ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
220
2181-3187
YANGI OʻZBEKISTONDA PENSIYA TA’MINOTI TIZIMINI ISLOH
QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI, IJTIMOIY SUG‘URTA
TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Mavlonov Aziz Mexmonovich
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya
Akademiyasining
Loyiha boshqaruvi
(Project management) mutaxassisligi
LB-24-16 guruh magistranti
Annotasiya.
Maqolada fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tizimida pensiya
ta’minotining o‘rni, Taraqqiyot strategiyasida pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish
bilan bog‘liq yo‘nalishlar, pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish
bo„yicha chora-tadbirlar dasturining ahamiyati ochib berilgan hamda ilmiy xulosa,
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
pensiya, pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqa, konsepsiya, ijtimoiy
soha, ijtimoiy adolat, sug‘urta badali, imtiyozli pensiyalar, mehnat staji, demografik
omillar, jamg„arib boriladigan pensiya, nodavlat pensiya ta’minoti.
WAYS TO REFORM AND IMPROVE THE PENSION SYSTEM IN NEW
UZBEKISTAN, DIRECTIONS FOR IMPROVING THE SOCIAL
INSURANCE SYSTEM
Abstract.
The article reveals the role of pension provision in the system of
social protection of the population, the directions of development of the state pension
system in the Action Strategy, the importance of programs of measures for
developing the Concept of reforming the state pension system for 2019-2030 and
developed scientific conclusions, suggestions and recommendations.
Keywords:
pensions, pension provision, social benefit, concept, social sphere,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
221
2181-3187
social justice, insurance premium, preferential pensions, work experience,
demographic factors, funded pensions, non-state pension provision.
Kirish
Pensiya ta’minoti tizimi aholining mehnatga layoqatsiz va muhtoj qismining
turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy
tavsifdagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutadi. Fuqarolarni
keksalik davrida kambag‘allikdan himoyalash, mehnat faoliyati tugashi bilan
pensiyaga chiqish oldidan to‘lanadigan ish haqi miqdoriga mutanosib tarzda
belgilangan muayyan miqdordagi kafolatlangan daromadni ta’minlash, bu
daromadni kelajakda turmush darajasining pasayishidan himoyalash kabilar pensiya
tizimining asosiy maqsadlaridandir.
Qolaversa, pensiya tizimining barqaror amal qilishi jamiyatda ijtimoiy
barqarorlikning
garovi
hisoblanadi
va aksincha, pensiya ta’minotining
nobarqarorligi kuchli ijtimoiy xavfni yuzaga keltiradi (Борисенко, 2009). Shu nuqtai
nazardan har qanday mamlakat ijtimoiy siyosatining eng muhim vazifalari tarkibida
pensiya tizimini isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 1990-yillarning boshidan
buyon aksariyat Sobiq Ittifoq mamlakatlarida tarkibi va qamrovi jihatidan turli xildagi
pensiya islohotlari amalga oshirildi.
Qozog‘iston, Rossiya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari hozirda pensiya
islohotlarining ikkinchi bosqichini amalga oshirishmoqda, boshqa mamlakatlarning
ko„pchiligi islohotlarning dastlabki bosqichidayoq pensiya ta’minotida jiddiy va keng
qamrovli islohotlarni amalga oshirganlar (Ukraina, Turkmaniston, Armaniston va
Ozarbayjon) (Grishchenko, 2016).
Mazkur davlatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak pensiya yoshini oshirish
borasida birinchilardan bo‘lib Litva (1995 yil), so‘ngra Moldaviya va Qozog‘iston
(1998 yil), Armaniston va Tojikiston (2001 yil), Ozarbayjon (2010 yil), Ukraina
(2011 yil), Belarusiya, Rossiya va Estoniya (2017-2018 yillar) davlatlari pensiya
islohotlarini amalga oshirishgan. (Tursunov, 2022)
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
222
2181-3187
Hozirgi kunda O‘zbekistonning pensiya tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirish jarayonlari olib borilmoqda.
