Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish omili

CC BY f
437-440
9
9
Поделиться
Туйчиева, Н. ., & Сориев, С. (2022). Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish omili. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 437–440. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp437-440
Нодира Туйчиева, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

ассистент

Сирож Сориев, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda asosan aholi moliyaviy savodxonligini oshirish va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish omillariga fikr qaratilgan. Aholi iste’mol madaniyati sohasidagi an’analarning ayrim xususiyatlari hamda moliyaviy savodxonlik rivojlantirishning samaralari e’tirof etilgan. Hududlarni rivojlantirishning asosiy maqsadi hamda inson hayotiga bevosita aloqadorligi qisqacha mazmunda ko‘rsatilgan.


background image

STARS International University

437

Annotatsiya:

Ushbu tezisda asosan aholi moliyaviy savodxonligini oshirish

va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish omillariga fikr qaratilgan. Aholi iste’mol
madaniyati sohasidagi an’analarning ayrim xususiyatlari hamda moliyaviy
savodxonlik rivojlantirishning samaralari e’tirof etilgan. Hududlarni rivojlantirishning
asosiy maqsadi hamda inson hayotiga bevosita aloqadorligi qisqacha mazmunda
ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

Moliyaviy savodxonlik, investitsiya, budjetlashtirish, rekreatsion,

hududlarni rivojlantirish, antropogen.

Moliyaviy savodxonlik rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda yanada shaffof, sog‘lom

va barqaror iqtisodiyotga intilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir.

Moliyaviy savodxonlik — shaxsiy moliyaviy boshqaruv, budjetlashtirish (kirim-

chiqim) va investitsiyalarni o‘z ichiga olgan turli xil moliyaviy ko‘nikmalarni tush-
unish va samarali ishlatish qobiliyatidir.

Istalgan moliyaviy maqsadlarga erishish uchun aholining daromad topish, sar-

flash, tejash, qarz va investitsiyalar bo‘yicha savodxonlik darajasi yuqori bo‘lishi
muhim hisoblanadi.

Insonlarning moliyaviy savodxonlik darajasi past bo‘lishi natijasida tadbirkor-

likning inqirozga yuz tutishi, o‘z moliyaviy resurslarini to‘g‘ri yo‘naltira olmasligi
mumkin.

Moliyaviy savodxonlik masalasi nima uchun bugungi kunga kelib dolzarb

ahamiyat kasb etmoqda degan savol tug‘ilishi tabiiy. Boisini shunday aytishimiz
mumkinki, hozirgi dunyo juda informatsiyalarga, to‘g ‘ri- noto‘g ‘ri axborotlarga,
bir qarashda anglab yetish murakkab bo‘lgan xabar va ma’lumotlarga to‘la. Bu
borada ijtimoiy tarmoqlarning roli kattaligini barchamiz yaxshi bilamiz. Aynan
ular orqali bizga juda ko‘plab feyk axborotlar, axborot xurujlari uyushtiriladi. Shu
orqali ommaning e’tiborini tortish, kishilar ongiga ta’sir o‘tkazish yoki umuman
yo‘q narsalarga ishontirish holatlari yo‘q emas albatta. Bu borada “Ahmadboy”
voqeasini yaqqol misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Bu kabi tashkilotlar aholin-
ing keng qatlamining iqtisodiy savodsizligidan foydalanib, aholi mablag‘larini o‘z
mahsulotlarini sotib olishga, xizmatlaridan foydalanishga tizimli marketing orqali
jalb etgan. Natijada esa bu kabi jarayonlarda ishtirok etgan aholi orasida iqti-

AHOLINING MOLIYAVIY
SAVODXONLIGINI OSHIRISH
VA HUDUDLARNI IQTISODIY
RIVOJLANTIRISH OMILI

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
sity-5-pp435-438

TUYCHIEVA NODIRA

O‘zMUJF, assistenti

SORIYEV SIROJ SHERALI O‘G‘LI

O‘zMUJF, talaba
E-mail: sirojsoriyev21@gmail.com


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

438

sodiy savodsizligi, miloyaviy bilimlarning yetishmasligi sabab ko‘plab yo‘qotish-
lar va muammolarga sabab bo‘ldi.

Mavjud moliyaviy bozor instrumentlaridan maqsadli foydalana olmasligi oqi-

batida esa kambag‘allik yoki o‘rta hol turmush darajasidan yuqori pog‘onalarga
chiqishi murakkablashadi.

Aholining ba’zi an’anaviy bayramlarga sarflaydigan katta xarajatlarini qisqa-

rtirish va inson kapitalini investitsiyalash maqsadiga yo‘naltirish uchun sarflan-
adigan investitsiyalarni ko‘paytirish zarurati moliyaviy savodxonlikni oshirishni
taqozo etadi.

Insonlar tomonidan hududlarni o‘zlarining ijtimoiy, iqtisodiy, rekreatsion-

hamda tabiatni muhofazalash manfatlariga moslashtirishi va foydalanishi bilan
“hududlarni rivojlantirish” tushunchasi bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda mah-
sus adabiyotlarda “hududlarni rivojlantirish” tushunchasiga nisbatan ma’lum bir
ilmiy qoida mavjud emas. Uning asl mohiyati, fikrimizcha, Shundan iboratki, u
inson zaruriyati uchun hududlarni imkon boricha yaxshiroq moslashtirish, u yoki
bu hududdan foydalanish natijasida ma’lum bir hududdan ko‘proq boylik ol-
ish maqsadida ushbu hududning landshaftiga doimiy tarzda ma’lum maqsadga
yo‘naltirilgan ko‘p qirrali ta’siridan iboratdir. Hududni rivojlantirish doimiy tarz-
da jamiyatni tabiatdan foydalanishining ob’ektiv zaruriyati bilan tushuntiriladi,
negaki busiz jamiyat rivojlana olmaydi. Hududni ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan
rivojlanishiga zaruriyat tabiiy resurslarni moddiy va boshqa turlardagi boyliklarni
yaratish uchun moslashtirishga intilgan insonning yaratuvchanlik faoliyati bilan
belgilanadi. Hududni ko‘p maqsadli rivojlantirish tabiatdan foydalanishning ta-
baqalangan usullari va uslublarini talab qiluvchi turli-tuman moddiy va boshqa
boyliklarni jamiyat tomonidan yaratishga zaruriyat bilan tushuntiriladi.

Hududni rivojlantirish murakkab majmuali xarakterga ega. Hududni rivojlan-

tirishni doimiy ravishda o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladigan hamda o‘zlarining o‘zaro
ta’sirlari bilan yagona butun holatni tashkil etuvchi ma’lum bir tarkibiy qismlar va
elementlarni o‘z ichiga oladigan tizim sifatida qarash, bizningcha, to‘g‘ri bo‘ladi.
Tizimning shunday tarkibiy qismlari va elementlariga quyidagilar kiradi:

- mamlakat hududida aholini joylashtirish;
- mamlakat hududini funksional mintaqalash;
- mintaqalar, viloyat va ma’muriy tumanlar hududlarini rivojlantirish;
- aholi punktlari hududlarini rivojlantirish;
- o‘rmon xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalari

hududlarini rivojlantirishi.

Hududlarni rivojlantirishning asosiy omillarini o‘zgaruvchan xarakteri uni maq-

bullashtirish maqsadida ushbu jarayonni (hududni rivojlantirish) tartibga solish
zaruriyatini tug‘diradi. Hududlarni rivojlantirishni tartibga solish amalda uning
tizimlarini yaratishdir, tizim parametrlarini belgilagan darajasini tutib turish esa
amalda hududni rivojlantirishni boshqarishdir. Hududni rivojlantirishni tartibga
keltirishning quyidagi qirralari mavjud ekanligini e’tirof etish zarur: huquqiy, ij-
timoiy, iqtisodiy, ekologik. Hududlarni rivojlantirishni boshqarishning qirralariga
quyidagilar kiradi: axborotli, tashkiliy-hududiy, texnik, texnologik, bashoratli, ta-
biiy-hududiy, texnik, texnologik.

Hududni rivojlantirish maqsadi insonlar hayot-faoliyati darajasining o‘sishini,

tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni hamda tabiiy atrof-muhitga


background image

STARS International University

439

yo‘l qo‘yarli antropogen ta’sirlarni hisobga olgan holda aholini turmush va hayot
faoliyatini sifat jihatidan yuqori darajasini ta’minlashi uchun hududni ijtimoiy-iqti-
sodiy jihatidan foydalanish darajasini doimiy ravishda oshirib borishdan iboratdir.

Xulosa qilib shuni aytishim joizki, respublika va mahalliy budjet mablag‘larini

shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga
oshirishning joriy tartibi, birinchi navbatda, eng ustuvor loyihalarning manzilli, o‘z
vaqtida va mutanosib ravishda yo‘naltirlishi lozim.

Insonning ma’lum soha bo‘yicha ilm va tushuncha olishida ta’lim eng muhim

tizim hisoblanadi. Yoshlarning moliyaviy savodxonligini asta-sekin ta’lim davri-
da oshirib borish samarali natijadir. Buning uchun har bir hududda hamda ish
joylarida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha ekspertlarni jalb qilgan holda
treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil etish zarur.

Uy xo‘jaliklari, oilalar va shaxslarga o‘z budjetlarini shakllantirish va rejalashti-

rishga oid bilim hamda ko‘nikmalarni muntazam berib borishning universal usul-
larini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, aholining turli ijtimoiy guruhlari uchun mo‘ljallangan moliyaviy

savodxonlik, uning tarkibiy qismlarini takomillashtirish bo‘yicha turli axborot va
ta’lim dasturlarini ishlab chiqilishi hamda ularni muntazam tegishli aholi qatlam-
lari uchun yetkazib borish ham muhim choralardan hisoblanadi.

Mahalliy hokimyatlar, ish beruvchilar, mahalla faollari bu borada yanada mas’uli-

yatli bo‘lishlari lozim, chunki har qanday moliyaviy yo‘qotish bir oila uchun bu
o‘sha hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga sekin asta ta’sir qilib boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Babajanov A.R., Muqumov A.M., Sharipov S.R. . Hududlarni rivojlantirish (o‘quv

qo‘llanma). T., TIQXMMI. 393 b

2.Moliyaviy savodxonlik asoslari A.V.Vahobov, Sh.A.Toshmatov, N.X. Xay-

darov - Toshkent 2013, 288 bet

3.Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor

chora-tadbirlar to‘g‘risida 10.08.2017

4.To‘ychiyeva N. Elektron Ta ‘lim Tizimining Afzalliklari Va Kamchiliklari //

Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish ten-
densiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 40-41.

5.Норбеков Х., Туйчиева Н. Формирование конкурентных преимуществ

компании //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va
rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 589-
592.

6.Nodira T., Maxfirat T. FORMATION AND DEVELOPMENT OF PRONUNCIA-

TION IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN SCHOOL STUDENTS //INTERNA-
TIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING. – 2022. – Т. 1. – №. 1.

7.Nodira T., Maxfirat T. MODERN METHODS OF TEACHING FOREIGN LAN-

GUAGE PRONUNCIATION TO PRIMARY SCHOOL PUPILS IS BASED ON THE
JAPANESE EXPERIENCE //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2022. – С. 205-208.


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

440

8.Nodira T., Rashid X. PROBLEMS OF INNOVATION MANAGEMENT IN THE

HIGHER EDUCATION SYSTEM //Web of Scientist: International Scientific Re-
search Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 155-164.

9.Nodira T. PRIORITIES FOR ORGANIZING ENTREPRENEURIAL ACTIVITIES

IN THE AGRICULTURAL SECTOR //Journal of Academic Research and Trends in
Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 192-199.

10.Nodira T. INNOVATIVE MANAGEMENT IN THE DEVELOPMENT OF THE

HIGHER EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in
Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 346-351.

11.To‘ychiyeva, N. (2022). AGRAR SOHADA TADBIRKORLIK FAOLIYATI-

NI TASHKIL ETISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR. INTERNATIONAL CONFER-
ENCES, 1(4), 53–56. Retrieved from http://researchedu.org/index.php/cf/arti-
cle/view/625

12.To‘ychiyeva N. THE MAIN CHARACTERISTICS OF INNOVATION MAN-

AGEMENT IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM //INTERNATIONAL CONFER-
ENCES. – 2022. – Т. 1. – №. 6. – С. 103-105.

13.Nodira T., Maxfirat T. FOREIGN LANGUAGE PRONUNCIATION IN GRADES

1-4» //РЕДАКЦИОННАЯ КОЛЛЕГИЯ. – С. 1133.

Библиографические ссылки

Babajanov A.R., Muqumov A.M., Sharipov S.R. . Hududlarni rivojlantirish (o‘quv qo‘llanma). T., TIQXMMI. 393 b

Moliyaviy savodxonlik asoslari A.V.Vahobov, Sh.A.Toshmatov, N.X. Xaydarov - Toshkent 2013, 288 bet

Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida 10.08.2017

To‘ychiyeva N. Elektron Ta ‘lim Tizimining Afzalliklari Va Kamchiliklari //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 40-41.

Норбеков Х., Туйчиева Н. Формирование конкурентных преимуществ компании //Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 589-592.

Nodira T., Maxfirat T. FORMATION AND DEVELOPMENT OF PRONUNCIATION IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN SCHOOL STUDENTS //INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING. – 2022. – Т. 1. – №. 1.

Nodira T., Maxfirat T. MODERN METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGE PRONUNCIATION TO PRIMARY SCHOOL PUPILS IS BASED ON THE JAPANESE EXPERIENCE //TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 205-208.

Nodira T., Rashid X. PROBLEMS OF INNOVATION MANAGEMENT IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 155-164.

Nodira T. PRIORITIES FOR ORGANIZING ENTREPRENEURIAL ACTIVITIES IN THE AGRICULTURAL SECTOR //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 192-199.

Nodira T. INNOVATIVE MANAGEMENT IN THE DEVELOPMENT OF THE HIGHER EDUCATION SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 346-351.

To‘ychiyeva, N. (2022). AGRAR SOHADA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1(4), 53–56. Retrieved from http://researchedu.org/index.php/cf/article/view/625

To‘ychiyeva N. THE MAIN CHARACTERISTICS OF INNOVATION MANAGEMENT IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM //INTERNATIONAL CONFERENCES. – 2022. – Т. 1. – №. 6. – С. 103-105.

Nodira T., Maxfirat T. FOREIGN LANGUAGE PRONUNCIATION IN GRADES 1-4» //РЕДАКЦИОННАЯ КОЛЛЕГИЯ. – С. 1133.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов