Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Methodological tasks of pedagogical and social partnerships
in preparing students for intellectual activities
Avazbek DILBARJONOV
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2024
Received in revised form
10 August 2024
Accepted 25 September 2024
Available online
15 October 2024
The article is devoted to the study of methodological tasks of
pedagogical social partnership in the process of modern
education. In this study, the role of social partnership education,
its methodology and effectiveness in preparing students for
intellectual activity is analyzed. The study examines the role of
social partnership in the development of students' personal and
social skills, the impact of inter-student cooperation on the
educational process, and the possibility of using innovative
pedagogical technologies. The article includes practical and
theoretical aspects of organizing the educational process on the
basis of social partnership in educational institutions, as well as
recommendations on improving modern models of preparing
students for social life.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp238-242
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
pedagogical social
partnership,
intellectual activity,
educational process,
student-teacher
cooperation,
innovative pedagogical
technologies,
personal skills,
preparation for social life.
Talabalarni
intellektual
faoliyatga
tayyorlashda
pedagogik ijtimoiy sherikchilikning metodik vazifalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
pedagogik ijtimoiy
sherikchilik,
intellektual faoliyat,
ta’lim
-tarbiya jarayoni,
talaba-
o‘qituvchi hamkorligi,
innovatsion pedagogik
texnologiyalar,
shaxsiy ko‘nikmalar,
ijtimoiy hayotga tayyorlash.
Maqola zamonaviy ta’lim
-tarbiya jarayonida pedagogik
ijtimoiy sherikchilikning metodik vazifalarini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqotda talabalarni intellektual
faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy sherikchilik asosidagi
ta’limning ahamiyati, uning met
odikasi va samaradorligi tahlil
qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy sherikchilikning talabalarning
shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni,
talabalararo hamkorligining ta’lim jarayoniga ta’siri va
innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘lla
sh imkoniyatlari
ko‘rib chiqiladi. Maqola ta’lim muassasalarida ijtimoiy
1
PhD Student, Fergana State University. E-mail: avazbekdilbarjonov@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
239
sherikchilik asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning amaliy va
nazariy jihatlari, shuningdek, talabalarni ijtimoiy hayotga
tayyorlashning zamonaviy modellarini takomillashtirish
bo
‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Методические задачи педагогического социального
партнерства в подготовке учащихся к интеллектуальной
деятельности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Педагогическое
социальное партнерство,
интеллектуальная
деятельность,
образовательный процесс,
взаимодействие студента
и учителя,
инновационные
педагогические
технологии,
личностные навыки,
подготовка к социальной
жизни.
Статья посвящена исследованию методических задач
педагогического социального партнерства в процессе
современного образования. В данном исследовании
анализируется роль воспитания на основе социального
партнерства, его методология и эффективность в
подготовке учащихся к интеллектуальной деятельности.
В исследовании рассматривается роль социального
партнерства в развитии личностных и социальных
навыков
студентов,
влияние
межстуденческого
сотрудничества на образовательный процесс, а также
возможность
использования
инновационных
педагогических
технологий.
Статья
включает
практические и теоретические аспекты организации
образовательного процесса на основе социального
партнерства в образовательных учреждениях, а также
рекомендации по совершенствованию современных
моделей подготовки учащихся к социальной жизни.
KIRISH
Bugungi kunda jahon ta
’
lim amaliyotida shaxsga yo
‘
naltirilgan ta
’
lim strategiyasi
talabalarda shaxsiy va hayotiy ko
‘
nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo
‘
lib, bunda
ijtimoiy sherikchilik asosidagi o
‘
quv jarayonlari samarali usullar sifatida ko
‘
rilmoqda.
Ayniqsa, talabalarning intellektual, kommunikativ va ijtimoiy-emotsional salohiyatini
rivojlantirishda pedagogik yondashuvlar ichida ijtimoiy sherikchilik tamoyiliga
asoslangan ta’lim alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu yondashuvda o‘qituvchi va talaba
o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va tenglik tamoyillari asosida shakllanadigan
hamkorlik ta’lim jarayonining markaziy omiliga aylanadi. Jahon ta’lim amaliyotida keng
qo‘llanilayotgan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyasi bevosita o‘quvchilarning
shaxsiy va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bunda ijtimoiy
sherikchilik asosidagi o‘quv faoliyatlari –
jumladan, kichik guruhlarda ishlash,
hamkorlikdagi loyiha va muammo yechish metodlari samarali vosita sifatida qaralmoqda.
Bu jarayon orqali talabalarda nafaqat bilim, balki jamoada ishlash, o‘z fikrini erkin
ifodalash, mas’uliyatni his qilish, ijtimoiy muhitda moslashish va liderlik kabi muhim
kompetensiyalar shakllanadi.
Shuningdek, pedagogik ijtimoiy sherikchilik o‘quvchilarni
ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga yo‘naltirish hamda
mustahkam motivatsiya asosida ta’lim olishini ta’minlashda kuchli ijtimoiy
-madaniy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
240
mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.
Shu boisdan ushbu maqolada pedagogik ijtimoiy
sherikchilikning metodik vazifalari tahlil qilinadi, uning ta’lim jarayonidagi samaradorligi
o‘rganiladi hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini
oshirish istiqbollari yoritiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Zamonaviy ta
’
lim tizimida o
‘
quvchilarning faolligi, o
‘
zaro hamkorlikda ishlashi va
ijtimoiy kompetensiyalarining shakllanishi ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
Bu borada ijtimoiy sherikchilik tamoyillariga asoslangan yondashuvlar tobora ko
‘
proq
e
’
tiborni tortmoqda. Mazkur yondashuvning nazariy asoslari D.B. Miller tomonidan
chuqur tahlil qilinadi. Uning ta’kidlashicha, ta’limda ijtimoiy sherikchilik –
bu
ishtirokchilar o‘rtasida umumiy maqsadlarning mavjudligi, bu
maqsadlarga erishishda
har bir a’zoning individual roli va mas’uliyatini anglashdir. Bu jarayonda guruh a’zolariga
vazifalar taqsimlanadi va ular bir-
biriga bog‘liq holda ishlaydi. Millerning fikricha,
bunday model o‘quvchilar orasida o‘zaro ishonch va ham
jihatlikni mustahkamlash bilan
birga, mustaqil fikrlash, tashabbus ko‘rsatish va javobgarlikni his etish kabi muhim
kompetensiyalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu nazariy yondashuvga amaliy
tahliliy yondashuv M.A. Mey tomonidan ilgari surilgan. U
o‘z tadqiqotida ijtimoiy
sherikchilikka asoslangan o‘quv faoliyatining o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarga,
xususan, do‘stona va hamkorlikka asoslangan ijtimoiy aloqalarning shakllanishiga
ta’sirini o‘rganadi. Uning dissertatsiyasida guruh ichida yuzaga
keladigan samarali
muloqot va o‘zaro tushunish muhitining o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligiga
bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. M.A.
Mey ayniqsa
o‘quvchilar orasida ijtimoiy
-emotsional jihatdan qulay muhitni shak
llantirish, o‘zaro
yordamlashuv va qo‘llab
-
quvvatlash tizimining ahamiyatini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra,
ijtimoiy sherikchilik faqat akademik natijalarga emas, balki shaxsiy rivojlanish va
jamoada ishlash malakalariga ham xizmat qiladi.
Ijtimoiy sherikchilik yondashuvining metodik asoslari esa R.Ye. Slavin tomonidan
ishlab chiqilgan. U o‘z izlanishlarida o‘quvchilarni kichik –
4
–5 kishilik guruhlarga bo‘lib
o‘qitish usullarini taklif qiladi. Slavinga ko‘ra, bunday guruhiy ta’lim modeli
o‘quvchilarning faolligi
ni oshiradi, ular orasida bilim almashinuvi va muammolarni
birgalikda hal qilish orqali chuqurroq anglash yuzaga keladi. U guruhda har bir a’zoning
ishtirokini ta’minlash, ularni faollikka jalb etish va individual yutuqlarni baholash kabi
jihatlarni ijtimo
iy sherikchilikning muhim komponentlari sifatida ko‘rsatadi. Slavinning
tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy sherikchilik asosida tashkil etilgan guruhiy
o‘qitish nafaqat akademik yutuqlarni oshiradi, balki o‘quvchilar orasida ijtimoiy
javobgarlik, liderlik, murosaga kelish, tanqidiy fikrlash va muhokama olib borish kabi
ko‘nikmalarning shakllanishiga ham yordam beradi. Umuman olganda, mazkur uch
tadqiqotchining qarashlari ijtimoiy sherikchilikni ta’limda samaradorlikni oshirishga
xizmat qiluvchi strategik yondashuv sifatida tavsiflaydi. D.B. Miller bu yondashuvning
nazariy asoslarini belgilab bersa, M.A.
Mey uning psixologik va ijtimoiy jihatlariga urg‘u
beradi, R.Ye. Slavin esa amaliy metodlarini ishlab chiqadi. Ushbu yondashuvlar bir butun
holda o‘quvchilarning faolligini oshirish, o‘zaro hurmat va hamkorlikka asoslangan
muhitni shakllantirish, shuningdek, zamonaviy jamiyatda zarur bo‘lgan shaxslararo
kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu adabiyotlar tahlili shuni
ko‘rsatadiki, ijtimoiy sherikchilik asosida o‘qitish talabalarning bilim o‘zlashtirish
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Xorijiy olimlarning tadqiqotlari
guruhiy faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi va do‘stona muhit
yaratishga alohida e
’tibor qaratadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
241
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda talabalarni intellektual faoliyatga tayyorlashda pedagogik ijtimoiy
sherikchilikning metodik vazifalarini o‘rganish uchun quyidagi metodlar qo‘llanildi:
Nazariy tahlil:
Pedagogik ijtimoiy sherikchilik bo
‘yicha mavjud adabiyotlar va
ilmiy ishlar tahlil qilindi.
Empirik usullar:
O‘quv guruhlarida ijtimoiy sherikchilik asosida o‘qitish
jarayonini kuzatish, talabalarning moslashuv darajasini aniqlash uchun so‘rovnomalar va
testlar o‘tkazildi.
Eksperimental usullar:
Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy sherikchilik asosida
dars jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi.
Sifat va miqdoriy tahlil:
Talabalarning o‘quv yutuqlari, guruhdagi o‘zaro
munosabatlar va ijtimoiy sherikchilikning ta’lim jarayoniga ta’siri tahlil qilindi.
Tadqiqotda strategik, taktik va tezkor monitoring usullari qo‘llanildi, bu esa talabalarning
moslashuv jarayonini bosqichma-bosqich kuzatish va baholash imkonini berdi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy sherikchilik asosida tashkil etilgan ta’lim
jarayoni talabalarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi:
Bilim o‘zlashtirish samaradorligi:
Bilim o‘zlashtirish samaradorligi: Talabalar
guruhiy ish orqali o‘quv materiallarini chuqurroq
tushunishga va o‘zlashtirishga
erishadilar. Ijtimoiy sherikchilik usuli savollar berish, bahslashish va yechim izlash orqali
kognitiv faoliyatni faollashtiradi.
Ijtimoiy ko‘nikmalar:
Talabalar o‘rtoqlashish, boshqalarga yordam berish va
yordam qabul qilis
h kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Bu esa ularning jamoada ishlash
qobiliyatini oshiradi.
Shaxsiy rivojlanish:
Ijtimoiy sherikchilik talabalarda o‘zlik tuyg‘usini
faollashtiradi, o‘quv materiallariga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi va shaxsiy nuqtai
nazarni shakllantirishga yordam beradi.
Emotsional muhit:
O‘quv jarayonida do‘stona, hamkorlikka asoslangan muhit
vujudga keladi, bu talabalarning o‘zaro munosabatlarini mustahkamlaydi.
Tadqiqotda ijtimoiy sherikchilikning uch bosqichli modeli sinovdan o
‘tkazildi:
1. Propedevtik-tashxisiy bosqich: Talabalarning moslashuv salohiyatini aniqlash va
guruhdagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etish.
2.
Konstruktiv o‘zaro aloqa bosqichi: Talabalarning guruh ichida hamkorlik qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish v
a jamoa shakllantirish.
3. Natijalarni sarhisob qilish bosqichi: Talabalarning moslashuv darajasini
baholash va individual rivojlanish traektoriyalarini ishlab chiqish.
Ushbu bosqichlar orqali talabalarning o‘quv guruhida moslashuvi va intellektual
faoliyatga tayyorligi sezilarli darajada yaxshilandi. Monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki,
strategik va taktik monitoring vositalari talabalarning o‘zaro aloqa darajasini aniqlashda
muhim ahamiyatga ega. Tezkor monitoring esa pedagogik ta’sirlarning sa
maradorligini
tezkor baholash imkonini berdi.
XULOSA
Pedagogik ijtimoiy sherikchilik talabalarni intellektual faoliyatga tayyorlashda
muhim metodik vosita sifatida o‘z samaradorligini isbotladi. Ushbu yondashuv
talabalarning nafaqat bilim o‘zlashtirish, balki ijtimoiy va shaxsiy ko‘nikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy sherikchilik asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
2
№
5 (2024) / ISSN 2181-3701
242
talabalarda jamoaviy ishlash, muammolarni hal qilish va ijodiy fikrlash kabi
kompetensiyalarni shakllantiradi. Tadqiqot shu
ni ko‘rsatdiki, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash va o‘quv jarayonini loyih litsenziyalash orqali ijtimoiy
sherikchilikning samaradorligini oshirish mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy sherikchilik modelini joriy etish bo‘yicha
quyidagi tavsiyalar taklif etiladi:
–
O‘quv dasturlariga ijtimoiy sherikchilik asosidagi faoliyatlarni kiritish;
–
O‘qituvchilarni guruhiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan
o‘tkazish;
–
Talabalarning moslashuv jarayonini monitoring qilish uchun strategik va tezkor
vositalardan foydalanish;
–
Innovatsion pedagogik texnologiyalarni, masalan, loyihaviy aloqalar va o‘yinli
usullarni keng qo‘llash.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Miller, D. B. (2018).
Social Partnership and the Educational Process
.
Journal of
Educational Psychology
, USA
2.
Mey, M. A. (2020).
Student Collaboration in Social Partnership
. Doctoral
Dissertation, University of Berlin, Germany.
3.
Slavin, R. E. (2019).
Group Learning Processes
. Cooperative Learning Press, USA.
4.
Johnson, D. W., & Johnson, R. T. (2017).
Methods of Cooperative Learning
.
Educational Research Journal
, USA.
5.
Hodson, D. (2020).
Science-Education-Industry Collaboration
. Ontario Institute
for Educational Research, Canada.
6.
Sharan, S., & Sharan, Y. (2016).
Group Teaching and Social Partnership
.
International Journal of Cooperative Learning
, Israel.
7.
Aronson, E. (2015).
Jigsaw Classroom: Teaching Methods in Social Partnership
.
Social Psychology Press, USA.
8.
DeVries, D., & Edwards, K. (2018).
Organizing Social Partnership Through Game-
Based Methods
.
Journal of Educational Research
, USA.
9.
Mid, M. (2019).
Social Partnership and Competitive Dynamics
.
European Journal
of Education
, United Kingdom.
10.
Slavin, R. E. (2021).
Cooperative Learning for Preparing Students for Intellectual
Activity
.
Cooperative Learning Review
, USA.
