Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
About the functioning of some borrowed English and
French lexical units in the Uzbek language
Dilshoda KHUDOYBERDIYEVA
Denov Entrepreneurship and Pedagogy Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
This article analyzes lexical units associated with household
appliances, which were borrowed by the Uzbek language from
English and French. The study focuses on the etymology, history
of penetration of these terms into the Uzbek language, their
adaptation to the norms of the receptor language, and the
frequency of their use in modern speech.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
air conditioner,
blender,
grill,
hairdryer,
thermos,
mixer,
borrowings,
household lexeme,
electrical appliance.
O‘zbek tilida ingliz va fransuz tillaridan o‘zlashgan ayrim
leksik birliklarning ishlatilishi xususida
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mikser,
fen,
elektrogril,
konditsoner,
termos,
blender,
o‘zlashma so‘zlar,
maishiy leksema,
elektr asbob.
Mazkur maqolada o‘zbek tiliga ingliz va fransuz tillaridan kirib
kelgan sohaga oid leksik birliklar, xususan, nutqimizda keng
qo‘llanib kelinayotgan maishiy texnikalar nomlarini anglatuvchi
ayrim o‘zlashmalarning etimologiyasi, kirib kelish tarixi, so‘z
oluvchi til normalariga moslashishi hamda nutqda ishlatilishi
o‘rganilgan.
1
PhD student, Denov Entrepreneurship and Pedagogy Institute.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
905
Об использование некоторых английских и французских
заимствованных лексических единиц в узбекском языке
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
кондиционер,
блендер,
гриль,
фен,
термос,
миксер,
заимствования,
бытовая лексема,
электроприбор.
В данной статье анализируются лексические единицы,
связанные
с
бытовой
техникой,
которые
были
заимствованы узбекским языком из английского и
французского языков. Исследование фокусируется на
этимологии, истории проникновения данных терминов в
узбекский язык, их адаптации к нормам рецепторного
языка и частоте их использования в современной речи.
Kirish.
Hozirgi o‘zbek tili lug‘ati tarkibida maishiy texnikaga oid leksemalarning soni tobora
ortib bormoqda. Shu bilan bir qatorda maishiy texnika nomlarini ifodalovchi ko‘plab leksik
birliklar asosan xorijiy tildan kirib kelganligini va ularning miqdori ancha yuqori ekalnigini
guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bunga sabab ko‘plab zamonaviy maishiy texnik vositalar
asosan rivojlangan xorij mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgani va bu vositalarni
mamlakatimizda keng miqyosda kirib kelayotganligidir. Turli tillardan o‘zlashtirilay
otgan
leksik birliklar o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshirish barobarida tilning sofligini
saqlashga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Zamonaviy maishiy texnika vositalarining
nomlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda ayni muqobil so‘z topilmaganligi sababli ko‘plab
maishiy texnika sohasiga doir so‘zlar o‘zlashma tarzida tilimizga kirib kelmoqda. Masalan
hozirgi kunda maishiy hayotimizda ishlatiladigan ingliz tilidan o‘zlashgan blender, kuler,
fen, gafri, multivarka, mikser, toaster va boshqa ko‘plab leksem
alarni misol tariqasida
keltirish mumkin. Bunday o‘zlashmalar soni kun sayin ortib bormoqda. Masalan, eski
nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 80ga yaqin xorijiy o‘zlashmalar kiritilgan bo‘lsa,
yangi nashrdan chiqqan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da esa 500ga yaqin xorijiy o‘zlashma
so‘zlar izohlangan. Bugungi kunda ko‘plab maishiy texnikaga oid leksik birliklar chet
tillardan o‘zlashgan so‘zlar bo‘lganligi sababli yuqoridagi so‘zlarning katta qismi o‘zbek
tilining izohli lug‘atida uchramaydi.
Jamiyat taraqqiyoti tillar lug‘atida hamisha o‘z izlarini qoldiradi, uni yangi leksik
birliklar va tushunchalar bilan to‘ldiradi. Shu munosabat bilan tillarning lug‘at tarkibidagi
chet tili leksemalarini o‘rganish tilshunoslikda e’tirof etilgan va hech qachon o‘z
dolzarbligini yo‘qotmaydi. Bunday lingvistik yondashuv tabiiy jarayon hisoblanadi, chunki
bunday muammolarga yetarlicha e’tibor bermaslik tillarning o‘zaro munosabatlari va bir
biriga ta’siri bilan bog‘liq masalalarni oydinlashtirishda ma’lum qiyin
chiliklarni keltirib
chiqarishi mumkin. Dunyo tilshunoslarning ko‘plab ilmiy ishlari tasdiqlaganidek, lug‘atda
o‘zlashtirilgan so‘zlar bo‘lmagan biron bir til yo‘q [1].
O‘zlashma so‘zlar xalqaro miqyosda rivojlanib ommalashib borayotgan turizm,
virtual turizm jarayonlari sababli ham keng miqyosda tilda paydo bo‘lib kelmoqda. Bu
leksemalarning ichida eng ko‘p tarmoqlisi aynan maishiy texnikaga oid so‘zlardir.
Metodologiya.
Mazkur maqolada XX asrda o‘zbek tili leksikasiga ingliz va fransuz
tillaridan o‘zlashgan fen, mikser,elektrogril termos, konditsoner, blender kabi maishiy
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
906
texnika nomlarini anglatuvchi bir qator o‘zlashma leksik birliklarning etimologiyasi, so‘z
oluvchi tilga moslashishi hamda qo‘llanilish o‘rinlarini tadqiq qilish maqsad qilib olingan.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” va ikki tilli lug‘atlar, sohaga oid i
lmiy adabiyotlarni tahlil
qilish orqali mazkur guruhga mansub leksik birliklarning etimologiyasi, nominativ
xususiyatlari va o‘zbek tilining talaffuz hamda morfologik normalariga moslashishi bilan
bog‘liq masalalar tahlil qilinadi.
Aslida, har qanday til, agar ular uchun mos keladigan ekvivalentlar bo‘lmasa, cheksiz
miqdordagi o‘zlashtirilgan so‘zlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ular bevosita (tildan tilga) va
bilvosita (vositachi tillar orqali) bo‘lishi mumkin. Ammo shuni esda tutish
kerakki, leksik
birliklar faqat ona tilida yangi ob’ekt yoki tushuncha uchun ekvivalent so‘z bo‘lmasa, so‘z
o‘zlashtirish deb tan olinishi mumkin [2].
Tadqiqotimiz obyekti o‘zbek tilida keng qo‘llanadigan, kelib chiqishiga ko‘ra ingliz
va fransuz tillariga mansub bo‘lgan o‘zlashmalardir. Quyida ularni birma
-bir tahlilga
tortamiz.
“Mikser”
so‘zi eski nashrdagi o‘zbek tilining izohli lug‘atida uchramaydi, balki 500
dan ortiq inglizcha o‘zlashma so‘zlar kiritilgan yangi nashrdagi “ O‘zbek tilining izohli
lug‘ati”da ushbu maishiy texnika asbobiga quyidagicha ta’rif berilgan: Mikser [ingl. mixer
–
aralashtirgich < lot. Mixtus
–
aralash, aralashgan] Turli suyuq va quyuq narsalarni bir-
biriga aralashtirish (krem, biror ichimlik tayyorlashda), tuxum oqi yoki qaymoqni
ko‘pirtirish uchun qo‘llanadigan dastaki yoki elektr asbob [3]. Mikser bu
keng
qo‘llaniladigan maishiy texnika vositasi bo‘lib, mikser bilan tuxum, krem, omlet, xamir,
kartoshka pyuresi, kokteyllar va boshqa mahsulotlarni ko‘pirtirib aralashtirib tayyorlash
mumkin. Qo‘l mikseri (tokli)
-
bu bir qo‘l bilan ushlab turish uchun mos
lashtirilgan ixcham
elektr moslamasi. Statsionar maishiy mikser kosasi bo‘lgan taglikka ega, uning ustiga qo‘l
mikseriga o‘xshash ko‘tariladigan yoki olinadigan tuzilma o‘rnatilgan (ba‘zi modellarda u
mahkamlangan va idish dastagi bilan ko‘tariladi [4].
Ushbu leksemaning o‘zbek tilida qo‘llanishiga misol keltiramiz:
Bu so‘zlar matbuot
sahifalarida yozilyapti, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda qatnashyapti, sport
musobaqalarida yangrayapti: modul, podium, kinomaniya, klip, biznes(men), partnyor, ofis,
dollar, yevro, prognoz, shou, marketing, protest, monitoring, linza , makiyaj, tatuaj, imij,
multimedia, reklama, modernizatsiya, nominatsiya, akvapark, innovatsiya, videokanal,
kompyuter, internet, fayl, mikser, xit, lizing, u-shu, fen-shuy, akfa, interaktiv, sheyping, sauna,
fitobar, plastika, dizayn, noutbuk, futzal kabi [5].
Matndagi leksik ma‘no anglatuvchi so‘zlardan mikser so‘zini tahlilga tortamiz.
Mikser
–
so‘z, leksik ma`nosi sovuq ichimliklarni tez aralashtirish, kokteyllar,
kremlar, xamir, pyure, va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan elektr asbob.
Stilistik bo‘yyoqdorligi jihatdan neytral, unda so‘zlovchining ijobiy yoki salbiy munosabat
i
sezilmaydi. Mikser so‘zining sinonim, antonim, omonimi yo‘q. Mikser zamonaviy qatlamga
ega bo‘lib, unda eskilik bo‘yog‘i sezilmaydi, qo‘llanish doirasi chegaralanmagan. U
o‘zlashgan qatlamga mansub: ingliz tilidan o‘zlashgan.
O‘zbek tilimizda keng qo‘llaniladigan aynan sochlarni quritish uchun ishlatiladigan
“fen” so‘zi ham dastlab lotin tilidan kirib kelgan.
“Fen”
so‘zining kelib chiqishi 1908
-yilda
AEG elektr uskunalar ishlab chiqaruvchisi tomonidan ro‘yxatga olingan va issiq alpin
shamoli sochlarini fen bilan bog‘langan nemis markasi Fo‘n bilan bog‘liq. Ushbu so‘zga
o‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan ta’ri
f quyidagicha: Fen 1 [ingl. Fan <lot. Vannus
–
yelpig‘ich (mashina)] Sochni quritishga mo‘ljallangan, havoni iliq
qilib haydovchi elektr
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
907
asbob. Fen sochni quritishga juda qulay, boshi og‘riydiganlarga foydasi bor. Gazetadan [3].
Hayotimizda keng qo‘llaniladigan bu maishiy asbob nomi o‘zbek tilimizga o‘zlashma
sifatida qo‘llanilayotganini ilmiy
-amaliy konferensiyada chop etilgan maqolada ham
ko‘rishimiz mumkin: 3* —
keng tarqalgan mehmonxona turlaridan biri. Hammomda
sovun va shampun doimo topiladi, ba’zan fen ham. Telefon va televizor bor, ayrimlarida
mini-bar va konditsioner [6].
Matnda berilgan fen so‘zini leksik tahlilga tortamiz:
Fen
–
so‘z, leksik ma`nosi sochni quritish uchun isitiladigan havoning yo‘nalishli
oqimini ta’minlovchi elektr qurilma. Stilistik bo‘yoqdorligi jihatdan neytral, unda
so‘zlovchining ijobiy yoki salbiy munosabati sezilamydi. Fen so‘zining sinonim, antonim,
omonimi y
o‘q. Bu leksema zamonaviyligi nuqtayi nazaridan neologizm. Bu leksema ingliz
tilidan o‘zlashgan so‘zlar qatoriga kiradi.
Konditsioner
bu havoni moʻtadillash agregati; ventilyator havoni isitkich, havoni
sovitkich va havo filtrlaridan iborat. Mustaqil, nomustaqil va yetkazib beruvchi
konditsioner, markaziy (obyektdan uzoqroqqa oʻrnatiladi), mahalliy (obyektning oʻziga
yoki uning yaqiniga
oʻrnatiladi) turlari bor. Mustaqil konditsionerda sovitish mashinasi
yoki sovitish mashinasi va elektr havo isitkichi boʻladi, bulardan tashqari elektr dvigatelli
sovitish kompressorlari, bugʻlatkich
-havo sovitkich, kondensator, havo filtri, elektr
dvigatelli ventilyatorlar, sovitish mashinasi ishini avtomatik rostlash, xona ichidagi havoni
bir meʼyorda avtomatik tutib turish asboblari bor. Nomustaqil konditsionerda sovuq va
issiq havo tashqi manbadan keladi. Suvni bugʻlatib havo sovitiladigan bugʻlatkichli
konditsioner ham ishlab chiqariladi [7].
Konditsioner
so‘
zi qadimgi fransuzcha
“kondision” –
“ holat yoki hatti
-
harakat”, lotincha “kondisionem” –
“ vaziyat” so‘zidan kelib
chiqqan. Konditsioner bilan bir qatorda, birinchi bo‘lib 1909 yilda to‘qimachilik ishlab
chiqarishdagi sanoat jarayoniga ishora qilingan.
Konditsioner soʻzi toʻqimachilik
mahsulotlarining namligini aniqlashda qoʻllanilgan, uni nazorat qilish nozik paxta iplarini
yigirish uchun zarur boʻlgan. Konditsionerning asl maqsadi havoni tozalash va namlikni
tartibga solish edi. Amerikacha 3 yulduzli otel Yevropaning 4 yulduzlisiga deyarli teng
hisoblanadi. Turkiya va Misrda esa xonada konditsioner bo‘lishi shart [6].
Yuqoridagi matnda berilgan konditsioner maishiy texnikaga oid so‘zni leksik
tahlilga tortamiz:
Konditsioner
–
so‘z, leksik ma‘nosi binolarda sun‘iy iqlim hosil qiluvchi qurilma,
apparat. Stilistik bo‘yoqdorligi jihatdan neytral, unda so‘zlovchining ijobiy yoki salbiy
munosabati sezilmaydi. Konditsioner so‘zining sinonim, antonim, omonimi yo‘q; bir
ma‘noli so‘z. Konditsioner zamonaviy qatlamga ega bo‘lib, unda eskilik bo‘yog‘i sezilmaydi,
qo‘llanish doirasi chegaralanmagan. U o‘zlashgan qatlamga mansub: fransuz tilidan
o‘zlashgan.
Yana bir kundalik hayotimizda keng qo‘llaniladigan maishiy texnika vositasi bu
“termos”dir.
Ushbu atamaga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha ta’rif berilgan:
Termos
( yun. Thermos
–
issiq, qaynoq) Ichiga qo‘yilgan issiq yoki sovuq narsani (
mas,issiq choy yoki sovuq suvni) uzoq vaqt shu xolicha saqlaydigan maxsus idish. Mehri
opa stolcha yonidagi korzinkadan ovqatliklar oldi, to‘rda osig‘liq termosni ochib,
stakasharg
a issiq choy qo‘ydi. Y.Shukurov, Birinchi parvoz [3]. Bundan tashqari, hozirgi
o‘zbek adabiyoti namoyondalarining asarlarrida ham ushbu terminning qo‘llanilish
o‘rinlarini misol keltiramiz: Xavotir olmang, Saidqul aka, termosda issiq choyimiz bor [8].
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
908
-
Maxsumov qo‘y so‘yib, go‘shtini tovoqlarga bostirib, sho‘rvasini kattakon termosga solib
keldi [8].
Termos so‘zini leksik jihatdan tahlil qilamiz:
Termos
–
so‘z, leksik ma`nosi oziq
-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat davomida
saqlash uchun uy sharoitida issiqlikni izolyatsiya qiluvchi idishning bir turi. Stilistik
bo‘yoqdorligi jihatdan neytral, unda so‘zlovchining ijobiy yoki salbiy munosabati
sezilma
ydi. Termos so‘zining sinonim, antonim, omonimi uchramaydi. Ushbu leksema
zamonaviy qatlamga oid so‘z bo‘lib, qo‘llanilish doirasi chegaralangan, faqat oshxona
buyumi sifatida ishlatiladi.
Termos so‘zining kelib chiqish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, termos idishning o‘zi
1892-yilda shotlandiyalik fizik va kimyogar Jeyms Dyuar tomonidan ixtiro qilingan va
ishlab chiqilgan. Dyuar kimyoga va fizik bo‘lib, uzoq safarlarda ovqatni issiq saqlash yo‘lini
topishga harakat qilgan. U oziq-ovqat va ichimliklarni soatlab isitadigan vakuumli shisha
yaratdi. 1954-yilda birinchi plastik termos shishasi ixtiro qilindi. Ushbu yangi va
takomillashtirilgan termos shishasi metal termos shishasiga qaraganda ancha yengilroq va
mashhurroq edi. Yillar davomida termos shishai rivojlanishda davom etdi. Bugungi kunda
zanglamaydigan po‘lat, shisha va plastmassani o‘z ichiga olgan turli xil termos idishlari
mavjud [9].
Elektrogril, elektrik gril
—
ovqat tayyorlash uchun xizmat qiladigan va soʻnggi
paytda kundalik hayotda tobora keng qoʻllaniladigan grill. Odatda, elektrogril maxsus
yopishtirmaydigan qoplamali, zanglamaydigan poʻlatdan yasaladi. Turli xil elektrogrillar
bor
—
Kafe va restoranlarda ishlatiladigan statsionar beton modellardan tortib, faqat
kundalik hayotda ishlatiladigan oddiy maishiy elektrogrillarigacha. Ularni bir xil
konstruksiya birlashtirib turadi
–
goʻsht va grilda pishiriladigan boshqa mahsulotlar fa
qat
elektr energiyasi yordamida qayta ishlanadi [10].
Elektrogril
–
bu ovqatlanishning bir
shakli, bu yuqoridan yoki yon tomondan, yuqorida yoki yon tomondan oziq-ovqat yer
yuzasiga qo‘llaniladigan issiqlikni o‘z ichiga oladi. Grilda pishirish odatda katta miqdorda
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri, yorqin issiqlikni o‘z ichiga oladi va go‘sht va sabzavotlarni tez pishirish
uchun ishlatiladi. Grilda tayyorlanadigan taomlar panjarada (issiqlik manbai yuqorida
yoki pastda boʻlgan panjara kabi ochiq simli toʻrda) choʻyan/qo
vurma tovasi yoki panjara
panasida (qovuriladigan panga oʻxshash, lekin tepalari baland boʻlgan) pishiriladi. Grill
so‘zi dastlab XVI asr o‘rtalarida eski fransuz tilida “graille” va keyinchalik “grill” holida
maishiy texnika sohasidagi leksema tarzida qo
‘llanib boshlangan [11].
Ushbu so‘z o‘zlashma so‘zlar tarkibiga kiradi va o‘zbek tilimizda har xil tarzda ya`ni
grill, elektrogril va elektrik grill kabi qo‘llaniladi. Ushbu maishiy texnika nomini ona
-tili
darsligida berilgan mashqda “grill” holida ishlatilganini guvohi bo‘lishimi
z mumkin:
15.7-
mashq. Berilgan so‘zlarning ma’nosini izohli lug‘at yordamida toping va ular qaysi tildan
o‘zlashganligini aniqlang.
Namuna: intonatsiya (lot.)
–
ohang; kafe (fr.)
–
tamaddixona. Intonatsiya, ma’rifat,
ziroat, rafiq, zurriyot, maxluq, fath, za’faron, shiypon, tamaddun, kafe, mujgon, ruxsor,
sartarosh, mehrob, gardun, oftob, lag‘mon, eksport, inventar, barg, vilka, telesk
op, duet,
fastvud, market, chikken, grill, xobbi, salfetka, reklama [12]
Matnda berilgan grill so‘zini leksik tahlil qilamiz:
Grill
–
so‘z, leksik ma`nosi go‘sht va sabzavotlarni ochiq havoda pishirish uchun
mo‘ljallangan panjara. Stilistik bo‘yoqdorligi jihatdan neytral, unda so‘zlovchining ijobiy
yoki salbiy munosabati sezilmaydi. Grill so‘zining sinonim, antonim, omonimi yo‘q; bir
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
909
ma`noli so‘z. Grill zamonaviy qatlamga ega bo‘lib, unda eskilik bo‘yog‘i sezilmaydi,
qo‘llanish doirasi chegaralanmagan. U o‘zlashgan qatlamga mansub: fransuz tilidan
o‘zlashgan.
Blender so‘zi dastlab 1870
-
yillardan boshlab qo‘llanila boshlangan qirol Clarence
yozishmalarida 1872-
yil blender so‘zi ishlatilgan. Blender so‘zi "blend" o‘zagiga "er"
qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil bo‘lgan. Blender (ba’zan Britaniya ingliz tilida
aralashmasi yoki bekor qiluvchi deb ataladi) - bu oziq-ovqat va boshqa moddalarni
aralashtirish, maydalash, yirtish yoki emululsifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan oshxona
va laboratoriya jihoz. Statsionar blender pastki qismida aylanadigan metall yoki
plastmassa pichoqli blender idishidan iborat bo‘lib, tagida joylashgan elektr motoridan
quvvatlanadi. Ba’zi kuchli modellar muz va boshqa muzlatilgan ovqatlarni ham
maydalashi mumkin. Blender konfiguratsiyasi tepada dvigatelga ega bo‘lib, uni har qanday
idish bilan ishlatish mumkin [13]. Blender so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida hamda
boshqa filologik lug‘atida uchramaydi. Ushbu maishiy texnika nomi tilimizga yaqin orada
kirib kelganligi bois ko‘p nutq jarayonida ushbu so‘zga duch kelmaymiz. Hozirgi o‘zbek
tilining badiiy asarlari va gazetalarida ham ushbu so‘zni uchratish juda qiyin. Blender
so‘zini leksik tahlilga tortamiz:
Blender
–
so‘z, leksik ma`nosi bu oziq
-ovqat va boshqa mahsulotlarni aralashtirish,
maydalash uchun ishlatiladigan oshxona va laboratoriya jihoz. Stilistik bo‘yoqdorligi
jihatdan neytral, unda so‘zlovchining ijobiy yoki salbiy munosabatlari sezilmaydi. Blender
so‘zining sinonim, antonimi yoq. Blender so‘zi omonimlik xususiyatiga ega: 1) oziq
-ovqat
va mahsulotlarni aralashtirgich; 2) animatsion filmlar, visual effektlar va 3D modellar
yaratishda ishlatiladigan erkin va ochiq kodli dastur. Blender zamonaviy q
atlamga oid so‘z
ya‘ni neologizm, qo‘llanish doirasi chegaralanmagan. Bu so‘z o‘zlashgan qatlamga mansub:
ingliz tilidan o‘zlashgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilida ingliz va fransuz tillaridan kirib kelgan
o‘zlashmalarning ko‘lami juda keng, va ular tilimizda yangi neologizmlarni paydo
bo‘lishiga ham sabab bo‘lmoqda. Maishiy texnikaga oid biz o‘rganayotgan leksemalar
ijtimoiy-iqti
sodiy, madaniy sohaga o‘zaro bog‘liqdir. Bundan tashqari, bu leksemalarning
kelib chiqish va ishlatilish o‘rinlarini o‘rganib, bu so‘zlarning tilimizda mos ekvivalentini
topish yoki yaratish hozirgi tilshunos olimlarning asosiy vazifalaridandir. Bu maqolada
ingliz va fransuz tillaridan o‘zlashgan bir nechta maishiy leksemalarning etimologiyasi va
ma’no xususiyatlari, o‘zlashma sifatida badiiy adabiyotlar hamda jurnallarda qo‘llanilish
o‘rinlari qisman yoritib berildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Khudaykulov A. E. (2020). New English borrowings in Uzbek official business
documents.
Евразийский научный журнал, (5), 68
-70.
2.
Худайкулов А.Э. Англицизмы в русских и узбекских деловых документах в
конце
XIX
го и в начале ХХ вв.// Язык, образование, перевод. –
Ташкент, 2020 –
С. 26
-
35
3.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati (O‘TIL). 1
-5 jildlar.
–
T.: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
4.
Лепаев Д. Помощник хозяйки —
миксер // Наука и жизнь:
журнал. —
1985.
—
№ 8. —
С.
VIII, 97-99.
—
ISSN 0028-1263.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
910
5.
A`lamova M., Ziyamuhamedova Sh. Nutqda aks etar bir olam boylik… Oliy o‘quv
yurti talabalari uchun o‘quv
-
uslubiy qo‘llanma. –
T.: TDYI nashriyoti, 2009. 55 bet.
6.
Abdullayeva Mohichehra “O‘zbekiston Respublikasida mehmonxonalarni
rivojlantirish va ularga beriladigan yulduzlar” maqola, “Qo‘qon universiteti” 15
-may,
2023-yil.
7.
O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi. Toshkent. 2000-yil
8.
Murod Muhammad Do‘st. “Lolazor” romani, 1988
-
yil. “Yangi asr avlodi”
nashriyoti.
9.
Квятковский С. Инфракрасная кухня // Наука и жизнь:
журнал. —
1985.
—
№ 7. —
C. VIII, 97-99.
—
ISSN 0028-1263
10. https://srcyrl.dillerthermos.com
11. https://etymonline.com
12. Mengliyev B., Toshmirzayeva Sh., Atoyeva S., Majidova S., Mannopova D
. “
Ona
tili
”
Umumiy o
‘
rta ta`lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik.
–
T
.: “
O
‘
qituvchi
”
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.
13. https://idioms.thefreedictionary.com