Авторы

  • Azimova Gulmira Xayrullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.126156

Ключевые слова:

Ekologiya atrof-muhit muhofazasi ekologik ta’lim-tarbiya ekologik madaniyat ekologik vaziyat ekologik muammo siyosiy-jug‘rofiy tabiiy landshaft tabiat qo‘riqxona modellashtirish.

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik 
ta’lim va tarbiyasini rivojlantirish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirishning 
pedagogik muammolari tahlil qilingan.    


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

180

2181-

3187

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA EKOLOGIK TA’LIM-

TARBIYA BERISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Azimova Gulmira Xayrullayevna

Navoiy davlat universiteti,

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik

ta’lim va tarbiyasini rivojlantirish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirishning

pedagogik muammolari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar. Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, ekologik ta’lim-tarbiya,

ekologik madaniyat, ekologik vaziyat, ekologik muammo, siyosiy-jug‘rofiy, tabiiy

landshaft, tabiat qo‘riqxona, modellashtirish.

Аннотация. В данной статье проанализированы педагогические

проблемы развития экологического образования и воспитания дошкольников,

формирования у них экологической культуры.

Ключевые слова. Экология, охрана окружающей среды, экологическое

воспитание, экологическая культура, экологическая ситуация, экологическая

проблема, политико-географическая, природный ландшафт, заповедник,

моделирование.

Annotation. This article analyzes the pedagogical problems of the development

of environmental education and education of preschool children, the formation of

ecological culture in them.

Keywords. Ecology, Environmental Protection, Environmental Education,

ecological culture, environmental situation, environmental problem, political-

geographical, natural landscape, nature reserve, modeling.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach yurtimizda ekologik vaziyatni izga solish

uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ekologik muammo masalasi davlat siyosati

darajasiga ko‘tarilib, mamlakatimizda tabiiy atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga

qaratilgan bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

XXI

asrning


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

181

2181-

3187

boshlaridanoq fan-texnika jadal rivojlanib bormoqda. Dunyoning siyosiy-jug‘rofiy

tuzilishi o‘zgarib bormoqda. Bunday sharoitda insonning biosferaga ko‘rsatayotgan

ta’sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning

o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida

muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va

shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”

nomli asarida “Ekologiya sohasidagi ishlarni yaxshilash uchun birinchi navbatda

joylardagi chiqindilarni ustidan nazoratni kuchaytirish lozimligini aytib o‘tgan.

Ko‘pgina rivojlangan hamda qudratli davlatlar o‘zlarining kelajakka qaratilgan

siyosiy va iqtisodiy masalalari zamirida eng avvalo ekologiya, atrof-muhitni muhofaza

qilish masalasi yotadi. Buning albatta o‘ziga yarasha sabablari mavjud. Albatta har

qanday mamlakatning eng asosiy boyligi uning xalqi, shu mamlakatda yashayotgan

insonlar hisoblanadi.

Ekologik ta’lim madaniyati insoniyatning yangi madaniyati bo‘lib, u insonning

ekologik jihatdan sog‘lom xulq-atvori, faoliyati va inson va ijtimoiy-tabiiy muhit

o‘rtasidagi munosabatlarning yangi sifat darajasini rag‘batlantiradigan qadriyat

yo‘nalishlarini belgilaydi. Keng ma’noda ekologik madaniyat insoniyat

madaniyatining yangi mazmunidir.

Ekologik madaniyat-

alohida shaxsning ibratli axloqiy-ekologik xatti-harakati

boshqalarda zavq-shavq uyg‘ota olishlik holatini ifodalaydi. Bu atama shaxs va

jamiyatning atrof-muhitga munosabat darajasini belgilash uchun qo‘llaniladi.

Ekologik madaniyat-kasbiy faoliyatda qaror qabul qilish uchun ekologik

javobgarlikni his qilish, tabiat muhofazasi sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish.

Ekologik madaniyat- bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik,

intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrof–muhitga nisbatan

faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va ma’suliyatli yondashuvdir.

1972-yilning 5-iyun sanasi

“Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni”

deb e’lon qilindi va xuddi shu yildan boshlab O‘zbekiston hamda BMTga a’zo tashkilot


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

182

2181-

3187

hamda davlatlarda ushbu sana keng nishonlanib kelinadi. Ushbu kunda har bir

insonning oldiga qilinadigan qator ishlar ro‘yhati tuzilib chiqildi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

50-moddasida

“Fuqarolar atrof

tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”,

55-moddasida

esa

“Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy

zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat

muhofazasidadir” deb ko‘rsatilishi mamlakatning barcha fuqarolariga sog‘lom muhit

yaratish borasida katta ma’suliyat yuklash bilan birga ona tabiat boyliklaridan oqilona

foydalanish va ularni ko‘z qorachig‘idek saqlashni barcha fuqarolar uchun majburiy

qilib qo‘ydi.

Bu borada O‘zbekiston mustaqillik yillaridan so‘ng ekologiya sohasiga oid ko‘plab

qonun, qarorlar qabul qilindi. Ushbu qonunlar orqali yurtimizning ekologik qiyofasi

belgilanib bormoqda. Tabiatni asrash, avaylash, o‘simlik va hayvonot dunyosini

muhafaza qilish, “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simlik va hayvonlarni, tabiiy landshaftlar,

tabiat qo‘riqxonalarining muhofazasi qonun bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lib,

mustahkam himoyaga ega qilib qo‘yilgan. Ular quyidagilarni tashkil etadi.

Bugingi kunda yurtimizda maktabgacha ta’lim sohasida alohida e’tibor

qaratilmoqda. Jumladan “Ilk qadam “ davlat o‘quv dasturi, “Maktabgacha ta’lim

Velosipeddan keng foydalanish.

Shaxsiy

avtotransportlar

harakatini

kamaytirish;

Suvdan oqilona foydalanish.

Suvni ehtiyojdan

ortiq sarflamaslik;

• Daraxtlar sonini ko'paytirish.

Dam olish

maskanlarni

tozalash;


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

183

2181-

3187

davlat ta’lim standarti”, “Maktabgacha ta’lim konsepsiya”larining ishlab chiqilishi va

tadbiq qilinishi umumiy pedagogik jarayonning muhim qismidir.

Har qanday jarayonda bo‘lgani kabi tarbiyachilar ham o‘zlarida mavjud bo‘lgan

barcha ta’lim usullari va uslublardan foydalanishga harakat qilishadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik ta’lim berishning bir qancha

shakllari mavjud. Bular: Vizual , amaliy , og‘zaki.

Vizual usul – yuz marta aytishdan ko‘ra, bir marta ko‘rsatgan ma’qul, ayniqsa,

bolalar va ularning tabiat bilan munonasabatlari haqida. Ekologik ta’limda vizual

usullar ; kuzatishlar, rasmlarni ko‘rish, modellarni namoyish qilish, slayd –shou.Vizual

usullar – bolalarning bilim faoliyati imkoniyatlariga to‘liq mos keladi, ularga tabiat

to‘g‘risida jonli, aniq g‘oyalarni shakillantirishga imkon beradi.

Amaliy usul – o‘yinlar, tajribalar, modellashtirish. Ushbu usullardan

foydalanish tarbiyachilarga alohida ob’ektlar va tabiat hodisalari o‘rtasidagi aloqalar

va munosabatlarni o‘rganish orqali fikrlarni aniqlashtirish va chuqurlashtirish, tizimga

olgan bilimlarini kiritish imkonini beradi.

Amaliy usullar bolalarni ekologik madaniyatga to‘liq qo‘shilishi uchun juda

muhindir.

Og‘zaki usul – hikoyalar, badiiy asarlar, suhbatlar, og‘zaki usullar bolalarda

tabiatga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni shakillantirishga yordam beradi.

Og‘zaki usullar deganda biz suhbatlar, hikoyalar, o‘qiganlaringizni yoki

ko‘rganlaringizni tahlil qilishni tushinamiz. Og‘zaki usullarni deyarli har doim vizual

usullar qo‘llab – quvvatlaydi. Suhbat har doim har qanday o‘yin, tajriba, kuzatishdan

oldin turadi. Boshqa har qanday usul suhbatga hamroh bo‘ladi.

Og‘zaki usullardan biri bu badiiy adabiyotni o‘qish. Bu yoki o‘quv dasturi

tomonidan tavsiya etilgan maxsus ekologik adabiyotlar yoki mumtoz yozuvchilarning

asarlari bo‘lishi mumkin. Hozirda ko‘plab mualliflar tabiat, hayvonat dunyosi, atrof –

muhitni muhofaza qilish muammolariga e’tibor bergan holda o‘z kitoblarini nashr

qildirishyapti.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

184

2181-

3187

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida «Fuqarolar atrof-

muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar», 55-moddasida esa «Yer

osti boyliklari, suv, o‘simlik, va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar

umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat

muhofazasidadir» deyilgan. Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha

foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o‘zgarib bormoqda. Yashil o‘rmonlar

siyraklashib, o‘simlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari

tugab bormoqda. Suv xavzalari va atmosfyera havosining ifloslanishi, chiqindi

moddalarni ng ortib borishi natijasida aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash, energiya va

chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million

yillar davomida turg‘un bo‘lgan tabiiy holatga putur yetmoqda.

Ekologik ta‘lim va tarbiyaning tub ma‘nosi - tabiat va jamiyat o‘rtasidagi doimiy

birlik va ularni bir-birlariga bog‘luvchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o‘rganish,

hayotga tatbiq qilishdan iboratdir.

Xulosa qilib aytganda, ekologik ta‘lim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam

qo‘ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda

foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va

e’tibor bilan qaraydigan urf odatlarini, udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni

ko‘paytirish, bog‘u-rog‘lar, gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi

xislatlar uyg‘otishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022-2026 yillarga

mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi” PF-60 sonli farmoni.

2.

O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish to’g’risida”gi PQ-3956-sonli Qarori.

3.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi/Jizzax davlat pedagogika institut

talabalari uchun o’quv qo’llanma.-T.: 2018y, 10-13b, 14-17b


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

185

2181-

3187

4.

Badalova.M. Ekologik madaniyatning rivojlanishi ijtimoiy taraqqiyot omili

sifatida tutgan o’rni. science and innovation international scientific journal volume 1

issue 6 uif-2022: 8.2/ 236-b.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022-2026 yillarga

mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi” PF-60 sonli farmoni.

O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish to’g’risida”gi PQ-3956-sonli Qarori.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi/Jizzax davlat pedagogika institut

talabalari uchun o’quv qo’llanma.-T.: 2018y, 10-13b, 14-17b 4.

Badalova.M. Ekologik madaniyatning rivojlanishi ijtimoiy taraqqiyot omili

sifatida tutgan o’rni. science and innovation international scientific journal volume 1

issue 6 uif-2022: 8.2/ 236-