturniye praktiki. 2010. №2.
13.
Osin YE.V., Leontyev D.A. Diagnostika perejivaniy v professionalnoy
deyatelnosti: validizatsiya metodiki// Organizatsionnaya psixologiY.2017.T.7., №2. S.
30-51.
14.
Prutchenkov
A.S.
Sotsialno-psixologicheskiy
trening
mejlichnostnogo
obsheniY. – M.: Eksmo-Press, 2001.
15.
Rasskazova YE.I., Gordeyeva T.O., Osin YE.N. Koping-strategii v strukture
deyatelnosti i samoregulyatsii: psixometricheskiye xarakteristiki i vozmojnosti
primeneniya metodiki COPE// PsixologiY. Jurnal Visshey shkoli ekonomiki.
2013.№1. S. 82–118.
16.
Selye, G. Stress bez distressa / G. Selye ; obsh. red. YE. M. Krepsa ; predisl.
Y. M. Saarma; per. s angl. A. N. Luka, I. S. Xorola. - Moskva : Progress, 1982. - 126
s.
17.
Sherbatix Y.V. Psixologiya stressa i metodi korreksii. – SPb,: Piter, 2008. 256
s
18.
Leonova A.B., Kapitsa M.S. Metodi subyektivnoy otsenki funksionalnix
sostoyaniy cheloveka // Praktikum po injenernoy psixologii i ergonomike/ pod red.
Y.K. Strelkova. – M., 2003. – S.136-166.
19.
Northwestern National Life Insurance Company (U.S.). Employee burnout :
America's newest epidemic. Minneapolis, MN : Northwestern National Life
Insurance Co., ©1991.
20.
Urazbayeva D., Madaminova D. Psixika va salomatlik. Materiali X
Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy internet-konferensii «Tendensii i perspektivi
razvitiya nauki i obrazovaniya v usloviyax globalizatsii»: Sb. nauch. trudov. ‒
Pereyaslav-Xmelnitskiy, 2016. ‒ Vip. №10. -S. 328-329 21. Urazbayeva D.,
Eshimmetova SH.Stress-psixologik muammo sifatida. ―Boshlang‘ich ta’limning
dolzarb muammolari‖ (Respublika ilmiy amaliy konferensiya dasturi). – Urganch:
UrDU, 2011. – B. 127- 129.