Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o‘rni

CC BY f
365-369
39
19
Поделиться
Галиев, Т. (2022). Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o‘rni. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 365–369. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp365-369
Тахир Галиев, Гулистанский государственный университет

студент экономического факультета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Ulardan biri – bu yoshlarning investitsion tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.


background image

STARS International University

365

Annotatsiya

.

Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoni-

yatlar taqdim etilmoqda. Ulardan biri – bu yoshlarning investitsion tadbirkorlik loyihalari-
ni moliyalashtirish uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga
oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish ham-
da inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan
holda ishlab chiqilgan.

Kalit so

zlar.

Bank, tovar, pul, investitsiya, modernizatsiya, milliy iqtisodiyot, texnologi-

ya, loyiha, natural xo‘jalik, bank xizmatlari, bank seyflari.

Bank deb pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa

vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.

Banklar paydo bo‘lishining asosi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi his-

oblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo‘lishi va ularning rivojlanib borishi barcha
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo‘lishini taqozo etadi.

Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat,

shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o‘z
bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga
mablag‘ zarur bo‘lgan sub’yektlarga qarz sifatida berishgan. Bu hol pul almashti-
ruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.

Bank so‘zi italyancha “banka” so‘zidan olingan bo‘lib, “stol”, “pullik stol” degan

ma’noni anglatadi, chunki o‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idish-
laridagi tangalarni stol ustiga qo‘yib рisob-kitob qilganlar.

XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancheri” deb atab, agar

puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o‘tir-
gan stol sindirib tashlangan va uni “Bancorotto”, ya’ni bankrot deb atashgan.
Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich nuqtasi XVI asrda Florensiya va Veneе-
siyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar рisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar
Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vu-

BANKLARNING
MOHIYATI, KELIB
CHIQISH ASOSLARI
VA ULARNI BOZOR
IQTISODIYOTIDAGI
O‘RNI

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 3 6 3 - 3 6 7

GALIYEV TOHIR FAZLIDDIN O‘G‘LI

Guliston davlat universiteti
Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabasi


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

366

judga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular
o‘rtasida naqd pulsiz рisob-kitoblarni olib borgan.

Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hi-

soblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib
chiqqan.

Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694-yilda

aksioner bank sifatida tashkil bo‘lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida
banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil topgan.

Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivo-

jlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo‘l ochdi.

Ssuda kapitalisti asosan o‘z bo‘sh mablag‘ini qarzga berib, ssuda foizi sifatida

daromadga ega bo‘lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag‘larni kredit-
ga berib, foydaga ega bo‘ladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aho-
li bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag‘ni jamlab uning
harakatini boshqargan. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi
ularning kelgusida maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib kel-
di.

Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning

muhim sub’yekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa sub’yektlari-
dan farq qilib, pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini yig‘uv-
chi, uni unga ehtiyoj sezgan sub’yektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi
va pul mablag‘larini samarali ishlatish asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi muas-
sasa hisoblanadi.

Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi sub’yekt

hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifati-
da kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqti-
sodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivo-

jlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyat ochib
beradi.

Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi

zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug‘ildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga

binoan quyidagilar bank siri hisoblanadi:

- o‘z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisob varaqlari va omonatlariga

doir ma’lumotlar;

- bank o‘z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko‘rsatishi munosabati bilan maz-

kur mijoz (vakil) to‘g ‘risida olgan ma’lumotlar;

- mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki,

uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar;

- mijoz (vakil) topshirig‘iga binoan yoki uning foydasini ko‘zlab amalga oshiril-

gan banklararo operaеsiyalar va bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

- bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o‘rtasida muomalada bo‘li-

shi natijasida oshkor bo‘lgan boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar.

Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) o‘ziga, u vako-

lat bergan vakillarga, shuningdek, hisob palatasiga (uni zimmasidagi vazifaga
kirsa), tergov, prokuratura va surushtiruv organlariga (tergovchi va surushtiru-


background image

STARS International University

367

vchining asoslangan qaroriga ko‘ra kuzatilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lganda)
taqdim etiladi.

Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomoni-

dan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning yurtimizga ham kirib ke-
lishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti ta-
lablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi.

Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog‘onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosi-

ta xo‘jalik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;

- ixtisoslashtirilgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini moli-

yalashga o‘tkazish;

- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan kredit

munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o‘z ichiga
oladi.

O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini tanlagani

bois, bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:

- Birinchi bosqich milliy valyutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va

ikki pog‘onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991-yildan 1994-yilgacha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish
bo‘yicha olib boriladigan tadbirlar 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g ‘risida”gi Qonuni asosida amalga
oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq ittifoq davlat bankining respublika muassasi
asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi (1992-yil sentabr) va unga
respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga kelt-
irish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.

Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat

qurilish banki, kommunal qurilish va sotsial taraqqiyot banki, agrosanoat banki,
tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg‘arma banki va boshqa banklarni kiritish mum-
kin.

O‘zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta mu-

omilaga kiritilgan (1994-yil 1-iyul) va ikki pog‘onali bank tizimining huquqiy asoslari
yaratilgan 1994-1996-yillarni o‘z ichiga oladi.

1994-yil 18-martdagi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini takomillashtirish va

pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g ‘risi-
da”gi qarori, 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‘g ‘risida”gi va 1996-yil 25-aprelda “Banklar va bank faoliyati to‘g
‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalari-
ga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.

Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995-yildan boshlab, O‘zbekistonda

maxsus nobank kredit tashkilotlari (investitsiya kompaniyalari, sug‘urta kompani-
yalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.

O‘zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000-yillar-

ni o‘z ichiga olib, u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va
aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida
nazoratni ko‘chaytirishdan iborat.

Bu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklari

tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi (1997-yil 24-aprel),


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

368

“Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi-
da”gi (1998-yil 2-oktabr), “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasi-
dagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2000-yil 21-mart) farmonlari muhim ahamiyat-
ga ega.

Shu kabi 1999-yil 15-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Bank tizimini isloh

qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2000-yil 24-martdagi “Bank tizimini isloh qil-
ishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006-yilning boshi-

ga kelib, 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsata boshladi. Bulardan
tashqari xalq xo‘jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va
9 ta xususiy bank xizmat ko‘rsatmoqda.

Shu bosqichda bank tizimini isloh qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi,

mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati oshirildi, kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlan-
tirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi.

Bank tizimi rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi 2001-yildan boshlandi va uning

asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga bo‘lgan

ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004-yilning boshiga tijorat banklar kapitali 791
mlrd so‘mdan 2005-yilning boshiga 824,1 mlrd. so‘mga, ya’ni 104,2% ga oshgan
bo‘lsa, shu davrda aholining banklardagi pul jamg‘armalari (yangi omonat turlari,
yuqori foizlar va boshqalar hisobiga) 244,7 mlrd. so‘mdan 322,6 mlrd. so‘mga yoki
131,8 foizga oshdi, 2005-yilning boshiga esa banklardagi aholi jamg‘armalari 450
mlrd. so‘mga yetdi.

2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes sub’yektlar-

iga ko‘rsatgan yordami ortdi. Ma’lumki, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soni
yil sayin oshib bormoqda va ularning soni 1.01.2004-yilga 235,4 mingtani tash-
kil etdi. 2005-yilda kichik biznes sub’yektlariga berilgan kredit 419,9 mlrd. so‘mni
tashkil etib, shundan 287,4 mlrd. uzoq muddatli kreditni tashkil etdi. Kichik biznes
sub’yektlarining YaIMdagi ulushi 2005-yilda 38 foizni tashkil qildi, 2006-yilni re-
jasiga ko‘ra uni 45 foizga yetkazish mo‘ljallandi.

3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo‘yicha ishlar jadallashtirildi. Bu

bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga
oshirildi va 2003-yil 15-oktabridan boshlab, joriy xalqaro operaysiyalar bo‘yicha
so‘mning erkin almashtirilishi joriy etildi.

Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O‘zbekiston Respub-

likasi Oliy Majlisining 2003-yil 11-dekabridagi 557-sonli qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar
kiritildi.

Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi

davom etmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi “Bank

tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
muhim ahamiyatga ega.


background image

STARS International University

369

Foydalanilgan adabiyotlar ro

yxati:

1. Prezidentimizning 2018-yil 22-noyabrda o‘tkazilgan bank tizimidagi

muammolarga bag‘ishlangan videoselektordagi nutqi.

2. O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank

faoliyati to‘g‘risida”gi Йonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga
muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan).

3. O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni (30.08.2003 da

qabul qilingan).

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi №PF4947 sonli Farmoni.
//Xalq so‘zi. 2017-yil 8 fevral.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil
15-avgustdagi №3-5024 sonli йarori.

6. Edward Shapiro. Macroeconomic analysis. Fifth edition. Oxford. Copyright

2015.

7. Maxmudov N.M., Asqarova M.T., Umarov I.Yu. Makroiqtisodiy tahlil va

prognozlash. Darslik. T.: “Fan va texnologiyalar”, 2014 – 338 b.

Библиографические ссылки

Prezidentimizning 2018-yil 22-noyabrda o‘tkazilgan bank tizimidagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektordagi nutqi.

O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Йonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan).

O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni (30.08.2003 da qabul qilingan).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi №PF4947 sonli Farmoni. //Xalq so‘zi. 2017-yil 8 fevral.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-avgustdagi №3 5024 sonli йarori.

Edward Shapiro. Macroeconomic analysis. Fifth edition. Oxford. Copyright 2015.

Maxmudov N.M., Asqarova M.T., Umarov I.Yu. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash. Darslik. T.: “Fan va texnologiyalar”, 2014 – 338 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов