Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Sociolinguistics and sociolinguistic analysis
Raykhona GULOMOVA
Uzbekistan State World Languages University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2024
Received in revised form
10 May 2024
Accepted 25 May 2024
Available online
25 June 2024
This article examines the field of Sociolinguistics and the
methods of sociolinguistic analysis used to study linguistic
variation and change in society. It provides an overview of key
sociolinguistic concepts and theories, such as language
variation, language attitudes, and language ideologies. The
article also describes various methods of sociolinguistic
analysis, including qualitative and quantitative approaches, the
use of linguistic corpora, and sociolinguistic interviews. In
addition, the importance of taking into account social factors
such as gender, ethnicity, and socio-economic status in
sociolinguistic analysis is emphasized. The study's findings
demonstrate the complexity of linguistic variation and change
and its importance for understanding language use in different
social contexts.
2181-3701
/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
Sociolinguistics,
sociolinguistic analysis,
sociolinguistic research.
Sotsiolingvistika va sotsiolingvistik tahlil
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
sotsiolingvistika,
qiyosiy tilshunoslik,
sotsiolingvistik tahlil.
Ushbu maqolada sotsiolingvistikaning tilshunoslikdagi oʻrni,
tilshunoslarning sotsiolingvistik tahlil boʻyicha izlanishlarni
tadqiq qiladi. Sotsiolingvistik tahlil, til va madaniyatga oid
mantiqiy munosabatlarni tushunishga va izlashga yordam
beradi. Maqolada sotsiolingvistik tahlil metodologiyasi, qiyosiy
tilshunoslik va empirik sotsiolingvistikning mustaqil shakli aks
ettiriladi. Ushbu usullar va dasturlar mavzuga oid ta’til
imkoniyatini yaratishda muhim ahamiyatga ega. Sotsiolingvistik
tahlil asosida ijtimoiy va madaniy aspektlardagi tilning
oʻzgarishlarini tushunish va tahlil qilishga qoʻl keladi.
1
Senior teacher, Uzbekistan State World Languages University. E-mail: rayhonagulomova@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
366
Социолингвистика и социолингвистический анализ
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
cоциолингвистика,
социолингвистический
анализ,
социолингвистические
исследования.
В
этой
статье
рассматривается
область
социолингвистики и методы социолингвистического
анализа, используемые для изучения языковых вариаций и
изменений в обществе. Она представляет обзор ключевых
концепций и теорий социолингвистики, таких как
языковая вариативность, языковые установки и языковые
идеологии. Статья также описывает различные методы
социолингвистического анализа, включая качественный и
количественный подходы, использование лингвистических
корпусов и социолингвистические интервью. Кроме того,
подчеркивается важность учета в социолингвистическом
анализе таких социальных факторов, как пол, этническая
принадлежность и социально
-
экономический статус.
Результаты исследования демонстрируют сложность
языковых вариаций и изменений, а также их значимость
для понимания использования языка в различных
социальных контекстах.
KIRISH
Sotsiolingvistika tilning jamiyat tamonidan qanday ishlatilishi va shu tilning
jamiyatdagi vazifasi qanday ekanligini oʻrganuvchi soha
hisoblanadi. Aniqroq aytadigan
boʻlsak, sotsiolingvistika til va ijtimoiy guruhlar, yosh, jins, etnik kelib chiqish va
madaniyat oʻrtasidagi munosabatni tahlil qiladi. Til insonga xos muloqotning asosiy
unsuri boʻlib, idrok qilishimiz, oʻzaro munosabat yuritishimizda hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Xomski fikriga koʻra ayni damda sotsiolingvistika ushbu jihatlarni inobatga olgan
holda tilni muqum obyekt emas balki, ijtimoiy kontekstlarga moslashuvchan va jamiyat
bilan yillar davomida oʻzgarib rivojlanib boradigan dinamik vosita deb tan oladi va til
hamda jamiyat oʻrtasidagi murakkab jarayonlarni tadqiq etadi (Mesthrie, Swann, Leap,
Deumert, 2014).
