Jinoyat protsessida shaxsni uy qamog‘ida saqlashning huquqiy rejimi

CC BY f
192-203
1
1
Поделиться
Абдуллаев, Д. (2024). Jinoyat protsessida shaxsni uy qamog‘ida saqlashning huquqiy rejimi . Современные подходы к доказательствам в уголовном судопроизводстве, 1(1), 192–203. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/evidence-criminal-proceedings/article/view/29439
Диёр Абдуллаев, Ташкентский государственный юридический университет
Главный специалист отдела кадров, независимый исследователь
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jinoyat protsessual qonunchilikka ko'ra, uy qamog'i gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo'lganida uning yoshini, sog'lig'i holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qo'llaniladi va bunda shaxsga nisbatan qonunda nazarda tutilgan ma’lum bir taqiq (cheklov)lar o'rnatiladi. Mazkur maqolada muallif tomonidan jinoyat-protsessual ehtiyot chorasi sifatida uy qamog'i tanlangan shaxsga nisbatan o'rnatilishi mumkin bo'lgan taqiq (cheklov)larning tushunchasi, ularning turlari, qo'llash tartibi hamda mazmun-mohiyatining ilmiy-nazariy jihatlari xorijiy mutaxassislar va mahalliy tadqiqotchilar fikrlarini qiyosiy tahlil qilish orqali atroflicha yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy hamda milliy qonunchilik va qonunosti normalari asosida uy qamog'i ehtiyot chorasini tayinlangan shaxsga nisbatan qo'llanilgan taqiq (cheklov)lar bilan bog'liq huquqni qo'llash amaliyotida yuzaga kelgan va amaliyotchi huquqshunoslar o'rtasida bahs-munozara keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan muammolar haqida so'zyuritilib, ularni bartarafetish bo'yicha xulosa va takliflar keltirilgan.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

192

JINOYAT PROTSESSIDA SHAXSNI UY QAMOG‘IDA SAQLASHNING

HUQUQIY REJIMI

Abdullayev Diyor Ibodillayevich

TDYU kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi TDYU mustaqil izlanuvchisi

abdullayev_diyor@internet.ru

Annotatsiya.

Jinoyat protsessual qonunchilikka ko‘ra, uy qamog‘i gumon

qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi

ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo‘lganida uning yoshini, sog‘lig‘i

holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish

maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qo‘llaniladi va bunda shaxsga nisbatan

qonunda nazarda tutilgan ma’lum bir taqiq (cheklov)lar o‘rnatiladi. Mazkur

maqolada muallif tomonidan jinoyat-protsessual ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i

tanlangan shaxsga nisbatan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan taqiq (cheklov)larning

tushunchasi, ularning turlari, qo‘llash tartibi hamda mazmun-mohiyatining ilmiy-

nazariy jihatlari xorijiy mutaxassislar va mahalliy tadqiqotchilar fikrlarini qiyosiy

tahlil qilish orqali atroflicha yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy hamda

milliy qonunchilik va qonunosti normalari asosida uy qamog‘i ehtiyot chorasini

tayinlangan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan taqiq (cheklov)lar bilan bog‘liq huquqni

qo‘llash amaliyotida yuzaga kelgan va amaliyotchi huquqshunoslar o‘rtasida bahs-

munozara keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida so‘z yuritilib, ularni

bartaraf etish bo‘yicha xulosa va takliflar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

jinoyat protsessi, ehtiyot choralari, uy qamog‘i, taqiqlar

(cheklovlar).

Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va

erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni

cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir

choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan

maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak [1].

Shu o‘rinda, ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i qo‘llanayotgan gumon

qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan

taqiq(cheklov)lar turi va qo‘llanish doirasiga e’tibor qaratsak. Fikrimcha, shaxsga

nisbatan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan taqiq (cheklov) – bu uning konstitutsiyaviy

huquq va erkinliklarini erkin amalga oshirishiga mone’lik qiluvchi hamda rioya

etmaslik muayyan yuridik oqibat tug‘diruvchi protsessual talablardir.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2421-moddasi

5-qismiga muvofiq, sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining

shaxsini va haqiqiy holatlarni hisobga olgan holda, ehtiyot chorasi sifatida uy

qamog‘ini tanlash jarayonida unga nisbatan quyidagi taqiqlar (cheklovlar)ni

belgilashi mumkin:


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

193

1) muayyan shaxslar bilan aloqada bo‘lish;

2) xat-xabar olish va jo‘natish;

3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida

so‘zlashuvlar olib borish;

4) uy-joyni tark etish [2].

Demak, jinoyat-protsessual qonunchiligimizda sanab o‘tilgan choralarning

qaysi biri taqiqlash, qaysi biri cheklash sifatida qo‘llanilishi kerakligi aniq

belgilanmagan, ya’ni taqiqlar va cheklovlar sifatida toifalanmagan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo ba’zi mamlakatlar, jumladan,

Tojikiston Jinoyat-protsessual kodeksi[3] ning 110-moddasida, Ukraina Jinoyat-

protsessual kodeksi [4]ning 181-moddasida va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-

protsessual kodeksining 107-moddasida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi

tanlangan shaxsga nisbatan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan taqiq (cheklov)larning

bayon etilish tartibi (ketma-ketligi)dagini farq bo‘lib, ularning turi va mazmun-

mohiyati deyarli bir xil (shu boisdan tadqiqot jarayonida xorijlik mutaxassis

olimlar va amaliyotchilar fikrlaridan keng foydalanildi), bunga sabab esa MDH

Parlamentlararo Assambleyasi 1996-yil 17-fevralda tasdiqlagan Jinoyat-

protsessual Kodeksi Modelida[5] aks ettirilgan tavsiyalardan foydalanilganligida

deb bilamiz. Uning 175-moddasida uy qamog‘i qo‘llangan shaxsning zimmasiga:

– uyidan muttasil yoki muayyan vaqtlarda chiqib ketmaslik;

– telefonda so‘zlashmaslik, aloqa vositalaridan foydalanmaslik, xat-

yozishmalar yubormaslik;

– uyda o‘rnatilgan maxsus elektron nazorat vositalarining kuzatuvida

bo‘lish va ularni soz holda ishlashini ta’minlash;

– nazorat tartibida telefon orqali chaqirganda javob berish yoxud muayyan

vaqtlarda telefonda o‘zi to‘g‘risida xabar berib turish;

– ayblanuvchini yoki uning uy-joyini kuzatish, uyini yoxud unga ajratilgan

xonani qo‘riqlab turish;

– ayblanuvchining jamiyat bilan aloqasini cheklash yoki uning xulq-atvorini

kuzatishga qaratilgan boshqa choralarni ko‘rish kabi majburiyatlar yuklatilishi

nazarda tutilgan [6].

Tadqiqot doirasida o‘rganilgan jinoyat-protsessual adabiyotlarda ham qayd

etilishicha, qonunda sanab o‘tilgan choralarning qaysi biri taqiqlash, qaysi biri

cheklash sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerakligi ko‘rsatilmagan. Ko‘rinib

turibdiki, taqiq deganda har qanday harakat yoki faoliyatni to‘liq taqiqlash, uning

sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik tushuniladi, cheklov deganda esa bir xil harakatlar

yoxud faoliyatni qisman taqiqlash tushuniladi [7].

S.V. Koloskov va L.M. Fetishevaning fikricha, huquqiy oqibatlari va

qo‘llashning huquqiy rejimi nuqtai nazaridan qonun taqiqlar va cheklovlarni

ajratmaydi [8].

E.V. Saltikovning yozishicha, uy qamog‘i bilan bog‘liq holda, cheklash va

taqiqlarning mohiyati bir-biriga juda yaqin yoki (hatto) ayrim hollarda bir

muddatga birlashadi, bundan tashqari, bu alohida uchinchi holat emas, balki

qonunchilar mantig‘iga ko‘ra, taqiq cheklovlarning bir qismiga aylanadi [9].


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

194

Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, uy qamog‘ini qo‘llashda qonun

faqat bitta cheklovni nazarda tutadi – gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi

yashaydigan turar joydan tashqariga chiqish (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-

protsessual kodeksining 107-moddasi 7-qismi 1-bandi). Federatsiya) va uch

turdagi taqiqlar (shu moddaning 2-4-bandlari) [10].

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2421-moddasi

6-qismiga muvofiq, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi barcha

taqiqlarga (cheklovlarga) yoxud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin.

Bundan ko‘rinib turibdiki, vakolatli mansabdor shaxs ehtiyot chorasi sifatida uy

qamog‘ini tanlayotgan vaqtda ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) yoxud

sudlanuvchiga uy qamog‘ida bo‘lgan vaqtda o‘rnatiladigan taqiqlar doirasini

belgilashda jinoyat ishining mavjud asosli materiallariga muvofiq ularning

miqdorini ya’ni qo‘llanish doirasini ixtiyoriy ravishda belgilaydi. Har bir taqiq

(cheklov)ning mazmun-mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda muayyan

shaxslar bilan aloqada bo‘lishga taqiq (cheklov) o‘rnatish ya’ni uy qamog‘ida

bo‘lgan shaxsning muloqot erkinligini cheklash deganda, professor

G. To‘laganovaning fikrlariga ko‘ra quyidagi holatlar nazarda tutiladi: a) ma’lum

shaxslar bilan (himoyachidan tashqari) og‘zaki muloqot qilish (gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi, jabrlanuvchilar va ularning vakillari, guvohlar, ekspertlar, xolislar,

ish yuritishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan hamkasblari, tanishlari va

boshqalar); b) yozma muloqot vositalarini (xat-xabarlar, jo‘natmalar,

telegrammalar) jo‘natish va olish; v) har qanday aloqa vositalari orqali muloqot

qilish (internet, elektron pochtasi, telefon, teletayp, faks va hokazolar) [11].

A.S. Aleksandrovning so‘zlariga ko‘ra, “muayyan shaxslar bilan muloqot”

iborasini qonun chiqaruvchi hibsga olingan shaxsni to‘liq jamiyatdan

ajratishilishi va tashqi dunyo bilan aloqa qilishni mutlaqo taqiqlashni nazarda

tutmagan [12].

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 107-moddasida

nazarda turilgan ushbu taqiq turini L.V. Diakonova og‘zaki muloqotga taqiq bilan

bir qatorda yozma muloqotga (xuddi shu moddaning 7-qismining 3-bandi) va

aloqa vositalari va “Internet” tarmog‘i yordamida aloqaga taqiq deb ataydi (xuddi

shu moddaning 7-qismining 4-bandi) [13].

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uchun muloqot qilish

taqiqlangan shaxslar doirasi sudlar tomonidan, birinchi navbatda, ushbu jinoyat

ishining materiallariga asoslanib va uni ob’ektiv tergov qilish manfaatlaridan

kelib chiqqan holda hal qilinishi kerak. Muloqot masalalari bo‘yicha aynan sud

qaror qabul qilinishi muhimdir, chunki bunday taqiq nafaqat uy qamog‘ida

bo‘lgan shaxsning muloqot qilish huquqini, balki u bilan muloqot qilish

taqiqlanishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ham muloqot qilish huquqini

cheklanishini anglatadi. Sudlar muayyan shaxslar bilan aloqada bo‘lishga taqiq

(cheklov) belgilayotgan vaqtda bundan mustasno shaxslarni o‘z ajrimida aniq

sanab o‘tishlari maqsadga muvofiqdir. Misol uchun: ehtiyot chorasi sifatida uy

qamog‘i tanlangan shaxsning yaqin qarindoshlari; ushbu ehtiyot chorasining


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

195

bajarilishini nazorat qiluvchi organlar vakillari; jinoyat ishini tergov qilayotgan

boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va tergovchilari;

ayblanuvchini huquqlarini va manfaatlarni himoya qiliyotgan advokatlar; tez

tibbiy yordam xodimlari, ayblanuvchiga tibbiy yordam va davolanishni amalga

oshiruvchi tibbiyot xodimlari; huquqni muhofaza qilish organlari, agar ular o‘z

vazifalarini bajaryotgan bo‘lsa; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda

favqulodda vaziyatlar xodimlari.

