Авторы

  • Umarkulov Aminjon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125599

Ключевые слова:

ilm bilim dindagi roli hadis

Аннотация

Bu maqolada dunyoviy va islom dini nuqtai nazaridan ilmning o‘rni, uning fazilatlari va musulmon insonning unga bo‘lgan munosabati yoritilgan. Qur’oni Karim oyatlari va Rasululloh(s.av)ning muborak hadislari asosida ilm egalarining Alloh taolo huzuridagi yuksak maqomi, jaholatning oqibatlari hamda ilm orqali erishiladigan dunyo va oxirat saodati haqida. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

105

2181-3187

ILM MA’RIFATGA INTILISH VA UNING FAZILATLARI

Umarkulov Aminjon

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi

Toshkent axborot texnologiyalari

universiteti Samarqand filliali

Annotatsiya:

Bu maqolada dunyoviy va islom dini nuqtai nazaridan ilmning

o‘rni, uning fazilatlari va musulmon insonning unga bo‘lgan munosabati yoritilgan.

Qur’oni Karim oyatlari va Rasululloh(s.av)ning muborak hadislari asosida ilm

egalarining Alloh taolo huzuridagi yuksak maqomi, jaholatning oqibatlari hamda ilm

orqali erishiladigan dunyo va oxirat saodati haqida.

Kalit so’zlar

: ilm, bilim, dindagi roli, hadis

Ilm — aql nuridir. U insonlarni borliqni his etish, voqelikni idrok etish, ma’naviy

va moddiy olamni anglashga, tafakkurini shakllantirishga undaydi. Ilm yashash

chirog‘idir. U insonlarga baxt keltiradi, yorug‘likka chorlaydi, jaholatdan

yiroqlashtiradi. Ziyoli insonlar jamiyatning yetakchilari hisoblanadi. Har bir

mamlakatning, jamiyatning taraqqiyoti u yerda ilmu fanning naqadar rivoj topgani

bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmga va uni o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor o‘sha davlatning

ertangi kunini belgilab beradi.[1]

Islomda ilm juda ulug’lanadi hattoki ilm olish farz deb belgilangan

,

Ilm insonni

bezaydi. Islom dini ilmga katta eʼtibor bergan. Chunki ilim boʻlmasa, namoz, roʻza,

zakot, haj va boshqa amallarni oʻrganish ado etish ham mumkin emas.“Ilm” soʻzi

lugʻatda bir narsani voqealikdagi idrok etishni bildiradi. Islom dinichalik ilmni

ulugʻlangan din, tuzum yoki falsafa yoʻq. Har har bir shaxsga ilm talab qilish faqat

islomda bor xolos. Qurʼoni Karimda ilm va ulamolar eng oliy maqomga qoʻyilgan.[2]

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:

«Ilm talab qilish har bir

muslim uchun farzdir»

, deya marhamat qilganlar. Beshikdan to qabrgacha ilm


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

106

2181-3187

egallashga intilish mo‘min kishining hayot tarzi bo‘lishi kerak. Bilim to‘g‘risida

xalqimizning ham juda ko‘p maqol va iboralari mavjud. Bilim olishning erta-kechi

bo‘lmaydi, deydi dono xalqimiz. “Ilm olish igna bilan quduq qazish”, deb bekorga

ta’kidlamaydi. Ilm cheksiz olam, tubsiz quduqdir. U chek-chegarasiz, uni to‘liq

egallashga umrlar yetmaydi, keragini o‘qish ilm sohibining mahoratiga, tajribasiga,

sabr-toqatiga va albatta ustozu muallimlar ko‘rsatmalariga bog‘liqdir.Ma’rifatga ega

bo‘lmay turib maqtanish bu jaholatdir. Shuning uchun donolar aytadiki, ilm

egarlangan otdir, bilganga do‘st, bilmaganga dushmandir.Ta’kidlash kerakki, tarixda

ham ilmsizlik oqibatida yuzaga kelayotgan barcha munosabatlar nizolarga aylanib,

jamiyatning taraqqiyotiga rahna solgan. Ilmli insonlar yashaydigan, istiqomat

qiladigan, faoliyat yuritadigan makonlar charog‘on hisoblansa, ma’rifatsizlar makoni,

ularning istiqomat manzili zimistondir. Ular ilmli insonlarga hamisha xasad ko‘zi bilan

boqadi, ularni orasiga turli nifoqlar solib, obro‘ va manfaat topishga harakat

qilishadi.Ilmli insonning so‘zi ravon, aniq va tushunarli bo‘ladi, ilmsiz odamda

ishonchsizlik kuchli bo‘lib, nutqida mavhumlik ko‘proq bo‘ladi. Johil kimsa aniq bir

manfaatni ko‘zlab ilm yo‘lida yursa-da, manfaatga erishganidan so‘ng shu ilmga

sodiqlikni yo‘qotadi, ilmning sof fazilatlarini soxtalashtirib, yangi foyda sari

odimlaydi. Bunday insonlardan barcha yiroqda yurishni lozim deb biladi.[1]. Abu

Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va

sallam aytganlar: «Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga

ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga

o‘xshaydi. Ba’zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil

o‘simliklar va ko‘katlarni o‘stiradi. Ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan

o‘zida to‘playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi: odamlar suvdan

ichadilar, hayvonlarini va ekinlarini sug‘oradilar. Ba’zi yer esa tekis bo‘lib, suvni

o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham ko‘kartirmaydi.

Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkin: Bir kishi Alloh ilmini (islomni)

teran


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

107

2181-3187

o‘rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni

o‘zi

o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib, odamlarga

o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham

o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘‘min, ikkinchisi

fosiq, uchinchisi kofirdir»[3.21B] buyerda ilm o’rganmoq va ta’lim haqida. “Ta’lim”

arabcha “allama” fe’lidan olingan Masdar bo’lib. Bir narsaning haqiqatini batafsil va

yaxshilab bildirish ma’nosini anglatadi. Il mesa bir narsani voqealikda qanday bo’lsa,

ishomch ila o’shanday idrok qilishdir. Ilm o’rganish har bir musulmon uchun farz

ekanligini bildik. Anas ibn Molik (r.a) rivoyat qiladi:

“Rasululoh(s.a.v):”Im talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir”dedilar”.

Imom Ahmad va Ibn Mojalar rivoyat qilishgan: Demak , har bir musulmon ilm

talab qilishni o’zi uchun farz deb bilishi kerak.Islomda ilm talab qilish beshikdan to

qabrgacha farz qilingan.Farz Alloh taoloning qat’iy amri bo’lib, uni bajarish har bir

mo’min uchun majburriydir. Farz amalini bajarmagan odam gunoh ish qilgan bo’ladi,

oxuratda iqobga uchraydi. Har bir musulmon uchun o’ziga kerak narsani, hayoti uchun

zaruriy ilmni, dinu dinoyatni, halol-haromni bo’lib olishda zarur bo’lgan barcha

narsani o’rganish farzi ayndir. Har bir nusulmon buishni qilishi shart. Qilmagan odam

gunohkordir. Musulmonlar jamoasi uchun kerakli bo’lgan hunar va ilmlarni talab qilish

esa farzi kifoyadir. Hayotning har bir sohasida yetarli mutaxassislarni tayyorlab

chiqarish Islom jamiyatining barcha a’zolariga farzi kifoya bo’ladi [4].Ilm olingandan

keyin uni fahmlash ham kerak,ilmni fahmlash haqida hadislar ko’ramiz: Mujohid

bunday deganlar: «Ibn Umar bilan Madinaga birga ketdim. Yo‘lda u Rasululloh

sollallohu alayhi va sallam hadislaridan bittasini aytib berdi. U bunday dedi:

«Rasululloh yonlarida edik, xurmo yog‘i keltirib qoldilar. Shunda Rasululloh

sollallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, u musulmonga

o‘xshaydi»,— dedilar. Men: «Xurmo»,— deb aytmoqchi bo‘ldim-u, lekin hammadan

yosh bo‘lganim uchun indamadim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘zlari:

«Bu xurmo daraxtidir»,— deb aytdilar»[3.20B].


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

108

2181-3187

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh aytganlar:

«Tushimda menga bir idishda sut keltirildi, qongunimcha ichdim, hatto tirnoqlarim

ostidan sut chiqqanini ko‘rdim, so‘ng qolganini Umar ibn Xattobga berdim».

Sahobalar so‘radilar: «Yo Rasulalloh, sutni nimaga yo‘ydingiz?» «Ilmga»,— dedilar

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam[3.22B] Ushbu hadisda ilmning fazilati, uni

egallash va undan boshqalarga ulashish naqadar sharafli ish ekani haqida aytiladi.

Ilm olish fazilati haqida Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi:

«

Mo‘minlar

yoppasiga (jangga) chiqishlari

shart

emas. Ularning

har

bir

guruhidan bir toifa chiqmaydimi?! (

Qolganlari Payg‘ambardan

) dinni o‘rganib,

qavmlari ularga (

jangdan

) qaytib kelgach, (

gunohdan

) saqlanishlari uchun ularni

ogohlantirmaydilarmi?!»

(

Tavba surasi, 122-oyat).

Bu oyatdan

ko‘zlangan maqsad – ta’lim berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdir.Alloh taolo aytadi:

Eslang (

Ey Muhammad

!) Alloh ahli kitoblardan, uni (

Tavrot va Injilni

) odamlarga,

albatta, aniq bayon qilasiz, uni (

hech kimdan

) sir tutmaysiz deb ahd olgan edi

” (

Oli

Imron,

187

).

Bu

oyat

ta’lim

berishning

vojibligiga

dalolatdir.

Boshqa oyatda aytiladi:“

Agar (bu haqda) bilmaydigan bo‘lsangiz, ahli zikrlardan

(

ya’ni Tavrot va Injilni biladiganlardan

) so‘rasangiz

!..” (

Nahl, 43

) Payg‘ambarimiz

sollallohu alayhi vasallam ilm olish fazilatini shunday bayon qildilar: “

Kim ilm talab

qilish yo‘lini tutsa, Alloh taolo uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi

” (

Imom Muslim

rivoyati

).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “

Maloikalar tolibi ilmni

qilgan ishidan mamnun bo‘lib unga qanotlarini yozadilar.

(

Imom Ahmad Ibn

Hibbon va Hokimlar rivoyati

). Payg‘ambarimiz

sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “

Ilmdan bir bob o‘rganib tong

ottirishing yuz rakat namoz o‘qishingdan afzaldir

” (

Imomi ibn Abdulbar Abu Zarr

rivoyat etgan

). Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi

vasallam yana aytadilar: “

Kishi ilmdan bir bob o‘rganishi uning uchun dunyo va

undagi narsalardan yaxshiroqdir

” (

Imom ibn Abdul Bar Hasan Basriydan mavquf

holda rivoyat qilgan

). Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

109

2181-3187

aytadilar: “

Ilmni Chinda (Xitoyda) bo‘lsa ham o‘rganinglar

” (

Imom ibn Adiy va

Bayhaqiylar

zaif

isnod

bilan

rivoyat

qilgan

).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “

Ilm – xazina, uning

kaliti

savol.

So‘ranglar,

so‘rashda

4

kishi

savobga

ega

bo‘ladi: savol

beruvchi, javob

beruvchi, eshituvchi, ularni do‘st tutuvchi”

(

Abu

Nu’aym zaif isnod bilan rivoyat qilgan

). Payg‘ambarimiz sollallohu

alayhi vasallam aytadilar: “

Johil bilmaganini so‘ramasligi, olim bilganini

aytmasligi durust emas

” (

Taboroniy, Ibn Murdavayh, ibn Sunniy, Abu Nu’aymlar

rivoyat qilgan

). Abu Zarr rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: «

Nabiy sollallohu

alayhi va sallam: “Olimning majlisida hozir bo‘lish ming rakat namozdan, mingta

kasalni borib ko‘rishdan, mingta janozada ishtirok etishdan afzaldir”, dedilar.

Shunda: “Yo Rasululloh, Qur’on tilovatidan ham yaxshiroqmi?” deb

so‘rashdi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ilm bo‘lmasa,

Qur’on tilovati foyda beradimi?

(

Ibn Javziy “Mavzu’ot”da zikr qilgan

).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “

Kim islomni tiriltirish uchun

ilm o‘rganayotganida vafot etsa jannatda u bilan Payg‘ambarlar orasida bir

daraja qoladi»

(

Doramiy va ibn Sunniy hasan holda rivoyat qilishgan

)

Islom buyuklari ilm o‘rganish fazilatini ko‘p va xo‘b ta’kidlashgan. Ibn

Abbos roziyallohu anhu aytadilar: “

Ilm olishda (qiynaldim), bir oz xorlandim, tilagim

hosil bo‘lgach azizu mukarram bo‘ldim”.

Ibn

Abu Mulayka Ibn Abbos haqida shunday deganlar: “

Chiroyda Ibn Abbosdek

chiroylisini, so‘zlashda tili ravonini, fatvo berishda ilmlisini ko‘rmaganman”.

Abdulloh Ibn Muborak aytadilar: “

Ilm o‘rganmasdan turib ulug‘likka intilgan

kishiga

hayronman”.

Hakimlardan biri aytadi: “

Men ikki kishiga achinganchalik boshqa hech kimga

achinmaganman:

1.

Ilmni tushunmasdan turib o‘rgangan kishiga

2.

Ilmning muhimligini tushunib, uni o‘rganmagan kishiga

[5]


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

110

2181-3187

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam

aytganlar: «Ilmga e’tiborsizlik, johillik, araqxo‘rlik va zinokorlikning ommaviy tus

olmog‘i qiyomat alomatlaridandir».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Men sizlarga bir hadis aytib beray. Mendan

keyin buni sizga hech kim aytib bermaydi. Rasululloh quyidagilar qiyomat

alomatlaridir, deganlar»,— dedilar:

- ilmning susaymog‘i;

- jaholatning kuchaymog‘i;

- zinoning avj olmog‘i;

- xotinlarning ko‘paymog‘i;

- erkaklarning ozaymog‘i. Hatto 50 nafar xotinga 1 nafar erkakning boshchilik (erlik)

qilmog‘i»[3.22B].

UMUMIY XULOSA

Ilm va ma’rifatga intilish — har bir mo‘min-musulmon uchun eng sharafli, eng

muhim yo‘ldir. Islom dini ilmni iymondan ajralmas ne’mat sifatida ulug‘laydi. Qur’oni

Karimda va Rasululloh(s.a.v)ning muborak hadislarida ilm egalarining maqomi ko‘p

marotaba e’tirof etiladi. Ilm – zulmatdan nurga, johillikdan tafakkurga, gumondan

haqiqatga eltuvchi yo‘l bo‘lib, u insonni ham dunyoda, ham oxiratda yuksaltiradi.

Rasululloh(s.a.v)ning:

“Kim ilm izlab yo‘lga chiqsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson

qiladi”

degan so‘zlari bu yo‘lning naqadar ulug‘ ekaniga dalildir.

Foydalanilgan Adabiyotlar

1 Muhammad

ibn

Ahmad

al Beruniy o‘rta mahsus

islom bilim yurti

mudarrisi: Baratov G‘iyosiddin maqolasi

https://muslim.uz/uz/e/post/22598-ilm-saodat-kaliti-ilmsizlik-jaholatdir-

2#:~:text=Ilm%20%E2%80%94%20aql%20nuridir.,'likka%20chorlaydi%2C%20jah

olatdan%20yiroqlashtiradi

.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

111

2181-3187

2.

Mir Arab oliy madrasasi talabasi Rahmonov Abduqayum maqolasi

https://mirarab.uz/ruknlar/1794

3.

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy.Arabchadan Zokirjon Ismoil

tarjimasi.Qomuslar Bosh tahririyati. Toshkent 1991

4.

https://islom.uz/maqola/9544

5. Mirza G‘olib” jome masjid imom noibi Q. K. Salimov maqolasi :

https://www.muslim.uz/uz/e/post/31112-ilm-olish-fazilati-2

Библиографические ссылки

Muhammad ibn Ahmad al Beruniy o‘rta mahsus islom bilim yurti

mudarrisi: Baratov G‘iyosiddin maqolasi

#:~:text=Ilm%20%E2%80%94%20aql%20nuridir.,'likka%20chorlaydi%2C%20jah

olatdan%20yiroqlashtiradi.2. Mir Arab oliy madrasasi talabasi Rahmonov Abduqayum maqolasi

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy.Arabchadan Zokirjon Ismoil

tarjimasi.Qomuslar Bosh tahririyati. Toshkent 1991

Mirza G‘olib” jome masjid imom noibi Q. K. Salimov maqolasi :