Tashqi iqtisodiy munosabatlarda kredit, uning turlari va funksiyalari

CC BY f
50-54
33
10
Поделиться
Шарипова, М. (2022). Tashqi iqtisodiy munosabatlarda kredit, uning turlari va funksiyalari. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 50–54. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp50-54
Мохичехра Шарипова, Гулистанский государственный университет

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekiston turli xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit tashkilotlariga a’zo bo‘ldi va samarali hamkorlik qilmoqda. Jahon miqyosida ham tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi kuzatilmoqda.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

50

Annotatsiya.

O‘zbekiston turli xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit

tashkilotlariga a’zo bo‘ldi va samarali hamkorlik qilmoqda. Jahon miqyosida ham tashqi
iqtisodiy aloqalarning kengayishi kuzatilmoqda.

Kalit so‘zlar.

Investitsiya, modernizatsiya, milliy iqtisodiyot, texnologiya, loyiha, xalqaro

valyuta, Yaponiya, Andijon, Shvesariya , Markaziy, Yevropa.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach xalqaro munosabatlar

sub’yektiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashi 1991-yil 31-avgustda
qabul qilgan davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi bayonatida – “O‘zbekiston Respub-
likasi xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lib, xalqaro munosabatlarda
suveren davlat, xalqaro huquq sub’yekti bo‘lib, maydonga chiqadi deyilgan. Qis-
qa vaqt ichida O‘zbekiston turli xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit
tashkilotlariga a’zo bo‘ldi va samarali hamkorlik qilmoqda. Jahon miqyosida ham
tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi kuzatilmoqda. Jumladan, jahon statisti-
kasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1990-2003-yillarda jahon yalpi ichki mahsuloti (joriy
baholarda) 22,6 mlrd. AQSh dollaridan 36,1 mlrd. dollarga yoki 1,6 barobar oshgan
bo‘lsa, mamlakatning jami eksport hajmi 4,3 mlrd. dan 9,2 mlrd. AQSh dollariga
yoki 2,2 martaga oshdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar 209 mlrd. dan 560 mlrd.
AQSh dollariga yoki 2,7 marta oshdi. Xalqaro munosabatlarning ma’lum qismi
xalqaro kredit munosabatlariga to‘g‘ri keladi.

Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlarga ega:
- Qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat, tashkilot va muassasalar, huquqiy

shaxslar (banklar, kompaniyalar), xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadi.

- Qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiru-

vchi kapital sifatida ishlatiladi.

- Qarz beruvchi mamlakatga to‘lanadigan kredit fondining manbasi qarz oluvchi

mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi.

Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul

(valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo‘lishi mumkin.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funksiyalarni ba-
jaradi:

- mamlakatlar o‘rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’minlaydi.

SHARIPOVA MOHICHEHRA

FAZLIDDIN QIZI

Guliston davlat universiteti talabasi

TASHQI IQTISODIY
MUNOSABATLARDA
KREDIT, UNING TURLARI
VA FUNKSIYALARI

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 4 8 - 5 2


background image

STARS International University

51

- kapitalning markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi.
- har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlar-

ini qisqartiradi.

Xalqaro va mintaqaviy moliya, valyuta va kredit tashkilotlari valyuta-kredit va

moliyaviy munosabatlarni nazorat qilish maqsadida davlatlararo kelishuvga bino-
an tuzilgan. Bunday tashkilotlarga Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro qayta tiklash va
taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi, Xalqaro moliya
korporasiyasi, Yevropa Qayta tiklash va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki,
Islom taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Yevropa investisiya banki, Xalqaro
hisob–kitob banki, Investisiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi, Xalqaro rivojlan-
ish uyushmasi, Sarmoyaga oid tortishuvlarni muvofiqlashtirish xalqaro markazi va
boshqalar kiradi.

XVF – Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsuslashtirilgan muassasasi ma-

qomiga ega bo‘lgan valyuta-kredit tashkiloti bo‘lib valyuta kurslarini tartibga
solish va ularga rioya qilinishini nazorat etish me’yorlarini belgilash, shuningdek,
to‘lov balanslarining beqarorligi munosabati bilan valyuta qiyinchiliklari vujudga
kelganda o‘z a’zolariga valyuta resurslaridan berish yo‘li bilan xalqaro savdo va
savdo hamkorligini rivojlantirishga yordam beradi. XVF – AKShning Brutton Vuds
Xalqaro valyuta-moliya konferensiyasida 1944-yilda tuzilgan bo‘lib, 1947-yildan
faoliyat ko‘rsata boshlagan. XVF boshqaruvi beshta departamentdan (Afrika, Yev-
ropa, Osiyo, O‘rta Sharq va G‘arb) tuzilgan. XVF kapitali uning mijozlari kvotasi-
ga mos to‘lanadigan badallar hisobiga shakllanadi. Kvota lotincha Quota – qism,
hissani bildirib, u davlatlararo shartnomalarga ko‘ra ayrim yoki bir guruh tovarlar
yuzasidan kvota o‘rnatiladiki, unga muvofiq mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhi
faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi mumkin.
Kvotalar o‘rnatishdan maqsad bozordagi narxni ma’lum maqsad yo‘lida o‘zgartirib
turish, chunki kvota tovar taklifini chegaralaydi, bu bilan narxga binobarin foyda
ko‘rishga ta’sir etadi.

