ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
130
2181-
3187
ZAMONAVIY KIBERMUHITDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH:
QONUNCHILIK, HAMKORLIK VA STRATEGIK ISLOHOTLAR
Muslimov Xusan Nishonboyevich
IIV Malaka oshirish instituti
Jangovar tayyorgarlik sikli o‘qituvchisi, mayor
Annotatsiya:
Mazkur maqolada global kiberxavfsizlik muammolari va ularga
qarshi kurashishda milliy hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyati tahlil etilgan.
Raqamli iqtisodiyot rivoji va axborot texnologiyalarining keng tarqalishi ortidan
kiberjinoyatchilikning kuchayishi muammosi dolzarblik kasb etmoqda.
O‘zbekistonda qabul qilingan "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi Qonun va unga mos
qonunosti hujjatlar asosida milliy tizim shakllantirilayotgani qayd etilgan. Shu
bilan birga, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish
uchun xalqaro konvensiyalar, xususan, Budapesht konvensiyasi kabi huquqiy
hujjatlarning ahamiyati, kadrlar tayyorlash, profilaktika tadbirlari va
infratuzilmani takomillashtirish masalalari muhokama qilingan. Maqolada
kiberjinoyatlar va ularni aniqlash, javobgarlikni belgilash, tezkor ma’lumot
almashish va institutsional hamkorlikka oid muammolarga yechimlar taklif
etilgan.
Kalit so‘zlar:
Kiberxavfsizlik, kiberjinoyatchilik, axborot texnologiyalari,
raqamli iqtisodiyot, milliy qonunchilik, xalqaro hamkorlik, Budapesht
konvensiyasi, profilaktika, axborot madaniyati, kibermadaniyat, kiberxavf
tahdidlari.
Аннотация:
В данной статье проанализированы глобальные проблемы
кибербезопасности
и
значение
национального
и
международного
сотрудничества в борьбе с ними. В условиях развития цифровой экономики и
широкого распространения информационных технологий актуализируется
проблема усиления кибер преступности. Отмечено, что в Узбекистане
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
131
2181-
3187
формируется национальная система на основе принятого Закона «О
кибербезопасности» и соответствующих подзаконных актов. Также
обсуждаются вопросы повышения эффективности предпринимаемых мер,
важность международных правовых документов, таких как Будапештская
конвенция,
подготовки
кадров,
профилактических
мероприятий
и
совершенствования инфраструктуры. В статье предложены решения по
вопросам киберпреступлений, их выявления, установления ответственности,
оперативного обмена информацией и институционального сотрудничества.
Ключевые
слова:
Кибербезопасность,
киберпреступность,
информационные
технологии,
цифровая
экономика,
национальное
законодательство, международное сотрудничество, Будапештская конвенция,
профилактика, информационная культура, киберкультура, киберугрозы.
Abstract:
This article analyzes global cybersecurity issues and highlights the
importance of national and international cooperation in combating them. With the
growth of the digital economy and the widespread use of information technologies, the
issue of rising cybercrime has become increasingly urgent. The article notes that a
national system is being developed in Uzbekistan based on the adopted Law "On
Cybersecurity" and relevant by-laws. It also discusses the importance of enhancing the
effectiveness of current measures, including international legal instruments such as the
Budapest Convention, human resource development, preventive strategies, and
infrastructure improvement. The article proposes solutions to challenges related to
cybercrime detection, accountability, rapid information exchange, and institutional
cooperation.
Keywords:
Cybersecurity, cybercrime, information technology, digital economy,
national legislation, international cooperation, Budapest Convention, prevention,
information culture, cyber culture, cyber threats.
Davlatimiz rahbari Mirziyoyev Shavkat Miromonovich kiberxavfsizlik borasida
bir qator tashabbuslarni ilgari surganligi bejiz emas. Jumladan:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
132
2181-
3187
2023 yil 20 dekabr
– Prezident videoselektor yig‘ilishida axborot texnologiyalari
sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor
vazifalarni belgiladi. Ushbu yig‘ilishda 2023 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida 5,5
mingta kiberjinoyat sodir etilgani, ularning 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq
firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatdagi 50
ga yaqin to‘lov tizimining hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligi
tanqid qilindi. Prezident mutasaddi vazirlik va idoralarga barcha elektron to‘lov
tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish va ijrosini qat’iy
nazorat qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
2023 yil 8 iyun
– Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot
infratuzilmasi ob’ektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Davlat xavfsizlik
xizmatiga yangi vakolatlar berildi. Qarorga ko‘ra, DXX muhim axborot infratuzilmasi
ob’ektlarida kiberhujumlarni aniqlash, ularning oldini olish, tezkor chora ko‘rish va
oqibatlarini bartaraf etish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni
muvofiqlashtiradi.
2025 yil 20 yanvar
– Prezidentning “Cyber university” davlat universitetini
tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Ushbu universitet axborotni himoyalash,
axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy
intellektka asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish,
robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ydi.
Bugungi kunda global axborot maydonida kibermakon bilan bog‘liq yangidan-
yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Shu bois virtual olamdagi hujumlardan
himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi va axborot texnologiyalarining keng ommalashuvi
natijasida kiberjinoyatchilik zamonaviy jamiyat uchun jiddiy tahdidlardan biriga
aylandi. Ushbu global muammo faqat milliy darajada emas, balki xalqaro hamkorlik
asosida samarali hal qilinadi. Shu sababli, xalqaro kelishuvlar va konvensiyalar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
133
2181-
3187
kiberjinoyatlarga qarshi kurashda muhim huquqiy asoslarga ega. Shu munosabat bilan
O‘zbekiston Respublikasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan kiberjinoyatchilikka
qarshi kurashishda samaradorlikka erishishi uchun xalqaro kelishuvlarga qo‘shilishi,
ularning milliy qonunchilikka moslashtirilishi va amaliyotga tatbiq etilishi jarayonlari
tashkil etilishi lozim [1].
O‘zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlar va
kiberjinoyatlarga qarshi kurashish O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil
15-apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-764-son Qonuni hamda boshqa
qonunosti hujjatlari orqali tartibga solinadi. Mazkur qonunda “
kiberjinoyatchilikka –
axborotni egallash, uni o‘zlashtirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini
ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan
foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi” [2] deya ta’rif berilgan.
Zamonaviy raqamli davrda kibertahdidlarga qarshi kurash faqat texnologik
choralarga tayanib qolmaydi. Bu masala har tomonlama, ya’ni huquqiy, institutsional,
texnologik va ijtimoiy jihatdan ham keng ko‘lamli yondashuvni talab etadi. Bugungi
kunda internet, kompyuter va mobil aloqa hayotimizning asosi bo‘lib, yangi
imkoniyatlar bilan birga yangi xavflarni ham olib kelmoqda. Shu sababli, bu
tahdidlarga qarshi samarali kurash uchun milliy darajadagi sa’y-harakatlar bilan
birgalikda xalqaro tajriba va hamkorlikka ham tayanish zarur. Avvalo, axborot-
kommunikatsiya sohasiga xos tahdidlar bilan ishlashga qodir bo‘lgan mutaxassislarni
tayyorlash muhimdir. Buning uchun nafaqat texnik, balki huquqiy munosabatda ham
yetuk kadrlar kerak. Yoshlar orasida axborot xavfsizligi ongini oshirish, xabardorlik
darajasini ko‘tarish maqsadida o‘quv dasturlari, seminar-treninglar tashkil etilishi
zarur. Shu bilan birga, maktab va oliy ta’lim muassasalarida kibermadaniyatni
shakllantirish, axborot etikasini o‘rgatish bo‘yicha maxsus yo‘nalishlar kiritilishi
lozim. Bunday yondashuv nafaqat profilaktika sifatida, balki kelajakda ehtiyoj
bo‘ladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.
Axborot xavfsizligini ta’minlashda oʻzaro integratsiyalashgan tizim yaratilishi
zarur. Buning uchun texnik platformalar, monitoring tizimlari, real vaqt rejimida
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
134
2181-
3187
tahdidlarni aniqlash imkonini beruvchi dasturiy yechimlar keng joriy etilishi muhim.
Bu tizimlar faqat texnik, balki huquqiy va institutsional nuqtai nazardan ham
qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati,
prokuratura, sud hokimiyati kabi muassasalar o‘rtasida axborot almashinuvi, tezkor
muvofiqlashtirish va real vaqtli harakatni ta’minlaydigan mexanizmlar yaratilishi
lozim.
Ammo bu texnik va institutsional chora-tadbirlarning samarali ishlashi faqat
ularni birlashtiruvchi va tartibga soluvchi qonunchilik mavjud bo‘lsa mumkin.
Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini himoya qiluvchi qonun hujjatlari
doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqilishi va kibermakondagi tez o‘zgarishlarga xos
bo‘lgan yondoshuvlar bilan mos ravishda yangilanishi zarur. Misol uchun, O‘zbekiston
Respublikasining 2022-yil 15- apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni asosan
mutasaddi tashkilotlarning vakolatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ammo xalqaro
hamkorlik, transchegaraviy jinoyatlarni tergov qilish va dalillarni zamonaviy
standartlar asosida almashishning aniq mexanizmlari hozircha joriy etilmagan [3]. Bu
esa, jinoyatga oid dalillarni tez va tartibli ravishda kelib tushgan boshqa davlatlarga
yetkazish yoki ularning dalillarini olishda muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shu
bilan birga, jinoyatni aniqlash va tergovda vaqt talab qilmaydigan real vaqtli
monitoring vositalarini joriy etishda ham qonunchilikdagi bo‘shliqlar kuzatilmoqda.
Kiberjinoyatlar tushunchasi Qonunda aniq belgilangan bo‘lsa ham, “blokirovka
qilish” (ya’ni xakerlar tomonidan sayt yoki tizimni ishlashdan to‘xtatish), “DDoS
hujumlar” yoki botnetlar orqali boshqariladigan tarqatilgan hujumlar kabi o‘ziga xos
holatlar bo‘yicha penalizatsiya va jazolash mexanizmlari to‘liq ifodalanmagan [4]. Bu
esa sud amaliyotida u yoki bu holatda jinoyat sodir bo‘lganmi yoki sodir bo‘lmaganmi,
qanchalik og‘irligi qanday aniqlanishi borasida savollarni keltirib chiqaradi. Global
miqyosda esa, nodavlat aktorlar va kiberqurilmalar tomonidan amalga oshirilayotgan
hujumlar ham mavjud bo‘lib, bu turlar bo‘yicha amaliy jihatdan aniq yo‘riqnomalar va
profilaktika choralarini belgilaydigan qonunchilik zarurdir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
135
2181-
3187
Kiberxavfsizlikka oid xalqaro konventsiyalar — jumladan, Budapesht
Konvensiyasi va boshqa huquqiy oqimlar ham bo‘shliqlarni to‘ldirishda muhim manba
hisoblanadi. Shu sababli, O‘zbekistonda ratifikatsiya qilinmagan Budapesht
Konvensiyasining tegishli moddalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish zarur. Bu,
transchegaraviy tergovlar yoki boshqa davlatlar bilan dalillarni tez almashish hokazo
holatlarda muhim rol oynaydi. Masalan, jinoyat ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilgan
bo‘lsa, tegishli davlatdan ma’lumotlar arizasi kelishini kutish vaqt talab qilishi mumkin
— lekin agar qonun hamda xalqaro mexanizmlar to‘liq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, bu
muddat sezilarli darajada qisqaradi.
Bundan tashqari, MDH kabi hamkor tashkiotlar bilan tuzilgan bitimlar asosida
darhol aloqa va texnik yordam olish mumkin. Biroq bu doiralar cheklangan bo‘lishi
mumkin; global platformalarda — masalan, Interpol, Europol yoki OSCE kabi
tashkilotlar bilan hamkorlik joriy etilishi kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashni
yanada kuchaytiradi [5]. Amaliyotda, masalan, kiberhujumlar aniqlanganda, bir necha
daqiqa ichida dalilni olish va qayta ishlash, tegishli serverlarni bloklash, xakerlar
tomonidan yaratilgan tarmoqlarni aniqlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Biroq buni amalga oshirish uchun laboratoriya va texnik infratuzilma bilan bir qatorda,
xalqaro standartlarga mos keluvchi protokollar zarur.
Shuningdek, barcha jarayonlarni qo‘llab-quvvatlovchi monitoring va profilaktika
tizimlari rivojlantirilishi lozim. Bu yerda texnik vositalar bilan bir qatorda, ijtimoiy-
iqtisodiy omillar ham hisobga olinishi zarur. Masalan, kibertahdidlarga qarshi kurash
faqat jinoyatchilikni aniqlash bilan cheklanmaydi — balki bu sohani tashkil etuvchi
omillar: buxgalterlar yoki yuridik mutaxassislar ham kiberxavfsizlik asoslari bo‘yicha
o‘qitilishi, kichik va o‘rta biznesda ham xavfsizlik siyosati shakllantirilishi talab
etiladi. Shu bilan birga, aholining internetdagi bexatar masofadan muomala qilish,
shaxsiy ma’lumotlar bilan ehtiyotkor muomala qilish, firibgarlikdan ogohlantirish
tavsiyalari, kibermadaniyat haqida aksiyalarning kengaytirilishi ham zarur. Bu orqali
profilaktika safarbarligi kuchayadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
136
2181-
3187
Natijada, zamonaviy kibertahdidlarga qarshi kurash mutaxassislar tayyorlash,
texnik va monitoring infratuzilma yaratish, qonunchilikni xalqaro standartlarga
moslashtirish va ijtimoiy profilaktika hamjamiyatida axborot xavfsizligi ongini
shakllantirish kabi kompleks choralarni talab qiladi. Shu yo‘l bilan O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro hamkorlikni mustahkamlab, milliy qonunchilikni bu sohada
sifatni oshiruvchi tarzda yangilashi mumkin. Bu esa nafaqat zamonaviy tahdidlarga
qarshi chora-tadbirlarni kuchaytiradi, balki milliy va global axborot makonida barqaror
va xavfsiz muhit yaratishda muhim qadam bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, kibermakonda yuzaga kelayotgan tahdidlar va jinoyatlar
nafaqat texnologik taraqqiyotning salbiy oqibati, balki insoniyatning axborot bilan
ishlashdagi madaniy va huquqiy yetuklik darajasining ham sinovidir. O‘zbekiston
Respublikasi so‘nggi yillarda kiberxavfsizlikni ta’minlash, axborot makonini
himoyalash va zamonaviy tahdidlarning oldini olish bo‘yicha muhim huquqiy asoslarni
yaratdi. Biroq mavjud qonunchilikning ayrim jihatlari – xususan, xalqaro
hamkorlikning sustligi, zamonaviy kiberjinoyat turlarini penalizatsiya qilishdagi
noaniqliklar va texnik resurslarning cheklanganligi – bu sohada yanada tizimli
islohotlarni talab etmoqda.
Kiberxavfsizlikning samaradorligi faqat texnologik yechimlar bilan emas, balki
malakali mutaxassislar, moslashtirilgan qonunchilik, xalqaro tajriba almashuvi va
axborot madaniyatining shakllanishi orqali ta’minlanadi. Bu yo‘lda nafaqat davlat
tashkilotlari, balki jamiyatning har bir a’zosi, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot
vositalari va xususiy sektor ham faol ishtirok etishi zarur. Faqat ana shundagina
O‘zbekiston axborot makonida xavfsizlik, barqarorlik va ishonch muhitini qaror toptira
oladi. Shu bilan birga, mamlakatimizning global raqamli maydondagi ishtiroki
kuchayib, xalqaro axborot xavfsizligi tizimida munosib o‘ringa ega bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi “Kiberxavfsizlik
to‘g‘risida”gi O‘RQ-764-son Qonuni 3-moddasi;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
137
2181-
3187
2.
Cyber Law: Safeguarding Digital Spaces in Uzbekistan / Maqola / Elektron
resurs / Rejim kirish: https://irshadjournals.com/index.php/ijcl/article/view (murojaat
qilingan sana 13.06.2025);
3.
“Evidence and attribution of responsibility in international cyber-attacks: The
adequacy of the international legal framework?” Tilburg Institute for Law,
Technology, Market and Society, January 2020, p. 19 / Elektron resurs / Rejim kirish:
https://arno.uvt.nl/show.cgi?fid=150329 (murojaat qilingan sana 13.06.2025);
4.
OSCE workshop in Uzbekistan supports development of national competency
framework and training strategy on cybercrime and electronic evidence / Elektron
resurs / Rejim kirish: https://www.osce.org/secretariat/592076 (murojaat qilingan sana
13.06.2025).
5.
L.Z.Komilov “Kiberjinoyatlarga qarshi xalqaro kelishuvlar va ularning milliy
qonunchilikka implementatsiyasi” / Maqola / Kiberjinoyatchilikka qarshi
kurashishning
huquqiy,
tashkiliy,
moliyaviy-iqtisodiy,
muhandislik-texnik
muammolari va yechimlari nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
to‘plami, 166-bet, IIV Malaka oshirish instituti, 2024;