Авторы

  • Axmadjonova Odina
  • Alimqulova Mohinur
  • Azizxonova Robiya
  • Qodirxanova Muhayyo

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125631

Ключевые слова:

estrogen estriol estradiol progesteron preeklampsiya plasenta gonadotrop plasentar perfuziya vazodilyatator.

Аннотация

Preeklampsiya bilan og'rigan ayollarda estrogen darajasining pastligi va progesteron darajasining ko'tarilishi me'yoriy homiladorlik bilan kechayotgan ayollarga nisbatan ko’proq kuzatiladi. Estrogen retseptor alfa (ESR1) orqali ta'sir qiluvchi estrogen bachadon epitelial hujayralarining ko'payishini qo'zg'atsa, progesteron retseptorlari (PGR) orqali ta'sir qiluvchi progesteron estrogeninduferatsiyaga qarshi turish uchun endometriumning epitelial va stromal bo'linmalari o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni tartibga soladi. Estrogen va progesteron signalizatsiyasining buzilishi preeklampsiya, homiladorlik qandli diabeti, erta tug'ilish va takroriy spontan abortlar kabi ayollarning reproduktiv patologiyasiga olib keladi va bu muvaffaqiyatsiz homiladorlikka olib keladi. Kuzatuvlarga ko’ra erta homiladorlik davrida plazma estradiolining pastligi abort xavfining oshishi bilan bog'liq ekan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

384

2181-3187

HOMILADORLIK PATOLOGIYALARIDA ESTROGENNING

DOLZARB ROLI

Axmadjonova Odina,

Alimqulova Mohinur,

Azizxonova Robiya,

Qodirxanova Muhayyo,

"Impuls" Tibbiyot Instituti.

Patologiya va Mikrobiologiya kafedrasi.

axmadjonovaodinaxon97@gmail.com

+998911684505

Abstrakt.

Preeklampsiya bilan og'rigan ayollarda estrogen darajasining pastligi

va progesteron darajasining ko'tarilishi me'yoriy homiladorlik bilan kechayotgan

ayollarga nisbatan ko’proq kuzatiladi. Estrogen retseptor alfa (ESR1) orqali ta'sir

qiluvchi estrogen bachadon epitelial hujayralarining ko'payishini qo'zg'atsa,

progesteron retseptorlari (PGR) orqali ta'sir qiluvchi progesteron estrogen-

induferatsiyaga qarshi turish uchun endometriumning epitelial va stromal bo'linmalari

o'rtasidagi

o'zaro

bog'lanishni

tartibga

soladi.

Estrogen

va

progesteron

signalizatsiyasining buzilishi preeklampsiya, homiladorlik qandli diabeti, erta tug'ilish

va takroriy spontan abortlar kabi ayollarning reproduktiv patologiyasiga olib keladi va

bu muvaffaqiyatsiz homiladorlikka olib keladi. Kuzatuvlarga ko’ra erta homiladorlik

davrida plazma estradiolining pastligi abort xavfining oshishi bilan bog'liq ekan.

Kalit so’zlar

: estrogen, estriol, estradiol, progesteron, preeklampsiya, plasenta,

gonadotrop, plasentar perfuziya, vazodilyatator.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

385

2181-3187

Maqolaning maqsadi

: homiladorlik paytidagi preeklampsiyaga olib keluvchi

holatlarda estrogenning rolini dolzarbligini asoslash.

Tadqiqot obyekti

: tadqiqot 50 nafar homilador ayollarning murojaatiga,

anamneziga, shikoyatiga hamda qon taxlilida plazma estradioli va progesteronni

miqdorini aniqlashga asoslandi.

Kirish.

