Birlashgan millatlar tashkilotining yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasining ahamiyati: bo‘lajak avlodning porloq kelajagini shakllantirish

CC BY f
204-210
0
0
Поделиться
Иброхимова, С. (2024). Birlashgan millatlar tashkilotining yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasining ahamiyati: bo‘lajak avlodning porloq kelajagini shakllantirish . Современные подходы к доказательствам в уголовном судопроизводстве, 1(1), 204–210. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/evidence-criminal-proceedings/article/view/29440
Ситора Иброхимова, Ташкентский государственный юридический университет
Студент факультета семейного права и милосердия.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan hamda kuchga kirishi kutilayotgan "Yoshlar huquqlari to‘g'risida”gi konvensiyaning dunyo yoshlari hayotidagi ahamiyati, uning global miqyosda yoshlarga qanday imkoniyatiar berishini hamda ushbu hujjatni qabul qilish jarayonida haqida fikr va mulohazalar bayon etiladi.


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

204

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING YOSHLAR

HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI XALQARO KONVENSIYASINING

AHAMIYATI: BO‘LAJAK AVLODNING PORLOQ KELAJAGINI

SHAKLLANTIRISH

Ibrohimova Sitora Ilhomjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi

Annotatsiya.

Maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab

chiqilgan hamda kuchga kirishi kutilayotgan “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi

konvensiyaning dunyo yoshlari hayotidagi ahamiyati, uning global miqyosda

yoshlarga qanday imkoniyatlar berishini hamda ushbu hujjatni qabul qilish

jarayonida haqida fikr va mulohazalar bayon etiladi.

Kalit so‘zlar:

yoshlar, yoshlar huquqlari, BMT, strategiya, statistika, teng

huquqlilik, siyosiy, ijtimoiy, inson huquqlari, rezolutsiya, forum, adolat.

Kirish

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) – Yer yuzida tinchlikni

mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini

rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, 1945-yilda

tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi

ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Fransisko

konferensiyasida 1945-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo

chekkan bo‘lsa 2000-yilda ular soni 189 taga yetdi. Bugungi kunda 193 ta

mustaqil davlat rasmiy a’zo bo‘lib, 2 ta davlat kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

BMT Ustavida koʻrsatilgan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning

teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar

oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy

muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashda

hammamiz birdek mas’ulmiz. Hozirgi kunda BMT ning yillik rejalari va

strategiyalari tizimli holda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy e’tibor yoshlar

huquqlarini mustahkamlash, rivojlantirish va himoya qilishga qaratilgan.

Jumladan, BMT ning “Yoshlar – 2030” strategiyasida “Yoshlar manfaatlarini

ko‘zlab, ular bilan ishlash” bosh tamoyil hisoblanadi. Statistika ma’lumotlariga

qaraganda, dunyo aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar

tashkil qilib, yoshlar ijtimoiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi ulkan salohiyat

sohiblaridir. Ushbu holatni e’tirof etgan holda, “Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi

xalqaro konvensiya” ning ishlab chiqilishida Birlashgan Millatlar Tashkiloti hal

qiluvchi rol o‘ynaydi. Konvensiya nafaqat yoshlarning huquqlarini himoya

qiladigan, balki ularning adolatli va taraqqiy etgan dunyoni shakllantirishda faol


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

205

ishtirok etishini ta’minlaydigan kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. BMTning

yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyasi har bir yosh foydalanishi

kerak bo‘lgan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni

belgilaydigan keng qamrovli asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu huquqlarni belgilab,

Konvensiya davlatlarni yoshlarning farovonligi va rivojlanishini ta’minlash uchun

javobgarlikka tortishda kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa sifatli ta’lim,

sog‘liqni saqlash, ekspluatatsiyadan himoya qilish, so‘z erkinligi va qarorlarni

qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash

muhimligini ta’kidlaydi.

Muhokama va natijalar

“Bashariyatning necha ming yillik tarixiy rivojlanish tajribasi shundan

dalolat beradiki, har qanday davlatning kelajagi hamisha yosh avlodga to‘g‘ridan-

to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib kelgan. Chunki aynan 18-30 yosh oralig‘idagi navqiron

insonlarning kreativ, ya’ni zamonaviy fikrlashi, bemisl shiddat-shijoati, ijtimoiy

mas’uliyatni his etib yashashi, puxta bilim olganligi va muayyan kasb-korni

egallaganligi har qanday demokratik jamiyatning barqaror taraqqiyotini

ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega”, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari

bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov.

Berilgan mavzu bo‘yicha fikr va mulohazalarni tahlil etar ekanmiz, Yoshlar

huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya ishlab chiqilishi uchun qanday zarurat

mavjud degan savol vujudga keladi. Ma’lumki, Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi

konvensiyani ishlab chiqish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

Shavkat Mirziyoyevga tegishli bo‘lib, bu taklif Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh

assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. O‘z navbatida, davlatimiz

rahbari BMT Bosh Assambleyasining 75-sesiyasida xalqaro hamjamiyatni ushbu

Konvensiyaning qabul qilinishi bilan bog‘liq O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-

quvvatlashga chaqirdi. Konvensiya uchun asosiy zaruratlardan biri shuki, hozirda

18 yoshgacha bo‘lganlar, qariyalar, ayollar, nogironlar huquqlarini ifoda etuvchi

xalqaro hujjatlar bor. Ammo aholining eng tez o‘sib borayotgan, eng katta qismini

tashkil qilayotgan qatlam – yoshlar haqida xalqaro hujjat yo‘q. Bundan tashqari,

agar Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyani ishlab chiqish tashabbusi

ro‘yobga chiqarilsa, yoshlar duch kelayotgan muammolarga samarali yechimlar

topish, shuningdek, xalqaro hujjatlarda mavjud bo‘lgan yoshlar huquqlariga

taalluqli ayrim nomuvofiq o‘rinlarni bartaraf etishda kutilgan natijalarga

erishiladi.

Yuqorida qayd etganimzdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil

19-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqlarida

yoshlar masalasiga alohida toʻxtalib, yoshlarning ongi tafakkurini maʼrifat asosida

shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligi, ekstremistik faoliyat va

zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar

tomonidan sodir etilayotganligi, bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

206

insoniyat tarixidagi eng yirik avlod ekanligi, sayyoramizning ertangi kuni,

farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʻlib kamolga yetishi bilan bogʻliqligi,

shuningdek bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning oʻz salohiyatini namoyon

qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zoʻravonlik gʻoyasi “virusi” tarqalishining

oldini olishdan iboratligini taʼkidlab oʻtdi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari

tomonidan yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan

umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari

toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish taklif etildi va xalqaro

jamoatchilik o‘rtasida mazkur tashabbus iliq kutib olindi. Ushbu Konvensiyani

qabul qilish orqali yoshlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy huquqlari

xalqaro darajada mustahkamlanadi. Jumladan, Konvensiya loyihasining

muqaddima qismida, yoshlar jahon aholisining salmoqli qismini tashkil etishini

hamda yoshlar muammolarini hal etish va ularning salohiyatlarini namoyon

qilish masalalari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda, shuningdek kelajak avlodning

farovonligi va ularning yaxshi turmushi uchun barcha imkoniyatlar bilan

ta’minlanishida o‘z ifodasini topishi ta’kidlab o‘tilgan bo‘lsa, loyihaning

1-moddasida Konvensiyaning asosiy maqsadi yoshlar ehtiyojlarini qondirish,

ularning salohiyatini mustahkamlash hamda huquqlari, erkinliklari va ularning

manfaatlarini to‘laqonli qondirish maqsadlarida global, mintaqaviy va

mamlakatlar darajasida qilinayotgan sa’y-harakatlarni kuchaytirish hisoblanishi

qayd etilgan. Xalqaro darajadagi ushbu Konvensiya orqali yoshlarning turli

kamsitishlardan himoya qilish, davlatlarning yoshlar siyosati sohasidagi

majburiyatlarini belgilash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oilani

himoya qilish, shuningdek yoshlarni milliy va xalqaro darajada qaror qabul

qilishda ishtirok etish va boshqa huquqlari ta’minlanadi va muhofaza qilinadi.

Konvensiyaga kiritilishi kutilayotgan har bir norma mazmunan xalqaro

hamjamiyat tomonidan ko‘plab muhokamalar, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan turli

so‘rovlar asosida qabul qilinadi. Chunki yer yuzining qaysi hududida bo‘lmasin,

yoshlar yanada adolatli va teng huquqli muhitda yashashni hamda eng zamonaviy

imkoniyatlar va qulayliklardan foydalanishni, qolaversa, o‘zlari mansub

jamiyatlardagi qarorlar qabul qilish jarayonlarida erkin ishtirok etishni

xohlaydilar. Ular hozirgi davrda to‘laqonli ta’minlanishi tobora o‘tkir muammoga

aylanayotgan ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va gender tenglik bilan bog‘liq

huquqlari yo‘lidagi turli g‘ovlar bartaraf etilishini haqli ravishda talab qilib

chiqmoqdalar. Ushbu Konvensiyaning muhim ahamiyat kasb etadigan

tomonlaridan yana biri unda yoshlar jamiyatning faol ishtirokchisi sifatida e’tirof

etilganligidir. Sifatli ta’lim olish imkoniyatini kafolatlash va qarorlar qabul qilish

jarayonlarida ishtirok etish huquqini rag‘batlantirish orqali Konvensiya

yoshlarning o‘z jamiyatlari rivojiga hissa qo‘shishlari uchun vakolat, ko‘nikma va

bilimlar bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, Konvensiya yoshlarni ekspluatatsiya

va zo‘ravonlikning turli shakllaridan himoya qilishga qaratilgan. U majburiy

mehnat, odam savdosi va jinsiy ekspluatatsiya va boshqa zo‘ravonlikning oldini


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

207

olish choralarini ko‘rishni talab qiladi. Ushbu xavflarni tan olish va ularni bartaraf

etish choralarini ko‘rish orqali Konvensiya butun dunyo bo‘ylab yoshlarning

xavfsizligi va farovonligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Demak, BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiyasi

yoshlar huquqlarini e’tirof etuvchi va himoya qiluvchi muhim hujjatdir.

Yoshlarning o‘ziga xos ehtiyojlari va muammolarini hal qilish orqali ularga

rivojlanish va jamiyat hayotining turli javhalarida ishtirok etish uchun teng

imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi. Ushbu Konvensiya tamoyillarini qo‘llab-

quvvatlash yoshlar o‘z potentsialini ro‘yobga chiqarishi hamda davlat va jamiyat

rivojiga ijobiy hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan inklyuziv dunyoni qurish uchun

juda muhimdir.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omillar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan

Konvensiyani qabul qilishdan muhim natijalar kutilmoqda.

Birinchidan, yoshlarning yoshga doir xususiyatlari belgilanadi. Yoshlar

huquqlari bo‘yicha qabul qilingan xalqaro hujjatlarni inobatga olgan holda, o‘n

to‘rt yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni yoshlar deb belgilash taklif

etiladi.

Ikkinchidan,

davlatlarning yoshlarga oid siyosati sohasidagi xalqaro

majburiyatlari ro‘yxati belgilanadi.

Uchinchidan,

Yoshlarni rivojlantirish masalalari, shuningdek milliy

qonunchilikning o‘zgarishiga taʼsiri bo‘yicha uzoq muddatli davlat dasturlari

qabul qilinadi.

To‘rtinchidan,

eng muhimi, butun dunyodagi yoshlarni jamiyat hayotida

to‘liq, samarali va amaliy ishtirok etishlari uchun real imkoniyatlar yaratiladi.

“Yoshlar huquqlari to‘g‘risida” gi xalqaro konvensiyani qabul qilish va uni

joriy etish yuzasidan hozirda BMT organlari tomonidan qizg‘in chora-tadbirlar

amalga oshirilmoqda. Xususan, Konvensiya loyihasini ishlab chiqishda uchta

manbaga tayanildi:

Birinchi manbaa – 50 dan ortiq davlatlarning yoshlarga oid qabul qilingan

qonunlari. Ta’kidlab o‘tish joizki, ayni vaqtda yoshlar huquqlarini tartibga solish

xalqaro va mintaqaviy darajadan ko‘ra milliy darajada yaxshiroq amalga

oshirilmoqda.

Ikkinchi manbaa – turli mintaqalar doirasida yoshlar mavzulariga tegishli

qabul qilingan 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar.

Uchinchi manbaa – universal xarakterdagi xalqaro hujjatlar. BMT va uning

huzuridagi turli tuzilmalar – YUNESKO, YUNISEF, Xalqaro mehnat tashkiloti,

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Parlamentlararo ittifoqning 30 dan ortiq

normativ-huquqiy hujjatlari o‘rganib chiqildi.

Bundan tashqari, Konvensiya loyihasini tayyorlash davomida ushbu

mavzuga oid bir necha xalqaro forumlar, konferensiyalar tashkil etildi.

Mamlakatimizda 2020-yil 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida “Yoshlar – 2020:

global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari” deb nomlangan


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

208

Samarqand forumi o‘tkazildi. Ushbu xalqaro anjuman yakunida qabul qilingan

“Yoshlar-2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” nomli

Samarqand rezolyusiyasida yoshlar tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni

ta’minlash hamda inson huquqlarini himoya qilish borasida muhim o‘rin

tutishlari, binobarin, navqiron avlod vakillarining o‘zlariga daxldor qarorlar qabul

qilinishi jarayonlarida faol, mazmunli va inklyuziv tarzda ishtirok etishlari

zarurligi alohida qayd etildi. Shuningdek, 2019-yil 7-8 oktyabr kunlari Toshkent

shahrida o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Inson huquqlari bo‘yicha

mustaqil doimiy komissiyasining 6-seminari “Tinchliksevar, demokratik

jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo‘lida yoshlar huquqlarini

rag‘batlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlandi. Seminar

ishtirokchilari qabul qilgan yakunlovchi hujjat – IHT a’zo mamlakatlarida yoshlar

huquqlari to‘g‘risidagi Toshkent Deklaratsiyasida xalqaro darajada va IHTga a’zo

mamlakatlar tomonidan yoshlar huquqlarini to‘la ta’minlash yo‘lida amalga

oshiriladigan muhim tashabbuslar bayon etilgan. Tashkil etilgan anjuman va

forumlar yoshlar huquqlari xalqaro darajada muhim ahamiyat kasb etishining

yorqin ifodasidir. BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida” gi xalqaro konvensiyasi

yoshlar huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmlari bilan chambarchas

bog‘liq. Shubhasiz, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi insonning, shu

jumladan, yoshlarning ajralmas huquqlari kafolatlangan birinchi xalqaro-huquqiy

hujjat hisoblanadi. Deklaratsiyaning 2-moddasida har bir inson irqi, tana rangi,

jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi,

mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ushbu Deklaratsiyada e’lon

qilingan barcha huquq va barcha erkinlikka ega bo‘lishi zarur. Bundan tashqari,

inson mansub bo‘lgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro

maqomidan, ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, o‘z-o‘zini idora qiladimi yoki

boshqacha tarzda cheklanganligidan qat’i nazar biror bir ayirmachilik bo‘lmasligi

kerak deya qat’iy belgilanib o‘tilgan.

Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 1995-yil 14-dekabrdagi

50/81-son rezolyusiyasi bilan “Yoshlar manfaatlari uchun butunjahon sa’y-

harakatlar dasturi” qabul qilinganini alohida ta’kidlash lozim. Dastur

2000-yilgacha va keyingi davrga mo‘ljallangan bo‘lib, yoshlar bilan bog‘liq

faoliyatning 15 ta ustuvor sohasini qamragan va har qaysi sohaga taalluqli amaliy

takliflarni o‘zida mujassam etgan. Mazkur Dastur butun dunyoda yoshlarning

ahvolini yaxshilash maqsadiga xizmat qiladigan milliy sa’y-harakatlar va xalqaro

rag‘bat uchun siyosiy yo‘riq va rahbariy prinsiplar vazifasini bajarib kelayotgani

ahamiyatlidir. BMT Xavfsizlik Kengashi 2015-yil 9-dekabrda “Yoshlar, tinchlik va

xavfsizlik to‘g‘risidagi rezolyusiya”ni qabul qilgani, shubhasiz, yoshlarning dunyo

barqarorligi va taraqqiyotida tutgan faol rolini e’tirof etish borasida muhim

qadam bo‘ldi. Yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro

mexanizmlardan yana biri – BMTning “Yoshlar-2030” strategiyasidir. Yosh avlod

vakillari ehtiyojlarini ta’minlash va salohiyatini mustahkamlash, shuningdek,


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

209

yoshlarning huquqlarini barcha shakl va ko‘rinishlarda kengaytirishga oid ushbu

hujjatda qayd etilganidek,

“Yoshlar eng bebaho va juda muhim resurs

hisoblanadi, shuning uchun ularga sarflangan sarmoya ko‘p karra

miqdorlarda o‘zini qoplaydi”

.

Keltirilgan fikrlar asosida BTMning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro

konvensiya loyihasini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflarni

ilgari surgan bo‘lar edik:

Birinchidan,

yoshlar hayotida texnologiyaning ortib borayotgan rolini

hisobga olib, konvensiya doirasida raqamli huquqlarga alohida e’tibor qaratish

lozim. Bu raqamli texnologiyalarda maxfiylikni himoya qilish, onlayn ta’qib va

ekspluatatsiya himoyalanishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Ikkinchidan,

yoshlar o‘rtasida turli xildagi kesishuv muammolarini hal

qilish. Ya’ni, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ozchilik etnik yoki diniy jamoalar

yoshlari kabi marginallashgan yoshlar guruhlari duch keladigan muayyan

muammolarni hal qilish uchun.

Uchinchidan,

atrof-muhit muammolarining yoshlar kelajagiga ta’sirini

e’tirof etish, ekologik ta’lim hamda ekologik qarorlar qabul qilishda ishtirok etish

va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini o‘z ichiga oluvchi ekologik

huquqlarga yanada ko‘proq e’tibor berilishi lozim.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, dunyo yoshlarining huquq va erkinliklarini bir

tizimga solish, bu huquqlarni yaxlit tarzda ifodalash uchun ham bu konvensiyaga

zarurat bor. Konvensiyani ishlab chiqish jarayoniga dunyo yoshlarini jalb qilish,

ularning ham milliy, ham mintaqaviy, ham xalqaro darajadagi faolligini oshirish,

yoshlar siyosati masalasida davlatlarning mas’uliyatini oshirish lozim. Zero,

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro

konvensiyasi yoshlarning huquqlarini himoya qilish va salohiyatini yuksaltirishga

qaratilgan global majburiyatning ramzi hisoblanadi. Konvensiya teng

huquqlardan foydalanish, himoya qilish, ishtirok etish va imkoniyatlarni

kengaytirishni qo‘llab-quvvatlagan holda, bo‘lajak avlod rivojlanib, adolatli va

barqaror kelajakka hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan dunyoni yaratishda ajralmas

vosita bo‘lib xizmat qiladi. Hukumatlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va

yoshlarning o‘zlari bilan bir qatorda konvensiyaning to‘liq amalga oshirilishini

ta’minlash, yoshlarning kuch-g‘ayrati, ijodkorligi va ishtiyoqini ertangi kunni

yorug‘lik sari yo‘naltirish yo‘lida hamkorlikda ishlashda davom etishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

2.

Asadova Nilufar Yorqinovna YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNING MOHIYATI // ORIENSS. 2021.

№9.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/yangi-o‘zbekiston-sharoitida-

yoshlarga-oid-davlat-siyosati-va-uning-mohiyati-1 (дата обращения: 25.11.2023).


background image

Международная студенческая конференция

«Современные подходы к доказательствам

в уголовном судопроизводстве»

210

3.

https://parliament.gov.uz/ru/news/yoshlar-huquqlari-imkoniyatlar-

va-himoya-qilish-mexanizmlari

4.

https://asianforum.uz/uz/menu/draft-of-convention

5.

https://kun.uz/uz/news/2020/08/12/yoshlar-huquqlari-boyicha-

xalqaro-konvensiya-loyihasi-ishlab-chiqildi-bu-hujjatga-qanday-zarurat-bor

6.

https://www.un.org/en/

7.

https://www.un.org/en/global-issues/youth

8.

https://constitution.uz/oz/pages/humanrights

9.

https://www.worldometers.info/

10.

Ёшлар ҳуқуқлари бўйича халқаро конвенция қабул қилинишидан

муҳим натижалар кутилмоқда (nhrc.uz)

Библиографические ссылки

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

Asadova Nilufar Yorqinovna YANGI 0'ZBEKISTON SHAROITIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNING MOH1YATI // ORIENSS. 2021. №9. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/yangi-o'zbekiston-sharoitida-yoshlarga-oid-davlat-siyosati-va-uning-mohiyati-1 (дата обращения: 25.11.2023).

https://parliament.gov.uz/ru/news/yoshlar-huquqlari-imkoniyatlar-va-himoya-qilish-mexanizmlari

https:I/asianforum.uz/uz/menu/draft-of-convention

https://kun.uz/uz/news/2020/08/12/yoshlar-huquqlari-boyicha-xalqaro-konvensiya-loyihasi-ishlab-chiqildi-bu-hujjatga-qanday-zarurat-bor

https://www.un.org/en/

https://www.un.org/en/global-issues/youth

https://constitution.uz/oz/pages/humanrights

https://www.worldometers.info/

Ёшлар хуқуқлари бўйича халқаро конвенция қабул қилинишидан муҳим натижалар кутилмоқда (nhrc.uz)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов