Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida raqobat muhitini rivojlantirish masalalari

CC BY f
411-416
12
8
Поделиться
Касимова, Д., & Акобирова, Н. (2022). Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida raqobat muhitini rivojlantirish masalalari. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 411–416. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp411-416
Дилором Касимова, Ташкентский государственный экономический университет

Профессор кафедры «Управление бизнесом и логистика»

Нодира Акобирова, Ташкентский государственный экономический университет

«МВА» аспирант 2 ступени

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada raqobat tushunchasining mohiyati, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshliligini ta’minlash omillari, zamonaviy milliy iqtisodiyot raqobatbardoshliligini aniqlash metodikasi, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat va uni oshirish kabi masalalarning mohiyati ochib berilgan.


background image

STARS International University

411

Annotatsiya

:

Ushbu maqolada raqobat tushunchasining mohiyati, milliy iqtisodiyot

raqobatbardoshliligini ta’minlash omillari, zamonaviy milliy iqtisodiyot raqobatbardosh-
liligini aniqlash metodikasi, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat va uni oshirish kabi
masalalarning mohiyati ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

raqobat, bozor, erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya, oligop-

oliya.

O‘zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqti-

sodiyotning jahon xo‘jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida
bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‘jalik bosqichma-bosqich shakllanib
bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoq-
da. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlan-
ishida o‘ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.

Mamlakatimizda mavjud moddiy, iqtisodiy, intellektual resurslardan oqilona foy-

dalanish, cheklangan zaxiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasining
pasayib ketishining oldini olish va muttasil oshirib borish, inqirozning salbiy oqi-
batlarini yumshatish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha chora-tad-
birlar ko‘rilmoqda, tegishli islohatlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan islohatlar
samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojla-
nishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda
hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvard-
agi “2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni tasdiqlandi.

Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularga sharoit yaratib berish maqsadga mu-

vofiq. Bu borada Prezidentimiz beshta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tib, ularn-
ing har biri bo‘yicha ko‘plab tashabbuslarni ilgari surdi. Birinchi yo‘nalishda korx-
onalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvlar
belgilandi. Xususan, yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan korxonalar-mikro

IQTISODIYOTNI
ERKINLASHTIRISH
SHAROITIDA
RAQOBAT MUHITINI
RIVOJLANTIRISH
MASALALARI

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
s i t y - 5 - p p 4 0 9 - 4 1 4

QOSIMOVA DILOROM SOBIROVNA

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Biznes boshqaruvi va logistika” kafedrasi
professori
diloromkos@gmail.com

AKOBIROVA NODIRA NAJMIDDIN QIZI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“MBA” 2-bosqich magistranti
N.Najmiddinovna@gmail.com


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

412

biznes, 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani-kichik biznes va 100 milliard so‘mgacha
bo‘lgani o‘rta biznes toifasiga kiradi. Shundan kelib chiqib, 2023-yil 1-yanvardan
boshlab, mikrobiznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan
25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etila-
di. Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan
korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi. Ushbu imkoni-
yatlar 370 ming tadbirkorga yengillik yaratadi. Yuqori salohiyatli o‘rta korxonalar
sonini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlanib, ular uchun qator soliq va kompensatsiya
imtiyozlari belgilandi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining kategoriyasi sifatida raqobat nisbatan uzoq va-

qtlardan buyon mavjud bo‘lgan tushuncha hisoblansa-da, iqtisodiy tabiatining
murakkabligi bugungi kunda ham uning mohiyatini to‘liq ochib berilgan deyishga
asos bo‘la olmaydi. Chunki raqobatning iqtisodiy mazmuni va ob’yektiv asoslarini
ochib berish, uni ta’riflashdagi serqirralik, turfalik va ziddiyatlar mazkur jarayon
tadqiqoti mantiqiy jihatdan davom etayotganligini anglatadi.

Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Jumladan,

Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo‘raevlar tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiyot
nazariyasi” o‘quv qo‘llanmasida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat: 1) un-
ing iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka
ega bo‘lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni: raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy
manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va
ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchi-
lar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish
uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish
doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi
kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.

O‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati eva-

ziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va
sifatli tovar va xizmatlarni qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Raqobat tushunchasi turli izohli lug‘at va ma’lumotnomalarda ham turlicha ta’ri-

flanadi. Jumladan, “Yazik biznes”» nomli lug‘atda: “Raqobat (lotincha “concurre-
re” - to‘qnashuv; inglizcha “competition”) - bozorda ishtirok etayotgan korxonalar
o‘rtasidagi o‘z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xari-
dorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro ta’sir, o‘zaro alo-
qa va kurashning iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni
tashkil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar”, deb ifodalan-
gan. Bundan ko‘rinadiki, raqobatni nafaqat kurash, balki o‘zaro ta’sir va aloqa ja-
rayoni sifatida ham talqin etilgan. Shu bilan bir qatorda, raqobat maqsadini “xari-
dorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish” sifatida belgilab, ma’lum noaniqlikka
yo‘l qo‘yilgan. Chunki raqobatning asosiy maqsadi xaridorning emas, balki uning
ishtirokchisining manfaatlarini to‘laroq ro‘yobga chiqarishdan iborat bo‘lib, bu ma-
qsadga erishish yo‘lidagi harakatlar pirovardida xaridorlarning turli-tuman ehtiyo-
jlarini qondirishga olib keladi[2].