1-
rasm. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasida pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirishga oid
belgilangan maqsadlar (PF-60, 2022)
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning
har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo„yicha
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida Harakatlar strategiyasining
davomi sifatida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi qabul qilindi. Mazkur Taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy ta’minot,
xususan, davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan
asosiy yo‘nalishlar aks ettirilgan (1-rasm).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
223
2181-3187
Mazkur yo‘nalishlar u yoki bu darajada ijtimoiy ta’minot tizimini, shu
jumladan, davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishga va uning
barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar tahlili
AQShning Arizona universiteti professori J.Peng tadqiqotlarida pensiya
ta’minotiga oid qarashlar bayon etilgan bo‘lib, u ishlovchilarning mehnat
faoliyatidan keyingi moliyaviy barqarorligining keskinlashuvini hamda pensiya
ta’minotining dolzarb masalalarini ko‘tarib chiqadi.
J.Peng pensiyani fuqarolarning qarilikdagi moliyaviy barqarorligini
ta‟minlovchi eng muhim daromad manbai ekanligini e’tirof etib, mazkur tizimda
hozirdagi mavjud muammolarni va istiqboldagi o‘zgarishlarni tadqiq etadi.
Pensiya ta’minotiga ta’sir etuvchi omillar sifatida esa quyidagilarni ajratib
ko‘rsatadi:
hozirgi yosh avlodning pensiyaga chiqish istiqboli;
AQSH va butun dunyoda aholining umrguzaronligi; ijtimoiy va tibbiy
sug‘urtaga oid milliy dasturlar uchun moliyaviy resurslarning taqchilligi;
xususiy tarmoqdagi ishchi-xodimlar uchun an’anaviy pensiya ta’minotining
yo‘qolib borayotganligi;
davlat sektoridagi ishchi- xodimlar uchun pensiyalar taqdim etish bahosining
oshishi;
tibbiyot xarajatlarining yuqori darajada o‘sishi.
AQShda ishlovchilarning pensiyaga chiqqandan keyingi moddiy ta’minoti,
odatda, uch manba: ijtimoiy ta’minot, ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan
pensiyalar, shuningdek, shaxsiy omonatlardan iborat bo‘ladi. Ushbu uch manba
birgalikda fuqarolarning qarilikda moddiy xavfsizligini ta’minlab berishi lozim bo‘
ladi (Peng, 2008).
Iqtisodchi-olim Y.N.Borisenko tadqiqotlari fuqarolarni keksalik davrida
kambag‘allikdan himoyalash, mehnat faoliyati tugashi bilan pensiyaga chiqish
oldidan to‘lanadigan ish haqi miqdoriga proporsional tarzda belgilangan muayyan
miqdordagi kafolatlangan daromadni ta’minlash, bu daromadni kelajakda turmush
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
224
2181-3187
darajasining pasayishidan himoyalash kabilar pensiya tizimining asosiy maqsadi
ekanligi, pensiya tizimining barqaror amal qilishi jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning
garovi hisoblanishi va aksincha, pensiya ta‘minotining nobarqarorligi kuchli ijtimoiy
xavfni yuzaga keltirishi kabilar bayon qilingan (Borisenko, 2009).
Valentin Roik ta’kidlashicha, pensiyaning miqdori fuqarolar tomonidan
to‘lanadigan sug‘urta badallari va olgan ish haqi miqdoriga bog‘langan hamda
yollanib ishlayotgan ishchilarning majburiy pensiya sug‘urtasi bo‘yicha yoshga doir,
nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari nazarda tutilgan (Роик, 2012).