Fikrimcha muayyan shaxslar bilan aloqada bo‘lishga taqiq (cheklov)

o‘rnatish deganda – gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ish

bo‘yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik

maqsadida, ish holatlaridan kelib chiqib, shu ishning boshqa ishtirokchilari va shu

kabi boshqa shaxslar bilan bevosita va bilvosita uchrashish va gaplashishga, har

qanday tarzda yozishmalarni amalga oshirishga taqiq (cheklov) qo‘yilishi

tushunishish mumkin.

Xat-xabar olish va jo‘natishga taqiq (cheklov) o‘rnatish deganda esa−

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining har qanday xat-xabarni ya’ni

pochta-telegraf, faks orqali jo‘natmalarni, o‘zaro xat yozishmalarni, shuningdek

zamonaviy elektron muloqot vositalari bo‘lmish e-mail, SMS, MMS, telegramm,

whats up, odnoklasnik, instagram va boshqa elektron shakldagi xabarlarni qabul

qilishiga yoki jo‘natishiga taqiq (cheklov) qo‘yilishi tushuniladi.

Tadqiqot doirasida o‘rganilgan aksariyat sud ajrimlarida bu taqiq

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2421-moddasi

5-qismi 2-bandiga asosan ko‘rasatilgan va aynan kimlar bilan xat-xabar olish va

jo‘natish taqiqlanganligi aniqlanmagan. Qonun bunday shaxslarni aniq

ko‘rsatilishini talab qilmaydi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, sud

tomonidan uy qamog‘i ehtiyot chorasi tayinlanayotgan gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga har qanday shaxs bilan yozma muloqot qilish

taqiqlanishi mumkin, bu esa to‘g‘ri deb hisoblamaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2421-moddasi

5-qismi 2-bandidagi taqiq (cheklov) qoidalarini amalga oshirishda kamida ikkita

murakkab muammo yuzaga keladi.

Birinchidan, xat-xabar olish va jo‘natish (pochta-telegraf yozishmalariga)

huquqidan to‘liq mahrum etish hatto hibsda saqlanayotgan gumon qilinuvchi va

ayblanuvchilar uchun ham nazarda tutilmagan. Bunday shaxslarning yozishma va

yozma materiallardan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil

29-sentabrdagi O‘RQ–298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash

to‘g‘risida”gi qonuni 18-moddasi 1-qismining 4-xatboshisida [14] belgilangan.

Ushbu qonunning 20-moddasida, quydagi tartib ko‘rsatilgan: “Ushlab turilganlar

va qamoqqa olinganlar qarindoshlari hamda boshqa shaxslar bilan yozishmalar

olib borish huquqiga ega. Ushlab turilganning, qamoqqa olinganning yozishmalari

qamoqda saqlash joyining ma’muriyati orqali amalga oshiriladi hamda

senzuradan o‘tkaziladi. Senzura qamoqda saqlash joyining ma’muriyati

tomonidan, zarur bo‘lgan taqdirda esa jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

196

shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi. Ushlab turilganning, qamoqqa

olinganning jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilishi yoxud

jinoyat sodir etilishiga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan,

maxfiy yozuv, belgilar bilan yozilgan, davlat sirini yoki qonun bilan

qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan xat-xabari adresatga jo‘natilmaydi,

ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga berilmaydi hamda jinoyat ishini

yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga topshiriladi. Bu haqda prokuror

yozma ravishda xabardor qilinadi. Ushlab turilganning yoki qamoqqa olinganning

yaqin qarindoshi vafot etganligi, og‘ir kasalligi, ushlab turilganning yoki qamoqqa

olinganning oilasi yoxud yaqin qarindoshlariga moddiy zarar yetkazgan tabiiy

ofat haqidagi ma’lumotlar, shuningdek boshqa shunga o‘xshash ma’lumotlar

olinganidan keyin darhol adresatga ma’lum qilinadi. Turli qamoqda saqlash

joylaridagi ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar o‘rtasidagi yoki ushlab

turilganlar, qamoqqa olinganlarning ozodlikdan mahrum etish joylarida

saqlanayotgan mahkumlar bilan yozishmalari faqat qarindoshlar o‘rtasida

amalga oshirilishi mumkin.

Bizning fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual

kodeksining 2421-moddasi 5-qismi 2-bandi “muayyan shaxslardan xat-xabar

olish va jo‘natish” tarzida bayon etilishi maqsadga muvofiq, bundan asosiy

maqsad uy qamog‘ida saqlanayotgan shaxs ham xuddi ushlab turilgan yoki

qamoqqa olingan shaxs kabi nazorat ostida, senzuradan o‘tkazilgan holatda

bo‘lsa-da, sud ajrimi bilan taqiqlanmagan ma’lum bir shaxslar (ota-onasi yoxud

boshqa yaqinlari) bilan yozishmalar amalga oshirish huquqini ham

shakllantirishdir.

Ikkinchidan, amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizda sud

tomonidan qo‘yilgan cheklovlar va taqiqlarga rioya etilishi ustidan nazoratni

amalga oshirishda xat-xabar olish va jo‘natish yozishmalari tekshirish va olib

qo‘yish imkoniyati ko‘zda tutilmagan. Bizning fikrimizcha, bunday nazoratni kim

va qanday tartibda amalga oshirishi bilan bog‘liq qoidalar O‘zbekiston

Respublikasining 2011-yilning 29-sentabrdagi O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini

yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonuni yoxud bevosita jinoyat-

protsessual kodeksimizda belgilanishi kerak.

