Авторы

  • To‘xtayeva Robiya Ravshanbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.126179

Ключевые слова:

masofaviy ta’lim front-end dasturlash web dasturlash zamonaviy pedagogika projekt asosida o‘qitish gamifikatsiya masofaviy o‘qitish metodlari raqamli ta’lim interaktiv platforma o‘quv motivatsiyasi

Аннотация

Ushbu maqolada masofaviy sharoitda front-end dasturlashni 
o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. 
Maqolada masofaviy ta’limning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, web dasturlashga 
bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani va ayniqsa, front-end sohasida zamonaviy 
pedagogik yondashuvlar qo‘llanishi zarurati asoslab berilgan. Ilmiy adabiyotlar va 
xalqaro amaliyotlar asosida samarali metodlar (projekt asosida o‘qitish, gamifikatsiya, 
muammo asosida o‘qitish) tahlil qilinib, ularning afzalliklari va qo‘llanish 
mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, masofaviy front-end o‘qitishdagi 
muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va milliy ta’lim tizimiga moslashtirilgan 
takliflar ishlab chiqilgan. Maqola orqali masofaviy front-end ta’limini sifatli tashkil 
etish uchun ilmiy-metodik asoslar taklif qilinadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

26

2181-

3187

Masofaviy sharoitda front-end dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or

tajribalar

To‘xtayeva Robiya Ravshanbek qizi

Andijon davlat universiteti talabasi

tukhtayeva_robiya@adu.uz

Annotatsiya:

Ushbu maqolada masofaviy sharoitda front-end dasturlashni

o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.

Maqolada masofaviy ta’limning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, web dasturlashga

bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani va ayniqsa, front-end sohasida zamonaviy

pedagogik yondashuvlar qo‘llanishi zarurati asoslab berilgan. Ilmiy adabiyotlar va

xalqaro amaliyotlar asosida samarali metodlar (projekt asosida o‘qitish, gamifikatsiya,

muammo asosida o‘qitish) tahlil qilinib, ularning afzalliklari va qo‘llanish

mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, masofaviy front-end o‘qitishdagi

muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va milliy ta’lim tizimiga moslashtirilgan

takliflar ishlab chiqilgan. Maqola orqali masofaviy front-end ta’limini sifatli tashkil

etish uchun ilmiy-metodik asoslar taklif qilinadi.

Kalit so’zlar

: masofaviy ta’lim, front-end dasturlash, web dasturlash, zamonaviy

pedagogika, projekt asosida o‘qitish, gamifikatsiya, masofaviy o‘qitish metodlari,

raqamli ta’lim, interaktiv platforma, o‘quv motivatsiyasi

Tadqiqotning maqsadi:

Zamonaviy raqamli transformatsiya jarayonida ta’lim

sohasida masofaviy o‘qitish shakllari keng ommalashib bormoqda. Ayniqsa, 2020-

yilgi pandemiya davrida dunyo bo‘ylab ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limdan

masofaviy o‘qitish tizimlariga o‘tishga majbur bo‘ldi va bu holat masofaviy ta’limning

afzalliklari, imkoniyatlari va ehtiyojini chuqurroq anglashga olib keldi. Masofaviy

ta’lim bugungi kunda faqat zarurat emas, balki zamonaviy o‘quvchilarning

ehtiyojlariga javob beradigan, ularning mustaqil o‘rganish qobiliyatini

rivojlantiradigan, geografik va ijtimoiy to‘siqlarsiz ta’lim olish imkonini beradigan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

27

2181-

3187

samarali vosita sifatida qaralmoqda. Shuningdek, ta’lim texnologiyalarining

rivojlanishi, Learning Management System (LMS)lar, onlayn platformalar va virtual

laboratoriyalarning paydo bo‘lishi ham masofaviy o‘qitishni yangi bosqichga olib

chiqmoqda.

Bugungi global mehnat bozorida IT mutaxassislariga, ayniqsa, web dasturchilarga

bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra,

so‘nggi besh yil ichida front-end dasturchilariga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada

oshgan. Web dasturlashning front-end yo‘nalishi foydalanuvchi interfeysi, dizayn,

foydalanuvchi bilan tizim o‘rtasidagi muloqotni ta’minlash kabi jihatlari bilan ajralib

turadi va aynan shu soha zamonaviy veb ilovalar, mobil tizimlar va veb-xizmatlar

yaratishda muhim o‘rin tutadi.[1] Yoshlar orasida front-end dasturlashga bo‘lgan

qiziqishning ortib borayotgani esa ushbu soha bo‘yicha ta’lim jarayonini kengaytirish

va modernizatsiya qilish zaruratini tug‘diradi.

Masofaviy sharoitda dasturlashni o‘rgatish esa o‘ziga xos afzallik va

muammolarga ega. Bir tomondan, o‘quvchilar o‘zlariga qulay vaqtda, o‘z tezligida,

joydan qat’i nazar holda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lsalar, boshqa tomondan,

ularga aniq yo‘naltirish, interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy loyihalar bilan ishlash

uchun to‘g‘ri metodik yondashuvlar zarur. Xususan, front-end dasturlashni masofaviy

o‘rgatishda vizual yondashuvlar, kod yozish bo‘yicha interaktiv platformalar, video

darslar va onlayn mentorlik kabi komponentlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi

kunda freeCodeCamp, Coursera, edX, Udemy kabi xalqaro platformalar orqali

minglab foydalanuvchilar front-end bilimlarini masofaviy tarzda egallab bormoqda.

Bu esa masofaviy o‘qitish modelining front-end sohasida keng imkoniyatlarga ega

ekanligini tasdiqlaydi.

Ushbu maqola zamonaviy ta’lim tizimidagi ehtiyojlar, mehnat bozori talablari va

ta’lim texnologiyalarining integratsiyasini hisobga olgan holda, masofaviy sharoitda

front-end dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tahlil qilishni maqsad

qiladi.[2] Maqolada xalqaro va milliy tajribalar, ilgari o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar

hamda zamonaviy interaktiv platformalarning o‘rganilishi asosida samarali o‘qitish


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

28

2181-

3187

modellarini ishlab chiqish ko‘zda tutiladi. Tadqiqotning ilmiy asoslari esa raqamli

pedagogika, kognitiv psixologiya va amaliy dasturlashni o‘qitish metodikalariga

tayangan holda yoritiladi. Bu orqali maqola masofaviy ta’limda front-end dasturlashni

o‘rgatishda samarali yondashuvlar va metodologiyalarni aniqlashga xizmat qiladi.

Masofaviy ta’lim tushunchasi, mohiyati va shakllanish bosqichlari o‘ziga xos

tarixiy taraqqiyotga ega bo‘lib, u zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarga o‘z

sharoitida va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim olish huquqini ta’minlaydi.

Masofaviy o‘qitish modeli ilk bor XX asr o‘rtalarida boshlangan bo‘lsa-da, raqamli

texnologiyalar jadal rivojlangan so‘nggi o‘n yillikda bu model yangi bosqichga

ko‘tarildi. Masofaviy ta’lim – bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bevosita aloqasiz,

asosan onlayn platformalar orqali tashkil etiladigan ta’lim shaklidir. Bu model

o‘qitishning sinxron (bir vaqtda) yoki asinxron (turli vaqtda) shakllarini, shuningdek,

video darslar, virtual laboratoriyalar, testlar va interaktiv topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.

Pedagogik

nuqtai nazardan, masofaviy o‘qitish bilish jarayonining

individuallashtirilgan, moslashtirilgan va raqamli vositalar bilan boyitilgan shaklidir.

Konstruktivistik yondashuvga ko‘ra, o‘quvchi mustaqil ravishda bilimlarni izlaydi,

ularni sinovdan o‘tkazadi va real vaziyatlarda qo‘llaydi. Masofaviy ta’lim aynan shu

yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki o‘quvchi o‘z bilimlarini interaktiv mashqlar,

loyiha asosidagi topshiriqlar orqali mustahkamlaydi. Kognitiv psixologiya esa o‘quv

materiallarini qabul qilish, qayta ishlash va xotirada saqlashning samarali usullarini

ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bu esa masofaviy o‘qitishning vizual, tinglov,

kinestetik o‘quv uslublariga mos tushadigan didaktik materiallar ishlab chiqishni

taqozo etadi.

Front-end dasturlashni o‘rgatishda masofaviy ta’limning qo‘llanilishi esa

zamonaviy pedagogik texnologiyalarning konkret ifodasi sifatida qaraladi. Web

dasturlash sohasida interaktiv va vizual yondashuvlarning ustunligi mavjud bo‘lib, bu

talabalarni jalb qilish, mashqlarni real vaqtda bajartirish, loyihalar ustida ishlash

imkonini beradi. Ilmiy manbalarda bu yondashuvlar gamifikatsiya, loyiha asosida

o‘qitish, muammo asosida o‘qitish (PBL) kabi metodlar orqali amalga oshirilishi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

29

2181-

3187

tavsiya qilinadi. [3] Masalan, S. Andreeva (2021) o‘z tadqiqotida front-end o‘rgatishda

kod muharrirlari, GitHub platformasi va real veb loyihalar asosida o‘quvchilarning

ko‘nikmalarini shakllantirishni samarali deb baholaydi. Xuddi shuningdek, G. Marini

va P. Rojas (2020) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda interaktiv kurslar orqali HTML,

CSS va JavaScriptni bosqichma-bosqich o‘rganish metodikasining ijobiy natijalari

qayd etilgan.

Masofaviy ta’lim tizimida front-end dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha dunyo

miqyosida bir qator ilg‘or tajribalar shakllangan bo‘lib, ular turli metodlar, texnologik

yechimlar va pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etiladi. Xususan, rivojlangan

davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, front-end dasturlashni onlayn shaklda o‘rgatish

faqatgina nazariy bilim berish bilan cheklanmay, balki amaliy loyihalar, real kod

muhiti, guruhli ishlash va mentorlik asosida tashkil etiladi. Bunday yondashuvlar

o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammoni hal qilish ko‘nikmalari va real loyiha

ustida ishlash tajribalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Masalan,

freeCodeCamp

— bu butunlay bepul va ochiq manba asosidagi o‘quv

platforma bo‘lib, unda HTML, CSS, JavaScript, React kabi texnologiyalarni o‘rganish

imkoniyati mavjud. Bu platformaning o‘ziga xosligi shundaki, har bir modulda nazariy

tushuncha ortidan interaktiv kod yozish mashqlari keladi va talabalar yakunida real

veb-loyihalarni yaratish orqali sertifikat olishlari mumkin. Bu yondashuv o‘quvchining

har bir bilimini amaliy ko‘nikmaga aylantirishga xizmat qiladi.

Coursera

platformasida esa dunyoning yetakchi universitetlari, jumladan

Michigan University, London University, Duke University kabi oliy o‘quv yurtlari

tomonidan tayyorlangan “Full Stack Web Development”, “HTML, CSS, and

JavaScript for Web Developers” kabi kurslar mavjud. Ushbu kurslarda video

ma’ruzalar, testlar, amaliy topshiriqlar bilan bir qatorda forumlar orqali o‘zaro fikr

almashish va mentorlik tizimi mavjud. [4] Bu esa o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan

motivatsiyasini oshiradi, o‘zlashtirish jarayonini izchil yo‘lga qo‘yadi.

Shuningdek,

Udemy

platformasidagi “The Complete Web Developer Course”

kabi mashhur kurslarda o‘quvchilar faqat dars tinglab qolmay, balki real loyihalar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

30

2181-

3187

asosida web saytlar ishlab chiqadilar. Bu esa ularni startaplar, freelancing yoki ishga

joylashish uchun tayyorlaydi. O‘quvchilarning faolligi, o‘zlashtirishi va qiziqishini

baholash uchun onlayn testlar, interaktiv topshiriqlar va loyiha portfeli yuritish

amaliyoti keng qo‘llaniladi.

Yevropa davlatlarida esa front-end dasturlashni o‘qitishda

bootcamp

formatidagi

qisqa muddatli intensiv kurslar keng tarqalgan. Masalan, Le Wagon, Ironhack,

Codaisseur kabi bootcamplar 9–12 hafta davomida masofadan turib talabalarni

to‘laqonli junior front-end developer sifatida tayyorlaydi. Bu kurslar ishga joylashish

kafolati bilan ta’minlangan bo‘lib, real kompaniyalar bilan hamkorlikda olib boriladi.

O‘zbekiston tajribasida esa “

Najot Ta’lim

”, “

IT Park Academy

”, “

One Million

Uzbek Coders

” kabi platformalar e’tiborga loyiq. Masalan, “Najot Ta’lim”

platformasi orqali bosqichma-bosqich front-end kurslari tashkil etilgan bo‘lib, unda

talabalar masofaviy tarzda haftalik ma’ruzalar, amaliy topshiriqlar va yakuniy

imtihonlar asosida bilim oladilar. “One Million Uzbek Coders” dasturi esa BMT

ko‘magida tashkil etilib, minglab yoshlarning masofaviy tarzda dasturlashni

o‘rganishiga imkon yaratdi.

Ilg‘or tajribalarning umumiy xulosasi shundan iboratki, masofaviy ta’limda

samaradorlikni ta’minlash uchun quyidagi komponentlar majburiy hisoblanadi: vizual

va interaktiv materiallar, mentorlik va fikr almashish imkoniyati, real loyihalar ustida

ishlash, sinov va baholash tizimi, hamda o‘rganuvchining individual o‘sishini qo‘llab-

quvvatlovchi yondashuvlar. Aynan mana shu elementlar o‘quvchini faol, mustaqil va

natijaga yo‘naltirilgan shaxs sifatida shakllantiradi.

Masofaviy sharoitda front-end dasturlashni samarali o‘rgatish uchun tanlanadigan

pedagogik yondashuvlar muhim rol o‘ynaydi. Chunki masofadan o‘qitishda

o‘quvchilar bilan yuzma-yuz muloqot cheklangani sababli dars jarayoni nafaqat

interaktiv, balki motivatsion, mazmunli va o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi talab

etiladi. Shu bois, hozirgi kunda masofaviy o‘qitishda eng samarali deb topilgan

yondashuvlar — bu projekt asosida o‘qitish, muammo asosida o‘qitish, gamifikatsiya,

va adaptiv o‘qitish modellari hisoblanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

31

2181-

3187

Projekt asosida o‘qitish (Project-Based Learning, PBL) metodikasi front-end

dasturlashni o‘rgatishda ayniqsa muvaffaqiyatli hisoblanadi. Ushbu yondashuvda

o‘quvchilar real muammoni hal qilish maqsadida veb-loyiha ustida ishlaydi. Misol

uchun, talabaga "shaxsiy portfolio sayti yaratish", "mahalliy biznes uchun reklama

sahifasi ishlab chiqish" kabi vazifalar beriladi. Bu metod o‘quvchilarning nafaqat kod

yozish, balki dizayn, rejalashtirish, vaqtni boshqarish va jamoaviy ishlash

ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Shu bilan birga, loyiha asosida ishlash talabani

bozor sharoitlariga yaqinlashtiradi va unga ish topishda yordam beradi. Bunday

yondashuv Coursera, freeCodeCamp va Najot Ta’lim platformalarida keng

qo‘llaniladi.

Gamifikatsiya — o‘yin elementlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali

o‘quvchini rag‘batlantirish metodidir. Dasturlashni o‘rgatishda bu usul testlar orqali

ball to‘plash, darajalarni oshirish, leaderboard orqali raqobatga kirishish yoki mukofot

olish kabi shakllarda qo‘llaniladi. Gamifikatsiya o‘quvchining e’tiborini saqlab turadi,

zerikishni kamaytiradi va darsga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. Masalan, SoloLearn

platformasida foydalanuvchilar o‘zaro musobaqalashadi, har bir mavzuni bajargan

sayin yulduzcha yoki sertifikatga ega bo‘ladi. Bu esa raqobat orqali bilimni

mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muammo asosida o‘qitish (Problem-Based Learning, PBL) metodikasi esa

o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, turli manbalardan ma’lumot izlash va

amaliy echim topishga o‘rgatadi. Front-end dasturlashda bu usul orqali talabaga

muayyan xatolikni aniqlash, brauzerda noto‘g‘ri ishlayotgan interfeysni tuzatish yoki

foydalanuvchi tajribasini yaxshilovchi o‘zgarishlar kiritish topshiriladi. Bu yondashuv,

ayniqsa, ilg‘or bosqichdagi o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirishda

muhim rol o‘ynaydi.

Masofaviy ta’limning imkoniyatlari keng bo‘lishiga qaramay, u o‘ziga xos

muammo va cheklovlarga ega bo‘lib, ayniqsa, front-end dasturlash kabi ko‘proq

amaliyotga asoslangan yo‘nalishlarda bu muammolar aniqroq seziladi. Ushbu


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

32

2181-

3187

muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga ilmiy asoslangan yechimlar taklif etish

orqali masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish mumkin.

Birinchi navbatda, texnik infratuzilma bilan bog‘liq muammolar masofaviy

ta’limning asosiy to‘siqlaridan biridir. Talabalar va ba’zan o‘qituvchilar ham yuqori

tezlikdagi internet, zamonaviy kompyuter qurilmalari yoki kerakli dasturiy ta’minotga

ega emasligi sababli dars jarayonida uzilishlar, kod muhitining to‘g‘ri ishlamasligi yoki

video darslarni sifatli ko‘ra olmaslik holatlari yuzaga keladi. Ayniqsa, chekka

hududlarda istiqomat qiluvchi o‘quvchilar uchun bu muammo jiddiy to‘siq bo‘lib

qolmoqda. Ushbu vaziyatda echim sifatida video darslar va amaliy mashqlarni oflayn

shaklda yuklab olish imkoniyatini yaratish, engil interfeysli onlayn muharrirlar

(masalan, JSFiddle, CodePen)dan foydalanish tavsiya etiladi.

Ikkinchi muammo — o‘quvchilarning motivatsiyasi va mustaqil o‘rganishga

bo‘lgan qiziqishining pastligi bilan bog‘liq. An’anaviy darslarda o‘qituvchi o‘quvchini

bevosita kuzatib, rag‘batlantirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, masofaviy ta’limda bu

jarayon cheklangan bo‘ladi. Natijada ba’zi o‘quvchilar topshiriqlarni vaqtida

bajarmaslik, darsni e’tiborsiz tinglash yoki umuman qatnashmaslik holatlariga yo‘l

qo‘yadilar. Bunday vaziyatlarda gamifikatsiya elementlarini qo‘llash, o‘qituvchi va

o‘quvchi o‘rtasida muntazam feedback tizimini yaratish, guruhli muhokamalar va

tanlovlar tashkil qilish orqali o‘quvchilarning ishtirokini faol holatga keltirish mumkin.

Uchinchi dolzarb muammo — amaliyotga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirishning

murakkabligi. Front-end dasturlashda sintaksisdan tashqari, sahifa dizayni,

foydalanuvchi tajribasi (UX), brauzerlararo moslik kabi ko‘plab amaliy jihatlar mavjud

bo‘lib, ularni nazariy tarzda tushuntirish yetarli emas. Masofaviy ta’limda esa

o‘qituvchi bevosita o‘quvchining ishlayotgan kodini ko‘rib, unga o‘sha zahoti yordam

bera olmasligi bu jarayonni sekinlashtiradi. Bu muammoni bartaraf etish uchun kod

almashish platformalari (GitHub, CodeSandbox), ekranni jonli ulashish (screen

sharing), va kod tekshiruv (code review) sessiyalarini joriy qilish juda muhim.

Shuningdek, o‘quvchilar orasida bilim darajasining notekisligi, ya’ni bazaviy

bilimga ega bo‘lmagan o‘quvchilarning boshlanishda qiyinchilikka duch kelishi ham


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

33

2181-

3187

dolzarb masalalardan biridir. Bu holatni yechish uchun kurs boshlanishida diagnostik

testlar o‘tkazish, o‘quvchilarni bilim darajasiga qarab guruhlarga ajratish, individual

maslahatlar va tavsiya etilgan manbalarni berish orqali differensial yondashuvni

qo‘llash tavsiya qilinadi.

Bugungi raqamli transformatsiya jarayonida masofaviy ta’lim, xususan, front-end

dasturlashni o‘rgatish bo‘yicha shakllanayotgan ilg‘or tajribalar ta’lim sohasining

yangi bosqichga ko‘tarilayotganini anglatadi. O‘tkazilgan ilmiy tahlillar, xorijiy va

milliy tajribalar, zamonaviy platformalar asosidagi kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki,

masofaviy sharoitda front-end dasturlashni samarali o‘rgatish nafaqat texnik, balki

pedagogik, psixologik va tashkiliy jihatlarga ham bog‘liqdir. Front-end dasturlashning

o‘ziga xos jihatlari — vizuallik, interaktivlik va amaliyotga asoslanganlik — aynan

masofaviy ta’limda maxsus metodika va texnologik yechimlar talab etishini ko‘rsatdi.

Maqolada ko‘rib chiqilgan ilmiy asoslar va tajribalar asosida quyidagi xulosalarni

bildirish mumkin: birinchidan, masofaviy ta’limda o‘quv materiallari modular tarzda

tuzilishi, o‘quvchilar uchun intuitiv interfeys, amaliy mashqlar va avtomatik baholash

tizimi mavjud bo‘lishi kerak; ikkinchidan, samarali o‘qitish uchun projekt asosida

yondashuv, gamifikatsiya, muammo asosida o‘rgatish kabi faol metodlar keng

qo‘llanishi zarur; uchinchidan, o‘quvchilarni doimiy rag‘batlantirish, mentorlik tizimi,

yakka tartibda maslahatlar va fikr almashuv muhiti samarali o‘zlashtirishni

ta’minlaydi; to‘rtinchidan esa, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini oshirish,

onlayn ta’limni rejalashtirish, monitoring va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish

ta’lim sifatining ajralmas komponenti hisoblanadi.

Shu munosabat bilan quyidagi amaliy tavsiyalarni ilgari surish mumkin: (1)

Masofaviy kurslarni ishlab chiqishda pedagoglar va dasturchilar hamkorligida maxsus

metodik modullar yaratilsin; (2) Talabalar uchun turli darajadagi diagnostik testlar

asosida personal o‘qitish yo‘llari joriy qilinsin; (3) Loyiha asosidagi topshiriqlar har

bir modul yakunida majburiy komponent sifatida kiritilsin; (4) O‘qituvchilar uchun

maxsus onlayn treninglar, sertifikatlangan kurslar va tajriba almashuv dasturlari tashkil


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-73

Часть–2_ июл–2025

34

2181-

3187

etilsin; (5) O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan, texnik resurslar talab qilmaydigan

yengil interfeysli o‘quv muhiti ishlab chiqilsin.

Yuqoridagi takliflar, ilmiy asosda yondashilsa, masofaviy front-end ta’lim

tizimining milliy modelini yaratish va uni bosqichma-bosqich takomillashtirishga

xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarning IT sohasi bo‘yicha raqobatbardosh

kadr sifatida yetishishiga keng yo‘l ochadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Marini, G., & Rojas, P. (2020).

Effective Strategies for Teaching Web

Development Online

. Journal of Educational Technology Research.

2.

Andreeva, S. (2021).

Innovative approaches in distance programming

education

. International Journal of Modern Education.

3.

FreeCodeCamp. (2024).

https://www.freecodecamp.org

4.

Coursera Courses. (2024).

HTML, CSS, and JavaScript for Web Developers

.

University of London.

Библиографические ссылки

Marini, G., & Rojas, P. (2020). Effective Strategies for Teaching Web

Development Online. Journal of Educational Technology Research.

Andreeva, S. (2021). Innovative approaches in distance programming

education. International Journal of Modern Education.

FreeCodeCamp. (2024). https://www.freecodecamp.org

Coursera Courses. (2024). HTML, CSS, and JavaScript for Web Developers.

University of London.