Сравнительный анализ речи мальчиков: особенности развития и языковые изменения

Аннотация

Статья посвящена сравнительному анализу особенностей развития речи мальчиков, изменениям речи в разном возрасте и факторам, на нее влияющим. В исследовании изучаются лексические, грамматические, фонетические и стилистические аспекты речи мальчиков, рассматриваются современные языковые изменения и их причины. На основе полученных результатов разработаны практические рекомендации для родителей, педагогов и лингвистов.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
ВАК
elibrary
doi
 
Выпуск:
CC BY f
243-248

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Козокбоева D. (2024). Сравнительный анализ речи мальчиков: особенности развития и языковые изменения. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5), 243–248. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign-linguistics/article/view/133958
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Статья посвящена сравнительному анализу особенностей развития речи мальчиков, изменениям речи в разном возрасте и факторам, на нее влияющим. В исследовании изучаются лексические, грамматические, фонетические и стилистические аспекты речи мальчиков, рассматриваются современные языковые изменения и их причины. На основе полученных результатов разработаны практические рекомендации для родителей, педагогов и лингвистов.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika –

Зарубежная лингвистика и
лингводидактика – Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Comparative Analysis of Boys' Speech: Developmental
Characteristics and Linguistic Changes

Dilfuzakhon KOZOKBOEVA

1


Andijan State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

10 August 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

This article is devoted to a comparative analysis of the

developmental features of boys’ speech, changes in speech at
different ages, and factors influencing it. The study studies the

lexical, grammatical, phonetic, and stylistic aspects of boys’

speech, and examines modern linguistic changes and their

causes.

Based

on

the

results

obtained,

practical

recommendations for parents, educators, and linguists have

been developed.

2181-3701/© 2024 in Science LLC.
DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss5-pp243-248

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

speech development,

boys’ speech,

comparative analysis,

lexis,

grammar,

phonetics,

linguistic changes.

O‘g‘il bolalar nutqining qiyosiy tahlili: rivojlanish
xususiyatlari va lingvistik o‘zgarishlar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

nutq rivojlanishi,

oʻgʻil bolalar nutqi,

qiyosiy tahlil,

leksika,

grammatika,

fonetika,

lingvistik oʻzgarishlar.

Ushbu maqola oʻgʻil bolalar nutqining rivojlanish

xususiyatlari, turli yoshdagi nutqidagi oʻzgarishlar va unga taʼsir

etuvchi omillarni qiyosiy tahlil qilishga bagʻishlangan.

Tadqiqotda oʻgʻil bolalar nutqining leksik, grammatik, fonetik va

uslubiy jihatlari oʻrganilib, zamonaviy lingvistik oʻzgarishlar va
ularning sabablari koʻrib chiqiladi. Olingan natijalar asosida ota-

onalar, pedagoglar va tilshunoslar uchun amaliy tavsiyalar

ishlab chiqilgan.

1

PhD, Associate Professor, Andijan State Institute of Foreign Languages.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701

244

Сравнительный анализ речи мальчиков: особенности
развития и языковые изменения

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

речевое развитие,

речь мальчиков,
сравнительный анализ,

лексика,

грамматика,

фонетика,

языковые изменения.

Статья

посвящена

сравнительному

анализу

особенностей развития речи мальчиков, изменениям речи

в разном возрасте и факторам, на нее влияющим.

В исследовании изучаются лексические, грамматические,

фонетические и стилистические аспекты речи мальчиков,
рассматриваются современные языковые изменения и их
причины. На основе полученных результатов разработаны

практические рекомендации для родителей, педагогов и

лингвистов.


KIRISH

Nutq insonning eng muhim kommunikativ vositalaridan biri bo‘lib, shaxsning

shakllanishida va jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim rol o‘ynaydi. Bolalar nutqining
rivojlanishi, ayniqsa, o‘g‘il bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish dolzarb
ahamiyatga ega. Chunki, nutq rivojlanishidagi har qanday kechikish yoki nuqson
kelajakda o‘qish, yozish va muloqot qilishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

O‘g‘il bolalarning nutq rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib, til qobiliyatlarining

shakllanishi, lug‘at boyligining oshishi va grammatik qurilmalarning takomillashuvi
orqali namoyon bo‘ladi. Bolalar psixologiyasi tadqiqotlariga ko‘ra, nutq rivojlanishi
birinchi yillardan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshadi. 2–7 yosh oralig‘ida o‘g‘il
bolalar ramzlar orqali fikrlashni boshlaydi, lekin abstrakt tushunchalarni tushunishda
cheklovlar mavjud. Bu davrda ularning nutqida asosan ot va fe’l so‘z turlari ustunlik
qiladi, sifatlar esa atrofdagi predmetlarning tashqi ko‘rinishi (96,4%) bilan
chegaralanadi.