Har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida

so‘zlashuvlar olib borishga taqiq (cheklov) o‘rnatish deyilganda − gumon

qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining bevosita yoki bilvosita aloqa

vositalari orqali so‘zlashuvlarni, pochta-telegraf, faks jo‘natmalarini, shuningdek

Ye-mail, SMS, MMS va shu kabi boshqa elektron shakldagi yozishmalarni amalga

oshirishiga to‘liq taqiq (cheklov) o‘rnatish tushuniladi.

Xususan, ushbu taqiqning amalga oshirilishi telefon va boshqa suhbatlarni,

abonentlar va abonent qurilmalari oʻrtasidagi ulanishlar toʻgʻrisida olingan

maʼlumotlarni kuzatish va qayd etish muammosini keltirib chiqaradi. Jinoyat-

protsessual kodeksimizning tergov shartlari sud tomonidan qo‘yilgan ushbu

cheklovlar va taqiqlarga rioya etilishini nazorat qilishni nazarda tutmaydi.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

197

Bu masala hatto uy qamog‘i ehtiyot chorasi ijrosi bilan bog‘liq tartib-qoidalar

belgilangan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2014-yil 11-noyabrdagi 162-sonli

buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi

to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”da ham ko‘rsatilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2421-moddasi

7-qismiga ko‘ra “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi,

qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan

nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi,

tergovchi, prokuror, sud bilan so‘zlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga

kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni,

yong‘in xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch

xizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan

cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z

yashash joyidagi uy qamog‘ini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar

organiga har bir shunday qo‘ng‘iroq haqida xabar beradi” deyilgan. Biroq,

ta’kidlash joizki har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida

so‘zlashuvlar olib borishga taqiq (cheklov) ustidan nazorat olib borish tartibi

ko‘rsatilmagan.

Ayrim tadqiqotchilarning fikricha ushbu taqiqni nazorat qilish imkonsizdir.

Xususan, Y. Axminova Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil

19-dekabrdagi

41-sonli

qarori

40-bandining

beshinchi

xatboshida

ko‘rsatilgandek, Internet-axborot va telekommunikatsiya tarmog‘idan

foydalanishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini cheklashda, sud shaxsga

ushbu tarmoqdan foydalanishga ruxsat berilgan holatlarni ko‘rsatishi kerak

(masalan, shaxs va ta’lim muassasasi o‘rtasida ma’lumot almashish – agar gumon

qilinuvchi yoki ayblanuvchi ushbu muassasaning talabasi bo‘lsa).

Texnik nuqtai nazardan, ushbu sud tushuntirishini amalga oshirish deyarli

ilojsiz. Xuddi shunday, zamonaviy sharoitda, umuman olganda, “Internet”

axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish taqiqiga rioya qilishni

nazorat qilish deyarli mumkin emas [15] deya ta’kidlagan tadqiqotchi

Y. Axminova.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2421-moddasi

5-qismiga 4-bandida nazarda tutilgan uy-joyni tark etish ya’ni, gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi yoki sudlanuchi yashaydigan turar joydan tashqariga chiqishiga chek

qo‘yish aslida ham taqiqni, ham cheklashni o‘z ichiga olishi mumkin.

Ayrim xorijlik mutaxassis olimlar (O.I. Tsokolova, G.V. Kostyleva,

N.E. Muzhenskaya va S.I. Danilov [16]) tomonidan qayd etilganidek, uy qamog‘i

ehtiyot chorasi tanlangan shaxs doimiy uyda bo‘lganida ikkita asosiy muammo

paydo bo‘ladi, birinchisi toza havoda bo‘lish, ikkinchisi oziq-ovqat bilan

ta’minlanishi bilan bog‘liq. Yurishlarga (toza havoda sayr) kelsak, bu muammo uy

qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxs shahar sharoitidagi kvartirada yoki

xonada yashaganda paydo bo‘ladi, shuning uchun kamida bir soat davom etadigan

nazorat ostida uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxsning har kuni


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

198

yurishlarini tashkil qilish kerak. Oziq-ovqat bilan ta’minlashga kelsak, agar

ayblanuvchi yolg‘iz yashasa, sayr paytida unga do‘konga tashrif buyurish va oziq-

ovqat sotib olish imkoniyati berilishi yoki ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlari

tomonidan oziq-ovqat va boshqa ehtiyojlar etkazib berilishini ta’minlashi

mumkin. Bunday hollarda to‘lov uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxsning

hisobidan amalga oshiriladi.

Uy qamog‘i qamoqqa olishdan ko‘ra unchalik og‘ir bo‘lmagan ehtiyot

chorasi hisoblanadi, shuning uchun “uy qamog‘i”ni yurish huquqidan mahrum

qilish adolatsizlik bo‘ladi.

Bizningcha, sudlar tomonidan uy qamog‘i paytida yurish (sayr qilish)

huquqini ta’minlanishi majburiy bo‘lishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, kamida

bir soat davom etadigan har kungi sayr etishdan foydalanish huquqi ushlab

turilgan va (yoki) qamoqqa olingan gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga

tegishlidir (O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ–298-son

“Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonuni

18-moddasi 1-qismining 12-xatboshisi [17]).

G. To‘laganova uy qamog‘i ehtiyot chorasini boshqa ehtiyot choralaridan

farqli jihatlari haqida so‘z yuritib, o‘z fikrlarini shunday qayd etadi, ushbu ehtiyot

chorasining harakatlanish erkinligini cheklash darajasi munosib xulq-atvorda

bo‘lish haqidagi tilxatga qaraganda ko‘proq. Ayni shu paytda uy qamog‘ida

ayblanuvchi yopiq turdagi maxsus ajratilgan xonaga majburan qamab

qo‘yilmaydi, o‘zi bilan birga yashaydigan shaxslardan, oilasidan ajratilmaydi [18].

Fikrimizcha, uy-joyni tark etishga taqiq (cheklov) o‘rnatish deganda −

shaxsni uy qamog‘i ehtiyot chorasini o‘tash joyidan chiqishga sud ajrimi bilan

to‘liq yoki qisman taqiq (cheklov) o‘rnatish tushuniladi. Bunday hollarda ya’ni

qisman taqiq (cheklov) o‘rnatilganda sud tomonidan uy qamog‘i qo‘llanilgan

shaxsning o‘qish yoki ish joyiga borishiga yoxud kundalik oila turmush

masalalarini hal etishi uchun kunning ma’lum paytlarida uy qamog‘i qo‘llanilgan

joydan tashqariga chiqishga ruxsat berilishi mumkin. Qamoqqa olinganning

yashash joyi qo‘riqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning xulq-atvori ustidan

nazorat o‘rnatiladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining

uy-joyidan chiqishi bo‘yicha o‘rnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi

ustidan nazorat amalga oshirilayotganda ichki ishlar organi uning yashash joyida

bo‘lishini sutkaning istalgan vaqtida tekshirishga haqli. Tekshirish kunduzgi

vaqtda ko‘pi bilan bir marta va tungi vaqtda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi. Zarur

hollarda, uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxsga nisbatan

elektron kuzatish vositalari qo‘llanilishi mumkin.

Agar tibbiy ko‘rsatuvlarga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki

sudlanuvchi sog‘liqni saqlash muassasasiga olib kelingan va yotqizilgan bo‘lsa,

sud o‘rnatgan taqiqlarning (cheklovlarning) amal qilishi gumon qilinuvchiga,

ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish yoxud

bekor qilish masalasi sud tomonidan hal etilguniga qadar davom etadi.

O‘rnatilgan taqiqlar (cheklovlar) uy qamog‘ida bo‘lgan gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan

qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

199

Jinoyat-protsessual adabiyotlarda uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan

shaxsning yashash joyini tark etishi borasida mutlaqo qarama-qarshi fikrlar

bildirilgan.

Xususan, L.K. Trunova uy qamog‘idagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga

ish, o‘qish, tibbiy muassasalar va boshqa joylarga borishga ruxsat berilishi kerak

deb fikr bildirgan [19].

V.M. Bykovning fikricha, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud qarori bilan

imtihon yoki test topshirish uchun ta’lim muassasasiga, do‘kon yoki dorixonaga

tashrif buyurishi mumkin, ammo har qanday ko‘ngilochar muassasalarga: kafe,

kinoteatr, diskotekaga va boshqalarga tashrif buyurishni butunlay istisno qiladi [20].

Shu bilan birga, B.B. Bulatovning fikricha, uy qamog‘i erkin harakatlanish

imkoniyatini anglatmasligi kerak. Agar gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga har

kuni ishga, o‘qishga, boshqa joylarga borishga ruxsat berilsa, psixologik va

ma’naviy jihatdan u o‘zini hibsga olingan deb hisoblamaydi [21].

R.Z. Shamsutdinovaning yozishicha, uy qamog‘i hibsga (qamoqqa) olish

bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarni o‘z ichiga olishi kerak, yagona farqi – bu uyda

ushlab turish. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga ish yoki o‘qish yoki boshqa

joylarga borish uchun turar joydan chiqib ketish imkoniyati berilmasligi kerak.

Shu boisdan, u Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining

107-moddasida uy qamog‘i gumon qilinuvchini, ayblanuvchini jamiyatdan to‘liq

ajratgan holda turar-joy binosida saqlashni anglatishini nazarda tutilishini taklif

qilgan [22].

Jinoyat-protsessual qonunining so‘zma-so‘z talqiniga asoslanib, sud gumon

qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual kodeksining 2421-moddasi 5-qismida nazarda tutilmagan taqiqlar

(cheklovlar)ni belgilashga haqli emas. Xuddi shunday, boshqa biror-bir

majburiyat yuklashi ham mumkin emas. Faqatgina, gumon qilinuvchi,

ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z yashash joyidagi uy qamog‘ini ijro etish

zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga zaruriyatga ko‘ra (kasalligi,

favqulodda holat va h.k.) amalga oshirgan qo‘ng‘iroq haqida xabar berish

majburiyatigina qo‘llanilishi mumkin.

Ayrim xorijiy jinoyat-protsessual adabiyotlarda taqiqlar ro‘yxatini

kengaytirish bo‘yicha takliflar mavjud.

Masalan, Y.G. Ovchinnikov, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual

kodeksining 107-moddasi 1-qismida belgilangan taqiqlar ro‘yxati bilan cheklanib

qolmaslik kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha jinoyat-protsessual kodeksida

quyidagi taqiqlar nazarda tutilishi kerak: uydan umumiy yoki ma’lum bir vaqtda

chiqish, har qanday shaxslarni o‘z uyida qabul qilish, maxsus ajratilgan joylarga

(diskoteka, tungi klublar, restoranlar va boshqalar) borish [23].

R.M. Murtazin cheklash va taqiqlardan tashqari, uy qamog‘ida bo‘lgan shaxsga

quyidagi vazifalarni yuklashni taklif qiladi: elektron boshqaruvni ish holatida

saqlash, nazorat signaliga javob berish yoki nazorat telefon signallarini berish, jinoiy

ta’qibga belgilangan vaqtda hokimiyatga yoki sudga shaxsan kelish [24].


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

200

V.V. Klimov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining

107-moddasi 7-qismiga 5-bandni to‘ldirishni taklif qiladi, va “boshqa taqiqlar”

degan iborani ko‘rsatilishini lozim topadi. Bu taklif biz uchun nomaqbuldek

tuyuladi, bu sud o‘zboshimchaliklariga olib kelishi mumkin.

