“Yangi O'zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari joriy etishda mu-vaffaqiyatli xalqaro tajriba”: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami (2022-yil 16-dekabr) - "In Science” nashriyoti, Toshkent, 2022.
Maqolalar to'plami 2022-yil 16-dekabrda Hilton Tashkent Cityda bo'lib o'tgan "Yangi O'zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari joriy etishda mu-vaffaqiyatli xalqaro tajriba” ilmiy konferensiyasi ma’ruzalari asosida tayyorlanib, o'z oldiga konferensiya yo'nalishi bo'yicha ilmiy tadqiqotlarda erishilgan salmoqli yutuqlarni taqdim etish, ilmiy-tadqiqot va amaliy tajribalarni umumlashtirishni ma-qsad qilib qo'ygan. To'plam O'zbekiston Respublikasi, shuningdek, yaqin va uzoq xorij mamlakatlari malakali mutaxassislar, ekspertlar, o'qituvchilar va doktorantlarn-ing ilmiy maqolalari hamda tezislaridan tashkil topgan. Maqolalarning mazmuni-da buxgalteriya hisobi va audit sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizimini tako-millashtirish borasidagi ilmiy tadqiqotlarning turli yo'nalishdagi mavzulari; Yangi O'zbekistonda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tatbiq etish jarayonla-rini shakllantirishda ta’lim va amaliyot uyg'unligini ta’minlash muammolari; raqa-mlashtirish sharoitida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tatbiq etishni rivojlantirishda matematika va zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati yoritilgan.
Nashr ilmiy xodimlar, o'qituvchilar, talabalar, doktorantlar, amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek, tadqiq etilayotgan muammoga qiziquvchilarning ilmiy ishlari, pedagogik va o'quv faoliyatida qo'llashida foydali bo'lishi mumkin.