Mazkur maqolada ta’lim jarayonida multimedia vositalaridan foydalanishning o‘quvchilar bilimini o‘zlashtirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning ta’limga kirib kelishi natijasida, darslarni interaktiv, samarali va qiziqarli tarzda tashkil etish zaruriyati ortib bormoqda. Maqolada multimedia vositalarining afzalliklari, xususan, o‘quvchining faolligi, qiziqishi va
mustaqil izlanishlariga ijobiy ta’siri misollar orqali ochib beriladi. Shuningdek, multimedia vositalarining ta’limni differensiallashtirishdagi roli ham yoritiladi. Muallif tomonidan ta’lim sifati va o‘quv samaradorligini oshirishda zamonaviy
yondashuvlarning dolzarbligi asoslab berilgan.