Роль и значение заключения эксперта в вынесении законного, обоснованного и справедливого приговора по уголовному делу.

CC BY f
185-191
0
0
Поделиться
Алишаев, С. (2024). Роль и значение заключения эксперта в вынесении законного, обоснованного и справедливого приговора по уголовному делу. Современные подходы к доказательствам в уголовном судопроизводстве, 1(1), 185–191. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/evidence-criminal-proceedings/article/view/29438
Собир Алишаев, Ташкентский государственный юридический университет
преподаватель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данная статья посвящена теоретическим проблемам этапа совершенствования значения и порядка использования экспертного заключения и показаний эксперта, являющихся одним из видов доказательств при вынесении законного, обоснованного и справедливого приговора по уголовному делу. Отмечено существенное влияние заключения эксперта на вынесение суждения автором, а также обстоятельства влияния заключения эксперта на вынесение суждения показаны практическими примерами и их анализом.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

185

JINOYAT ISHI BO‘YICHA QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI HUKM

CHIQARISHDA EKSPERT XULOSASINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Alishaev Sobir Tursunboevich

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Mazkur maqola jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy, asosli va adolatli

hukm chiqarishda dalillar turlaridan biri hisoblangan ekspert xulosasi va

ekspertning ko‘rsatuvlari ahamiyati va undan foydalanish tartibini

takomillashtirish bosqichining nazariy muammolariga bag‘ishlangan.

Muallif tomonidan hukm chiqarishga ekspert xulosasi sezilarli darajada ta’sir

etishiga to‘xatlib o‘tilgan hamda hukm chiqarish uchun ekspert xulosasining ta’sir

etish holatlari amaliy misollar va ularning tahlillari bilan ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Jinoyat ishi, sud ekspertizasi, ekspert xulosasi, yuqori sud,

ekspert, dalil, hukm.

Аннотация.

Данная статья посвящена теоретическим проблемам

этапа совершенствования значения и порядка использования экспертного

заключения и показаний эксперта, являющихся одним из видов

доказательств при вынесении законного, обоснованного и справедливого

приговора по уголовному делу.

Отмечено существенное влияние заключения эксперта на вынесение

суждения автором, а также обстоятельства влияния заключения эксперта

на вынесение суждения показаны практическими примерами и их анализом.

Ключевые слова:

Уголовное дело, судебная экспертиза, заключение

эксперта, вышестоящий суд, эксперт, доказательство, приговор.

Annotation.

This article is devoted to the theoretical problems of the stage of

improving the meaning and procedure for using the expert opinion and expert

testimony, which are one of the types of evidence when passing a lawful, reasonable

and fair sentence in a criminal case.

The significant influence of the expert’s opinion on the author’s judgment is

noted, as well as the circumstances of the influence of the expert’s opinion on the

judgment are shown by practical examples and their analysis.

Keywords:

Criminal case, forensic expertise, expert opinion, higher court,

expert, proof, sentence.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga binoan sud qarori

qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi kerak. Qonun chiqaruvchi hukmning qonuniy,

asosli va adolatli deb tan olinishi shartlarini belgilaydi. Mazkur shartlar Jinoyat-

protsessual kodeksining 455-moddasida keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra, agar hukm

qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

186

bo‘lsa, qonuniy deb e’tirof etiladi, agar hukm ishning haqiqiy holatlari unda

kerakligicha to‘la va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan bo‘lsa,

asosli deb e’tirof etiladi, agar hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir

chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi

e’tiborga olinib tayinlangan bo‘lsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va reabilitatsiya

etilgan bo‘lsa, adolatli deb e’tirof etiladi.

Qonuniy, asosli va adolatli hukmning qarori ko‘p jihatdan jinoyat ishida

to‘plangan dalillarga bog‘liq.

Jinoyat protsessining asosiy elementi isbotlash jarayoni – sud, prokuror,

tergovchi, surishtiruvchi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda

jinoyat alomatlari mavjudligini yoki yo‘qligini aniqlaydigan ma’lumotlarni

o‘rnatish jarayoni sifatida jinoyat ishiga tegishli holatlardir.

Ushbu holatlarning ro‘yxati Jinoyat-protsessual kodeksining 85-moddasi

bilan belgilanadi. O‘z navbatida, isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli

hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash

maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir.

Ushbu normalarda ekspert xulosasi va ko‘rsatuvlarini dalil turlaridan biri

sifatida belgilaydi.

Jinoiy ish qo‘zg‘atayotgan shaxslar ekspertning fikriga alohida ahamiyat

qaratishlari lozim.

Jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun ekspert xulosasining daliliy ahamiyati

juda katta, chunki bu turli xil bilim sohalarida (maxsus bilimlar) ilmiy yutuqlarni

qo‘llash orqali aniqlangan faktlarni bayon qilishdir.

Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, maxsus bilim – bu yuqori kasbiy

tayyorgarlik, ilmiy faoliyat, amaliy ish tajribasi natijasida olingan, zamonaviy

ilmiy va amaliy darajaga mos keladigan, o‘z egalariga o‘z mutaxassisligi bilan

bog‘liq har qanday masalalarni malakali tarzda hal qilish imkoniyatini

yaratadigan ob’ektiv xarakterdagi har qanday bilim va ko‘nikmalar hisoblanadi.

Bu bizga ekspert xulosasi sub’ektiv baholash va shaxsiy xususiyatlar,

guvohlar, jabrlanuvchilar va ayblanuvchilar tomonidan voqealarni idrok etish va

taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan emas, balki ob’ektiv xarakter

ekanligini aytishga imkon beradi.

Jinoyat protsessida ekspert xulosasining ahamiyati bebahodir. Zamonaviy

usullar va fan va texnika sohasidagi so‘nggi yutuqlar turli sohalarda tadqiqotlarni

o‘tkazish, shu jumladan rivojlanayotgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga

imkon beradigan turli xil tadqiqot usullaridan foydalanish imkonini beradi.

Ko‘pincha ekspert xulosasi so‘roq qilingan holatlarda mavjud bo‘lgan

bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklarni yo‘q qiladi, shaxslar va (yoki) ba’zi ko‘rsatuv

beruvchilarni dalillarini tasdiqlovchi va boshqalarini rad etuvchi bo‘lib xizmat

qiladi.

Ushbu xulosa biz o‘rgangan sud va tergov amaliyoti ma’lumotlari bilan

tasdiqlangan. Jumladan, misol tariqasida ko‘rib chiqilgan qo‘yidagi jinoyat ishini

keltirishimiz mumkin, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

187

298-moddasi 1-qismi bilan ayblangan T. maxsus transport vositasini boshqarib

ketishi jarayonida yo‘l-transport xodisasini sodir etgan. Sud jinoyat ishini ko‘rib

chiqqanda, aynan ekspert xulosasi qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga

yordam berdi, bu esa jinoyatchini jinoiy javobgarlikka tortish, jabrlanuvchi

foydasiga esa jinoyatchi tomonidan uning sog‘lig‘iga yetkazilgan moddiy zararni

qoplash majburiyatini yuklash imkonini berdi.

Dastlabki tergov organi tomonidan T. ayblanayotgan jinoyat ishi bo‘yicha

yo‘l-transport xodisasi natijada transport vositasida kelayotgan Sh. badaniga

o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilgan. Dastlabki tergov vaqtida tayinlangan ekspertiza

xulosalarini ham inobatga olgan holda tergov organi ishni sudga yuborgan. Sud

majlisida himoyaning vajlariga ko‘ra transport vositasini aynan o‘sha holatda

jabrlanuvchi deb hisoblanayotgan shaxs boshqargani va tan-jarohatlari olganini

keltirgan. Vajlarining tasdig‘i sifatida sud majlisida ushbu holatni bevosita ko‘rgan

boshqa yo‘lovchilarni ham so‘roq qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritadi. Biroq, sud

tomonidan tayinlangan turli xil (kompleks ekspertiza) avtotexnika va sud-tibbiy

ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchi va jarblanuvchi tomonidan olingan tan

jarohatlari hamda transport vositasining shikastlanishi holatlaridan kelib chiqib,

himoyaning vajlari rad etiladi va sudlanuvchi yo‘l-transport xodisasi vaqtida

boshqaruvda bo‘lgani holatini tasdiqlaydi.

