Авторы

  • To’lasheva Jasmina Jo’rabek Qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.126174

Ключевые слова:

Ekzogen endogen immun tabiatli allergenlari medikamentoz biogen immunoglobulin IgE PgD2 prostaglandin va LTD4 leykotrien gistamin H1 retseptor AQB SAMF prostoglandin F2 bronxospazm immunokompleks xolinergik retseptorlar alfa-adrenoretseptorlar betta- adrenoretseptorlar status astmaticus yengil o'rta og'ir og'ir Kurshman spirallari va Sharko- Leyden kristallari.

Аннотация

Bronxial astma [yun. asthma bo'g'ilish], mayda bronxlarning 
torayishi,shilliq pardasining ko'chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial 
o'tkazuvchanlikningbuzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt
bevakt nafas qisishi vabo'g'ilish xuruji bilan o'tadigan allergik kasallik.So’nggi 
yigirma yil ichida astma bilankasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda VOZ 
maʼlumotlariga qaraganda bukasallikdan 100 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va 
yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda engkeng tarqalgan surunkali kasalliklardan biridir. 
Branxia lastma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi yuqori, xuruj darakchilari 
davri, avj olgan davr, xurujning ortga qaytishdavri.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

62

2181-

3187

BRONXIAL ASTMA KASALLIGIDA O’PKA TO’QIMALARINING

GISTOSTRUKTURAVIY O’ZGARISHLARI VA UNING ETIOLOGIYASI,

PATOGENEZI, KLINIK

MANZARASI , DIAGNOSTIK TEKSHIRUVLARI, KECHISHI ,

ASORATLARI

VA UNI DAVOLASH.

To’lasheva Jasmina Jo’rabek Qizi

Qo’qon Universiteti Andijon Filiali

Annotatsiya:

Bronxial astma [yun. asthma bo'g'ilish], mayda bronxlarning

torayishi,shilliq pardasining ko'chishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial

o'tkazuvchanlikningbuzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqt-

bevakt nafas qisishi vabo'g'ilish xuruji bilan o'tadigan allergik kasallik.So’nggi

yigirma yil ichida astma bilankasallanish holatlari ko’paydi va bugungi kunda VOZ

maʼlumotlariga qaraganda bukasallikdan 100 million kishi aziyat chekadi. Bu jins va

yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda engkeng tarqalgan surunkali kasalliklardan biridir.

Branxia lastma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi yuqori, xuruj darakchilari

davri, avj olgan davr, xurujning ortga qaytishdavri.

Kalit to'zlar:

Ekzogen, endogen, immun tabiatli, allergenlari, medikamentoz,

biogen,immunoglobulin IgE, PgD2 prostaglandin va LTD4 leykotrien, gistamin, H1

retseptor,AQB, SAMF, prostoglandin F2, bronxospazm, immunokompleks, xolinergik

retseptorlar,alfa-adrenoretseptorlar, betta- adrenoretseptorlar, status astmaticus,

yengil, o'rta og'ir,og'ir, Kurshman spirallari va Sharko- Leyden kristallari.

Bronxial astmaBronxial astma (asthma bronchiale)- surunkali kechuvchi allergik

kasallik bo'lib, unga bronxlarning o'zgargan reaktivligi xos bo'lib, asosiy klinik

belgilaridan biri bo‘g‘ilish xurujlaridir. Uning og'irlik darajasidan qatʼiy nazar

surunkali kasallik bo'lib asosida allergik yallig'lanish yotadi. U aholi orasida ko'p

uchraydigan kasalliklar guruhiga kiradi. Turli ma’lumotlarga ko'ra Yevropa va


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

63

2181-

3187

Amerika mamlakatlarida aholining 3-7 % ushbu kasallikka chalingan. Bu kasallikning

bolalar orasidagi ko'rsatkich ancha yuqori. Rossiyada har 10000 ta boladan 97 tasi

ushbu kasallik bilan og'riydi. Xususan Sank-Peterburgda har 10000 ta boladan 240

tasiga to'g'ri kelsa, O'zbekistonda har 10000 kishiga 17ta odam to'gri keladi.

Asosiy belgilari

:

-

Xurujsimon yo'tal;

- Xansirash, qiyinlashgan nafas;

- Balg'am ajralishi

;

-

Nafas olganda xirillash;

- Ko'krak qafasida og'irlik.

Etiologiyasi

Bronxial astmani keltirib chiqaradigan sabablariga qarab bu kasallikning

ikkitaasosiy qismi tafovut qilinadi:

1) ekzogen omillar sabab bo'ladigan omillar, immun tabiatli bronxial astma;

2) endogen yo'l bilan paydo bo'ladigan, immunitetga bog'liq bo'lmagan

bronxial astma.

Kasallikni rivojlanishida eng avvalo turli ekzogen allergenlar muhim rol

o'ynaydi:

- Kelib chiqish asosi o'simliklar bo'lgan allergenlar (o'simliklar changgib va

boshqalar);

- Maishiy allergenlar — uy va kitob changi, shuningdek, akvariumdagi baliqlar

ozuqasi, uy hayvonlari qazg’oqi;

- Oziq-ovqat yoki nutritiv allergenlar (tuxum, sitruslilar, oziq-ovqat bo'yoqlari

va konservantlar) hozir keng tarqalgan hisoblanadi.

- Medikamentoz (doriga) alergenlar, bronxial astmaga chalingan bemorlarning

22-40 % turli xil dorilarga reaksiyalar aniqlanadi

- Biogen alergenlar: bakteriya, sodda hayvonlar, viruslar, zamburugʻlar ;

- Turli kasbiy omillar (kosmetik vositalar, dorixonada ishlash va boshqalar)

sababli yuzaga keladigan..


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

64

2181-

3187

Bronxial astma etiologiyasida meteorologik omillar (sovuq havo), nasliy

moyillik, 40-80 % (ko'pincha bolalarda) ruhiy omillar va stress holatlar

ta’sirlarimuayyan rol o'ynaydi.

Patogenezi

Immun tabiatli bronxial astmaga chalingan bemorlarning bronxlaridagi

o'zgarishlar asosida organizmning sensibilizatsiyasi yotadi. Bunda

anafilaksiyaturida kechuvchi va reagenli antitelalar bilan bog'langan, IgE sinfiga

mansub I(tezkor) tipdagi allergik reaksiyalar katta ahamiyatga ega. Bu

antitelalarbronxlarning shilliq osti asosidagi semiz hujayralarda joylashgan.

Allergenlarbronxlarga qayta tushganda ular semiz hujayralardagi reagenli antitelalar

bilanbog'lanib bronxospazm, bronxlarning shilliq qavati gipersekretsiyasi va shishga

olibkeluvchi biologik aktiv moddalar - gistamin, anafilaksiyaning sekin javob

beruvchisubstansiyasi va boshqalar ozod bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu ketma

ketligiquyidagicha

sodir

bo'ladi:Organizmga

1-bor

atigen

tushganda

plazmatikhujayralarda aynan shu antigenga nisbatan spetsifik immunoglobulin (IgE)

hosilbo'ladi. Hosil bo'lgan immunoglobulinlar semiz hujayralarga borib ularga

maxsusoqsillar

bilan

birikadi

va

organizmda

1-bor

tushgan

antigenga

nisbatansebsibilizatsiya yuzaga keladi. Aynash o'sha antigen organizmga 2-bor

tushgandaorganizmning maxsus immunoglobulini IgE bilan to'g'ridan to'g'ri birikadi.

Bu esao'z navbatida semiz hujayralardan gistamin va proteazalar atalishiga sabab

bo'ladi.Ajralgan proteazalar bronx devoridagi qon tomir o'tkazuvchanligini oshiradi

vashish paydo bo'lishiga zamin yaratadi.Gistamin esa bronx devoridagi

silliqmuskulning H1 retseptorlariga taʼsir qilib uni qisqarishiga sabab bo'ladi va

natijadabronxospazm yuzaga keladi va qon tomirdagi H1 retseptorlariga taʼsir

qilibvazodilatastsiyaga sabab bo'lib AQB ming tushishiga sabab bo'ladi.

Allergenlartakror ta’sir ko'rsatganida sensibillangan bu hujayralar gistamin va

kimyoviyjihatdan aktiv bo'ladigan boshqa mediatorlarni ajratib chiqara boshlaydi,

bularningorasida PgD2 prostaglandin va LTD4 leykotrienlar hammadan muhim

ahamiyatgaega, chunki bular ancha kuchli bronxokonstriktorlar (bronxlami


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

65

2181-

3187

toraytiradiganmoddalar) bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari araxidonat kislotaning

boshqaunumlari, jumladan LTB4 leykotrien (potensial xemotraktant) va trombaksan

A2,trombotsitlarni faol holga keltirib, ularning agregasiyalanishiga sabab

bo'ladiganomil ham ajralib chiqadi. Shunday qilib, allergiya reaktsiyasida semiz

hujayralar, oqqon hujayralari va trombotsitlar ishtirok etadi. Bular serotonin va

ajabmaski, kininsingari birlamchi va ikkilamchi mediatorlar ajralib chiqishini boshlab

beradi.Bronxial astma patogenezining immun halqasiga III (immunkompleks) va IV

tipdagi(sekinlashgangipersezuvchanlik)

allergik

reaksiyalar

ham

qo'shiladi.

Shuningdek,bronxial astma patogenezida turli immun bo'lmagan mexanizmlar ham

faolqatnashadi.

Kasallikka

chalingan

bemorlarda

adashgan

nerv

tonusi

ortiborganizmning

adrenergik

faolligi

susayadi.

Siklik

nukleotidlar

orasidagimutanosiblik buzilib, bu hujayralarda SAMF miqdorining kamayishi va

SGMFkonsentratsiyasining

ortishi

bilan

namoyon

bo'ladi.

Ularda

glyukokortikosteroidlaryetishmovchiligi, ikkilamchi giperaldosteronizm va boshqalar

bilan namoyonbo'luvchi turli gormonal buzilishlar qayd etiladi. Bronxial

astmadaprostoglandinlarning taʼsiri: Masalan aspirinli astmaga chalingan

bemorlardaaraxidon kislota metabolizmi buziladi, bu yaqqol bronxospastik samara

beruvchiprostoglandin F2 sintezi ortishiga olib keladi. So'nggi yillarda bronxlarning

silliqmushagi hujayralarida bronxospastik reaksiyalarga Ca ionlarining ko'p

miqdordabo'lishiga katta e’tibor qaratilmoqda.Immunmas tabiatli bronxial astma nafas

yo'llari funksiyasini idora etibturadigan parasimpatik nerv sistemasining funksiyasi

buzilishi natijasidaboshlanadi. Ma’lumki, mayda bronxlar va bronxiolalar, shilimshiq

hosil qiluvchibezlar va kapillyarlaming silliq muskullari avtonom (vegetativ) nerv

sistemasitomonidan

idora

etilib

boradi.

Holinergik

reseptorlar

bilan

alfaadrenoreseptorlaming ta’sirlanishi bronx va bronxiolalaming spazmga

uchrab,shilimshiq

ishlanib

chiqishi

kuchayishiga

olib

boradi,

holbuki,

betaadrenoreseptorlarning ta’sirlanishi bunga teskari natijani keltirib chiqaradi.

Demakbronxial astma uchun bronxlarning shilimshiq hosil qiluvchi hujayralaridagi

alfaadrenoreseptorlar

reaktivligining

kuchayishi

yoki

alfa-

reseptorlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

66

2181-

3187

soniningko'payishi harakterlidir. Bronxial astma paydo bo'lishining shu ikkala

mexanizmio'rtasida mahkam o'zaro bog'lanish bor.

Klinik manzarasi

Bronxial astma uchun ekspirator hansirash harak- terlidir, ana shundayhansirash

mahalida nafasni qisib qo‘yadigan xurujlar ham boshlanadi. Nafaschiqarish qiyinlashib

qolishi munosabati bilan o‘pka shishishga boshlab, shilimshiqtiqinlaridan distalroq

tomonda havo to'planib boradi. Kasallik xuruji odatda birnecha soat davom etadi va

o‘z-o‘zidan yoki bronxlarni kengaytiruvchi dorilar(bronxodilatatorlar) ishlatilganidan

keyin barham topishi mumkin. Nafas qismayturgan davrda nafas yetishmovchiligi

borligini spirometriya bilangina aniqlasaboladi. Bronxial astmaning muhim diagnostik

mezoni kasallarning balg‘amidaSharko- Leyden kristallari va eozinofillar topilishi

mumkin. Nafas odatda shovqinlibolib, kasalning xirirlayotgani nariroqda eshitilib

turadi. Kamroq hollarda statusastmaticus kuzatiladi, bunda astma xuruji bir necha kun

va hatto hafta mobaynidadavom etib boradi va bronxolitiklar ta’siridan to‘xtamaydi.

Bunday sharoitlardaalveolalar ventilyasiyasining uzoq muddat buzilib turishi zo‘rayib

boradigangipoksiya, giperkapniya va respirator atsinozga olib boradi. Bu

kasallikdako‘riladigan o'lim hollarining asosiy sababi - unga infektsiya qo'sqilishi va

statusastmaticus-dir.

Bronxial astma xuruji rivojlanishida uch davr farqlanadi:

1- xuruj darakchilari davri;

2-avj olgan davr;

3- xurujning ortga qaytish davri.

Xurujdarakchilaridavri (prodromaldavr) ko'pinchabronxialastmaningyuqumli-

allergikshakligachalinganbemorlardauchrabburunshilliqqavatiningvazomotorreaksiya

lari (aksaurish, ko'pmiqdordasuyuqajralmalar), yo'tal,hansirashbilannamoyonbo'ladi.

Keyinchalik

(ba’zanto'satdan,

xabarchilardavrisiz)

bemordabemalolnafasolishgaxalaqitberuvchiko'krakqafasidabitibqolishhissipaydobo'l

adi.

Nafasolishqisqa,

nafaschiqarishesaaksinchauzoqdavometadi,

masofadaneshitilibturadiganbalandtovushlihushtaksimonxirillashlareshitiladi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

67

2181-

3187

Ajralishi qiyin bo'lgan yopishqoq yo'tal paydo bo'ladi. Nafasolishni osonlashtirish

maqsadida bemor tirsaklari bilan stul suyanchig'i yokitizzalariga tayanib tanasini

oldinga bukib majburiy (ko'pincha o'tirgan) holat oladi.

Avjolgandavrida

(xurujpaytida)

yuzbirozshishgan,

nafaschiqarishbosqichidabo'yintomirlarishishikuzatilishimumkin.

Ko'krak

qafasi

maksimalnafas olish holatida go'yo qotib qolgandek tuyuladi. Nafas olish va

chiqarishdamavjud qarshilikni yengishda ishtirok etuvchi yordamchi nafas

mushaklariqatnashadi. Ko'krak qafasi perkussiyasida quticha tovushi, o'pkaning

pastkichegaralarini

pastga

siljishi

va

ularning

harakatchanligini

keskin

chegaralanishiqayd etiladi. O'pka ustida nafas chiqarish uzaygan kuchsiz vezikulyar

nafas va ko'pmiqdordagi tarqoq quruq (aksariyat hushtak chaluvchi) xirillashlar

eshitiladi.Yurakning mutlaq to'mtoqlik kesimi o'pkaning keskin kengayishi hisobiga

sezilarlidarajada kamayadi, tonlar bo'g'iqligi, taxikardiya, II tonning o'pka arteriyasi

ustidagiaksenti aniqlanadi.Xurujning ortga qaytish davrida shilliq ko'chishi

yengillashadi, o'pkada quruqxirillashlar soni kamayadi, bo'g'ilish sekin-astalik bilan

o'tib ketadi.Bir qator bemorlarda jismoniy zo'riqish yoki odatda ochiq havoda

bajariladigansport mashg'ulotlari (chopish, tez yurish, futbol o'ynash) bronxospazm

xumjlarinichaqiruvchi omil bo'ladi. Kasallikning bunday shakli «jismoniy

zo'riqishastmasi»deb ataladi.

Diagnostiktekshiruvlari

Ko'krakqafasia’zolariningxurujavjolgandavridarentgenyordamidatekshirishdao'p

kachegaralariningyuqoridarajadagishaffofligi,

diafragmanipastturishivakamharakatliligiqaydetiladi.

Qontahlillaridaeozinofiliyavalimfotsitozaniqlanadi.

Bronxialastmaxurujidanso'ngolinganshilliqmoddadaeozinofillar,Kurshmanspirallariv

aSharko- Leydenkristallaritopiladi.Hozir bronxial astmani tashxislashda organizmning

turli allergenlargareaksiyasini aniqlash maqsadida maxsus teri sinamalari qo'llaniladi.

Bronxialo'tkazuvchanlikni o'rganish uchun tekshirishning funksional uslublari -


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

68

2181-

3187

spirografiya,pnevmotaxometriyadan foydalaniladi. Yondosh surunkali bronxit yoki

surunkalizotiljam aniqlanganda bronxoskopik va bronxografik tekshiruvlar o'tkaziladi.

Kechishi va asoratlari

Odatda, bronxial astma zo'rayish davrlarini remissiyaga almashinuvi

bilankechadi. Bunda uning kechish og'irligi turlicha bo'lishi mumkin. Kechishiga

ko'raturlari:

Yengilkechishida-

xurujlarkam

(1

yilda

2-3

marta)

yengilo'tadi,

umumiyo'zgarishlardeyarliyo'q

,

o'z-o'zidano'tibketadi,

xurujlararodavrbirnechaoygachadavometadi.

O'rtaog'irkechishida-xurujlar

(1

byilda

3-4

marta)

shifoxonadadavolanishnitalabetadi.

Og'ir kechishida- xurujlar (1 yilda 5 martadan ortiq) tez-tez uzoq davom

etadi,remissiya davri qisqa bo'lmasligi ham mumkin.

Bronxial

astma

ko'pincha

ikkilamchi

o'pkali-yurak

qo'shilishi

bilan

kechuvchio'pka emfizemasi bilan asoratlanadi. Astmatik holat yoxud astmatik status

(statusasthmaticus)

bronxial

astmaning

o'ta

jiddiy

asorati

hisoblanadi.

Badrenostimulyatorlarning

me’yoridan

ortiq

qo‘llanilishi,glyukokortikosteroidlardozasining juda tez kamaytirilishi, allergenning

katta miqdordagi dozasi bilanaloqada bo‘lish va boshqalar uning rivojlanishiga olib

kelishi mumkin.

Astmatik statusning rivojlanishida uch bosqich ajratiladi.

I bosqich (boshlang‘ich yoki nisbiy kompensatsiya bosqichi) 12 soatdan

uzoqdavom etgan va to‘xtatib bo‘lmaydigan bo‘g‘ilish xurujidir. Bemorlarda

bronxolitikdori

vositalariga

rezistentlik

rivojlanadi,

shilliq

ko‘chmay

qo‘yadi.Giperventilyatsiya tufayli gipokapniya va kompensatsiyalangan alkaloz

paydobo‘ladi.

II bosqich (dekompensatsiya bosqichi) ga bronxlarning drenaj faoliyatinikeskin

buzilishi xos. Ularning teshigi yopishqoq shilliq bilan to‘lib qoladi va shutufayli avval

yaxshi eshitilgan quruq xirillashlar yo‘qoladi («soqov o‘pka» bosqichiyoki sindromi).


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

69

2181-

3187

Qonning gaz miqdori buziladi, gipoksemiya vujudga keladi. (O2bosimi 50-60 mm sim.

ust. gacha pasayadi), giperkapniya (CO2 bosimi 60 - 80 mmsim. ust. gacha

ortadi).Samarali davolash muolajalari o‘tkazilmaganda astmatik statusning

III bosqich, giperkapnik kоmа bosqichi rivojlanadi. Gipoksemiya,giperkapniya va

atsidoz zo‘rayib borishi natijasida ( kislarotning qondagi bosimi 40mm sim. ust. dan

pastga tushadi, CO2 ming qondagi bosimi 90 mm sim. ust. danortadi) og‘ir nevrologik,

shu jumladan serebral va gemodinamik buzilishlar vujudgakeladi hamda bemorning

o'lim bilan tugashi mumkin.

Davolash

Bemor organizmiga u yoki bu allergenlarning ta’sirini to‘xtatishga

qaratilganchoralar (masalan, bemorni muayyan o‘simliklar bilan ularni gullash

davridaaloqasini

cheklash,

oziq-ovqatga

allergiya

bo‘lganda

maxsus,

eliminatsiyaparhezlarini qo‘llash, kasbiy allergiya bo‘lganda ratsional ishga

joylashtirish vaboshqalar) ko‘riladi. Bemorning muayyan allergenlarga reaksiyasi

aniqlangandaularga organizmning reaksiyasini pasaytirish maqsadida o‘ziga

xosgiposensibilizatsiya o‘tkazishga harakat qilish.Bo‘g‘ilish xurujlarini bartaraf qilish

maqsadida hozirgi kunda bronxlarni tezkorkengaytiruvchi selektiv b-adrenomimetik

aerozollari keng qo‘llaniladi: orsiprenalinsulfat (astmopent), terbutalin, salbutamol,

fenoterol (berotek) va boshqalar. Dorivositasi dozasi individual tanlanib ko‘pincha

dozalangan aerozolni 2 ta nafasolishdan iborat. Davolash uchun shuningdek M -

xolinolitik aerozollari (ipratropiumbromid yoki atrovent, berodual) dan foydalaniladi.

Shuningdek, bemorlar vavrachlar metilksantinlardan keng foydalanadilar. Masalan,

bronxospazm xurujinibartaraf etish uchun ko‘pincha sekin-astalik bilan tomirga

teofillin yuboriladi.Bo‘g‘ilish xurujlarini oldini olish uchun shu guruhdagi uzoq ta’sir

etuvchi dorilarog‘iz orqali ichishga buyuriladi.Simptomatik davo tariqasida shilliq

ajralishini yaxshilovchi hamda balg‘amko‘chiruvchi va mukolitik vositalar buyuriladi

(termopsis, altey tomiri damlamasi,mukaltin, bromgeksin va boshqalar).Agarda

bronxial astma kechishining yomonlashishi yondosh surunkali bronxityoki surunkali

zotiljamning zo‘rayishi bilan kechsa antibakterial vositalartayinlanadi.Bronxial astma


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

70

2181-

3187

og‘ir zo‘rayib boruvchi bo‘g‘ilish xurujlari bilan kechishida vaboshqa dori

vositalaridan foydalanish samarasiz bo‘lganda glyukokortikosteroidlartayinlanadi.

Bemorlarning taxminan 20 % ularga muhtoj bo‘ladi. Odatda, bir kundao‘rtacha 15-20

mg prednizolon, antatsid vositalar (almagel, maaloks), H2 gistaminblokatorlari va

proton pompasi ingibitorlari bilan birgalikda qo'llaniladi (ertalabkisoatlarda). So‘nggi

guruh dorilari oshqozon shilliq qavatini eroziya va yaralizararlanishlardan

himoyalaydi. Samaraga erishilgandan so‘ng dori dozasi sekinastalik bilan

kamaytiriladi (har 5-7 kunda 2,5 mg ga) va keyinchalik ushlab turuvchidoza qoldiriladi

(kunda 5-10 mg).Shuningdek, gormonal dori vositalarini ingalyatsiyalarda qo‘llash

mumkin.Bunday yondoshish dorilarni salbiy ta’sirini kamaytiradi hamda yaxshi

samaraberadi.Astmatik holatni davolaganda oksigenoterapiya qo‘llaniladi. Vena

ichigateofillin, yuqori dozalarda glyukokortikosteroidlar (har 3-4 soatda 60-90

mgprednizolon) yuboriladi, ayni paytda 20-30 mg dori ichishga buyuriladi.

Atsidozbilan kurashish uchun kunda 1-2 marotaba 100-150 ml 3 %

natriygidrokarbonatdanfoydalaniladi.Bronxial astmaning profilaktikasiga bemor

atrofidan ehtimoliy allergenlarniyo‘qotish, kasbga bog‘liq salbiy ta’sirlar, chekish

bilan kurashish, surunkaliinfeksiyalarni (ayniqsa halqumdagi) sinchkovlik bilan

sanatsiyalash kiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1.Tibbiyot ensiklopediyasi.

2.Patalogik anatomiya Toshkent-2012 M. S. Abdullaxo'jayeva.

3.Icki kasalliklar propedevtikasi Toshkent-2012 A. Gadayev. M. Sh. Karimov. X.S.

Axmedov.

4.Patologik fizalogiya Toshkent 2009. M. M. Haqberdiyev.

5.Umumiy patologiya Toshkent 2010.B.A.Magrupov.

6. Seksion biopsiya kursi 2016. B. A. Magrupov

7.Azimov R. Q. Patafizalogiya Toshkent-2010

8.Xusinov O. A Patalogik fizalogiya

9.Medic.uz sayti

Библиографические ссылки

Tibbiyot ensiklopediyasi.

Patalogik anatomiya Toshkent-2012 M. S. Abdullaxo'jayeva.

Icki kasalliklar propedevtikasi Toshkent-2012 A. Gadayev. M. Sh. Karimov. X.S.

Axmedov.

Patologik fizalogiya Toshkent 2009. M. M. Haqberdiyev.

Umumiy patologiya Toshkent 2010.B.A.Magrupov.

Seksion biopsiya kursi 2016. B. A. Magrupov

Azimov R. Q. Patafizalogiya Toshkent-2010

Xusinov O. A Patalogik fizalogiya

Medic.uz sayti