Estrogen muhim ayol jinsiy gormoni bo'lib, ayol jinsiy tizimida bir nechta

muhim funktsiyalarni ishlab chiqaradi. Uning turli funktsiyalari orasida estradiolning

platsenta perfuziyasini saqlashdagi roli aniqlangan. Darhaqiqat, 1932 yilda o'tkazilgan

juda erta tadqiqot estrogenlarning qon tomir ta'sirini ko'rsatdi va follikulyar estrogen

bachadon

endometriyal

to'qimalarida

vazodilatatsiyaga

olib

kelishi

ko'rsatilgan. Keyingi tadqiqotlar bu topilmani qo'llab-quvvatladi va estrogenlarning

kuchli vazodilatatorlar ekanligini va bir nechta organlarga, shu jumladan bachadonga

qon oqimini oshirishini ko'rsatdi.

Normal homiladorlik davrida onaning plazmasidagi E2 darajasi 367 pM (luteal

faza) dan homiladorlikning oxirida 11 000 dan 37 000 pM gacha asta-sekin o'sib

boradi. Homiladorlikning dastlabki bosqichida estrogenlar asosan sariq tanada

sintezlanadi. Homiladorlikning taxminan 8-9-haftasida gormonal tuxumdondan

platsentaga siljish sodir bo'ladi, natijada platsenta E2 ishlab chiqariladi, gonadotrop

o'qi esa to'mtoq bo'ladi. Keyinchalik sitotrofoblastlar estrogenlarning asosiy manbaiga

aylanadi. STlardan tashqari, platsenta makrofaglari ham platsenta estrogen ishlab

chiqarishga (Hofbauer hujayralari) ozgina bo'lsa ham hissa qo'shishi mumkin.

Bachadon-plasenta-qon tomir funktsiyasini saqlab turishda estrogenning muhim

roli bo'lganligi sababli, estrogen darajasining pasayishi homiladorlik paytida platsenta

perfuziyasini buzishga yordam berishi mumkinligi taxmin qilingan. Haqiqatan ham,

bir nechta klinik tadqiqotlar preeklampsiya paytida estradiol darajasining sezilarli

darajada pasayishini isbotlab berdi. Shunga ko'ra, estrogenning ekzogen qo'llanilishi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

386

2181-3187

hayvonlar modellarida, shuningdek, preeklampsiya bilan og'rigan homilador ayollarda

foydali ta'sir ko'rsatishi ko'rsatilgan.

Estradiol (E2) kabi steroidlar qon tomir endoteliy funktsiyalarini va angiogen va

stress omillarining sintezini modulyatsiya qilishi mumkin. E2 homiladorlik davrida

platsenta tomonidan juda ko'p miqdorda sintezlanadi va angiogenez va

vazodilatatsiyaga yordam beradi. Haqiqatan ham, E2 NO sintezini

va qon tomir

endotelial o'sish omili (VEGF)

va platsenta o'sish omili (PlGF) kabi angiogen omillar

darajasini oshiradi va TNF

-a

makrofag sintezini inhibe qiladi. Oldingi tadqiqotlar past

plazma estrogen darajalari va PE o'rtasidagi bog'liqlik bo'yicha qarama-qarshi

natijalarni ko'rsatgan bo'lsa-da , suyuq xromatografiya (LC) / massa spektrometriyasi

(MS) yoki gaz xromatografiyasi (GC) kabi ishonchli tahlillar bilan o'tkazilgan bir

nechta so'nggi tadqiqotlar. Mass-spektrometriya (MS), preeklamptik ayollarda doimiy

ravishda past plazma E2 darajalari haqida xabar bergan. Oldingi qarama-qarshi

natijalar, ehtimol, radioimmunoassay (RIA) va ferment bilan bog'liq immunosorbent

tahlili (ELISA) kabi E2 tahlillari uchun o'ziga xos bo'lmagan va kamroq sezgir

usullardan foydalanish natijasidir. Mass-spektrometriya LC yoki GC bilan birgalikda

tozalash bosqichlari bilan birgalikda estrogen kontsentratsiyasini aniqlashning

ishonchliligini sezilarli darajada oshirdi.

Dolzarbligi.

Preeklampsiya platsenta gipoksiyasi, uteroplasentar qon oqimining

pasayishi va qon bosimining progressiv ko'tarilishi bilan xarakterlanadigan jarayon.

Preeklampsiyada organ yetishmovchiligi juda tez-tez uchraydi va doimiy gipertenziya

tufayli buyraklar, jigar va o'pkalarning noto'g'ri ishlashni boshlaydi. Gipoksiyaning

rivojlanishi, yallig'lanishning boshlanishi va oksidlovchi stressning kuchayishi

endotelial disfunktsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa platsentaning

perfuziyasini kamaytirishda muhim rol o’ynashi mumkin.

PEning keltirib chiqaruvchi sabablari munozarali masala bo'lib qolsa-da, uning

klinik belgilariga olib keladigan bir qancha patofiziologik mexanizmlar aniqlangan,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

387

2181-3187

jumladan angiogen va antiangiogen omillar o'rtasidagi muvozanat, azot oksidi (NO)

sintezi yetishmovchiligi, tumor nekroz faktor-a (TNF-

a

) ortgan va onaning qon tomir

endotelial funksiyalari buzilgan. PEning klinik belgilari homiladorlikning ikkinchi

qismida yuzaga kelgan bo'lsa-da, preklinik anomaliyalar trofoblast invaziyasi

bosqichida, ayniqsa erta boshlangan PE uchun sodir bo'ladi. PE davrida trofoblast

hujayralarining migratsiyasi va desidua, miyometrium va tomirlarga o’sib kirishi

odatda to'liq bo'lmaydi va natijada angiogenez va trofoblast hujayralari

proliferatsiyasining rivojlanishi buziladi. Ushbu "sayoz invaziya" bachadon qon

oqimining yetarli emasligi tufayli kelib chiqqan platsenta ishemiyasini keltirib

chiqaradi. Keyinchalik, trofoblast qoldiqlarining to'kilishi va onaning qon aylanishiga

antiangiogenik eruvchan fmsga o'xshash tirozin kinaz 1 (sFlt1) ning ortiqcha

sekretsiyasi sodir bo'ladi. Bu gipertenziya va glomerulyar nefropatiyaga olib keladigan

tizimli ona qon tomir endoteliysining disfunksiyasida ishtirok etadi. Ayni paytda,

yallig'lanishga

bog'liq,

ayniqsa,

TNF-

a

va

interleykin-6

orqali

tomir

o'tkazuvchanligini oshirishga olib keladi.

Tadqiqot natijasi va muhokamasi.

Kuzatuv natijalariga asoslansak, homilador

ayollarni murojaatlari asosan bosh og’rig’i, bel va qovuqdagi og’riqlar, qon bosimi

ko’tarilishiga bo’ladi. Bu belgilar esa homilador ayolda gipertenziv holatlar, erta

tug’ish xavfi kabilar rivojlanayotganligidan dalolat. Kichik muddatlarda esa o’z

o’zidan yuz beradigan abortlar va homila rivojlanishdan to’xtashi kabi ko’rsatkichlar

bir muncha ko’p uchramoqda. Shifokor ko’rigiga murojaat qiluvchi homilador

ayollarning 55-60% i belda va qovuqda og’riqlar bo’layotganiga shikoyat qilsalar,

ularning ichidan ko’pincha birinchi bor homilador ayollar bu og’riqlarning davriyligiga

shikoyat qiladilar. Ho’sh bunday hollarda bizning qo’llaydigan asosiy taktikamiz

qanday bo’lishi kerak?

Birinchi navbatda holatni yuzaga keltiradigan asosiy sababni ya’ni, etiologik

omilni qidirishga kirishish lozim. Bunda asosiy nishon “stress, ruhiy zo’riqish”ga

qaratiladi. Ha, albatta, bunda jon bor. Kuchli stress va ruhiy zo’riqishlar ham


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

388

2181-3187

nevrologik yo’l bilan, ham gormonal yo’l bilan silliq muskullar tonusini oshirishi

tufayli gipertenziyani ham, bachadon muskullari tonusini ham sababini oqlaydi. Ammo

bu ayollarning hammasi ham “stress” ostida ekanligini bildirmaydi va so’rab

surishtirish orqali yig’ilgan anamnez buni tasdiqlaydi.

Keying nishon esa TORCH infeksiyasidir. Homila ichi infeksiyasini keltirib

chiqaruvchu bu guruh haqiqatdan ham homilada nuqson yuzaga kelishida,

rivojlanishdan ortda qolishida, muddatidan erta tug’ilishida yoki abort bo’lishida,

onada xorioamnionit rivojlanishida va yana bir qancha asoratlarda rol o’ynashi

mumkinligi aniqlangan, qachonki ona organizmida immunitet bilan bog’liq

muammolar bo’lganida. Chunki gematoplasentar baryer degan qalqon tufayli homila

tomoniga hech qanday “dushman jangchisi” o’tishiga yo’l qo’yilmaydi, hatto u onaga

tegishli bo’lgan biror omil bo’lsa ham (chunki homila va ona o’rtasidagi almashinuv

plasentar bo’shliqda diffuz yo’l bilan amalga oshadi).

Yana bir nishon bu – “qonning qo’yiqlashuvi”. Qon ivish tizimi homiladorlikning

ilk muddatlaridan boshlab mos ravishda o’zgarib boradi, ya’ni plasentar qurilish

paytida moddalar almashinuvi aktiv va kuchli bo’lishi uchun qovushqoqligi biroz past

bo’ladi. Homiladorlikni III trimestrida esa qonning quyuqligi tobora oshib boradi, bu

o’z o’rnida tug’ruq jarayonida ko’p qon ketishini oldini olish uchun katta ahamiyatga

ega. Har ikkala holat ham fiziologik jarayon hisoblanadi. Gipertenziv holatlarda qon

quyuqligi tekshirilganda uning ortgani aniqlanishi mumkin, lekin bu asosiy sabab

emas, balki patalogik (yoki fiziologik) zanjirning bir qismi holos.

Ammo homiladorlikning ilk kunlaridan to tug’ruq sodir bo’lgunga qadar

kechadigan jarayonlarni barini boshqarishda va tartibga solishda ishtirok etuvchi

asosiy omil – estrogen gormoni e’tibordan biroz chetda qoladi. Axir uning

homiladorlikka bachadon o’lchamlarining moslashuvi, spiralsimon arteriyalarning

hosil bo’lishi, yo’ldosh arteriyalarining kengayishi, homila organlarining shakllanishi

kabi jarayonlarda o’ynaydigan roli progesteron bilan birdek muhimku? Unday bo’lsa

nima uchun yuqorida sanab o’tgan belgilar bilan shikoyat qiladigan ayollarga faqatgina


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

389

2181-3187

progesteron preparatlari qo’llash kerak? Jarayon plazma estrogeni miqdori pasayib

ketgani bilan bog’liq bo’lsachi? Tatqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, preeklampsiya

bilan og’rigan ayollar qon taxlili natijalarida plazma estrogeni E2 (estradiol) miqdori

kamaygani, progesteron miqdori esa normada yoki biroz ortiqligi aniqlangan.

Estrogenning past miqdori NO ning miqdorini pasayishiga sezilarli ta’sir qilib

plasentar qon aylanishni buzilishiga olib keladi. NO ning miqdorini ko’paytirish uchun

boshqa bir usuldan, ya’ni L-arginindan foydalanish keng ommalashgan. Ha, bu yaxshi

samara berishi mumkin, lekin organizmga nima yetishmayotgan bo’lsa, aynan shuni

o’rnini to’ldirish muammoni osonroq yechishga yordam bermaydimi?

Xulosa.