“Sotsiolingvistika” atamasi birinchi marta Harver Kerri tamonidan uning
“Sotsiolingvistikaning proyeksiyasi: nutqning ijtimoiy holat bilan munosabati” (1952)
asarida ishlatilgan. Shundan soʻng 1964 yilda AQSh tilshunoslar, sotsiologlar va
antropologlar oʻrtasida ushbu yangi nuqtai nazarni tahlil qilish uchun bir necha
uchrashuvlar oʻtkazilgandan soʻng, fan oʻzini oʻzi tadqiq qilish sohasi sifatida rivojlana
boshladi (Nesaab, 2023) [1, 39-42].
Sotsiolingvistika fanining asosiy rivojlanish omillaridan biri tilshunos Moti
Lieberman (2024) fikriga koʻra sohaning real insonlarning tabiiy nutqini tadqiq
qilishidadir. Ya’ni struktural tahlilda asosan insonlarning oʻylab, badiiy tildan foydalanib
qoʻllagan vositalarini obyekt sifatida olinsa, sotsiolingvistik tahlilda esa, post
-struktural,
ya’ni jamiyatdagi bezak berilmagan, qayta ishlanmagan nutq unsurlarini tadqiq etadi.
Tabiiyki, sotsiolingvistik tahlil nima degan savol tugʻiladi. Quyida sotsiolingvistik tahlil
tushunchasini tadqiq qilgan holda bu borada ish olib borgan va borayotgan olimlar
ishlarini koʻrib chiqamiz.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
367
Sotsiolingvistik tahlil, til va ijtimoiy-
madaniy kontekst oʻrtasidagi munosabatlarni
oʻrganish jarayonidir (Nesaab, 2023). Tahlil oʻrganilayotgan jamiyatda real nutqdagi
muayyan kodlar va idiomatik qoidalar bilan ishlaydi. Har qanday sotsiumda oʻziga xos
soʻzlashuv uslubi mavjud boʻlib, oʻz navbatida suhbatdoshlarning yoshi, jinsi, va ijtimoiy
kelib chiqishiga koʻra farqlanadi. (Labov, 1972). Sotsiolingvistik tahlil tilni ijtimoiy
-
madaniy fenomenini oʻrganar ekan, unga mavhum tizim sifatida qaramaydi, balki real
hayotiy vaziyatlarda oʻzgaruvchan tirik obyekt tarzida oʻrganadi. Bu yoʻlda falsafa,
antropologiya va sotsiologiya fanlari nazariyalarini ham birga tadqiq etadi. Masalan, bir
shaxs bolaga murojaat qilayotganda yoki muloqot vaqtida kattalarga nisbatan
qoʻllaniladigan soʻzlar va harakatlardan yoki oila a’zolari bilan koʻchada ishlatiladigan
nutq unsurlaridan foydalanmaslikka harakat qiladi. (Fishman, 1965).
MUHOKAMA
Huan Manuel Hernandez-
Kompoy (2023) fikriga koʻra sotsiolingvistik tahlil uchta
katta sohalarga boʻlinadi. Tilshunos Maria Georgiyeva (2014) ham bu borada quyidagicha
tavsif beradi:
Birinchi soha
(Urban quantitative or variationism) soʻzlovchilar yashaydigan muhit
va joyga taalluqli boʻlgan ijtimoiy variatsiyalarni oʻrganadi. Ya’ni ushbu hududda
qoʻllaniladigan tilga din, ta’lim, iqtisod, kasb, yosh, jins, tarixiy hodisalar va insonlarning
etnik kelib chiqishi qanchalar ta’sir oʻtkazganini tahlil qiladi.
Ikkinchi soha
(Sociology of language) tilning jamiyatga, ijtimoiy dinamika va
shaxsning oʻziga xos harakteriga boʻlgan ta’sirini tadqiq etadi. Bu tahlilning oʻziga xxosligi
u ikki tilli jamiyatlarda ushbu tillarning insonlar tomonidan ishlatilishida qanday oʻziga
xxosliklar borligini oʻrganadi.
Uchinchi soha
etnik guruhlardagi kommunikativ munosabatlar ularning
dunyoqarashlariga qoʻllanilayotgan tilning ta’siri qanday ekanini oʻrganadi. Buning uchun
sotsiolingvistik tahlil til tuzulishi, tilni jamiyatda qoʻllanilishini tartibga soluvchi ijtimoiy,
madaniy va psixologik qoidalarni muhokama qiladi.
Bu tahlilga misol qilib, nega ayrim guruhlar muayyan bir referentni bir nom bilan,
boshqa guruh esa oʻzga nom bilan atashini olishimiz mumkin. Masalan, Amerika Qoʻshma
Shtatlarida gazli ichimlikni gʻarbiy shtatlar “coke”, sharqiy shtatlar “soda” va gʻarbiy
hududlar “pop” deya atashlarini koʻrishimiz mumkin boʻladi. [2, 85].
Birinchi soha, ya’ni “Urban quantitative or variationism”ning otasi deya
hisoblanuvchi Viliam Labov, oʻz sotsiolingvistik tahlillarida asosan ijtimoiy guruhlarning
tildan foydalanishdagi farqli jihatlari, shuningdek, bunga jins, yosh, din, etnik kelib
chiqishning ta’sirlariga katta e’tibor qaratadi. Masalan, uning tavsifiga koʻra, bir xil
obyektni turlicha nomlash usullari mavjud. Misol: “Automobile”
-
“yengil mashina”, “car”
-
“yengil mashina” bir referentga ishora qiladi yoki ba’zi soʻzlar oʻzgaruvchan talaffuzga
ega, masalan, “working” va “workin” (ishlamoq). Uning fikriga koʻra, bu kabi tildagi oʻziga
xos soʻzlar va talaffuz, til oʻrganuvchilarga qiyinchilik keltirib chiqaradi (Labov, 1972).
Yoki, “Who is he talking to?” (Kim bilan gaplashyapti?) “To him is he talking to?” (Kimga
gapiryapti?) shuningdek, “It is easy for him to talk” (Unga gapirish oson) va “For him to
talk is easy” (Gapirish oson unga) kabi misollarni tahlil qilar ekan shunday deydi:
“Bu holatlarning har birida tilning ishlatilishiga koʻra shu muxit va joyga koʻra toʻgʻri soʻz
topa olish muammosi yuzaga keladi. An’anaviy rasmiy tahlil bizga buning uchun faqat
ikkita tahliliy imkoniyatni beradi: (1) variantlar turli jamiyat til tizimlariga tegishli va
ularning almashinuvi “dialektlarni aralashtirish” yoki “kodlarni almashtirish”ga yaqqol
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
368
misoldir; (2) variantlar oʻzaro bogʻliq boʻlib “erkin almashinuv” ular oʻrtasidagi tanlov
lingvistik tuzilish darajasidan quyiroq ya’ni lingvistik tahlilga boʻysinmaydi va ijtimoiy
guruhlar tamonidan vaziyatga koʻra oʻzgartirib ishlatilinadi”. Koʻrib turganimizdek,
an’anaviy tahlil “erkin almashinish” holatini tasniflay olmaydi. Va matnda kodlar
almashinuvini sotsiolingvistik tahlilsiz koʻra olmaymiz. Quyida Labov bir til ichida yuz
beruvchi “erkin almashinuv” dan ham kattaroq boʻlgan “diglosia” holatidagi kodlar
almashinuvini misol qilib keltiradi.
An'denlike lF YOU MISS ONESIES, de OTHuh person shoot to skelly; ef he miss, den
you go again. An' IF YOU GET IN, YOU SHOOT TO TWOSIES. An' IF YOU GET IN TWOSIES,
YOU GO TO tthreesies. An IF YOU MISS tthreesies, THEN THE PERSON THa' miss skelly shoot
THE SKELLIES an' shoot in THE ONESIES: an' IF HE MISS, YOU GO fom tthreesies to foursies.
Va keyin SIZ BIRINCHISIDA OTA OLMASANGIZ, keyingi BOSHqa odam skelliga oʻq
uzadi; agar u eplolmasa, keyin yana sizga navbat. Va AGAR SIZ URA OLSANGIZ, IKKINCHI
MARTA HAM OTASIZ. Va AGAR IKKINCHI MARTA HAM URA OLSANGIZ, uchinchi marta ham
SIZ OTASIZ va uchinchisida URA OLMASANGIZ, KEYIN oldin ota olmagan SHAXS YANA
BIRINCHI MARTA oʻq uzadi; va AGAR TEKKIZA OLMASA, SIZ uchinchi va toʻrtinchi
urinishingizni bajarasiz.
[3, 93-96]
Ushbu parchada 12 yoshli qora tanli bola “skelly” oʻyinining qoidalarini
tushuntirayotganini koʻrishimiz mumkin. Labov(1972) tahliliga koʻra, bola har safar
rasmiy til tizimidan ogʻishar ekan, oʻziga xos boshqa ijtimoiy nutq tizimiga oʻtib, “kodlar
almashinuvi”ni sodir etmoqda. Koʻrishingiz mumkinki, kichik shriftda berilgan
“nostandart qora tanlilarga xos ingliz tili” (NAI) va katta harf bilan berilgan “standart
inglizcha” (SI) aniq koʻzga tashlanadi. Biroq qisqa parcha davomida oʻn sakkiz marta
kodni “almashtirish” uchun bolada aniq maqsad yoʻq. Bundan tashqari, ikkala holatda
ham ishlatilgan kodlar mutanosibligi, ya’ni qaysi biridan koʻproq ishlatilganligi toʻgʻrisida
fikr bildira olmaymiz, chunki bu hodisa tabiiy ravishda rejalanmagan holatda sodir
boʻladi, u yoki bu shakldan kam yoki koʻp foydalanildi deyish mantiqsizlikdir.
Labov(1972) yana bir holatga e’tibor berishimizni soʻraydi, ya’ni 2
-
qatorda “you go
again” iborasi “NAI” ga faqat “den” soʻzidan keyin kelgani uchungina xos deb, “YOU GET
IN” esa “SI” ga faqat “IF” belgilangan shakli bilan berilganligi uchungina tegishli deb
hisoblanganligini koʻrsatadi. Ammo, boshqa tomondan, “de” ni farqlash mumkin lekin u
THE oʻrniga “erkin oʻzgarish” deb talqin qilinishi mumkinmi? Bunday talqin soʻzlovchi
uchun ham, tadqiqotchi uchun ham ma’nosiz boʻladi. Ya’ni, de –
qabul qilinmagan,
qoralangan shakl ekanligini soʻzlovchi ham oʻquvchi ham juda yaxshi biladi. Ushbu xatti
-
harakatni mantiqiy tahlil qilish uchun hech qanday vosita boʻlmasa, biz “stilistik
variantlar” haqida gapirishga majbur boʻlamizmi? Lekin bu bizning lingvistik
tushunchalarimizga boʻysuna olarmikin? Oʻzi stil nima? Agar biz bir til haqida gapirsak
uni aniq stilini aniqlay olarmiz, lekin bizda ikkita tilga xos boʻlgan kodlar
ishlatilinayotgan boʻlsachi? Biz odatda til haqida ma’lum tizizmga ega boʻlgan, qonun
-
qoidaga boʻysunuvchi soʻzlar zanjirini tushunamiz, bu jarayonga stilistik ma’nodorlikni
qanday qilib qoʻshishimiz mumkin? Agar bizda bir soʻz bir jamiyatda bir ma’noni, ikkinchi
jamiyatda yana bir boshqa ma’noni anglatsa, biz qanday qilib stilistik tahlil bilangina
chegaralana olamiz, deydi Labov.
Bundan tashqari, Uilyam Labov 1966-yilda ijtimoiy guruhlar va ikki jins vakillari
oʻrtasida obroʻ va maqom darajasini namoyish qilish koʻrsatkichi qanday ekanligini
aniqlash uchun oʻzining Nyu York univermaglari boʻylab sotsiolingvistik tahlilini
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
369
oʻtkazadi. Bu haqda u oʻzining “New York Department Store study with the involvement
of PRESTIGE” (1966) nomli maqolasida fikrlari va tahlil natijalarini bayon qiladi. Olim
tahlil uchun Nyu York shahrida “oqsuyaklar” savdo qiladigan “Saks”, oʻrta tabaqa vakillari
orasida mash’hur “Macy’s” va quyi va eng hamyonbop “S.Klein” tarmoq doʻkonlarini
tanladi va shu yerning sotuvchilari nutqida Amerika klassik talaffuziga xos boʻlgan /r/
tovushining “fourth” va “flour” soʻzlaridagi holati qanday ekanligini kuzatadi. [4, 95
-99]
Uilyam Labov toʻrtinchi qavatda xizmat koʻrsatadigan doʻkonlarni avval aniqlab, keyin
sotuvchilardan ularning joylashuvini birma-
bir soʻrash orqali “fourth” va “flour” soʻzlarini
talaffuz qilishlariga erishadi. Shuningdek, eshitmagandek, yana bir bor soʻrash orqali ular
talaffuzlarini oʻzgartiradilarmi yoki yoʻq buni ham sinab koʻradi. Chunki olimning fikriga
koʻra, inson biron
-
bir tovushni birdan oʻylamasdan bayon qilsa, ikkinchi martada ozgina
joy-muhit qoidasiga moslashtirishi mumkin. Tahlil davomida Uilyam Labov javob
beruvchlarning jinsiga ham e’tibor qaratadi va quyidagicha hulosa qildi, “Doʻkon
qanchalik oʻbroli va qimmat segment boʻlsa va yuqori ijtimoiy sinfga xizmat koʻrsatsa,
shunchalik /r/ tovushi yaqqolroq, qanchalik ommabop boʻlsa, shunchalik nutqda
sezilmas darajada ekan. Shuningdek, oʻrta qatlam doʻkon sotuvchlari savolga qayta javob
soʻralganda /r/ tovushini yorqinroq aytishga harakat qilishdi. Erkaklar talaffuzida /flo:r/
koʻproq /flaw/ holatida ekanligini hisobga olsak, ayollar yuqori ijtimoiy sinf vakilasi
boʻlib koʻrinishga e’tibor qaratishini koʻrishimiz mumkin.” (Labov,1966)
NATIJALAR
Sotsiolingvistik izlanishlarni olib borgan yana bir yetuk olim Charles Fergyuson
boʻlib, u Uilyam Labovdan farqli ravishda tilning jamiyatga ta’sirini emas,
balki tilning
ikki xil koʻrinishi (diglosia) orqali jamiyatning tilga boʻlgan ta’sirini oʻrganadi.
Fergyuson tilga “diglosia” terminini olib kirgan olim hisoblanadi, termin
“bilingualism”dan farq qiladi ya’ni, “bilingualism” bu bir jamiyatda ikkita mustaqil
tillarning ishlatilishi boʻlsa, “diglosia” bir tilning bir jamiyatda ikki xil koʻrinishidir.
Fergyusonning "Klassik Diglossia"siga koʻra jamiyatni tahlil qiluvchi toʻqqizta mezon
mavjud.(Oussama Aba,2019) Olim ushbu farazni toʻrt jamiyatda, ya’ni Gretsiya, Saudiya
Arabistoni, Shveytsariyaning Germaniya tarafi va Gaiti Kreolining tillarida standart
(High) va lahja koʻrinishi(Low)ni tahlil qilish orqali toʻqqizta mezonni asoslab chiqadi.
[5, 236-241]
Uning birinchi mezoni bu tilning
funksional
koʻrinishi, Fergyuson(1959) misol
tariqasida bir jamiyatda yashovchi talabaning universitet topshiriqlarini standart
arab(H) tilida bajarib, doʻsti bilan suhbatni arab tilining aljir lahjasida foydalanishini
misol qiladi. Bu holatni talaba juda yengillik va instinkt darajasida bajaradi. Ya’ni u
“kodlar almashinishini” beihtiyor tarzda amalga oshiradi va uning uchun vaziyat, joy va
shaxsga koʻra qaysi variantni tanlashni bilishi bu kerakli koʻnikmadir.
Ikkinchi mezon bu ijtimoiy maqomni koʻrsatish; har qanday diglossiv vaziyatda
tilning “High” (Yuqori) va “Low” (Quyi) darajalari boʻlib, odatda standart til koʻrinishidan
foydalanish yuqori ijtimoiy darajani bildiradi. Charles Fergyusonning (1959)
ta’kidlashicha, ba’zan insonlar bunday ta’sir ortidan ular hech qachon tilning “low”
shaklini ishlatmasliklarini yoki umuman ularning tillarida bunday holat mavjud
emasligini ham iddao qilishadi, lekin olimning fikriga koʻra, bu e’tirozlar mutlaqo
notoʻgʻri va bu “oʻz oʻzini aldash” bilan teng. Masalan, deydi Fergyuson (1959),
amerikaliklar teatr sahna koʻrinishlarini yoki she’riyatni (H) standart ingliz tilida
boʻlishini ma’qul koʻradilar, vaholanki ular matnni toʻliq tushunmasalar ham. Bu ingliz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
370
tilining lahja (L) koʻrinishi yoʻq degani emas. Yana bir misol, arab tilining “High” yuqori
darajasi bu Qur’oni Karimda keltirilgan koʻrinishi boʻlib, u “Islom” mavjudki, doim
shunday boʻlib qoladi, ammo arablar kundalik ishlatadigan arab tili ham mavjud.
