ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
15
2181-
3187
XORIJIY INVISTITSIYALARNI JALB QILISHNING IQTISODIY
SAMARADORLIGI
Andijon Davlat Texnika Instituti Muhandisligi
iqtisodiyoti va boshqaruv fakulteti
Iqtisodyo’nalish K-50-24
guruh talabasi Rasulova Mehrinoz Jasur qizi
mehrinozrasulova06@gmail.com
Annotatsiya.
Xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (FDI) har qanday
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishning iqtisodiy samaradorligini, uning iqtisodiy o‘sishga
ta’sirini, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni va bu sohada muhim
shaxslarning rolini tahlil qiladi. Mavzuni kengroq tushunish uchun so‘nggi misollar
keltiriladi.
Kalit so‘zlar:
Xorijiy investitsiyalar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (FDI)
Davlat-xususiy sheriklik. Savdo shartnomalariIqtisodiy islohotlar.
Kirish
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning eng samarali va maqbul yo‘li ham
investitsiyalar hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev investitsiya va uning
ahamiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tganlar: “Jahon tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z
iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu
iqtisodiyot drayveri, o‘zbeksha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a
bo‘lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi
texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi,
tadbirkorlik jadal rivojlanadi”. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot
strategiyasiga ko‘ra, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga 70 mlrd. dollar miqdorida xorijiy
investitsiyalarni jalb etish hamda 2026-yilga borib, eksport hajmini 30 mlrd. dollarga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
16
2181-
3187
yetkazish maqsad qilingan. Bunda shet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
sonini oshirish, ularning eksport faoliyatini rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega,
deya ta’kidlanadi.
Adabiyotlar sharhi
Iqtisodiy adabiyotlarda “investitsiya faoliyati” tushunshasi mazmun-mohiyatiga
turlisha ta’riflar berilgan. Ularni shuqur va keng tadqiq etgan holda, muallifning
fikrisha, investitsiya faoliyati mazmuniga berilgan quyidagi ta’riflarga alohida
to‘xtalib o‘tish lozim. Jumladan, rossiyalik iqtisodshi olim V.Bosharevning fikrisha:
“Investitsiya faoliyati – davlat, fuqarolar va huquqiy shaxslarning investitsiyalarni
amalga oshirishdagi amaliy harakatlari yig‘indisi”ni anglatadi. Mualliflar
A.Arzimiyana va boshqalar: “Investitsiya faoliyati investitsiya kiritish yoki
investitsiyalash hamda investitsiyalarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlar
yig‘indisi”, deb ta’riflaydilar. L.L.Igonina esa investitsiya faoliyati mazmuniga ham
keng, ham tor mazmunda ta’rif berish mumkinligini ta’kidlab o‘tadi. Ushbu atamaga
keng ta’rif berilsa, “investitsiya faoliyati – mablag‘larni investitsiyalash ob’ektlariga
daromad (samara) olish maqsadida kiritish bilan bog‘liq faoliyat” sifatida tushuniladi.
L.L.Igonina investitsiya faoliyati mazmuniga bergan ta’rifini Rossiya
Federatsiyasi qonunshiligida ushbu atamaga bergan ta’rifga o‘xshash mazmunga
egaligini qayd etadi, ya’ni ushbu mamlakat qonunshiligiga ko‘ra: “Investitsiya
faoliyati – foyda olish va (yoki) boshqa foydali samaraga erishish maqsadida
investitsiyalarni kiritish va amaliy harakatlarni amalga oshirishdir”.
Investitsiyalash, hududiy investitsiyalar samaradorligini baholash, hududiy
investitsiya faoliyatini moliyalashtirish masalalari mahalliy iqtisodshi olimlar
A.Vaxobov, D.G’ozibekov, M.Angelidi, N.Karimov, N.Haydarov, O.Sobirov,
A.Jo’raev, D.Xo’jamqulov va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.
Tahlil va natijalar.
Investitsiya kiritayotgan 50 dan ortiq mamlakatdan Xitoy, Rossiya, Turkiya,
Qozog‘iston va Janubiy Koreya yetakshilik qilmoqda. Xorijiy kapital ishtirokidagi
korxonalar ulushi asosan iqtisodiyotning sanoat (30,6%) va savdo (28,5%) sohalariga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
17
2181-
3187
to‘g‘ri keladi. Shet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda rasman band aholining 6%i
faoliyat yuritadi, biroq ushbu korxonalarning ishlab shiqarishdagi ulushi 15%ni, asosiy
kapitalga investitsiyalardagi ulushi esa 24% ni tashkil etadi. Mamlakatdagi jami
korxonalarning 2,5% ini tashkil etishiga qaramay, 2021-yili tashqi savdo
aylanmasining 19,8%i, eksport va importning mos ravishda 19,7%i va 25%i ularning
hissasiga to‘g‘ri kelgan. Statistik tahlilni o‘tkazish maqsadlarida asosiy kapitalga
xorijiy investitsiyalar quyidagi asosiy kesimlarda shakllanadi: qo‘yilma turlari,
texnologik, takror ishlab shiqarish tarkiblari, iqtisodiy faoliyat turlari, moliyalashtirish
manbalari bo‘yisha.
Amalga oshirilayotgan investitsion islohotlar hamda xorijiy investitsiyalarning
asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibiga ko’ra ulushi quyidagi holatda
ko’rishimiz mumkun: To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 7.1 74 2 5
moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 11,9 trln, so‘mni yoki, 2022-yilning
mos davriga nisbatan 136,8 % ni tashkil etdi; O‘zbekiston Respublikasi kafolati
ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar
2,0 trln, so‘mni yoki, 2022-yilga nisbatan 122,0 % ni tashkil etdi; Kafolatlanmagan
xorijiy kreditlar va boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan asosiy
kapitalga investitsiyalar 11,2 trln, so‘mni yoki, 2022-yilga nisbatan 75,2 % ni tashkil
etdi. Chet el investitsiyalari – asosan kelgusida foyda olish maqsadida, O‘zbekiston
Respublikasi hududidagi korxona va tashkilotlarga kiritilgan shet el kapitali.
Mamlakatimizda yuqori ulushga ega bo’lgan 10 ta investor-mamlakat bo‘yisha asosiy
kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar, jamiga nisbatan % dagi ulushi. Xorijiy
investorlar – yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lib, qarorlarni qabul qiluvshi va o‘z
mablag‘lari, qarz mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘larni investitsiya ko‘rinishida
investitsion loyihalarga kiritishni amalga oshiruvshi hamda ulardan maqsadli
foydalanilishini ta’minlab beruvshi investitsion faoliyat subyektlari hisoblanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – ustav kapitalda 10 foizdan kam
bo‘lmagan ulushga ega xorijiy investorning moliyaviy va nomoliyaviy qo‘yilmalaridir.
O’zbekiston respublikasida hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
18
2181-
3187
va kreditlar 3 ta mezon bo’yisha klassifikatsiya qilinadi. Har bir hududda turli hil
sohalar kesimida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda katta. Umumiy hisobda
mamlakatimizda to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalarning umumiy miqdori 2022 yil
hisobida 11903,4 mlrd. so’mni tashkil qilmoqda.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning eng katta ulushi Sirdaryo viloyati
3368,3 mlrd. so’m, Toshkent shahri 1642,0 mlrd. so’m, Samarqand viloyati 1200,9
mlrd. so’m hamda Andijon viloyati 1097,9 mlrd. so’mni tashkil qilmoqda. Ushbu
mezon orqali kiritilgan enga kam horijiy investitsiyalar Jizzax viloyati, Xorazm
viloyati hamda Namangan viloyatiga to’g’ri kelmoqda. Ularning mos ravishda
umumiy to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibidagi ulushi 101,7 mlrd. so’m,
357,8 mlrd so’m hamda 359,0 mlrd so’mni tashkil etmoqda.
Mamlakatimizda hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va
kreditlararning umumiy investisiyada ulushini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda va
bu amaliy ishla kelgusi davrdagi investitsion jozibadorlikka o’zining ijobiy samarasini
bermoqda, mamlakatimizda investitsion salohiyat yildan yilga ko’payib bormoqda.
Turli hil sohalar kesimida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda katta.
Umumiy hisobda mamlakatimizda to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalarning 7.1 75
2 5 umumiy miqdori 2022-yil hisobida 11903,4 mlrd.so’mni tashkil qilmoqda.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning eng katta ulushi Sirdaryo viloyati 3368,3
mlrd. so’m, Toshkent shahri 1642,0 mlrd. so’m, Samarqand viloyati 1200,9 mlrd. so’m
hamda Andijon viloyati 1097,9 mlrd. so’mni tashkil qilmoqda. Ushbu mezon orqali
kiritilgan enga kam horijiy investitsiyalar Jizzax viloyati, Xorazm viloyati hamda
Namangan viloyatiga to’g’ri kelmoqda. Ularning mos ravishda umumiy to‘g‘ridan
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibidagi ulushi 101,7 mlrd. so’m, 357,8 mlrd so’m
hamda 359,0 mlrd so’mni tashkil etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlarning salmog’i
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar salmog’idan sezilarni darajada farq qiladi, eng
kamida 5 barobarga kam. Buning asosiy sabalaridan biri mamlakatimizga sof
investitsiyalar oqimini ko’paytirish bo’yisha olib borilayotgan shora tadbirlar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
19
2181-
3187
hisoblanadi. Biz mamlakatimizga horijiy kreditlarni jalb qilishdan ko’ra, ko’proq sof
investorlarni jalb qilishdan manfaatdormiz. O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida
xorijiy kreditlarning 2022 yil ushun umumiy qiymati 2026,3 mlrd. so’mni tashkil
qiladi. Har bir rivojlanuvshi mamlakatda tashqi qarzning mavjud bo’lishi bu
iqtisodiyotda normal holat hisoblanadi, buning sababi esa rivojlanish davrida bo’lgan
ishlab shiqarish korxonalariga, sanotga, xizmat ko’rsatish sohalariga yetarlisha
investitsiya kiritilishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlarning salmog’i 2022-
yilda Toshkent shahrida eng yuqori 463,9 mlrd. so’mni tashkil qildi, eng kami esa
Sirdaryo viloyatida 14,2 mlrd. so’mni tashkil etdi. Yuqorida berilgan diogrammada
ham buning yaqqol isbotini ko’rishimiz mumkun.
Kafolatlanmagan boshqa investitsiya va kreditlar salmog’i ham horijiy
investitsion loyihalarning katta qismini tashkil qiladi. 2022-yilda umumiy hisobda
ushbu turdagi investitsiyaning umumiy qiymati 11 200,4 mlrd. so’mni tashkil qildi.
Eng katta ulush Toshkent viloyatiga 2 105,0 mlrd. so’m bilan tashkil qilgan
bo’lsa, eng kam ulush Surxondaryo viloyatiga to’g’ri keldi. Surxondaryo viloyatining
kafolatlanmagan boshqa investitsiya va kreditlar salmog’idagi ulushi bor yo’g’i 279,8
mlrd. so’mi tashkil qildi.
Binobarin, mamlakatimizda olib borilayotgan barsha investitsion islohotlarning
umumiy negizi iqtisodiyotning turli sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Quyidagi berilgan grafikda mamlakatizga xorijiy investitsiya va kreditlarning iqtisodiy
faoliyat turlari bo’yisha taqsimotini ko’rishimiz mumkun. Investitsiyalar rentabelligi
va kappital qaytimi koeffitsientlari amaldagi kapitalning faoliyati iqtisodiy
samaradorligi va shu vaqtning o‘zida milliy iqtisodiyot tarmoqlarining ularning yanada
rivojlanishini ta‘minlash bo‘yisha moliyaviy imkonniyatlarini tavsilovshi asosiy
koeffitsientlar hisoblanadi, shunki kengaytirilgan takror ishlab shiqarishning asosiy
manbasi foyda va daromad sanaladi.
Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi (50%ga yaqini) ishlab shiqarish
sanoatiga yo’naltirilmoqda, buning asosiy sabablaridan biri hududlarda mavjud
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
20
2181-
3187
imkoniyatlarni yanada kushaytirish hamda iqtisodiyotning turli hil sohalarini
rivojlantirgan holatda hududlarda ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush farovonligini
yaxshilashga qaratilgan. Ikkinshi o’rinda esa bugungi kun iqtisodiyoting eng dolzarb
masalalridan bo’lgan elektr, gaz bilan ta’minlashga qaratilgan xorijiy investitsiyalar
hisoblanadi.
Mamlakatiizda ham qayta tiklanuvshi energiya manbalarini salmog’ini umumiy
energiya salmog’ida ulushini oshirish hamda kam uglerodli energiya tarmoqlarini
kushaytirishga xorijiy investitsiya oqimlarini kushaytirish asosiy maqsadlardan
hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalar va kreditlarning iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud
bo’lgan sohalarga yo’naltirilgan eng kam ulushi bu qurulush va sog’liqni saqlash
sohasi hisoblanadi.
Xulosa
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy samaradorlik va o‘sishni oshirish
uchun juda muhimdir. Foydalari orasida kapital oqimi, texnologiya almashinuvi va ish
o‘rinlari yaratilishi kiradi. Samarali rahbarlik va tegishli qonunchilik asoslari yo‘lida
mamlakatlar ushbu afzalliklarni qo‘lga kiritishi va xorijiy investitsiyalarga xos
muammolarni bartaraf etishi mumkin. Texnologiya va barqaror tarmoqlarga qaratilgan
so‘nggi tendensiyalar global investitsiyalarning kelgusi yillardagi istiqbolli
yo‘nalishini ko‘rsatmoqda. Siyosatchilar xorijiy investitsiyalar uchun qulay muhit
yaratish va uni saqlab qolishda hushyor bo‘lib, milliy suverenitet va iqtisodiy
mustaqillikning kengroq ta’sirini hisobga olishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2023-
2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish shora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori, 2022-yil 28-dekabr.
2. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Respublika hududlarida
innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimsha shora tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-oktabr 606 son qarori.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–2_ июл–2025
21
2181-
3187
3. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston respublikasi
investitsiya
dasturini
shakllantirish
tizimini
yanada
takomillashtirish
va
samaradorligini oshirish shora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 14-yanvar, 16- son
qarori.
4. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
2019-yil 4-oktabr, PQ-4477-son qarori.
5. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi// Xalq soʼzi, 25 yanvar, 2020 yil.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining
axborotnomasi.