Biroq ba’zi holatlarda, ekspert xulosasida uni maqbul dalil deb topish uchun

barcha asoslar bo‘lsada, qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarish uchun xizmat

qilmasligi mumkin. Jumladan ba’zi bir olimlarning fikriga ko‘ra, tadqiqot shakllari

va usullarining xilma-xilligi sudlar uchun muammo tug‘dirdi, ko‘pincha bir xil

xulosalar turli iboralar bilan tavsiflanadi, xulosalar to‘liq berilmaydi, qo‘yilgan

savolning mohiyatini yetarlicha oshkor qilmaydi va javob bermaydi. Boshqa

tomondan, ishda raislik qiluvchi sudyaga kerak bo‘lgan sud-tergov holatlari

mavjud muayyan sud-tergovni hal qilish uchun mutaxassislarning bilim va amaliy

ko‘nikmalaridan foydalanishni taqazo etadi. Jumladan S.ga nisbatan jinoyat ishi

bo‘yicha ekspertiza transport vositasi mexanik uzatmalar qutisi va shinalar

holatidan kelib chiqib, transport birinchi uzatmaga solinganda, nishablikda ham

g‘ildiraklar aylangan holda orqaga harakatlanishi mumkin emaligini xulosa

qilishgan, biroq himoya vajlariga asosan o‘tkazilgan tergov eksperementi

uzatmalar qutisi bo‘yicha xulosaning aksini tasdiqlagan.

Sud uchun hech qanday dalil oldindan belgilangan kuchga ega emas, shu

jumladan tergovchi, surishtiruvchi va prokuror uchun ham. Ekspert xulosasining

ehtimoliy tabiati va himoya tomonidan taqdim etilgan dalillarning umumiyligi,

shuningdek jinoyat ishi materiallarida mavjud bo‘lgan dalillar, sudga ekspert

xulosasini jinoyat ishi bo‘yicha ayblovning dalili sifatida ishlatishga ruxsat

bermadi.

Isbotlash jarayonida ekspert xulosasi sifatida bunday turdagi dalillardan

foydalanishning ushbu misollarini taqqoslash nafaqat ekspert xulosalarining o‘zi,

balki ularning xulosada taqdim etilishi ham muhim rol o‘ynashidan dalolat beradi.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

188

Isbotlash sub’ektlari ekspert o‘z xulosasini qat’iylik shaklda

shakllantirishga imkon topganligini ortiqcha baholamasligi yoki ekspert

xulosasini ehtimoliy xulosa bilan e’tiborsiz qoldirmasligi kerak. Ko‘rinib turibdiki,

har bir holatda jinoyat protsessini olib boruvchi shaxslar ekspert xulosasini

baholashga har bir aniq holatda ehtiyotkorlik bilan yondashishlari kerak.

Biz keltirgan ikki misolda, rasmiy ravishda, ekspertning jinoyat ishi

bo‘yicha xulosasi Jinoyat-protsessual kodeksining barcha talablariga javob

beradi, lekin aslida jinoyat ishini sudga yuborishda qonun buzilish holatlarini

sodir etishga xizmat qildi.

Ekspertning xulosasi sud dalillari sifatida faqat ishga aloqadorligi,

maqbulligi va ishonchliligi talablariga javob beradigan taqdirda ishlatilishi

mumkin. Ushbu holatlarni aniqlash uchun sud bu ma’lumotlarni baholaydi.

Sudlar har bir dalilni alohida va ishdagi boshqa dalillar bilan birgalikda

baholaydilar. Dalillarni baholash mezonlari birinchi instansiya sudi uchun ham,

yuqori instansiya sudlari uchun ham bir xil.

Baholash mezonlarini guruhlab, quyidagilarga bo‘lish mumkin: ekspertiza

tashkil etish, ekspert xulosalari asosliligi, sud tomonidan ekspert xulosasi

baholash to‘g‘riligi.

Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: ekspertning ob’ektivligi nuqtai

nazaridan tanlovi, uning aniq ilmiy malakasi, tadqiqotga qaratilgan

materiallarning to‘liqligi va sifati, protsessual me’yorlarga muvofiqligi.

Ikkinchi guruh quyidagilarga rioya qilishni o‘z ichiga olishi kerak, jumladan

ekspert o‘z vakolatlaridan to‘g‘ri foydalangani, tergovchi va sud tomonidan

taqdim etilgan materiallardan foydalanishning to‘liqligi, ilmiy asoslardan

foydalanish, tadqiqot jarayoni va ekspert xulosasidagi xulosalar o‘rtasida qarama-

qarshiliklarning yo‘qligi.

Uchinchi guruh ekspert xulosalarining ish materiallariga muvofiqligini o‘z

ichiga oladi va agar ular orasida qarama-qarshiliklar bor bo‘lsa, keyin ular sud

tergovi davomida bartaraf qilingani.

Sud ekspertizasini tayinlash va ekspertni tanlash qarori qabul qilishda,

tergovchi quyidagilarni hisobga olishi kerak: ekspert ishning natijasi bilan

qiziqmasligi va tegishli bilim sohasida yetarlicha vakolatli bo‘lishi kerak.

Birinchi talab barcha turdagi ekspertizalao uchun umumiydir. Ikkinchisiga

kelsak, shuni ta’kidlash kerakki, sud ekspertizasi uchun ushbu masalani hal

qilishda o‘ziga xoslik mavjud bo‘lib, bu sud-tergov organlari xodimlari har doim

ham tadqiqot chegaralari va ekspertiza ishonib topshirilgan shaxslar orasida

imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega emaslar va har doim ham ilmiy

bilimlarning chuqurligi zarurligini yetarlicha tasavvur qila olmaydilar. Bu sud

ekspertizasi ba’zan ilmiy malakaga ega bo‘lmagan mutaxassislarga ishonib

topshirilishiga olib keladi. Ekspert vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish

talabiga kelsak, yuqori sudlar ekspertga faqat uning vakolatidan tashqariga

chiqmaydigan masalalarni hal qilish zarurligini ko‘rsatadi.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

189

Ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallarni to‘plash va tanlash

muhim rol o‘ynaydi. Mutaxassis qanchalik malakali bo‘lmasin, fan va texnikaning

eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanmasin – agar tadqiqot ob’ektlari yetarli

bo‘lmasa yoki ular tadqiqot uchun mos bo‘lmasa, ekspert xulosasi ishda ishonchli

dalil bo‘la olmaydi.

Ekspert xulosasini baholashda, sudlar nafaqat ekspert tomonidan

o‘rnatilgan faktdan, balki ushbu faktning ishonchliligidan ham kelib chiqadi, ya’ni

xulosalar ularning haqiqiyligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi kerak.

Ekspertni muayyan xulosalarga olib kelgan ushbu ob’ektlarning

ishonchliligiga shubha, xulosaning ishonchliligiga shubha tug‘diradi, bu esa o‘z

navbatida bunday xulosaga asoslangan hukmning qonuniyligi va asosliligiga

shubha tug‘diradi.

Ham ekspert, ham tergov va sud amaliyoti tadqiqot uchun yuborilgan

ob’ektlarning ishonchliligiga shubha tug‘diradigan holatlar tergovchi, sud va

ekspertlarning ish natijasini yo‘qqa chiqaradi. Protsessual qonunlarning buzilishi,

ashyoviy dalillarning haqiqiyligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ashyoviy

dalillarni olib qo‘yish va saqlash tartibi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarga rioya

qilmaslik ekspertizaga yuborilgan narsalarning – ashyoviy dalillarning

haqiqiyligini yo‘qotishiga олиб келади ва бундай объектларни ўрганишга

асосланган экспертларнинг хулосалари уларнинг ишдаги далилий

qийматини йўqотади.

Ekspert xulosasi – bu dalillarning maxsus manbasidir. Ekspert xulosasining

o‘ziga xos xususiyati shundaki, ekspert tergov va sudga ma’lum bir fan, texnika,

san’at sohasidagi ma’lumotlardan foydalanish asosida u tomonidan aniqlangan

faktlar to‘g‘risida xabar beradi. Tadqiqotni olib boradigan mutaxassis o‘zining

maxsus bilimlariga asoslanadi, bu esa tergov yoki sud organlari tomonidan

berilgan savollarga javob berishga imkon beradi. Ekspert xulosalari daliliy

ahamiyatga ega, guvoh, ayblanuvchi va sudlanuvchining u yoki bu fakt bo‘yicha

xulosalari dalil kuchiga ega emas.

Ekspert xulosasini uning ilmiy ishonchliligi nuqtai nazaridan baholash juda

murakkab jarayon. Ushbu konsepsiya fan va texnika talablariga javob beradigan

mutaxassis tomonidan tanlangan ilmiy tadqiqot usullarining to‘g‘riligini, tadqiqot

bosqichlarining mantiqiy ketma-ketligini (alohida, qiyosiy, eksperiment) va fan

va texnologiyalarni rivojlantirishning hozirgi darajasida berilgan savollarga javob

berish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.

Ekspert xulosasi maxsus dalildir, shuning uchun unga ma’lum talablar

qo‘yilishi kerak, birinchi navbatda – ilmiy asoslilik, aniqlik, ekspert xulosalarining

ravshanligi.

Sudlar hukmda o‘z xulosalarini faqat ishonchli, hech qanday shubha

tug‘dirmaydigan faktlarga asoslanishlari kerak.

Sud va tergov amaliyotidan biz tahlil qilgan misollar ekspertning kasbiy

mahorati, uning bilim va ko‘nikmalaridan sud tomonidan jinoiy ishlarni ko‘rib

chiqishda ancha samarali foydalanilishini ishonchli ko‘rsatmoqda. Ilmiy


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

190

bilimlarning rivojlanishi bilan fan va texnikaning turli sohalarida jinoyat

protsessida ekspertning roli oshadi. Uning bilimlari jinoyat ishlarini ochish,

tergov qilish va ko‘rib chiqishda, shuningdek jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy,

oqilona va adolatli hukm chiqarishda zarurdir.

Ayni paytda, keltirilgan holatlardan ko‘rinib turibdiki, jinoyat ishini ko‘rib

chiqishda ularni dalil sifatida ishlatishga imkon bermaydigan ekspert xulosalari

mavjud bo‘lib qoladi. Bunga ob’ektiv va subektiv sabablar bor. Shu munosabat

bilan biz sud tergovining sifati ba’zan ekspertlarning xulosalariga tanqidiy

munosabatga bog‘liq deb hisoblaymiz. Ekspertlar yo‘q qo‘yishi mumkin bo‘lgan

xato borligini inobatga olmasdan, ularning xulosalariga ko‘r-ko‘rona tayanish sud

hukmining qonuniy va asosli bo‘lishiga shubha tug‘diradi.

Shu sababli, jinoyat ishi bo‘yicha sud tergovi paytida yuzaga keladigan

ko‘plab murakkab vaziyatlarni hal qilish uchun agar so‘roq qilish ishning maxsus

bilimlarga oid holatlarini aniqlash va o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lsa, mutaxassisni

taklif qilish tavsiya etiladi. Ushbu tavsiyaning dolzarbligi shundan iboratki,

jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda ko‘pincha maxsus bilimlardan foydalanmasdan

jinoyat ishini ko‘rib chiqishni davom ettirishning iloji bo‘lmagan holatlar yuzaga

keladi. Mutaxassisning so‘rog‘i esa jinoyat protsessining ishtirokchilariga ularga

to‘g‘ri savollar berish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, ekspert xulosasiga

huquqiy baho berish va uni kelgusida sud hukmida dalil sifatida tan olish yoki

olmaslik imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Комаров О.Н. Исползование знаний специалистов, экспертов в

уголовном процессе // Право и государство: приоритеты XXI века:

материалы Всероссийской научно-практической конференции / отв. ред.

В.Я. Музюкин, Е.С. Аничкин. – Барнаул: Алт. Ун-т, 2007. – С. 545.

2. Аверянова Т. В., Белкин Р. С, Корухов Ю. Г., Россинская Е. Р.

Экспертиза в гражданском, административном, уголовном процессе :

учебник для вузов. М. : Норма, 2003.

3. Аверянова Т. В., Белкин Р. С., Корухов Ю. Г., Российская Е. Р.

Криминалистика : учебник для вузов. Под ред. Заслуженного деятеля науки

Российской Федерации, профессора Р. С. Белкина. М. : Норма.

4. Tuxtasheva U.A., Pulatov B., Bazarova D.B., Saxadinov S., Tulaganova G.Z.,

Mirazov D.B., Mirzayev A., Mavlonov K., Kenjaboyev D., Salomov N. Jinoyat-

protsessual huquqi: Darslik. – T.: TDYU nashriyoti, 2021.248 bet.

5. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari

ma’lumotlari

milliy

bazasi,

09.02.2021

y.,

03/21/671/0093-son.

https://www.lex.uz/acts/20596.

6. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual Kodeksi, 2021 yil

21 apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda – Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son, https://lex.uz/docs/111460.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

191

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar

faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga

doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-son Farmon,

https://lex.uz/docs/4910826.

8. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Xo‘jalik protsessual va

Fuqarolik protsessual kodekslariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish

to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2000 y. 14 dekabrdagi, 163-II-son

Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 2001.

1-2-son, 11-modda.

9. O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi

to‘g‘risida”gi 23.05.2014 yildagi 07-sonli qarori. https://lex.uz/uz/docs/2413562.

10. Alishaev S.T. SUDEBNOE REShENIE: ZAKONNOST, SPRAVEDLIVOST I

BESPRISTRASTNOST //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. – 2022. – T. 2. – №. 2.

11. Алишаев С.Т. СУД HУКМИНИ ТУЗИШ ВА РАСМИЙЛАШТИРИШ

МУАММОЛАРИ //E Conference Zone. – 2022. – С. 176-179.

12. Алишаев С. Т. ОДИЛ СУДЛОВНИНГ ЯКУНИ HУЖЖАТИ СИФАТИДА

HУКМ //E Conference Zone. – 2022. – С. 171-175.

Библиографические ссылки

Комаров О.Н. Исползование знаний специалистов, экспертов в уголовном процессе // Право и государство: приоритеты XXI века: материалы Всероссийской научно-практической конференции / отв. ред. В.Я. Музюкин, Е.С. Аничкин. - Барнаул: Алт. Ун-т, 2007. - С. 545.

Аверянова Т. В., Белкин Р. С, Корухов Ю. Г., Российская Е. Р. Экспертиза в гражданском, административном, уголовном процессе : учебник для вузов. М.: Норма, 2003.

Аверянова Т. В., Белкин Р. С., Корухов Ю. Г., Российская Е. Р. Криминалистика : учебник для вузов. Под ред. Заслуженного деятеля науки Российской Федерации, профессора Р. С. Белкина. М.: Норма.

Tuxtasheva U.A., Pulatov В., Bazarova D.B., Saxadinov S., Tulaganova G.Z., Mirazov D.B., Mirzayev A., Mavlonov K., Kenjaboyev D., Salomov N. Jinoyat-protsessual huquqi: Darslik. - T.: TDYU nashriyoti, 2021.248 bet.

0'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021 y., 03/21/671/0093-son.

https://www.lex.uz/acts/20596.

0'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual Kodeksi, 2021 yil 21 apreldagi O'RQ-683-sonli Qonuni tahririda - Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son, https://lex.uz/docs/111460.

0'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi "Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g‘risida"gi PF-6034-son Farmon, https://lex.uz/docs/4910826.

0'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Xo'jalik protsessual va Fuqarolik protsessual kodekslariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to‘g'risida”gi 0'zbekiston Respublikasining 2000 y. 14 dekabrdagi, 163-II-son Qonuni // 0'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 2001. 1-2-son, 11-modda.

0'zbekiston Respublikasining Oliy sudi Plenumining "Sud hukmi to'g'risida"gi 23.05.2014 yildagi 07-sonli qarori. https://lex.uz/uz/docs/2413562.

Alishaev S.T. SUDEBNOE REShENIE: ZAKONNOST, SPRAVEDLIVOST I BESPRISTRASTNOST //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. - 2022. - T. 2. - №. 2. И.Алишаев C.T. СУД НУКМИНИ ТУЗИШ BA РАСМИЙЛАШТИРИШ МУАММОЛАРИ //E Conference Zone. - 2022. - C. 176-179.

Алишаев С. T. ОДИЛ СУДЛОВНИНГ ЯКУНИ НУЖЖАТИ СИФАТИДА НУКМ //E Conference Zone. - 2022. - C. 171-175.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов