Авторы

  • Рустам Юлдошев
    Докторант, Факультет Педагогики, Каршинский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67172

Ключевые слова:

прагматическая педагогика лингвистическая прагматика прагматизм профессиональное развитие жизненные задачи компетентность личный опыт

Аннотация

Статья посвящена анализу и совершенствованию процесса прагматической педагогики среди учителей. Основная цель исследования заключается в глубоком понимании сущности прагматической педагогики и её приложений в образовательной среде, а также рассмотрении общетеоретических вопросов лингвопрагматики. В работе также освещаются вопросы, относящиеся к прагмалингвистике, что представляет интерес для изучения языковых функций в контексте реальных коммуникативных ситуаций.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

The importance of improving the methodology of working
with students in the pragmatic pedagogical process

Rustam YULDOSHEV

1

Karshi State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024
Received in revised form

10 May 2024

Accepted 25 May 2024

Available online

25 June 2024

The article is devoted to the analysis and improvement of the

process of pragmatic pedagogy among teachers. The main goal
of the study is to deeply understand the essence of pragmatic

pedagogy and its applications in the educational environment,

as well as to consider general theoretical issues of

linguopragmatics. The work also covers issues related to

pragmalinguistics, which is of interest for the study of language
functions in the context of real communicative situations.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp40-44

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

pragmatic pedagogy,
linguistic pragmatics,
pragmatism,

professional development,
life tasks,

competence,

personal experiences.

Pragmatik pedagogika jarayonida talabalar bilan ishlash
metodikasini takomillashtirishning ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

pragmatik pedagogika,

lingvistik pragmatika,
pragmatizm,

kasbiy taraqqiyot,

hayotiy vazifalar,
kompetensiya,

shaxsiy tajribalar.

Ushbu maqolada asosiy maqsad sifatida quyidagi vazifalar

muhokama qilinadi:

o’qituvchilarda pragmatik pedagogika

jarayonini takomillashtirish, uning mohiyatini anglash,

lingvistik pragmatikaning umumnazariy masalalarini anglash;

pragmalingvistika sohasiga oid ba’zi masalalar.

1

Doctoral student, Faculty of Pedagogy, Karshi State University.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика–

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

41

Значимость совершенствования методологии работы
со студентами в прагматическом педагогическом
процессе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

прагматическая
педагогика,

лингвистическая
прагматика,

прагматизм,

профессиональное
развитие,

жизненные задачи,

компетентность личный
опыт.

Статья посвящена анализу и совершенствованию

процесса прагматической педагогики среди учителей.

Основная цель исследования заключается в глубоком

понимании сущности прагматической педагогики и её

приложений

в

образовательной

среде,

а

также

рассмотрении

общетеоретических

вопросов

лингвопрагматики. В работе также освещаются вопросы,

относящиеся к прагмалингвистике, что представляет

интерес для изучения языковых функций в контексте
реальных коммуникативных ситуаций.


KIRISH

Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish

mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni
tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi.

Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish

Pedagogning asosiy funksiyasi

hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash Pedagogikanidagi asosiy tushuncha sanalib, oila va

jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini
anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda
tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va
koʻnikmalarning shaxs sifa

-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi.

Insonlar ora-

sida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur

boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi

-

sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat

oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan
taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi.
Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe
tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy

-intellektual sifatlarga ega

boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga
omil boʻladi.

ASOSIY QISM

Pragmatik pedagogika g‘oyasiga ko‘ra ta’lim oluvchilarning rivojlanishiga

ko‘maklashadigan barcha g‘oyalar samali foydali hisoblanadi. Mazkur g‘oyalar birinchi

navbatda talabalarnitng pedagogik faoiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Pragmatik

pedagogik g‘oyasiga ko‘ra jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirish uchun ta’lim

-tarbiya

tizimini tubdan qo‘zgartirish lozim. Ta’lim jarayoni shaxsni intelektual jihatdan
rivojlantirishga yo‘naltirilishi kerak. Chunki jamiyat hayotining rivojlanishi uchun

intelektual jihatdan yetuk mutaxassislar zarur. Ular taraqqiyotga turtki berib,

tendensiyalarni jadallashtiradi va ijtimoiy tajriba ko‘lamini kengaytiradi. Mazkur
tendensiyalar ta’lim oluvchilar faoliyatini jadallashtirish ularda kreativ fikrlashga
yo‘naltirishga asos bo‘lishi kerak. Bilimlarni tizimli o‘zlashtirish natijasida bo‘lajak
o‘qituvchilarda ijtimoiy faollik, muvaffaqiyat qozonishga intilish, talabalar bilan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика–

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

42

hamkorlikka kirishish tajribasining tarkib toptirishi mkhti ahmiyaga ega. Shunga ko‘ra
bo‘lajak o‘qituvchilarga taqdim etiladigan bilimlar ulirni ijtimoiy pedagogik faoliyat va
hayotga xizmat qiishga tayyorlashga xizmat qilishi lozim. Ta’lim muassasalari oldida

turgan asosiy vazifalardan biri yoshlarga bilim berish va ularni tarbiyalash orqali ijtioy

hayotga tayyorlashdan iborarit. Ta’lim oluvchilarni har tomonlama rivojlantirishda
xalqning ijtimoiy tajribasi va tarixiy madaniy meros muhim o‘rin tutadi. Chunki madaniy
meros ta’lim oluvchilarning aqliy rivojlanishi uchun stimul vazifvasini o‘taydi. Madaniy

meros Talaba hamda talaba yoshlarning ijtimoiy tajribasini kengaytirishda asosiy vosita

bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim

-tarbiya jarayoni xalqning ijtimoiy tajribasi bilan bir qatorda

Talaba hamda talaba yoshlarnning tabiiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil
etilishi lozim. Chunki u ijtioiy tajribani uzluksi kengaytirish va boyitishning asosiy

vazifasi bo‘la oladi. Talabalarga ta’limtarbiya berishda markaziy o‘rinni o‘qituvchi
egallaydi. Shuning uchun ham pedagogik jarayon markazida o‘qituvchi bilan Talaba

turadi ularning hamkorligi va birgalikdagi faliyati pedagogik jarayonning pragmatik kasb

etishiga ko‘maklashadi.

Vilyam Kilpatrik pedagogik pragmatika doriasida loyiha metodini ishlab chiqdi.

Loyiha metodi yordamida ta’lim maqsadli tarzda amalga oshiriladi. O‘quv faoliyatini
amalga oshirish jarayonida ta’lim oluvchilar aniq didaktik topshiriqlarni rejasini
tuzadilar, talabalarning qiziqishlari va mavjud tajribasini hisobga olish ko‘nikmasiga ega
bo‘ladilar.

Bugungi kunda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda pragmatik

yondashuvdan foydalanish zaruriyati kuchaymoqda. Pragmatik pedagogika o‘zida

pedagogik jarayonlarni isloh qilish vazifasini mujassamlashtiradi. Pedagogikaning ushbu

yo‘nalishi doirasida ta’lim

-

tarbiyaga oid falsafiy yondashuvlar o‘z ifodasini topadi. Shu

bilan bir qatorda pedagogik instrumentariylar, didaktik konstuksiyalar, eksprementlar

nazariyasi, didaktik jarayonlar taraqqiyoti, ta’lim

-

tarbiyaning amaliy yo‘nalishlari

rivojlantirishga oid nazariyalar, talabaning faol harakatlanishini ta’minlashga
yo‘naltirilgan o‘qitish metolikalari pragmatik pedagogikaning ob’ekti hisoblanadi.

Pragmatizm pedagogikasiga oid nazariy yondashuvlar AQShda vujudga kelgan.

Uning asoschisi esa Jon Dyu hisoblanadi. Pedagogik pragmatizm konsepsiyasiga oid

ta’limotning asosini:

Ta’lim oluvchilar, ularning rivojlanishi va tarbiyaviy jarayonlar tashkil etadi.

Ta’lim oluvchilarda shaxsiy tajribani to‘planishi ular

shaxsiyatining

shakllanishiga asos bo‘lib, bunda instumental yondashuv zarur hisoblanadi. Mazkur
yondashuv ta’lim oluvchilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri vujudga kelgan qiziqishlari va
tajribalariga tayangan holda ish ko‘rishni taqozo etadi.

O‘qitish ta’lim sub’ektining faoliyatiga tayangan holda amalga oshiriladi. Ushbu

o‘rinda ta’lim oluvchilarning o‘yin hamda mehnat faoliyati hisobga olinadi. Bo‘lajak
o‘qituvchilar esa talabalarning bunday faoliyatini tashkil etish kompetentsiyasini

egallashlari lozim. Chunki Talabaning har bir harakati uning bilish faoliyatini

rivojantirish instrumentariysi sifatida namoyon bo‘lishi kerak. Shuningdek mazkur

instrumentariy talabalarning shaxsiy qiziqishlarini aniqlab, tabiiy imkoniyatlari va

iqtidorlarini ro‘yobga chiqishga xizmat qilishi lozim. Kuzatishlarimiz shuni
ko‘rsatmoqdaki

bugungi

kunda

huddi

shunday

instrumentariyni

qo‘llash

komptensiyasiga yetarlicha ega emaslar.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика–

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

43

Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quv jarayoninin talabalarda tafakkur qilish

ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltira olish kompetensiyasini egalashlari talab

etilmoqda. Bu jarayonda talabalarda hayotiy vazifalarni yechish ko‘nikmalarini

shakllantirish, kreativ ko‘nikmalarni egallash, harakat usullarini qo‘llash haqidagi

bilimlarini boyitish, mustaqil bilim olish va o‘z o‘zini takomillashtirish usullarini o‘rgatish

kompetensiyasini talabalarda tizimli tarzda shakllantirishni nazarda tutish taqozo

qilinmoqda.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qo‘uvchilarga ta’lim

-tarbiya beruvchi muhit

shakllantiriladi. Bu jarayonda asosiy vazifalardan biri murakkab hayotiy hodisalarni

bartaraf etish nazarda tutiladi. Ular sirasiga ularni talabalarga qulay shakllarda taqdim

etish, insoniyat tajribasidagi muhim jihatlarni o‘rganish uchun tanlash va talabalarga

yetkazish, ijtimoiy farqlarni tenglashtirishga erishish, talabalar orasida yagona fikrni

shakllantirish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish kabilar kiradi.

Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik jarayonni tashkil etishda Talabaning

qiziqishlaridan kelib chiqish tajribasiga ega bo‘lishlari muhim hisoblanadi. Pedagogik

jarayon Talabaning qiziqishlarini hisobga olgan holda tshkil etilgandagina uni hayot bilan

bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bo‘lajak o‘qituvchilar har bir darsni maktab hayoti

bilan bog‘lash tajribasiga ega bo‘lishlari talab etiladi. Chunki makta hayotida

talabalarning rang barang faoliyati o‘z aksini topgan bo‘ladi. Ularga taqdim etiladigan

topshiriqlar ham xuddi shu faoliyat bilan bog‘liq holda pragmatik xarakter kasb etishiga

e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Pragmatik topshiriqlarni bo‘lajak o‘qituvchilar turli

shakllarda tuzish tajribasiga ega bo‘lishlari taqozo qilinmoqda. Talabalarning faoliyati

ko‘pqirrali bo‘lib, ularning intellektual taraqqiyotiga xizmat qilish zarurligini pragmatik

topshiriqlarni tuzish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar aniq xisobga ola bilishlari talab

etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilar darslarni muayyan bir topshiriq atrofida tashkil etish

kompetensiyasini egallashlari muhim ahamiyatga ega. Bunday mashg‘ulotlarda talabalar

birinchi navbatda pragmatik topshiriqlarni topshirish rejasini tuzish bilan

shug‘ullanadilar. Topshiriqlarning xarakteridan kelib chiqqan holda uni bajarish uchun

zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘playdilar va ular ustida ishlash ko‘nikmalarini

egallaydilar. Bo‘lajak o‘qituvchilar pragmatik topshiriqlarni talabalarga taqdim etish

tajribasini egallash jarayonida ularning qiziqishlari bilan bir qatorda yosh xususiyatlari

bilan bir qatorda hisobga olish, yosh psixologiyasiga oid bilimlarni qo‘llash tajribasini

ham ega bo‘lishlari lozim.

Talabalarga taqdim etiladigan har bir pragmatik topshiriq ularning hayotiy

faoliyatini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirishni nazrad tutishi lozim.

Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quv jarayonida talabalarga maslahatchi, yo‘naltiruvchi

funksiyalarini egallashlari lozim. Maktab o‘quv dasturlari va darsliklarda topshriqlar

uzoq muddat qat’iylashib qolmasligi kerak. Ular ijtimoiy voqelikni hisobga olga holda

muntazam yangilangandagina pragmatik xarakter kasb eta oladi. Talabalarni

qiziqishlarini hisobga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etish kompetensiyasiga ega

bo‘lish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy taraqqiyoti uchun zarur hisoblanadi. Talabalarga

bilimlarni tizimli tarzda taqdim etish natijasida ularni kichik kichik tadqiqotlarni

mustaqil amalga oshirishga yo‘naltirish muhim ahamiyatga molik. Loyiha metodi

umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jaranini tashkil etishning universal metodi

sifatida namoyon bo‘lishiga erishish o‘qituvchining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Chunki loyiha metodi sinf dars tizimini bir qadar cheklab, talabalarni mustaqil izlanish,

bilimlarni mustaqil izlab topishga undaydi.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика–

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

44

XULOSA

Pragmatik pedagogikaning asosiy g‘oyalaridan biri talabalarning shaxsiy

tajribalarni o‘zlashtirishlari uchun qslay sharoit yaratish, ularning bilimlarni o‘zlashtirish
jarayonini boshqarish mahorati, ya’ni akmeni egallashlari uchun qulay sharoit yaratish.
Pedagogik pragmatika uchun o’quvchi yoki talabalarning shaxsiy g‘oyalarni ilgari
surishlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ularning ichki olamida o‘ziga xos
qo‘zg‘ashlar, intilishlar, ehtiyojlar vujudga kelishi lozim. Buning uchun o‘qituvchilar yoki
professor o‘qituvchilar ularni muntazam nazorat qilmasliklari, balki mustaqil o‘qib
o‘rganishlari uchun sharoit yaratishlari talab etiladi. Talaba yoki talabalar tashqi olamni
mustaqil ravishda o‘ranganida ularda o‘z o‘zini rivojlantirish hamda mustaqil o‘qib
o‘rganish uchun xohish istak vujudga keladi. Atrof muhitni o‘rganish asosida ta’lim
oluvchilarda o‘ranishga asoslangan bilish faoliyati vujudga kelib mustaqil o‘qib o‘rganish
va izlanish imkoniyatlari kengayadi. Buning natijasida ularda atrofdagilarni o‘rganish, o‘z
maqsadlarini shakllantirish va uni amalga oshirish yo‘llarini izlash ko‘nikmasi
rivojlanadi. O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishlari uchun qimmatli va ahamiyatli bo‘lgan
pedagogik qadriyatlar kafolangan natijaga erishish imkonini beradi. O‘quv tarbiya
jarayoni nazariy ma’lumotlarni tig‘izlashtiriligan holda taqdim etishdan iborat bo‘liyu
qolmay, muayyan amaliy faoliyatni bajarishga yo‘naltiriladi. Natijada ta’lim oluvchilar

faqat borliqni tanish, idrok etish bilan cheklanib qolmasdan muayyan faoliyatni amalga

oshirish tajribasini ham o‘zlashtiradilar. Bunday yondashuv yordamida ta’lim oluvchilar
ijtimoiy hayotga samarali moslashib mikrosotsiumda munosib o‘rin egallash
imkoniyatiga ega bo‘aldilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Elza Shamuratova Pedagogik pragmatikaning o‘ziga xos xususiyatlari va bo‘lajak

o‘qituvchilarni tayyorlashdagi imkoniyatlari.

International scientific-practical conference

“Strategies for the development of professional competence of future teachers based on
the approach of cultural studies: problems and solutions” October 19

-20, 2023

2. Safarova R.G. Mechanisms of applying the cultural science approach to the

didactic process based on the integration of pedagogical subjects. International Scientific
Journal. Volume 2, Issue 9. September 2023. uif-2022: 8.2

3.

Смирнова Е.О. Педагогические системы и программы дошкольного

воспитания. М.: Владос, 2006. 119 с.

4.

Психология самосознания: хрестоматия. Самара, 2000. 672 с.

5. Masharipova N.R. Ajdodlarimiz pedagogik qarashlari vositasida Talabalarda

tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari. Ajiniyoz nomidagi Nukus
davlat pedagogika instituti tomonidan o

tkazilgan

““

Yangi O

zbekiston - Uchinchi

Renessans

shiyori ostida xalqaro ta

lim standartlariga asoslangan o

quv materiallarini

uzluksiz ta

lim tizimiga keng joriy etishni optimallashtirish

mavzusida xalqaro ilmiy-

nazariy konferensiyasi. Nukus 2023 yil 15 aprel.

Библиографические ссылки

Elza Shamuratova Pedagogik pragmatikaning o‘ziga xos xususiyatlari va bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashdagi imkoniyatlari. International scientific-practical conference

“Strategies for the development of professional competence of future teachers based on the approach of cultural studies: problems and solutions” October 19-20, 2023

Safarova R.G. Mechanisms of applying the cultural science approach to the didactic process based on the integration of pedagogical subjects. International Scientific Journal. Volume 2, Issue 9. September 2023. uif-2022: 8.2

Смирнова Е.О. Педагогические системы и программы дошкольного воспитания. М.: Владос, 2006. 119 с.

Психология самосознания: хрестоматия. Самара, 2000. 672 с.

Masharipova N.R. Ajdodlarimiz pedagogik qarashlari vositasida Talabalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning pedagogik mexanizmlari. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan o‘tkazilgan ““Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans” shiyori ostida xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan o‘quv materiallarini uzluksiz ta’lim tizimiga keng joriy etishni optimallashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi. Nukus 2023 yil 15 aprel.