Amalga oshirilgan tadqiqotga tayanib quyidagi xulosalar va ular asosida

takliflar berishimiz mumkin:

1. Uy qamog‘i qamoqqa olishdan ko‘ra unchalik og‘ir bo‘lmagan ehtiyot

chorasi hisoblanadi, shuning uchun, uy qamog‘idagi shaxsni yurish huquqidan

mahrum qilish adolatsizlik bo‘ladi. Bizningcha, sudlar tomonidan uy qamog‘i

paytida yurish (sayr qilish) huquqini ta’minlanishi majburiy bo‘lishi kerak. Shuni

ta’kidlash kerakki, kamida bir soat davom etadigan har kungi sayr etishdan

foydalanish huquqi hatto ushlab turilgan va (yoki) qamoqqa olingan gumon

qilinuvchi va ayblanuvchilarga ham tegishlidir (O‘zbekiston Respublikasining

2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda

saqlash to‘g‘risida”gi qonuni 18-moddasi 1-qismining 12-xatboshisi [25]).

Yurish (sayr qilish) uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi ijro etilayotgan

joyda bo‘lishi sababli uning aniq muddati (davomiyligi) va harakatlanish

chegarasi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga sud tomonidan qo‘yilgan

cheklash va taqiqlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ

tomonidan belgilanishi kerak.

2. Muayyan shaxslar bilan aloqada bo‘lishni taqiqlash to‘g‘risidagi masala,

turar-joyni tark etish masalasidan farqli o‘laroq, sud tomonidan, birinchi

navbatda, ushbu jinoyat ishining materiallari va uni obyektiv tergov qilish

manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal qilinishi kerak hamda uy qamog‘ini ijro

etish jarayonida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining uy qamog‘i tarzidagi

ehtiyot chorasi ijro etilayotgan joyida bo‘lganligi sababli sud tomonidan qo‘yilgan

ushbu cheklash va taqiqlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi

organga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi uchun muloqot qilish taqiqlanishi kerak

bo‘lgan shaxslar doirasini kengaytirish g‘oyasini kiritish yoki aksincha, ilgari

muloqot qilish taqiqlangan shaxslar bilan muloqot qilish uchun ruxsat berilishi

lozim. Muayyan shaxslar bilan aloqada bo‘lish taqiq(cheklov)i boshqa

taqiq(cheklov)lar singari faqat sud ajrimi bilan tayinlanishi va bunda uy qamog‘i

ehtiyot chorasi tanlangan shaxs aloqada bo‘lmasligi lozim bo‘lgan shaxslarning

aniq ko‘rsatilishi zarurati shuni taqozo etadiki alohida holatlarda (misol jinoyat

ishi doirasida yangi ochilgan holatlar yoxud shaxsga nisbatan uy qamog‘i ehtiyot

chorasi tayinlash haqida sud ajrimi chiqqanidan keyin aniqlangan va jinoyat

ishiga jalb etilgan gumonlanuvchi, ayblanuvchilar yoxud jabrlanuvchilar va h.k.)

uy qamog‘idagi shaxs aloqada bo‘lishi taqiqlangan shaxslar doirasini kengaytirish

masalasida ham sudga iltimosnoma kiritish yoki mustaqil hal etish masalasida

huquqni qo‘llovchi (amaliyotchi)lar o‘rtasida yuridik jihatdan munozara yuzaga

kelishi mumkin. Chunki bunday taqiq nafaqat uy qamog‘ida bo‘lgan gumon

qilinuvchining, ayblanuvchining muloqot qilish huquqini, balki muloqot qilish

mumkin bo‘lgan shaxslarning ham muloqot qilish huquqini cheklaydi.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

201

3. Xat-xabar olish va jo‘natish yozishmalarini olish huquqidan butunlay

mahrum qilish hatto hibsda saqlanayotgan gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga

nisbatan ham tadbiq etilmaydi. Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual kodeksining 2421-moddasi 5-qismi 2-bandi “muayyan shaxslardan

xat-xabar olish va jo‘natish” tarzida bayon etilishi maqsadga muvofiq, bundan

asosiy maqsad uy qamog‘ida saqlanayotgan shaxs ham xuddi ushlab turilgan yoki

qamoqqa olingan shaxs kabi nazorat ostida, senzuradan o‘tkazilgan holatda

bo‘lsa-da, sud ajrimi bilan taqiqlanmagan ma’lum bir shaxslar (ota-onasi yoxud

boshqa yaqinlari) bilan yozishmalar amalga oshirish huquqini ham

shakllantirishdir.

4. Uy qamog‘idagi shaxsga nisbatan o‘rnatilgan xat-xabar olish va jo‘natish,

shuningdek har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida

so‘zlashuvlar olib borish taqiqlarini ijro etish O‘zbekiston Respublikasining

2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ–298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda

saqlash to‘g‘risida”gi qonuni doirasida pochta-telegraf jo‘natmalarini tekshirish

va olib qo‘yish, telefon va boshqa suhbatlarni nazorat qilish va yozib olish,

aloqalar to‘g‘risida ma’lumot olish masalalarini hal qilish kerak va mazkur

qonunni (“Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda va uy qamog‘ida saqlash

to‘g‘risida” deb nomlab) yangi tahrirda qabul qilish lozim. Zero, O‘zbekiston

Respublikasining amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq tergov

harakatlari bo‘lgan Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish [26] va

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan

so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish [27] sud

tomonidan belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya qilish ustidan nazoratni

amalga oshirish uchun mo‘ljallanmagan.

5. O‘zbekiston Respublikasi JPK 2421-moddasining 5-qismida belgilangan

taqiqlar (cheklovlar) qat’iy bo‘lib, ulardan tashqari qo‘shimcha taqiqlarni

(cheklovlarni) qo‘llash vakolati qonunda nazarda tutilmagan shu bois uchastka

nozirlari o‘z vazifalarini amalga oshirish jarayonida ehtiyot chorasi sifatida uy

qamog‘i qo‘llanilgan shaxslarga yana boshqa taqiq(cheklov)lar yoxud

majburiyatlar belgilashga haqli emas.

Yuqoridagilardan tashqari, amaliyotda uy qamog‘i ehtiyot chorasi ijrosini

nazorat qilishda maxsus elektron kuzatuv moslamalaridan foydalanishni keng

yo‘lgan qo‘yish, bunda qo‘l va oyoq tasmalaridan foydalanishga, ayniqsa kuzatuv

kameralarini ayblanuvchi, sudlanuvchi yashayotgan uyning kirish-chiqish

joylariga o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilishini tavsiya etamiz.

