ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
35
2181-
3187
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MAYDA MOTORIKANI
RIVOJLANTIRISH MASHQLARI
ABDUNOROVA IRODA ILXOMJON QIZI
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar
19-DMTT tashkiloti 1-tayyorlov guruh tarbiyachisi
ANNOTATSIYA
Maqolada
maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorika
ya’ni
barmoqlar va qo‘l detallarini aniq boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan mashqlar tizimli tarzda tahlil qilinadi. Avvalo, mayda motorikaning yosh
rivojlanishdagi o‘rni, uning nutq, yozuv, diqqat, ijod va akademik ko‘nikmalar
shakllanishidagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Keyin, an’anaviy va innovatsion metodlar
yordamida
mashqlar
guruhlari
grafomotor,
manipulyativ,
konstruktiv,
qo‘l-barmoqlar musiqali, san’at va sensorli mashqlar
ko‘rib chiqiladi. Har bir
mashq turi pedagogik maqsad biri bolalarning motorik koordinatsiyasi, aniqlik, kuch,
ritm sezish, ijodiy fikrlash va mustaqillik darajasini rivojlantirishdir. Shuningdek,
tarbiyachilar uchun mashg‘ulotlarni rejalashtirish, umumiy metodik tavsiyalar va
baholash mezonlari ham yoritilgan. Tadqiqotga asoslangan tavsiyalar va amaliy
mashg‘ulot tajribalari maktabgacha ta’lim muassasalari uchun samarali
qo‘l yo‘riqnoma hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
mayda motorika, maktabgacha yosh, grafomotor mashqlar,
manipulyativ mashqlar, sensorli mashqlar, konstruktiv o‘yinlar, nutq va motorika
aloqasi
KIRISH
Maktabgacha yosh bu bola jismoniy, ruhiy va aqliy jihatdan shakllanadigan eng
muhim bosqichlardan biridir. Ayniqsa, bu davrda bolaning mayda motorikasini
rivojlantirish kelajakdagi o‘qish, yozish, chizish, nutqiy faoliyat va mantiqiy fikrlash
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
36
2181-
3187
kabi ko‘plab ko‘nikmalarning asosini tashkil etadi. Bola qo‘li bilan bajarayotgan har
bir nozik harakat uning miyasi faol rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu bois, maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar tomonidan maqsadli va metodik tarzda olib
boriladigan mashqlar, o‘yinlar va amaliy topshiriqlar orqali mayda motorikani
rivojlantirish eng muhim pedagogik vazifalardan biridir.
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorika
ko‘nikmalarini shakllantirishga doir samarali mashqlar, ularni o‘tkazish usullari hamda
tarbiyachining bu jarayondagi o‘rni yoritiladi.
ASOSIY QISM
Bolalarning mayda motorikasini rivojlantirish uchun kundalik faoliyat
jarayonida kichik, ammo maqsadli mashqlarni muntazam qo‘llash muhimdir.
Mashg‘ulotlar bolalarda nafaqat barmoqlarning harakatini, balki diqqat,
kuzatuvchanlik, muvofiqlashtirish va fikrlashni ham faollashtiradi.
Mashg‘ulot davomida bolalarga turli xil materiallar taklif etilishi mumkin.
Masalan, tugmalarni ipga terish, bog‘ichlarni bog‘lash, fermuar va tugmalarni yechish
va qaday qilish bolalarda mustaqil harakatlarni rivojlantiradi. Shu bilan birga, plastilin
va loy bilan ishlash orqali barmoqlar harakati kuchayadi va tasavvur kengayadi.
Loydan hayvonlar, mevalar yoki oddiy shakllar yasash orqali bolalar nafaqat mayda
motorikani, balki estetik did va fantaziyasini ham rivojlantiradi.
Rangli qumda chizish yoki barmoq bo‘yoqlaridan foydalanib surat solish
jarayoni ham sezgi a’zolarining faollashuviga xizmat qiladi. Bolalar o‘z tasavvuridagi
rasmni chizgan paytda har bir barmog‘i faol ishlaydi, bu esa yozuvga tayyorgarlik
uchun juda foydalidir.
Bolalarga kichik mozaikalarni joylashtirish, qurilish konstruktori bilan ishlash,
detallarni moslashtirish va shakllarni joyiga qo‘yish faoliyatlari ham motorikani
rivojlantiradi. Bu o‘yinlar nafaqat barmoqlarni ishlatishga majbur qiladi, balki
bolalarning tafakkurini, fazoviy tasavvurini va sabr-toqatini ham oshiradi.
Gazeta yoki eski jurnallarni yirtish, kesish, qog‘ozni buklash, varaqdan oddiy
shakllar yasash orqali bolalarning qo‘l harakatlari mustahkamlanadi. Masalan, oddiy
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
37
2181-
3187
origami elementlari bilan ishlash orqali bolalar o‘zlari yaratgan shakllardan
faxrlanadilar va bu ularning motivatsiyasini kuchaytiradi.
Tarbiyachi bu jarayonda yetakchi rolni bajaradi. Har bir faoliyatni bolalarning
yoshiga moslab tashkil qilish, rag‘batlantirish va individual yondashuv orqali yuqori
natijaga erishish mumkin. Mashqlarni ertaklar, qo‘shiqlar va harakatli topshiriqlar
bilan uyg‘unlashtirish esa bolalarning qiziqishini yanada oshiradi.
Bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘yin shaklida tashkil qilinsa, ular o‘zlari bilmagan
holda juda ko‘p harakatlarni bajaradilar. Masalan, “Xazinani top” o‘yini davomida
mayda buyumlarni qop ichidan topish, barmoqlar bilan ko‘zni yopib tanish shaklni
aniqlash kabi topshiriqlar motorikani kuchli rag‘batlantiradi.
Maktabgacha ta’limda bu kabi ijodiy va amaliy yondashuvlar orqali bolalarning
umumiy rivojlanishiga zamin yaratiladi. Eng muhimi, bu mashqlar orqali bolaning
o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va tayyorgarligi mustahkamlanadi.
1-tayyorlov guruhi uchun kreativ va amaliy mashqlar jadvali
(faqat mayda motorikani rivojlantirishga qaratilgan)
Faoliyat turi
Boyitilgan, amaliy mashg‘ulot g‘oyasi
Ipga terish
Bolalarga katta ignaga ip solib, makaron yoki
boncuklarni ranglarga qarab terdirish. Terilgan ipdan
bilaguzuk yoki bayramona bezak yasash.
Tugma mashqi
“Tugmachani qaday qil” o‘yini: tarbiyachi ko‘ylakni
kiyib keladi va bolalarga tugmalarni qadashni yoki yechishni
aytadi. Tugmachalarni rangiga yoki kattaligiga qarab
farqlatish.
Plastilin
bilan
ishlash
Plastilindan “meva salati” yasash. Bolalar turli mevalarni
yasab, plastilinli likopchaga joylashtiradilar. So‘ngra "kimni
mevasi eng chiroyli?" deb tanlash.
Qog‘ozdan
kesib yopishtirish
Rangli qog‘ozlardan “mening uyim” nomli kollej: uycha,
deraza, eshik, daraxt, quyoshni kesib, kartonga yopishtirish.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
38
2181-
3187
Faoliyat turi
Boyitilgan, amaliy mashg‘ulot g‘oyasi
Qog‘ozni buklash, bosish, elimlash harakatlari orqali
barmoqlar faol ishlaydi.
Barmoq
bo‘yoqlari
bilan
rasm
“Quyoshli bog‘” rasm: har bir bola barmoqlarini bo‘yab,
qog‘ozga gulli bog‘ chizadi. Har bir gul, barg va quyosh nuri
alohida barmoq harakati bilan yaratiladi.
Loy yoki xamir
bilan o‘ynash
“Nonvoyxona o‘yini”: loy yoki unli xamir beriladi,
bolalar kulcha, patir, somsa yasaydi. Keyin ularni “do‘kon”
qilib savdo o‘ynashadi.
Shnurli
kartochkalar
Kartochkada teshikchali hayvoncha rasmi. Bolalar ipni
navbat bilan teshiklardan o‘tkazib, “hayvonchaga libos tikish”
mashg‘ulotini bajaradilar.
Makaron bilan
bezash
Tayyor shakldagi rasm (masalan, yurak, daraxt) ustiga
elim bilan makaron yopishtirish. So‘ng uni bo‘yash va
"sovg‘a" sifatida bezash.
Pinset
bilan
terish
Mayda boncuk yoki donalarni pinset bilan terib idishdan
boshqa idishga ko‘chirish. "Kim tezroq saralaydi?" o‘yini
bilan qiziqroq qilinadi.
Quyma qumda
“xazina qidirish”
Qum qutisiga mayda buyumlar (tugma, tosh, boncuk)
yashiriladi. Bolalar barmoqlari bilan qumni kavlab, topilgan
buyumni aytadi. Bu sezgi va motorikani rivojlantiradi.
Qog‘oz
yirtib
kollej qilish
Bolalar rangli qog‘ozni yirtib, "kuzgi barglar" kollejini
tayyorlashadi. Har biri o‘z bargini tanlaydi va o‘zi
yopishtiradi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
39
2181-
3187
2-guruh (kichik guruh) uchun mayda motorikani rivojlantiruvchi amaliy
mashqlar jadvali
Faoliyat turi
Boyitilgan, amaliy mashg‘ulot g‘oyasi
Ipga terish –
o‘yincha yasash
Bolalarga katta teshikli boncuklar beriladi. Ular ipga
navbat bilan terib "iloncha" yoki "bilaguzuk" yasashadi.
Terilgan buyumlarni uyiga olib ketishga ruxsat berish
motivatsiyani oshiradi.
Bo‘yoq bilan
barmoq rasm
Barmoq uchlariga bo‘yoq surtilib, qog‘ozga nuqta, chiziq,
gul shakllari bosiladi. “Menimcha bu nima?” deb o‘yin bilan
uyg‘unlashtiriladi.
Rangli
qog‘ozni yirtish
Bolalar rangli qog‘ozni qo‘li bilan yirtib, barg, quyosh,
yomg‘ir shaklida kollej yasashadi. Tarbiyachi “bulutni
bezatamiz” deb ko‘rsatma beradi.
Plastilinni
ezish, aylantirish
Oddiy harakat: plastilinni barmoqlari bilan ezish,
aylantirish, barmoq bilan bosish. Shirinlik yoki kichik
to‘pchalar yasash topshirig‘i beriladi.
Qog‘ozni
burish
Bolalar yumshoq, rangli qog‘ozdan mayda g‘ijimlar yasab
“guldasta” qilishadi. So‘ng bu g‘ijimchalarni elimlab kartonga
yopishtirishadi.
Shakl
yopishtirish
Tayyor qirqilgan doira, kvadrat, uchburchaklarni elim
bilan o‘z joyiga yopishtirish. Masalan, “Uy yasaymiz: tom –
uchburchak, devor – kvadrat.”
Sochiq
yoki
gazlama burash
Bolalarga matodan sochiq beriladi. Ularni qo‘llari bilan
aylantirib “chumoli yo‘li”, “iloncha” yasash o‘yini o‘ynaladi.
XULOSA
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
40
2181-
3187
Mayda motorika bu bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishida asosiy omillardan
biridir. Ayniqsa, maktabgacha yosh davrida bu ko‘nikmalarni shakllantirish orqali
bolani yozuv, chizuv, tutish, tutib turish, mustaqil ovqatlanish va kiyinish kabi
kundalik hayot faoliyatiga tayyorlash mumkin. Barmoqlar harakatining faolligi bola
miya faoliyatini, nutq rivojlanishini va ijodiy tafakkurni ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Amaliy mashg‘ulotlar orqali plastilin, qum, bo‘yoq, qog‘oz, ip, tugma, makaron
kabi oddiy vositalardan foydalangan holda tarbiyachi bolalarda sezilarli ijobiy
o‘zgarishlarga erishishi mumkin. Eng asosiysi, bu jarayon o‘yin shaklida tashkil
qilinsa, bola o‘zini erkin tutadi, ishtiyoq bilan qatnashadi va o‘zini ifoda qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu bois, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir tarbiyachi bola yoshiga mos,
xavfsiz, qiziqarli va maqsadli mashg‘ulotlar orqali mayda motorikani muntazam
ravishda rivojlantirib borishi zarur. Bu esa nafaqat bolaning maktabga tayyorgarligini,
balki uning umumiy shaxsiy rivojlanishini ham ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Jo‘rayev M., Qodirova M. — Maktabgacha ta’lim pedagogikasi, Toshkent:
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti, 2020.
2.
Xo‘jayev Sh., To‘laganova Z. — Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
mashg‘ulotlar olib borish metodikasi, Toshkent: “Ilm Ziyo” nashriyoti, 2021.
3.
Qurbonova Z. — Maktabgacha ta’limda sensor tarbiya va mayda motorikani
rivojlantirish, Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019.
4.
Karimova G. — Bolalar psixologiyasi va rivojlanish bosqichlari, Toshkent:
“Yangi asr avlodi”, 2022.