Fedotov A.I. tadqiqotlarida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining ijobiy
jihatlari jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash, ijtimoiy kafolatlarni yaratish, siyosiy
barqarorlikni vujudga keltirish va ta’minlab turishning asosiy shart- sharoitlaridan
biri sifatida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining
salbiy xususiyatlari ham mavjud. Jumladan, pensiya islohotlarini amalga
oshirayotgan mamlakatlar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini joriy qilish va
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hamda ushbu tizimni aholining keng qatlamlari
tomonidan qabul qilinishi bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lishlari mumkin.
Boz ustiga, “pensiya islohotlarini endigina boshlayotgan mamlakatlar uchun
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining taqsimlanuvchi pensiya tizimi bilan o‘zaro
munosabatlarida bu muammolar yanada o‘tkir tus olishi mumkin” (2015).
Shuningdek, ushbu tizimda moliyaviy risk darajasi yuqori bo‘ladi, ayniqsa,
nobarqaror iqtisodiyot sharoitida bu nihoyatda jiddiy masala hisoblanadi. Shunday
bo‘lsa-da, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining kelajagi nisbatan porloqdir.
Bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, pensiya tizimidagi islohotlar
ishlovchilarning
mehnat
faoliyatidan
keyingi moliyaviy barqarorligining
keskinlashuviga, ishlovchilarning pensiyaga chiqqandan keyingi moddiy ta’minotiga,
fuqarolarning qarilikda moddiy xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek, fuqarolarni
keksalik davrida kambag‘allikdan himoyalashga, jamg‘arib boriladigan pensiya
tizimining ijtimoiy adolatni ta’minlash, ijtimoiy kafolatlarni yaratish, siyosiy
barqarorlikni vujudga keltirish va ta’minlashga qaratilgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
225
2181-3187
Ammo, pensiya tizimini isloh qilish, avvalo, har bir mamlakatdagi demografik
holat va iqtisodiyotning taraqqiyoti va boshqa omillar asosida amalga oshirilishini
taqozo etadi.
Tadqiqot metodologiyasi
Amalga oshirilayotgan tadqiqotimiz mavzusi pensiya ta’minoti tizimidagi
islohotlarga bag‘ishlanganligi sababli shu mavzu doirasida tadqiqot olib borgan
iqtisodchi-olimlarning ilmiy ishlari o‘rganilib, ularning pensiya tizimini xususiyatlari,
davlat pensiya ta’minotini isloh qilishdagi yondashuvlari tadqiq etilgan hamda tizimli
yondashuv, umumlashtirish, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalari tahlili
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillar davomida iqtisodiy faol aholi
hissasiga ijtimoiy badallar bo‘yicha yuklama tobora oshmoqda. Demografik
bashoratlarga ko‘ra, 2019-2025 yillarda pensiya yoshidagi aholining ulushi keskin
oshishi kutilmoqda (yillik o‘rtacha o‘sish – 16 ming nafar fuqaro) va bu holat tug‘ilish
darajasi yuqori bo‘lgan (1950-1960-yillardagi “Bebi-bum”) davrda tug‘ilgan
fuqarolarning umumiy belgilangan pensiya yoshiga etishi bilan bog‘liqdir.
2-rasm. 2011-2016-yillarda Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan
fuqarolar soni va 2019-2024 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari (pfru.uz)
Bu esa, o‘z navbatida, Pensiya jamg„armasi xarajatlarining mutanosib ravishda
oshishiga olib keladi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
226
2181-3187
Mamlakat aholisining qarib borishi ko‘rsatkichi shuni ko‘rsatadiki, pensiya
yoshidagi aholi soni o‘sish tendensiyasiga ega (2010-yildagi aholining umumiy soniga
nisbatan 5,9 foizdan 2018-yilga kelib 7,4 foizgacha). Statistik tashkilotlarning
ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yildan boshlab pensiya yoshidagi aholi soni 9 foizdan
ortadi va 2025-yilga borib 11 foizga etadi (2011-yildagi 6,2 foizga nisbatan).
O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyoda o‘rtacha pensiya yoshi
erkaklar va ayollar uchun 62 yoshni tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 57,5
yoshni tashkil etadi (ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh). Markaziy Osiyo
davlatlarida, masalan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda yoshga doir
pensiyaga chiqish huquqi erkaklar uchun 63 yosh, ayollar uchun 58 yosh.
Qozog‘istonda ayollarning pensiya yoshini 63 yoshga etkazish, bunda har yili pensiya
yoshni 6 oyga bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan amalga oshirib boriladi.
Turkmanistonda pensiya yoshi erkaklar uchun 62 yoshni, ayollar uchun 57 yoshni
tashkil etadi.
Ijtimoiy badallar miqdori va to‘lovlar o‘rtasida mutanosiblilikka rioya etish, band
bo‘lgan aholining pensiya ta’minotini sug‘urtalanganlik xarakterini ta’minlovchi
asosiy prinsip hisoblanadi hamda pensiya tizimini moliyalashtirishda o‘zining
moliyaviy ishtirokini rag‘batlantiruvchi ta’sir mexanizmi sanaladi. Fuqarolarning
ijtimoiy sug‘urta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli ishtirokini rag‘batlantirish
mexanizmi murakkab va shaffof bo‘lmasdan qolmoqda, buning natijasida mehnatga
layoqatli aholining tahminan 10,2 mln. kishi davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab
olinmagan, ya’ni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy ajratmalarni
amalga oshirmayapti.
Halqaro mehnat tashkilotining talabariga muvofiq, fuqarolarning pensiya
ta’minoti tizimini barqaror rivojlanishi uchun badal to‘lovchilar sonining pensiya
oluvchilarga o‘zaro nisbati 1 : 4 darajada bo‘lishi ko‘rsatilgan. Biroq, bugungi kunda
O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1 : 1,5 ga teng.
Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining sezilarli qismi imtiyozli shartlardagi
pensiyalarni va pensiyalarga ustama haqlarni moliyalashtirishga sarflanadi. Imtiyozli
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
227
2181-3187
shartlarda tayinlangan pensiyalar ulushi 592,4 ming kishini yoki jami tayinlangan
pensiyalarning 19,5 foizni tashkil etib, shundan, yoshga doir pensiyalar 23,7 foizni
tashkil etadi. Yiliga o‘rta hisobda 39,8 mingta imtiyozli pensiyalar tayinlanmoqda.
Shu bilan birga, imtiyozli shartlardagi pensiyalarning o‘rtacha miqdori yoshga
doir pensiyalarning o‘rtacha miqdoridan (543,2 ming so‘m) yuqori bo‘lib, 3 – sonli
Ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha pensiyalar 742,6 ming so‘mni, 2 – sonli Ro‘yxat bo‘yicha
pensiyalar 951,3 ming so‘mni va 1 – sonli Ro‘yxat bo‘yicha pensiyalar 1 025,4 ming
so„mni tashkil etadi.
3-rasm. Ba’zi bir mamlakatlarda pensiyaga chiqish yoshi (pfru.uz)
Shuningdek, pensiya miqdori va xodimning mehnat davomiyligi ulushi
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham sezilarsiz. Amaldagi pensiya ta’minoti tizimi, 7
yildan kam bo‘lmagan stajga ega bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda
tutadi. Ushbu huquq faqatgina 7 yil ishlab va o„zining butun mehnatga layoqatlilik
davri uchun Pensiya jamg„armasi mablag‘larini shakllantirishda eng kam hissa
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
228
2181-3187
qo‘shgan shaxslarga pensiya olish imkonini beradi.
4-rasm.Ayrim davlatlarda talab etiladigan eng kam ish staji (pfru.uz)
Xalqaro mehnat tashkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari
to‘g‘risida”gi 102-sonli Konventsiyasiga muvofiq, yoshga doir pensiyani tayinlash
uchun talab etiladigan eng kam ish staji 15 yil qilib belgilangan. Dunyoning ko‘plab
davlatlari, shu jumladan, MDH davlatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10-15 yil
darajasiga etkazilgan.
Ishlovchilarning ijtimoiy sug‘urtadagi uzoq muddat va uzluksiz ishtirokini
rag‘batlantirishdagi zaif mexanizmlar ularni sug‘urta badallarini to‘lamaslikning
yangi usullarini qidirishga majbur etadi. Bularning barchasi aholini ijtimoiy
muhofaza qilish tizimining pensiya ta’minoti sohasidagi asosiy yondashuvlarni
qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan pensiya ta’minoti tizimini
kompleks o‘rganish va uni rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda 2019-
2030 yillarda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish
bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Mazkur Dastur quyidagilarni o‘zi
ichiga oladi:
1.
Pensiya ta’minoti tizimining joriy holatini o‘rganish, tahlil qilish va uni
rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. Jahon banki, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Taraqqiyot dasturi ekspertlari bilan hamkorlikda pensiya ta’minoti
tizimining asosiy kontseptul yo‘nalishlarini aniqlash.
2.
Pensiya ta’minoti tizimining samaradorligi va ijtimoiy adolatliligini oshirish
masalalarini o‘rganish. Bunda:
–
aholining kam ta’minlangan qatlami uchun ijtimoiy nafaqalar tayinlash
me’yorlari va standartlarini belgilash masalalarini qayta ko‘rib chiqish;
–
keksalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga, shuningdek, davlat
pensiyalarini tayinlash uchun zarur bo‘ladigan talab etiladigan mehnat stajiga ega
bo‘lmagan shaxslarga pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash va to‘lashning amaldagi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
229
2181-3187
mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish;
–
imtiyozli pensiyalarni tayinlashdagi imtiyozlarni optimallashtirish bo‘yicha
takliflar tayyorlash;
–
ijtimoiy badal to‘lovchilar qamrovining ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha
takliflar tayyorlash;
–
pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va ijtimoiy adolatni
ta’minlash bo‘yicha tahliliy material va takliflar tayyorlash.
3.
Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimida rag‘batlantiruvchi xarakterdagi
mexanizmlarni o‘rganish:
–
fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimida uzoq muddatli va uzluksiz
ishtirokini rag‘batlantirish;
–
mehnat stajining davomiyligi va ish haqi miqdoriga bog‘liq holda pensiya
miqdorlarini oshirish (talab etilgan me’yorlardan yuqori darajada);
–
mehnat staji davomiyligini rag‘batlantirish “xufyona iqtisodiyotdan
chiqish”;
–
mehnat migrantlari va norasmiy sektorni ijtimoiy sug‘urta tizimiga jalb qilish
yo‘li bilan pensiya badallari to‘lovchilar sonini tubdan kengaytirish bo‘yicha
takliflarni qayta ishlash va asoslash, to‘lanayotgan pensiya badallarining shaffofligini
ta’minlash;
–
pensiya ta’minoti tizimida uzoq muddatli va uzlukusiz ishtirok etuvchi
fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha tahliliy material va takliflar tayyorlash;
4.
Fuqarolarning ijtimoiy sug‘urta (pensiya) tizimidagi ixtiyoriy ishtiroki
mexanizmini o‘rganish:
–
fuqarolarning ijtimoiy (pensiya) sug‘urta tizimida ixtiyoriy ravishda ishtirok
etishining shart-sharoitlari bilan bog‘liq masalalarni kompleks o‘rganish;
–
fuqarolarga uchinchi shaxslar uchun ixtiyoriy asosda sug‘urta badallari
to‘lash huquqini berish. Ishlovchi er (xotin)ning mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi
daromadlari hisobidan ishlamayotgan turmush o‘rtog‘i uchun ixtiyoriy ravishda
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to lash huquqini taklif etish.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
230
2181-3187
–
Shu jumladan, pensiya yoshiga etgan, ammo zarur ish stajiga ega bo‘lmagan
fuqarolarga, davlat pensiyalarini hisoblashda etishmayotgan stajning xar bir oy uchun
Pensiya jamg‘armasiga bir martalik sug‘urta badallarini to‘lash huquqini taklif etish. Er
(xotin) ishlamayotgan turmush o‘rtog‘i uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy
sug‘urta badallari to‘lash tizimi dunyoning ko‘plab davlatlarida mavjud. Misol uchun,
Yaponiyada bu tizim majburiy xarakterga ega, bunday tizim Shvetsiya va Buyuk
Britaniyada ham mavjud (МОТ, 102);
–
fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti
tizimini rivojlantirishga salbiy ta’sir etuvchi muammolarning oldini olish, shuningdek,
jamg‘arib boriladigan pensiya mablag‘larining daromadliligini oshirish;
–
fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimida, shu jumladan, jamg‘arib
boriladigan
pensiya
tizimidagi ishtirokini rag‘batlantiruvchi xarakterdagi
mexanizmlarni kuchaytirish bo‘yicha tahliliy material va takliflar tayyorlash;
5.
Avlodlarning moliyaviy ishtiroki ekvivalentligi va pensiya ta’minoti
tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash shart-sharoitlarini o‘rganish:
–
yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan minimal mehnat staji
davomiyligining shart-sharoitlarini o‘rganish (Xalqaro Mehnat Tashkilotining
“Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari tog‘risida”gi 102-sonli Konventsiyasida
yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etilgan eng kam staj 15 yil qilib
belgilangan. Dunyoning ko‘plab davlatlari, jumladan, Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi mamlakatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10-15 yilga etkazilgan);
– ilg‘or xorij tajribasini, shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
mamlakatlari tajribalarini o‘rganish asosida hamda asoslangan hisob-kitoblarga
tayangan holda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirib borish.
6.
2019-2030 yillarda davlat pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasi loyihasi
bo‘yicha umumlashgan materiallar tayyorlash.
Xulosa va takliflar
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’kidlash joizki, davlat pensiya ta’minoti
tizimini isloh qilish Kontsepsiyasi, ayni vaqtda, ishlab chiqilishi hamda amalga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
231
2181-3187
oshirilishi zarur va dolzarb bo‘lgan eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalardandir.
Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish Konsepsiyasi loyihasida
quyidagilarga alohida e’tibor qaratilishi zarur, deb hisoblaymiz:
1) O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimining joriy holati;
2) mamlakatdagi demografik omillar;
3) pensionerlar (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik) soni va
uning jami aholi tarkibidagi ulushi;
4) imtiyozli shartlardagi pensiyalar;
5) pensiyalarga ustama haqlar;
6) pensiyalarning o‘rtacha miqdori;
7) aholining o‘rtacha umr davomiyligi yoki yashash muddati;
8) pensiya ta’minoti tizimiga davlat xarajatlari va uning yalpi ichki
mahsulotdlagi ulushi;
9) pensionerlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar;
10) ish bilan band aholi (sug‘urta badali to‘lovchilar) sonining pensionerlarga
nisbati;
11) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining
mutanosibligi;
12) pensiya ta’minotining etarlilik darajasi;
13) mehnat migrantlarining davlat pensiya sug‘urtasi bilan qamrab olinganlik
darajasi;
14) ish bilan band aholining pensiya sug‘urtasi bilan qamrab olinganlik
darajasi;
15) pensiyaga chiqish yoshi va boshqa omillar chuqur tahllillar asosida
atroflicha o‘rganilishi va bayon qilinishi lozim. Ana shu tahlil va xulosalar asosida
O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimini qaysi yo‘l bilan yoki qanday tarzda yanada
rivojlantirish mumkinligi xususida tavsiyalar berish mumkin. Bir vaqtning o‘zida
davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish Konsepsiyasi loyihasida kishilarning
turmush darajasining xavfsizlik modeli ham asoslanishi zarur. Buning uchun pensiya
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
232
2181-3187
sug‘urtasi tizimini yanada rivojlantirishning asosiy printsiplari ishlab chiqilishi
kerak. Bu prinsiplar quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
–
birinchidan, pensiyalarning miqdori pensiya sug‘urtasi fondiga to‘langan
badallar miqdoriga hamda kishining mehnat faoliyati davomida uning pensiya
sug‘urtasida ishtirokining davomiyligiga bog‘liq bo‘lishi lozim. Bunday printsip
ekvivalentlik printsipi deb ataladi;
–
ikkinchidan, pensiya miqdorining oshirilishi mamlakatdagi o‘rtacha ish
haqining oshirilishiga mutanosib ravishda amalga oshirilishi kerak;
–
uchinchidan, pensiya miqdori pensionerlarning munosib turmush
farovonligini ta’minlab berishi uchun etarli miqdorda bo‘lishi zarur.
Pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishning asosiy maqsadi
pensionerga munosib turmush farovonligi va hayot darajasini ta’minlab berishdan
iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun: pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-
me’yoriy asoslarini takomillashtirish, yangi tahrirdagi “Pensiya ta’minoti
to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqish va qabul qilish; ilg‘or xorij tajribalari asosida
“Nodavlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqish va qabul qilish,
xususiy pensiya fondlarining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi, ular faoliyatini
tartibga solishning samarali tizimini yaratish va boshqalar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2019-2030 yillarda davlat pensiya ta’minoti
tizimini isloh qilish Konsepsiyasida quyidagilar o‘z aksini topishi zarur, deb
hisoblaymiz:
1.
Pensiya ta’minoti tizimining joriy holati va omillari (ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy va demografik);
2.
Pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirishning maqsadi va yo‘nalishlari
(pensionerga munosib turmush farovonligi va hayot darajasini ta’minlab berishi
nuqtai nazaridan);
3.
Pensiya
ta’minoti
tizimining
huquqiy-me’yoriy
bazasini
takomillashtirish;
4.
Nodavlat pensiya ta’minoti tizimini tashkil etish va ular faoliyatini tartibga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
233
2181-3187
solishning samarali tizimini yaratish;
5.
Ijtimoiy sug‘urta tizimida ishtirok etishning rag‘batlantiruvchi
omillari;
6.
Pensiya ta’minoti tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilishni faollashtirish;
7.
Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini yanada
risojlantirish.
Har bir bo‘limda ushbu Konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlari,
shakllari, bajarish muddatlari va mas’ul ijrochilar belgilab olinishi zarur.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Борисенко Н.Ю. Пенсионное обеспечение. Учебник. – М.: «Дашков и К0»,
2009. – С. 8.
2. Natalia Grishchenko. Pensions after pension reforms: A comparative analysis of
Belarus, Kazakhstan, and Russia. 1st International Conference on Applied Economics
and Business, ICAEB 2015. Procedia Economics and Finance 36(2016) 3–9.
3. Tursunov J.P. Pensiya hisoblashda mehnat stajining ta’siri va pensiya yoshini
belgilashda xorij tajribasi. Том 24 № 6 (2022): Экономика и образование
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022- 2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y.,
06/22/113/0330-son).
5. Jun Peng. State and Local Pension Fund Management. (Public Administration and
Public Policy) 0th Edition. USA: Publisher: Auerbach Publications (August 21,
2008). – P. 45.
6. Валентин Роик. Экономика, финансы и право социального страхования.
Институты и страховые механизмы. – М.: «Альпина Паблишер», 2012. – C. 56 с.
Федотов А.И. История возникновения пенсионных систем в зарубежных
странах. Труды ИСА РАН 2006. Т. 23. (http://pnu.edu.ru/media/ejournal/articles-
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–1_ Мая –2025
234
2181-3187
2015/TGU_6_174.pdf).
7. www.pfru.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi rasmiy veb sayti.