Yuqoridagi patologiyalar bilan shikoyat qilgan ayollar bungacha ko’plab

medikamentlarga murojaat qilgan bo’ladi. Ammo ularning hech birining ta’siri uzoq

davom etmayotganligini aytadilar. Bu holatda estrogenni past darajasiga shubha qilib,

qonni gormonal taxlilini o’tkazish va nishonni kerakli nuqtaga urish bilan masalani

bittada yechish mumkin. Estrogenning homila muddatlariga mos ravishda

bachadonning o’lchamlarini o’stirib borishini hisobga olsak, homila ko’tara olmaslik

(homila tashiy olmaslik) holatlariga ham yechim topish mumkin. Shunday ekan,

homiladorlikni ilk muddatlaridan estrogen va progesteron gormonlarini birdek kuzatib

borish va kerakli miqdorni to’ldirish aksar patalogik holatlarni vaqtida oldini olishda

katta yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Hormones During Pregnancy [Online]. Available from:

https://ww

w.hopkinsmedicine.org/health/conditions-and-diseases/staying-healthy-d

uring-pregnancy/hormones-during-pregnancy

.

2. Kodogo, V., Azibani, F., & Sliwa, K. (2019). Role of pregnancy hormones

and hormonal interactions on the maternal cardiovascular system: a

literature review.

Clinical Research in Cardiology 108

; 831-846.

doi:10.1007/s00392-019-01441-x.

3. Napso, T., Yong, H. E. J., Lopez-Tello, J., & Sferruzzi-Perri, A. N. (2018).


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–1_ Мая –2025

390

2181-3187

The Role of Placental Hormones in Mediating Maternal Adaptations to

The Role of Estrogen in Pregnancy

P

Support Pregnancy and Lactation.

Frontiers in Physiology

.

doi:10.3389/fphys.2018.01091.

4. Berkane, N., Liere, P., Oudinet, J.,

et al.

(2017). From Pregnancy to

Preeclampsia: A key Role for Estrogens.

Endocrine Reviews 38

(2); 123-

144.

doi:10.1210/er.2016.1065.

5. Thibeault, A. H., Sanderson, J. T., & Vaillancourt, C. (2019). Serotoninestrogen

interactions: What can we learn from pregnancy?

Biochimie 161

;

88-108.

doi:10.1016/j.biochi.2019.03.023.

6. Choudhury, A. A., & Rajeswari, V. D. (2021).

Gestational diabetes mellitus

– A metabolic and reproductive disorder.

Biomedicine & Pharmacotherapy

143

.

doi:10.1016/j.biopha.2021.112183.

Библиографические ссылки

Hormones During Pregnancy [Online]. Available from: https://ww

w.hopkinsmedicine.org/health/conditions-and-diseases/staying-healthy-d

uring-pregnancy/hormones-during-pregnancy.

Kodogo, V., Azibani, F., & Sliwa, K. (2019). Role of pregnancy hormones

and hormonal interactions on the maternal cardiovascular system: a

literature review. Clinical Research in Cardiology 108; 831-846.

doi:10.1007/s00392-019-01441-x.

Napso, T., Yong, H. E. J., Lopez-Tello, J., & Sferruzzi-Perri, A. N. (2018). The Role of Placental Hormones in Mediating Maternal Adaptations to

The Role of Estrogen in PregnancyP

Support Pregnancy and Lactation. Frontiers in Physiology.

doi:10.3389/fphys.2018.01091.

Berkane, N., Liere, P., Oudinet, J., et al. (2017). From Pregnancy to

Preeclampsia: A key Role for Estrogens. Endocrine Reviews 38(2); 123-

doi:10.1210/er.2016.1065.

Thibeault, A. H., Sanderson, J. T., & Vaillancourt, C. (2019). Serotoninestrogen

interactions: What can we learn from pregnancy? Biochimie 161;

-108. doi:10.1016/j.biochi.2019.03.023.

Choudhury, A. A., & Rajeswari, V. D. (2021). Gestational diabetes mellitus – A metabolic and reproductive disorder. Biomedicine & Pharmacotherapy

doi:10.1016/j.biopha.2021.112183.