Kvota mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga, jahon iqtisodiyoti va

xalqaro savdodagi o‘rniga qarab belgilanadi. 1947 -yilda XVF ga 49 mamlakat
a’zo bo‘lib, ular kvotalarning umumiy mablag‘i 7,7 mlrd AQSh dollarini tashkil et-
gan. 1991-yilning o‘rtalariga kelib, XVF a’zolari 155 taga va uning kapitali 90 mlrd.
dollarga yetdi. Shundan uchdan ikki qism sanoati rivojlangan mamlakatlarga, shu
jumladan AQSh 1/5 qismi, 1/3 qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi XVF a’zolarining soni 181 tadan ortiq. XVF boshqaruv organlariga kvotalar
o‘lchamiga qarab, mamlakatlar orasida ovoz taqsimlanadi. Barcha ovozning 46%i
AQSh va YeF davlatlariga tegishli, qolgan ovozlar rivojlanayotgan davlatlarga te-
gishli. XVF boshqaruv organi bo‘lib, boshqaruv kengashi hisoblanadi. U har yili
bir marotaba qatnashuvchi mamlakat vakillari bilan birga to‘planadi. XVFning ijro
etuvchi organi Direktorat hisoblanadi, u 6 a’zodan, ya’ni ko‘proq kvotaga ega
mamlakat a’zolaridan tashkil topgan. Shuningdek, unga geografik belgiga ko‘ra
tanlab olingan olti a’zo ham hisobga olingan. XVFning majlis o‘tkazuvchi organi
boshqaruv qo‘mitasi – sho‘’ba qo‘mitasi hisoblanadi va uning tarkibiga 22 ta mam-
lakatning moliya vazirlari kiradi.

XVF kreditlari bo

linadi:

1. XVFning zaxira pozitsiyasi chegarasida turuvchi mamlakatlarga beriladigan

kredit. To‘lov balansi defitsitini qoplash uchun mamlakatlar valyuta fondidan qarz


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

52

olishlari mumkin. Bu qarz milliy valyutani xorijiy valyutaga almashtirish yo‘li bilan
3-5 yil muddatga olinadi. Ssudaning to‘lanishi esa aksincha bo‘ladi. Milliy valyuta
erkin konverterlanadigan valyutada sotib olinadi. 25% kvota atrofida mamlakat
kreditni cheklashlarsiz olishi mumkin. Shuningdek, oltin fond me’yorida belgilan-
gan kredit hajmida xorijiy valyutada kredit olishi mumkin. Bu kredit salmog‘i 200
% kvotadan oshmasligi kerak.

2. Yuqori zaxira ulushiga beriladigan kredit. Bunday ssudalar mamlakat valy-

utasining iqtisodiy holatini o‘rganib chiqib, XVFning barqarorlashtirish chora-tad-
birlari talabini bajargandan so‘ng beriladi. XVFning barqarorlashtirish dasturi ich-
ki kreditlarni chegaralash, byudjet xarajatlarini kamaytirish kabi masalalarni hal
qiladi. Biroq XVFdan kredit olish mamlakatlarga xususiy banklardagi kreditlarni
hisob-kitob qilish imkonini beradi. XVF davlatlararo valyuta-kredit munosabatlar-
ini boshqarishda asosiy o‘rin egallaydi. Brutton Vudsdagi kelishuvga binoan fond
oldiga a’zo mamlakatlar valyuta paritetlarini boshqarish va qo‘llab – quvvatlash,
valyuta kurslarini boshqarish vazifasi qo‘yilgan.

O‘zbekiston 1996-1997-yillarda makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturi

bo‘yicha XVFdan 259 mln.$ madad olgan va u valyutani qo‘llab - quvvatlashga
sarflangan. O‘zbekiston XVFga 1992-yilning sentabridan tashkilotga a’zo sanala-
di. Jahon banki dunyo miqyosida yirik valyuta kredit tashkiloti hisoblanadi. Uning
prezidenti Djeyms Vulfenson 10 yillik faoliyatidan keyin 2005-yilning may oyidan
lavozimidan bo‘shadi va uning o‘rniga 2005-yilning 1-iyunidan AQSh Mudofaa va-
ziri o‘rinbosari Pol Fulfovis saylandi. Jahon banki 43 yirik moliyaviy muassasal-
ardan iborat bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir:

1.Xalqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki (XKTTB)
2.Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi (XTA yoki Xalqaro rivojlanish uyushmasi)
3.Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)
4.Investisiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA)
5.Sarmoyaga oid tortishuvlarni muvofiqlashtirish xalqaro markazi (SOTMXM).
XVFga a’zo mamlakatlargina XKTTBga a’zo bo‘lish huquqiga ega. XKTTB BMT-

ning maxsus muassasasi davlatlararo investision instituti hisoblanadi. XKTTB Brut-
ton Vuds konferensiyasi qaroriga binoan va XVF ta’sisligida tashkil topgan. Un-
ing ustavi rasmiy ravishda 1945-yilda kuchga kirgan va 1946-yildan ish boshladi.
U Vashingtonda joylashgan. Uning asosiy maqsadi a’zo davlatlar iqtisodiyotiga
uzoq muddatli kreditlar va qarzlar berish, xususiy investisiyalarni kafolatlashdan
iborat. XKTTB tomonidan kreditlar davlat kafolati ostida beriladi. XKTTB shuning-
dek boshqa banklarning uzoq muddatli kreditlari bo‘yicha kafolatlar beradi. Bank
o‘zining krediti bilan ob’yektning 30% qiymatini qoplaydi.

Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki (YeKTTB) 1990-yilning 25-may-

ida Fransiya Prezidentining tashabbusi bilan dastlab Parijda tashkil topdi. Bank
1991-yilning 28-martidan o‘z faoliyatini boshladi.

Bank boshqaruvchilarining birinchi yig‘ilishi 41 ishtirokchi mamlakatlar vakillari

ishtirokida 15-17 aprel (1991-y.) kunlari Londonda o‘tkazilib, unda dastlabki Prezi-
dent va direktorat saylandi. Aynan 1991-yil 15-apreldan boshlab, bank operatsiyalar-
ni amalga oshirishni rasman boshlagan, iyun oyida esa birinchi loyiha ma’qullandi.
Jak Attali bankning 1991-yil apreldan 1993-yilning iyunigacha dastlabki Prezidenti
, Jak de Larozyer 1993-yil sentabrdan – 1998-yilning yanvarigacha, Xorst Keller
1998-yilning sentabridan 2000-yilning apreligacha va Jan Lemyer 2000-yilning


background image

STARS International University

53

iyulidan hozirga qadar rahbarlik qilmoqda. O‘zbekiston YoKTTBga 1992-yilning
30-aprelidan a’zo hisoblanadi. 1994-yilda Kenji Nakazova rahbarligida Toshkentda
bankning vakolatxonasi ochilgan. Hozirgi vaqtda bankning 60 mamlakatdan 62
aksioneri mavjud. Bankning jami kapitali 19448,8 mln. yevroni tashkil etadi, shun-
dan O‘zbekistonning hissasi 42 mln. yevroni (0,21%) tashkil etadi. Unda AQSh-
ning hissasi 10,32%. Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniyakabi
mamlakatlarning har birining hissasi 8,76% dan, Rossiyaniki 4,13 fozni tashkil etadi.
Bankning asosiy maqsadi sobiq sosialistik mamlakatlarga rejali iqtisodiyotdan bo-
zor iqtisodiyotiga o‘tishga xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tarkibiy va tarmoq
islohatlarini amalga oshirish, ularni jahon hamjamiyati integrasiyasiga ko‘maklash-
ish. Harakat miqyosi Markaziy Yevropadan Markaziy Osiyogacha bo‘lgan o‘tish
iqtisodiyotdagi mamlakatlar. Bank bilan O‘zbekistoning birinchi 60 mln. $ lik kred-
iti respublikamiz Prezidentining 1993-yilda Buyuk Britaniyaga qilgan rasmiy safari
vaqtida YeKTTB shtab-kvartirasida bo‘lishida kichik va o‘rta biznesni rivojlantir-
ish bo‘yicha imzolangan, bank bilan O‘zbekiston imzolagan ikkinchi kredit liniya
1996-yilda ochiq iqtisodiyotni rivojlantirishga 120 mln $ hajmida bo‘lib, undan 60
mln $, O‘zbekiston milliy banki, 30 mln $ Asaka bank, 15 mln $ Sanoat qurilish ban-
ki va yana 15 mln $ Paxta bank orqali foydalanilgan. Uchinchi kredit liniya keyingi
yillarda tijorat banklari orqali 100 mln $ hajmda bo‘lgan va hozir ham bank bilan
respublikamizning aloqalari (keyingi 10 yilda 1,4 mlrd. dollar, 10 loyiha) yanada
rivojlanmoqda. Bankdan olingan kreditlar orqali “O‘zbeklizing interneyshnl AV”
kompaniyasi tuzildi. Uning ishtiroki bilan O‘z DEU bank faoliyat ko‘rsata boshladi,
Zarafshon-Nyumen qo‘shma korxonasiga, “O‘zbekneftgaz”ga, Xitoydan 12 elek-
trovoz olishga, Toshkent aeroportini qayta qurishga, Toshkent lokomotiv deposini
qayta qurishga va boshqalarga foydalanilgan. 2002-yilda bank umumiy holda eng
ko‘p 102 loyiha 3,9 mlrd. yevro miqdorida kredit ajratib, o‘z tarixida rekord natijaga
erishdi. Uning 1,29 mlrdi (33%) Rossiyaga, 1,27 mlrdi o‘tish davridagi mamlakatlar-
ga (Markaziy Yevropa va Boltiqbo‘yi respublikalari – 32%), 1,35 mlrdi (35%) Marka-
ziy Osiyo (6%), Janubiy va Sharqiy Yevropa (22%) va Kavkaz mamlakatlariga (7%)
to‘g‘ri keladi. Bank boshqaruvchilarning 2003-yil 3 – 5-may kunlari Toshkentda
o‘tkazilgan o‘n ikkinchi yillik yig‘ilishida (yig‘ilishlarning 6 tasi Londonda, 1 tadan
Budapesht, Sank-Peterburg, Sofiya, Kiyev, Riga, Buxarestda o‘tkazilgan) quyidagi
3 ta shartnoma imzolangan.

1. YoQTTB va Shvetsariya o‘rtasida. Unga asosan Shvetsariya Andijonni isitish

tizimini qayta qurishga 4,3 million dollar ajratadi. Shu maqsadga Yaponiya ham 1,5
million dollar ajratadi. Bundan tashqari Shvetsariya 3 million yevro hajmda O‘zbeki-
ston va Qozog‘istonga konsalting xizmati uchun kredit ajratdi.

2. Asaka bank orqali kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga 15 million dollar

hajmda kredit liniyasi kelishilgan.

3.YoQTTB– Aziya invest banki, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari o‘rtasi-

da savdo operatsiyalari uchun bir million dollar hajmda kredit ajratish kelishilgan.

Hozirgi vaqtda YoQTTB orqali mikrokreditlar olish Paxta bank, Ipoteka bank,

Ipak yo‘li va Hamkor bank orqali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bank bo‘linmalari mijozning
biznesini baholab, uni faoliyatini o‘rganib, kredit ajratadilar.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 1966-yilda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mam-

lakatlarida kambag‘allikni qisqartirish maqsadida Filippinning Manila shahrida
tashkil etilgan. Bank hukumat va xususiy korxonalarga kredit beradi. Kredit loyiha


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

54

qiymatining 25% idan yoki 75 mln. AQSh dollaridan oshmagan holda beriladi. Har
bir loyiha uchun garov talab etiladi.

O‘zbekiston OTBga 1995-yilda Markaziy Osiyoda 15-chi, a’zo mamlakatlar ichi-

da 22- hisoblanadi. OTB xalqaro moliya instituti bo‘lib, hozir 63 a’zoga ega. Bu-
gungi kunda respublikamizda kredit shaklida amal qilayotgan chet el va xalqaro
molyaviy tashkilotlar investisiyalarining 33,6 %i OTB ga to‘g‘ri kelmoqda. Bankning
mablag‘lari asosan ikki yo‘nalishda - maxsus fond orqali va oddiy fond orqali ber-
iladi. Maxsus fond mablag‘lari kam rivojlangan a’zo mamlakatlarga imtiyozli kredit
berish va texnik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilsa, oddiy fond mablag‘lari tijorat
yo‘nalishidagi kreditlar yuqori foiz stavkasi bilan 10-15 yilga beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Prezidentimizning 2018-yil 22-noyabrda o‘tkazilgan bank tizimidagi

muammolarga bag‘ishlangan videoselektordagi nutqi.

2. O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank

faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga
muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan).

3. O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni (30.08.2003 da

qabul qilingan).

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi №PF4947 sonli Farmoni.
//Xalq so‘zi. 2017- yil 8-fevral.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil
15-avgustdagi №3-5024 sonli qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga
oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi №PF- 5635 sonli Farmoni. //Xalq so‘zi. 2019-yil
17-yanvar.

Библиографические ссылки

Prezidentimizning 2018-yil 22-noyabrda o‘tkazilgan bank tizimidagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektordagi nutqi.

O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan).

O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni (30.08.2003 da qabul qilingan).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi №PF4947 sonli Farmoni. //Xalq so‘zi. 2017- yil 8-fevral.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-avgustdagi №3 5024 sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi №PF- 5635 sonli Farmoni. //Xalq so‘zi. 2019-yil 17-yanvar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов