Авторы

  • Атоулло Ахмедов
    Кандидат филологических наук, доцент, Бухарский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67155

Ключевые слова:

тюркские языки согласный звук дивергенции согласных конвергенции согласных твёрдые звуки мягкие звуки татарский язык узбекский язык

Аннотация

В данной статье рассматривается и поясняется место образования согласных в турецких языках, их нёбные и велярные (мягкие и твёрдые) особенности на примере татарского и узбекского языков.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Consonant system of the Uzbek and Tatar languages

Atullo AKHMEDOV

1


Bukhara State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

10 May 2024
Accepted 25 May 2024

Available online

25 June 2024

This article discusses and explains the place of consonant

formation in the Turkish languages and their palatal and velar

(soft and hard) features in the example of the Tatar and Uzbek

languages.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp45-51

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

Turkic languages,
consonantal sound,
divergences of consonants,
convergences of consonants,

hard sounds,

soft sounds,

Tatar language,

Uzbek language.

O‘zbek va tatar tili undosh tovushlar tizim

i

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Turkiy tillar,

undosh tovush,

undoshlar divergensiyasi,
undoshlar konvergensiyasi,
qattiq tovushlar,

yumshoq tovushlar,

Tatar tili,

Oʻzbek til.

Ushbu maqolada turkiy tillarda undoshlarning hosil bo‘lish

o‘rni va

ularning palatal va velar (yumshoq va qattiq)

xususiyatlari borasidagi fikrlar tatar va oʻzbek tillari misolida

sharhlangan.

1

Associate Professor, Bukhara State University. E-mail: a.r.ahmedov@buxdu.uz


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

46

Система согласных узбекского и татарского языков

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Тюркские языки,

согласный звук,

дивергенции согласных,

конвергенции согласных,

твёрдые звуки,

мягкие звуки,

Татарский язык,

Узбекский язык.

В данной статье рассматривается и поясняется место

образования согласных в турецких языках, их нёбные и

велярные (мягкие и твёрдые) особенности на примере

татарского и узбекского языков.

Fonetik tahlil va tavsifga bag‘ishlangan har qanday ish odatda unlilar tavsifidan

boshlanadi. Bu Yevropa tilshunosligi an’anasi va, ehtimol, oriy tillarda ma’no tashish

yukining ko‘pincha unlilar zimmasiga tushishi bilan bog‘liqdir. Lekin Sharq, jumladan,

arab tilshunosligida (somiy tillarda ma’no tashish yuki ko‘pincha undoshlar zimmasiga

tushishi, kam miqdordagi unlilar bu asosiy, o‘zak ma’noni har xil ko‘rinishlarda berishga

xizmat qilishi bois) fonetik tizim tavsifi, odatda, undoshlardan boshlanadi. Zotan,

artikulyatsiya (hosil bo‘lish va talaffuz etish) jihatidan ham undoshlar unlilardan ko‘ra

ancha murakkab. Shuning uchun Sharq tilshunosligi fonetik tizim tavsifini undoshlardan

boshlaydi. Shuning uchun turkiy tillar qiyosiy tarixiy fonetikasi tahlilini ham undoshlar

tavsiflash lozim.

Undoshlar tavsifini berishda Sharq (arab) tilshunosligida ularni hosil bo‘lish

o‘rniga ko‘ra bo‘g‘izdan lab tomon yo‘naltirilgan chiziqqa joylashtirish odat tusiga kirgan.

Arab tilshunosligi asoschisi Ahmad ibn Xalilning (VIII asrda yashab o‘tgan) “Kitobul’ayn”

asarida so‘zlarni lug‘atda joylashtirishda (resp. alifboda) tovushlar va ularni ifodalovchi

harflar shunday tartib bilan berilganligi sababli tilshunoslikda bunday shakl Ibn Xalil

tartibi (chizig‘i) deb ham ataladi. Turkiyshunoslikda turkiy tillarning qiyosiy

-tarixiy

fonetikasi tadqiqining asoschisi, turkiy tillarning birinchi qiyosiy-tarixiy grammatikasi

bunyodkori V.V.

Radlov 70 dan ortiq belgi (harf)larni o‘z ichiga olgan va turkiy tillar

fonetik tavsifini berishda va o‘zining mashhur qiyosiy lug‘atida so‘zlarni joylashtirishda

ham shu tartibdan foydalangan edi

*

.

Turkiyshunoslikda, jumladan E. Tenishev tahriri ostida nashr etilgan umumlashtiruvchi

tadqiqotda, turkiy bobotilning keyingi taraqqiyot davri holatida bo‘lganligi taxmin etilayotgan

17 asl undoshni bunday chiziqqa joylashtirsak, quyidagi holatni ko‘ramiz:

Tilorqa undoshlar

/gh/, /q/

Tilorqa-burun undoshi

/ng/

Tilo‘rta undosh

/y/

Ikki artikulyatsiyali

/sh/

Tiloldi-burun undoshi

/n/

Tiloldi affrikata

/ch/, /j/

Tiloldi-yon

/l/

Tiloldi titroq

/r/

Tiloldi

/t/, /d/, /s/, /z/

Lab-burun undoshi

m/

Lab undoshlari

/b/, /p/

*

Shuning uchun Radlov alfaviti (lug’ati ham) unlilar bilan boshlanadi, chunki unlilar arab tilidagi chuqur bo‘g’iz

porlovchisi ‘ayn dan ko‘ra chuquroq joyda bo‘giz ostida –

halqumda hosil bo‘ladi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

47

Bu 17 undoshdan

/m/

tovushi ham, turkiyshunoslarning fikriga ko‘ra, asl bo‘lmay,

anlautdagi

/b

/ning auslautdagi burun undoshi

/n/

ning regressiv distant assimilyatsiyasi

natijasida rivojlangan. Shuningdek, anlautdagi

/t /, /p/, /s/, /ch/

ning jaranglilashuvi

natijasida

/d/, /b/, /z/, /j

/ fonemalari shakllangan. Turkiyshunoslar turkiy bobotilning

qadimgi davr holatida unda sonorlardan boshqa jarangli undoshlar bo‘lmagan deb

yakdilona fikr bildirishadi.

Turkiy tillarda undoshlarning tarixiy taraqqiyotida ikki asosiy yo‘nalishni belgilash

mumkin. Ularning biri divergensiya

jarangsiz (aniqrog‘i jarangli/jaranglikka infifferent)

undoshlarning jaranglilashuvi va jarangli ~ jarangsizlik bilan fonologik farqlanuvchi
mustaqil fonemalarning shakllanishidir. Bu jarayon juda qadimgi davrlarda boshlangan

va biz qadimgi turkiy tilda uning ancha rivojlangan holatini ko‘ramiz –

qadimgi turkiy

tilda mutaxassislar

b, d, g, gh, z, zh

kabi jarangli undoshlar mavjudligini qayd etishadi.

Eng qadim davrlarda jarangli/jarangsizlik umuman fonologik ahamiyatga ega emasligi,
qadimgi turkiy tilda jarangli~jarangsizlik bilan farqlanuvchi bir necha juftliklar
shakllanganligi va hozirgi turkiy tillarda jarangli~jarangsizlik zidlanishi muhim fonologik
ahamiyatli (relevant) oppozitiv belgilardan biri ekanligini hisobga olsak, biz
jarangli/jarangsizlikka nisbatan indifferent undoshlarning fonologik ahamiyatli
jarangli~jarangsiz fonemalarga divergensiyasi uzoq vaqtlardan beri davom etib

kelayotgan hodisa ekanligiga amin bo‘lamiz, zeroki keyingi taraqqiyot natijasida bunday

belgi bilan farqlanuvchi yana qator juftliklar rivojlandi (chunonchi,

/sh/

va

/jh

/,

/ch/

va

/

j

/, /

f

/ va /

v

/, qator turkiy tillarda /

th

/ va /

dh

/...)

Jarangli~jarangsizlik zidlanishining fonologik ahamiyat kashf eta borishi turkiy

tillarda hali to‘la yakunlanmagan va davom etayotgan taraqqiyot jarayonidir, chunki hali
qator turkiy tillarda jarangli juftlariga ega bo‘lmagan fonemalar, yoki

jarangli~jarangsizlik zidlanishi fonologik ahamiyat kashf etmagan (chunonchi, turkman
tilida

/th/

va

/dh

/) holatlar oz emas.

Hozirgi tillarda amalda bo‘lib, qiyosiy

-

tarixiy metod, uning qadimgi, ko‘z ilgʻamas

tarixiy davrlarda ham amalda bo‘la olishini taxmin etadigan va turkiy tillarda undoshlar
tizimining taraqqiyotini belgilashda yetakchi bo‘lgan taraqqiyot yo‘nalishlaridan yana
biri undoshlar tizimida ko‘rib o‘tilgan divergensiyaning aksi bo‘lgan konvergensiya − ikki
va undan ortiq fonemaning bitta fonemaga birlashishi − hodisasidir. Turkiy tillar tarixiy

taraqqiyotida konvergensiyaga qattiqlik ~ yumshoqlik bilan fonologik jihatdan
farqlanuvchi undoshlar uchradi.

Turkiyshunoslar turkiy bobotilda mavjud bo‘lishini taxmin etgan va yuqorida

sanab o‘tilgan 17 undoshdan 10 tasi −

b, d, g, k, l, n, r, s, t, y, k

qadimgi turkiy yozuvda har

biri qattiq va yumshoq shakllari uchun alohida-alohida belgilarga

harflarga ega, ya’ni

/

b

/ va /

b’

/, /

d

/ va /

d’

/, /

gh

/ va /

g

/, /

l

/ va /

l’

/, /

n

/ va /

n’

/, /

r

/ va /

r’

/,

/s/

va /

s’

/, /

t

/va

/

t’

/, /

y

/ va /

y’

/, /

q

/ va /

k

/ tovushlari yozuvda izchil farqlanadi. Qolgan 7 undoshda

(

p, ng, s’, j, ch, z, m

) qattiqlik~yumshoqlik yozuvda alohida-alohida harflar bilan

farqlanmaydi. Lekin turkiyshunoslarning fikriga ko‘ra,

/m/, /z/, /sh/, /j/

va hatto /

ng

/

fonemalarining keyingi davr taraqqiyoti uchun xosligini va o‘zaro yaqin bo‘lgan /

s

/ va

/

z

/, /

b

/ va /

p

/, /

n

/ va /

m

/ juftliklaridan birida qattiqlik-yumshoqlik bilan farqlanuvchi

juftlikning mavjudligi-

yu, ikkinchisida yo‘qligini qiyoslasak, xulosa chiqarishimiz

mumkinki, asosan, keyinchalik rivojlangan undoshlarda bu belgi bilan farqlanishni grafik

ifodalash susaygan, ya’ni keyingi davrda shakllangan undoshlarda qattik

-yumshoqlik

bilan farqlanish yo‘qola borgan. Hozirgi turkiy tillarda esa –

o‘zbek tilidagina fonologik


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

48

jihatdan farqlanuvchi /

gh

/ va /

g

/, /q/ va /

k

/ undoshlarini hisobga olmasak

bu

fonologik farq batamom yo‘qolgan. Shuning uchun faraz etish mumkinki, biz turkiy tillar

tarixiga qancha chuqurlasha borsak, qattiqlik-yumshoqlik bilan farqlanish tamoyilining
kuchayishini (va, aksincha, bobotil holatidan keyingi davrlarga yaqinlasha borgan sayin

bu tamoyil ta’sirining zaiflasha borishini) ko‘rishimiz mumkin. Bu esa turkiy bobotilda

qattiqlik-

yumshoqlik bilan farqlanish qat’iy fonologik hodisa bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan

u o‘z o‘rnini turkiy tillarda undoshlar tizimida jarangsizlik

-jaranglilik tamoyilining

fonologik mavqe kashf eta boshlashiga bo‘shatib bergan degan xulosaga olib keladi

*

.

Hozirgi turkiy tillarning undoshlar tizimida bu jarayon to‘la yakunlangan –

qattiq-

yumshoqlik bilan farqlanish faqat o‘zbek tilida, shunda ham atigi ikki juft undoshda

/q/ va /k/, /g‘/ va /g/

undoshlaridagina saqlangan

**

. Qolgan barcha turkiy tillarda

undoshlarda qattiqlik-

yumshoqlik bilan farqlanish batamom yo‘qolgan. Ayrim turkiy

xalqlar yozuvida (chunonchi, qozoqlarda) yozuvda /

q

/ va /

k

/ ba’zan /

g‘

/ va /

g

/

farqlansa-

da, ularda fonologik farqlanish xususiyati yo‘q. Masalan, o‘zbek tiliga

o‘zb

. qir~kir

juftliklarida ma’no farqlash vazifasini /

q

/ va /

k

/ fonemalarining zidlanishi bajarsa, qirg‘iz

tilida

qir.

kir~ki’r

juftligida bu vazifani /

i

/~/

i’

/ fonemalari juftligi bajaradi.

Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy fonetikasida ahamiyatli masallardan yana biri

undoshlarning qo‘llanilish –

o‘ng‘ay mavqelaridir. Chunki fonemalar uchun shunday

mavqelar (pozitsiya, so‘z/morfema tarkibidagi o‘rin) ham borki, ular bu mavqeda
qo‘llanila olmaydi. Masalan, tilimizda /

e

/ fonemasi hozir ham ikkinchi va undan keyingi

bo‘g‘inlarda kelolmaydi. Ma’lum mavqe bilan cheklanish juda ko‘p hollarda fonemaning
nisbatan “yosh”ligi, tilning fonetik tizimiga singib ketmaganligi belgisidir.

Turkiyshunoslarning ko‘pchiligi, jumladan, turkiy tillar qiyosiy tarixiy fonetika

otaxoni V. Radlov fikricha, turkiy bobotilda anlautda jarangli undoshlar umuman

qo‘llanilmagan.

Turkiy tillarda istagan mavqeda kela olmaydigan undoshlar quyidagilar:

r, l, ng, ng‘, n

undoshlari turkiy so‘zlar anlautida kelolmaydi. Shuning uchun

chetdan olingan va bu undoshlar bilan boshlanadigan so‘zlarda protetik unli paydo
bo‘lishi mumkin

urus →

rus

.rus, oroza→

toj

.ruza

,qarq.

irahmat →

ar

.rahmat,

qoz

.iris →

ar.

rizq

.

Turkiy so‘zlar anlautida jarangli undoshlarning kelishi ham hamma turkiy tillar

uchun xos emas va, asosan, o‘g‘uz tillar guruhining o‘ziga xos belgisidir

o‘zb

.tosh ~

tur

dash,

qoz

.tas ~

ozar

.dash;

o‘zb

kul ~

ozar

. gu’l

. Auslautda

g, g‘

undoshlari ham hamma turkiy tillar

uchun xos emas. Masalan, qipchoq guruh tillarda ular bu mavqeda /u

d

/a

d

/ − lablangan

divtonglarga o‘tadi

o‘zb

.qishlag‘ ~

qoz

. qishla

d

(qishlaw)

. Jarangli undoshlarning auslatda

kelishi ham turkiy tillarda qator cheklanishlarga ega. Jarangli-jarangsiz juftli

undoshlarda, masalan, qozoq, qirg‘iz, turkman, xakas tillarida auslatda faqat
jarangsizining kelish me’yor sanalsa, o‘zbek tilida bu qoida faqat

/b/~/p/

va

/d/~/t/

ga

taalluqlidir; tilimizda

/z/, /g/, /g‘

/, hatto o‘zlashgan

/jh/, /v/

jarangli undoshlari

auslautda ma’lum miqdorda jarangliligini saqlaydi va hatto fonologik ahamiyatini ham
yo‘qotmaydi. Qiyos.:

o‘zb

.qiz ~ qis, tuz ~ tus, tiz ~ tis, iz~ is; eg ~ ek, yog‘ ~ yoq, sig‘ ~ siq;

Shunga o‘xshash cheklanishlarni boshqa tillarda ham ko‘rish mumkin.

*

Bunday almashinish esa tilshunoslikda tarixiy taraqqiyotning eng ta’sirchan qonunlaridan biri bo‘lgan iqtisod, tejam,

tejamkorlikka intilish qonuniyatining voqelanishi bilan uzviy bog‘liq.

**

O‘zbek tili uchun o‘ta xususiy bo‘lgan /x/ va /h/ farqlanishining bu fonemalarni farqlamaydigan o‘zbek shevalari

vakillari tilida (jumladan, Toshkent-

Farg‘ona mintaqasi aholisi nutqida) ularni “qattiq” (yani /x/) va “yumshoq”

(yani /h /) deb nomlanishi ham bevosita shu bilan bog‘liq.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

49

Turkiy tillarda hozirgi kunda qo‘llanilayotgan undoshlarning asosiy ko‘pchilik

qattiqlik/yumshoqlik bilan fonologik farqqa ega bo‘lgan 13 asl turkiy undoshning

divergensiyasi (jarangli va jarangsiz juftliklarning rivojlanishi), assimilyatsiyasi (

b → m

),

boshqa turdagi fonetik o‘zgarishlar natijasida (chunonchi, intervokal mavqeda

b→w/v,

gh→w/v,/

s

/ undoshining old qator tor unlilardan keyin /

sh

/ ga o‘tishi) rivojlangan. Shu

bilan birga noturkiy tillardan ham kirib o‘zlashgan undoshlar borligini turkiyshunoslar
qayd etishadi. Bu o‘rinda eslatib o‘tish kerakki, boshqa tillardan fonema/tovush

(umuman, har bir turdagi boshqa birliklar

hatto leksemalar) o‘zlashtirish masalasida

juda ehtiyot bo‘lmoq lozim. Zeroki, tilining ichki sistemasida, tizimning o‘zida ma’lum bir
imkoniyat bo‘lmasa, faqat zarurat asosida o‘zga birlikning til tizimida o‘zlashishi va
tizimiy o‘rin egallashini tasavvur qilish juda mushkul; til tizimining o‘zida
mujassamlangan imkoniyat bo‘lsa, o‘zga til ta’siri buni kuchaytirishi, bu imkoniyat agar
tilda zaiflashib yoki yo‘qolib borayotgan bo‘lsa, bu jarayonni to‘xtatishi yoki susaytirishi
mumkin. O‘zga til ta’siri –

to tillar interferensiyasi sodir bo‘lib, ikki tildan yangi bir

uchinchi tilning

har ikkala oldingi tildan farqlanuvchi yangi bir tizimning

shakllanmagunicha

tizimiy munosabatlarning ichiga suqilib

tizimni yorib

kira

olmaydi. Shuning uchun ham “o‘zga tillardan o‘zlashgan fonemalar” masalasiga ham
ehtiyotlik bilan yondashish kerak. Birinchi navbatda bu, albatta, o‘zbek tilida

/q/ va /k/,

/g‘/ va /g/

juftliklarida qattiqlik~yumshoqlik fonologik farqini saqlanishi masalasi

talqiniga oiddir. Ko‘rib o‘tganimizdek, bunday farqlanish eng qadimiy turkiy fonologik
xususiyat bo‘lib, ma’lum sabablarga ko‘ra turkiy tillarda u yo‘qola borib, o‘rnini boshqa
qonuniyatga bo‘shatgan, lekin o‘zbek tilida sanoqli juftliklarda saqlanib qolgan. Bunga,

shubhasiz, bu fonemalarni izchil farqlovchi boshqa tillar

jumladan, arab va eroniy

tillarning ta’siri bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi, lekin bunday fonologik farq o‘zga tillardan
olindi deb da’vo etish mutlaqo asossiz.

O‘zga tillardan o‘zlashgan undosh fonemalar sirasiga odatda

/x/, /h/, /f/, /w/, /v/,

//th/

lar ham kiritiladi. Jumladan, Mahmud Koshg‘ariy XI asrdayoq

/x/ va /h/

tovushlarining qo‘llanilishini xo‘tanlik va tibetlik turklar tiliga xitoy

-

tibet tillarining ta’siri

deb ta’kidlagan. Lekin /

h

/ va /

x

/ tovushlari turkiy tillar uchun tamoman begona, yot

tovush emas.

um

./s/

ning

/h/

ga o‘tishi boshqird tili uchun me’yoriy tovush mos kelishi –

o‘zb

.sariq ~

bos

.hari

bo‘lib minglab hodisalarda ko‘rish mumkin. /

s/

ning /

h

/ga o‘tishi yoqut

va boshqa tillar uchun ham xosdir. Shuning uchun /

h

/ tovushi ham o‘zga tillardan kirgan

tovush emas, lekin uning faqat o‘zbek tilidagina

/h/~/x/

f onologik oppozitsiyasi

(

o‘zb

.shoh~shox, har~xar…

) g‘ayri tillar ta’sirida rivojlangan bo‘lishi mumkin.

Bevosita oʻzbek va tatar tillarining undosh tovushlar sistemasiga e’tibor qaratsak.

Tatar tilida 28 undosh fonema (tovush) bor:

b-p, v-f, w, g-

k, g‘

-q, d-t, j-sh, z-

s, l, m, n, r, x, s (ц), sh (щ)

, ch (qattiq, rus tilidan

o'zlashgan), j-ch (yumshoq, sof tatarcha),

ң, h, ’(hamza).

Tatar tili singarmonizm qonuniyatiga amal qilgani uchun undoshlar qattiq

yumshoqligini u bilan yonma-yon kelgan unli tovush belgilaydi. Bu esa ma'no farqlashga
xizmat qiladi:

әниләр

oylilar.

аналар

onalar.

тозлар

tuzlar.

үләннәр

oʻtlar

.

Endi undoshlarning tabiati haqida suhbatlashsak.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

50

Tatar tilida “w” tovushi “v” fonemasini ifodalab kelib, “u” va “ү”dan qisqaroq

talaffuz qilinadi:

авыл

о

w

ыл] –

ovul, qishloq.

вакыт

[

о

қыт] –

vaqt.

тау

[та

о

w]

togʻ.

Мәскаәү

[мәскә

w]

Moskva.

дәү

[дә

w]

katta.

Bu tovushni talaffuz qilganda lablar

choʻchchayadi va oldinga choʻziladi.

Tatar tilidagi “q”, “gʻ” tovushlar oʻzbek tilidagi kabi talaffuz qilinadi. Ular oʻ

zaro bir

biridan jarangli va jarangsizligi bilan farqlanadi:

Казан

[қа

о

зан] –

Qazon

каз

[қа

о

з] –

gʻoz

кул

[қул] –

qoʻl

ак

о

қ

]

oq

гадәт

[

ғәдәт

]

odat, rasm-rusum

галим

[

ға

о

лим

]

olim.

Portlovchi undosh tovush “j” va “ch” o'zaro jarangli va jarangsizligi bilan

farqlanadi. “ch” fonemasi o'zbek tilidagi “ch”ga mosdir. Ammo ilmiy adabiyotlarimizda
oʻzbekcha “ch” “t+ch” shaklida affrikat tovush sifatida notoʻgʻri talqin qilinadi.

чәй

choy

чалбар

cholvor, bryuk

чибәр

chiroyli, koʻhlik

Чиләбе

Chelyabinck

кечкенә

[кечкенә] –

kichkina

Чулпан

Choʻlpon

Bu tovushlarga yaqin boʻlgan

“җ”

esa sirgʻaluvchidir:

Җәлил

Jalil

җәй

yoz

җиләк

meva (gilos, olcha)

кәҗә

echki.

Tatar tilidagi “

h

” tovushi o'zbek tilidagi “h” bilan bir xildir. Tatar tilida bu fonema

faqatgina forscha olinma so'zlardagina uchraydi:

һам

ham (bogʻlovchi)

шәһәр

shahar

һава

[һа

о

]

havo.

Bulardan tashqari juda kam qo

‘llanadigan “g‘amza” bo‘g‘uz tovushi borki, o‘zbek

tilida tutuq belgisi sifatida qo‘llaniladi. Bu tovush yozuvda “e” unli belgisi sifatida

yoziladi:

маэмай

[ма

`

май] –

kuchukcha

тәэсир

[тә`сир] –

ta’sir

тәэмин

[тә`мин] –

ta’min.

Yana bir undosh tovush hisoblangan

“ң”

o‘zbek tilidagi sonor tovush hisoblangan

“ң”

tovushi bilan aynan bir xildir:

уң

oʻng

аңа

unga, oʻshangga

таң

tong

көңгә

kunga

Albatta, yuqorida bayon qilingan tovushlar

oʻzbek tili

uchun murakkablik keltirib

chiqarmaydi. Chunki bu tovushlarni kundalik hayotda qo‘llaniladi. Chunonchi, quyidagi

misollar fikrimiz dalilidir:


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

51

авыл

о

w

ыл]

кул

[қул]

һава

[һа

о

]

чалбар

вакыт

[

о

қыт]

ак

о

қ

]

маэмай

[ма`май]

чибәр

тау

[та

о

w]

гадәт

[

ғәдәт

]

тәэсир

[тә`сир]

Чиләбе

дәү

[дә

w]

галим

[

ға

о

лим

]

Җәлил

Чулпан

Казан

[қа

о

зан]

кечкенә

[кечкенә]

уң

һам

каз

[қа

о

з]

тәэмин

[тә`мин]

аңа

шәһәр

Shunday qilib, turkiy tillarda, jumladan, tatar va oʻzbek tilida undoshlar tizimini

qiyosiy-

tarixiy o‘rganish natijasida bu tizimda tarixiy taraqqiyot:

a)

jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi, qadimda variativlik munosabatlarida

turgan jarangsiz~jarangli undoshlar zidlanishining fonologik mohiyat kashf etib borishi
va jarangsiz-jarangli indifferent undoshlarning jarangli va jarangsiz fonemalarga
divergensiyasi,

b)

qattiqlik-yumshoqlik bilan farqlanuvchi undoshlar orasida fonologik farqning

yo‘qolishi, ularning bu belgiga nisbatan befarq bo‘lgan indifferent undoshlarga
konvergensiyasi yo‘nalishlarida borganligini ta’kidlashimiz joizdir. Birinchi –

divergensiya hodisasi turkiy tillarda shu kunlarda ham davom etib borayotgan jarayon

boʻlsa, ikkinchi –

konvergensiya hodisasi juda ko‘p tillarda yakunlangan va ba’zi tillardagi

yozuvda an’ana sifatida saqlangan. Faqat o‘zbek tilidagina ayrim undoshlarda bu

fonologik farq haligacha saqlanib qolmoqda.

O‘zbek tilida

/q/ va /k/, /g‘/ va /g/, /x/ va /h/

fonemalari juftliklarida bu fonologik

belgining saqlanishida, o‘zbek tili uzoq davrlar davomida tojik va arab tillari bilan
bevosita va bilvosita yaqin munosabatlarda bo‘lganligi turtki bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Lekin bu omil

g‘ayritillar ta’siri –

hal etuvchi omil bo‘lishi mumkin emas –

uning chuqur

va qudratli ildizlari o‘zbek xalqi substratida − uning shaklanishi uchun zamin bo‘lgan
qadimgi xalq tilida mujassamlashgan bo‘lishi shart va zarur

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Сафиуллина Ф.С. Татарский на каждый день (Самоучитель). Казань: ТаРИХ,

2001. С. –

352.

2.

Сравнительно

-

историческая грамматика тюркских языков. Фонетика.

М.: Наука, 1984.

-

486 с.

3.

Неъматов Ҳ. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси. Т.

;

Ўқитувчи

1995.

Библиографические ссылки

Сафиуллина Ф.С. Татарский на каждый день (Самоучитель). Казань: ТаРИХ, 2001. С. –352.

Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Фонетика. – М.: Наука, 1984. -486 с.

Неъматов Ҳ. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси. Т.; Ўқитувчи 1995.