ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
188
2181-3187
MAKTABLAR UCHUN ONLAYN DO‘KON WEB SAHIFASI
Ergashaliyev Kamronbek Nodirbek o‘gli
(Farg‘ona davlat texnika universiteti talabasi)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktablar uchun onlayn do‘kon web sahifasining
ahamiyati, uning afzalliklari, texnologik asoslari va foydalanuvchi tajribasiga e'tibor
qaratilgan. Maktablar uchun onlayn do‘kon yaratish o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-
onalar uchun o‘qish jarayonini osonlashtiruvchi qulay platforma taqdim etadi.
Maqolada onlayn do‘konning afzalliklari, ishlab chiqish uchun kerakli texnologiyalar
va foydalanuvchi tajribasi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Yaratiladigan platforma
yordamida ta'lim muassasalari zarur o‘quv materiallari, kitoblar va jihozlarni tez va
oson tarzda sotib olishlari mumkin. Shuningdek, onlayn do‘konlar maktablarni
modernizatsiya qilishda va ta'limni sifatli tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.
Kalit so‘zlar:
Maktab, onlayn do‘kon, web sahifa, ta'lim, texnologiya,
foydalanuvchi tajribasi, to‘lov tizimlari, internet savdosi, elektron tijorat.
Kirish
Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar ta'lim tizimini yangilashda va unga
yangi imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, onlayn savdo va elektron
tijoratning keng tarqalishi ta'lim muassasalarining ehtiyojlarini samarali ravishda
qondirishga yordam beradi. Maktablar uchun onlayn do‘kon web sahifalari,
o‘quvchilardan tortib, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun qulayliklar yaratib, o‘qish
jarayonini osonlashtirishda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada maktablar uchun
onlayn do‘kon yaratishning afzalliklari, ehtiyojlari va texnologik asoslari haqida so‘z
yuritiladi. Bugungi kunda maktablar uchun zarur bo‘lgan o‘quv materiallari va jihozlar
faqatgina darsliklar bilan cheklanmaydi.
O‘quvchilar uchun sport
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
189
2181-3187
anjomlari, elektron texnika, ofis jihozlari va boshqa ko‘plab mahsulotlar zarur.
Maktablar uchun onlayn do‘konlar aynan shu talablarni qondirishga yordam beradi.
Masalan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar onlayn do‘konda istalgan mahsulotni bir necha
daqiqada topib, uni uylariga buyurtma qilishlari mumkin. Bu nafaqat vaqtni tejashga,
balki mahsulotlarni tez va oson olishga imkon yaratadi.
Onlayn do‘konning eng katta afzalliklaridan biri
– bu qulaylikdir. Maktablar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni do‘kondan xarid qilish
uchun tashrif buyurish shart emas. Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘zlarining shaxsiy
kompyuterlaridan yoki mobil qurilmalaridan foydalanib, kerakli materiallarni tanlab,
bir necha daqiqada xarid qilishlari mumkin. Bu jarayon har doim ishlayotgan vaqtda
amalga oshirilishi mumkin, shuningdek, onlayn do‘konlar 24 soat davomida ishlaydi,
bu esa foydalanuvchilarga o‘zlariga qulay vaqtda xarid qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, onlayn do‘konlar doimiy ravishda yangilab turiladi, ya'ni
yangi mahsulotlar, kitoblar yoki o‘quv materiallari doimiy ravishda qo‘shiladi. Bunday
yangilanishlar o‘quvchilarga o‘z o‘quv dasturlariga mos keladigan eng so‘nggi
resurslarga tezda kirish imkoniyatini yaratadi. Maxsus chegirmalar, takliflar va
aktsiyalar ham foydalanuvchilarga jozibali bo‘ladi, bu esa xaridlarni yanada arzon va
samarali qilish imkoniyatini yaratadi.
Maktablar
uchun onlayn do‘kon web sahifasini yaratish uchun bir qator texnologiyalarni qo‘llash
zarur. Frontend foydalanuvchi interfeysi va backend server tomoni texnologiyalari,
shuningdek, ma'lumotlar bazalari onlayn do‘konning samarali ishlashini ta'minlaydi.
Frontend qismini yaratish uchun HTML, CSS va JavaScript kabi texnologiyalar
ishlatiladi. Bu sahifani foydalanuvchi uchun qulaylik imkon beradi. Foydalanuvchi
interfeysi oddiy va tushunarli bo‘lishi kerak, chunki har bir odam, yoshiga qarab, bu
saytda o‘z ehtiyojlarini topish uchun oddiy va sodda interfeysga ehtiyoj sezadi.
Backend tomoni uchun PHP, Python kabi dasturlash tillari
yordamida ma'lumotlarni qayta ishlash, buyurtmalarni tasdiqlash va to‘lov tizimlarini
integratsiya qilish mumkin. Shuningdek, yetkazib berish xizmatlari orqali
mahsulotlarni foydalanuvchilarga tez va xavfsiz yetkazish imkoniyatlari yaratiladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
190
2181-3187
Onlayn do‘konning muvaffaqiyatli ishlashi uchun foydalanuvchi tajribasi juda
muhim. Sahifaning tez yuklanishi, mobil qurilmalarda ham to‘g‘ri ishlashi, oson
navigatsiya va mahsulotlar haqida to‘liq ma'lumotlarning taqdim etilishi
foydalanuvchilarning ijobiy fikrlarini shakllantiradi. Shu bilan birga, xarid jarayoni
ham sodda va tez bo‘lishi kerak, shunda foydalanuvchilar bir necha bosqichda
mahsulotni tanlab, to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda maktablar uchun onlayn do‘kon web sahifasi nafaqat
o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun qulaylik yaratadi, balki ta'lim tizimini yanada
samarali qilishga yordam beradi. Onlayn do‘konlar orqali o‘quv materiallari, kitoblar,
texnika va boshqa zarur mahsulotlarni sotib olish jarayoni sezilarli darajada
osonlashadi. Texnologiyalarning rivojlanishi, to‘lov tizimlarining yaxshilanishi va
mahsulotlarning keng doirasi maktablar uchun onlayn do‘konlarni samarali ishlashini
ta'minlaydi. Bunday platformalar ta'lim tizimiga yangi imkoniyatlar yaratib,
foydalanuvchilarga o‘z ehtiyojlarini eng tez va qulay tarzda qondirish imkoniyatini
beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
191
2181-3187
1.
Murodullayeva, R.A., Inomjonov, A.E. (2023).
Dasturiy ta'minot vositalari va
ularning
telekommunikatsiya
tarmoqlarida
qo‘llanilishi
.
Interonconf.org.
https://interonconf.org/index.php/rus/article/download/1080/999/985
2.
Sharipov, M. (2021).
Internetda tijorat va e-tijoratning rivojlanish
tendensiyalari
. Tashkent: O‘zbekiston nashriyoti.
3.
Shamamatova, S.J., Murodullayeva, R.A., Sobirova, K.A. (2024).
Axborot
xavfsizligi
texnikasi
va
IT
sohasida
sun’iy
intellektning
o‘rni
.
https://kompy.info/mejdunarodnaya-nauchno-tehnicheskaya-konferenciya-
4.
Xolmqulov, R. (2022).
Onlayn do‘konlar va ularning ta'lim tizimiga ta'siri
.
Tashkent: UzTeh.
5.
Murodullayeva, R. A. (2024).
AutoPlay Media Studio yordamida interaktiv
elektron darsliklarni yaratish va ta'lim jarayonida qo‘llash
. Toshkent: Ta'lim va
texnologiya.
6.
Murodullayeva, R.A., Ro‘zaliyev, M.X., Shamamatova, S.J. (2024).
Ta’lim
sohasida onlayn konferensiya va vebinarlarni tashkil etish
. TADQIQOTLAR.UZ,
37(5),
168–171.
https://tadqiqotlar.uz/new/article/view/2977
7.
Murodullayeva R.A. (2024).
Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt:
ijtimoiy sohalarda innovatsiyalar
. “Ilm va taraqqiyot yo‘lida” ilmiy jurnali, №3, 28–
34.