Tadqiqotning maqsadi – oʻgʻil bolalar nutqining qiyosiy tahlili orqali uning

rivojlanish xususiyatlarini aniqlash va lingvistik oʻzgarishlarni kuzatish. Ushbu maqsadga
erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

1. Oʻgʻil bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini oʻrganish.
2. Turli yoshdagi oʻgʻil bolalar nutqidagi leksik, grammatik va fonetik

xususiyatlarni qiyoslash.

3. Oʻgʻil bolalar nutqiga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash.
4. Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish yoʻllarini koʻrsatish.
Tadqiqot obyekti – oʻgʻil bolalar nutqi. Tadqiqot predmeti – oʻgʻil bolalar nutqining

rivojlanish xususiyatlari va lingvistik oʻzgarishlar. Tadqiqot metodlari sifatida kuzatish,
suhbat, test va statistik tahlil usullaridan foydalanildi.

Asosiy qism
1. O‘g‘il bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari

O‘g‘il bolalar nutqining rivojlanishi – bu murakkab, bosqichma-bosqich kechadigan

jarayon bo‘lib, biologik, psixologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllanadi. Quyida asosiy
bosqichlar va ularning xususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritiladi.

1) Tug‘ilishdan 1 yoshgacha:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701

245

– Dastlabki bosqichda chaqaloq faqat yig‘laydi, keyin esa tovushlar (ag‘u, gugurti)

paydo bo‘ladi.

– 5-6 oylikda bola “mama”, “baba” kabi oddiy bo‘g‘inlarni talaffuz qila boshlaydi.
– 8-9 oylikda so‘zlarning ma’nosini tushuna boshlaydi va ohangga e’tibor beradi.

2) 1 yoshdan 3 yoshgacha:

– 1 yosh 3 oyda bola 6 ga yaqin so‘zni biladi, oddiy talablarni tushunadi.
– 1,5 yoshda 7–20 ta so‘z, 2 yoshda esa 50 ga yaqin so‘zlarni biladi va ikki so‘zli

iboralarni ishlata boshlaydi (“choy ber”, “ada keldi”).

– Bu davrda bola atrofdagilarning nutqiga taqlid qiladi, ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri

talaffuz qiladi yoki umuman ishlatmaydi.

3) 3 yoshdan 7 yoshgacha:

– 3 yoshda so‘z boyligi 300–320 taga yetadi, bola oddiy voqealarni hikoya qilib

bera oladi.

– 4 yoshda “kim?”, “qayerda?”, “nega?” kabi savollarni faol ishlatadi, so‘z boyligi

1200-1500 taga yetadi.

– 5-6 yoshda grammatik tuzilishlar va izchil nutq shakllanadi, bola murakkab

gaplarni tuza oladi.

4) 7 yoshdan yuqoriga:

– Maktab yoshida nutqning yangi turi – yozma nutq rivojlanadi.
– Grammatik konstruksiyalar murakkablashadi, tafakkur jarayonlari nutqda o‘z

aksini topadi.

O‘g‘il bolalar nutqining rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshadi va har bir

bosqichda o‘ziga xos nutqiy ko‘nikmalar shakllanadi. Rivojlanish jarayonida atrof-muhit
va to‘g‘ri pedagogik yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Turli yoshdagi oʻgʻil bolalar nutqining qiyosiy tahlili

Oʻgʻil bolalar nutqining rivojlanishi bosqichma-bosqich kechadi va har bir yosh

davri oʻziga xos xususiyatlarga ega. Nutq rivojlanishining har bir bosqichida soʻz boyligi,
grammatik tuzilma va muloqot ko‘nikmalari asta-sekin murakkablashadi.

– Kichik yoshda (1-2 yosh) oʻgʻil bolalar nutqi asosan ehtiyoj va oddiy buyruqlarni

ifodalashga qaratilgan boʻlib, soʻz boyligi cheklangan va talaffuzda baʼzi tovushlar
yetishmaydi.

– 3 yoshdan boshlab so‘z boyligi tez ortadi, savol-javoblar, qisqa hikoyalar aytish

ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Bu bosqichda nutq muloqot va axborot almashish vositasiga
aylanadi.

– 4-5 yoshda grammatik tuzilma murakkablashadi, bolalar mustaqil va izchil

gapira boshlaydi. So‘z boyligi kengayadi, nutq orqali o‘z fikrini, istagini ifodalay oladi.

– 6-7 yoshga kelib, nutq to‘liq shakllanadi: talaffuz to‘g‘riligi, grammatik tuzilmalar

va mustaqil fikrlash rivojlanadi.

Turli

yoshdagi

oʻgʻil

bolalar

nutqi

rivojlanishi

bosqichma-bosqich

murakkablashadi: dastlab ehtiyoj va buyruqlardan iborat boʻlsa, maktabgacha yoshga
kelib mustaqil, grammatik jihatdan to‘g‘ri va boy nutq shakllanadi. Bu jarayonda atrof-
muhit, tarbiya va individual xususiyatlar muhim rol o‘ynaydi.

Turli yoshdagi oʻgʻil bolalar nutqining qiyosiy tahlili ularning nutqidagi leksik,

grammatik, fonetik va uslubiy xususiyatlardagi farqlarni aniqlash imkonini beradi.

Lugʻat boyligining oshishiga quyidagi omillar taʼsir etadi:
– Ota-ona va oʻqituvchi bilan muloqot intensivligi


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701

246

– Ijtimoiy muhit va oʻyinlar orqali yangi soʻzlarni oʻzlashtirish
– Kitob oʻqish va sheʼrlarni yod olish kabi mashqlar
Lingvistik oʻzgarishlarning bosqichlari
1. Situatsion nutq bosqichi (2-4 yosh):
Nutq predmetli vaziyat bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, feʼllar faqat konkret

harakatlarni ifodalaydi. Sifatlar asosan rang va hajm bilan chegaralanadi.

2. Nosituativ-bilish bosqichi (4-6 yosh):
Sifatlarning tarkibi kengayib, estetik (11,25%) va axloqiy (9,3%) xususiyatlarni oʻz

ichiga oladi. Feʼllarda irodaviy va intellektual harakatlar ifodalari (9,76%) paydo boʻladi.

3. Mantiqiy tahlil bosqichi (7+ yosh):
Bolalar gap tarkibidagi soʻzlarni ajrata boshlaydi, murakkab grammatik

qurilmalarni qoʻllay oladi[5]. Abstrakt fikrlash qobiliyati shakllanadi.

Nutq rivojlanishidagi gender farqlari
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oʻgʻil bolalar:
– Leksik boylikda dastlabki bosqichlarda qizlardan orqada qolishi mumkin.
– Grammatik qurilmalarni oʻzlashtirishda murakkab jumlalarni qurishda

qiyinchiliklar koʻrsatishi.

– Nutq tezligi va talaffuz aniqligida individual farqlar katta ahamiyatga ega.
• Leksik xususiyatlar: Yosh oʻtishi bilan bolaning soʻz boyligi ortadi. Kichik

yoshdagi bolalar oddiy soʻzlarni ishlatsa, katta yoshdagi bolalar murakkab soʻzlarni va
iboralarni qoʻllaydi.

• Grammatik xususiyatlar: Kichik yoshdagi bolalar gap tuzishda xatolarga yoʻl

qoʻysa, katta yoshdagi bolalar grammatik qoidalarga rioya qiladi.

• Fonetik xususiyatlar: Yosh oʻtishi bilan bolaning talaffuzi yaxshilanadi. Kichik

yoshdagi bolalar baʼzi tovushlarni notoʻgʻri talaffuz qilsa, katta yoshdagi bolalar toʻgʻri
talaffuz qiladi.

• Nutqning uslubiy xususiyatlari: Yosh oʻtishi bilan bolaning nutqi ravonroq,

ifodaliroq va emotsionalroq boʻladi.

3. Oʻgʻil bolalar nutqiga taʼsir etuvchi omillar
Oʻgʻil bolalar nutqining rivojlanishi murakkab va bosqichma-bosqich kechadigan

jarayon boʻlib, unga turli omillar taʼsir koʻrsatadi. Quyida asosiy omillar va ularning taʼsiri
qisqacha yoritiladi.

Biologik omillar:
– Irsi kasalliklar va genetik moyilliklar, ayniqsa, ota-onada nutq bilan bogʻliq

muammolar boʻlsa, bolada ham uchrashi mumkin.

– Homiladorlik va tugʻuruq davridagi asoratlar (masalan, onaning virusli

kasalliklari, dorilarni nazoratsiz qabul qilishi, tugʻuruqda bolaning kislorodsiz qolishi)
bolaning miya faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

– Markaziy asab tizimi yoki eshitish organlarining tugʻma yoki orttirilgan

nuqsonlari ham nutq rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Ijtimoiy va psixologik omillar:
– Bola atrofidagi muhit, yaʼni oiladagi muloqot darajasi, ota-ona va pedagoglarning

eʼtibori, ragʻbati va suhbatlari nutq rivojlanishiga kuchli taʼsir qiladi.

– Bolaga bir vaqtning oʻzida bir necha tilni oʻrgatish, ayniqsa nutqi toʻliq

shakllanmagan boʻlsa, nutq kechikishiga yoki nuqsonlar paydo boʻlishiga sabab boʻlishi
mumkin.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701

247

– Stress, psixologik jarohatlar, emotsional beqarorlik ham nutqiy muammolarni

kuchaytiradi.

Pedagogik va tarbiyaviy omillar:

– Bolaning nutqiga toʻgʻri va boy muhit yaratish, faol muloqot va oʻyinlar orqali

ragʻbatlantirish, savollar berish va javoblarini tinglash nutqni rivojlantirishda muhim.

– Bola bilan “bola tilida” gaplashish (masalan, soʻzlarni buzib aytish) nutqning

kechikishiga olib kelishi mumkin.

– Oziqlanishda chaynashga imkon beruvchi ovqatlarni kiritmaslik, faqat yumshoq

ovqatlar berish tish va jagʻ rivojlanishini sekinlashtirib, tovushlarni toʻgʻri talaffuz

qilishda muammolar keltirib chiqaradi.

Oʻgʻil bolalar nutqining rivojlanishiga biologik, ijtimoiy, psixologik va pedagogik

omillar birgalikda taʼsir qiladi. Ayniqsa, oila va tarbiya muhitining toʻgʻri tashkil etilishi,

bolaga eʼtibor va ragʻbat yetarli boʻlishi, stress va salbiy omillardan himoya qilish muhim

ahamiyatga ega. Shu bilan birga, oʻgʻil bolalarda keksayish, keksalashish kabi nutqiy

nuqsonlar qizlarga nisbatan koʻproq uchrashi ham ilmiy manbalarda qayd etilgan.

4. Oʻgʻil bolalar nutqidagi lingvistik oʻzgarishlar

Lingvistik oʻzgarishlar – bu oʻgʻil bolalar nutqida soʻz boyligi, grammatik tuzilma,

tovush talaffuzi va nutq uslubidagi bosqichma-bosqich rivojlanish va oʻzgarishlardir.

Quyida ushbu oʻzgarishlarning asosiy yoʻnalishlari yoritiladi.

Soʻz boyligi va leksik oʻzgarishlar:

– Oʻgʻil bolalar dastlab oddiy soʻzlardan foydalanadi, yosh oʻtishi bilan lugʻat boyligi

kengayadi va murakkab soʻz va iboralarni oʻzlashtira boshlaydi.

– Ikki yoshga kelib, 60-80 ta soʻz, besh yoshdan keyin esa 3000 ga yaqin soʻz

ishlatishi meʼyor hisoblanadi.

Grammatik oʻzgarishlar:

– Dastlab, gaplar sodda va qisqa boʻladi. Keyinchalik, feʼllar, sifatlar va boshqa soʻz

turkumlari qoʻshilib, murakkab gaplar tuza boshlaydi.

– Gap tuzilmasi va soʻz tartibida xatolar kuzatiladi, lekin vaqt oʻtishi bilan bu

xatolar bartaraf etiladi.

Fonetik va artikulyatsion oʻzgarishlar:

– Bola birinchi navbatda talaffuzi oson boʻlgan tovushlarni oʻzlashtiradi (masalan,

“b”, “m”, “d”), keyin esa murakkab tovushlarni (“r”, “sh”, “ch”) talaffuz qila boshlaydi.

– Artikulyatsion mashqlar va nafas olish mashqlari nutqning aniq va ravon

boʻlishiga yordam beradi.

Nutq uslubi va kommunikativ oʻzgarishlar:

– Dastlab, bola nutqi koʻproq taqlidga asoslangan boʻladi. Kattalarning aniq va

ifodali nutqi bolaning soʻzlarni toʻgʻri oʻzlashtirishiga yordam beradi.

– Rolli oʻyinlar, suhbat va kitob oʻqish orqali bola nutqining kommunikativ jihatlari

rivojlanadi.

Oʻgʻil bolalar nutqida lingvistik oʻzgarishlar bosqichma-bosqich kechadi: soʻz

boyligi ortadi, grammatik va fonetik jihatlar takomillashadi, nutq uslubi va muloqot

ko‘nikmalari rivojlanadi. Bu jarayonni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun ota-ona va

pedagoglarning eʼtibori, to‘g‘ri muhit va mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega

.

Vaqt oʻtishi bilan oʻgʻil bolalar nutqida lingvistik oʻzgarishlar kuzatiladi. Zamonaviy

texnologiyalar (internet, mobil telefonlar) va madaniy oʻzgarishlar nutqqa katta taʼsir

koʻrsatmoqda. Masalan, yoshlar jargonlari, internet memlari va boshqa yangi soʻz va

iboralar nutqda keng qoʻllanilmoqda.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика

и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics

Issue – 2 № 5 (2024) / ISSN 2181-3701

248

XULOSA

Oʻgʻil bolalar nutqining rivojlanishi murakkab va koʻp qirrali jarayon boʻlib, unga

turli omillar taʼsir etadi. Turli yoshdagi oʻgʻil bolalar nutqining qiyosiy tahlili ularning
nutqidagi leksik, grammatik, fonetik va uslubiy xususiyatlardagi oʻzgarishlarni aniqlash
imkonini beradi. Zamonaviy texnologiyalar va madaniy oʻzgarishlar nutqqa katta taʼsir
koʻrsatmoqda.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion https://inlibrary.uz/

index.php/development-science-education/article/download/18407/19122/20822

2.

Bolalar

psixologiyasi

Vikipediya

https://uz.wikipedia.org/wiki/

Bolalar_psixologiyasi

3.

BOLALAR PSIXOLOGIYASI: RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA IJTIMOIY-EMOTSIONAL

O’SISH OMILLARI https://inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/59496

4.

"BILLI" bolalar akademiyasi https://www.t.me/s/billi_uz?before=10736

5.

Maktabgacha

yoshdagi

bolalar

nutqi

aloqa

vositasi

sifatida

https://moluch.ru/archive/317/72396/

6.

“Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolaga bir necha tilni o‘rgatish va turli tilda muloqot

to‘g‘ri ish emas”. Bola tilidagi nuqsonlar, kamchiliklar haqida logoped bilan suhbat
https://daryo.uz/2021/11/15/nutqi-toliq-rivojlanmagan-bolaga-bir-necha-tilni-
orgatish-va-turli-tilda-muloqot-togri-ish-emas-bola-tilidagi-nuqsonlar-kamchiliklar-
haqida-logo/

7.

ILM-FAN VA INNOVATSIYA https://in-academy.uz/index.php/si/article/

download/17559/12133/15568

8.

NUTQI TO`LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARDA YOZMA NUTQINI BUZISH

MEXANIZMINI ISHLAB CHIQISH – Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika
universiteti https://jdpu.uz/nutqi-toliq-rivojlanmagan-bolalarda-yozma-nutqini-buzish-
mexanizmini-ishlab-chiqish/

Библиографические ссылки

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion https://inlibrary.uz/ index.php/development-science-education/article/download/18407/19122/20822

Bolalar psixologiyasi – Vikipediya https://uz.wikipedia.org/wiki/ Bolalar_psixologiyasi

BOLALAR PSIXOLOGIYASI: RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA IJTIMOIY-EMOTSIONAL O’SISH OMILLARI https://inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/59496

"BILLI" bolalar akademiyasi https://www.t.me/s/billi_uz?before=10736

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida https://moluch.ru/archive/317/72396/

“Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolaga bir necha tilni o‘rgatish va turli tilda muloqot to‘g‘ri ish emas”. Bola tilidagi nuqsonlar, kamchiliklar haqida logoped bilan suhbat https://daryo.uz/2021/11/15/nutqi-toliq-rivojlanmagan-bolaga-bir-necha-tilni-orgatish-va-turli-tilda-muloqot-togri-ish-emas-bola-tilidagi-nuqsonlar-kamchiliklar-haqida-logo/

ILM-FAN VA INNOVATSIYA https://in-academy.uz/index.php/si/article/ download/17559/12133/15568

NUTQI TO`LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARDA YOZMA NUTQINI BUZISH MEXANIZMINI ISHLAB CHIQISH – Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti https://jdpu.uz/nutqi-toliq-rivojlanmagan-bolalarda-yozma-nutqini-buzish-mexanizmini-ishlab-chiqish/