ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
47
2181-3187
PEPTIDLARNING INSON ORGANIZMIDAGI FIZIOLOGIK
AHAMIYATI.
Qarshi davlat texnika universiteti
Assistent Xujamova Dilobar Berdiyorovna
Qarshi Davlat texnika universiteti talabasi
Mirzayeva Dilsora Abduxoliqovna
Annotatsiya
: Ushbu maqolada peptidlarning inson organizmidagi fiziologik
ahamiyati yoritilgan. Peptidlar - bu aminokislotalardan tashkil topgan qisqa zanjirli
birikmalar bo‘lib, ular gormonlar, neyropeptidlar va immun modulyatorlar sifatida
muhim biologik funksiyalarni bajaradi. Maqolada peptidlarning sintezi, tasnifi, va
ularning organizmdagi o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, peptidlarning
asosiy turlari, ularning organizmdagi roli va ilm-fan sohasidagi qo‘llanilishini
yoritishga qaratilgan.
Kalit so’zlar:
Peptid, aminokislota, gormon, fiziologik funksiyalar, modda,
neyropeptid, fermentative, kimyoviy.
Физиологическое значение пептидов в организме человека.
Аннотация:
В статье обсуждается физиологическое значение пептидов в
организме человека. Пептиды - это короткоцепочечные соединения, состоящие
из аминокислот, которые выполняют важные биологические функции в качестве
гормонов, нейропептидов и иммуномодуляторов. В статье представлена
информация о синтезе, классификации и роли пептидов в организме. В
частности, его цель - осветить основные типы пептидов, их роль в организме и
их применение в науке.
Ключевые слова:
Пептид, аминокислота, гормон, физиологические
функции, вещество, нейропептид, ферментативный, химический.
Physiological Significance of Peptides in the Human Body.
Abstract:
The article discusses the physiological significance of peptides in the
human div. Peptides are short-chain compounds composed of amino acids that
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
48
2181-3187
perform important biological functions as hormones, neuropeptides, and
immunomodulators. The article provides information on the synthesis, classification,
and role of peptides in the div. In particular, its purpose is to highlight the main types
of peptides, their role in the div, and their application in science.
Keywords:
Peptide, amino acid, hormone, physiological functions, substance,
neuropeptide, enzymatic, chemical.
Kirish
: Peptidlar - bu ikki yoki undan ortiq aminokislota qoldiqlaridan tashkil
topgan, peptid bog‘lari orqali bog‘langan organik birikmalardir. Ular oqsillarga
nisbatan ancha qisqa bo‘lib, tarkibida odatda 2 dan 50 tagacha aminokislota bo‘ladi.
Peptidlar biologik tizimlarda signal uzatish, metabolik jarayonlarni nazorat qilish,
hujayralararo aloqa, immun javob shakllanishi, va gormonlar sifatida faoliyat
yuritishda muhim rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda peptidlarning fiziologik ahamiyatini o‘rganish biologiya, tibbiyot,
farmatsiya va oziq-ovqat sanoati uchun nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Peptidlar tabiiy
va sun’iy yo‘l bilan sintez qilinishi mumkin. Ayniqsa, bioaktiv peptidlar inson
organizmida turli retseptorlarga ta’sir ko‘rsatib, fiziologik jarayonlarga bevosita yoki
bilvosita aralashadi. Masalan, insulin, oksitotsin, vazopressin kabi gormonlar peptid
tabiatiga ega bo‘lib, qon bosimi, qand miqdori va suyuqlik balansini tartibga soladi.
Peptidlar, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari parchalanishidan hosil bo‘lgan
biologik faol komponentlar sifatida inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, ayrim peptidlar antioksidant, antimikrob, gipotenziya va immunomodulyator
xususiyatlarga ega. Ushbu fazilatlar ularni dori vositalari, parhez ozuqalar va biotibbiy
mahsulotlar sifatida qo‘llash imkonini beradi.
Shu jihatdan peptidlarning kimyoviy tuzilishi, fiziologik ta’siri, sintezi va
tibbiyotda qo‘llanilish yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy
ahamiyatga ham egadir.
Asosiy qisim:
Peptidlar kichik molekular massali modda bo‘lib aminokislotalar
qoldig‘idan tashkil topgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
49
2181-3187
Tabiatda peptidlarni 2 turlari mavjud bo‘lib, birinchi turi organizm faoliyatida
sintezlanadi va fiziologik vazifasini bajaradi. Ikkinchi turlari organizmda fermentativ
yoki kimyoviy gidrolizlanish natijasida hosil bo‘ladi.
Fermentatatsiya natijasida peptidlarni hosil bo‘lishi oshqazon ichagida ovqat
tarkibidagi oqsillarni o‘zlashtirilishida hosil bo‘ladi. Bu oshqazonda pepsin, gastriksin
ta'sirida boshlanib va ichakda tripsin, ximotripsin, amino- va karboksipeptidaza
ta'sirida tugallanadi.
Kichik peptidlarni parchalanishi di- va tripeptidaza ta'sirida yuz beradi va erkin
aminokislotalar hosil bo‘ladi. So‘ngra bular organizmda so‘riladi va oqsillarni
sinteziga sarflanadi.
Peptidlarni muhim guruhlari.
Peptidli buferlar.
Insonlarni va hayvonlarni etida dipeptidlardan karnozin va
anserin topilgan. Bu peptid bufer vazifasini bajaradi. Uni miqdori 0,2-0,3% yetadi.
Go‘shtni asosiy ekstratsiyalanuvchi moddasi hisoblanadi.
Peptid-gormonlar.
Gormon - organik tabiatli modda bo‘lib ichki sekretsiya bezlar
hujayrasida sintezlanadi va qon tarkibiga o‘tib organlarni faoliyatini boshqaradi.
Masalan oksitotsin va vazopressin gormonlari 9 ta aminokislota qoldig‘idan iborat
bo‘lib 1 ta disulfit bog‘ bor.
Bu gormonlar organizm muskulaturasini qiskarishini boshqaradi. Qondagi
osmotik bosimni va suv balansini boshqaradi va eslash jarayonini rivojlantiradi.
Gormon melanotropin - bu bir zanjirli peptid bo‘lib soch, ko‘z va teri rangini
shaklanishini tezlashtiradi.
Neyropeptidlar.
50 dan ortiq turi bo‘lib inson va hayvon miyasida uchraydi. Bu
peptidlar og‘riqni kamaytiradi, qo‘rkuv alomatini keltiradi, eslash, o‘rganish
jarayoniga va uyquni boshqaradi.
Vazoaktiv peptidlar.
Bu peptidlar tomir tonusiga ta'sir etadi. Bularga bradikinin,
kallidin va angiotenzin kiradi. Birinchi peptid 9ta, ikkinchisi - 10 ta, uchinchisi - 8ta
aminokislota qoldig‘idan tuzilgan. Angiotenzin, tomirni qisqarishini xususiyatiga ega
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
50
2181-3187
bo‘lib, zardob oqsili antiotenzinni proteolitik fermentlar bilan gidrolizlanishi
natijasida hosil bo‘ladi.
Peptidli toksinlar.
Peptid tabiatli toksinlar mikroorganizmlar, zaharli qo‘ziqorin,
asalari, ilonlar, dengiz malyuskalari va chayon chiqaradi.
Bu toksinlar oziq-mahsulotlarni (sut mahsulotlarni, go‘sht, baliq) saqlashda va
ishlov berishda bo‘ladigan nuqsonlar natijasida hosil bo‘ladi.
Batulin - eng kuchli zaharli modda. Enterotoksinlar - Salmonella va Clostridium
perfringens bakteriyalarni rivojlanishida hosil bo‘ladi. Molekulyar massasi 36 kD.
Tarkibi 19 ta aminokislotadan iborat. Ichak hujayralarini o‘ldiradi.
Zaharli zamburug‘ rangsiz poganka - 10 ta siklik peptiddan tashkil topgan,
molekulyar massasi 1000.
Asal arini zaharli komponentlariga apamin peptidi kiradi. Apamin markaziy nerv
sistemasiga ta'sir etadi. 18 aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan. Dengiz molyuskasi
- konotoksin, 13 aminokislota qoldig‘idan iborat.
Peptidli antibiotiklar.
Bu guruh peptidlarga Bacillus brevis bakteriyasi
sintezlaydigan gramitsidin S siklik antibiotik va Bacillus subtilius bakteriyasi
sintezlaydigan surfaktin sirt-aktiv antibiotik kiradi. Ikkala antibiotik infeksion kasallik
tarqatuvchi streptokokkga va pnevmakokkga qarshi kuchli antibiotik hisoblanadi.
Mog‘or zamburug‘i Penicillium sintezlaydigan antibiotik dipeptid bo‘lib, D-valin va
sisteindan tashkil topgan.
Ta'm beruvchi peptidlar.
Bu guruhni eng muhim birikmalariga shirin va achchiq
peptidlar kiradi.
Shirin ta'm beruvchi peptidga aspartam L-α-aspartil-L-fenilalaninni metilli efiri
hisoblanadi.
Aspartam saxarozaga nisbatan 180 marta shirin. Uzoq muddat saqlanganda va
issiqlik bilan ishlov berilganda uning shirinligi kamayadi.
Achchiq peptidlar pishloq va sut tarkibidagi oqsillarni (α - kazeina va β-kazeina)
sut kislotali bakteriyalarni proteinazalari ta'sirida parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
51
2181-3187
Bu gidrofob birikmalar bo‘lib 2 tadan 8 tagacha aminokislota qoldig‘idan tashkil
topgan. Gidroliz chuqur ketsa achchiq ta'm yo‘qoladi.
Protektorli peptidlar.
Protektorli xususiyatga ega bo‘lgan va keng tarqalgan
birikmaga glutation (γ-glutamilsisteinilglitsin) kiradi.
Glutation hamma hayvonlarda, o‘simliklarda, bakteriyalarda uchraydi, lekin eng
ko‘p miqdorda achitqilarda va bug‘doy murtagida uchraydi. Oksidlanish va qaytarilish
reaksiyasiga kirishib, protektor rolini bajaradi, -SH gruppani oksidlanishdan saqlaydi.
Oksidlovchini o‘ziga oladi. Glutationni oksidlanishi natijasida molekulyararo
disulfid bog‘ hosil bo‘ladi.
Yuqori molekulyar massali (5000 Da yuqori) va ba'zi bir biologik funksiyani
bajaruvchi peptidlar oqsillar deyiladi.
Gormonlar sifatida:
Masalan, insulin va glukagon qonda glyukoza miqdorini
tartibga soluvchi peptid gormonlardir.
Immun tizimdagi roli:
Antimikrobial peptidlar (AMPs) mikroorganizmlarga
qarshi kurashadi.
Hazm qilish jarayonida:
Peptidlar ovqat hazm qilish fermentlarining tarkibiy
qismidir (masalan, gastrin).
Tibbiyotdagi qo‘llanilishi:
Peptidlar asosida ishlab chiqilgan dorilar (misol:
ozempik, buserelin) qandli diabet, saraton, endokrin kasalliklar kabi holatlarda keng
qo‘llaniladi. Shuningdek, peptid terapiyasi sport tibbiyotida va qarishni
sekinlashtirishda ham qo‘llanilmoqda.
Xulosa
: Peptidlar organizmda ko‘plab muhim fiziologik jarayonlarda ishtirok
etadi. Ularning gormonal, neyroregulyator va immun tizimdagi roli ularni biologik faol
modda sifatida ajratib turadi. Kelajakda peptidlar asosida dori vositalarining ishlab
chiqilishi, ularni davolashda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar rõyxati:
1. Voet D., Voet J.G. Biochemistry. Wiley, 2011.
2. Lodish H. et al. Molecular Cell Biology. W.H. Freeman, 2016.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
52
2181-3187
3. Baggerman G. et al. Peptidomics of the human div. Molecular & Cellular
Proteomics, 2005.
4. Langel U. (ed.). Handbook of Cell-Penetrating Peptides. CRC Press, 2006.
5. Uzbek Biological Journal, 2021, №3, "Peptidlarning fiziologik faolligi va ularning
ahamiyati".
6. Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich, Norqobilova Durdona Mahmathakim qizi./
Fermentlarning tirik organizmdagi ahamiyati./ MODERN EDUCATION AND
DEVELOPMENT./
№-24/4_
Aprel
–2025.
7. Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich, Jumayeva Obida Yo’lchiyevna./ Oziq-ovqat
tarkibidagi aminokislotalar va ularning inson organizmidagi ahamiyati./ MODERN
EDUCATION AND DEVELOPMENT./ №-24/4_ Aprel –2025.
8. Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich, Rahimova Parizoda Akbar qizi./ Yog’li
urug’lar tarkibidagi zaharli va mineral moddalar./ MODERN EDUCATION AND
DEVELOPMENT./
№-24/4_
Aprel
–2025.
9. Hamroyev Elmurod Ortiqnazarovich, Tursunova Barno Allayorovna./ O’simlik
yog’larini ishlab chiqarishda ferment texnologiyalarini joriy etish./ MODERN
EDUCATION AND DEVELOPMENT./ №-24/4_ Aprel –2025.