(Oussama Aba, 2019)
Sotsiolingvistik tahlil uchun kerak boʻladigan uchinchi mezon –
bu
adabiy meros
.
Ya’ni har qanday jamiyatning adabiy merosi bu shu tilning “High” (yuqori) darajasi deya
qabul qilinadi. Misol uchun, yunon adabiy merosi va bugungi kunda Gretsiyada ishlatilib
kelinayotgan grek tili.
Odatda yosh bolalar tilning “Low” (quyi) darajasini oʻrganib va foydalanib
balogʻatga yetishadi. Uyda, turmushda foydalaniladigan tilning sheva koʻrinishida
grammatik qoidalar yoki imlo qoidalari yozib oʻrgatilmaydi. Balki faqatgina ta’lim
olibgina tilning “high” (yuqori) darajasi egallanadi. Va toʻrtinchi mezon
til koʻnikmasini
egallsh.
Ya’ni shaxs tilning “high” (yuqori) darajasini egallaganda unda oʻzini tutish,
gapirish oʻzgarib boradi. (Ferguson, 1959)
Fergyusonning beshinchi mezoni bu
standartlashtirish
boʻlib, uning fikriga koʻra
oʻrganib chiqilgan 4 tala jamiyatda ham barcha izlanishlar, boshqaruv, ta’lim “High”
(yuqori) standart tillarda olib borilgan. Bu esa standart “High” til chegaralangan va
ma’lum qoidalarga boʻysunadi, “Low” esa mutloq chegarasiz va turli xil grammatik,
fonetik, va leksik koʻrinishlariga ega. Shuningdek, jamiyatdagi tilning “Low” koʻrinishi
olimlar tamonidan tashqaridan turib oʻrganilgan, bu esa izlanish natijalarini shubha
ostiga oladi, jamiyat tamonidan oʻzgartirilayotgan yoki moslashtirilayotgan standart
tilning sotsiolingvistik tahlilini oʻsha jamiyatda birga yashamay turib amalga oshira
olmasligimizni bildiradi. [6, 25-29]
Shuningdek, Fergyuson (1959) jamiyatning tilga ta’sirini tilning
muqumlilik,
grammatik, fonologik va leksik
mezonlarini ham tahlil etadi va quyidagicha tasniflaydi,
har qanday til oʻzining standart koʻrinishiga ega va u jamiyatning yuqori ijtimoiy sinfining
etalloni hisoblanadi, lekin shu qatorda ushbu tilning bir necha oʻzgargan, moslashtirilgan
va omma orqali kundalik turmush tarzida ishlatilinadigan koʻrinishi ham mavjud.
Standart “High” (yuqori) tilni biz tashqi tomondan tahlil qila olamiz, lekin “Low” (quyi)
uzviy jamiyat bilan birgalikda oʻrganilishi shart.
Charles Fergyusonning fikrdoshi boʻlgan Joshua Fishman ham koʻp tillilik urf
boʻlgan jamiyatlarni sotsiolingvistik tahlil qilish zaruratini aytar ekan, avvalo jamiyatda
kim qanday tildan foydalanmoqda? Qachon? Kim bilan? kabi savollarga javob topish
kerak ekanligini ta’kidlaydi. Odatda koʻp tillilik holati bir millat vakillarining oʻzaro
muloqot uchun 2 yoki undan ortiq tildan foydalanishni afzal koʻrishganda yuzaga keladi.
Bu tili, millati boshqa-
boshqa insonlarning oʻzaro suhbati holati emas. Joshua Fishman bu
haqda oʻzining “Who speaks what language to whom and when? (1965) (Kim, qachon,
kimga qaysi tilda gapiradi?) maqolasida izchil tahlil qiladi. Uning fikriga koʻra, aksar
hollarda jamiyat soʻzlashadigan tillardan biri ikkinchi til qoidalariga moslashadi. Ya’ni bu
standartlashtirilgan qoida emas, soʻzlovchi birinchi tilni ikkinchi til qoidasiga, boshqa
inson esa ikkinchini birinchi til qoidasiga moslab qoʻllashi mumkin. Bu holatni
sotsiolingvistik yondashgan holda tahlil qilish uchun birinchi obyektlar soʻzlashuv
mavzusi,guruh, va vaziyat hisoblanadi deydi Fishman.
Jamiyat va til oʻrtasidagi munosabatni tahlil qilarkanmiz, Fishman (1965) fikriga
koʻra, faqat psixologik va sotsiologik yondashgan holda tildan foydalanuvchini yoshi, irqi,
jinsi va dinigagina e’tibor qilishimiz kamlik qiladi, bu faktorlardan tashqari bevosita
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
371
uning qanday guruhlarga aloqadorligi, qay holatda qanday mavzularda suxbat olib
borishlariga ham e’tibor qaratishimiz kerak boʻladi. U oʻz maqolasida quyidagicha misol
keltiradi, Brussels ismli yigit oʻrta yoshli, nasroniy diniga mansub, yevropalik yigit,
ishxonada rasmiy fransuz tilidan, uyda nemis tilining Belgiya variantidan, doimiy
doʻstlari bilan tashrif buyuradigan klubda yoki, ijtimoiy muloqotda nemis tilidan
foydalanadi. Bu tillarni u oʻzi mansub boʻlgan guruh a’zolari bilan muloqot chogʻida
beihtiyor instinkt holatida almashtiradi, yuqoridagi keltirilgan tillarni shu jamiyatdagi
barcha guruh vakillari tushuna olishsa-da, ular ushbu tillardan aynan ish uchun, oila
uchun, ijtimoiy muloqot uchun turlicha foydalanishga oʻrganishgan. Bu esa, bir din, irq,
millat vakillari ham koʻptillilik jamiyatida tillarni turlicha, ya’ni kimga nisbatan
qoʻllayotganligiga qarab oʻzgartirishlarini koʻrishimiz mumkin.
Shuningdek, Fishman (1965) ta’kidlashiga koʻra bir jamiyat va millat vakili, bir
yosh kategoriyasiga taalluqli boʻlsa ham, rasmiy
-norasmiy, erkin-chegaralgan
vaziyatlarda oʻzlarining mahalliy til laxjasidan beixtiyor foydalanmaydilar. Masalan, ikki
inson oʻzaro ijtimoiy mavzularda “Flemish” laxjasida soʻzlashsa, rasmiy uchrashuvlarda
bir biri bilan rasmiy fransuz tilidan foydalanadi. Bu esa koʻptilli jamiyatlarda faqat jins,
irq, yosh, din faktorlari sotsiolingvistik tahlil kamlik qilishini anglatadi. [7, 56-62]
Shu fikrga yaqin gʻoyani Dell Hymesning sotsiolingvistik tahlillarida ham
kuzatishimiz mumkin. Ya’ni Hymes (1974) fikriga koʻra biz soʻzlashayotganimizda oʻz
etnik kelib chiqish faktorimizga koʻra, muloqot paytida bir nechta sozlamalardan
foydalanamiz. Masalan, “Bolalik” mavzusida gap borar ekan siz yashayotgan jamiyatning
madaniyatiga koʻra ushbu holatni turlicha tasniflaysiz, oʻzbeklar bobo yoki buvisining
uyidagi bogʻ, hovlidagi uzum yoki buvisi yopgan tandirdagi issiq non haqida soʻzlay
boshlasa, rus yigiti otasi bilan qanday baliq oviga borgani, bogʻcha vaqtlarida
uyushtirilgan turli tadbirlar haqida soʻzlashi mumkin.
Sotsiolingvist Dell Hymes jamiyat va til oʻrtasidagi munosabatni aniqlash uchun oʻz
tahlil usulini taqdim etadi. Unga koʻra biz yuqorida keltirganimiz etnik kelib chiqishga
koʻra dunyoqarash boʻlsa, qolgan elementlar esa sizni eshitayotgan insonlar, soʻzlashdan
maqsad, tizimlilik, soʻzlashuv stili, normalar va janr hisoblanadi. Hymes (1974) shunday
misol keltiradi, Amma agar jiyanlariga hikoya aytib bermoqchi boʻlsa u jiyanlarining jinsi
va yoshiga mos ertak yoki hikoya soʻylaydi, oʻzi yoqtirganini emas albatta, uning ushbu
ertakni aytishdan maqsadi jiyanlariga pand-
nasixat qilish boʻlsa shunga xos boʻlgan
ertakni tanlaydi, albatta soʻzlash vaqtida voqea tizimli boʻlishi kerak, amma va jiyan
oʻrtasida yaqinlilik darajasi yuqori boʻlaganligi uchun ton, stil albatta norasmiy boʻlishi
mumkin, bolalarcha soʻzlashuv va qiliqlardan ham foydalanishi mumkin. Lekin, bu
vaziyat insonlarning jamiyat normalari va etnik holatiga koʻra farq qiladi. Qaysidir
jamiyat uchun amma va jiyan muloqoti bunchalik erkin boʻlmasligi mumkinligini
ta’kidlab oʻtadi Dell Hymes. Bu holat kognitiv jihatdan bevosita ma’qul semantikani
tanlash orqali roʻy beradi. [8, 369]
XULOSA
Bunday post struktural tahlilni Ulugʻbek Azizov(2011)ning “
Interpretation of the
Concept of Central Asia in Foreign Policy Texts of Japan: Theory and Practice”
(Yaponiyaning Markaziy Osiyo tashqi siyosati matnlari kontseptsiyasining talqini:
nazariya va amaliyot) maqolasida ham koʻrishimiz mumkin. Azizov (2011) Yaponiyaning
Osiyo bilan tashqi siyosati diskursida qoʻllagan “friend” (doʻst) soʻzining bizning
dunyoqarashimizdagi obrazi bilan mutanosibligini tahlil qilar ekan, biz
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Special Issue
–
1 (2024) / ISSN 2181-3701
372
maktabdoshimizga nisbatan qoʻllaydigan “doʻst” va bozordagi sotuvchiga murojaat
vaqtida qoʻllaydigan “ogʻayni” oʻrtasida katta farq borligini ta’kidlaydi. Bu tahlil orqali
Yaponiya uchun Osiyo halqaro munosabatlardagi oʻrni yaqqol ochib berilgan.
Koʻrib turibmizki, sotsiolingvistik tahlil muhim axborot manbaidir. Xulosa qilib
aytganda, til ijtimoiy me’yor va qadriyatlarning aksi va ta’sir etuvchisidir. U ta’lim, siyosat
va ommaviy axborot vositalari kabi turli ijtimoiy kontekstlarda muhim rol oʻynaydi,
jamiyat e'tiqodlari, munosabatlari va kuch dinamikasini shakllantiradi. Tilning oʻzgarishi
ijtimoiy omillar, jumladan, ijtimoiy, madaniy va texnologik oʻzgarishlar taʼsirida boʻlgan
tabiiy jarayondir. Til evolyutsiyasini shakllantirishda jamiyatning til oʻzgarishiga
munosabati va qabul qilinishi muhim hisoblanadi. Til va jamiyat oʻrtasidagi murakkab
munosabatlarni tushunish inklyuziv til amaliyotini targʻib qilish va ijtimoiy oʻzgarishlarni
ragʻbatlantirish uchun juda muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Aba, Oussama. (2019). Ferguson's 9 criteria of diglossia. Sociolinguistic Studies.
2.
Azizov, A. U. B. (2011, March). Interpretation of the Concept of Central Asiain
Foreign Policy Texts of Japan: Theory and Practice. Journal of International and Advanced
Japanese Studies, 3, 51
–
60. https://docplayer.net/224984857-Interpretation-of-the-
concept-of-central-asia-in-foreign-policy-texts-of-japan-theory-and-practice-ulugbek-
azizov.html
3.
Ferguson,
C.
A.
(1959).
Diglossia.
WORD,
15,
325-340.
https://doi.org/10.1080/00437956.1959.11659702
4.
Foundations in sociolinguistics; an ethnographic approach. (1974). Retrieved
2024, from https://archive.org/details/foundationsinsoc0000hyme
5.
Joshua A. Fishman., What Language to Whom and When? Who Speaks Author(s):
Source: La Linguistique, Vol. 1, Fasc. 2 (1965)
6.
Mesthrie, R., Swann, J., Leap, W., Deumert, A. (2014). Introducing Sociolinguistics
–
The relationship between language and society. WorldSupporter Summaries and Study
Notes.
7.
Nesaab. (2023). What are sociolinguistics characteristics and theory?
EngloPedia.
8.
William Labov, Sociolinguistic patterns. (Conduct and Communication,
Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1972