Авторы

  • Usmonova Mohidil Mardon qizi
  • Ibragimov Jahongir Toshniyozovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125598

Ключевые слова:

Reabilitatsiya psixososial qo‘llab-quvvatlash psixologik farovonlik «Saxovat» va «Muruvvat» uylariga keksalarga nisbatan yuksak hurmat.

Аннотация

Mazkur maqolada Kekasalar bilan ishlashda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar va texnalogiyalarni ishlab chiqish, ularni amalyotga tatbiq qilish masalalari haqida so’z boradi. Shuningdek keksalik davrida uchraydigan ijtimoiy, psixologik va jismoniy 
muammolarni aniqlash, baholash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy chora tadbirlar va chet el tajribalari haqida  atroflicha fikr yuritilgan .  


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

112

2181-3187

KEKSALAR BILAN ISHLASHDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

YONDASHUVLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Usmonova Mohidil Mardon qizi

Samarqand Davlat universiteti

Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-kurs talabasi

e-mail:

mohidiluralova4@gmail.com

Ilmiy rahbar:

Ibragimov Jahongir Toshniyozovich

SAMDUKF Raqamli texnologiyalar va

iqtisodiyot kafedrasi o’qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Kekasalar bilan ishlashda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar va

texnalogiyalarni ishlab chiqish, ularni amalyotga tatbiq qilish masalalari haqida so’z

boradi. Shuningdek keksalik davrida uchraydigan ijtimoiy, psixologik va jismoniy

muammolarni aniqlash, baholash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy

chora tadbirlar va chet el tajribalari haqida atroflicha fikr yuritilgan .

Kalit so‘zlar:

Reabilitatsiya, psixososial qo‘llab-quvvatlash, psixologik

farovonlik, , «Saxovat» va «Muruvvat» uylariga, keksalarga nisbatan yuksak hurmat.

KIRISH.

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat,

bag’rikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug’ qadriyatlaridan biri

yoshi ulug’ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо’rsatish, ularning kо’p yillik

hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand bо’lish va

duolarini olib yurishdir. Zero, xalqimizning “Keksasi bor uyning farishtasi bor”,

“Qarisi bor uyning –parisi bor”, “Qarilikni donolik bezar” degan hikmatli naqllari bor.

Bu bejiz emas, albatta. Ana shu olijanob qadriyat, fazilat bugun davlatimiz siyosatida


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

113

2181-3187

ham о’z ifodasini topganligidan barchamiz mamnunmiz. Qarish muammosi hozirgi

vaqtda mutlaqo yangi ijtimoiy hodisadir. Ushbu muammoni hal qilishuchun keksalarni

ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va himoya qilish talab etiladi, ularning eng

muhimshakllaridan biri keksalarni ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiya qilishni

amalga oshirishdir. Ijtimoiy ishning samaradorligiga erishish uchun ushbu guruh

odamlarining hayot sifatiniyaxshilaydigan ijtimoiy ishning turli usullari va

texnologiyalarini ishlab chiqish va amalgaoshirish kerak. Keksalar — hayot tajribasi

boy, ammo yosh o‘tgan sari jismoniy va ruhiy jihatdan ko‘proq yordamga muhtoj

bo‘lgan jamiyat qatlamidir. Ijtimoiy ish fanida keksalar bilan ishlash alohida yo‘nalish

sifatida qaraladi. Ijtimoiy ishchi keksa insonlar bilan ishlashda o‘zining kasbiy etikasi,

sabri, empatiyasi va halolligini saqlashi zarur. Islom dini ham har qanday xizmatni

sidqidildan, halol niyat bilan qilishga undaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Keksalik davri odatda inson hayotining yakuniy bosqichi sifatida qaraladi, ammo

zamonaviy psixologiyada bu davr shunchaki pasayish emas, balki shaxsiy o‘sish va

ijtimoiy integratsiya uchun yangi imkoniyatlar bosqichi sifatida baholanmoqda.

Psixologik farovonlikning ijtimoiy determinantlari aynan shu bosqichda eng dolzarb

masalalardan biridirm Psixolog Laura Carstensen tomonidan ishlab chiqilgan

Socioemotional Selectivity Theory (1999) esa keksalarda vaqt hissiyotining o‘zgarishi

natijasida yaqin va mazmunli ijtimoiy aloqalarga e’tibor kuchayishini ta’kidlaydi.

Ya’ni, keksalar asosan hissiy ahamiyatga ega bo‘lgan munosabatlarni ustuvor deb

hisoblaydi. Ijtimoiy faollik (masalan, klub faoliyati, jamiyat ishlarida ishtirok,

ko‘ngillilik) bu ehtiyojni qondiruvchi muhim vosita sifatida maydonga chiqadi.

Germaniyada "Mehribonlik markazlari" (Pflegezentrum) mavjud bo‘lib, tibbiy,

psixologik vamadaniy xizmatlar bir joyda ko‘rsatiladi. Bu markazlar ijtimoiy

moslashuv, faol qarilik va yolg‘izlikni oldini olishga xizmat qiladi.

Rossiya jamiyatini modernizatsiya qilish sharoitida keksa fuqarolarning ijtimoiy

muammolarini hal qilish va yumshatishning eng muhim samarali mexanizmlaridanbiri


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

114

2181-3187

ularning ijtimoiy xizmatlarini tashkil etishdir. Ijtimoiy xizmatlar -bu ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlash, ijtimoiy va tibbiy xizmatlar, psixologik vama’rifiy xizmatlar, ijtimoiy-

huquqiy xizmatlar va moddiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, og‘ir ahvolda bo‘lgan

fuqarolarni ijtimoiy moslashtirishm va reabilitatsiyac qilishni. Yaponiya va Janubiy

Koreyada keksalar uchun robot-assistentlar, raqamli sog‘liq monitoringi vaonlayn

xizmatlar rivojlangan. Masalan, keksa insonning qon bosimi, yurak urishi va harakati

doimiy nazoratda bo‘ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1990 yil 14 dekabrdagi

rezolyutsiyasi bilan e'lon qilingan “1 oktabr - Xalqaro keksalar kuni”ni har yili

mamlakatimizda munosib nishonlash maqsadida oktabr oyining birinchi haftasi

“Keksalar haftaligi” etib belgilandi. Shuningdek, hujjat bilan haftalikni yuqori

saviyada tashkil etish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Vazirlar

mahkamasining yuqoridagi qarorida ushbu “Keksalar maslahati” guruhlari

to‘g‘risidagi namunaviy nizomning tasdiqlanishi keksalarning muammolarini manzilli

o‘rganish va bartaraf etish, keksa avlod vakillariinng boy hayotiy tajribasidan oilalar

va mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirishda keng foydalanish,

ularning yurtimizda kechayotgan jadal islohotlar jarayonida faol ishtirok etishlarini

ta'minlashga xizmat qiladi. “Keksalar maslahati” guruhlarining eng faol a'zolari

muntazam ravishda “Mehnat faxriysi”, “Mo‘tabar ayol” va “Mahalla iftixori” kabi

ko‘krak nishonlariga tavsiya etilishi esa xayrli amallarga kuch va qanot bag‘ishlaydi.

Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qismini, shu jumladan yolg‘iz keksalar,

pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy- muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga

alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2005-yil – «Sihat-salomatlik yili»da 2 mingga

yaqin yolg‘iz nuroniyning uy-joyi ta’mirdan chiqarildi, kam ta’minlangan oilalar va

keksa fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2006-yildagi «2007–2010-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va

nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

115

2181-3187

yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, «Nuroniy»

jamg‘armasi hisobidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga,

faxriylarning davolash maskanlariga, «Saxovat» va «Muruvvat» uylariga dori-darmon

vositalari yetkazib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hududiy bo‘limlari bilan

hamkorlikda nuroniylar to‘liq dispanser ko‘rigidan o‘tkazildi. Toshkent shahrida

faxriylarimizga barcha qulayliklarga ega 150 o‘rinli «Nuroniy» shifoxonasi xizmat

qilmoqda. Viloyat shifoxonalari qoshidagi kasalxonalarda jamg‘armaning viloyat

bo‘limlari hamda mahalliy hokimliklarning amaliy yordami tufayli tashkil etilgan

yolg‘iz keksalar va. Keksalar – hayot yo‘lini bosib o‘tgan, jamiyat taraqqiyotiga ulkan

hissa qo‘shgan, ammo hozirda ko‘proq g‘amxo‘rlik va e’tiborga muhtoj bo‘lgan

ijtimoiy qatlamdir. Ijtimoiy ish sohasi aynan shunday ehtiyojlarga javob beradigan

tizim bo‘lib, u keksalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishni maqsad qiladi. Shu

o‘rinda, ijtimoiy ishchining roli beqiyosdir — u nafaqat moddiy yordam ko‘rsatadi,

balki ma'naviy va axloqiy jihatdan ham keksa insonlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Islom

dini ham keksalarga nisbatan yuksak hurmat, xizmat va sabr-matonatni targ‘ib etadi.

Qur’oni Karim va hadislar keksa insonlarga munosabatda bo‘lishda rahm-shafqat,

ehtirom va mehr-muruvvatni ustuvor qadriyat sifatida ko‘rsatadi. Mazkur maqolada

ijtimoiy ishchining keksalar bilan ishlashdagi asosiy vazifalari va bu faoliyatda diniy-

axloqiy yondashuvlarning o‘rni tahlil qilinadi.

Shaxsiy sirni saqlash (konfidensiallik), Adolat va tenglikka rioya qilish,

Keksaning roziligisiz unga kuchli ta’sir o‘tkazmaslik, Hech qanday kamsitishlarga yo‘l

qo‘ymaslik kabi tamoyillarga amal qilishi kerak. Bu qadriyatlar Qur’oni Karim va

Hadislar asosida shakllangan odob-axloq me’yorlariga ham uyg‘un keladi. Ijtimoiy

ishchilar keksalarga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: Uyga borib xizmat ko‘rsatish

— jismoniy yordam, ovqat pishirish, dori-darmon olib berish; Sog‘liqni saqlash

bo‘yicha yo‘naltirish — poliklinika yoki shifoxonalarga yuborish; Psixologik maslahat

— hayotdan rozi bo‘lish, o‘zini foydali his qilishga yordam berish; Ma’naviy-ma'rifiy


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

116

2181-3187

tadbirlar — Qur’on o‘qish, diniy bayramlar nishonlashda ishtirok; Madaniy hordiq —

teatr, kutubxona, sayohatlar va suhbatlar tashkil etish.

Keksalar bilan ishlash — ijtimoiy ish sohasining eng mas’uliyatli va nozik

yo‘nalishlaridan biridir. Ijtimoiy ishchining vazifasi faqat yordam ko‘rsatish emas,

balki insoniylik, e’tibor va mehr ko‘rsatish orqali keksa insonlarning hayotini

yengillashtirishdan iboratdir. Islom dini bu borada kuchli ma’naviy asos yaratadi:

keksalarga hurmat, xizmat va duolar bilan yondashish buyuriladi. Qur’oni Karim va

hadislar keksalarni ulug‘lash, ularning ko‘nglini ko‘tarish, ularni yolg‘iz

qoldirmaslikni ta’kidlaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Keksalar bilan ishlashda ijtimoiy-psixologik

yondashuvlar ularning hayot sifati va ijtimoiy faolligini saqlab qolishda muhim rol

o‘ynaydi. Keksa yoshga yetgan insonlar ko‘plab psixologik va ijtimoiy o‘zgarishlarga

duch keladilar: sog‘liqning zaiflashuvi, yaqinlaridan ajralish, yolg‘izlik hissi

kuchayishi va ijtimoiy ajralish holatlari shular jumlasidandir. Bunday vaziyatlarda

to‘g‘ri psixologik yordam ko‘rsatish, empatiya asosida muloqot qilish, ularni jamiyat

hayotiga jalb etish, motivatsion dasturlar orqali ijtimoiy moslashuvini ta’minlash katta

ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy psixologik texnologiyalar va metodlar – masalan,

guruhiy terapiya, art-terapiya, musiqiy va muqobil davolash uslublari – keksalar

salomatligi va ruhiy holatini yaxshilashda samarali natijalar bermoqda. Shuningdek,

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali keksalar uchun

masofaviy maslahatlar, onlayn muloqotlar tashkil etish ham ular orasidagi ijtimoiy

aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Taklif sifatida Keksalar bilan ishlaydigan mutaxassislar (ijtimoiy ishchilar,

psixologlar) uchun maxsus malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilishi va Keksalar

uchun mo‘ljallangan psixologik yordam markazlari va ijtimoiy klublar soni oshirilishi

zarur. Shuningdek bu masalada chet el tajribasini oʻrganish ham yaxshi samara beradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

117

2181-3187

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi - (Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son)

2.

Soliyeva N.M., Xodjayev N.X. “Ijtimoiy ishning nazariy va amaliy asoslari.” –

T.: Ijtimoiy fanlar akademiyasi nashriyoti, 2022.

3.

“O‘zbekiston Respublikasining Aholini ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi”

qonuni. – T.: Adliya vazirligi nashriyoti, 2021.

4.

J.B.Jabborov, D.Xolnazarova, Sh.Kenjayev – Keksalar bilan ijtimoiy ish,

Darslik, Toshkent, 2025 yil.

5.

“Психология зрелости и старения” nauchno-prakticheskiy jurnal. № 3 (15),

osen Moskva ” Tsentr Gerontolog ”2001.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi - (Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son)

Soliyeva N.M., Xodjayev N.X. “Ijtimoiy ishning nazariy va amaliy asoslari.” –

T.: Ijtimoiy fanlar akademiyasi nashriyoti, 2022.

“O‘zbekiston Respublikasining Aholini ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi”

qonuni. – T.: Adliya vazirligi nashriyoti, 2021.

J.B.Jabborov, D.Xolnazarova, Sh.Kenjayev – Keksalar bilan ijtimoiy ish,

Darslik, Toshkent, 2025 yil.

“Психология зрелости и старения” nauchno-prakticheskiy jurnal. № 3 (15),

osen Moskva ” Tsentr Gerontolog ”2001.