ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
345
2181-3187
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OLTIARIQ SANOAT VA TEXNOLOGIYALAR TEXNIKUMI
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HAYOTIDA O‘YINNING
AHAMIYATI
Fargʻona – 2025
Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida
o‘yinning ahamiyati
Umarova Havasxon Isroiljonovna
Oltiariq Sanoat va texnalogiyalar texnikumi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
346
2181-3187
(Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani)
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o‘yinning ahamiyati
haqida fikr yuritiladi. O‘yinlarning turlari va ularni tashkil etish yoritilgan.
Kalit so‘zlar: o‘yin, o‘yinchoqlar, syujetli va roll о‘yinlar, didaktik о‘yinlar,
harakatli yoki qoidali о‘yinlar, aralashtirilgan о‘yinlar, qurish va yasash о‘yinlari
Annotation
This article discusses the importance of play in the lives of preschool children. It
discusses the types of games and their organization
Keywords: games, toys, story and role-playing games, didactic games, action or
rule-based games, mixed games, building and crafting games
Аннотация
В данной статье обсуждается важность игры в жизни детей дошкольного
возраста. Рассматриваются типы игр и их организация.
Ключевые слова: игры, игрушки, сюжетные и ролевые игры, дидактические
игры, игры-действия или игры, основанные на правилах, смешанные игры, игры
по строительству и поделкам
Maktabgacha yosh davrida faoliyatning yetakchi turi - o‘yin faoliyatidir. O‘yin
bola psixikasida sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bu faoliyat asosida keyingi
davrda yetakchilik rolini bajaruvchi o‘qish faoliyatining asoslari quriladi.
O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda bolalarga mansub
bo‘lgan mehnat ham, narsalar haqida fikr yuritish ham, san’at, xayol qilish, dam olish
va xushchaqchaqlik manbalari ham mujassamlangandir. Mana shu jarayonlarning
barchasi o‘yin faoliyatida namoyon bo‘ladi hamda bolalar talab qilayotgan darajadagi
to‘laqonli hayotni ta’min eta oladi. O‘yinning bolalarni maftun etuvchi tomoni ana
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
347
2181-3187
shunda. O‘yin faqat tashqi muhitdagi, narsa va hodisalarni bilish vositasi bo‘libgina
qolmay, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir.
0‘yin
faoliyatini
takomillashtiradigan
sharoitlarni
tadqiq
qilgan
N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, buning uchun
kamida uchta sharoit mavjud bo‘lishi kerak:
a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi xilma-xil taassurotlar
tarkib topishi;
b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining
muhayyoligi;
v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi.
Bunda kattalaming bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal qiluvchi rol
o‘ynaydi.
Bolaning yoshi ulg‘aya borishi bilan o‘yinning muddati ham uzayib boradi.
Mazkur jarayonni tadqiq qilgan A.P.Usovaning ma’lumotiga ko‘ra, 3 -4 yoshli
bolalarning o‘yin faoliyati 10-15 daqiqa, 4 -5 yoshli bolalarning o‘yin faoliyati 40-50
daqiqa, katta maktabgacha yoshidagilaming o‘yin faoliyati bir necha soatgacha
cho‘zilishi mumkin.
Maktabgacha yoshi bolalarni о‘yini xilma-xildir. Ularni о‘yin turlarini asosan
quyidagi klassifikatsiya qilish mumkin.
1) syujetli va rollarga bо‘lib о‘ynaladigan о‘yinlar;
2) Didaktik о‘yinlar;
3) Harakatli yoki qoidali о‘yinlar;
4) Aralashtirilgan о‘yinlar;
5) Qurish va yasash о‘yinlari.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
348
2181-3187
Syujetli va rollarga bо‘lib о‘ynaladigan maktabgacha yoshi bolalarni eng asosiy
о‘yin formasidir.
Masalan: «bog‘cha-bog‘cha», «poyezd-poyezd» kabi qiziqarli bо‘lgan о‘yinlar
о‘ynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning о‘yinlari bir xil bо‘lsa ham syujeti har xil
bо‘ladi. Masalan: kichik guruh bolalari «bog‘cha-bog‘cha» о‘yinini o‘ynar ekan ular
peshinga ovqat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Hamma kesilgan non
qо‘g‘irchoqlarga berilmaydi, pishirilgan ovqat tarelkaga suzilmaydi. Bolalarga sensor
tarbiya berishda didaktik о‘yinlarni roli katta. Didaktik о‘yinlar bog‘chada maxsus
programma asosida olib boriladigan mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli о‘tkazishga
yordam, katta guruh bolalarini maktabdagi о‘qish faoliyatiga katta yordam beradi.
Maktabgacha yoshi davrida bolalar о‘yinlari ichida harakatli yoki qoidali о‘yinlar
ham muhimdir. Chunki harakli о‘yinlar bolalarni jismoniy jihatdan chiniqtiradi, ularni
dadil, qо‘rqmas, epchil bо‘lishga undaydi.
Bolalarga tashabbuskorlik, kollektivizm, burch xislarini ustiradi. Bunga «Kim
birinchi», «koptok», «oq quyoncha» о‘tiribdi «yetib ol» о‘yinlari kiradi.
Harakatli о‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida о‘tkaziladi.
Drammalashtirilgan о‘yinlarni ham bolalar sevib o‘ynaydilar. Bu о‘yinlar turli xil ertak
va hikoyalar sahnaga qo‘yiladi, rollarni esa bevosita bolalarni о‘zlari ijro etadilar.
Masalan: «Qizil shapkacha», «Sholg‘om» drammali о‘yinlar bolalarni nutqi xayol va
qobiliyatlarini tarkib toptiradi. Maktabgacha yoshi bolalari о‘yinlari orasida qurish,
yasash о‘yinlari hammaga ma’lum bir maqsadga qaratilgan bо‘ladi.
О‘yin faoliyati bolalarni individual ravishda о‘rganish imkonini beradi. Ayrim
bolalar jamoa bо‘lib о‘ynashni yoqtiradilar bu psixologik bolani umumiy taraqqiyotiga
ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyachilar jamoa о‘yinlarga tortishlari kerak. Bu
yoshdagi bolalar о‘yinlari quyidagi psixologik xususiyatga ega.
1) Bolalar о‘yinlari mazmuni xaddan tashqari boyligidadir. Bolalar hayotining
sermazmunligi buning asosiy sababidir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
349
2181-3187
2) Bolarlar о‘yinlarini doimo jamoa tusda ekanligi.
3)
Xususiyat
о‘yin jarayonida vatanparvarlik tuyg‘ularini namoyon
bo‘lganligidadir. О‘rta va katta maktabgacha yoshidagi bolalar О‘zbekistonning
poytaxtini juda yaxshi biladilar va uni sevadilar, shu tufayli о‘yinchoqlardan zo‘r
maroq va g‘urur yasaydilar. Bundan tashqari turli millat bolalari uchun yasalgan
qо‘g‘irchoqlarni sevadilar va о‘zlari ham plastilindan shunday qо‘g‘irchoqlarni
yasashga intiladilar.
4) Xususiyati – о‘yin jarayonida kishilarni mehnatga munosabatlarini aks
ettiradilar. О‘rta va katta guruh bolalari о‘yinlarida kattalar mehnatining о‘zlariga
ma’lum bо‘lgan turlarini aks ettiradilar. Ular bir-birlari bilan doimo dо‘st va ittifoq
bо‘lib о‘ynaydilar. Bir-birlariga о‘rtoqlariga yordamlashadilar.
Xususiyati-insonparvar va hayotbaxsh bо‘lishidir. Bolalar о‘zlarini о‘yinlarida
halkimiz kishilarini kelajakka bо‘lgan ishonchini kо‘tarinki ruhini va yuksak maqsad
sari intilishlarini aks ettiradilar. Shunday qilib, maktabgacha yoshidagi bolalar
о‘zlarining о‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a surib borayotgan sermahsul
hayotimizning hamma tomonlarini aks ettiradilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning turli-tuman o‘yin faoliyatlari sekin-astalik bilan
ularni o‘qish faoliyatiga tayyorlaydi. Bolalarning o‘yin faoliyatlariga tarbiyachilar
ta’lim elementlarini kiritadilar. Natijada bolalar o‘yin orqali juda ko‘p narsalarni bilib
oladilar, ularning bilishga bo‘lgan qiziqishlari orta boradi. Demak, o‘yin faoliyati
bolalarning har tomonlama rivojlanishlarida qudratli vositadir.
A.S.Makarenkoning fikricha, bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni jismoniy va
psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishlari uchun birdan-bir vositadir. Katta
odamlar uchun mehnat faoliyati qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin
shunchalik ahamiyatga ega. «Yaxshi o‘yin faoliyati, –yaxshi bajarilayotgan mehnatga
o‘xshaydi. Mana shuning uchun bolalar o‘yin faoliyatida o‘zlarini qanday namoyon
etsalar, katta bo‘lganlaridan so‘ng mehnat faoliyatlarida ham ko‘p jihatdan o‘zlarini
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
350
2181-3187
shunday namoyon etadilar». A.S.Makarenkoning bu fikri bolalarning o‘yin faoliyatlari
orqali ularda yuksak insoniy sifatlarni tarbiyalash imkoniyati naqadar katta ekanligiga
ahamiyat bilan qarashni taqozo etadi. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy
tajribasini egallashning shakliga, ya’ni ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga
ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni egallash uchun
odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan, ma’lum malaka, ko‘nikma hamda
elementar tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. Bularga esa bola faqat o‘yin faoliyati
tufayligina erishadi.
MUHOKAMA NATIJALARI
Har qanday o‘yinning va o‘yin faoliyatining markazida bola katta kishilaming
faoliyati va o‘zaro munosabatini, muomalasini o‘ziga xos tarzda aks ettirishi,
takrorlashi imkoni-yati turadi. Shunga ko‘ra, o‘yin ijtimoiy ahamiyat kasb etib, bola
insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilgan qimmatli bilimlar. amaliy
ko‘nikmalar, malakalar va odatlami o‘rganishiga imkon yaratadi, oqibatda uni
shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda o‘yin faoliyati bolaning har tomonlama rivojlanishida juda
katta o‘rinni egallaydi. O‘yin ta’lim olishni quvonchli qiladi, bolalarning tasavvurini
va ijodkorligini rivojlantiradi.
MTT larda bolalar o‘yin faoliyatini to‘g‘ri va sifatli tashkillash uchun pedagoglar:
-bolalar o‘yinlari uchun sharoit yaratish (vaqt, joy, resurslar);
bolalar o‘yinini rivojlantirish;
bolalarning o‘yinda o‘zaro munosabatda bo‘lishiga yordam berish;
bolalarga o‘zlarini va qobiliyatlarini namoyish qilish imkoniyatini berishlari
lozim
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
351
2181-3187
Foydalanilgan adabiyotlar
Ergash G‘oziev “Ontogenez psixologiyasi” O‘quv qo‘llanma . Toshkent. “NIF MSH”
2020
“Ilk qadam” davlat o‛quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) Dastur
maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy kengashining 2021-yil 23-dekabrdagi 10-
sonli bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining
Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi
bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va
tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-
son qarori
Fotima Qodirova, Shoista Toshpo‘latova, Nargiza Kayumova, Malohat A’zamova
“Maktabgacha pedagogika” darslik. “Tafakkur “nashriyoti 2019-yil