Ta’kidlash joizki, elektron nazorat vositalari qanchalik foydali bo‘lishiga

qaramay ularning samarasi ko‘proq soz holatda bo‘lishiga bog‘liqdir. Buni

inobatga olgan holda, ayrim davlatlarda (Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon,

Belorussiya) ularni soz holatda saqlash majburiyati bevosita jinoyat-protsessual

qonunchiligida belgilangan. Shu boisdan ham JPK 2421-moddasi 9-qismi

dispozitsiyasini quyidagi tahrirda bayon etilishini taklif etamiz: “Zarur hollarda,


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

202

uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxsga nisbatan elektron

kuzatish vositalari qo‘llanilishi mumkin. Bunda shaxs ularning soz holda

ishlashini ta’minlashi lozim, qurilmada bartaraf qilib bo‘lmaydigan nosozlik

yuzaga kelganda bu haqda darhol nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar

xodimini yoki tergovchini xabardor qilishi shart.”.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Batafsil qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 20-moddasi –

https://lex.uz/uz/docs/-6445145 // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son

2.

Batafsil

qarang:

O‘zbekiston

Respublikasi

Jinoyat-protsessual

kodeksining 2421-moddasi – https://lex.uz/uz/docs/-111460#-254605 //

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga

asosan kiritilgan – O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda

3.

Qarang:

Уголовно-процессуальный

кодекс

Республики

Таджикистан. www.medialaw.asia

4.

Қаранг:

Уголовно-процессуальный

кодекс

Украины.

www.Kalinovsky-k.narod.ru/zakon/

5.

Модельный Уголовно-процессуальный кодекс для Государств –

Участников СНГ // Информационный бюллетень Межпарламентской

Ассамблеи СНГ. – 1996. – №10. Приложение.

6.

Тўлаганова Г.З. Жиноят процессида процессуал мажбурлов ва унинг

ўзига хос хусусиятлари: Дис. ... канд. юрид. наук, – Тошкент, 2009 й. 178-бет.

7.

Александров А.С. Домашний арест как мера пресечения в уголовном

процессе //Уголовное право. 2012. № 2. С. 87.

8.

Колоскова С.В., Фетищева Л.М. Применение домашнего ареста как

меры пресечения в уголовном судопроизводстве России //Юридическая

наука и правоохранительная практика. 2013. № 4. С. 141.

9.

Cалтыков Е.В. Домашний арест в российском уголовном процессе:

Автореф. дис. … канд. юрид. наук. Екатеринбург, 2007. С. 14.

10.

Дьяконова Л.В. Мера пресечения – домашний арест //Законность.

2010. № 10. С. 9; Овчинников Ю.Г. Домашний арест как мера пресечения в

уголовном процессе: Автореф. дис. … канд. юрид. наук. Омск, 2006. С. 16;

Русман Г.С. Судебный контроль за применением мер пресечения в виде

заключения под стражу, домашнего ареста: Автореф. дис. … канд. юрид.

наук. Челябинск, 2006. С. 10.

11.

Тўлаганова Г.З. Жиноят процессида процессуал мажбурлов ва унинг

ўзига хос хусусиятлари: Дис. ... канд. юрид. наук, – Тошкент, 2009 й. 178-б.

12.

Александров А.С. Домашний арест как мера пресечения в

уголовном процессе //Уголовное право. 2012. № 2. С. 87.

13.

Дьяконова Л.В. Мера пресечения – домашний арест //Законность.

2010. № 10. С.8.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

203

14.

Batafsil qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi

O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi

qonuni 18-moddasi – “Xalq so‘zi” gazetasining 2011-yil 5-oktabrdagi 192 (5359)-

soni yoxud https://lex.uz/uz/docs/-1876877

15.

Ахминова Юлия Юрьевна. Домашний арест как мера пресечения:

проблемы избрания и реализации на стадии предварительного

расследования: диссертация ... кандидата Юридических наук: 12.00.09 /

Ахминова Юлия Юрьевна;[Место защиты: ФГКОУ ВО «Санкт-Петербургский

университет Министерства внутренних дел Российской Федерации»], 2018

yil, 119-bet.

16.

Цоколова О.И., Костылева Г.В., Муженская Н.Е., Данилова С.И.

Домашний арест и залог как меры пресечения //СПС «Консультант Плюс»

17.

Batafsil qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi

O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi

qonuni 18-moddasi – “Xalq so‘zi” gazetasining 2011-yil 5-oktabrdagi 192 (5359)-

soni yoxud https://lex.uz/uz/docs/-1876877

18.

Тўлаганова Г.З. Жиноят процессида процессуал мажбурлов ва унинг

ўзига хос хусусиятлари: Дис. ... канд. юрид. наук, – Тошкент, 2009 й. 178-бет.

19.

Трунова Л.К. Современные проблемы применения мер пресечения

в уголовном процессе: Дис. … д-ра юрид. наук. М., 2002. С. 241.

20.

Быков В.М. Закон о домашнем аресте подозреваемого или

обвиняемого:

научный

комментарий

//Административное

и

муниципальное право. 2012. № 3. С. 18.

21.

Булатов Б.Б. Государственное принуждение в уголовном

судопроизводстве. Омск, 2003. С. 98.

22.

Шамсутдинова Р.З. Процессуальные особенности применения

меры пресечения в виде домашнего ареста //Вестник Удмуртского

университета. 2013. № 2. С. 201.

23.

Овчинников Ю.Г. Домашний арест как мера пресечения в

уголовном процессе: Автореф. дис. … канд. юрид. наук. Омск, 2006. С. 7.

24.

Mуртазин Р.М. Применение мер пресечения в судебных стадиях

уголовного процесса:. Автореф. дис. … канд. юрид. наук. Челябинск, 2012. С. 9.

25.

Batafsil qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi

O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi

qonuni 18-moddasi – “Xalq so‘zi” gazetasining 2011-yil 5-oktabrdagi 192 (5359)-

soni yoxud https://lex.uz/uz/docs/-1876877

26.

Batafsil qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual

kodeksining 166-moddasi – https://lex.uz/uz/docs/-111460#-254605 //

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni

tahririda – O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda.

27.

Batafsil qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual

kodeksining 21-bobi – https://lex.uz/uz/docs/-111460#-254605 // O‘zbekiston

Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-651-sonli Qonuni tahririda –

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son.

Библиографические ссылки

Batafsil qarang: 0'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 20-moddasi -https://lex.uz/uz/docs/-6445145 // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son

Batafsil qarang: 0'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2421-moddasi - https://lex.uz/uz/docs/-111460#-254605 // 0'zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O'RQ-373-sonli Qonuniga asosan kiritilgan - O'R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda

Qarang: Уголовно-процессуальный кодекс Республики

Таджикистан, www.medialaw.asia

Қаранг: Уголовно-процессуальный кодекс Украины.

www.Kalinovsky-k.narod.ru/zakon/

Модельный Уголовно-процессуальный кодекс для Государств -Участников СНГ // Информационный бюллетень Межпарламентской Ассамблеи СНГ. - 1996. - №10. Приложение.

Тўлаганова Г.З. Жиноят процессида процессуал мажбурлов ва унинг ўзига хос хусусиятлари: Дис.... канд. юрид. наук, - Тошкент, 2009 й. 178-бет.

Александров А.С. Домашний арест как мера пресечения в уголовном процессе //Уголовное право. 2012. № 2. С. 87.

Колоскова С.В., Фетищева Л.М. Применение домашнего ареста как меры пресечения в уголовном судопроизводстве России //Юридическая наука и правоохранительная практика. 2013. № 4. С. 141.

Салтыков Е.В. Домашний арест в российском уголовном процессе: Автореф. дис.... канд. юрид. наук. Екатеринбург, 2007. С. 14.

Дьяконова Л.В. Мера пресечения - домашний арест //Законность. 2010. № 10. С. 9; Овчинников Ю.Г. Домашний арест как мера пресечения в уголовном процессе: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. Омск, 2006. С. 16; Русман Г.С. Судебный контроль за применением мер пресечения в виде заключения под стражу, домашнего ареста: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. Челябинск, 2006. С. 10.

Тўлаганова Г.З. Жиноят процессида процессуал мажбурлов ва унинг ўзига хос хусусиятлари: Дис.... канд. юрид. наук, - Тошкент, 2009 й. 178-6.

Александров А.С. Домашний арест как мера пресечения в уголовном процессе //Уголовное право. 2012. № 2. С. 87.

Дьяконова Д.В. Мера пресечения - домашний арест //Законность. 2010. № 10. С.8.

Batafsil qarang: 0'zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O'RQ-298-son "Jinoyat ishini yuritish chog'ida qamoqda saqlash to'g'risida"gi qonuni 18-moddasi - "Xalq so'zi" gazetasining 2011-yil 5-oktabrdagi 192 (5359)-soni yoxud https://lex.uz/uz/docs/-1876877

Ахминова Юлия Юрьевна. Домашний арест как мера пресечения: проблемы избрания и реализации на стадии предварительного расследования: диссертация ... кандидата Юридических наук: 12.00.09 / Ахминова Юлия Юрьевна; [Место защиты: ФГКОУ ВО «Санкт-Петербургский университет Министерства внутренних дел Российской Федерации»], 2018 yil, 119-bet.

Цоколова О.И., Костылева Г.В., Муженская Н.Е., Данилова С.И. Домашний арест и залог как меры пресечения //СПС «Консультант Плюс»

Batafsil qarang: 0'zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O'RQ-298-son "Jinoyat ishini yuritish chog'ida qamoqda saqlash to'g'risida"gi qonuni 18-moddasi - "Xalq so'zi" gazetasining 2011-yil 5-oktabrdagi 192 (5359)-soni yoxud https://lex.uz/uz/docs/-1876877

Тўлаганова Г.З. Жиноят процессида процессуал мажбурлов ва унинг ўзига хос хусусиятлари: Дис.... канд. юрид. наук, - Тошкент, 2009 й. 178-бет.

Трунова Л.К. Современные проблемы применения мер пресечения в уголовном процессе: Дис.... д-ра юрид. наук. М., 2002. С. 241.

Быков В.М. Закон о домашнем аресте подозреваемого или обвиняемого: научный комментарий //Административное и муниципальное право. 2012. № 3. С. 18.

Булатов Б.Б. Государственное принуждение в уголовном судопроизводстве. Омск, 2003. С. 98.

Шамсутдинова Р.З. Процессуальные особенности применения меры пресечения в виде домашнего ареста //Вестник Удмуртского университета. 2013. № 2. С. 201.

Овчинников Ю.Г. Домашний арест как мера пресечения в уголовном процессе: Автореф. дис.... канд. юрид. наук. Омск, 2006. С. 7.

Муртазин Р.М. Применение мер пресечения в судебных стадиях уголовного процесса:. Автореф. дис.... канд. юрид. наук. Челябинск, 2012. С. 9.

Batafsil qarang: 0'zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O'RQ-298-son "Jinoyat ishini yuritish chog'ida qamoqda saqlash to'g'risida”gi qonuni 18-moddasi - "Xalq so'zi" gazetasining 2011-yil 5-oktabrdagi 192 (5359)-soni yoxud https://lex.uz/uz/docs/-1876877

Batafsil qarang: 0'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 166-moddasi - https://lex.uz/uz/docs/-l 11460#-254605 // 0'zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O'RQ-421-sonli Qonuni tahririda - O'R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda.

Batafsil qarang: 0'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 21-bobi - https://lex.uz/uz/docs/-111460#-254605 // 0'zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi O'RQ-651-sonli Qonuni tahririda -Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 03/20/651/1577-son.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов