Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –
Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
National and spiritual characteristics of loanwords in the
English language
Raikhon JURAKULOVA
1
Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2025
Received in revised form
10
March 2025
Accepted 25 March 2025
Available online
25 April 2025
This article explores the national and spiritual characteristics
of lexical borrowings in the English language. The study analyzes
the origins, semantic and stylistic shifts of borrowed words, and
how these words are integrated into the cultural context of
English-speaking societies. Borrowings are examined as
linguistic reflections of intercultural communication, identity,
and globalization.
2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
lexical borrowings,
nationality,
spirituality,
English language,
intercultural
communication.
Ingliz tiliga o‘zlashmalarning milliy va maʼnaviy
xususiyatlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
o‘zlashma so‘zlar,
milliylik,
ma’naviyat,
ingliz tili,
madaniyatlararo muloqot.
Mazkur maqolada ingliz tiliga kirib kelgan o‘zlashma
so‘zlarning
milliy
va
ma’naviy
xususiyatlari
tahlil
qilingan,so‘zlarning kelib chiqishi, semantik va stilistik
o‘zgarishlari, hamda ingliz jamiyati tomonidan qanday madaniy
kontekstda qabul qilinishi o‘rganiladi. O‘zlashmalar orqali
madaniyatlararo aloqalar, ijtimoiy tafakkur va global tillarning
rivoji yoritib beriladi.
1
PhD student, Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
391
Национальные и духовные особенности заимствований
в английском языке
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
заимствованные слова,
национальность,
духовность,
английский язык,
межкультурная
коммуникация.
В данной статье рассматриваются национальные и
духовные особенности заимствованных слов в английском
языке. Анализируются их происхождение, семантические и
стилистические изменения, а также культурный контекст
восприятия в английском обществе. Заимствования
представлены
как
лингвистическое
отражение
межкультурной коммуникации и глобализации.
KIRISH
Zamonaviy ingliz tili jahonning eng ko‘p ishlatiladigan tillaridan biri sifatida turli
tillardan, ayniqsa, lotin, yunon, fransuz, arab, hind va boshqa tillardan so‘zlarni
o‘zlashtirgan. Har bir o‘zlashma o‘zida milliylik va ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi.
O‘zlashgan so‘zlar orqali ingliz tilining boyishi, uning xalqaro mavqei oshgani holda, bu
jarayon ingliz xalqining madaniyati, dini, urf-odatlari va ijtimoiy hayotini ham aks ettiradi.
Bugungi globallashuv davrida tillararo almashinuv kuchaygani sababli, ingliz
tilidagi o‘zlashmalarni o‘rganish faqat lingvistik emas, balki madaniyatshunoslik va tarix
nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur mavzu nafaqat
tilshunoslar, balki tarjimonlar, jurnalistlar va madaniyatshunoslar uchun ham dolzarbdir.
O‘zlashma so‘z (loanword) deganda bir tildan ikkinchi tilga turli sabablarga ko‘ra
(ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy) kirib kelgan va unga muayyan darajada
moslashgan leksik birliklar tushuniladi. Bunday so‘zlar til taraqqiyotining tabiiy qismi bo‘lib,
har qanday tirik til o‘zlashtirish jarayonidan chetda qolmaydi. Ingliz tilida o‘zlashmalar juda
katta rol o‘ynaydi. Taxminan 60–70 foiz ingliz lug‘ati boshqa tillardan olingan. Bu holat ingliz
tilining tarixiy taraqqiyoti, ko‘p madaniyatlar bilan to‘qnashgani va global tilga aylangani
bilan bog‘liq. Lingvistik jihatdan o‘zlashmalar uch xil ko‘rinishda bo‘ladi:
– to‘liq o‘zlashgan so‘zlar (phonetic and semantic adaptation): “restaurant”
(fransuzcha);
– qisman o‘zlashgan so‘zlar (morfologik yoki semantik jihatdan): “yoga” (hindcha);
– begona unsurlarni saqlab qolgan so‘zlar (exotic borrowings): “sunami” (yaponcha).
Ingliz tiliga o‘zlashmalar tarixining bosqichlari:
Ingliz tilining ilk bosqichlarida (5–7-asrlar) lotin tili asosiy manba bo‘lgan. Rim
imperiyasi va xristianlik ta’siri orqali lotincha so‘zlar kirib keldi:
school, wine, wall, priest
kabi.
1066-yilda bo‘lgan Norman istilosi ingliz tiliga katta hajmda fransuz tilidan
o‘zlashmalarni olib kirdi. Huquq, boshqaruv, adabiyot va san’at sohalarida fransuzcha
so‘zlar ustunlik qildi:
government, court, beauty, religion, justice
.
XV–XVII asrlarda ilm-fan va adabiyotning ravnaqi tufayli ko‘plab ilmiy atamalar
yunon va lotin tillaridan kirib keldi:
philosophy, biology, radius, theatre, status
.
Buyuk Britaniya imperiyasi kengaygan sari ingliz tiliga hind, arab, turk, yapon va
boshqa tillardan ko‘plab o‘zlashmalar kirib keldi:
Hind tilidan:
bungalow, pajamas, shampoo
;
Arab tilidan:
algebra, alcohol, sugar
;
Turk tilidan:
yogurt, kiosk, coffee
.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
392
XX–XXI asrlarda ingliz tiliga texnologiya, moda, madaniyat va internet orqali
o‘zlashmalar davom etdi. Ayniqsa, yaponcha (
anime, karaoke
), italyancha (
espresso,
pizza
), koreyscha (
kimchi, K-pop
) so‘zlar global madaniyat orqali tilga kirdi.
Ingliz tiliga o‘zlashmalar quyidagi asosiy omillar ta’sirida kirib kelgan:
Savdo-sotiq aloqalari
Diniy ta’sirlar
Ilm-fan va texnologiyalar rivoji
Siyosiy va harbiy ekspansiyalar
Madaniy almashinuv (kinofilm, musiqa, adabiyot, moda).
Har bir o‘zlashma o‘zida o‘sha so‘z olingan tilning ma’naviy va madaniy izlarini
saqlaydi. Masalan:
– karma (hindcha) – diniy-falsafiy tushuncha;
– algebra (arabcha) – ilm-fanning musulmon davridagi rivojini ko‘rsatadi;
– sushi (yaponcha) – milliy ovqat madaniyati namunasi.
Shuningdek, o‘zlashmalar orqali ingliz tiliga boy madaniy konnotatsiyalar,
qadriyatlar, ijtimoiy tushunchalar ham kirib kelgan. Tilning globallashuvi davom etar
ekan, o‘zlashmalar soni ortib bormoqda va ular orqali madaniy integratsiya
kuchaymoqda. Ingliz tilida o‘zlashmalarning milliy va ma’naviy izlari tilshunoslik uchun
muhim tahlil obyekti bo‘lib qoladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ingliz tiliga kirib kelgan o‘zlashma so‘zlarning milliy va maʼnaviy xususiyatlarini
o‘rganishda bir qator ilmiy va nazariy manbalar tahlil qilindi. Bu adabiyotlar tilshunoslik,
sotsiolingvistika va madaniyatshunoslik sohalariga oid bo‘lib, tadqiqotga chuqur ilmiy asos
yaratadi. D. Crystalning “The Cambridge Encyclopedia of the English Language” asarida
ingliz tilining zamonaviy rivojlanish bosqichlari, ayniqsa boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar
bilan boyish jarayoni yoritilgan. Muallif ingliz tilining o‘zlashmalarga ochiqligi va bu
so‘zlarning madaniy ma’nolarini ham ko‘rsatib o‘tadi. R. Traskning “Language Change”
asarida esa til o‘zgarishlarining tarixiy va lingvistik sabablari o‘rganiladi. O‘zlashma
so‘zlarning shakl va ma’no jihatdan qanday o‘zgarishi tahlil etilgan. Bu ishda
o‘zlashmalarning fonetik va semantik moslashuvini o‘rganishda muhim manba sifatida
xizmat qildi. J. Jenkins’ning “World Englishes” kitobi ingliz tilining xalqaro kontekstdagi
o‘zgarishlari, boshqa tillar bilan aloqalari va madaniy o‘zlashuv jarayonlarini ochib beradi.
Ushbu asar yordamida ingliz jamiyatida o‘zlashma so‘zlarning qanday qabul qilinishi va ular
orqali qanday madaniy konnotatsiyalar shakllanishi o‘rganildi. E. Haugen tomonidan
yozilgan “The Analysis of Linguistic Borrowing” maqolasi esa o‘zlashmalarni klassik
lingvistik tahlil asosida tasniflaydi. U so‘zlarning adaptatsiya, assimilyatsiya va integratsiya
jarayonlarini ilmiy asosda bayon etadi. Shuningdek, S. Alimovning “Tillararo aloqa va
lingvistik o‘zlashuvlar” nomli o‘zbek tilidagi asari mazkur mavzuni mahalliy kontekstda
o‘rganishda muhim o‘rin tutdi [1-7]. Muallif o‘zlashmalarning madaniy xususiyatlari, tilga
kirib kelish sabablari va ularning funksional yuklamalarini yoritgan. Umuman olganda, bu
adabiyotlar til va madaniyatning uzviy bog‘liqligini, o‘zlashmalarning semantik va ma’naviy
o‘zgarishlarini chuqur ilmiy asosda tahlil qilish imkonini berdi.
METODLAR
Tadqiqot jarayonida quyidagi lingvistik va madaniyatshunoslik metodlardan foydalanildi:
– tavsifiy metod (Descriptive method): Bu metod orqali ingliz tilida ishlatiladigan
o‘zlashma so‘zlar yig‘ildi, ularning fonetik, morfologik, semantik va stilistik xususiyatlari
tasniflandi. Har bir so‘z madaniy kontekstdagi ishlatilishi bilan birga tahlil qilindi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
393
– Qiyosiy-tahliliy metod (Comparative-analytical method): Ingliz tilidagi
o‘zlashmalar boshqa tillardan (masalan, arab, hind, yapon, ispan) olingan so‘zlar bilan
qiyoslandi va ularning ingliz tilidagi ma’no o‘zgarishi, stereotiplashuvi yoki maʼnaviy
kengayishi o‘rganildi.
– Konnotativ tahlil metodi: So‘zlarning bevosita lug‘aviy ma’nosi emas, balki ingliz
jamiyati ongida shakllangan ma’naviy, madaniy, ijtimoiy konnotatsiyasi (yuklamasi)
o‘rganildi. Masalan, “karma” yoki “zen” kabi so‘zlarning ruhiy-ma’naviy qadriyatlar bilan
qanday bog‘liq ekani tahlil qilindi.
– Sotsiolingvistik yondashuv: O‘zlashmalarning ingliz tilidagi qabul qilinishi
jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy muhit bilan bog‘lab tahlil qilindi. Mazkur metod yordamida
jamiyatda ayrim o‘zlashmalarga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabat shakllanishi
sabablari o‘rganildi.
– Korpus tahlili elementlari: Ingliz tilidagi internet-resurslar, ommaviy axborot
vositalari va matnlardan o‘zlashma so‘zlarning real qo‘llanilishi misollar asosida kuzatildi va
tahlil qilindi. Ushbu usul yordamida ularning zamonaviy til oqimidagi o‘rni aniqlashtirildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Milliylik bu xalqning o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyatlari, dunyoqarashi, diniy e’tiqodi va
hayot tarzining ifodasidir. Ushbu xususiyatlar til orqali namoyon bo‘ladi. Ayniqsa,
o‘zlashgan so‘zlarda u xalqning madaniy-milliy olamining izlari yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Masalan, ingliz tiliga o‘zlashgan hindcha karma, yaponcha sushi, italyancha opera
kabi so‘zlar aynan u millatning yashash tarzini, ovqatlanish madaniyatini yoki san’atini
ifodalaydi. Bu so‘zlar ingliz tilida faqat semantik mazmun emas, balki madaniy yuklama
ham olib kiradi.
Ko‘plab o‘zlashmalar diniy yoki ma’naviy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Bunday
so‘zlar ingliz tilining lug‘aviy boyligiga yangi konseptlarni olib kirdi.
1-jadval.
So‘zlarning kelib chiqishi
So‘z
Kelib chiqishi
Ma’naviy mazmuni
Karma
Hind tili
Qayta tug‘ilish va sabab-oqibat qonuni
Allah
Arab tili
Islom dinidagi yagona iloh nomi
Nirvana
Sanskrit
Butun istaklardan holi bo‘lish holati
Jihad
Arab tili
Ruhiy kurash, ichki poklanish (ko‘pincha noto‘g‘ri talqin qilinadi)
Shaman
Sibir/Uyg‘ur
Ruhiy davolovchi, ruhiy dunyo bilan bog‘lanish
Shunday qilib, bunday o‘zlashmalar orqali ingliz tili global ma’naviy qadriyatlar
bilan boyib borgan. O‘zlashmalar ingliz tilida birgina lug‘aviy birlik emas, balki boshqa
xalqlarning butun dunyoqarashini anglatuvchi belgilar sifatida ham yashaydi. Misollar:
–
Siesta
(ispancha) – tushlikdan keyingi dam olish; bu ispan xalqining hayot tarzini
ko‘rsatadi.
–
Bonsai
(yaponcha) – miniatyura daraxt yetishtirish; tabiatga bo‘lgan estetik
munosabat belgisi.
–
Tatami
(yaponcha) – an’anaviy to‘shama; milliy me’morchilik madaniyatini ifodalaydi.
–
Czar
(ruscha) – avtoritar boshqaruv sinonimi sifatida ingliz tilida ishlatiladi.
–
Karma yoga
– hind falsafasi asosida harakatlar orqali ruhiy poklanish tushunchasi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика
и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701
394
Ko‘plab o‘zlashgan so‘zlar til egasi bo‘lmagan madaniyatlar haqida muayyan
stereotiplar shakllanishiga ham sabab bo‘ladi. Masalan, “jihad” so‘zining faqat
ekstremizm bilan bog‘lanib talqin qilinishi – bu so‘zning asl diniy-ma’naviy mazmunidan
yiroqlashish holatidir.
Boshqa tomondan, o‘zlashmalar orqali ingliz tilida turli millatlarning
identiteti
–
ya’ni o‘zini anglash va tanitish shakllanadi. Masalan,
sari, kimono, ramadan, tzatziki
kabi
so‘zlar ingliz tilida o‘z millatini tanituvchi so‘z sifatida yashaydi.
O‘zlashmalar nafaqat leksik darajada, balki stilistik va konnotativ (yordamchi
ma’no) jihatdan ham tahlil etilishi zarur. Masalan:
–
Guru
– hind tilidan olingan, aslida diniy murabbiy, lekin ingliz tilida “mutaxassis”
yoki “yetakchi” ma’nosida ishlatiladi;
–
Kamikadze
– yapon tilida “ilohiy shamol” degan ma’noni bildirsa-da, ingliz tilida
ekstremal va xatarli harakat belgisi sifatida ishlatiladi.
Shunday qilib, ushbu jihatlar o‘zlashmalar semantik o‘zgarishlarga uchrashi hamda
ma’naviy jihatdan kontekstga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tahlillarga ko‘ra, har bir o‘zlashma
o‘zida muayyan xalqning tarixini, diniy-falsafiy qarashini va madaniyatini olib kiradi.
Ingliz tili bugun global aloqa vositasi sifatida nafaqat so‘zlarni, balki ularning orqasidagi
qadriyatlarni ham o‘zlashtirgan.
XULOSA
Ingliz tiliga kirib kelgan o‘zlashma so‘zlar nafaqat lingvistik hodisa, balki madaniy
va ma’naviy jarayonning natijasi sifatida qaralishi lozim. Maqolada o‘zlashmalar
tipologiyasi, ularning semantik va stilistik xususiyatlari, shuningdek ingliz jamiyatida
qanday maʼnaviy mazmun bilan qabul qilinishi har tomonlama o‘rganildi. O‘zlashgan
so‘zlar orqali boshqa xalqlarning diniy e’tiqodi, urf-odati, turmush tarzi va madaniy
qadriyatlari ingliz tilida o‘z aksini topgan. Ushbu holat ingliz tilining global xususiyatini,
yaʼni boshqa tillarga nisbatan ochiqligini isbotlaydi. Ayni paytda ayrim o‘zlashmalar
ingliz tilida semantik buzilish yoki stereotiplashuvga ham uchragan. Bu esa tilshunoslik
nuqtai nazaridan ularni tahlil qilishda ehtiyotkorlikni talab etadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ingliz tiliga o‘zlashmalar orqali boshqa
madaniyatlar faqat so‘zlar bilan emas, balki o‘z dunyoqarashi, maʼnaviy qadriyatlari va
identiteti bilan kirib kelmoqda. Bunday tilshunoslik asosidagi yondashuvlar madaniyatlararo
muloqot, tolerantlik va tillar taraqqiyotini chuqurroq anglash imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.
Crystal, D. (2023). The Cambridge Encyclopedia of the English Language.
Cambridge University Press.
2.
Trask, R. L. (2021). Language Change. Routledge.
3.
Jenkins, J. (2024). World Englishes: A Resource Book for Students. Routledge.
4.
Haugen, E. (2020). The Analysis of Linguistic Borrowing. Language, 26(2), 210–231.
5.
Fishman, J. A. (2021). Language and Ethnicity in Minority Sociolinguistic
Perspective. Multilingual Matters.
6.
Alimov S. (2023). Tillararo aloqa va lingvistik o‘zlashuvlar. Toshkent: TDPU
nashriyoti.
7.
Karimov, M. (2020). Ingliz tilidagi o‘zlashma so‘zlarning madaniy-maʼnaviy
xususiyatlari. Filologiya Ilmlari jurnali, №2.
