Methods for preventing speech deficiencies in girls: from initial steps to perfect speech

Abstract

This article is devoted to the early detection of speech defects in girls, their causes, and methods of prevention. The article provides practical recommendations for parents, educators, and specialists, and examines modern approaches to developing girls' speech.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
HAC
elibrary
doi
 
CC BY f
237-242

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kozokboeva, D. (2024). Methods for preventing speech deficiencies in girls: from initial steps to perfect speech. Foreign Linguistics and Lingvodidactics, 2(6/S), 237–242. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/133957
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is devoted to the early detection of speech defects in girls, their causes, and methods of prevention. The article provides practical recommendations for parents, educators, and specialists, and examines modern approaches to developing girls' speech.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Methods for preventing speech deficiencies in girls: from
initial steps to perfect speech

Dilfuzakhon KOZOKBOEVA

1

Andijan State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024
Received in revised form
10 November 2024

Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024

This article is devoted to the early detection of speech defects

in girls, their causes, and methods of prevention. The article
provides practical recommendations for parents, educators, and

specialists, and examines modern approaches to developing

girls' speech.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6

/S

-pp2

37-242

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

girls' speech,

speech development,

speech defects,

speech therapy,

speech games,

family environment,

pedagogical approach.

Qiz bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish
usullari: ilk qadamlardan mukammal nutqqacha

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

qiz bolalar nutqi,

nutq rivojlanishi,

nutq kamchiliklari,
logopediya,

nutq o‘yinlari,

oilaviy muhit,

pedagogik yondashuv.

Ushbu maqola qiz bolalar nutqidagi kamchiliklarni erta

aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish va oldini olish

usullarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Maqolada ota

-onalar,

pedagoglar va mutaxassislar uchun amaliy tavsiyalar berilib, qiz

bolalarning nutqini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy

yondashuvlar o‘rganiladi.


1

PhD, Associate Professor, Andijan State Institute of Foreign Languages.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2024) / ISSN 2181-3701

238

Методы профилактики дефектов речи у девочек: от
первых шагов к совершенной речи

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

речь девочек,

речевое развитие,

дефекты речи,

логопед,

речевые игры,

семейная среда,
педагогический подход

.

Статья посвящена раннему выявлению дефектов речи у

девочек, причинам их возникновения и методам

профилактики. В статье даны практические рекомендации

для родителей, воспитателей и специалистов, рассмотрены

современные подходы к развитию речи девочек

.

KIRISH

Nutq insoniyatning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, shaxsning jamiyatda o‘z

o‘rnini topishida, bilim olishida va muloqot qilishida muhim rol o‘ynaydi. Qiz bolalar nutqi esa,
ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bois, qiz bolalar

nutqidagi kamchiliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish dolzarb masalalardan
hisoblanadi.

Qiz bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish

bu bolaning sog‘lom va to‘g‘ri

rivojlanishini ta’minlash uchun muhim masala hisoblanad

i.

Maqsadimiz

qiz bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish usullarini o‘rganish va

amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar
belgilandi:

1. Qiz bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish.
2. Nutqdagi kamchiliklarning sabablarini aniqlash.

3. Kamchiliklarni bartaraf etish va oldini olish usullarini o‘rganish.

4. Ota-onalar, pedagoglar va mutaxassislar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti

qiz bolalar nutqi. Tadqiqot predmeti

qiz bolalar nutqidagi

kamchiliklarning oldini olish usullari. Tadqiqotda adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat
va pedagogik tajriba usullaridan foydalanildi.

ASOSIY QISM

1.

Qiz bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari

Qiz bolalar (umuman bolalar) nutqi bosqichma-bosqich va izchil rivojlanadi. Har bir

bosqichda o‘ziga xos xususiyatlar kuzatiladi va bu jarayon ijtimoiy muhit, tarbiya hamda
biologik omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Nutq rivojlanishining asosiy bosqichlari
- Nove

rbal (so‘zgacha) bosqich (0–

9 oy)

-

Yangi tug‘ilgan chaqaloq faqat yig‘laydi, keyinchalik tovushlar («ag‘u») paydo bo‘ladi.

- 5

–6 oylikda «mama», «baba» kabi sodda tovushlarni talaffuz qiladi.

- 8

–9 oylikda bola talaffuz qilayotgan so‘zlarning ma’nosini tu

shuna boshlaydi.

- Nutq shakllanish bosqichi (9 oy

3 yosh)

-

1 yosh 3 oyda bola 6 ga yaqin so‘zni biladi, oddiy talablarni tushuna oladi.

- 1 yosh 6 oyda 7

–20 ta so‘zni biladi, badanining 1–

2 qismini ayta oladi.

-

1 yosh 9 oyda 20 ta so‘zni biladi, ikki so‘zli iboralarni ishlata boshlaydi («choy ber»,

«ada keldi»).


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2024) / ISSN 2181-3701

239

-

2 yoshda so‘z boyligi 50 tagacha yetadi, ikki bosqichli iboralarni tushunadi va ishlata

oladi.

- Nutqiy muloqot bosqichi (3

7 yosh)

-

3 yoshda so‘z boyligi 300–

320 taga yetadi, oddiy hikoya aytib bera oladi.

-

4 yoshda «qayerda?», «kim?», «nega?» kabi savollardan faol foydalanadi, so‘z boyligi

1200

1500 taga yetadi.

- 5

–6 yoshda bola grammatik jihatdan to‘g‘ri va aniq gapira boshlaydi, nutqi ijtimoiy

muloqotga moslashadi.

- Maktab yoshi (7 yoshdan keyin)
- Nutq yanada murakkablashadi, grammatik konstruktsiyalar boyiydi, yozma nutq

rivojlanadi.

Qiz bolalar nutqining rivojlanishi tug‘ilganidan boshlab bosqichma

-bosqich amalga

oshadi: avval tovushlar va so‘zlar, so‘ngra iboralar va to‘liq gaplar paydo bo‘ladi. Ijtimoiy
muhit, tarbiya va sog‘liq bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi

2.

Qiz bolalar nutqida uchraydigan kamchiliklar

Qiz bolalar nutqida uchraydigan kamchiliklar

bu bolaning yoshiga va rivojlanish

darajasiga mos kelmaydigan tarzda nutqning kech

ikishi, noto‘g‘ri shakllanishi yoki ayrim so‘z

va tovushlarni to‘g‘ri aytolmaslik holatlaridir. Ushbu kamchiliklar bolaning ijtimoiy,
emotsional va intellektual rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Asosiy nutqiy kamchiliklar

- Fonetik-fonematik buzilishlar:

Tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, aralashtirib yuborish yoki ayrim harflarni

aytolmaslik (masalan, “r”, “l” harflari).

- Leksik-grammatik buzilishlar:

So‘z boyligining kamligi, gap tuzishda xatoliklar, grammatik jihatdan noto‘g‘ri gapirish

(alaliya).

- Umumiy nutq yetishmovchiligi:

Bola yoshiga mos ravishda to‘liq va mantiqiy gapira olmasligi, fikrini aniq ifoda eta

olmasligi.

- Dizartriya va rinolaliya

Ovoz, tembr va artikulyatsiya bilan bog‘liq muammolar, tovushning noaniq yoki burun

orqali chiqishi.

3.

- Keklik (duduqlanish):

Gapirishda to‘xtalib qolish, tovushlarni takrorlash yoki cho‘zib aytish.

Shuningdek, quyidagi nuqsonlar ham kuzatiladi:

Talaffuzdagi nuqsonlar: Duduqlanish, shevalik, tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish

(dislaliya, dizartriya).

So‘z boyligining kamligi: Oddiy so‘zlardan foydalanish, so‘zlarni noto‘g‘ri tanlash.

Grammatik xatolar: Gap tuzishda, kelishiklarda, zamonlarda xatolarga yo‘l qo‘yish.

Nutqning ravon emasligi: Tez yoki sekin gapirish, pauzalarning

noto‘g‘ri ishlatilishi.

Logonevroz (tutqanoqlik): Nutqning buzilishi, so‘zlarni takrorlash.

3. Nutq kamchiliklarining sabablari

Nutq kamchiliklari

bolaning yoki kattalarning yoshiga mos, to‘liq va mantiqiy nutq

shakllantira olmasligi holatidir. Bu

kamchiliklar turli ichki va tashqi omillar ta’sirida yuzaga

keladi va insonning ijtimoiy, emotsional hamda intellektual rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2024) / ISSN 2181-3701

240

Asosiy sabablar:
-

Tug‘ma va orttirilgan omillar:

- Homiladorlik davrida onaning virusli kasalliklari, dori-

darmonlarni o‘zboshimchalik

bilan qabul qilishi, alkogol va tamaki iste’moli, radiatsiya ta’siri, tug‘uruqda bola miyasining

lat yeyishi yoki kislorod yetishmovchiligi.

-

Tug‘ruqdan keyingi og‘ir infeksion kasalliklar, miya jarohatlari.

- Markaziy asab tizimi yoki eshitish organlaridagi nuqsonlar, genetik omillar.
- Ijtimoiy va pedagogik omillar:
- Bolaning atrof-

muhiti va nutqiy rag‘bat yetishmasligi, noto‘g‘ri tarbiya yoki

e’tiborsizlik.

- Ota-onaning bolaga yetarlicha gapirmasligi, savollari

ga javob bermasligi, so‘zlarni

noto‘g‘ri talaffuz qilishi.

-

Bir vaqtning o‘zida bir nechta tilni o‘rgatish yoki aralash tilda muloqot qilish, ayniqsa

bola nutqi to‘liq rivojlanmaganida.

- Psixologik omillar:
-

Stress, qo‘rquv, zo‘riqish, emotsional beqa

rorlik, oiladagi muammolar, pedagogik

qarovsizlik.

- Biologik va nasliy omillar:
-

Irsiy kasalliklar, asab tizimidagi nuqsonlar, nasliy faktorlarga bog‘liq umumiy nerv

sistema buzilishlari

- Lingvistik omillar

:

Ikki tillilik, shevalarning ta’siri, notekis

nutqiy muhit.

4. Nutq kamchiliklarining oldini olish usullari

Nutq kamchiliklari bolalar va o‘smirlar orasida keng tarqalgan muammo bo‘lib,

ularning oldini olish uchun kompleks yondashuv zarur. Quyida samarali usullar keltiriladi:

1. Birlamchi profilaktika:
-

Homiladorlik davridayoq ona va bola uchun sog‘lom muhit yaratish, zararli

odatlardan voz kechish.

-

Tug‘ruqdan keyin bolani muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, eshitish va asab tizimi

faoliyatini nazorat qilish.

2. Erta aniqlash va logopedik yordam:
- Nutq rivojlanishidagi kechikishlarni erta aniqlash va mutaxassisga murojaat qilish.-

Bolani logopedik va defektologik ko‘rikdan o‘tkazish, zarur hollarda korreksion ta’lim va

tarbiya tashkil etish.

3. Nutq muhitini shakllantirish:
- Bolaga aniq, ravon va

to‘g‘ri talaffuzda gapirish, uni diqqat bilan tinglash va

rag‘batlantirish.

-

“Bola tili”da gapirishdan saqlanish, so‘zlarni to‘g‘ri va tabiiy tarzda takrorlash.

-

O‘yinlar, rolli mashg‘ulotlar, she’r va qo‘shiqlar orqali nutqni rivojlantirish.

4. Artikulyatsion va nafas mashqlari:
-

Ko‘zgu oldida lab va til uchun maxsus mashqlar bajarish

-

To‘g‘ri nutqiy nafas olishni o‘rgatish: patni puflash, lunjlarni shishirish kabi o‘yinlar.

5. Lug‘at va grammatikani boyitish:

-

Har kuni ovoz chiqarib kitob o‘q

ish, rasmlar asosida suhbatlashish, savol-javob

o‘yinlari o‘ynash.

-

“Nutq kundaligi” yuritish va bola yutuqlarini yozib borish.

6. Televizor va gadjetlardan cheklash:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2024) / ISSN 2181-3701

241

- Passiv idrokni shakllantiruvchi vositalardan foydalanishni kamaytirish, jonli

muloqotga ustuvor ahamiyat berish.

7. Ijtimoiy va pedagogik muhit:
-

Bolani ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilish, maktab va oilada sog‘lom psixologik muhit

yaratish.

Nutq kamchiliklarining oldini olish uchun sog‘lom muhit, erta tashxis, logopedik

yordam, to‘g‘ri pedagogik yondashuv va doimiy rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega:

Prenatal davrda e’tibor: Homiladorlik davridagi sog‘lom turmush tarzi, stressdan

saqlanish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish.

Ilk yoshdagi nutqni rivojlantirish: Muloqotga kirishish, o‘yinlar o‘ynash, kitob o‘qish,

qo‘shiqlar aytish.

Oilada nutq muhitini yaratish: Kattalarning to‘g‘ri nutqi, adabiy til, kitob o‘qish, bahs

-

munozaralar uyushtirish.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlari: Nutq

o‘yinlari, artikulyatsion mashqlar, she’rlar yodlash, hikoyalar tuzish.

Logopedik yordam: Muntazam mashg‘ulotlar, individual yondashuv, nutq apparatini

mustahkamlash.

Nutq o‘yinlari va mashqlari: Talaffuzni yaxshilash, nafas olishni nazorat qilish,

artikulyatsiyani rivojlantirish.

Ijodiy faoliyat: Qo‘shiq aytish, she’r yodlash, sahna ko‘rinishlarida ishtirok etish, teatr

to‘garaklariga qatnashish.

Psixologik yordam: Qo‘rquv, stress, uyatchanlikni bartaraf etish, o‘ziga ishonchni

oshirish.

5. Ota-onalar, pedagoglar va mutaxassislar uchun tavsiyalar

Bolaning nutqiga e’tiborli bo‘lish, kamchiliklarni erta aniqlash va mutaxassisga

murojaat qilish.

Bolani tinglash, savollarga javob berish, muloqotga rag‘batlantirish, erkin fikr

bildirishiga imkon yaratish.

To‘g‘ri nutq namunalarini ko‘rsatish, xatolarni tuzatish (to‘g‘ri va muloyimlik bilan).

Nutqni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish (o‘yinlar, kitoblar, mashg‘ulotlar).

Logoped va psixolog bilan hamkorlik qilish, ularning tavsiyalariga amal qilish.

XULOSA

Qiz bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish

kompleks yondashuvni talab

etadigan muhim vazifa. Ota-

onalarning e’tibori, pedagoglarning malakasi va

mutaxassislarning yordami qiz bolalarning nutqini rivojlantirishda muhim rol o‘ynay

di.

Zamonaviy usullar va texnologiyalardan foydalanish, nutqni rivojlantirishga qaratilgan

o‘yinlar va mashqlar bolalarning nutq madaniyatini shakllantirishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

"BILLI" bolalar akademiyasi https://www.t.me/s/billi_uz?before=10736

2.

Ayollar salomatligi kalendari. Yosh bilan bog`liq xastaliklarning oldini olamiz!

https://darakchi.uz/oz/16149

3.

vb.indd

https://hesperian.org/wp-

content/uploads/pdf/uz_la_wtnd_2015/uz_la_wtnd_2015_12.pdf

4.

Bolalar

va

oʻsmirlar

gigiyenasi

-

Vikipediya

https://uz.wikipedia.org/wiki/Bolalar_va_o%CA%BBsmirlar_gigiyenasi


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

6 (2024) / ISSN 2181-3701

242

5.

DEFEKTOLOG-LOGOPED

MASLAHATI

https://teletype.in/@oilavagenderinstituti/20250606-3

6.

60110300-

Arnawlı

pedagogika(logopediya)

https://ndpi

.uz/wp-

content/uploads/2023/10/soylewdin-ontogenezda-rawajlaniwi-uz-1-kurs-
logopediya.pdf

7.

Bola nutqining rivojlanish bosqichlari (1 yoshdan-7 yoshgacha)

Zamin.uz,

04.12.2016

https://zamin.uz/uz/hayot-tarzi/15398-bola-nutqining-rivojlanish-

bosqichlari-1-eshdan-7-eshgacha.html

References

"BILLI" bolalar akademiyasi https://www.t.me/s/billi_uz?before=10736

Ayollar salomatligi kalendari. Yosh bilan bog`liq xastaliklarning oldini olamiz! https://darakchi.uz/oz/16149

vb.indd https://hesperian.org/wp-content/uploads/pdf/uz_la_wtnd_2015/uz_la_wtnd_2015_12.pdf

Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi - Vikipediya https://uz.wikipedia.org/wiki/Bolalar_va_o%CA%BBsmirlar_gigiyenasi

DEFEKTOLOG-LOGOPED MASLAHATI https://teletype.in/@oilavagenderinstituti/20250606-3

-Arnawlı pedagogika(logopediya) https://ndpi.uz/wp-content/uploads/2023/10/soylewdin-ontogenezda-rawajlaniwi-uz-1-kurs-logopediya.pdf

Bola nutqining rivojlanish bosqichlari (1 yoshdan-7 yoshgacha) – Zamin.uz, 04.12.2016 https://zamin.uz/uz/hayot-tarzi/15398-bola-nutqining-rivojlanish-bosqichlari-1-eshdan-7-eshgacha.html