Авторы

  • Turdialiyeva Otikaxon Umidjon qizi
  • Bozorboyeva Barnoxon Farxodjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125596

Ключевые слова:

soliq imtiyozlari soliq konsepsiyasi soliq tizimi jismoniy va yuridik shaxslar pensiya jamg’armasi sug’urta badallar.

Аннотация

Bugungi maqolada O’zbekistonda soliq islohotlari amalga oshirilishi,soliq tizimidagi o’zgarishlar va natijalar, soliq turlari, ularning miqdori, hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tadbiq etilishi haqida bilib olamiz.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

127

2181-3187

SOLIQ TIZIMINING MUAMMOLARI VA ULARNI HAL QILISHNING

MUMKIN BOʻLGAN ISTIQBOLLARI,

TIZIMDAGI SO’NGGI YILLARDAGI O’ZGARISHLAR.

Turdialiyeva Otikaxon Umidjon qizi

Bozorboyeva Barnoxon Farxodjon qizi

Farg’ona Davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti

Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi

3-kurs talabasi.

Ilmiy rahbar: G’oziyev Murodjon Shokiraliyevich

Annotatsiya:

Bugungi maqolada O’zbekistonda soliq islohotlari amalga

oshirilishi,soliq tizimidagi o’zgarishlar va natijalar, soliq turlari, ularning miqdori,

hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tadbiq etilishi haqida bilib olamiz.

Kalit so’zlar:

soliq imtiyozlari, soliq konsepsiyasi, soliq tizimi, jismoniy va

yuridik shaxslar, pensiya jamg’armasi, sug’urta badallar.

Abstract:

In today's article, we will learn about the implementation of tax reforms

in Uzbekistan, changes and results in the tax system, types of taxes, their amounts, and

their application to individuals and legal entities.

Keywords:

tax benefits, tax concept, tax system, individuals and legal entities,

pension fund, insurance contributions.

Soliq tizimi davlatning moliyaviy bazasini shakllantiruvchi, iqtisodiy o‘sishni

rag‘batlantiruvchi va ijtimoiy adolatni ta’minlovchi asosiy vositadir. Davlatlarning

soliq siyosati soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlarini, shuningdek soliq

organlarining vakolatlarini belgilaydi. O‘zbekiston soliq tizimi so‘nggi yillarda tubdan

islohot qilinmoqda, bu jarayon qonunchilikning xalqaro standartlarga moslashtirilishi,

raqamli

texnologiyalarning

joriy

etilishi

va

soliq

imtiyozlarining

differensiallashtirilishi orqali amalga oshirilmoqda.

Barcha

mamlakatlar

iqtisodiyotini

rivojlanishida

soliqlar

byudjet

daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlar davlat tomonidan belgilangan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

128

2181-3187

majburiy to’lovlar bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Davlat

umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida jamg’armalar tashkil etilishi mumkin

bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar

belgilanadi. Hozirgi davrda respublikamizda quyidagi soliqlar –foyda solig’i, daromad

solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun

soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk

solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i,

transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan

soliqlar amal qilmoqda. Soliqlardan tashqari majburiy to’lovlar – ijtimoiy

jamg’armalarga majburiy to’lovlar (yagona ijtimoiy to’lov, Pensiya jamg’armasiga

sug’urta badallari va majburiy ajratmalar), Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy

to’lovlar (majburiy ajratmalar va yig’imlar), davlat boji, bojxona to’lovlari, ayrim

turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish

huquqi uchun yig’imlar ham amal qiladi.Jamiyat rivojlana boshlagan sari soliq tizimi

ham rivojlanib, takomillashtirilib boriladi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida

O’zbekistonning soliq siyosatining muhim strategik yo’nalishlari sifatida soliq yukini

kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq

ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni

kengaytirish kabi muhim masalalar belgilab olingan bo’lib, bular iqtisodiyotni tezkor

rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning

muhim shartlari sifatida belgilab olindi.

Hozirgi kunda respublikamizda mavjud yuridik shaxslarning faqatgina 3 foizi

qo’shimcha qiymat solig’ini to’laydigan tadbirkorlar hisoblanadi. Bu, o’z navbatida,

qo’shimcha qiymat solig’ining iqtisodiyotdagi ko’rsatkichi qisqartirilishiga, ishlab

chiqaruvchidan tortib sotib oluvchigacha bo’lgan uzviylik yo’qolishiga olib kelayotgan

edi. Chunki qolgan 97 fozi yuridik shaxslar, tadbirkorlar, biznes vakillari yagona soliq

tizimiga o’tib ketgandi. Agar bunga iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak, bu yalpi ichki


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

129

2181-3187

mahsulotning ham qisqargan holda ko’rsatilishiga va soliq to’lanadigan bazaning

kamayishiga olib keladi.

2021-yil uchun soliq imtiyozlari summasi 42,1 trln soʻmni, jumladan, Soliq

kodeksiga muvofiq 33 trln soʻmni (78,4%) tashkil etdi. Soliq imtiyozlarining umumiy

hajmida QQS ulushiga 35,7 trln soʻm, shu jumladan QQS boʻyicha nol darajali stavka

(eksport, хalqaro tashishlar, qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish) - 15,3 trln soʻm

toʻgʻri keladi. Soliq kodeksiga muvofiq QQS boʻyicha imtiyozlarni tijorat banklari

moliyaviy хizmatlar boʻyicha, sugʻurta tashkilotlari - sugʻurta хizmatlari boʻyicha

qoʻllaydi. 2021 yilda mazkur institutlarga berilgan imtiyozlar summasi 9,1 trln soʻmni

tashkil etdi. Quyidagilar taklif etilmoqda:

- tovarlarni (ishlarni) eksport qilishda taqdim etiladigan imtiyozlarni imtiyozlar

roʻyхatidan chiqarib tashlash. Ya’ni, bu istisnolar saqlanib qoladi va imtiyozlar

hisoblanmaydi;

- qonuniylashtirish - imtiyozlar hukumat qarorlari bilan faqat foyda soligʻi va

bojхona boji boʻyicha va faqat tegishli stavkalarni kamaytirish boʻyicha berilishi

mumkin.

O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligi o‘zining budjetnomasida

2024−2026-yillarga

mo‘ljallangan

soliq

va bojxona

siyosatining

asosiy

yo‘nalishlarini taqdim qildi.

2024-yil uchun daromad solig‘i (15 foiz, ayrim toifalar uchun — 20 foiz),

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), ijtimoiy soliq (budjet

tashkilotlari — 25 foiz, boshqalar — 12 foiz), aylanmadan olinadigan soliq stavkalari

(4 foiz), shuningdek, avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi

va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlar stavkalarining miqdorlari va alkogol

mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar saqlanib qolinadi. Bundan

tashqari, QQS (12%), mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i (10%), qishloq

xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘i (0,95%), yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i

(1,5%) stavkalari ham o‘zgarmaydi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

130

2181-3187

2024-yildan boshlab mol-mulk solig‘i stavkalari va jismoniy shaxslar uchun

yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 12 foizga oshiriladi. 2018-yilda, keyingi

yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq summasi

2023-yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin

emas.

Kelgusi yildan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda

soliq solinadigan bazani belgilashda noturarjoy mulklari ham hisobga olinadi

va yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliqni hisoblashda eng kam miqdordan

foydalangan holda soliq solish tartibi joriy etiladi. 2025-yilning 1-yanvaridan 2028-

yilning 1-yanvarigacha ayrim ijtimoiy shartlarni bajaruvchi tikuv, poyabzal va charm-

attorlik sanoati korxonalari uchun foyda soligʼi va oʼzlarining xodimlari uchun

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi stavkalari 1 foiz etib belgilandi.

Birinchi navbatda gap soliqqa tortishning soddalashtirilgan va umumiy tartibi

orasidagi juda katta farq haqida ketmoqda (ya'ni kichik va yirik korxonalar orasida).

Bir tartibdan ikkinchisiga o‘tganda soliq yuki bir necha marta oshib ketishi mumkin.

Bu esa biznesning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi va milliy ishlab chiqaruvchilarning

raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini keskin pasaytiradi.

Shundan kelib chiqqan holda, soliq yukini keskin qisqartirish va soliqqa

tortishning umumiy tartibidagi qoidalarni soddalashtirish nazarda tutildi, jumladan:

- mehnatga haq to‘lash fondi soliqlari qisqartirildi (yuqoriga qarang);

- umumiy tartibdagi korxonalar uchun davlatning maqsadli jamg‘armalariga

majburiy ajratmalar bekor qilindi (tushumdan 3,2%);

- yuridik shaxslarning foyda solig‘i miqdori 14% dan 12% ga pasaytirildi (tijorat

banklari uchun – 22% dan 20% ga, uyali aloqa kompaniyalari uchun 14% dan 20% ga

oshdi va rentabellikning ma'lum darajasidan o‘tganda to‘lanadigan soliq bekor qilindi,

sement va polietilen granula ishlab chiqaruvchilar uchun 14% dan 20% ga oshirildi);

- dividend solig‘i 10% dan 5% ga pasaytirildi;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

131

2181-3187

- yuridik shaxslarning mulk solig‘i stavkasi 5% dan 2% ga pasaydi, shuningdek,

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning barcha yuridik shaxslar tomonidan

to‘lanishi shartligi joriy qilindi;

Soliqqa tortishning yangi tizimiga o‘tishdagi biz duch kelayotgan ko‘plab

muammolar aynan QQS stavkasini pasaytirishni istamaslik bilan bog‘liq. Umid

qilamizki, bu qaror soliq islohotlari ildiziga bolta urmaydi.

QQS stavkasini pasaytirish o‘rniga soddalashtirilgan QQS tizimi joriy

qilinmoqda. Menimcha, bu soliq islohotini amalga oshirish jarayonini sekinlashtiradi

va qiyinlashtiradi, chunki, bu soliqni to‘lashda to‘laqonli hisobga olishni amalga

oshirish imkoniyatini bermaydi. Soddalashtirilgan QQS tizimiga o‘tish imkoniyati

yillik aylanmasi 3 milliardgacha bo‘lgan korxonalar uchun mavjud va bu rejimda 2021-

yil 1-yanvargacha bo‘lish mumkin.

Bu tartibning asosiy xususiyati soliq stavkasini pastligi, shuningdek, xarid

qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha QQS summasini hisobga olish

imkoniyatining yo‘qligidir. Bunda to‘langan QQS mahsulotni sotib oluvchi standart

QQS to‘lovchi tomonidan hisobga olinishi mumkin.

Afsuski, prezidentning iyun oyidagi qarorida ko‘rsatilgan ba'zi vazifalarni

bajarish qaysidir ma'noda barbod qilingan.

1. Soliq kodeksining yangi talqini ishlab chiqilmagan. Vaholanki, buni amalga

oshirish uchun yarim yil vaqt bor edi. Dekabr oyida kodeksga kiritilayotgan

o‘zgarishlar yangi soliq tizimini joriy qilishdagi ko‘plab muammolarni hal qilmaydi.

Bu islohotlarga berilgan katta zarba.

2. O‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga taalluqli QQS bilan

bog‘liq muammo hal qilinmagan. Muammoning mohiyati shundaki, agrar korxonalar

QQS to‘lamaydi, natijada, ularning mahsulotini xarid qiluvchi va qayta ishlovchi

umumiy ovqatlanish va savdo korxonalari qo‘shilgan qiymatni yaratuvchi zanjirning

ishtirokchisi sifatida uni hisobga ololmaydi. Natijada, bu korxonalarning soliq yuki

ortadi. O‘z navbatida, bu muammoni hal qilish uchun yaxshi variantlar bor edi, ammo,

ular e'tiborga olinmadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

132

2181-3187

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tub

dan o’zgartirildi, xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi

yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy

tanazzul davridan o’tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi,

iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy

mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida

ko’p

ukladli

iqtisodiyot

shakllandi.

Eng

muhimi,

odamlarimizning

tafakkuri, hayotga bo’lgan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Turmush darajasi,

oilasining farovonligi o‘ziga bog‘liq ekanligini tushunib yetayotgan odamlar

tobora ko‘payib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Lex.uz sayti

2.

30.12.2019 O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.

3.

https://renessans-edu.uz

4.

https://www.norma.uz

Библиографические ссылки

Lex.uz sayti

12.2019 O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.