Maqolada sanoat korxonalarida AKTdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, korxona samaradorligiga AKTning ta’siri va undan foydalanishda erishilayotgan yutuqlar ko‘rib chiqilgan. Muallif sanoat korxonalarining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni bilan birga uni rivojlantirishda axborot texnologiya xizmatlarini joriy qilishning zamonaviy usullari va samaradorligini statistik ma’lumotlar asosida regression va korrelatsion tahlil qilgan.