Авторы

  • Нафиса Аминова
    Докторант, Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.foreign-linguistics.67287

Ключевые слова:

метафорическое значение денотативное значение коннотативное значение сочетание

Аннотация

Использование метафоры, как одного из средств художественного изображения в публицистическом стиле, способствует повышению его эмоциональной выразительности. Анализ метафор, применяемых в публицистических текстах Фармона Тошева, демонстрирует мастерство и уникальность его стиля


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная

лингвистика

и

лингводидактика

Foreign

Linguistics and Linguodidactics

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics

Analysis of metaphors used in journalistic style (using

examples of the journalism of Farmon Toshev)

Nafisa AMINOVA

1

Samarkand State University named after Sharof Rashidov

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024

Received in revised form

10 May 2024

Accepted 25 May 2024

Available online

25 June 2024

The use of metaphor as one of the means of artistic depiction

in a journalistic style helps to increase its emotional

expressiveness. Analysis of metaphors used in the journalistic

texts of Farmon Toshev demonstrates the skill and uniqueness

of his style.

2181-3701

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1

/S

-pp690-694

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

metaphorical meaning,

denotative meaning,

connotative meaning,

combination.

Publitsistik uslubda qo

llanilgan metaforalarning tahlili

(Farmon Toshev publitsistikasi namunalari asosida)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

metaforik ma’no,

dennotativ ma’no,

konnotativ ma’no,

birikma.

Publitsistik uslubda badiiy tasvir

vositalaridan biri bo‘lmish

metaforaning

qo‘llanilishi

bu

uslubning

emotsional

-

ekspressivligini oshirishga xizmat qiladi. Farmon Toshev

publitsistikasida

qo

llangan

metoforalarning

tahlili

publitsistning mahoratini, uslubi originalligini ko

rsatadi.

Анализ метафор, используемых в публицистическом

стиле (на примерах публицистики Фармона Тошева)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

метафорическое значение,

денотативное значение,

коннотативное значение,

сочетание.

Использование метафоры, как одного из средств

художественного изображения в публицистическом стиле,

способствует

повышению

его

эмоциональной

выразительности. Анализ метафор, применяемых в

публицистических текстах Фармона Тошева, демонстрирует

мастерство и уникальность его стиля

.

1

PhD Student, Samarkand State University named after Sharof Rashidov, Samarkand, Uzbekistan.


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

691

O‘zbek tili funksional uslublari orasida publitsistik uslub bugungi kunda ahamiyati

tobora ortib borayotgan uslublardan biridir. Mamlakatimizda ikki mingga yaqin O

А

V

faoliyat yuritib kelayotganligi buning yaqqol dalilidir. Publitsistik uslub ommaviy axborot

vositalari uslubi hisoblanib, bu uslub muhim va dolzarb masalalarni tomoshabinga,

o‘quvchiga ommaviy axborot vositalari orqali yetkazib, atrofimizda bo‘layotgan

voqealarga nisbatan ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantiradi. Publitsistikada dolzarb
masalalar, axborotlar, mushohadalar mantiqiy mulohaza, dalil, asoslar orqali beriladi va

bu o‘z navbatida o‘quvchining his

-

tuyg‘ulariga taʼsir qilishi lozim. Uning asosiy

belgilaridan biri o‘quvchini yoki tinglovchini berilayotgan axborotga ishontira olishdir.

Tilning taʼsirchan vositalaridan foydalanish orqali bu maqsad tezroq amalga oshadi.
Shunday vositalardan biri bo‘lmish ko‘chimlar matnning badiiy qimmatini, ifodaliligini,

ekspressivligini oshrishga xizmat qilib, bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga

ko‘chirish orqali ko‘chma maʼnoda qo‘llaniladi.

Metafora ko‘chimning eng muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, metaforik ko‘chimda

biror narsa yoki voqea-

hodisaning nomi boshqasiga o‘xshashlik asosida ko‘chiriladi.

Jahon tilshunosligida metaforaga oid qarashlar bir necha ming yillar oldin vujudga

kelgan. Antik davrda Aristotel metaforaning semantik jihatiga eʼtibor berib, unga

ko‘chimning bir turi sifatida qaragan. Bu davrda metaforaning maʼno turlari tasnif etilib,
uning ismlar tizimidagi o‘rni tahlil etildi, fenomen tabiatini tekshirish singari masalalar

o‘rganildi. Metaforaning fenomen xususiyatini o‘rganish Aristoteldan keyin uning

shogirdi Kvintilian tomonidan davom ettirildi.

А

ristotel ham, Kvintilian ham metaforaning lingvostilistik va estetik funksiyasi

haqida gapiradilar. Bu borada Yan Parandovskiy ham davr o‘tib А

ristotelning ushbu

jiddiy mulohazalariga qo‘shilgan: “Metafora o‘zida turli xatarlarni jamlaydi. U yoki
bachkanalikni tarqatib, yoki beo‘xshovliklarni keltirib chiqaradi. Nutqning ushbu

bezagini qo‘llashda katta farosat, aql, did kerak bo‘ladiki, bular metaforalarni o‘z o‘rnida
va meʼyori bilan ifodalashda asqatadi”.

XX asrga qadar jahon tilshunosligida metafora shunchaki trop, nutq hodisasi

sifatida qaraldi. Biroq XX asr boshlariga kelib tarixiy jarayonlar, kognitiv fanlarning rivoji,

Amerika lingvistik maktablari va yo‘nalishlarining kuchli taʼsiri ostida metaforani
yangicha nigoh bilan o‘rganish va tahlil etish boshlandi.

O‘zbek tilshunosligida ham jahon tilshunosligida bo‘layotgan bu o‘zgarishlar

hisobiga yangicha qarashlar vujudga keldi, til tizimini tekshirishda metaforaga nisbatan

ham tavsiflar berildi. M. Mirtojiev, R.

Qong‘urov, S

.Usmonov,

А

. Hojiev, Sh. Rahmatullaev,

T. Aliqulov, Ye. Begmatov, N. Mahmudov, S. Karimov, M. Mukarramov,

А

. Shomaqsudov,

D. Xudayberganova, Sh. Maxmaraimova va boshqa olimlarning nazariy qarashlari shular
jumlasidan.

Taniqli tilshunos M.

Mukarramov o‘xshatish va metaforaning lisoniy

xususiyatlarini taqqoslab, o‘xshatishning: o‘xshatiluvchi obyekt, o‘xshovchi obraz va

o‘xshatma belgidan, metaforaning esa faqat o‘xshovchi obrazdan tarkib topishini,
metafora o‘xshatiluvchi obyekt va o‘xshatma belgini o‘zida ko‘chma maʼnoda angalata

olishini aniqladi.

U.S.

Qobulova o‘zbek tilida metaforalarni o‘rganishning tarixi Sharq mumtoz

adabiyoti va falsafa maktablari bilan bog‘liq deb hisoblaydi hamda uni o‘xshatish
(tashbeh)dan bamisoli, misli, kabi, singari so‘zlarining tushib qolishi bilan farqlaydi. Arab

olimi Ibn Xaldun, shuningdek, Umar Rodiyoniy, Rashididdin Votvot, Qays Roziy,

А

toulloh


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

692

Husayniy, Shayx ibn Xudoydod Taroziy, keyinchalik Fitrat singari adabiyotshunoslar

metaforani sheʼriy sanʼat sifatida ko‘rsatdilar. Jumladan, XV asrda yashab ijod etgan
Аtoulloh Husayniy o‘zining “Badoiʼu

-

sanoyiʼ” asarida tashbehni va o‘xshashlik asosida

maʼno ko‘chishi (metafora)ni farqlaydi, shuningdek aloqadorlik asosida maʼno ko‘chishi

(metonimiya)ni ham alohida farqlaydi.

Shu o‘rinda tilshunos olim, professor N.

Mahmudovning o‘zbek tilshunosligida

antropotsentrik paradigma doirasida ilgari surilayotgan nazariyalarida metafora hodisasi

semasiologiyada konnotativ ko‘lam doirasida tekshiriluvchi hodisa ekani inobatga
olinadi, shuningdek, olim konnotativ maʼnoning antropometrik, tilning esa

antropotsentrik tabiatiga juda o‘rinli to‘xtalgan.

Ayniqsa, D.S.

Xudayberganovaning o‘zbek tilshunosligidagi antroposentrik

qarashlari, metaforaning antropotsentrik tabiatiga oid ilmiy tekshirishlari, uni shaxs
kognitiv faoliyatiga tegishli, bir tushuncha yoki hukm haqidagi bilim tuzilmalari asosida

ikkinchi tushuncha yoki hukmni kontseptuallashtirish hodisasi sifatida taʼriflashi tom
maʼnodagi zamonaviy metaforologiyaning g‘oyalariga hamohangdir.

Metaforani uslubiyat doirasida tekshirgan tilshunos olim, prof. S.А.

Karimov

metaforalarni ular yashab kelayotgan har bir milliy til qadar qadimiy deb baholaydi,

shuningdek, o‘xshatish sintaktik bo‘linuvchanlikka ega bo‘lgan birikma bo‘lib, uning
tarkibidagi so‘zlar nominativ maʼnoga ega bo‘ladi, metafora esa sintaktik yaxlit butunlik

bo‘lib, uning tarkibidagi so‘zlar ko‘chma maʼnoda yuzaga chiqishini ta’kidlagan. O‘zbek
tilshunosligining atoqli namoyandasi, akademik А.Hojiyev metafora va metonimiya kabi

hodisalarni nolingvistik jarayon tarzida izohlab, sozlarning ma’nosidagi o‘zgarish
ulardagi nom ko‘chishi oqibatida yuzaga keladi deb hisoblaydi.

Metaforani turli yondashuvlar misolida tekshirish o‘zbek tilshunosligida turli

davrlar doirasida dolzarb ahamiyat kasb etgan. Har bir yondashuvning o‘z tadqiq usuli va

metodologiyasidan kelib chiqib bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan taʼlimotlar lisondan
ko‘ra ko‘proq, tafakkur jarayoniga daxl qiluvchi ushbu hodisani matn orqali tahlil etish,

yozuvchining holati qay darajada yoritib berganini tahlil etish joiz. Metaforaning

publitsistik uslubda ham o‘rganilishi uning xususiyatlarini yanada kengroq ochishga

yordam beradi. Publitsistikada so‘z tanlash bu uslubning janr turlariga ko‘ra belgilanadi.
Har qanday publitsistning sanʼati shundaki, auditoriyaga eng yuqori darajada taʼsir qila

olish, odamlarga maʼlum bo‘lgan haqiqatni yanada aniqroq, yanada taʼsirchanroq va

ishonarliroq qilib tushuntirishdir.

Publitsistika sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan zahmatkash

yozuvchi Farmon Toshev qalamiga mansub publitsistik ishlarda yozuvchining

metaforadan foydalanish mahoratini tahlil etib, ularning yozuvchining olamni bilish

jarayonida qay tarzda yuzaga chiqishi, hosil bo‘lishi o‘rganildi. Farmon Toshev

publitsistikasida metaforalar asosan ot, sifat, feʼl so‘z turkumiga doir so‘zlardan hosil
qilingan. Bundan tashqari ravish so‘z turkumiga oid so‘zlardan ham yasalgan metaforalar

uchraydi.

Masalan, gap so‘zining sifat bilan bog‘lanib bir necha manolarda metaforik

ma’no ko‘chishi ro‘y bergan. Jasoratli so‘zining denototiv maʼnosi “xavf

-xatardan

qo‘rqmaydigan, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan, dovyurak” maʼnolarini bildiradi.

“Jasoratli” so‘zi bizning ongimizda qo‘rqmaslik, dovyuraklik kabi belgilar bilan fe’l

-

atvorlanadi. Bu jasoratli so‘zining ichki konnotativ maʼnosini mana shu qo‘rqmaslik,

dovyuraklik konnotativ semalarni xavf-

xatardan qo‘rqmaydigan, qiyinchiliklardan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

693

qo‘rqmaydigan, dovyurak semasidan ajratib boshqa bir obyektga nisbatan berilsa, kuchli

konnotativ ko‘chma maʼno hosil bo‘ladi: jasoratli gap. Yuqoridagi “jasoratli gap”

birikmasida “jasoratli” so‘zining tildagi sintagmatik munosabati buzilgan. Til bosqichida

birikuv yo‘li bilan shaxs belgisini bildiruvchi sifatlar faqat shaxsning belgisini bildiruvchi

otlarga nisbatan birika oladi: jasoratli yigit, jasoratli pahlavon kabi. “Jasoratli gap”

birikmasida esa bu soz abstrakt tushunchani ifodalovchi so‘z bilan birikkan va gap so‘ziga

bog‘lanib ko‘chma maʼnoda qo‘rqmasdan aytilgan gap, jasurlik bilan aytilgan gap

maʼnolarini ifodalaydi.

Ochig‘i, men faqat mehnat tufayli muxbirlikka erishganlarni bilaman. Ular hatto

dolzarb mavzuda jo‘yali, baʼzan jasoratli gaplarni aytishadi. Biroq professional

jurnalistlargina emas, oddiy mushtariy ham bir narsani seza biladi. Yaʼni, bunday

maqolalarda o‘quvchini ehtirosga soladigan, yurakka “jiz” etib tegadigan holatlar

bo‘lmaydi (Farmon Toshev “Muxbirlik saboqlari”).

Bundan tashqari, gap so‘zi yana boshqa so‘zlar bilan bog‘lanib quyidagicha

metaforik maʼno hosil qilganini ko‘rishimiz mumkin:

jo‘yali gap;

mushtariy gapi;

haq gap;

shirin gap;

imzo qo‘yilgan gap;

ko‘chaning gapi;

muhim gap;

dag‘al gap;

tayinli gap;

to‘g‘ri gap;

dadil gap;

noqulay gap;

dilidagi gap;

aniq va lo‘nda gap;

chaqimchining gapi

oldi-qochdi gap;

iliq gap;

chiroyli gap;

dil qatidagi gaplar;

kabi original metaforalarning borligi aniqlandi.

“Dil qatidagi gap” aniqlovchi

-aniqlanmish munosabatidagi metaforalar ham

qo‘llangan. Dil sozi ko‘chma maʼnoda kishining ichki ruhiy dunyosi, ichki

his-

tuyg‘ularining markazi, ramzi; ko‘ngil, qalb maʼnolarini ifodalasa, qati so‘zi ich so‘zining

ko‘chma maʼnosi asosida insonning ichki dunyosidagi gaplar, his

-

tuyg‘ularini ifodalagan

gaplar maʼnosini ifodalamoqda.

Fikr so‘zining denototiv maʼnosi biror narsa, hodisa yoki kimsa haqida o‘y, xayol;

biror narsaga nisbatan munosabatni, uni baholashni ifodalaydigan hukm, xulosa,

maslahat, tushuncha maʼnolarini bildiradi. Fikr so‘zi bizning ongimizda tushuncha,

xulosa, o‘y, xayol kabi tushunchalar bilan joy oladi. Bu fikr so‘zining ichki konnotativ

maʼnosini tushuncha, xulosa, o‘y, xayol konnotativ semalarni denotativ semasidan ajratib

boshqa bir sifatlar bilan berilsa kuchli konnotativ ko‘chma maʼno hosil bo‘ladi: fikri ojiz,

fikri buzuq, ibratli fikr. Fikri ojiz birikmasi biror ishga munosabat bildirish uchun hech

qanday chora-

iloj qo‘lidan kelmaydigan; ilojsiz, noiloj qolgan insonga nisbatan

ifodalaniladi.

Fikri ojiz, ilmsiz kishi doimo birov bilan bahslashishni yaxshi ko‘radi (Farmon Toshev

“Tafakkur manzaralari”). Fikri buzuq odam har qancha jasoratli bo‘lmasin, doimo o‘zining

fosh bo‘lishidan qo‘rqib yashaydi (Farmon Toshev “Tafakkur manzaralari”).

Farmon Toshev publitsistik asarlarida “Fikr” so‘zi bilan bog‘lanib metaforik maʼno

hosil qilgan quyidagi birikmalarni aniqladik:

yaxshi fikr, fikri ojiz, yangi fikr, fikri buzuq.

Yozuvchilarning til vositalaridan foydalanishdagi mahorati turlichadir. Farmon

Toshevning til birliklaridan o‘ziga xos tarzda foydalanishi, xususan, metaforani

qo‘llashdagi mahorati yozuvchining individual uslubini belgilab beradi. Metaforalardan


background image

Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika

Зарубежная лингвистика

и лингводидактика

Foreign Linguistics and Linguodidactics

Special Issue

1 (2024) / ISSN 2181-3701

694

foydalanish evaziga tilimizning lug‘at boyligi boyib boradi. Metafora –

qisqa va ixcham

so‘zlash san’atidir. U xalq milliy ruhini ifoda etadi, tafakkurimizda sodir bo‘lgan voqea

-

hodisalar metafora shaklida til tizimida joylanadi. Shuni ta‘kidlab o‘tish kerakki, yozuvchi

publitsistik asarlarining lingvistik xususiyatlarini o‘rganish, tasvir vositalardan

foydalanishni tahlil etish orqali Farmon Toshev ijodi tilning barcha sathlari uchun boy

material bera oladi deb o‘ylaymiz. Ushbu qarashlarni chuqur e’tirof etgan holda, yozuvchi

voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘z o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda

metaforalarning o‘rni, ahamiyati beqiyosdir. Har bir ijodkorning individual uslubini

o‘rganish murakkab jarayon bo‘lib, u ham adabiy, ham lingvistik tahlil imkoniyatlarini

o‘zida mujassamlashtiradi va shu tarzda yozuvchi ijodiy tafakkurining o‘ziga xos jihatlari

qay tarzda yuzaga chiqishini tekshirishimiz mumkin bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Toshev F. Tafakkur manzaralari. Toshkent: Sahhof, 2022.

2.

Аристотель. Поэтика. –

Москва

, 1984.

3.

Каримов С.А. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. –

Самарқанд, 1994.

4.

Қобулова

У.С. Метафорик матнда интеграл ва дифференциал семалар

муносабати (ўзбек халқ топишмоқлари мисолида). Фил.фан.ном.

илмий дар. олиш

учун тақдим этилган диссертация. –Тошкент, 2007.

5.

Махмараимова Ш. Ўзбек тили метафораларининг антропоцентрик

тадқиқи (номинатив аспект): филология фанлари доктори (dsс) диссертацияси
автореф. –

Самарқанд, 2020.

6.

Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. –

Тошкент: Фан, 1976. –

Б.11.

7.

Парандовский Ян

.

Алхимия слова

. http//: royallib.ru.

8.

Тошев

Ф

.

Мухбирлик сабоқлари (рисола)

.

Тошкент: Tafakkur. 2009.

9.

Худайберганова

Д.

С.

Ўзбек

тилидаги

бадиий

матнларнинг

антропоцентрик талқини. –

Тошкент: Фан, 2013.

Библиографические ссылки

Toshev F. Tafakkur manzaralari. Toshkent: Sahhof, 2022.

Аристотель. Поэтика. – Москва, 1984.

Каримов С.А. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. – Самарқанд, 1994.

Қобулова У.С. Метафорик матнда интеграл ва дифференциал семалар муносабати (ўзбек халқ топишмоқлари мисолида). Фил.фан.ном. илмий дар. олиш учун тақдим этилган диссертация. –Тошкент, 2007.

Махмараимова Ш. Ўзбек тили метафораларининг антропоцентрик тадқиқи (номинатив аспект): филология фанлари доктори (dsс) диссертацияси автореф. – Самарқанд, 2020.

Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. – Тошкент: Фан, 1976. – Б.11.

Парандовский Ян. Алхимия слова. http//: royallib.ru.

Тошев Ф. Мухбирлик сабоқлари (рисола). – Тошкент: Tafakkur. 2009.

Худайберганова Д. С. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талқини. – Тошкент: Фан, 2013.