Taniqli iqtisodchilarimiz A.O‘lmasov va N.To‘xlievlarning “Bozor iqtisodiyo-

ti” qisqacha lug‘at-ma’lumotnomasida: raqobat, konkurentsiya — mustaqil to-
var ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab
chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda, katta hajmda sotish; umuman bo-


background image

STARS International University

413

zor iqtisodiyotida o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat asosi to-
var ishlab chiqaruvchilarning mustaqil bo‘lishi va o‘z manfaati uchun kurash-in-
tilishidan iborat. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuchdir, chunki
raqobatda g‘olib kelish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tovar si-
fatini oshirish, tovar sotilishini xaridor uchun qulaylashtirish zarur, aks holda to-
varlarni pullab, katta foyda ko‘rib bo‘lmaydi. Monopoliya raqobatga zid, chunki u
tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni ta’minlab, o‘zaro bellashuv uchun
sharoit qoldirmaydi. Raqobat demonopolizatsiyani talab qiladi, o‘zaro bellasha
oladigan ko‘pgina korxonalar bo‘lishini taqozo etadi. Raqobatning asosiy soha-
si - bozor, bozorda turli korxonalar tovarlari raqobatga kirishadi. Raqobat faqat
tovarlarni sotuvchilar emas, balki xaridorlar o‘rtasida ham yuz beradi. Korxonalar
kerakli vosita, xomashyo, materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham
kurashadilar[3]deb ta’kidlanadi. Ya’ni, yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinadiki, raqo-
bat faqat bozor iqtisodiyotiga xos, degan qoida ilgari suriladi.

“Raqobat” tushunchasini aniqlashtirishning ba’zi bir nuqtai nazarlariga to‘xtal-

ib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. A.Smit raqobatni bozordagi alohi-
da sotuvchi va xaridorlarning nisbatan foydali sotish va xaridga erishish uchun
bellashuvini ifodalovchi xulqiy kategoriya sifatida talqin etgan. Y.Shumpeter
raqobat iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan yangi tovarlar, yangi texnologiyalar,
ehtiyojlarni qondirishning yangi manbalari, tashkilotlar yangi turlarining eskilari
bilan bellashuvini namoyon etadi, deb ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqqan holda,
raqobatni maksimal foydani qo‘lga kiritish, nisbatan qulay xo‘jalik yuritish sha-
roitlariga ega bo‘lish uchun tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi kurash sifatida
baholash mumkin.

Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushinib olish uchun unga turli tomondan yon-

dashishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korхonalar) raqobat
tovarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaхshi foyda keltiradigan narхga so-
tish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustaрkamlash uchun kurashdan ibo-
rat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalarini, хomashyo va materiallar sotib
olish, ishchi kuchini yonlash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi
raqobat oхir-oqibat iste’molchilar uchun kurashishdan iborat bo‘ladi.

Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy sub’yektlarining

alohidalashgan manfaatlari to‘qnashadi. Raqobat kurashini mazmuni to‘g ‘risida
to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib
chiqish zarur. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng avvalo ikki turga- tarmoq ichidagi
raqobatga va tarmoqlar aro raqobatga bo‘linadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli aloхida

ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oli-
gopoliyadir.

Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,

bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat odatda, o‘rtacha sharoitda ish-
lab chiqarilgan va muayyan tarmok tovarlarning qiymatiga mos keladi, unumdor-
ligi yuqori bo‘lgan korхonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, teхnika jihat-
dan nochor korхonalar esa o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatini bir qismini
yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar. Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar, korхonalar
o‘rtasidagi eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan ibo-
rat. Bunday raqobat foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishi-


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

414

ga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘prqk foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab
chiqarishning kattalashishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi.

Erkin raqobat sharoitida bir mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p

sonli korхonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda kunlab
sotuvchilar o‘zlarini mahsulotlarini taklif qiladilar. Erkin raqobatli bozorda alohida
korхonalar mahsulot narхi ustidan sezilarsiz nazorat amalga oshiradi. Chunki хar
bir korхonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sabab-
li aloхida korхonada ishlab chiqarishni ko‘payishi yoki kamayishi taklifga, demak
mahsulot bahosiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Monopolistik raqobat — bu ko‘pgina sotuvchilar o‘xshash bo‘lgan, ammo bir xil

bo‘lmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi hisoblanadi. Monopolistik raqobat
va monopoliya nomlari o‘xshash hisoblansa-da, amalda bu ikki raqobat turi keskin
farq qiladi. Bunday raqobat turi dastlabki qarashda sof raqobatlashgan element-
lariga ega bo‘lsa-da, nomukammal raqobatlashgan bozorlar (monopollashgan bo-
zor) turiga kiradi. Monopolistik raqobatda ham faoliyat yurituvchi firmalar nisbatan
ko‘p, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning
undan chiqib ketishida kichik cheklovlar mavjud. Lekin bu raqobat turi baribir erkin
bozordan farq qiladi. Farqi shundaki, monopol raqobatlashgan bozordagi mah-
sulot tabaqalashgan, ya’ni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma o‘ziga
xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsu-
lotidan sifati, ko‘rinishi, xizmat ko‘rsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va
brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda
sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi. Har bir firma
o‘z mahsulot markasiga ega bo‘lganligi sababli ma’lum darajada bozor hokimiyat-
iga ega bo‘ladi.

1933-yilda amerikalik iqtisodchi Edward Hastings Chamberlin o‘zining „Mo-

nopolistik raqobat nazariyasi“ asarida yangi raqobat turi — monopolistik raqobat
haqida so‘z yuritadi. Uning fikricha, real bozor turlari aynan raqobatlashgan bozor
va monopoliya oralig‘idagi chegarada faoliyat yuritishadi. Keyinchalik 1977-yilda
esa Avinash Kamalakar Dixit va Joseph Eugene Stiglitz monopolistik raqobatni
hozirgi ko‘rinishiga olib kelgan hammualifdagi maqolalari chiqadi. Bu model keyin-
chalik Dixit-Stiglitz modeli nomini oldi. Lekin Michael Porter tomonidan bildirilgan
asosiy nazariyaga ko‘ra, istalgan mahsulot hech bo‘lmasa bir guruh iste’molchilar
tomonidan „o‘zgacha“ deb qabul qilinadi. Shu sababli ularni fikriga qarab differ-
ensiallik darajasi aniqlanadi. 1986-yilda Merton Howard Miller tomonidan market-
ing va innovatsiyani differensiallashuvning asosiy 2 strategiyasi deb nomlashni
taklif qildi. 1988-yilda esa Henry Mintzberg aniq va keng kategoriyalarni taklif qildi:
sifat, dizayn, imidj va narx[3].

Monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud mahsulot

(хizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shaklla-
nadi. Monopoliya sharoitida firma narх ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.
Buning sababi oddiy. U mahsulot(хizmat )ning yagona ishlab chiqaruvchisi his-
oblanadi va demak taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat kiladi.

Oligopoliya tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korхonalarning mavjud bo‘lishi

va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar
va хizmatlar bozorga nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa,
shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Oligopolistik tarmoq bir хil yoki ta-


background image

STARS International University

415

baqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari:
po‘lat, alyuminiy, qo‘rgoshin, temir va shu kabilar-fizik ma’noda bir turdagi mahsu-
lotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovar-
lari: avtomobillar, yuvuvchi vositalar, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu
kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tan-

lanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oyda raqobat muhiti o‘zgarishsiz deb
baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi hududlar bo‘yicha Navoiy viloyatida –
65,2% ni, Toshkent shahrida – 64,6% ni, Toshkent viloyatida – 62,9% ni, Andi-
jon viloyatida – 60,6%ni, Namangan viloyatida – 57,5% ni tashkil etdi.

Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga iqtisodiyotning raqobatbar-

doshliligini oshirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyo-
satini davom ettirish hamda eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyum-
lar importuning o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish
Harakat dasturining eng ahamiyatli vazifalari qatoridan o‘rin olgan.

Mahsulotlar raqobatbardoshliligini oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’yek-

tlarning eksport salohiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga oshirilayot-
gan islohatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy
aloqalarning son va sifat jihatidan o‘sishi bu jarayonlarni har tomonlama chuqur
o‘rganishga yanada yuksak talablar qo‘ymoqda.

Oxirgi yillar davomida diversifikatsiya qilish va iqtisodiyot sohalari raqobatbar-

doshliligini oshirish borasida olib boraliyotgan chora-tadbirlar natijasida jahon iqti-
sodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlabib turgan va jahon bozoridagi narxlar da-
rajasi pastligini respublikaning asosiy eksport salohiyatini belgilovchi nuqtalarga
salbiy ta’sirini kamaytirishga erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2026-yilga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot stretegiyasi to‘g‘risi”gi PF-60-
sonli Farmoni. https://lex.uz/

2.A.O‘lmasov, A.Vahobov “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent. “Iqtisod- Moliya”.

2014y.

Becerra, Manuel; Santaló, Juan; Silva, Rosario (23 March 2012). «Being better vs.

being different: Differentiation, competition, and pricing strategies in the Spanish
hotel industry». Tourism Management 34 (Elsevier): 72.

O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshirish muammolari,

nazariya va amaliyot./ Mualliflar jamoasi: R.O.Alimov, A.F.Rasulev, A.M.Qodirov va
boshqalar;

3.Sobirovna, Q. D., Abdugafarovich, S. A., & Bulturbayevich, M. B. (2019).

Improvement of the strategy of vertical integration in industrial enterprises.

American

Journal of Economics and Business Management

,

2

(3), 63-68.

4.Косимова, Д. (2020). A Improvement of the strategy of vertical integration in

industrial enterprises.

Архив научных исследований

, (13).

5.Kosimova, D. S., & Adashev, A. U. (2019). Directions to increase productivity

competitiveness in industrial enterprises.

Economics and Innovative

Technologies

,

17

.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

416

6.Sobirovna, D. K., & O‘rinboyevich, A. A. (2019). Directions for increasing product

competitiveness in industrial enterprises.

Asian Journal of Multidimensional

Research (AJMR)

,

8

(7), 29-35.

7.Косимова, Д. С. Менежмент назарияси: дарслик.

Т.: Тафаккур бустони

.

8.Косимова, Д. С., & Гульманов, С. Д. (2020). Стратегическая эффектив-

ность управления потенциалом регионального агропромышленного ком-
плекса.

Региональная экономика: теория и практика

,

18

(5), 951-965.

9.Косимова, Д. (2020). Improving Human Resource Management in the Oil and

Fat Industry Based on Structural Changes.

Архив научных исследований

, (18).

10.Qosimova, D. K. (2021). USE OF MODERN INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN

TEACHING ENGLISH.

Academic research in educational sciences

,

2

(10), 380-383.

11.Kosimova, D., & Mukhtorova, I. (2022). Modern migration processes in the

context of regional contradictions on the example of uzbekistan.

Архив научных

исследований

,

2

(1).

12.Sobirovna, K. D., Gafurovich, A. N., & Abdugafarovich, S. A. (2021). Forming

A Management System Of Organizational Culture Of The Enterprise.

NVEO-

NATURAL VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO

, 4271-427

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2026-yilga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot stretegiyasi to‘g‘risi”gi PF-60-sonli Farmoni. https://lex.uz/ DOI: https://doi.org/10.31250/1238-5018-2022-28-1-60-72

A.O‘lmasov, A.Vahobov “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent. “Iqtisod- Moliya”. 2014y.Becerra, Manuel; Santaló, Juan; Silva, Rosario (23 March 2012). «Being better vs. being different: Differentiation, competition, and pricing strategies in the Spanish hotel industry». Tourism Management 34 (Elsevier): 72.O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshirish muammolari, nazariya va amaliyot./ Mualliflar jamoasi: R.O.Alimov, A.F.Rasulev, A.M.Qodirov va boshqalar;

Sobirovna, Q. D., Abdugafarovich, S. A., & Bulturbayevich, M. B. (2019). Improvement of the strategy of vertical integration in industrial enterprises. American Journal of Economics and Business Management, 2(3), 63-68.

Косимова, Д. (2020). A Improvement of the strategy of vertical integration in industrial enterprises. Архив научных исследований (13).

Kosimova, D. S., & Adashev, A. U. (2019). Directions to increase productivity competitiveness in industrial enterprises. Economics and Innovative Technologies, 17.

Sobirovna, D. K., & O‘rinboyevich, A. A. (2019). Directions for increasing product competitiveness in industrial enterprises. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 8(7), 29-35. DOI: https://doi.org/10.5958/2278-4853.2019.00258.1

Косимова, Д. С. Менежмент назарияси: дарслик. Т.: Тафаккур бустони.

Косимова, Д. С., & Гульманов, С. Д. (2020). Стратегическая эффективность управления потенциалом регионального агропромышленного комплекса. Региональная экономика: теория и практика, 18(5), 951-965.

Косимова, Д. (2020). Improving Human Resource Management in the Oil and Fat Industry Based on Structural Changes. Архив научных исследований, (18).

Qosimova, D. K. (2021). USE OF MODERN INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH. Academic research in educational sciences, 2(10), 380-383.

Kosimova, D., & Mukhtorova, I. (2022). Modern migration processes in the context of regional contradictions on the example of uzbekistan. Архив научных исследований, 2(1).

Sobirovna, K. D., Gafurovich, A. N., & Abdugafarovich, S. A. (2021). Forming A Management System Of Organizational Culture Of The Enterprise. NVEO-NATURAL VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO, 4271-427

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов